TASHQI IQTISODIY XAVFSIZLIKNI VA MAMLAKATNING RAQOBATBARDOSHLILIGINI TA’MINLASH

Yuklangan vaqt

2025-09-10

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

35

Faytl hajmi

68,5 KB


 
 
 
 
TASHQI IQTISODIY XAVFSIZLIKNI VA MAMLAKATNING 
RAQOBATBARDOSHLILIGINI TA’MINLASH 
 
 
18.1. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar 
Zamonaviy jahon iqtisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy 
iqtisodiyotlar o‘rtasida barqaror, har tomonlama o‘zaro aloqadorlikning shakllanishi 
oqibatida xo‘jalik hayotining xalqaro miqyosida internatsionallashuvini ifodalaydi. 
Buning oqibatida zamonaviy iqtisodiy makon vujudga kelmoqda. Ushbu makonda 
xalqaro tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablag‘lar, kapital, 
ishchi kuchi bozorlari vujudga kelib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik hamda 
bog‘liqlik kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, 
madaniy tizimlar intensiv ravishda rivojlanmoqda. 
Milliy iqtisodiyot xalqaro mehnat taqsimotiga ko‘ra ixtisoslashuvi, o‘zining 
foydali qazilma boyliklari, geografik joylashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro savdo, xalqaro iqtisodiy faoliyatining 
faolligiga muvofiq jahon iqtisodiy tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Jahon 
iqtisodiyotiga integratsiyalashish uchun milliy iqtisodiyot xalqaro hamkorlik uchun 
ochiq bo‘lishi, ya’ni ochiq iqtisodiyot tavsifiga ega bo‘lishi lozim. Ochiq 
iqtisodiyotning xususiyatlari va potensial imkoniyatlarini quyidagicha tavsiflash 
mumkin: 
o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatda bozor mexanizmi va 
unsurlari, raqobat muhiti shakllanishining jadallashuvi; 
jahon xo‘jaligi bilan o‘zaro aloqada milliy iqtisodiyot an’anaviy tovar 
ayirboshlashdan tashqari, kapitalni chetga chiqarish va chetdan kiritish, ilmiy-
texnikaning kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabi shakllarda 
Logotip
TASHQI IQTISODIY XAVFSIZLIKNI VA MAMLAKATNING RAQOBATBARDOSHLILIGINI TA’MINLASH 18.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar Zamonaviy jahon iqtisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy iqtisodiyotlar o‘rtasida barqaror, har tomonlama o‘zaro aloqadorlikning shakllanishi oqibatida xo‘jalik hayotining xalqaro miqyosida internatsionallashuvini ifodalaydi. Buning oqibatida zamonaviy iqtisodiy makon vujudga kelmoqda. Ushbu makonda xalqaro tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablag‘lar, kapital, ishchi kuchi bozorlari vujudga kelib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik hamda bog‘liqlik kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, madaniy tizimlar intensiv ravishda rivojlanmoqda. Milliy iqtisodiyot xalqaro mehnat taqsimotiga ko‘ra ixtisoslashuvi, o‘zining foydali qazilma boyliklari, geografik joylashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro savdo, xalqaro iqtisodiy faoliyatining faolligiga muvofiq jahon iqtisodiy tizimida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish uchun milliy iqtisodiyot xalqaro hamkorlik uchun ochiq bo‘lishi, ya’ni ochiq iqtisodiyot tavsifiga ega bo‘lishi lozim. Ochiq iqtisodiyotning xususiyatlari va potensial imkoniyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin: o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatda bozor mexanizmi va unsurlari, raqobat muhiti shakllanishining jadallashuvi; jahon xo‘jaligi bilan o‘zaro aloqada milliy iqtisodiyot an’anaviy tovar ayirboshlashdan tashqari, kapitalni chetga chiqarish va chetdan kiritish, ilmiy- texnikaning kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabi shakllarda
integrallashadi; 
- 
xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirishga asoslangan 
holda ichki ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan milliy daromadning o‘sishi; 
- 
xalqaro ayirboshlashning mutanosib iqtisodiy o‘sish omili sifatidagi rolining 
ortishi; 
- 
xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirish hisobiga ichki 
ishlab chiqarish ko‘lamiga nisbatan milliy daromadning ko‘proq o‘sishi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, xalqaro mehnat taqsimotida faol 
ishtirok etish yo‘li bilan ochiq turdagi bozor iqtisodiyotini vujudga keltirmoqda. 
Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirish istiqbollari 
ustun darajada jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog‘liqdir. Ushbu maqsadni 
amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. 
Karimov tomonidan respublikamiz tashqi iqtisodiy siyosatining quyidagi 
tamoyillarga asoslanishi belgilab berilgan: 
- 
mafkuraviy kurashlardan qat’iy nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik; 
- 
teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki 
ishlariga aralashmaslik; 
- 
o‘zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har 
tomonlama hisobga olish; 
- 
to‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi 
hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tashqi 
aloqalar o‘rnatish va ularni rivojlantirish; 
- 
umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va xalqaro 
tartiblarga izchillik bilan o‘tish.Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati respublikaning 
jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, uning to‘lov balansini kuchaytirishga 
va xorijiy investitsiya uchun qulay muhitni vujudga keltirishga qaratilgandir. 
Iqtisodiyotning 
ochiqligini 
ta’minlash 
va 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatni 
erkinlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi oqibatida 
mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kela boshladi, qo‘shma korxonalar ko‘paya 
bordi, ichki bozor tovarlar bilan to‘la boshladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi 
Logotip
integrallashadi; - xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirishga asoslangan holda ichki ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan milliy daromadning o‘sishi; - xalqaro ayirboshlashning mutanosib iqtisodiy o‘sish omili sifatidagi rolining ortishi; - xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirish hisobiga ichki ishlab chiqarish ko‘lamiga nisbatan milliy daromadning ko‘proq o‘sishi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish yo‘li bilan ochiq turdagi bozor iqtisodiyotini vujudga keltirmoqda. Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirish istiqbollari ustun darajada jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog‘liqdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan respublikamiz tashqi iqtisodiy siyosatining quyidagi tamoyillarga asoslanishi belgilab berilgan: - mafkuraviy kurashlardan qat’iy nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik; - teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; - o‘zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish; - to‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tashqi aloqalar o‘rnatish va ularni rivojlantirish; - umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va xalqaro tartiblarga izchillik bilan o‘tish.Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati respublikaning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, uning to‘lov balansini kuchaytirishga va xorijiy investitsiya uchun qulay muhitni vujudga keltirishga qaratilgandir. Iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi oqibatida mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kela boshladi, qo‘shma korxonalar ko‘paya bordi, ichki bozor tovarlar bilan to‘la boshladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Xalqaro munosabatlarda ochiq va amaliy, faol tashqi 
siyosat olib borilayotgani tufayli ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning 
xalqaro obro‘si tobora ortib bormoqda. Barcha qo‘shnilarimiz bilan do‘stona va 
o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bizning asosiy 
vazifalarimizdan biriga aylandi. 2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar 
amalga oshirildi va 52 milliard dollarlik 1 ming 80 ta loyiha bo‘yicha kelishuvlarga 
erishildi. Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo 
taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi 
investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda yurtimizda, 
chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard dollarlik 456 ta loyiha amalga 
oshirilmoqda”1,-deb ta’kidlagan. 
Shu bilan birga buning mamlakat manfaatlariga zid holatlar ham mavjud. Bu 
holatlar quyidagilarda namoyon bo‘ldi: 
- 
respublikaning ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lishiga cheklovlarning 
mavjudligi; 
- 
mamlakatga ma’naviy va moddiy eskirgan texnika va texnologiyalarni olib 
kirishga urinish; 
- 
milliy raqobatbardosh mahsulotlarni xorijiy bozorlarga chiqarishga to‘sqinlik 
qilish, ilgari o‘zlashtirilgan bozorlardan siqib chiqarishga urinish; 
- 
milliy boylikning bir qismini xorijiy kapital tomonidan qo‘lga kiritishga 
intilish; 
- 
muhim xom ashyo tovarlari va kapitalni chetga chiqarish ustidan nazorat qilish 
mexanizmining yetarli darajada shakllanmaganligi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilishi sharoitida xo‘jalik sub’ektlari 
faoliyatini nazorat qilish mexanizmining takomillashmaganligi tufayli, bu sohada 
jinoiy guruhlar, korrupsiya, xufyona iqtisodiyot, narkobiznes, iqtisodiy qaroqchilik 
ham jonlana boshladi. Shuningdek, ayrim holatlarda jahon xo‘jaligi tizimiga 
integratsiyalashuv maqsadlari bilan milliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlari 
                                                           
