TASHQI SAVDO SIYOSATIDA MIQDORIY CHEKLASH USULLARI
Yuklangan vaqt
2024-06-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
122,2 KB
Ilmiybaza.uz
TASHQI SAVDO SIYOSATIDA MIQDORIY CHEKLASH USULLARI
Ushbu bob da quyidagi bilimlar bayon etilgan:
Notarif metodlarining mazmuni va moxiyati.
Notarif metodlarining guruhlanishi.
Kvotalash. Lisenziyalash va eksportni ixtiyoriy cheklash usullarining
iqtisodiy moxiyati
Kvotalash. Lisenziyalash va eksportni ixtiyoriy cheklash usullarining
iqtisodiy tartiblari.
Bojhona tariflari.
Bojhona tariflariga ta’sir etish mehanizmi.
Embargo, iqtisodiy sanksiyalar va ularning xalqaro savdoga
ta’siri.
Ilmiybaza.uz
Kirish
Jahon xoʻjaligi rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlaridan biri – bu xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu esa
mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar oʻrtasida savdo-
iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi. Ushbu
holat jahon bozorida tashqi savdo siyosatidagi miqdoriy cheklash usullaridan
foydalangan holda, uning turli segmentlarida yuzaga kelayotgan kon’yunkturaviy
oʻzgarishlar har qanday davlatni jahon bozorida faollashishga, bunda tashqi savdoni
tartibga solish, nazorat qilish va qoʻllab-quvvatlash vositalari hamda dastaklaridan
har qachongidan ham koʻproq unumli foydalanishga undamoqda.
Jahon xoʻjaligida davlatlar tashqi savdo aloqalarini qaytadan tashkil etish,
ayrim tarmoq va sohalarda tarkibiy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish zarurati borligi
ham ayon boʻlmoqda. Natijada, keyingi yillarda global va mintaqaviy darajada
dunyo tashqi savdosida yangi yoʻnalishlarda siljishlar roʻy bermoqda. Davlatlarning
tashqi savdo strategiyalarida ham tub oʻzgarishlar namoyon boʻlmoqda.
Ilmiybaza.uz
8.1. Notarif metodlarining mazmuni va guruhlanishi
Davlat tashqi savdoni tartibga solishda tarif metodlari bilan bir qatorda notarif
metodlardan ham keng foydalanadi. Ularning koʻpchiligi bojxona tariflaridan farqli
ravishda miqdoriy jihatdan oʻlchanmaydi va shuning uchun statistikada yaqqol aks
etgirilmaydi. Notarif metodlarning bu xususiyati hukumatlarga tashqi savdo siyosati
sohasida oʻz maqsadlariga erishishda ulardan aralash foydalanishga imkon yaratadi.
Notarif usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni mamlakatga
olib kiriladigan yoki chetga chikariladigan mahsulot xajmi va nomenklaturasini
cheklashni bildiradi.
Notarif usullar miqdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullarga
ajratiladi. Ular ustun darajada rivojlanayotgan va hukumat tomonidan
proteksionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan
oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlariga xosdir. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, tashqi
savdo davlat tomonidan tartibga solish tarif va notarif usullar kombinatsiyasi
yordamida amalga oshiriladi.
ХХI asr boshlarida tarif usullarining mavqyei pasayib bormoqda.
Ushbu holat Jahon savdo tashkiloti tomonidan a’zo mamlakatlar oldiga qoʻyilgan
strategik vazifa - ular oʻrtasidagi oʻzaro tovar savdosida tarif cheklashlarini
bosqichma-bosqich bartaraf etish vazifasi bilan bogʻliq.
Jahon amaliyotida notarif usullarga kvotalash, litsenziyalash, eksportni
subsidiyalash, demping, kartel bitimlar va mamlakatlar oʻrtasida tovar oqimlari
yoʻlida texnik toʻsiqlarni yaratish kabi usullar kiritiladi.
