TASHQI SAVDO SIYOSATI
Reja:
1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari
2. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish
Har bir mamlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda tashqi savdo siyosati
ham muhim oʻrin egallaydi.
Tashqi savdo siyosati – mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib
boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar
majmuasi boʻlib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni
oqilona import siyosati hisobiga toʻldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha
boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi
oʻrnini mustahkamlash vazifasini hal etadi.
Ushbu siyosatni yuritish orqali tashqi savdo hajmlari soliqlar, subsidiyalar,
import yoki eksportni toʻgʻridan-toʻgʻri cheklashlar kabi vositalar yordamida tartibga
solinadi. Tartibga solish vositalari bevosita va bilvosita xarakterga ega boʻlishi
mumkin. Tashqi savdo siyosati eksport va import hajmi hamda tarkibiga ta’sir
koʻrsatish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy oʻsishga
erishish, toʻlov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish
maqsadlarini koʻzda tutadi.
Mamlakatlar erkin yoki cheklovchi (proteksionistik) tashqi savdo siyosatini olib
borishi mumkin. Koʻpgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi
turmush darajasini yaxshilash uchun erkin savdo siyosatini qoʻllash iqtisodiy
resurslardan samaraliroq foydalanish imkonini beradi deb hisoblaydilar. Biroq
erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtayi nazaridan foydali boʻlishi mumkin boʻlsada,
ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtayi nazaridan erkin
savdo hamma vaqt ham foydali boʻlavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash bilan bogʻliq bolgan proteksionistik siyosat borasida
olib boriladigan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq
muddatli davrda esa, faqatgina erkin savdo siyosati iqtisodiy resurslarni samarali
joylashtirish imkonini byeradi.
Tashqi savdo siyosati chora-tadbirlarining ayrimlari davlat gʻaznasini
toʻldirishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, ba’zilari import va eksportni cheklashga, yoki
ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga
solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi.
Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga
eksportyorlar
va
ishlab
chiqaruvchilarga
subsidiyalar
berish,
kvotalash,
litsenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari import va eksport bojlariga ajratiladi.
Import bojlari davlat gʻaznasini toʻldirish maqsadida va ichki bozorlarga
tushadigan chet el mahsulotlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Import
bojlari eng kam va eng koʻp miqdordagi import bojlariga boʻlinadi. Eng kam
miqdordagi import bojlari qulay savdo sharoitlarni yaratib berishni koʻzda tutuvchi
savdo shartnomalari va bitimlari boʻlgan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan
oʻrnatiladi. Eng koʻp miqdordagi import bojlari esa qulay savdo sharoitlarni yaratib
berish boʻyicha shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotlariga
nisbatan oʻrnatiladi.
Eksport bojlari mamlakat ichida talab koʻp boʻlgan mahsulotlar
taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.
Litsenziyalash tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat
tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibi hisoblanadi va bunday ruxsat
berish huquqini qaysi davlat tashkilotlariga berish amalga oshiriladigan
operatsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatiga bogʻliqdir.
Kvotalash mahsulotlar, xizmatlar boʻyicha ma’lum davrga eksport va
importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilashdir.
Mamlakatlar milliy iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda
tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda yoki tarif vositalaridan, yoki notarif
vositalaridan, yoki ham tarif, ham notarif vositalarini muvofiqlashtirgan holda
qoʻllaydi.
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng koʻp qoʻllaniladigan usul boʻlib tarif,
ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va boshqa turlari oʻzaro farqlanadi. Maxsus
bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan oʻrnatiladi. Masalan, 1 barel
neftga nisbatan 2 yevro.
Bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida
belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%i.
Har ikkala turdagi import tariflarning oqibatlari deyarli bir xil boʻlib, buni
biz quyidagi grafik vositasida koʻrib chiqamiz.
Import qilinadigan tovarning ichki bahosi =
Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi).