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi, 2018 yil 28dekabr. //Xalq so‘zi, 
2018 yil 29 dekabr. 
Logotip
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Xalqaro munosabatlarda ochiq va amaliy, faol tashqi siyosat olib borilayotgani tufayli ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obro‘si tobora ortib bormoqda. Barcha qo‘shnilarimiz bilan do‘stona va o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi. 2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar amalga oshirildi va 52 milliard dollarlik 1 ming 80 ta loyiha bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda”1,-deb ta’kidlagan. Shu bilan birga buning mamlakat manfaatlariga zid holatlar ham mavjud. Bu holatlar quyidagilarda namoyon bo‘ldi: - respublikaning ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lishiga cheklovlarning mavjudligi; - mamlakatga ma’naviy va moddiy eskirgan texnika va texnologiyalarni olib kirishga urinish; - milliy raqobatbardosh mahsulotlarni xorijiy bozorlarga chiqarishga to‘sqinlik qilish, ilgari o‘zlashtirilgan bozorlardan siqib chiqarishga urinish; - milliy boylikning bir qismini xorijiy kapital tomonidan qo‘lga kiritishga intilish; - muhim xom ashyo tovarlari va kapitalni chetga chiqarish ustidan nazorat qilish mexanizmining yetarli darajada shakllanmaganligi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilishi sharoitida xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini nazorat qilish mexanizmining takomillashmaganligi tufayli, bu sohada jinoiy guruhlar, korrupsiya, xufyona iqtisodiyot, narkobiznes, iqtisodiy qaroqchilik ham jonlana boshladi. Shuningdek, ayrim holatlarda jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyalashuv maqsadlari bilan milliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlari 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi, 2018 yil 28dekabr. //Xalq so‘zi, 2018 yil 29 dekabr.
o‘rtasida ziddiyatning vujudga kelganligi tufayli, asosiy energiya va xom ashyo 
mahsulotlarining jahon va ichki narxlari o‘rtasida nomutanosibliklar vujudga keladi. 
O‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda iqtisodiyotni tezda ochiq qilib qo‘yish, 
tashqi iqtisodiy faoliyatni jadal erkinlashtirish mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga 
tahdidlarning kuchayishiga olib keldi. Bu holat esa milliy ishlab chiqaruvchilar 
faolligining cheklab qo‘yilishiga, moliyaviy pul tizimining normal faoliyatiga xavf 
tug‘ilishiga, importga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga o‘ta qaram bo‘lib qolishga 
olib kelishi mumkin. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol 
qatnashish, fan-texnika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yo‘li bilangina 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatni 
rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o‘zaro hisob-
kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, 
yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish 
lozim bo‘ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa chet el mamlakatlari 
bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya va shu singari sohalarda o‘zaro 
manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishdan iboratdir. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim yo‘nalishi xalqaro savdo bo‘lib, bunda 
mamlakat chegarasidan tashqarida amalga oshiriladigan tovar va xizmatlar 
almashuvi tushuniladi. Xalqaro savdoning vujudga kelishi mutlaq xarajatlardagi 
tafovutlar va qiyosiy xarajatlardagi tavofutlar bilan tavsiflanadi. Shunga ko‘ra 
korxonalar (yoki mamlakatlar) tashqi savdoni amalga oshirayotganida, o‘zlari ishlab 
chiqarmagan (yoki bu ular uchun chetdan sotib olish arzonga tushadigan) 
mahsulotlarni sotib oladilar hamda o‘zlari foydalanmaydigan (yoki foydalanishdan 
ortib qoladigan) mahsulotlarni chet el mamlakatlari yoki korxonalariga sotadilar. Bu 
hol ularning ma’lum tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishini 
bildiradi. Bunday ixtisoslashuv savdoda ustunlikni vujudga keltirib, ularga foyda 
keltirada. Mamlakat va xorij o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan 
transoperatsiyalar statistikada to‘lov balansida aks ettiriladi. 
Logotip
o‘rtasida ziddiyatning vujudga kelganligi tufayli, asosiy energiya va xom ashyo mahsulotlarining jahon va ichki narxlari o‘rtasida nomutanosibliklar vujudga keladi. O‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda iqtisodiyotni tezda ochiq qilib qo‘yish, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadal erkinlashtirish mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlarning kuchayishiga olib keldi. Bu holat esa milliy ishlab chiqaruvchilar faolligining cheklab qo‘yilishiga, moliyaviy pul tizimining normal faoliyatiga xavf tug‘ilishiga, importga, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga o‘ta qaram bo‘lib qolishga olib kelishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol qatnashish, fan-texnika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yo‘li bilangina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o‘zaro hisob- kitob va transport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa chet el mamlakatlari bilan savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya va shu singari sohalarda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni ta’minlash orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iboratdir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim yo‘nalishi xalqaro savdo bo‘lib, bunda mamlakat chegarasidan tashqarida amalga oshiriladigan tovar va xizmatlar almashuvi tushuniladi. Xalqaro savdoning vujudga kelishi mutlaq xarajatlardagi tafovutlar va qiyosiy xarajatlardagi tavofutlar bilan tavsiflanadi. Shunga ko‘ra korxonalar (yoki mamlakatlar) tashqi savdoni amalga oshirayotganida, o‘zlari ishlab chiqarmagan (yoki bu ular uchun chetdan sotib olish arzonga tushadigan) mahsulotlarni sotib oladilar hamda o‘zlari foydalanmaydigan (yoki foydalanishdan ortib qoladigan) mahsulotlarni chet el mamlakatlari yoki korxonalariga sotadilar. Bu hol ularning ma’lum tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishini bildiradi. Bunday ixtisoslashuv savdoda ustunlikni vujudga keltirib, ularga foyda keltirada. Mamlakat va xorij o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan transoperatsiyalar statistikada to‘lov balansida aks ettiriladi.
To‘lov balansi joriy moddalar, ya’ni savdo balansi, xizmatlar va o‘tkaziladigan 
balanslar, shuningdek, kapital harakati balansini o‘z ichiga oladi. 
18.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash yo‘llari 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga, manfaatlariga tahdidlardan himoyalanish 
uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: 
- 
taklif etilayotgan investitsion loyiha va xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan yirik 
bitimlarni iqtisodiy xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, dastlabki mustaqil 
ekspertizadan o‘tkazish; 
- 
xorijiy kapital uchun ustuvor soha va tarmoqlar bilan bir qatorda ularning 
kiritilishi man qilinadigan soha va tarmoqlar ham qonuniy asosda belgilab qo‘yilishi 
kerak; 
- 
xorijiy investorlar tomonidan ayrim sohalarda aktsiyalarni xarid qilish 
protseduralarini qat’iylashtirish; 
- 
xorijiy investorlarning strategik tarmoqlarda milliy boyliklarimizning katta 
qismini qo‘lga kiritishlariga yo‘l qo‘ymaslik; 
- 
mamlakat bank tizimining ishonchligini himoyalash; 
- 
tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlaridagi rahbar 
kadrlarning malakasini oshirish, ularni o‘qitish va qayta tayyorlash; 
- 
ichki bozorni, milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatchilar tajovuzidan 
himoya qilish; 
- 
tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish; 
- 
tashqi bozorlarda milliy eksportchilar va ishlab chiqaruvchilarimizning 
diskriminatsiya qilinishidan, kamsitilishidan himoya qilish; 
- 
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi nizo va kelishmovchiliklarni ko‘p 
tomonlama tartibga solish mexanizmlari, teng huquqli shartnomalar tuzish orqali hal 
qilishga intilish lozim bo‘ladi. Bunda asosiy e’tibor mamlakat tovar ishlab 
chiqaruvchilari va fuqarolarimizning manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi; 
- 
chet ellardagi respublikamulkini himoya qilish; 
- 
tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdodan yuqori foyda, iqtisodiy samara 
olishga intilish bilan bir vaqtda, mamlakatning jahon iqtisodiyoti tizimida o‘ziga 
Logotip
To‘lov balansi joriy moddalar, ya’ni savdo balansi, xizmatlar va o‘tkaziladigan balanslar, shuningdek, kapital harakati balansini o‘z ichiga oladi. 18.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash yo‘llari Mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga, manfaatlariga tahdidlardan himoyalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: - taklif etilayotgan investitsion loyiha va xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan yirik bitimlarni iqtisodiy xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, dastlabki mustaqil ekspertizadan o‘tkazish; - xorijiy kapital uchun ustuvor soha va tarmoqlar bilan bir qatorda ularning kiritilishi man qilinadigan soha va tarmoqlar ham qonuniy asosda belgilab qo‘yilishi kerak; - xorijiy investorlar tomonidan ayrim sohalarda aktsiyalarni xarid qilish protseduralarini qat’iylashtirish; - xorijiy investorlarning strategik tarmoqlarda milliy boyliklarimizning katta qismini qo‘lga kiritishlariga yo‘l qo‘ymaslik; - mamlakat bank tizimining ishonchligini himoyalash; - tashqi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlaridagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish, ularni o‘qitish va qayta tayyorlash; - ichki bozorni, milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatchilar tajovuzidan himoya qilish; - tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish; - tashqi bozorlarda milliy eksportchilar va ishlab chiqaruvchilarimizning diskriminatsiya qilinishidan, kamsitilishidan himoya qilish; - tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi nizo va kelishmovchiliklarni ko‘p tomonlama tartibga solish mexanizmlari, teng huquqli shartnomalar tuzish orqali hal qilishga intilish lozim bo‘ladi. Bunda asosiy e’tibor mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilari va fuqarolarimizning manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi; - chet ellardagi respublikamulkini himoya qilish; - tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdodan yuqori foyda, iqtisodiy samara olishga intilish bilan bir vaqtda, mamlakatning jahon iqtisodiyoti tizimida o‘ziga
mos nufuzli o‘rinni egallashiga intilishi kabilarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir. 
Ochiq iqtisodiyotga ega mamlakatlarda tashqi savdo faoliyati ancha 
erkinlashtirilgan. Ammo barcha mamlakatlarda hukumatlar ta’sirida cheklangan, 
tartibga solinadigan tashqi savdo amalga oshiriladi. Uning asosiy vositasi tarif bareri 
deb ataladigan bojxona boji (poshlinasi) hisoblanadi. Shuningdek, tarifsiz 
cheklashlar ham mavjud bo‘lib, u import va eksport kvotalarini belgilashni hamda 
o‘zini-o‘zi cheklash usulini o‘z ichiga oladi. O‘zini-o‘zi cheklash usuli eksport 
qiluvchi mamlakat hukumati o‘zining eksport qiluvchi korxonalaridan tashqi savdo 
bozoriga chiqariladigan tovarlarining ma’lum yillik hajmidan (qiymatidan) oshib 
ketmaslikni talab qilgan holda namoyon bo‘ladi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan 
mahsulotdan foydalanish limitini belgilash ham tashqi savdoni cheklashning o‘ziga 
xos turi hisoblanadi. 
Hukumat tomonidan tarifli va tarifsiz cheklashlardan maqsad mamlakatda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning ichki bozorda sotilishini oshirish yo‘li bilan to‘lov va 
tashqi savdo balansining musbat samarasini olish, shuningdek, milliy tovar ishlab 
chiqaruvchilarni tashqi raqobatchilar tajovuzidan himoya qilishdan iborat. 
Jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy 
xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: 
- 
eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori 
texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskin 
oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish lozim bo‘ladi; 
- 
mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy 
tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli 
bozorlarini o‘zlashtirish; 
- 
ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini 
amalga oshirish; 
- 
ishlab chiqarish kooperatsiyasini, injiniring, lizingni rivojlantirish; 
- 
chet el mamlakatlari, ularning savdo-iqtisodiy tashkilotlari, uyushma va 
ittifoqlari bilan o‘zaro munosabatlarda qulay imtiyozli savdo rejimlariga erishish; 
Logotip
mos nufuzli o‘rinni egallashiga intilishi kabilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ochiq iqtisodiyotga ega mamlakatlarda tashqi savdo faoliyati ancha erkinlashtirilgan. Ammo barcha mamlakatlarda hukumatlar ta’sirida cheklangan, tartibga solinadigan tashqi savdo amalga oshiriladi. Uning asosiy vositasi tarif bareri deb ataladigan bojxona boji (poshlinasi) hisoblanadi. Shuningdek, tarifsiz cheklashlar ham mavjud bo‘lib, u import va eksport kvotalarini belgilashni hamda o‘zini-o‘zi cheklash usulini o‘z ichiga oladi. O‘zini-o‘zi cheklash usuli eksport qiluvchi mamlakat hukumati o‘zining eksport qiluvchi korxonalaridan tashqi savdo bozoriga chiqariladigan tovarlarining ma’lum yillik hajmidan (qiymatidan) oshib ketmaslikni talab qilgan holda namoyon bo‘ladi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanish limitini belgilash ham tashqi savdoni cheklashning o‘ziga xos turi hisoblanadi. Hukumat tomonidan tarifli va tarifsiz cheklashlardan maqsad mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki bozorda sotilishini oshirish yo‘li bilan to‘lov va tashqi savdo balansining musbat samarasini olish, shuningdek, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatchilar tajovuzidan himoya qilishdan iborat. Jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: - eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskin oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish lozim bo‘ladi; - mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli bozorlarini o‘zlashtirish; - ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing strategiyalarini amalga oshirish; - ishlab chiqarish kooperatsiyasini, injiniring, lizingni rivojlantirish; - chet el mamlakatlari, ularning savdo-iqtisodiy tashkilotlari, uyushma va ittifoqlari bilan o‘zaro munosabatlarda qulay imtiyozli savdo rejimlariga erishish;
- 
mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro 
zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va kapital 
bozorlariga chiqishlari, transport kommunikatsiyalaridan foydalanishlari uchun 
sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; 
- 
kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan 
bo‘ladigan o‘zaro valyuta, moliyaviy muammolarni tartibga solish. 
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda belgilangan huquqiy me’yor va 
normalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu normalar o‘z navbatida tovar va xizmatlar, 
intellektual mehnat natijalari, shuningdek, jismoniy hamda huquqiy shaxslarning 
mamlakatlararo harakat yo‘nalishlari, shakllari, usullari, shartlarini belgilab beradi. 
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun davlat tashqi iqtisodiy 
faoliyatni tartibga soladi. Davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish 
mexanizmi iqtisodiy va huquqiy-ma’muriy usullarni o‘z ichiga oladi. 
Iqtisodiy tartibga solish usullari bojxona boj (poshlina) lari, yig‘imlari, 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlardan iborat. 
Huquqiy-ma’muriy 
usullar 
litsenziyalash, 
kvotalash, 
tovar 
sifatini 
sertifikatsiyalash, ayrim tovarlar eksporti 
va importiga davlat monopoliyasini o‘rnatish, shuningdek, bojxona chegaralari 
orqali tovarlar, kapitallar va xizmatlarning o‘tib turishi bilan bog‘liq tashkiliy-
huquqiy va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 
Mamlakatning eksport va import qilish bilan bog‘liq milliy manfaatlari va 
xavfsizligini himoya qilish uchun samarali va moslashuvchan eksport nazorati 
tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport nazorati asosida eksport 
shartnomalarining xalqaro majburiyatlarga, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi 
talablariga mosligi ta’minlanadi. 
Shuningdek, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan tovar va texnologiyalar eksporta litsenziyalashtiriladi. Ushbu nazorat 
asosida biron-bir strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotni eksport qilish man 
qilinsa, undan mamlakat ichida foydalanish imkoniyatlari yaratilishi kerak. 
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo‘lgan 
Logotip
- mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va kapital bozorlariga chiqishlari, transport kommunikatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashish; - kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan bo‘ladigan o‘zaro valyuta, moliyaviy muammolarni tartibga solish. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda belgilangan huquqiy me’yor va normalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu normalar o‘z navbatida tovar va xizmatlar, intellektual mehnat natijalari, shuningdek, jismoniy hamda huquqiy shaxslarning mamlakatlararo harakat yo‘nalishlari, shakllari, usullari, shartlarini belgilab beradi. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soladi. Davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish mexanizmi iqtisodiy va huquqiy-ma’muriy usullarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy tartibga solish usullari bojxona boj (poshlina) lari, yig‘imlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlardan iborat. Huquqiy-ma’muriy usullar litsenziyalash, kvotalash, tovar sifatini sertifikatsiyalash, ayrim tovarlar eksporti va importiga davlat monopoliyasini o‘rnatish, shuningdek, bojxona chegaralari orqali tovarlar, kapitallar va xizmatlarning o‘tib turishi bilan bog‘liq tashkiliy- huquqiy va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Mamlakatning eksport va import qilish bilan bog‘liq milliy manfaatlari va xavfsizligini himoya qilish uchun samarali va moslashuvchan eksport nazorati tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Eksport nazorati asosida eksport shartnomalarining xalqaro majburiyatlarga, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi talablariga mosligi ta’minlanadi. Shuningdek, mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tovar va texnologiyalar eksporta litsenziyalashtiriladi. Ushbu nazorat asosida biron-bir strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotni eksport qilish man qilinsa, undan mamlakat ichida foydalanish imkoniyatlari yaratilishi kerak. Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo‘lgan
mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo‘liga ma’lum 
to‘siqlar qo‘yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zarurligi bilan 
tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste’mol bozorlarini himoyalash, ichki bandlikni 
oshirish, yangi tarmoqlarni rivojlantirish va hokazolar kiradi. 
Iqtisodiy raqobatga bardoshli bo‘lgan davlatlar ham, bunday raqobatga 
chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalarni o‘rnatish, bojxona bojlari va 
tariflarni kiritish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini ta’minlovchi standartlarni 
o‘rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir etuvchi boshqa bir qator 
vositalardan keng foydalanadilar, shu orqali o‘z tashqi iqtisodiy siyosatlarini 
yurgizadilar. 
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati 
kundalik va strategik maqsadlarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy siyosatiga 
asoslangan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar 
bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat 
tushuniladi. 
Davlatni xalqaro savdo jarayonlariga aralashuvi darajasiga ko‘ra xalqaro savdo 
siyosati proteksionistik savdo siyosatiga hamda erkin savdo siyosatiga bo‘linadi. 
Erkin savdo - davlatni tashqi savdo jarayonlariga aralashuvini kamayishi, ya’ni 
tashqi savdoni erkin bozor talabi va taklifiga asosan rivojlanishidir. 
Proteksionizm - tarif va notarif usullarini qo‘llash orqali ichki bozorni chet el 
raqobatchilaridan himoya qilishga qaratilgan davlat siyosati. 
Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi xar qanday davlat uchun 
xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu 
jarayon uch xil ko‘rinishda amalga oshirilayapti: 
- 
alohida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoda; 
- 
yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o‘rtasida; 
- 
Jahon 
savdo 
tashkiloti, 
Savdo 
va 
rivojlanish 
buyicha 
BMTning 
konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iktisodiy komissiyasi (YeIK) 
doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. 
Tashqi iqtisodiy siyosat - bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq tashqi 
Logotip
mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo‘liga ma’lum to‘siqlar qo‘yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zarurligi bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste’mol bozorlarini himoyalash, ichki bandlikni oshirish, yangi tarmoqlarni rivojlantirish va hokazolar kiradi. Iqtisodiy raqobatga bardoshli bo‘lgan davlatlar ham, bunday raqobatga chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalarni o‘rnatish, bojxona bojlari va tariflarni kiritish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini ta’minlovchi standartlarni o‘rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir etuvchi boshqa bir qator vositalardan keng foydalanadilar, shu orqali o‘z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy siyosatiga asoslangan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Davlatni xalqaro savdo jarayonlariga aralashuvi darajasiga ko‘ra xalqaro savdo siyosati proteksionistik savdo siyosatiga hamda erkin savdo siyosatiga bo‘linadi. Erkin savdo - davlatni tashqi savdo jarayonlariga aralashuvini kamayishi, ya’ni tashqi savdoni erkin bozor talabi va taklifiga asosan rivojlanishidir. Proteksionizm - tarif va notarif usullarini qo‘llash orqali ichki bozorni chet el raqobatchilaridan himoya qilishga qaratilgan davlat siyosati. Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi xar qanday davlat uchun xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko‘rinishda amalga oshirilayapti: - alohida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoda; - yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o‘rtasida; - Jahon savdo tashkiloti, Savdo va rivojlanish buyicha BMTning konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iktisodiy komissiyasi (YeIK) doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy siyosat - bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq tashqi
iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan 
chora-tadbirlar yig‘indisidir. 
Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir 
ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. 
Ushbu belgiga binoan, davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo 
siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valyuta siyosati, bojxona siyosati kiradi. 
(19.2.1.-rasm.) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
19.2.1-rasm. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy shakllari. 
Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar, 
axborotlar, intellektual faoliyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni 
qamrab oladi. Davlatning eksport hamda import siyosatlari birgalikda tashqi savdo 
siyosatini tashkil etadi. 
Tashqi savdo bo‘yicha davlatning eksport siyosati deganda mamlakatning 
raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual mulklarni jahon bozorida sotishga 
va ushbu tovarlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora-
Tashki savdo 
siyosati 
Tashki iqtisodiy siyosati 
Tashki 
investitsiya 
siyosati 
Valyuta 
siyosati 
Ishchi kuchining 
tashqi migratsiya 
siyosati 
jorii siyesat 
millii 
investitsiyalarni 
eksporti siyosati 
diskont(foiz) 
siyosati 
Ishchi kuchini 
eksporti siyosati 
Bojxona 
siyosati 
uzoq muddatli siyosat 
xorijii investitsiyalarni importa 
siyosat 
deviz siyesati 
Valyuta subsidiyalas siyosati 
valyuta zaxiralarini 
deversifikatsiyalash 
Ishchi kuchini importa 
siyosati 
tashqi savdoga oid eksport  
siyosat 
tashqi savdoga oid import 
siyosat 
Logotip
iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig‘indisidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. Ushbu belgiga binoan, davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valyuta siyosati, bojxona siyosati kiradi. (19.2.1.-rasm.) 19.2.1-rasm. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy shakllari. Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborotlar, intellektual faoliyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni qamrab oladi. Davlatning eksport hamda import siyosatlari birgalikda tashqi savdo siyosatini tashkil etadi. Tashqi savdo bo‘yicha davlatning eksport siyosati deganda mamlakatning raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual mulklarni jahon bozorida sotishga va ushbu tovarlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan chora- Tashki savdo siyosati Tashki iqtisodiy siyosati Tashki investitsiya siyosati Valyuta siyosati Ishchi kuchining tashqi migratsiya siyosati jorii siyesat millii investitsiyalarni eksporti siyosati diskont(foiz) siyosati Ishchi kuchini eksporti siyosati Bojxona siyosati uzoq muddatli siyosat xorijii investitsiyalarni importa siyosat deviz siyesati Valyuta subsidiyalas siyosati valyuta zaxiralarini deversifikatsiyalash Ishchi kuchini importa siyosati tashqi savdoga oid eksport siyosat tashqi savdoga oid import siyosat
tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishda 
davlat buyurtmalari, budjetdan moliyalash, imtiyozli kreditlar berish, ilmiy-tadqiqot 
va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalash va hokazolardan foydalaniladi. 
Tashqi savdo bo‘yicha davlatning import siyosati deganda mamlakatga xorijdan 
tovarlar, ishlar, xizmatlar va intel lektual mulklarning kelishini tartibga solishga 
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Bunday tartibga solishning vositasi 
sifatida mamlakat iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida importni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
cheklash xisoblanadi. Bunda litsenziyalash va kontingentlash, importga oid 
antidemping va kompensatsiya bojlari, eng kam import narxlari tizimi va hokazolar 
qo‘llaniladi. 
Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat xududiga jalb 
etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni 
tartibga solishga doir chora-tadbirlar majuidan iborat. 
Valyuta siyosati davlat va xalqaro valyuta-moliya tashkilotlari tamonidan 
amalga oshiriladigan valyuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar hamda 
tashkiliy shakl v usullar yig‘indisini tashkil etadi. Valyuta siyosati davlatning 
valyuta mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘lib, o‘z ichiga valyuta 
mablag‘larini shakllantirish va ishlatishning asosiy yo‘nalishlarini hamda bunday 
mablag‘lardan samarali foydalanishga yo‘natirilgan chora-tadbirlarni ishlab 
chiqishni oladi. 
Valyuta siyosatining amal qilish sohasi bo‘lib valyuta bozori, qimmatbaho 
metallar va toshlar bozori hisoblanadi. Davlatning valyuta siyosati diskont va deviz 
siyosatlariga bo‘linib, moliya tizimining bir maromli faoliyatini va mamlakat to‘lov 
balansi muvozanatini ta’minlash kabi vazifalarni qamrab oladi. 
Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va to‘lov 
majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valyuta kursini taxminiy tuzatish uchun 
foizning hisob stavkasidan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini o‘z ichiga 
oladi. Ushbu siyosat pul talabi holatiga, narx dinamikasi va darajasiga, pul massasi 
hajmiga, qisqa muddatli investitsiyalar migratsiyasiga ta’sir ko‘rsatishda namoyon 
bo‘ladi. Devis siyosativalyuta intervensiyasi va valyuta cheklashlari yordamida 
Logotip
tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishda davlat buyurtmalari, budjetdan moliyalash, imtiyozli kreditlar berish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalash va hokazolardan foydalaniladi. Tashqi savdo bo‘yicha davlatning import siyosati deganda mamlakatga xorijdan tovarlar, ishlar, xizmatlar va intel lektual mulklarning kelishini tartibga solishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Bunday tartibga solishning vositasi sifatida mamlakat iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida importni to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklash xisoblanadi. Bunda litsenziyalash va kontingentlash, importga oid antidemping va kompensatsiya bojlari, eng kam import narxlari tizimi va hokazolar qo‘llaniladi. Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat xududiga jalb etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar majuidan iborat. Valyuta siyosati davlat va xalqaro valyuta-moliya tashkilotlari tamonidan amalga oshiriladigan valyuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar hamda tashkiliy shakl v usullar yig‘indisini tashkil etadi. Valyuta siyosati davlatning valyuta mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘lib, o‘z ichiga valyuta mablag‘larini shakllantirish va ishlatishning asosiy yo‘nalishlarini hamda bunday mablag‘lardan samarali foydalanishga yo‘natirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni oladi. Valyuta siyosatining amal qilish sohasi bo‘lib valyuta bozori, qimmatbaho metallar va toshlar bozori hisoblanadi. Davlatning valyuta siyosati diskont va deviz siyosatlariga bo‘linib, moliya tizimining bir maromli faoliyatini va mamlakat to‘lov balansi muvozanatini ta’minlash kabi vazifalarni qamrab oladi. Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va to‘lov majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valyuta kursini taxminiy tuzatish uchun foizning hisob stavkasidan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ushbu siyosat pul talabi holatiga, narx dinamikasi va darajasiga, pul massasi hajmiga, qisqa muddatli investitsiyalar migratsiyasiga ta’sir ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi. Devis siyosativalyuta intervensiyasi va valyuta cheklashlari yordamida
valyutani xarid qilish va sotish bilan valyuta kursini tartibga solish tizimidir. 
Valyuta intervensiyasi Markaziy bankning xorijiy valyutaning oldi-sotdisi 
bo‘yicha maqsadli operatsiyalari bo‘lib, u milliy valyuta kursi dinamikasini uni 
oshirish yoki pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini 
ko‘zlaydi. Valyuta cheklashlari milliy va xorijiy valyuta, oltin va xokazolarga doir 
operatsiyalarni tartibga soladigan iqtisodiy, xuquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar 
majmuidan iborat. 
Ishchi kuchining tashqi migratsiya siyosati ishchi kuchi eksporti siyosati va 
ishchi kuchi importi siyosatlariga bo‘linadi. Ishchi kuchi eksporti siyosati deganda 
bir mamlakat hududidan ikkinchi bir mamlakatga ishchi kuchining ko‘chishi uchun 
qulay sharoit yaratish yoki ta’qiqlash borasidagi davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan chora-tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Ishchi kuchini eksport qilish 
natijasida mamlakatda ishsizlik darajasini kamaytirish va mamlakatga qo‘shimcha 
valyuta daromadlarini paydo qilish imkoniyati yuzaga keladi. Ishchi kuchini import 
siyosati deganda mamlakatga xorijdan ishchi kuchining kirib kelishi uchun qulay 
sharoit yaratish yoki to‘siqlar qo‘yish borasidagi davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan chora-tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. 
Hozirgi paytda dunyo mamlakatlarida tashqi iqtisodiy siyosatni yuritishda 
yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish 
tizimidan samarali foydalanilmoqda va uning tarkibiga kirgan tashkilot va 
muassasalar 
faoliyati 
takomillashtirilmokda. 
Mamlakatimizda 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining 
asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
— respublika milliy manfaatlariga javob beruvchi va uning jahon 
hamjamiyatidagi o‘rnini ta’minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni takomillashtirish va 
amaliyotga joriy etish;tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini 
takomillashtirish va yanada erkinlashtirish; 
— mulkchilik ko‘rinishining turli shakllaridan qat’iy nazar, tashqi iqtisodiy 
faoliyatni barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta’minlash, 
ularning faoliyati va manfaatlarini himoya qilish; 
Logotip
valyutani xarid qilish va sotish bilan valyuta kursini tartibga solish tizimidir. Valyuta intervensiyasi Markaziy bankning xorijiy valyutaning oldi-sotdisi bo‘yicha maqsadli operatsiyalari bo‘lib, u milliy valyuta kursi dinamikasini uni oshirish yoki pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini ko‘zlaydi. Valyuta cheklashlari milliy va xorijiy valyuta, oltin va xokazolarga doir operatsiyalarni tartibga soladigan iqtisodiy, xuquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar majmuidan iborat. Ishchi kuchining tashqi migratsiya siyosati ishchi kuchi eksporti siyosati va ishchi kuchi importi siyosatlariga bo‘linadi. Ishchi kuchi eksporti siyosati deganda bir mamlakat hududidan ikkinchi bir mamlakatga ishchi kuchining ko‘chishi uchun qulay sharoit yaratish yoki ta’qiqlash borasidagi davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Ishchi kuchini eksport qilish natijasida mamlakatda ishsizlik darajasini kamaytirish va mamlakatga qo‘shimcha valyuta daromadlarini paydo qilish imkoniyati yuzaga keladi. Ishchi kuchini import siyosati deganda mamlakatga xorijdan ishchi kuchining kirib kelishi uchun qulay sharoit yaratish yoki to‘siqlar qo‘yish borasidagi davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Hozirgi paytda dunyo mamlakatlarida tashqi iqtisodiy siyosatni yuritishda yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tizimidan samarali foydalanilmoqda va uning tarkibiga kirgan tashkilot va muassasalar faoliyati takomillashtirilmokda. Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: — respublika milliy manfaatlariga javob beruvchi va uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini ta’minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini takomillashtirish va yanada erkinlashtirish; — mulkchilik ko‘rinishining turli shakllaridan qat’iy nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatni barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyati va manfaatlarini himoya qilish;
— milliy iqtisodiyotning tarkibiy bo‘g‘inlarini modernizatsiyalashda tashqi 
iqtisodiy omillardan oqilona foydalanish. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining 
xatti-harakatlarini tartibga solishda va erkinlashtirishda umume’tirof etilgan 
bilvosita va bevosita usullaridan foydalaniladi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita 
usullari bo‘lib tashqi iqtisodiy aloqalarda qatnashuvchilarning iqtisodiy manfaatlari, 
ularning daromadini taqsimlashga, bitim shartlarini bajarishga ta’sir etuvchi, 
bojxona tariflari va bojlari, turli soliqlar, valyutadan tushgan puldan ajratmalar 
me’yori, xalqaro operatsiyalarni kreditlash va sug‘urtalashning foiz stavkalari 
kabilar hisoblanib, xo‘jalik sub’ektlariga u yoki bu harakatni tanlash imkonini 
beradi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita 
usullariga qaraganda bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar 
o‘zining mazmuniga ko‘ra iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy-huquqiy ko‘rinishga ega 
bo‘lishi mumkin. Bevosita usullariga litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy 
xarakterdagi usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi 
19.3. Tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdabojxona organlarining o‘rni va 
roli. 
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda davlatning bojxona organlari 
muhim rol o‘ynaydi. Bojxona organlari chetga ruxsatsiz, noqonuniy ravishda 
kapital, milliy va madaniy boyliklar, intellektual mahsulotlarning olib ketilishi, 
noqonuniy valyuta operatsiyalari, qurol-yarog‘, strategik material va narkotik 
moddalar kontrabandasining oldini olishga qaratilgan faoliyat yuritadilar. 
Bojxona siyosati - davlat tashqi savdo faoliyatining bir qismi bo‘lib, tovarlarni 
eksport va import qilishning shart-sharoitlari, hajmi va tarkibini tartibga solib turadi. 
Bojxona siyosatining mohiyati bojxona - tarif qonunchiligida, bojxona ittifoqlari va 
konvensiyalari, erkin zonalar, tarif blokadalari va boshqalarni tashkil etishda 
namoyon bo‘ladi. Tovarlarni olib kirish yoki olib chiqishning davlat tomonidan 
rag‘batlantirilishi yoki chegaralanishiga bog‘liq holda iqtisodiy va bojxona 
Logotip
— milliy iqtisodiyotning tarkibiy bo‘g‘inlarini modernizatsiyalashda tashqi iqtisodiy omillardan oqilona foydalanish. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tartibga solishda va erkinlashtirishda umume’tirof etilgan bilvosita va bevosita usullaridan foydalaniladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari bo‘lib tashqi iqtisodiy aloqalarda qatnashuvchilarning iqtisodiy manfaatlari, ularning daromadini taqsimlashga, bitim shartlarini bajarishga ta’sir etuvchi, bojxona tariflari va bojlari, turli soliqlar, valyutadan tushgan puldan ajratmalar me’yori, xalqaro operatsiyalarni kreditlash va sug‘urtalashning foiz stavkalari kabilar hisoblanib, xo‘jalik sub’ektlariga u yoki bu harakatni tanlash imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar o‘zining mazmuniga ko‘ra iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy-huquqiy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Bevosita usullariga litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi 19.3. Tashqi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdabojxona organlarining o‘rni va roli. Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda davlatning bojxona organlari muhim rol o‘ynaydi. Bojxona organlari chetga ruxsatsiz, noqonuniy ravishda kapital, milliy va madaniy boyliklar, intellektual mahsulotlarning olib ketilishi, noqonuniy valyuta operatsiyalari, qurol-yarog‘, strategik material va narkotik moddalar kontrabandasining oldini olishga qaratilgan faoliyat yuritadilar. Bojxona siyosati - davlat tashqi savdo faoliyatining bir qismi bo‘lib, tovarlarni eksport va import qilishning shart-sharoitlari, hajmi va tarkibini tartibga solib turadi. Bojxona siyosatining mohiyati bojxona - tarif qonunchiligida, bojxona ittifoqlari va konvensiyalari, erkin zonalar, tarif blokadalari va boshqalarni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Tovarlarni olib kirish yoki olib chiqishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi yoki chegaralanishiga bog‘liq holda iqtisodiy va bojxona
siyosatining quyidagi to‘rt asosiy turini ajratish mumkin: 
1. Qisman cheklash siyosati. Bu siyosat ichki bozorga ba’zi tovarlarni, masalan, 
mamlakat milliy mafkurasiga hamda aholi turmush tarziga va ma’naviyatiga salbiy 
ta’sir qiladigan kino - video mahsulotlari va turli nashrlarni kiritmaslik maqsadida 
qo‘llaniladi. 
2. Proteksionizm siyosati. Bu ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashdir. 
Z.Erkin savdo siyosati - «fritrederlik». Bu tashqi savdodagi cheklashlarni eng 
minimumiga tushirishdir. Odatda, u o‘z tovarlarining raqobatbardoshligi yuqori 
bo‘lgan va bozorlarda yetakchi mavqega ega mamlakatlar tomonidan qo‘llaniladi. 
4.Taqchil bozorni to‘yintirish - «teskari proteksionizm» siyosati. Bu faqat milliy 
bozorda chuqur taqchillik sharoiti yuz berganda va unda hammaga o‘rin topiladigan 
sharoitdagina samarali hisoblanadi. 
Bojxona siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: 
1) tashqi savdoning rivojlanishiga ko‘mak berish; 
2) davlatning iqtisodiy o‘sishini tezlashtirish; 
3) xalqaro mehnat taqsimotida qatnashishdan foyda olish; 
4) mamlakat savdo va to‘lov balansining ijobiy saldosini ta’minlash; 
5) davlat budjeti daromadlarini o‘stirish; 
6) xorijiy davlatlar va ular ittifoqlarining diskriminatsion chora-tadbirlariga 
qarshi harakat olib borish; 
7) davlatning savdo - siyosiy pozitsiyasini mustahkamlash; 
8) korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlarning tashqi bozorga chiqishini 
ta’minlash; 
9) milliy iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga ko‘mak berish; 
10) mamlakat xalq xo‘jaligining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini 
chuqurlashtirish; 
11) bozor faoliyatiga shart - sharoit yaratish. 
O‘zbekiston Respublikasi bojxona siyosatining asosiy 
tamoyillari Jahon savdo tashkiloti (JST) hujjatlarida qayd etilgan bojxona 
siyosatining xalqaro tajribalariga hamda O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosati 
Logotip
siyosatining quyidagi to‘rt asosiy turini ajratish mumkin: 1. Qisman cheklash siyosati. Bu siyosat ichki bozorga ba’zi tovarlarni, masalan, mamlakat milliy mafkurasiga hamda aholi turmush tarziga va ma’naviyatiga salbiy ta’sir qiladigan kino - video mahsulotlari va turli nashrlarni kiritmaslik maqsadida qo‘llaniladi. 2. Proteksionizm siyosati. Bu ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashdir. Z.Erkin savdo siyosati - «fritrederlik». Bu tashqi savdodagi cheklashlarni eng minimumiga tushirishdir. Odatda, u o‘z tovarlarining raqobatbardoshligi yuqori bo‘lgan va bozorlarda yetakchi mavqega ega mamlakatlar tomonidan qo‘llaniladi. 4.Taqchil bozorni to‘yintirish - «teskari proteksionizm» siyosati. Bu faqat milliy bozorda chuqur taqchillik sharoiti yuz berganda va unda hammaga o‘rin topiladigan sharoitdagina samarali hisoblanadi. Bojxona siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: 1) tashqi savdoning rivojlanishiga ko‘mak berish; 2) davlatning iqtisodiy o‘sishini tezlashtirish; 3) xalqaro mehnat taqsimotida qatnashishdan foyda olish; 4) mamlakat savdo va to‘lov balansining ijobiy saldosini ta’minlash; 5) davlat budjeti daromadlarini o‘stirish; 6) xorijiy davlatlar va ular ittifoqlarining diskriminatsion chora-tadbirlariga qarshi harakat olib borish; 7) davlatning savdo - siyosiy pozitsiyasini mustahkamlash; 8) korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlarning tashqi bozorga chiqishini ta’minlash; 9) milliy iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga ko‘mak berish; 10) mamlakat xalq xo‘jaligining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish; 11) bozor faoliyatiga shart - sharoit yaratish. O‘zbekiston Respublikasi bojxona siyosatining asosiy tamoyillari Jahon savdo tashkiloti (JST) hujjatlarida qayd etilgan bojxona siyosatining xalqaro tajribalariga hamda O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosati
tamoyillariga asoslangan bo‘lib, quyidagilardan iborat: 
1.Xalqaro huquq normalarining ichki davlat normalari oldida ustunligini tan 
olish tamoyli. Uning mohiyati shundaki, o‘z milliy huquq tizimini yaratayotgan 
milliy davlatimiz xalqaro huquq normalarining ichki davlat normalari oldida ustun 
turishini tan oladi. O‘zbekiston Respublikasining BMT, JST va boshqa xalqaro 
tashkilotlarga a’zo bo‘lishi bojxona ishi sohasidagi umumjahon muammolarni hal 
etishda faol ishtirok etishiga keng imkoniyatlar ochib berdi va respublika zimmasiga 
bir qator majburiyatlarni ham yukladi. 
2. O‘zbekistonda amalga oshiriladigan bojxona siyosatining yagonaligi 
tamoyili. Bu Uzbekistan Respublikasining bojxona hududida yagona bojxona 
siyosatining olib borilishini anglatadi. 
3. Ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish tamoyili. Bu 
tamoyil O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasida xalqaro hamkorlik olib 
borishga faol intilishi orqali amalga oshiriladi. 
4. Milliy davlat manfaatlari ustunligini hisobga olgan holda o‘zaro savdo 
kelishuvlarida yon berishlik tamoyili. Bojxona siyosati hamkor mamlakatlarning 
joriy manfaatlarini hisobga olsa hamda o‘zaro munosabatlarda ma’lum bir 
kelishuvlarni qabul qilsa, uning samaradorligi yanada oshadi. Ammo, bunda 
davlatning milliy xavfsizligi xavf ostiga qo‘yilishi mumkin emas. 
5. O‘zaro kamsitmaslik tamoyili. Davlat o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya 
qilish maqsadida bojxona siyosati dastaklari orqali u yoki bu milliy bozorda 
chegaralash choratadbirlarini qo‘llaydi. Ularni qo‘llash diskriminatsion (kamsitish) 
ko‘rinishda bo‘lmasligi, ya’ni bazi mamlakatlarga nisbatan emas, balki barcha 
qatnashuvchi mamlakatlarga nisbatan birdek qo‘llanishi lozim. 
6. Bir tomonlama harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik. Milliy bozorni himoya qilish 
bo‘yicha qarorlar ko‘p tomonlama maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilinishi kerak. 
7. Demokratizm tamoyili. Demokratizm tamoyili bojxona siyosatini ishlab 
chiqish va uni hayotga qo‘llashda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamda 
fuqarolarning bojxona ishi sohasidagi huquqlarining himoyalanishini talab qiladi. 
Davlat bojxona organlari bojxona nazorati vazifalarini bajarish uchun xalqaro 
Logotip
tamoyillariga asoslangan bo‘lib, quyidagilardan iborat: 1.Xalqaro huquq normalarining ichki davlat normalari oldida ustunligini tan olish tamoyli. Uning mohiyati shundaki, o‘z milliy huquq tizimini yaratayotgan milliy davlatimiz xalqaro huquq normalarining ichki davlat normalari oldida ustun turishini tan oladi. O‘zbekiston Respublikasining BMT, JST va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi bojxona ishi sohasidagi umumjahon muammolarni hal etishda faol ishtirok etishiga keng imkoniyatlar ochib berdi va respublika zimmasiga bir qator majburiyatlarni ham yukladi. 2. O‘zbekistonda amalga oshiriladigan bojxona siyosatining yagonaligi tamoyili. Bu Uzbekistan Respublikasining bojxona hududida yagona bojxona siyosatining olib borilishini anglatadi. 3. Ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish tamoyili. Bu tamoyil O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi sohasida xalqaro hamkorlik olib borishga faol intilishi orqali amalga oshiriladi. 4. Milliy davlat manfaatlari ustunligini hisobga olgan holda o‘zaro savdo kelishuvlarida yon berishlik tamoyili. Bojxona siyosati hamkor mamlakatlarning joriy manfaatlarini hisobga olsa hamda o‘zaro munosabatlarda ma’lum bir kelishuvlarni qabul qilsa, uning samaradorligi yanada oshadi. Ammo, bunda davlatning milliy xavfsizligi xavf ostiga qo‘yilishi mumkin emas. 5. O‘zaro kamsitmaslik tamoyili. Davlat o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida bojxona siyosati dastaklari orqali u yoki bu milliy bozorda chegaralash choratadbirlarini qo‘llaydi. Ularni qo‘llash diskriminatsion (kamsitish) ko‘rinishda bo‘lmasligi, ya’ni bazi mamlakatlarga nisbatan emas, balki barcha qatnashuvchi mamlakatlarga nisbatan birdek qo‘llanishi lozim. 6. Bir tomonlama harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik. Milliy bozorni himoya qilish bo‘yicha qarorlar ko‘p tomonlama maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilinishi kerak. 7. Demokratizm tamoyili. Demokratizm tamoyili bojxona siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga qo‘llashda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamda fuqarolarning bojxona ishi sohasidagi huquqlarining himoyalanishini talab qiladi. Davlat bojxona organlari bojxona nazorati vazifalarini bajarish uchun xalqaro
tajribada ko‘p qo‘llaniladigan quyidagi usullardan foydalaniladi: 
bojxona yig‘imlari miqdorini tartibga solish orqali mamlakatga kirib kelayotgan 
tovarlar tarkibiga ta’sir ko‘rsatish. Bunda tovarlarning mamlakat hayot faoliyati 
uchun qay darajada muhimligi e’tiborga olinadi. Aholi va mamlakat ehtiyojlari 
uchun muhim bo‘lgan import mahsulotlariga boj to‘lovlari kamaytiriladi yoki bekor 
qilinadi. Boshqa tovarlarga esa boj to‘lovlari yuqori darajada belgilanadi; 
- 
mamlakatning hisob va to‘lov balansining holatini hisobga olgan holda tarif 
qoidalarini tartibga solish; 
- 
milliy iqtisodiyotni jahon bozoridagi mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari, ishlab 
chiqarish xarajatlaridagi farqlar hamda ichki va tashqi bozorlardagi narx qaychisi 
tufayli yuzaga keladigan salbiy omillar ta’siridan himoya qilish. Ichki va jahon 
bozorlari narxlarini muvofiqlashtirish uchun bojxona dastaklari va vositalaridan 
foydalaniladi2. 
Bojxona organlarining muhim vazifalaridan biri muhim strategik xom-
ashyolarni, valyutalarni noqonuniy tarzda chetga olib chiqib ketilishiga yoki eksport 
va barter operatsiyalari tufayli olingan valyuta tushumlarining qaytmasligiga hamda 
kontrabandaga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. 
Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega. Tashkiliy jinoiy 
guruhlar va ayrim tadbirkorlar tomonidan mamlakatga noqonuniy tarzda tovarlarini 
olib kelinishi ichki bozorlardagi tovarlarning raqobatbardoshliligiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Chunki kontrabanda tovarlari bojxona to‘lovlarini, soliqlarni 
to‘lamasdan olib kirilgani uchun ichki bozordagi milliy tovarlarga nisbatan arzon 
bo‘ladi. Natijada ular milliy tovarlar bozorini kasod qilib, tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xonavayron bo‘lishiga olib keladi. Kontrabandistlarning 
maqsadi qisqa muddatda tovarlarini sotib, foyda olishdan iborat. Iqtisodiy 
kontrabandaga qarshi kurashning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat: 
- 
barcha transport vositalaridan foydalanib, bojxona nazoratidan yashirincha 
bojxona chegaralari orqali tovar, boyliklar va boshqa buyumlarni olib o‘tishga 
                                                           
