TASHKILOTCHINING OILA VA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIKDAGI TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI

Yuklangan vaqt

2024-10-17

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

35,8 KB


 
 
 
 
 
 
TASHKILOTCHINING OILA VA JAMOATCHILIK BILAN 
HAMKORLIKDAGI TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI 
 
 
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni 
va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab 
etmoqda. 
Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti 
bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni 
ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida 
quyidagilar bo’lishi lozim: 
Ulg’ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan 
olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini 
hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e’tiborda tutish zarur. 
Milliylikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish. 
- Pedagoglar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlardagi o’quv 
tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytradi, o’quvchilarni mustaqil bilim olishlari, 
ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan 
tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o’qituvchilari o’z faniga qiziqqan 
o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tqazib, o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi. 
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi 
mumkin: 
A) fan to’garaklari 
B) mohir qo’llar to’garaklari 
TASHKILOTCHINING OILA VA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIKDAGI TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishini talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim: Ulg’ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e’tiborda tutish zarur. Milliylikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish. - Pedagoglar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlardagi o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytradi, o’quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o’qituvchilari o’z faniga qiziqqan o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tqazib, o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi. Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin: A) fan to’garaklari B) mohir qo’llar to’garaklari  
 
V) sport to’garaklari 
G) badiiy havaskorlik to’garagi 
O’rta umum ta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar 
tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda 
to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil 
bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi. Ularni qaysi 
to’garakda mashg’ul bo’lishlari hisboga olinadi. 
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da’vat etuvchi 
tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda 
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar 
saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzviy 
davomchisi bo’lib qolishi kerak. O’zbekiston Respublikasining «Sinfdan va 
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va 
amalga oshirishda asos bo’ladi. 
Ma’lumki, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, nafosat va 
jismoniy jihatdan to’liq shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonidan 
boshlanadi. Biroq o’quvchilarning kundalik o’sib borayotgan ehtiyojlari, talablari va 
barcha qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilangina cheklab bo’lmaydi. 
Bunday ko’p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy 
ishlarni uzviy bog’lanish asosidagina qondirish mumkin. SHu sababli keyinga 
davrda o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko’ngilli uyushtirishga alohida 
ahamiyat berilmoqda. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – o’quvchilar hayotidagi 
tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g’ri shakllanishiga, 
axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab 
chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan 
tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkilotchisining vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 
V) sport to’garaklari G) badiiy havaskorlik to’garagi O’rta umum ta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi. Ularni qaysi to’garakda mashg’ul bo’lishlari hisboga olinadi. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da’vat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzviy davomchisi bo’lib qolishi kerak. O’zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo’ladi. Ma’lumki, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, nafosat va jismoniy jihatdan to’liq shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonidan boshlanadi. Biroq o’quvchilarning kundalik o’sib borayotgan ehtiyojlari, talablari va barcha qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilangina cheklab bo’lmaydi. Bunday ko’p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni uzviy bog’lanish asosidagina qondirish mumkin. SHu sababli keyinga davrda o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko’ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:  
 
- 
darsdan 
tashqari 
tarbiyavity 
ishlarni 
rejalashtirish 
va 
amalga 
oshirishni nazorat qilish; 
- o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarini 
pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga 
ko’yish; 
- sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan 
holda 
o’qituvchilar, 
ota-onalar, 
sinf 
faollari, 
uslubiy 
yordam ko’rsatish; 
- umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy 
tadbirlarda qatnashish; 
- o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat 
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. 
Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini ko’rish mumkin: 1-
tashkilotchilik, 2- usuliy, 3-ma’muriy. 
Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi. 
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish 
mumkin: 
- tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish  
- tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash 
- tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, 
shakl va usullarini aniqlash; 
- sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, 
boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. 
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan, uning mazmuni, shakl va 
usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan 
maqsadga erishi qiyin. 
Oila – tarbiya o’chog’i. Oila – jamiyat negizi. Har bir insonda ilk yoshligidan 
boshalb ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyat, maslaklar, 
qadriyatlar takomil topadigan, mafkuraviy va ma’naviy tarbiya amalga oshiriladigan 
- darsdan tashqari tarbiyavity ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish; - o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarini pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish; - sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o’qituvchilar, ota-onalar, sinf faollari, uslubiy yordam ko’rsatish; - umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; - o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini ko’rish mumkin: 1- tashkilotchilik, 2- usuliy, 3-ma’muriy. Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin: - tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish - tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash - tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash; - sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan, uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishi qiyin. Oila – tarbiya o’chog’i. Oila – jamiyat negizi. Har bir insonda ilk yoshligidan boshalb ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyat, maslaklar, qadriyatlar takomil topadigan, mafkuraviy va ma’naviy tarbiya amalga oshiriladigan  
 