Davlatning tashki savdo sohasidagi asosiy vazifasi – eksportyorlarga oʻz
mahsulotlarini iloji boricha koʻproq miqdorda chetga eksport qilishlarida yordam
berib, ularning tovarlarini tashqi bozorda yanada raqobatbardosh qilishda qoʻllab-
quvvatlashdan iborat.
Ilmiybaza.uz
Mamlakat ichki bozorida xorijiy tovarlarga talabni kamaytirib, importni
cheklash xam uning vazifasiga kiradi. Notarif cheklashlarning oʻrtacha darajasiga,
odatda, uyoki bu cheklashga oid import yoki eksportning qiymat ulushi sifatida
qaraladi. Bunda ularning natija berish darajasiga tuzatish kiritiladi. Masalan, zaruriy
hujjatlar taqdim etilganda mutasaddi hokimiyat organlari tomonidan beriladigan
eksport uchun avtomatik litsenziya, shubhasiz, belgilangan miqdordan ortiq
tovarlarni eksport kilishni taqiqlovchi eksport kvotasiga qaraganda ancha kam
darajada eksportni chegaralaydi.
8.1-jadval.
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan qoʻllaniladigan
notarif toʻsiqlar (Tovar bahosiga nisbatan foizda)
Mamlakatlar
Kvotalar
Litsenziyalar Boshqa turdagi
notarif toʻsiqlar
Jami
Avstriya
12
9
5
26
Belgiya
Lyuksemburg
va
-
51
-
51
Kanada
3
-
2
5
Daniya
10
31
-
41
Germaniya
37
5
2
45
Finlandiya
20
26
-
46
Fransiya
-
-
96
96
Irlandiya
13
15
-
28
Italiya
8
46
5
74
Yaponiya
120
-
3
123
AQSH
6
-
-
6
Norvegiya
3
62
19
81
SHvetsariya
10
12
16
38
Ilmiybaza.uz
SHvetsiya
2
3
6
11
Tovarlarni eksport va import qilishga oid turli cheklashlar, selektiv
litsenziyalash yuqori darajadagi samarali miqdoriy cheklovlar sanaladi. Avtomatik
litsenziyalash, moslanuvchan kvotalar nisbatan kam samarali cheklovlarga kiradi.
Bir soʻz bilan aytgania, tashqi savdo siyosatining u yoki bu dastaklarini qoʻllash
haqidagi qaror qabul qilar ekan, mamlakat hukumati, odatda, ularning birgalikda
ta’sir koʻrsatish va joriy vaziyatga ta’sirini, davlat ichkarisida va undan tashqarida
kutilayotgan istiqbollarni baholaydi.
Notarif usullarinng saqlanib qolishi quyidagi sabablarga bogʻliq:
-
aksariyat notarif cheklovlarxalqaro shartnomar orqali tartibga
solinmaydi va ularni qoʻllash milliy hukumatlar tashabbusi bilan amalga oshiriladi;
-
notarif cheklovlar tovarlar narxining darxol oshib ketishiga olib
kelmaydiva iste’molchiga soliq yuki boʻlib tushmaydi.
8.2. Kvotalash, Lisenziyalash va eksportni ixtiyoriy cheklash usullarining
iqtisodiy mohiyati hamda qoʻllanilish tartiblari
Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklash — bu davlat tomonidan savdo
aylanmasining notarif metodlarini qoʻllagan holda tartibga solishning ma’muriy
?
8. 1
Tashqi savdoni tartibga solishning notarif metodlari nima va
uning qanday turlari mavjud ?
Notarif usullarning saqlanib qolishining asosi
y sabablari
nimada ?
Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklashning qanday
usullari mavjud ?
Ilmiybaza.uz
metodidir. Davlat mazkur usul yordamida eksport yoki importga ruxsat berilgan
tovarlarning miqdori va nomenklaturasini belgilaydi. Miqdoriy cheklovlar bir
mamlakat hukumatining qarori yoki ma’lum tovarlar savdosini muvofiqlashtiruvchi
xalqaro savdo kelishuvlari asosida koʻllanilishi mumkin.
Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklash usullari quyidagilardan iborat:
Kvotalash kontingentlashtirish;
litsenziyalash;
“eksportni ixtiyoriy cheklash”
Kvotalash yoki kontingentlash. Umuman, tashqi savdoni davlat tomonidan
tartibga solishda qoʻllaniladigan notarif usullarning 50 dan ortiq turi mavjud.
Ularning tarkibida eng keng tarqalgani kvotalardir. Agar tarif usullar aniq bir tovar
guruhi boʻyicha eksport yoki import xajmi masalasini ochiq qoldirsa, kvotalar olib
kiriladigan yoki olib chiqiladigan mahsulotning qiymat yoki miqdoriy hajmini
toʻgʻridantoʻgri cheklash vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Kvotalash - bu tovarlar eksporti yoki importini muayyan vaqt ichida ma’lum
miqdor yoki summa bilan miqdoriy jihatdan cheklashdir. Kvotalash mavsumiy
koʻrinishda yoki xarakterda boʻlsa kontingentlash shakliga kiradi.Ular oʻz
yoʻnalishiga koʻra quyidagilarga boʻlinadi:
Eksport kvotasi - xalqaro barqarorlashuv shartnomasiga muvofiq muayyan
tovarlarning umumiy eksportdagi ulushini belgilash. OPEK yoki biron-bir milliy
hukumat tomonidan mamlakat ichki bozorida defitsit tovarlarning chetga chiqib
ketishining oldini olishda koʻllaniladi (Masalan, Rossiyada neft eksportida).
Import kvotasi - milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni xomoyalash, savdo
balansini muvozanatlashga erishish, ichki bozorda talab va taklifni tartibga solish
hamda boshqa mamlakatlar tomonidan diskrinimatsiya (kamsitish) savdo siyosati
qoʻllanilganda javob tariqasida qoʻllaniladi. Masalan, AQSH Yangi Zelandiyadan
import qilinadigan sut va kaymoq xajmini 5,7 mln. litr, Niderlandiyadan import
qilinadigan muzqaymoq hajmini 104 ming kg, Shveysariyadan keladigan pishloq
hajmini 3.4 mln.kg. qilib belgilagan.
Ilmiybaza.uz
Global kvotalar. Bu tovarlarning qaysi mamlakatga eksport yoki import
qilinishidan qatiy nazar, eksport va importga nisbatan dunyo miqyosida belgilanadi.
Individual kvotalar. Global kvota doirasida tovarni eksport yoki import
qiladigan har bir mamlakatga nisbatan belgilanadi. Import kvotalarini joriy qilishda
davlat milliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy raqobat ta’sirini kamaytirishga intiladi.
Bunday kvotalarning harakat mexanizmi import tariflaridan foydalangandagi
holatni eslatadi, ya’ni import tovarlar taklifi cheklanganda ichki narxlar Jahon
narxiga nisbatan oʻsib boradi. Birok, tarifdan farqli ravishda, import kvotalari xorjiy
raqobatning ichki narxlarga ta’sir qilishiga yoʻl qoʻymaydi. Bu usul importdan
keladigan foydani koʻpaytiradi va mamlakat toʻlov balansini muvozanatga keltirish
jarayonini osonlashtiradi. Xalqaro bitimlar orqali qatiy belgilanadigan tarif
stavkalari oʻrnatilgan vaziyatda mamlakat yuqoridagi masalani xal eta olmaydi. JST
eksport- import operatsiyalariga nisbatan miqdoriy cheklashlar joriy qilishga ruxsat
beradi.