2 Экономическая безопасность хозяйственньк систем. Учебник М., Изд-во РАГС, 2001.- С.400; Кочергина Е.Т. 
Экономическая безопасность -Ростов н /Д.: Феникс, 2007.- С.365-388 
Logotip
tajribada ko‘p qo‘llaniladigan quyidagi usullardan foydalaniladi: bojxona yig‘imlari miqdorini tartibga solish orqali mamlakatga kirib kelayotgan tovarlar tarkibiga ta’sir ko‘rsatish. Bunda tovarlarning mamlakat hayot faoliyati uchun qay darajada muhimligi e’tiborga olinadi. Aholi va mamlakat ehtiyojlari uchun muhim bo‘lgan import mahsulotlariga boj to‘lovlari kamaytiriladi yoki bekor qilinadi. Boshqa tovarlarga esa boj to‘lovlari yuqori darajada belgilanadi; - mamlakatning hisob va to‘lov balansining holatini hisobga olgan holda tarif qoidalarini tartibga solish; - milliy iqtisodiyotni jahon bozoridagi mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish xarajatlaridagi farqlar hamda ichki va tashqi bozorlardagi narx qaychisi tufayli yuzaga keladigan salbiy omillar ta’siridan himoya qilish. Ichki va jahon bozorlari narxlarini muvofiqlashtirish uchun bojxona dastaklari va vositalaridan foydalaniladi2. Bojxona organlarining muhim vazifalaridan biri muhim strategik xom- ashyolarni, valyutalarni noqonuniy tarzda chetga olib chiqib ketilishiga yoki eksport va barter operatsiyalari tufayli olingan valyuta tushumlarining qaytmasligiga hamda kontrabandaga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega. Tashkiliy jinoiy guruhlar va ayrim tadbirkorlar tomonidan mamlakatga noqonuniy tarzda tovarlarini olib kelinishi ichki bozorlardagi tovarlarning raqobatbardoshliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki kontrabanda tovarlari bojxona to‘lovlarini, soliqlarni to‘lamasdan olib kirilgani uchun ichki bozordagi milliy tovarlarga nisbatan arzon bo‘ladi. Natijada ular milliy tovarlar bozorini kasod qilib, tovar ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo‘lishiga olib keladi. Kontrabandistlarning maqsadi qisqa muddatda tovarlarini sotib, foyda olishdan iborat. Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurashning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat: - barcha transport vositalaridan foydalanib, bojxona nazoratidan yashirincha bojxona chegaralari orqali tovar, boyliklar va boshqa buyumlarni olib o‘tishga 2 Экономическая безопасность хозяйственньк систем. Учебник М., Изд-во РАГС, 2001.- С.400; Кочергина Е.Т. Экономическая безопасность -Ростов н /Д.: Феникс, 2007.- С.365-388
bo‘lgan urinishlarni aniqlash va ularning oldini olish; 
- 
kontrabanda buyumlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni musodara qilishning 
texnologik sxemalarini ishlab chiqish. Buning uchun bojxona chegara postlarini 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, yuqori malakali bojxona 
xodimlarini tayyorlash va ularni vatanparvar qilib tarbiyalash lozim bo‘ladi. 
Shuningdek, kontrabanda bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning javobgarligini, ularni 
jazoga tortishning qonuniy-me’yoriy asoslarini kuchaytirish kerak; 
- 
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘rtasida profilaktika ishlarini olib 
borish; 
- 
davlat bojxona organlarining xavfsizlik va huquq-tartib organlari hamda 
jamoatchilik bilan hamkorlikda faoliyat olib borishlarini ta’minlash; 
- 
kontrabandaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi, 
ularning qonuniyligini ta’minlovchi hujjatlarni ishlab chiqish. 
19.4. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog‘liq xavfsizlik va 
mamlakatning raqobatbardoshligi 
Bozor 
iqtisodiyotiga 
o‘tish 
sharoitida 
milliy 
iqtisodiyotga 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy kapitalning kirib 
kelishi O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurishni, istiqbolli, zamonaviy 
tarmoqlarni vujudga keltirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga, ichki 
bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishga, tovarlarni eksport qilishning yangi 
bozorlarini, xo‘jalik sub’ektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta 
tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. 
Kapital kirituvchi xorijiy investorning investitsiyalardan kutilayotgan daromadi 
kapital evaziga olish mumkin bo‘lgan foiz stavkasidan yuqoriroq darajada bo‘lishi 
kerak. 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning kirib 
kelishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mavjud qonunchilikka binoan xorijiy 
investorlar o‘z investitsiyalarini respublika hududida quyidagi yo‘llar bilan amalga 
oshirish imkoniyatlariga ega: 
- 
davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangidan tashkil etilayotgan 
Logotip
bo‘lgan urinishlarni aniqlash va ularning oldini olish; - kontrabanda buyumlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni musodara qilishning texnologik sxemalarini ishlab chiqish. Buning uchun bojxona chegara postlarini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, yuqori malakali bojxona xodimlarini tayyorlash va ularni vatanparvar qilib tarbiyalash lozim bo‘ladi. Shuningdek, kontrabanda bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning javobgarligini, ularni jazoga tortishning qonuniy-me’yoriy asoslarini kuchaytirish kerak; - tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘rtasida profilaktika ishlarini olib borish; - davlat bojxona organlarining xavfsizlik va huquq-tartib organlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda faoliyat olib borishlarini ta’minlash; - kontrabandaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi, ularning qonuniyligini ta’minlovchi hujjatlarni ishlab chiqish. 19.4. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog‘liq xavfsizlik va mamlakatning raqobatbardoshligi Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy kapitalning kirib kelishi O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurishni, istiqbolli, zamonaviy tarmoqlarni vujudga keltirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga, ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishga, tovarlarni eksport qilishning yangi bozorlarini, xo‘jalik sub’ektlarini boshqarishni zamonaviy menejment asosida qayta tashkil etish va takomillashtirishga, yangi ishchi o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Kapital kirituvchi xorijiy investorning investitsiyalardan kutilayotgan daromadi kapital evaziga olish mumkin bo‘lgan foiz stavkasidan yuqoriroq darajada bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Mavjud qonunchilikka binoan xorijiy investorlar o‘z investitsiyalarini respublika hududida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish imkoniyatlariga ega: - davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangidan tashkil etilayotgan
korxonalar, banklar va boshqa tashkilotlarda o‘z ulushini qo‘yishi, ya’ni qo‘shma 
korxona tashkil etish yoki butunlay korxonani sotib olish; 
- 
mulkni, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid etish; 
- 
mustaqil yoki milliy ho‘jalik sub’ektlari ishtirokida xususiylashtirilayotgan 
davlat ob’ektlariga mulkiy huquqni sotib olish, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish 
huquqini xarid qilish. 
Respublikamizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda quyidagi sohalarga 
ustuvorlik beriladi: 
- 
zamonaviy texnologiya asosida iste’mol tovarlarini ishlab chiqish, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash; 
- 
uskunasozlik, 
asbob-uskunalar 
va 
radiotexnika, 
elektrotexnika, 
avtomobilsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish; 
- 
xom ashyo va energoresurslarni tejamli ishlatish imkoniyatini beruvchi 
uskunalarni ishlab chiqarish; 
- 
ehtiyot qismlar va detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Bu ishlar 
mahalliylashtirish dasturi asosida amalga oshiriladi;  
- 
zamonaviy axborot va telekommunikatsiyalar tizimini barpo etish; 
- 
xom ashyo, tabiiy resurslarni qazib chiqarish va ekologik jihatdan sof usullar 
bilan ularni qayta ishlab chiqarish; 
- 
dori-darmon va zamonaviy tibbiy texnikani ishlab chiqarish. 
Mamlakatimizda xorijiy investorlarga O‘zbekiston Respublikasining chet el 
investitsiyasi to‘g‘risidagi qonunlari asosida kafolat va imtiyozlar yaratilgan. Xorijiy 
investorlar ba’zi soliqlardan ozod qilingan bo‘lib, ular soliq va bojxona to‘lovlarida 
imtiyozlarga egalar. 
Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish uchun qulay 
muhitning yaratilganligi sababli asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish 
manbalari bo‘yicha tarkibida xorijiy investitsiyalarning ulushi ortib bormoqda. Agar 
1990 yilda mamlakatimizning investitsiya portfelida xorijiy investitsiyalar deyarli 
mavjud bo‘lmagan bo‘lsa, 2000 yilda chet el investitsiya va kreditlarining ulushi 
23,2 foizni, jumladan, hukumat kafolati bilan jalb etilgan xorijiy investitsiya va 
Logotip
korxonalar, banklar va boshqa tashkilotlarda o‘z ulushini qo‘yishi, ya’ni qo‘shma korxona tashkil etish yoki butunlay korxonani sotib olish; - mulkni, aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid etish; - mustaqil yoki milliy ho‘jalik sub’ektlari ishtirokida xususiylashtirilayotgan davlat ob’ektlariga mulkiy huquqni sotib olish, ya’ni tabiiy resurslardan foydalanish huquqini xarid qilish. Respublikamizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda quyidagi sohalarga ustuvorlik beriladi: - zamonaviy texnologiya asosida iste’mol tovarlarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash; - uskunasozlik, asbob-uskunalar va radiotexnika, elektrotexnika, avtomobilsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish; - xom ashyo va energoresurslarni tejamli ishlatish imkoniyatini beruvchi uskunalarni ishlab chiqarish; - ehtiyot qismlar va detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. Bu ishlar mahalliylashtirish dasturi asosida amalga oshiriladi; - zamonaviy axborot va telekommunikatsiyalar tizimini barpo etish; - xom ashyo, tabiiy resurslarni qazib chiqarish va ekologik jihatdan sof usullar bilan ularni qayta ishlab chiqarish; - dori-darmon va zamonaviy tibbiy texnikani ishlab chiqarish. Mamlakatimizda xorijiy investorlarga O‘zbekiston Respublikasining chet el investitsiyasi to‘g‘risidagi qonunlari asosida kafolat va imtiyozlar yaratilgan. Xorijiy investorlar ba’zi soliqlardan ozod qilingan bo‘lib, ular soliq va bojxona to‘lovlarida imtiyozlarga egalar. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish uchun qulay muhitning yaratilganligi sababli asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibida xorijiy investitsiyalarning ulushi ortib bormoqda. Agar 1990 yilda mamlakatimizning investitsiya portfelida xorijiy investitsiyalar deyarli mavjud bo‘lmagan bo‘lsa, 2000 yilda chet el investitsiya va kreditlarining ulushi 23,2 foizni, jumladan, hukumat kafolati bilan jalb etilgan xorijiy investitsiya va
kreditlar 19,8 foizni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar esa 3,4 foizni tashkil 
qildi. 2017 yilda esa xorijiy investitsiyalarning jami kapital qo‘yilmalar tarkibidagi 
ulushi 25,1 foizni, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 18,7 foizni 
tashkil etdi3. 
O‘zbekistonda 2017 yilda 17146,5 mlrd. so‘m (dollar ekvivalentida 3348,2 mln. 
AQSh dollari) yoki 2016 yilga nisbatan 134,9 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiya 
va kreditlar o‘zlashtirildi hamda uning jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi 
ulushi tashkil etdi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning YaIMdagi 
ulushi 2017 yilda 6,7 %ni tashkil etib, 2016 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,4 % 
punktga ko‘paydi. 
Qulay investitsiya muhitini shakllantirish va investitsiyalarni keng jalb qilish 
maqsadida olib borilgan qator islohotlar natijasida o‘zlashtirilgan to‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 2017 yilda 12768,6 mlrd. so‘mni (dollar 
ekvivalentida 2493,3 mln. AQSh dollari) tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 44,9 % ga 
ko‘paydi va jami investitsiyalardagi ulushi 18,7%ni tashkil etdi4. 
2018 yilning yanvar-dekabrida 31350,0 mlrd. so‘m (dollar ekvivalentida 3,9 
mlrd.AQSh dollari) yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 136,6% asosiy kapitalga 
xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Xorijiy investitsiya va kreditlarning 
jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 29,2%ni tashkil etdi. 
2018yilda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning YaIMga nisbati 
7,7%ni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 2,0% punktga ko‘paydi. To‘g‘ridan - to‘g‘ri 
xorijiy investitsiya va kreditlar 1816,9 mln.AQSh dollarini yoki jami xorijiy 
investitsiya va kreditlarning 46,8%ni tashkil etdi. Ularning hajmi 2017 yilga 
nisbatan 14,2%ga kamaydi5. 
Shuni aytish joizki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan 
bir qatorda ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, iqtisodiy 
                                                           