muhitdir. O’zbek oilasi o’zida ko’p asrlik mustahkam ma’naviy qadriyatlarimiz 
ravnaq topadigan shunday maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi 
jamiyatimiz rivojining muhim omillaridan biridir. Agar oiladagi muhit sog’lom 
bo’lsa, unda kamol topayotgan yosh avlod qalbi va ruhiga ezgu xususiyatlar, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g’oyasini singdirish uchun qulay 
sharoit yaratilgan bo’ladi. 
Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998 yilda qabul qilingan va 
muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tadbirlar to’g’risida davlat dasturi va Ushbu 
dasturda belgilangan tadbirlarning strategik yo’nalishlariga e’tibor berilsa, ular 
mamlakatimizdagi oilalarning mustahkam bo’lishiga imkon beruvchi vazifalarni 
nazarda tutadi. 
1998 yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishi vash u yilning o’zida Oila 
kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixda ilk bor tashkil etilgan 
Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning oilani 
har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatiga hamohang 
bo’lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an’analarni avylab-asrash, ularni 
umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini 
yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo’li bilan oilani mustahkamligi, barqarorligini 
ta’minlash, oila a’zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy 
o’rganish, oilaviy hayotga bog’liq muammolarni tadqiq eti shva fuqarolarga bu 
masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir. 
Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila konsepsiyasini yaratish 
va uni hayotga joriy etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali 
hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvar siyosatini amalda har bir fuqaro 
ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir. 
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov har chiqishlarida oila masalalariga katta 
e’tibor berar ekanlar, uning tarbiya beradigan maskanlar orasida eng muhimi qadrli 
ekanligiga oid fikrlari alohida ahamiyatga ega. «Oila haqida gapirar ekanmiz, 
avvalambor oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan 
muhitdir. O’zbek oilasi o’zida ko’p asrlik mustahkam ma’naviy qadriyatlarimiz ravnaq topadigan shunday maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim omillaridan biridir. Agar oiladagi muhit sog’lom bo’lsa, unda kamol topayotgan yosh avlod qalbi va ruhiga ezgu xususiyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g’oyasini singdirish uchun qulay sharoit yaratilgan bo’ladi. Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998 yilda qabul qilingan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tadbirlar to’g’risida davlat dasturi va Ushbu dasturda belgilangan tadbirlarning strategik yo’nalishlariga e’tibor berilsa, ular mamlakatimizdagi oilalarning mustahkam bo’lishiga imkon beruvchi vazifalarni nazarda tutadi. 1998 yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishi vash u yilning o’zida Oila kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixda ilk bor tashkil etilgan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatiga hamohang bo’lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an’analarni avylab-asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo’li bilan oilani mustahkamligi, barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining xuquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o’rganish, oilaviy hayotga bog’liq muammolarni tadqiq eti shva fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir. Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila konsepsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvar siyosatini amalda har bir fuqaro ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov har chiqishlarida oila masalalariga katta e’tibor berar ekanlar, uning tarbiya beradigan maskanlar orasida eng muhimi qadrli ekanligiga oid fikrlari alohida ahamiyatga ega. «Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan  
 
muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday 
inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanligini tan 
olishimiz darkor». Mustaqillik yillarida respublika hukumati va Prezidenti 
I.A.Karimov 
tomonidan 
oilaga 
ko’rsatilayotgan 
etibor, 
yillarga 
maqom 
berilayotganda oialni mustahamlash, nikohni qadriyat sifatida e’zozlashga 
qaratilgan chora tadbirlar tom ma’noda yurtimizda oila va farzandlar hukumatning 
doimiy g’amxo’rligi ekanligidan dalolatdir. 
Taqdim 
etilayotgan 
konsepsiya 
oila 
institutini 
yurtimizda 
yanada 
mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol g’oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari 
uchun dasturulamol bo’lib xizmat qiladi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlar, yangilanish 
jarayonlari va islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan, 
rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini ta’minlash, 
jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash, oilaning barkarorligiga erishish ekan, 
oila bag’ishlangan konsepsiyaning vujudga kelishi o’ta dolzarbdir. Zero, 
Respublikamiz 
o’z 
iqtisodiyotini 
yangi 
bosqichga 
ko’tarish, 
jamiyatni 
erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib borar ekan, bizga 
jamiyatning negizi bo’lgan oilalar muammolari va istiqboliga qaratilgan konsepsiya 
zarur. Darhaqiqat, konsepsiya O’zbekistondagi oilalarning rivojlanishi istiqbolini 
tasavvur qilish, oila borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni oldindan bashorat 
qilish uchun, mavjud muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham 
xizmat qiladi. 
SHuni alohida ta’kidlash lozimki «Oila» konsepsiyasini yaratish va bu bilan 
bog’liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga muvofiqligi 
mustaqillik yillarida Respublika rahbari I. A. Karimov tashabbusi bilan yillarga 
berilgan maqomlar doirasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani, ona 
va bolani ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilganligi, xukumat tomonidan oila 
manfaatlariga ajratilayotgan sarmoyalarning amalda oqlanishi zarurati bilan 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral 6-sonli «Ona 
muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanligini tan olishimiz darkor». Mustaqillik yillarida respublika hukumati va Prezidenti I.A.Karimov tomonidan oilaga ko’rsatilayotgan etibor, yillarga maqom berilayotganda oialni mustahamlash, nikohni qadriyat sifatida e’zozlashga qaratilgan chora tadbirlar tom ma’noda yurtimizda oila va farzandlar hukumatning doimiy g’amxo’rligi ekanligidan dalolatdir. Taqdim etilayotgan konsepsiya oila institutini yurtimizda yanada mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol g’oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari uchun dasturulamol bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlar, yangilanish jarayonlari va islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan, rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini ta’minlash, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash, oilaning barkarorligiga erishish ekan, oila bag’ishlangan konsepsiyaning vujudga kelishi o’ta dolzarbdir. Zero, Respublikamiz o’z iqtisodiyotini yangi bosqichga ko’tarish, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib borar ekan, bizga jamiyatning negizi bo’lgan oilalar muammolari va istiqboliga qaratilgan konsepsiya zarur. Darhaqiqat, konsepsiya O’zbekistondagi oilalarning rivojlanishi istiqbolini tasavvur qilish, oila borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni oldindan bashorat qilish uchun, mavjud muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham xizmat qiladi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki «Oila» konsepsiyasini yaratish va bu bilan bog’liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga muvofiqligi mustaqillik yillarida Respublika rahbari I. A. Karimov tashabbusi bilan yillarga berilgan maqomlar doirasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani, ona va bolani ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilganligi, xukumat tomonidan oila manfaatlariga ajratilayotgan sarmoyalarning amalda oqlanishi zarurati bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral 6-sonli «Ona  
 