Oʻz navbatida, eksport kvotasi milliy ishlab chiqaruvchilarni yetarli tabiiy
resurslar bilan ta’minlash, Jahon bozoridagi eksport baholarini oshirish va xarbiy-
strategik maqsadlarga erishish kabi maqsadalarga qaratilgan boʻladi. Eksport
kvotalari import kvotalari singari mamlakat hukumati tomonidan bir tomonlama
tartibda yoki manfaatdor tomon bilan xalqaro kelishuv asosida joriy etilishi
mumkin. Ular global yoki ma’lum davrda amal qiluvchi mavsumiy koʻrinishda
boʻlishi mumkin.
Litsyenziyalash.
Kvotalash
jarayoni
(boshqacha
qilib
aytganda,
kontingenglash), odatda, litsenziyalash, ya’ni maxsus roʻyxatga kiritilgan resurslar
va mahsulotlar bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish vakolatiga ega
bulgan davlat tashkilotlari (vazirliklar va mahkamalar) ruxsati bilan amalga
oshiriladi.
Aksariyat mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash jarayoni
xalqaro xuquqiy aktlarga asoslanadi va ularning eng muhimi
Ilmiybaza.uz
1947-yilda imzolangan Savdo va tariflar boʻyicha Bosh kelishuv (GATT)
hisoblanadi. Keyinchalik GATT doirasida ba’zi bir boshqa shartnomalar
imzolangan.
Litsyenziyalash - mutasaddi davlat organlari tomonidan tashqi iqtisodiy
faoliyatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan tovarlarni muayyan
vaqt ichida ma’lum bir miqdorda eksport yoki import qilishga ruxsat berish.
Litsyenziyalash kvotalash jarayonining tarkibiy qismi boʻlib, tashqi savdoni davlat
tomonidan tartibga solish shakli hisoblanadi. Jahon amaliyotida litsenziyalar
quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Bir marotabalik litsenziya. Davlat tomonidan biron-bir firmaga bitta tashqi
savdo shartnomasini amalga oshirish uchun bir yilgacha muddatda tovarni olib
kirish yoki olib chiqish toʻgʻrisidagi yozma ruxsatnoma.
Bosh litsenziya — bir yil maboynida cheklanmagan xajmda tovarni import
yoki eksport qilish uchun beriladigan ruxsatnoma. Globallitsenziya ma’lum vaqt
ichida dunyoning xoxlagan mamlakatiga cheklanmagan miqdorda yoki qiymatda
tovarni olib kirish yoki olib chiqib ketish toʻgʻrisidagi yozma ruxsatnoma.
Avtomatik letsenziya eksportyor yoki importyor buyurtmasiga muvofik davlat
tomonidan darhol beriladigan yozma ruxsatnoma. Litsyenziyalarni taqsimlash
mexanizmlari;
-
auksion;
-
konkurs asosida litsenziyalarni sotish (optimal variant). AQSHda
auksionlar,
odatda,
videomagnitofonlar,
qand,
avtomobillarning
importi
litsenziyalarini taqsimlashda ishlatiladi;
-
“yaqqol afzallik tizimi” — davlat tomonidan ma’lum firmaga oʻtgan
davrda qilingan import hajmiga proporsional tarzda yoki milliy importyorlarning
talabi strukturasiga proporsional tarzda litsenziya berish shakli. AQSHda bu
litsenziya turi neftni import qilishda ishlatiladi;
-
bahodan tashqari asosda litsenziyalarni taqsimlash. Davlat tomonidan
tovarlar importi va eksportini eng samarali shaklda amalga oshiradigan firmalarga
berishda ishlatiladi.
Ilmiybaza.uz
Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar oʻrtasida eksport-import operatsiyalarini
litsenziyalash tovar aylanmasi umumiy hajmining 5-
6% i darajasiga yetadi (Fransiya kvotalash va litsenziyalash boʻyicha oʻziga xos
«peshqadam» hisoblanadi) Litsyenziyalashni talab etadigan tovarlar roʻyxatiga,
birinchi
navbatda,
eksportga
moʻljallangan
kvotalanadigan
mahsulotlar,
shuningdek, ba’zi bir maxsus guruhdagi tovarlar: strategik ahamiyatga ega tovar va
resurslar, dori-darmonlar, bolalar assortiment tovarlari va boshqalar kiradi.