3 O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy 
tendensiya va ko‘rsatkichlari hamda 20112015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari: statistik to‘plam. -T.: O‘zbekiston, 
2011. 53-54-betlar; Asosiy kapitalga investitsiyalar/https: //stat.uz/uploads/docs/ investitsiya-yan-dek-2017uz1.pdf 
4 Asosiy kapitalga investitsiyalar/https: //stat.uz/uploads/docs/investitsiya-yan-dek- 2017uz1.pdf 
5 O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati. 2018 yil yan- var-dekabr.-T., DSQ, 2019.-112,113,114-
betlar 
Logotip
kreditlar 19,8 foizni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar esa 3,4 foizni tashkil qildi. 2017 yilda esa xorijiy investitsiyalarning jami kapital qo‘yilmalar tarkibidagi ulushi 25,1 foizni, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 18,7 foizni tashkil etdi3. O‘zbekistonda 2017 yilda 17146,5 mlrd. so‘m (dollar ekvivalentida 3348,2 mln. AQSh dollari) yoki 2016 yilga nisbatan 134,9 % asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi hamda uning jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi tashkil etdi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning YaIMdagi ulushi 2017 yilda 6,7 %ni tashkil etib, 2016 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,4 % punktga ko‘paydi. Qulay investitsiya muhitini shakllantirish va investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida olib borilgan qator islohotlar natijasida o‘zlashtirilgan to‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 2017 yilda 12768,6 mlrd. so‘mni (dollar ekvivalentida 2493,3 mln. AQSh dollari) tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 44,9 % ga ko‘paydi va jami investitsiyalardagi ulushi 18,7%ni tashkil etdi4. 2018 yilning yanvar-dekabrida 31350,0 mlrd. so‘m (dollar ekvivalentida 3,9 mlrd.AQSh dollari) yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 136,6% asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 29,2%ni tashkil etdi. 2018yilda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning YaIMga nisbati 7,7%ni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 2,0% punktga ko‘paydi. To‘g‘ridan - to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar 1816,9 mln.AQSh dollarini yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 46,8%ni tashkil etdi. Ularning hajmi 2017 yilga nisbatan 14,2%ga kamaydi5. Shuni aytish joizki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bir qatorda ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, iqtisodiy 3 O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy tendensiya va ko‘rsatkichlari hamda 20112015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari: statistik to‘plam. -T.: O‘zbekiston, 2011. 53-54-betlar; Asosiy kapitalga investitsiyalar/https: //stat.uz/uploads/docs/ investitsiya-yan-dek-2017uz1.pdf 4 Asosiy kapitalga investitsiyalar/https: //stat.uz/uploads/docs/investitsiya-yan-dek- 2017uz1.pdf 5 O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati. 2018 yil yan- var-dekabr.-T., DSQ, 2019.-112,113,114- betlar
xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Chunki 
xorijiy investorlar tomonidan insofsiz xatti harakatlar sodir etilishi mumkin. Bunday 
insofsizliklar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 
chayqovchilik kelishuvlari. Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida ishtirok 
etib, biron-bir korxonani qo‘lga kiritadi. So‘ngra uni yoki undagi noyob texnika, 
asbob-uskunalarni yuqori bahoda sotadi; 
- 
qisqa muddatda yuqori foyda olish uchun kapital kiritadi. Foyda olgach, o‘z 
faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi; 
- 
xorijdagi korxonalar uchun raqobatlasha oladigan milliy korxonani qo‘lga 
kiritib, unda ishlab chiqarish jarayonlarini to‘xtatib qo‘yadi, iloji boricha, ishlab 
chiqarishni xorijga ko‘chirishga harakat qiladi; 
- 
korxonadagi ilmiy-texnikaviy va tajriba-konstruktorlik ishlarini to‘xtatib 
qo‘yadi, oxir-oqibatda xorijiy kompaniyaning o‘zini mustaqil rivojlantira 
olmaydigan bir bo‘limiga aylantirib qo‘yadi; 
- 
qo‘lga kiritilgan mulkdan noiqtisodiy maqsadlarda foydalanish6; 
- 
strategik ahamiyatga molik sohalarga kirib olib, mamlakatning mudofaa 
qobiliyatini pasaytirishga urinish; strategik xom ashyo resurslarini arzon narxlarda 
chetga tashib ketish; 
- 
tabiiy resurslarni qazib chiqarish va qayta ishlash hamda ekologik jihatdan 
xavfli ishlab chiqarishlarga sarmoya kiritib, iqtisodiy va ekologik talablarga rioya 
etmaslikka urinadilar; 
- 
hamkorlarning hududlariga rivojlangan mamlakatlarda foydalanish man 
etilgan texnologiyalarni, zararli ishlab chiqarish chiqindilarini olib kirishga harakat 
qiladilar; 
- 
investitsion loyihalarning maqsadga muvofiqligi, investitsion muhitni 
o‘rganish bahonasida davlatning siyosiy va iqtisodiy sirlarini bilib olishga, ko‘proq 
o‘zlarining boshqa noxolis maqsadlari uchun axborotlari to‘plashga harakat 
                                                           
