TASHQI SAVDO SIYOSATINING YASHIRIN VA NOIQTISODIY USULLARI
Yuklangan vaqt
2024-06-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
227,4 KB
Ilmiybaza.uz
TASHQI SAVDO SIYOSATINING YASHIRIN VA NOIQTISODIY
USULLARI
Ushbu bobda quyidagi bilimlar bayon etilgan:
Tashqi savdo siyosatining yashirin usullari.
Tashqi savdo siyosatini qoʻllash mexanizmlari.
Ichki soliqla va yigʻimlar.
Davlar xaridi doirasidagi siyosat.
Texnik toʻsiqlar va mahalliy komponentlarni ushlab turish
talabining qoʻllanish zaruriyati.
Texnik toʻsiqlar va mahalliy komponentlarni mamlakatlar tashqi
savdosiga ta’siri.
Tartibga solishning noiqtisodiy usullari.
Ilmiybaza.uz
Kirish
Hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotida barcha tarmoqlar singari tashqi
iqtisodiy faoliyat sohasida ham jahon iqtisodiyotining globallashuvi hamda
integratsiyalashuvi jarayonlaridan kelib chiqqan holda innovatsion yondashuv
orqali uni tartibga solishning iqtisodiy va ma’muriy usullaridan samarali
foydalanish orqali xalqaro biznes, shuningdek tashqi savdo siyosatini yuritishda
kundan-kunga yangicha yondashuvlar, usullar, tartibotlar vujudga kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi oldida turgan muhim strategik vazifalardan biri
ochiq iqtisodiyotni shakllantirish orqali milliy iqtisodiyotni jahon xoʻjaligi bilan
integratsiyalashuvini ta’minlash va globalizatsiya hamda xalqaro mehnat taqsimoti
afzalliklaridan samarali foydalanishdir. Bu dolzarb muammoni muvaffaqiyatli
yechish
mamlakatimizning
xalqaro
iqtisodiy
munosabatlarini
yanada
rivojlantirishni, ularning samaradorligini oshirishni talab qiladi va aynan tashqi
savdo siyosatining yashirin va noiqtisodiy usullaridan foydalangan xolda davlatimiz
iqtisodiy siyosatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
10.1. Tashqi savdo siyosatining yashirin usullari va ularni
qoʻllash mexanizmlari
Tashqi savdoni taribga solishning tarif va notarif metodlari bor. Notarif
metodlarga miqdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullar kiradi. Davlat
tashqi savdoni tartibga solishda tarif metodlari bilan bir qatorda notarif metodlardan
ham keng foydalanadi. Ularning kopchiligi bojxona tariflaridan farqli ravishda
miqdoriy jihatdan oʻlchanmaydi va shuning uchun statistikada yaqqol aks
ettirilmaydi. Notarif metodlarning ushbu xususiyati hukumatlarga tashqi savdo
Ilmiybaza.uz
siyosati sohasida oʻz maqsadlariga erishishda ulardan aralash foydalanishga imkon
yaratadi.
Notarif usullar — tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni
mamlakatga olib kiriladigan yoki chetga chiqariladigan mahsulot hajmi va
nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Notarif usullar miqdoriy, moliyaviy,
yashirin va noiqtisodiy usullarga ajratiladi. Ular ustun darajada rivojlanayotgan va
hukumat tomonidan proteksionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor
tuzilmalari shakllanayotgan oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlariga xosdir.
Tahlillar shuni korsatadiki, tashqi savdo davlat tomonidan tartibga solish tarif va
notarif usullar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. XXI asr boshlarida tarif
usullarining mavqeyi pasayib bormoqda. Ushbu holat Jahon savdo tashkiloti
tomonidan a’zo mamlakatlar oldiga qoyilgan strategik vazifa — ular ortasidagi
oʻzaro tovar savdosida tarif cheklashlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish
vazifasi bilan bogʻliq.
Dunyoning turli mamlakatlari oʻz savdo siyosatlarini amalga oshirish uchun
turli dastaklardan foydalanadilar. Notarif cheklashlarning oʻrtacha darajasiga,
odatda, u yoki bu cheklashga oid import yoki eksportning qiymat ulushi sifatida
qaraladi. Bunda ularning natija berish darajasiga tuzatish kiritiladi. Masalan, zaruriy
hujjatlar taqdim etilganda hokimiyat organlari tomonidan beriladigan eksport uchun
avtomatik litsenziya, shubhasiz, belgilangan miqdordan ortiq tovarlarni eksport
qilishni ta’qiqlovchi eksport kvotasiga nisbatan ancha kam darajada eksportni
chegaralaydi. Tovarlarni eksport va import qilishga oid turli cheklashlar, tanlab
litsenziyalash yuqori darajada samarali miqdoriy cheklovlar sanaladi. Avtomatik
litsenziyalash, moslanuvchan kvotalar kam samara beruvchi cheklovlarga kiradi.