va bola» Davlat dasturi to’g’risidagi qarorida belgilangan vazifalarning muhimlligi 
va dolzarbligidan ham kelib chiqadi. 
Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, oilada 
jamiyatning tub mohiyati va muammolari o’z aksini topadi. SHuning uchun ham 
oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bagrida voyaga 
yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. 
Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning 
muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining 
muhim shartidir. SHu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi. 
Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Mamlakatimizda milliy 
mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, avvalo, 
oila qadriyatlarini eng ilg’or an’analarini tiklashga qaratilgandir. 
Oilaviy tarbiya oilada ota-onalar, vasiylar yoki kata kishilar tomonidan 
bolalarni tarbiyalash, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o’rin 
tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta’sirchan kuch-oilaviy tartibdir. 
Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning 
butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga 
qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiya 
vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatishning 
chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan 
qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur 
bo’g’iniga ham aylantiradi. 
Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning 
o’ziga xos xususiyatlari:qon-qarindoshligi, qo’ni-qo’shniligi, muhabbati, yaqinligi, 
ishonchi, burch xissi, obro’ligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. 
Ma’lumki, xilma-xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali 
rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oila va mahalladan boshqa 
qaerda ham faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish mumkin. Oila va mahalla 
hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati YAna shundaki, kichik 
va bola» Davlat dasturi to’g’risidagi qarorida belgilangan vazifalarning muhimlligi va dolzarbligidan ham kelib chiqadi. Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o’z aksini topadi. SHuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bagrida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. SHu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, avvalo, oila qadriyatlarini eng ilg’or an’analarini tiklashga qaratilgandir. Oilaviy tarbiya oilada ota-onalar, vasiylar yoki kata kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta’sirchan kuch-oilaviy tartibdir. Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi. Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari:qon-qarindoshligi, qo’ni-qo’shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch xissi, obro’ligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. Ma’lumki, xilma-xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oila va mahalladan boshqa qaerda ham faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish mumkin. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati YAna shundaki, kichik  
 
bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning 
uchun ota-onalarning bolalarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy 
tarzda belgilab qo’yilgan. 
Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi 
psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, 
ularga muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilani qo’shadigan 
hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv 
jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil 
ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog’liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy 
dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda 
birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, 
ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar 
shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning 
eng muhim omilidir. 
O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan 
muayyan munosabatta kirishadilar, turli vaziyatlarga duch keladilar. 
SHuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik 
xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va 
ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda 
o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his 
qiladilar, 
ishlab 
chiqarish 
mehnatiga 
qo’shiladilar, 
jamoatchilik 
fikriga 
bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. 
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar unda qatnashuvchilarning ma’naviy va 
jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayonda 
ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. 
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay ishlashni 
taqozo etadi. 
Sinfdan va maktvbdan tashqari tarbiyaviy ishlarni ko’ngildagiday olib borishda 
bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota-onalarning bolalarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo’yilgan. Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, ularga muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilani qo’shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog’liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatta kirishadilar, turli vaziyatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayonda ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay ishlashni taqozo etadi. Sinfdan va maktvbdan tashqari tarbiyaviy ishlarni ko’ngildagiday olib borishda  
 
o’sib kelayotgan yosh avlodni yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda oila va 
mahalla hamkorlikda ish olib orishi lozim deb o’ylayman. CHunki kelajak avlod 
tarbiyalangan, uyushgan, axil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarosi bo’lishlari 
lozim. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
 