6 Основн экономического безопасти. Под ред. Олесникова Е.А. - М., ЗАО “Бизнес школа”, “Интел Синтез”, 
1987.- С.67-81. Экономическая безопасть- ность хозяйственньк систем. Учебник. - М., Изд-во РАГС, 2001.-
С.409-410. 
Logotip
xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Chunki xorijiy investorlar tomonidan insofsiz xatti harakatlar sodir etilishi mumkin. Bunday insofsizliklar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: chayqovchilik kelishuvlari. Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etib, biron-bir korxonani qo‘lga kiritadi. So‘ngra uni yoki undagi noyob texnika, asbob-uskunalarni yuqori bahoda sotadi; - qisqa muddatda yuqori foyda olish uchun kapital kiritadi. Foyda olgach, o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘yadi; - xorijdagi korxonalar uchun raqobatlasha oladigan milliy korxonani qo‘lga kiritib, unda ishlab chiqarish jarayonlarini to‘xtatib qo‘yadi, iloji boricha, ishlab chiqarishni xorijga ko‘chirishga harakat qiladi; - korxonadagi ilmiy-texnikaviy va tajriba-konstruktorlik ishlarini to‘xtatib qo‘yadi, oxir-oqibatda xorijiy kompaniyaning o‘zini mustaqil rivojlantira olmaydigan bir bo‘limiga aylantirib qo‘yadi; - qo‘lga kiritilgan mulkdan noiqtisodiy maqsadlarda foydalanish6; - strategik ahamiyatga molik sohalarga kirib olib, mamlakatning mudofaa qobiliyatini pasaytirishga urinish; strategik xom ashyo resurslarini arzon narxlarda chetga tashib ketish; - tabiiy resurslarni qazib chiqarish va qayta ishlash hamda ekologik jihatdan xavfli ishlab chiqarishlarga sarmoya kiritib, iqtisodiy va ekologik talablarga rioya etmaslikka urinadilar; - hamkorlarning hududlariga rivojlangan mamlakatlarda foydalanish man etilgan texnologiyalarni, zararli ishlab chiqarish chiqindilarini olib kirishga harakat qiladilar; - investitsion loyihalarning maqsadga muvofiqligi, investitsion muhitni o‘rganish bahonasida davlatning siyosiy va iqtisodiy sirlarini bilib olishga, ko‘proq o‘zlarining boshqa noxolis maqsadlari uchun axborotlari to‘plashga harakat 6 Основн экономического безопасти. Под ред. Олесникова Е.А. - М., ЗАО “Бизнес школа”, “Интел Синтез”, 1987.- С.67-81. Экономическая безопасть- ность хозяйственньк систем. Учебник. - М., Изд-во РАГС, 2001.- С.409-410.
qiladilar. Bunda turli sohalarni isloh qilishga bag‘ishlangan, davlat boshqaruv 
organlari hamda ilmiy jamoatchilik ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil 
etishni moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi. 
Davlat xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish jarayonlarini 
tartibga solish orqali yuqorida keltirilgan noxush-salbiy xatti-harakatlarga qarshi o‘z 
mexanizmini yaratdi. Davlatning investitsion siyosati quyidagilarni o‘z ichiga olishi 
kerak: 
- 
iqtisodiy va siyosiy manfaatlardan kelib chiqib, ichki ijtimoiy-iqtisodiy 
barqarorlikni saqlagan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirib borish; 
- 
xorijiy kapitalning strategik ahamiyatga molik soha, tarmoq va korxonalar 
faoliyatiga 
bo‘lgan 
ta’sirining 
oldini 
olish 
uchun 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalarning joylashtirilishini tartibga solish; 
- 
samarali faoliyat yuritayotgan milliy kompaniya va korxonalarni xorijiy 
investorlar va transmilliy kompaniyalar tomonidan butunlay sotib olinishiga yoki 
qo‘shib olishlariga yo‘l qo‘ymaslik. 
Mamlakatimizning 
xalqaro 
kapital 
bozorlaridagi 
raqobatbardoshliligini 
mustahkamlash investitsion jarayonlar samaradorligi bilan uzviy aloqadorlikda 
bo‘lgan quyidagi uchta asosiy omilga bog‘liq bo‘ladi: 
- 
davlat boshqaruvining raqobatbardoshligini kuchaytirish. Buning uchun 
davlatchilik funksiyalarining optimal va boshqa mamlakatlardagiga nisbatan yanada 
samarali tashkil qilishga imkoniyat beruvchi tamoyillarni ishlab chiqish va 
amaliyotga tatbiq etish kerak. Shuningdek, amaldagi va yangi qonunlarni xalqaro 
talablar asosida unifikatsiyalash, ularni maqsadli qo‘llanishini ta’minlash, 
fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini himoya qilish hamda iqtisodiy erkinliklarni 
ta’minlash jarayonlarini takomillashtirish zarur; 
- 
mahalliy biznes va tadbirkorlikning raqobatbardoshliligini kuchaytirish. 
Buning uchun moliyaviy sektorni isloh qilish, uning kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish lozim bo‘ladi; 
inson kapitalining, fuqarolarimizning ish bilan ta’minlanish va daromad olish 
imkoniyatlari, biznesdagi yuqori raqobat muhiti sharoitida faoliyat yurita olish 
Logotip
qiladilar. Bunda turli sohalarni isloh qilishga bag‘ishlangan, davlat boshqaruv organlari hamda ilmiy jamoatchilik ishtirokidagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etishni moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi. Davlat xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb etish jarayonlarini tartibga solish orqali yuqorida keltirilgan noxush-salbiy xatti-harakatlarga qarshi o‘z mexanizmini yaratdi. Davlatning investitsion siyosati quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: - iqtisodiy va siyosiy manfaatlardan kelib chiqib, ichki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlagan holda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirib borish; - xorijiy kapitalning strategik ahamiyatga molik soha, tarmoq va korxonalar faoliyatiga bo‘lgan ta’sirining oldini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning joylashtirilishini tartibga solish; - samarali faoliyat yuritayotgan milliy kompaniya va korxonalarni xorijiy investorlar va transmilliy kompaniyalar tomonidan butunlay sotib olinishiga yoki qo‘shib olishlariga yo‘l qo‘ymaslik. Mamlakatimizning xalqaro kapital bozorlaridagi raqobatbardoshliligini mustahkamlash investitsion jarayonlar samaradorligi bilan uzviy aloqadorlikda bo‘lgan quyidagi uchta asosiy omilga bog‘liq bo‘ladi: - davlat boshqaruvining raqobatbardoshligini kuchaytirish. Buning uchun davlatchilik funksiyalarining optimal va boshqa mamlakatlardagiga nisbatan yanada samarali tashkil qilishga imkoniyat beruvchi tamoyillarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish kerak. Shuningdek, amaldagi va yangi qonunlarni xalqaro talablar asosida unifikatsiyalash, ularni maqsadli qo‘llanishini ta’minlash, fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini himoya qilish hamda iqtisodiy erkinliklarni ta’minlash jarayonlarini takomillashtirish zarur; - mahalliy biznes va tadbirkorlikning raqobatbardoshliligini kuchaytirish. Buning uchun moliyaviy sektorni isloh qilish, uning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish lozim bo‘ladi; inson kapitalining, fuqarolarimizning ish bilan ta’minlanish va daromad olish imkoniyatlari, biznesdagi yuqori raqobat muhiti sharoitida faoliyat yurita olish
qobiliyatlari bilan belgilanadi7. 
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh 
qilishni 
jadallashtirish 
orqali 
mamlakatning 
jahon 
iqtisodiy 
tizimidagi 
raqobatbardoshliligini yanada oshirish uchun imkoniyatlar yaratiladi. 
19.5. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda milliy manfaatlarni himoyalash va 
iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llari 
Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotini shakllanishi va uning rivojlanish 
istiqbollari ustuvor darajada jahon ho‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog‘liqdir. 
Hozirgi davrda O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida dunyodagi 150 dan ortiq 
davlat tan oldi. O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda faol ishtirok eta 
boshladi. Jumladan, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy 
muassasalari, Umumjahon Bank guruhi, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro Mehnat 
tashkiloti, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti, Yevropa ta’mirlash va taraqqiyot 
banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo 
bo‘lgan. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda 
iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi va mazkur tashkilot doirasida 
dunyo dengiz portlari, mamlakatlararo transport tarmoqlari, jahon tovar va kapital 
bozorlariga chiqish imkonini beradigan xalqaro yo‘llarni qurish loyihalarini ishlab 
chiqish va amalga oshirishda faol qatnashmoqda. 
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi uzoq va qisqa 
muddatli muhim vazifalarni uzviy birga qo‘shish nuqtai nazaridan amalga 
oshirilmoqda. Bu boradagi vazifalarni belgilab berar ekan O‘zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov, shunday deb ta’kidlagan edi: 
“Birinchidan, jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishdan iborat bo‘lgan strategik integratsion 
vazifa - O‘zbekistondagi barcha xo‘jalik sub’ektlarining tashqi dunyo bilan o‘zaro 
aloqalari uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keladigan shart-sharoitlar 
yaratish asosida xalqaro valyuta moliya va savdo mexanizmlariga bevosita 
qo‘shilish nazarda tutiladi. Ikkinchidan, respublikaning joriy muammolarini hal 
                                                           