Bir soʻz bilan aytganda, mamlakat xalqaro savdo siyosatining u yoki bu dastaklarini
qollash haqida qaror qabul qilar ekan, odatda, ularning birgalikda ta’sir koʻrsatishi
va joriy vaziyatga ta’sirini, davlat ichkarisida va undan tashqarida kutilayotgan
istiqbollarni baholaydi.
Notarif usullarning saqlanib qolishi quyidagi sabablarga bogliq:
Ilmiybaza.uz
•
aksariyat notarif cheklovlar xalqaro shartnomalar orqali tartibga
solinmaydi va ularni qoʻllash milliy hukumatlar tashabbusi bilan amalga oshiriladi;
•
notarif cheklovlar tovarlar narxining darhol oshib ketishiga olib
kelmaydi va iste’molchiga soliq yuki borib tushmaydi.
Tashqi savdoning yashirin metodlari notarif metodlar tarkibiga kiradi. Tashqi
savdoni tartibga solishning miqdoriy cheklash usullari bilan bir qatorda yashirin
proteksionizm usullari ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hisob-kitoblarga
qaraganda yashirin proteksionizmning bir necha yuz xil turlari mavjud. Davlat ular
yordamida eksport yoki importni bir tomonlama cheklashi mumkin. Yashirin
proteksionizm turlari;
Texnik toʻsiqlar (milliy standartlarga rioya qilishi, import
qilinayotgan mahsulotlarning faqat sertifikatini talab qilish, tovarlarni maxsus
upakovkalash va markalash, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga rioya qilish);
Ichki soliqlar va yigʻimlar –mazkur usul import qilinayotgan
tovarlarning ichki bahosini oshirishga qaratilgan boʻlib shu orqali import
qilinayotgan tovarlarning raqobatdoshligini tushirishga qaratilgan (qoʻshilgan
qiymat soligʻi, savdo soligʻi, aksiz soligʻi, bojxonada rasmiylashtirish uchun
yigʻimlar ,port soligʻi, registratsiya soligʻi va boshqalar.);
Davlat xaridi doirsaidagi siyosat- davlat organlari va korxonalaridan
ma’lum tovarlarni qimmat boʻlishiga qaramasdan faqat milliy firmalardan sotib
olishga yoʻnaltirgan siyosat;
Mahalliy komponentlarni ushlab turish talabi- ichki bozor
moʻljallangan tovarlarning ma’lum bir qismini mahallaiy ishlab chiqaruvchilar
ishlab chiqargan boʻlishi kerak.
Yashirin proteksionizm usullari mohiyati jihatdan markaziy hukumat va hatto
mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tashqi savdo yoʻliga bojxona tabiatiga ega
bolmagan turli toʻsiqlarni oʻrnatishini anglatadi. Yashirin proteksionizm
usullarining koʻpchiligi xalqaro savdo muvofiqlashtirilgan tamoyillarini buzishning
yaqqol namunasidir. Alohida mamlakat import yoki eksportni bir tomonlama
Ilmiybaza.uz
chegaralashida foydalanadigan yashirin proteksionizm usullarining yuzdan oshiq
turi mavjud.
Texnik tosiqlar — bu yashirin proteksionizm usuli boʻlib, milliy texnik,
ma’muriy me’yorlar va qoidalar shunday ishlab chiqiladiki, ular tovarlarni
tashqaridan olib kirishga toʻsqinlik qiladi. Texnik xarakterdagi toʻsiqlarning eng
keng tarqalganlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Milliy standartlarga rioya etishning talab qilinishi;
Import maxsulotning sifati haqida sertifikat olishining talab; Maxsus
qadoqlash va markirovkalashning talab qilinishi;
Ma’lum sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etishning
talab qilinishi;
Atrof-muhitni himoyalash boʻyicha tadbirlar oʻtkazishning
talab qilinishi;
Murakkablashtirilgan
bojxona
rasmiyatchiliklariga
rioya
etilishining talab qilinishi;
Iste’molchilar huquqlarini himoyalash toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya
etishning talab qilinishi va xokazolar.
?
1 0 . 1 .
1
Tashqi savdoni tartibga solishning notarif metodlari
nima va uning qanday turlari mavjud?
2 .
Notarof usullarning saqlanib qolishining asosiy sabablari
nimada?