P
Sd
Pd
Ichki narx (tarif bilan birga)
Pw a b c d jahon bozori narxi
Dd Tarif joriy qilingandan keyingi
import
S1 S2 D2 D1 Q
Tariflar joriy qilingunga qadar boʻlgan import
30.1- rasm. Import tariflari kiritilishi natijalari
Aytaylik, import tariflari joriy qilingunga qadar ichki ishlab chiqarish hajmi
S1, ichki talab hajmi esa D1 teng boʻlgan. Talab va taklif oʻrtasidagi farq (D1-S1)
import hisobiga qoplangan. Mamlakat iqtisodiyoti yopiq boʻlganida baholar
darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuqtada oʻrnatilgan boʻlar
edi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq boʻlgani va importga cheklovlar yoʻqligi tufayli
milliy bozordagi narxlar jahon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif
joriy qilinishi natijasida ichki baholar Rw dan Rd ga qadar koʻtariladi. Natijada:
Oqibatda ite’molchilar ma’lum bir yoʻqotishlarga duch keladilar. Bu
yoʻqotishlar grafikda a,b,c,d sohalar bilan koʻrsatilgan.
Baholarning koʻtarilishi ilgari raqobatbardosh boʻlmagan ayrim ichki ishlab
chiqaruvchilar uchun ham foyda koʻrib ishlashga imkon beradi. Umuman shu
sohada band milliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish hajmini S1 dan S2 ga
qadar oshiradi va S2-S1 hajmdagi mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi
mahsulotni iste’molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng
yoʻqotishga duch keladilar. Ammo, bu yoʻqotish ichki ishlab chiqaruvchilarning
oʻsgan foydasiga aylanadi.
Baholarning oʻsishi oqibatida iste’molchilar koʻrilayotgan tovar iste’moli
hajmini D1 dan D2 qadar qisqartiradi. Bu yoʻqotish grafikda d soha bilan
koʻrsatiladi va u hech kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
S2- D2 oraliq tarif joriy qilingandan soʻnggi import hajmi boʻlib, shu hajmda
tovarni iste’molchilar ilgarigidan yuqori bahoda sotib oladilar. Buning natijasida
ular turmush darajasidagi yoʻqotish roʻy beradi. Bu yoʻqotish grafikda s soha bilan
belgilangan boʻlib, u davlat byudjetiga borib tushadi. Ya’ni, bu sohadagi
iste’molchilarning yoʻqotishi davlatning foyda koʻrishi bilan qoplanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat
ichki tovarga yoʻnaltiriladi. Iste’molchilarning oʻsgan toʻlovlari yuqori chegaraviy
xarajatga ega, raqobatbardosh boʻlmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni
kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yoʻqotish b sohasi bilan
belgilangan boʻlib tarifning “ishlab chiqarish samarasi” deyiladi va hech kimning
foydasi bilan qoplanmaydi.
Iste’molchilarning
yoʻqotishlari
Ishlab
chiqaruvchilar
foydasi
Davlat daromadi
Jamiyatning sof
yoʻqotishi
a + b+ c + d --
a --
s =
b + a
Demak, iste’molchilarning a sohadagi yoʻqotishlari ishlab chiqaruvchilar
foydasining oʻsishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq
korxonalari aksiyadorlari boʻlishsa, ular yoʻqotishlarining bir qismi oʻsgan
dividendlar sifatida qaytadi.
«s» sohada davlat olgan daromadini transfert toʻlovlarini oshirish, soliqlarni
pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish haqini oshirishi koʻrinishida
iste’molchilarga qaytarishi mumkin.
Ammo «b» Q «d» sohalarda jamiyat sof yoʻqotishga duch keladi. Valyuta
kursi oʻzgarishi bu yoʻqotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif
kiritilishi natijasida milliy valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan
tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga
oshadi. Bu esa tarif kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yoʻqotish «b» va «d»
sohalarning 80 foizini ((16 / 20) x 100 q 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud
boʻlib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qoʻyilgan maqsadlar
bilan asoslanadi.
Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida koʻpgina davlatlar oʻz ishlab
chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida proteksionizm
siyosatini qoʻllaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar “sinishi” jamiyatda
ishsizlik xavfini tugʻdiradi.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish,
birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish
sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. Oʻzbekistonda avtomobilsozlik
yangi va istiqbolli soha (tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj.