“Eksportni ixtiyoriy cheklash”. Mutaxassislarning fikricha, eksport
kvotalarinint muhim turlaridan biri “eksportni ixtiyoriy cheklash hisoblanadi.
Hukumat tomonidan odatda yirik importyor davlatning siyosiy taziq ostida
eksportni ixtiyoriy cheklash joriy qilinadi.
“Eksportni ixtiyoriy cheklash” - rasmiy davlatlararo yoki tovar eksportiga
norasmiy kvota belgilash toʻgʻrisida savdodagi hamkor tomonidan savdoni
cheklash yoki eksportni kengaytirmaslik toʻgʻrisidagi majburiyatga asoslangan
eksportni miqdor jihaxidan cheklash. Bunday amaliyot AQSH va YEIda Yaponiya
tovarlari (avtomobillar, elektronika, poʻlat) ga nisbatan keng qoʻllaniladi. Hozirgi
paytda jahonda bunday turdagi 100 dan ortiq bitimlar imzolangan, biroq bugungi
kunda JST oʻz oldiga “eksportni ixtiyoriy cheklash” ni umuman bekor qilish
vazifasini qoʻymokda.
Shuningdek, xalqaro savdoda iqtisodiy sanksiyalar xam keng koʻllaniladi. Bu
sanksiyalar qatoriga embargo xam kiradi. Bu usul bir mamlakat yoki mamlakatlar
guruhi bilan savdo operatsiyalarini butunlay taqiqlashni bildiradi. Odatda, siyosiy
maqsadlarni koʻzlagan holda embargoni joriy qilish butun nomenklaturadagi yoki
alohida guruhdagi tovarlar eksporti yoki importini cheklashni nazarda tutadi.
ХХasrda savdoni tartibga solishning bunday usuliga BMT qaroriga koʻra embargo
siyosati Iroqka, qisman sobiq Yugoslaviya, Livan, Eron va ba’zi boshqa
mamlakatlarga nisbatan amalga oshirilgan.
Ilmiybaza.uz
8.3. Bojxona tariflari va ularning ta’sir etish mexanizmi
Iqtisodiy savdo siyosatining asosiy va klassik dastagi boʻlib, bojxon tariflari
hisoblanadi. Bojxona tarifi - bu tizimlashtirilgan bojxona bojlari stavkalarining
roʻyxati. Bojxona boji deganda, davlatning chegarasini kesib oʻtgan vaqtda
importga va eksportga solinadigan soliq toʻlovlari tushuniladi.
Import bojlarining harakat mexanizmini koʻrib chiqamiz. Tasavvur qiling,
qaysidir A davlatda qandaydir mahsulot ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi,
masalan, olma. 2-rasmda S chizigʻi olma taklifini, D -talab, P0 - ichki narx
(muvozanat narxi) ni bildiradi.
Bu narxda olmaning ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi Q0 ga teng. Bunday
vaziyat avtokratik davlatlarda mavjud boʻlishi mumkin. Tasavvur qiling, A davlat
bojxona chegarasini jahon narxidagi (Rw) olmalar uchun ochdi. Lekin bu narx ichki
narxdan past boʻlib, olma uchun ichki narxning pasayishiga olib keladi, bu esa oʻz
oʻzidan A mamlakatda olma ishlab chiqarish xajmini Q0 dan Q1 gacha pasaytiradi,
ushbu tovarning iste’moli esa Q0dan Q2 gacha oʻsadi.
?
8.2 Kvotalash bilan kontingentlashtirish oʻ rtasida qanday farq
mavjud ?
Litsenziyalash nima va u qanday qanday usullar yordamida
tarqatiladi ?
Savdo siyosatininf moliyaviy metodlariga qaysi usullar
kiradi ?