1. «O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», 
«Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» – Toshkent: SHarq, 
1997-65 b. 
2. Karimov I.A. «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent: 
O’zbekiston 1992-62 b. 
3. Karimov I.A. «YAngi uyni qurmay turib, eskisii buzmang» – Toshkent: 
O’zbekiston 1993. – 24 b. 
4. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard 
maqsadimiz». 8-jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2000. 
5. «Axloq-odobga oid hadis namunalari». – Toshkent: Fan, 1990, – 72 b. 
6. A.Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi 
Xoliqov L.) –Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160 b. 
7. Inomova K.M. «Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi» –
Toshkent: Fan, 1999, – 151 b. 
8. Yo’ldoshev J.G’. Xasanov S. «Avestoda axloqiy-ta’limiy qarashlar». –
Toshkent: O’qituvchi 1992, – 28 b. 
9. Kaykavus. «Qobusnoma». – Toshkent:  O’qituvchi 1986, – 118 b. 
10. Musurmonova O. «Oila ma’naviyat-milliy g’urur». – Toshkent: 
O’qituvchi. 1999, – 200 b. 
11. Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O’qituvchi, 1994, – 112 
b. 
12. Ochilova M. Ochilova N. «O’qituvchi odobi». – Toshkent: O’qituvchi, 
o’sib kelayotgan yosh avlodni yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda oila va mahalla hamkorlikda ish olib orishi lozim deb o’ylayman. CHunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, axil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarosi bo’lishlari lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. «O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» – Toshkent: SHarq, 1997-65 b. 2. Karimov I.A. «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent: O’zbekiston 1992-62 b. 3. Karimov I.A. «YAngi uyni qurmay turib, eskisii buzmang» – Toshkent: O’zbekiston 1993. – 24 b. 4. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard maqsadimiz». 8-jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2000. 5. «Axloq-odobga oid hadis namunalari». – Toshkent: Fan, 1990, – 72 b. 6. A.Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi Xoliqov L.) –Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160 b. 7. Inomova K.M. «Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi» – Toshkent: Fan, 1999, – 151 b. 8. Yo’ldoshev J.G’. Xasanov S. «Avestoda axloqiy-ta’limiy qarashlar». – Toshkent: O’qituvchi 1992, – 28 b. 9. Kaykavus. «Qobusnoma». – Toshkent: O’qituvchi 1986, – 118 b. 10. Musurmonova O. «Oila ma’naviyat-milliy g’urur». – Toshkent: O’qituvchi. 1999, – 200 b. 11. Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O’qituvchi, 1994, – 112 b. 12. Ochilova M. Ochilova N. «O’qituvchi odobi». – Toshkent: O’qituvchi,  
 
1993\7. – 136 b. 
13.  Ochilova M. «Axloqiy tarbiya». – Toshkent: O’qituvchi, 1979, – 232 
b. 
14.  Jo’raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994. 
15.  Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. T.: “O’qituvchi”. 1994. 
16.  Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik 
asoslari. T.: 1996 y. 
17.  Ochil S. Mustaqillik va tarbiya masalalari. T.: “O’zbekiston”, 1995. 
18. Popov G.X. O’quvchining shaxsiy ishini tashkil etish. T.: “O’qituvchi”, 
1992 y. 
19.  Solixo’jaeva S.S. Bolalar va o’smirlar gigenasi. T.: “Ibn Sino”, 1991. 
20.  Uzoqov X., G’ozieva E.., Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi. T.: 
“O’qituvchi”. 1992. 
21. Farobiy A.N. Fozil odamlar shahri. T.: A.Qodiriy, 1993. 
22. Frolov P.T. YOsh direktor maktabi. T.: “O’qituvchi”, 1991. 
23. Jo’raev A. Tarbiyaviy darslar o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994. 
24. Hasanboeva O. Uzaytirilgan guruhlarga tarbiyaviy ishlar. T.: 
“O’qituvchi”, 1994. 
25.  Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T.: 
“O’qituvchi”, 1995. 
26.  Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. T.: “Fan”, 1994. 
 
 
 
1993\7. – 136 b. 13. Ochilova M. «Axloqiy tarbiya». – Toshkent: O’qituvchi, 1979, – 232 b. 14. Jo’raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994. 15. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. T.: “O’qituvchi”. 1994. 16. Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. T.: 1996 y. 17. Ochil S. Mustaqillik va tarbiya masalalari. T.: “O’zbekiston”, 1995. 18. Popov G.X. O’quvchining shaxsiy ishini tashkil etish. T.: “O’qituvchi”, 1992 y. 19. Solixo’jaeva S.S. Bolalar va o’smirlar gigenasi. T.: “Ibn Sino”, 1991. 20. Uzoqov X., G’ozieva E.., Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi. T.: “O’qituvchi”. 1992. 21. Farobiy A.N. Fozil odamlar shahri. T.: A.Qodiriy, 1993. 22. Frolov P.T. YOsh direktor maktabi. T.: “O’qituvchi”, 1991. 23. Jo’raev A. Tarbiyaviy darslar o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994. 24. Hasanboeva O. Uzaytirilgan guruhlarga tarbiyaviy ishlar. T.: “O’qituvchi”, 1994. 25. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T.: “O’qituvchi”, 1995. 26. Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. T.: “Fan”, 1994.