Tarmoqni tarifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda koʻrib
chiqamiz. Masalan, Oʻzbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni
tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur boʻladigan ehtiyot
qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida
oʻrnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSh dollariga teng boʻlsa, ya’ni
bitta avtomobil uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 dollar,
qoʻshilgan qiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil
narxi 4000 dollarga oʻsib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. Ehtiyot
qismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 1750
dollarga oshirib 8750 dollarga yetkazadi. Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot
qismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. Qoʻshilgan qiymat esa 2250 dollarga (4000-
1750 = 2250) oʻsdi. Shunday qilib, tarif kiritilgandan soʻng mahsulot birligiga
toʻgʻri keladigan qoʻshilgan qiymat 5250 dollarni (3000 + 2250 = 5250) tashkil
etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.
Yer = (YA – VA) / YA.
Bu yerda: Yer - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi;
YA - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qoʻshilgan qiymat;
VA - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qoʻshilgan qiymat.
YER = ((3000 + 2250) – 3000) / 3000 =2250 / 3000 = 0,75 yoki 75%.
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga
25% tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobilsozlikni haqiqatda 75% tarifli
himoyalanganligini ta’minlaydi.
Proteksianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor
mahsulotlarga bojni koʻtarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini
pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi.
Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha
ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona boʻlib
qoladi. Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon
xoʻjaligida yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Jahonda importga
bojxona bojlarining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama
hamda
koʻp
tomonlama
muzokaralar
asosida
mamlakatlar
tomonidan
ragʻbatlantiriladi va nazorat qilinadi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qoʻllovchi fikrlarga aksincha boʻlgan
mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab oʻtilgan natijalarga boshqa usullar bilan
kamroq yoʻqotishlar hisobiga ham erishsa boʻladi degan fikrlar ham qaysidir
darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga
olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya
qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida
mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
30.2. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali
tartibga solish
Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning
muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir
tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha oʻsishini ta’minlasa (30.2-
rasm), ikkinchi tomondan, iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi.
Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi.
Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Pd,
jahon narxlari Pw darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga
teng. Tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan boʻlar edi. Mamlakat
farovonligidagi mutlaq yoʻqotish esa «b» sohasidangina iborat boʻladi. Ayni
paytda ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish
xarajatlarining samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi, chunki aynan qaysi
tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin boʻladi. Subsidiyalarni
joriy qilgandan soʻng ularni bekor qilish qiyin boʻladi, raqobat muhiti yoʻqoladi
hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. Shuning
uchun iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni
qondirish maqsadida fiskal va pul-kredit siyosatlari qoʻllaniladi. Ushbu siyosatlarni
qoʻllashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro raqobatdan
himoya qilish, ishsizlik darajasini eng past holatga keltirish va xalq farovonligini
oshirishdan iborat.
P Sd S’d
Subsidiya
Pd=Pw d
b Tarif joriy qilgandan keyingi
import
S0 S1 D1 D0
Q
Subsidiya joriy qilgandan keyingi import
30.2-rasm. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berilishining iqtisodiy oqibatlari
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita
usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar
mazmuniga koʻra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy koʻrinishga ega
boʻlishi mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida
keng tarqalgani hisoblanadi.
Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat
tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga
mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya opyeratsiyalarini
oʻtkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi.
Oʻzbekistonda litsenziyalar faqat davlat roʻyxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy
faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish
taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq
tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi
iqtisodiy taqchillik oʻsishining toʻxtash hamda savdo balansining tenglashtirish
imkonini beradi.
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va importiga
litsenziyalar berish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv
tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sogʻliqni
saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.
Moliya operatsiyalarini oʻtkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya
vazirligi va Markaziy bank tomonidan oʻz va xorijiy banklarga, moliya
muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va
uning tashqarisida chet el valyutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy
moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga
xizmat koʻrsatish huquqini beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek,
ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng
qoʻllaniladi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro
tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi
boʻyicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini
belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash toʻlov
balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda
oʻzaro kelishuvga erishish uchun qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda kvotalash xalq
iste’moli mollarini va strategik xomashyoning muhim turlarini olib chiqishni
chegaralash usuli sifatida qoʻllanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini
tartibga solishda ham qoʻllaniladi. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat
bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar oʻrnatadi.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan koʻproq qoʻllanilishiga ikkita
sabab bor:
1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim
hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va
shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga
e’tiborni qaratishga majbur boʻladi.