Ilmiybaza.uz
8.1-rasm. Import tariflarining harakat mexanizmi.
Narxning pasayishi oqibatida oʻsgan iste’mol esa importning oʻsishi bilan
qondiriladi (Q2- Q1). Ichki ishlab chiqaruvchilarning qiziqishlarini himoya qilish
maqsadida A mamlakat olma importiga (T) boji belgilaydi. Faraz qilaylik A
mamlakat kichkina boʻlib, olmaning jahondagi narxlariga ta’sir oʻtkaza olmaydi.
Bu holatda olmaga ichki narx Rt belgilanadi qaysiki. Natijada, ichki ishlab chiqarish
xajmi Q1 dan Q3 ga oʻsadi. Bojning oʻrnatilishi xorijiy tovarlarning narxining
oshishiga olib keladi (bizning misolimizda olmaning). Milliy ishlab chiqaruvchilar
aynan shunday tovarni (shu sort va sifatdagi) sotayotganligi uchun, tovarning
narxini oshirishni foydali va mumkin deb hisoblashadi. Lekin bu narxning oshishi
jahon narxining oshishi bilan toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning misolimizda
toʻgʻri kelishi tasavvur qilingan. Natijada, jahon narxida (Pw) tovarni ishlab chiqa-
rishni oʻzi uchun foydasiz deb bilgan milliy ishlab chiqaruvchilar, oʻzlari uchun
birmuncha foydali boʻlgan Rт narxida tovarlarni sota boshlaydilar. Olma narxining
oshishi A mamlakatda ushbu tovar iste’molini Q2 dan Q4 ga pasaytiradi va bu holat
tovar importining ham pasayishiga olib keldi. Bu birinchidan, ichki ishlab
chiqarishni oshiradi. Buning ta’sir doirasi ichki taklif egri chizigʻining
egiluvchanligidan kelib chiqgan holda har xil boʻladi.
Ikkinchidan, bu tovarga boʻlgan ichki iste’mol kamayadi. Bu kamayishning
xajmi ham ichki talab egri chizigʻining egiluvchanligidan kelib chiqqan holda har
Ilmiybaza.uz
xil boʻladi. Natijada, importga bojning belgilanishi turli tovarlarga turlicha ta’sir
qiladi. Endi esa importga bojning oʻrnatilishi iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar
va hukumat farovonligiga qanday ta’sir qilishini koʻrib chiqamiz. Bunda
iste’molchilar olma uchun qimmatroq narx toʻlaydi, bu ularning qoʻshimcha
foydasining yoʻqolishiga olib keladi, Quyidagi maydon iste’molchilarning
yutqazishini ifodalaydi:
Sa + Sb + Sc + Sd
Ichki ishlab chiqaruvchilar olma narxining oshishi natijasida qoʻshimcha
foydaga ega boʻladilar. Ishlab chiqaruvchilarning qoʻshimcha foydasi, rasmdagi
taklif egri chizigʻining yuqorisidagi ikki narx chizigʻi oʻrtasidagi maydonni tashkil
etadi va Са ga teng boʻladi. Hukumat ham importga boj belgilash orqali iqtisodiy
samaraga erishadi. Hukumatning foydasi import xajmiga belgilangan boj stavkasi
bilan tengdir. Hukumat bojdan tushgan barcha mablagʻni bojxona tizimiga
sarflamaydi, daromad iqtisodiy tizimlar oʻrtasida taqsimlanadi va oʻz oʻzidan
iqtisodiy farovonlikning oshishiga olib keladi.
8.2-rasm. Import bojlarining davlat farovonligiga ta’siri.
Shunday qilib iste’molchilarning Sа+Sb+Ss+Sd ga teng boʻlgan yutqazishi,
Sа ga teng boʻlgan ishlab chiqaruvchilarning hamda Ss ga teng boʻlgan
hukumatning foyda koʻrishiga olib keladi. S(а+b) ning oʻsishi esa xech narsaga