7 Yuldashev Sh. Investitsiya jarayonlari va milliy iqtisodiyotning raqobatbar- doshliligini ta’minlash muammolari // Erkin 
iqtisodiyot tamoyillari (H.P.A- bulqosimov va b.) - T., Akademiya, 2005. - 39-40-bet 
Logotip
qobiliyatlari bilan belgilanadi7. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishni jadallashtirish orqali mamlakatning jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatbardoshliligini yanada oshirish uchun imkoniyatlar yaratiladi. 19.5. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda milliy manfaatlarni himoyalash va iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llari Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotini shakllanishi va uning rivojlanish istiqbollari ustuvor darajada jahon ho‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog‘liqdir. Hozirgi davrda O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida dunyodagi 150 dan ortiq davlat tan oldi. O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda faol ishtirok eta boshladi. Jumladan, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy muassasalari, Umumjahon Bank guruhi, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti, Yevropa ta’mirlash va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lgan. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi va mazkur tashkilot doirasida dunyo dengiz portlari, mamlakatlararo transport tarmoqlari, jahon tovar va kapital bozorlariga chiqish imkonini beradigan xalqaro yo‘llarni qurish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashmoqda. O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi uzoq va qisqa muddatli muhim vazifalarni uzviy birga qo‘shish nuqtai nazaridan amalga oshirilmoqda. Bu boradagi vazifalarni belgilab berar ekan O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov, shunday deb ta’kidlagan edi: “Birinchidan, jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishdan iborat bo‘lgan strategik integratsion vazifa - O‘zbekistondagi barcha xo‘jalik sub’ektlarining tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqalari uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keladigan shart-sharoitlar yaratish asosida xalqaro valyuta moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo‘shilish nazarda tutiladi. Ikkinchidan, respublikaning joriy muammolarini hal 7 Yuldashev Sh. Investitsiya jarayonlari va milliy iqtisodiyotning raqobatbar- doshliligini ta’minlash muammolari // Erkin iqtisodiyot tamoyillari (H.P.A- bulqosimov va b.) - T., Akademiya, 2005. - 39-40-bet
etish bevosita ko‘maklashish, mavjud xalqaro iqtisodiy tajriba asosida, yuqorida 
sanab o‘tilgan masalalardan moliyaviy, texnikaviy yordam va maslahat olish yo‘li 
bilan o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash 
ko‘zda tutilmoqda 8. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonning Jahon savdo 
tashkiloti faoliyatida ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekistonning 
Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi mazkur ko‘p tomonlama shartnomaga a’zo 
bo‘lgan 130 dan ortiq mamlakat bilan savdo to‘siqlarisiz past bojxona poshlinalari 
to‘lagan holda savdo - sotiq qilish uchun mustahkam huquqiy asoslarga va 
imtiyozlarga ega bo‘lish imkonini beradi. 
Mamlakatimizni xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvining quyidagi shart-
sharoitlarini yaratish lozim bo‘ladi: 
- 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, 
shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; 
- 
rivojlanish strategiyasini shakllantirish; xalqaro marketingni yo‘lga qo‘yish; 
- 
tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan xalqaro savdoni tartibga salish va 
qo‘llab-quvvatlash; 
- 
xalqaro savdoni moliyalashtirish va infratuzilmani shakllantirish; 
- 
malakali kadrlarni tayyorlash. 
O‘zbekiston Jahon savdo tashkiloti faoliyatida 1994 yildan buyon kuzatuvchi 
maqomida ishtirok etmoqda. Endilikda JSTga a’zo bo‘lib kirishga tayyorlanmoqda. 
Bunda respublikaning JSTga a’zo bo‘lishining ijobiy va salbiy oqibatlarini baholash 
maqsadga muvofiqdir. Chunki mazkur tashkilotga a’zo bo‘lib kirish bilan bog‘liq 
ijobiy imkoniyatlarni va xavf-xatarni to‘g‘ri baholash lozim bo‘ladi. Buning uchun 
JSTning majburiyatlarini chuqur o‘rganish, boshqa mamlakatlar tajribasini tahlil 
qilish, a’zo bo‘lib kirish oqibatlarini baholash uchun yondashuvlarni ishlab chiqish, 
shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining ta’sirchanligini tahlil qilish va oqibatlarni 
miqdoriy baholash kerak. Ushbu ishlarni amalga oshirish asosida JST talablariga 
moslashish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi. 
                                                           