2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qoʻllaydi.
Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga koʻproq mos keladi. Tariflarga
nisbatan kvotalarni joriy qilishdan koʻriladigan farovonlikdagi yoʻqotishlar ikki
holatda katta boʻladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy
ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukmronligi darajasini
oshiradi. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtiriladi.
30.3. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash
Koʻpchilik hollarda eksportni davlat tomonidan ragʻbatlantirish tadbiri
sifatida koʻpgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qoʻllaniladi. Bunda tajriba -
konstruktorlik ishlari va eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishni bevosita
moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish
koʻzda tutiladi.
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qoʻllaniladi. Bularga:
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish;
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyunkturasi haqida
tekin axborot yetkazib berish;
- firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq
imtiyozlarini berish;
- bevosita subsidiyalash kiradi.
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi
bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan
kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yoʻqqa chiqarishi mumkin.
Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yoʻqotishga uchraydi, importyor davlat
byudjeti esa qoʻshimcha daromad koʻradi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash
koʻrinishlaridan biridir.
Dempingga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qoʻllanilib, oʻzida
qoʻshimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki
import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar boʻyicha, eksport
qilinayotgan mahsulotlarga oʻrnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni
xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan soʻng
chiqaradi hamda uning miqdorini va toʻlash tartibini belgilaydi. Masalan,
dempingga qarshi bojlar oʻz valyuta resurslarini toʻldirish maqsadida jahon
bozoriga xom- ashyo resurslarini eksport qilishni koʻpaytirgan sobiq ittifoqdosh
respublikalarga nisbatan faol qoʻllanilmoqda.
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari
kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritilishi sharoitida
mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda
ichki iste’mol oʻsadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni
joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar yoʻqotishga duch keladilar.
Tashqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar
yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega boʻladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi boʻlib,
xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini
cheklashdan iborat.
Bu yerda “ixtiyoriy soʻzi” shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan
mamlakat savdo siyosatida oʻz hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch
kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va
kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar
ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar.
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular
sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida
eksportyor koʻrgan yoʻqotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning koʻrib oʻtilgan usullarining har biri ijobiy
jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining
raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib
boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo boʻlishi bu jarayonning
qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor
munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.
Mamlakat makroiqtisodiy siyosatini yuritishda mamlakatning boshqa
mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi hisoblangan tashqi savdo siyosati muhim oʻrin
egallaydi.
Tashqi savdo siyosati milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan
mahsulotlarni oqilona import siyosati hisobiga toʻldirishi hamda milliy iqtisodiyotda
ortiqcha boʻlgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon
bozoridagi oʻrnini mustahkamlash vazifasini hal etadi.
Mamlakatlar tashqi savdoni tartibga solishda ustun ravishda savdoni
erkinlashtirishga imkon beruvchi iqtisodiy vositalardan biri hisoblangan importga
solinadigan bojxona bojini qoʻllaydilar va bojxona bojlari davlat gʻaznasini
toʻldirishga imkon beruvchi fiskal funksiyani, milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy
raqobatdan himoyalash funksiyasini bajaradi.
Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning
muqobil vositasi ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi va subsidiyaning
tariflardan afzalligi milliy ishlab chiqarishni oʻsishini ta’minlaydi, iste’molning
mutloq kamayishiga olib kelmaydi.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash hamda kvotalash davlatga ular
oqimini qattiq tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash asosida
tashqi iqtisodiy taqchillik oʻsishining toʻxtatish orqali savdo balansining
tenglashtirish imkonini beradi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning koʻrib oʻtilgan usullarining har biri ijobiy
jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining
raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo erkinlashib boradi.