8 Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -T.,O‘zbekiston, 1995. - 108-bet. 
Logotip
etish bevosita ko‘maklashish, mavjud xalqaro iqtisodiy tajriba asosida, yuqorida sanab o‘tilgan masalalardan moliyaviy, texnikaviy yordam va maslahat olish yo‘li bilan o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilmoqda 8. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti faoliyatida ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi mazkur ko‘p tomonlama shartnomaga a’zo bo‘lgan 130 dan ortiq mamlakat bilan savdo to‘siqlarisiz past bojxona poshlinalari to‘lagan holda savdo - sotiq qilish uchun mustahkam huquqiy asoslarga va imtiyozlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Mamlakatimizni xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvining quyidagi shart- sharoitlarini yaratish lozim bo‘ladi: - iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; - rivojlanish strategiyasini shakllantirish; xalqaro marketingni yo‘lga qo‘yish; - tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan xalqaro savdoni tartibga salish va qo‘llab-quvvatlash; - xalqaro savdoni moliyalashtirish va infratuzilmani shakllantirish; - malakali kadrlarni tayyorlash. O‘zbekiston Jahon savdo tashkiloti faoliyatida 1994 yildan buyon kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda. Endilikda JSTga a’zo bo‘lib kirishga tayyorlanmoqda. Bunda respublikaning JSTga a’zo bo‘lishining ijobiy va salbiy oqibatlarini baholash maqsadga muvofiqdir. Chunki mazkur tashkilotga a’zo bo‘lib kirish bilan bog‘liq ijobiy imkoniyatlarni va xavf-xatarni to‘g‘ri baholash lozim bo‘ladi. Buning uchun JSTning majburiyatlarini chuqur o‘rganish, boshqa mamlakatlar tajribasini tahlil qilish, a’zo bo‘lib kirish oqibatlarini baholash uchun yondashuvlarni ishlab chiqish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining ta’sirchanligini tahlil qilish va oqibatlarni miqdoriy baholash kerak. Ushbu ishlarni amalga oshirish asosida JST talablariga moslashish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi. 8 Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. -T.,O‘zbekiston, 1995. - 108-bet.
Prof.D.Q.Axmedovning O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi natijasida 
kutilayotgan ijobiy va salbiy oqibatlar to‘g‘risidagi fikrlari e’tiborga sazovardir. 
Uning fikricha, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishi natijasida kutilayotgan ijobiy 
oqibatlar quyidagilardan iborat: 
- 
JSTning boshqa a’zolari bilan savdo qilishda mumkin qadar qulay rejimiga 
ega mamlakat maqomini olish; 
- 
tarif va notarif to‘siqlarning bekor qilinishi natijasida tashqi bozorga, eng 
avvalo rivojlangan mamlakatlar bozoriga kirish imkoniyatlarining kengayishi 
(ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, teri, to‘qimachilik mahsulotlari, kimyo va 
sanoat mahsulotlariga nisbatan); 
- 
savdo munosabatlarida diskriminatsiyani bartaraf etish, o‘zbek eksporterlari 
manfaatlarini xorijda himoya qilish, buning natijasida mamlakat eksporti uchun 
preferensial rejimning barpo bo‘lishiga imkon yaratiladi; 
- 
xorijiy 
sarmoyadorlarning 
ishonchi 
mustaxkamlanadi, 
respublika 
iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarning oqimi ortadi, O‘zbekistoning xalqaro kapital 
bozoridagi o‘rni mustahkamlanadi; 
- 
yuklarni JSTga a’zo davlatlar hududi orqali erkin tranzit qilish huquqidan 
foydalaniladi; 
- 
standartlashtirish va sertifikatsiyalash tizimi asosida savdoda notarif 
cheklovlardan, shu bilan birga ichki bozorni himoya qilish bo‘yicha tarif chora-
tadbirlari ahamiyatini kamaytirishda sanitar va fitosanitar chora-tadbirlardan 
kompensatsion mexanizmlar sifatida keng qamrovli foydalanish imkoniyati 
yaratiladi; 
- 
savdo sheriklari bilan yuzaga keladigan tushunmovchilik va bahslarni JST 
tomonidan belgilangan mexanizmlar va qoidalar yordamida hal qilish; 
- 
savdoda vujudga kelgan muammolar yuzasidan JST a’zolaridan maslahatlar 
olish, tashqi iqtisodiy siyosat hamda hukumatlar va ishtirokchi mamlakatlarning 
maqsadlari bo‘yicha tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lish; 
- 
eksport, import, xorijiy va mahalliy sarmoyalar salmog‘ining ortishi natijasida 
davlatning fiskal daromadlari oshadi; 
Logotip
Prof.D.Q.Axmedovning O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi natijasida kutilayotgan ijobiy va salbiy oqibatlar to‘g‘risidagi fikrlari e’tiborga sazovardir. Uning fikricha, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishi natijasida kutilayotgan ijobiy oqibatlar quyidagilardan iborat: - JSTning boshqa a’zolari bilan savdo qilishda mumkin qadar qulay rejimiga ega mamlakat maqomini olish; - tarif va notarif to‘siqlarning bekor qilinishi natijasida tashqi bozorga, eng avvalo rivojlangan mamlakatlar bozoriga kirish imkoniyatlarining kengayishi (ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, teri, to‘qimachilik mahsulotlari, kimyo va sanoat mahsulotlariga nisbatan); - savdo munosabatlarida diskriminatsiyani bartaraf etish, o‘zbek eksporterlari manfaatlarini xorijda himoya qilish, buning natijasida mamlakat eksporti uchun preferensial rejimning barpo bo‘lishiga imkon yaratiladi; - xorijiy sarmoyadorlarning ishonchi mustaxkamlanadi, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarning oqimi ortadi, O‘zbekistoning xalqaro kapital bozoridagi o‘rni mustahkamlanadi; - yuklarni JSTga a’zo davlatlar hududi orqali erkin tranzit qilish huquqidan foydalaniladi; - standartlashtirish va sertifikatsiyalash tizimi asosida savdoda notarif cheklovlardan, shu bilan birga ichki bozorni himoya qilish bo‘yicha tarif chora- tadbirlari ahamiyatini kamaytirishda sanitar va fitosanitar chora-tadbirlardan kompensatsion mexanizmlar sifatida keng qamrovli foydalanish imkoniyati yaratiladi; - savdo sheriklari bilan yuzaga keladigan tushunmovchilik va bahslarni JST tomonidan belgilangan mexanizmlar va qoidalar yordamida hal qilish; - savdoda vujudga kelgan muammolar yuzasidan JST a’zolaridan maslahatlar olish, tashqi iqtisodiy siyosat hamda hukumatlar va ishtirokchi mamlakatlarning maqsadlari bo‘yicha tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lish; - eksport, import, xorijiy va mahalliy sarmoyalar salmog‘ining ortishi natijasida davlatning fiskal daromadlari oshadi;
- 
ishlab chiqarish jarayonida import xom ashyosidan, yarimfabrikatlardan 
foydalanadigan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish xarajatlari 
qisqaradi9. 
JSTga a’zo bo‘lish natijasida kutilayotgan salbiy oqibatlar, ya’ni xavf-xatarlar 
ham mavjud bo‘lib, ular prof. D.Q.Axmedovning xulosalariga ko‘ra quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi: 
- 
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar ortadi, milliy iqtisodiyotning 
ko‘p jihatdan ochiqligi natijasida ayrim tarmoqlarning barqaror rivojlanishi xavf 
ostida qolishi mumkin; 
tashqi shoklarga nisbatan mamlakat iqtisodiyotining zaifligi ortadi hamda jahon 
bozoridagi narxlarning tebranishi respublika to‘lov balansiga ta’sir etishi mumkin; 
- 
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga aynan o‘xshash 
bo‘lgan mahsulotlarni nisbatan arzon narxlarda import qilish (tovar intervensiyasi) 
natijasida sanoat tarmog‘ining ayrim bazaviy tarmoqlarida raqobatbardoshlik 
pasayishi mumkin; 
- 
muzokaralar jarayonida JSTga a’zo mamlakatlar bosimi ostida amaliyotga 
joriy qilinishi lozim bo‘lgan bojxona tariflari va bojlarining kamaytirilishi natijasida 
ilk bosqichlarda davlat budjetining daromadlar qismi qisqarishi mumkin; 
- 
iqtisodiyotning ayrim strategik tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha hukumat imkoniyatlarining kamayishi; 
- 
transmilliy korporatsiyalar va xorijiy firmalarning mamlakatdagi mavqei 
oshishi natijasida ular milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini tartibga solish 
jarayoniga aralashishlari mumkin; 
- 
ichki bozor narxlari, monopoliyalar tariflari, texnik normalar va standartlar, 
intellektual mulkdan foydalanish qoidalari kabi amaliyotda mavjud bo‘lgan tartibga 
solish usullarini o‘zgarmagan holda saqlab qolish imkoniyati kamayadi10. 
Mamlakatning jahon xo‘jalik tizimiga kirib borishi va xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlarga, shu jumladan Jahon Savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonlarida 
                                                           
9 Prof. D.Q.Axmedovning Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchi- lariga o‘qigan ma’ruza matni 
10 Prof. D.Q.Axmedovning Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchi- lariga o‘qigan ma’ruzasi matni 
Logotip
- ishlab chiqarish jarayonida import xom ashyosidan, yarimfabrikatlardan foydalanadigan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish xarajatlari qisqaradi9. JSTga a’zo bo‘lish natijasida kutilayotgan salbiy oqibatlar, ya’ni xavf-xatarlar ham mavjud bo‘lib, ular prof. D.Q.Axmedovning xulosalariga ko‘ra quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar ortadi, milliy iqtisodiyotning ko‘p jihatdan ochiqligi natijasida ayrim tarmoqlarning barqaror rivojlanishi xavf ostida qolishi mumkin; tashqi shoklarga nisbatan mamlakat iqtisodiyotining zaifligi ortadi hamda jahon bozoridagi narxlarning tebranishi respublika to‘lov balansiga ta’sir etishi mumkin; - Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga aynan o‘xshash bo‘lgan mahsulotlarni nisbatan arzon narxlarda import qilish (tovar intervensiyasi) natijasida sanoat tarmog‘ining ayrim bazaviy tarmoqlarida raqobatbardoshlik pasayishi mumkin; - muzokaralar jarayonida JSTga a’zo mamlakatlar bosimi ostida amaliyotga joriy qilinishi lozim bo‘lgan bojxona tariflari va bojlarining kamaytirilishi natijasida ilk bosqichlarda davlat budjetining daromadlar qismi qisqarishi mumkin; - iqtisodiyotning ayrim strategik tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha hukumat imkoniyatlarining kamayishi; - transmilliy korporatsiyalar va xorijiy firmalarning mamlakatdagi mavqei oshishi natijasida ular milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini tartibga solish jarayoniga aralashishlari mumkin; - ichki bozor narxlari, monopoliyalar tariflari, texnik normalar va standartlar, intellektual mulkdan foydalanish qoidalari kabi amaliyotda mavjud bo‘lgan tartibga solish usullarini o‘zgarmagan holda saqlab qolish imkoniyati kamayadi10. Mamlakatning jahon xo‘jalik tizimiga kirib borishi va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga, shu jumladan Jahon Savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonlarida 9 Prof. D.Q.Axmedovning Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchi- lariga o‘qigan ma’ruza matni 10 Prof. D.Q.Axmedovning Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchi- lariga o‘qigan ma’ruzasi matni