Ilmiybaza.uz
10.2. Ichki soliqlar va yigʻimlar hamda davlat xaridi doirasidagi
siyosat
Ichki soliqlar va yigʻimlar — bu yashirin proteksionizm usuli boʻlib, ular import
tovarning ichki narxini koʻtarishga va bu orqali uning ichki bozordagi
raqobatbardoshligini pasaytirishga yunaltirilgan. Ular markaziy hukumat va
mahalliy hokimiyat organlari tomonidan joriy qilinishi mumkin. Import tovarlardan
olinadigan soliqdar toʻgʻri soliqlar (qoʻshimcha qiymat soligʻi, aksiz soligʻi,
sotishdan olinadigan soliq) yoki egri soliqlar (bojxonada rasmiylashtirish uchun
yigʻimlar, registratsiya uchun va boshqa rasmiyatchiliklar uchun yigʻimlar)
koʻrinishida boʻlishi mumkin. Davlat xaridlari doirasida siyosat — bu yashirin
proteksionizm usuli boʻlib, unga koʻra davlat organlari va korxonalardan faqat
milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini (bu tovarlar import tovarlardan qimmat
boʻlsa ham) sotib olish talab qilinadi. Davlat xaridi davlat organlari (tashkilot,
muassasalari)ning
davlat
funksiyasini
amalga
oshirish
uchun
qiladigan
xarajatlarning asosiy qismini tashkil etib, milliy iqtisodiyotning barqaror
rivojlanishi va investitsiya oqimini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar
shakillanishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Davlat xaridi investitsiya
salohiyatini samarali taqsimlash va davlat uchun strategik ahamiyatli boʻlgan
tarmoqlarning rivojlanishi uchun qulay shartsharoitlar yaratilishining, shuningdek,
ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish va natijalarini ishlab chiqarish jarayonlariga jalb
qilishning muhim vositasi sanaladi. Shuning uchun davlat xaridlarini tashkil etish
bilan bogʻliq muammolar doim dolzarb boʻlib, barcha davlatlarda davlat xaridi
tizimini takomillashtirishga qaratilgan uzviy va davomli choratadbirlar amalga
oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldadagi
“Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini
jalb qilishni kengaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-1475 sonli Qarorini qabul qilinishi bilan
davlat xaridlarini takomillashtirishning yangi davri boshlandi. Mazkur qaror ijrosini
ta’minlash yuzasidan mamlakatimizda bir qator muhim chora-tadbirlar amalga
oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qoʻlga kiritgan dastlabki
Ilmiybaza.uz
kunlardan boshlab ijtimoiy yoʻnaltiriligan bozor iqtisodiyoti sari islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Davlat tizimi va boshqaruv sohasidagi
islohotlar
natijasida
xarajatlarni
boshqarishning
yangi
huquqiy
tizimi
shakllantirilmoqda.
Bu
oʻz
navbatida,
davlat
mablagʻlarini
sarflanishi
samaradorligini ta’minlashga, uning zamonoviy boshqaruv mexanizmlarini amalda
tatbiq etishga imkon beradi. Xalqaro miqyosda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy
vaziyat, davlat mablagʻlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirishda hukumatlar
oldiga qoʻyilgan vazifalarning muhimligini oshirmoqda. Ma’lumki, davlat oʻz
vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi zarur. Bu xarajatlar, eng
avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga investitsiya
qilishga, aholining turmush darajasini koʻtarishga, hamda ijtimoiy vazifalarni
bajarishga qaratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani ta’minlash kabi aniq
maqsadlarga yoʻnaltirilgan, rejalashtirilgan xarajatlardan iborat boʻladi. Umum
davlat xarajatlari, asosan, davlat budjeti va davlatning boshqa markazlashtirilgan
fondlari orqali moliyalashtiriladi. Davlat budjetining iqtisodiy tushunchasi,
umumjamiyat miqyosida markazlashgan, davlat ishtirokida toʻplangan va
sarflanadigan moliyaviy resurslarni anglatadi.
Davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida davlat xaridi
alohida oʻringa ega. Tovar va xizmatlarni xarid etish dunyo rivojlanish amaliyotida
muhim oʻrin egallaydi hamda fondlar hamda investitsiyani samarali oʻzlashtirishga
yoʻnaltirilgan uzluksiz jarayon hisoblanadi. Oʻzbek tilidagi “xarid” termini
(inglizchada) “sotib olish” ma’nosi bilan bir ma’noda ishlatilib, zamonoviy
tushunchalarda mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni yoki koʻrsatilgan xizmatlarni
ma’lum haq evaziga olish demakdir (inglizchada, prosurement of goods, works and
servises). Davlat xaridi - bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni qisman
yoki toʻliq davlat mablagʻlari evaziga sotib olishdir. Davlat xaridini boshqarishga
tizimli yondoshuv toʻgʻriroq boʻladi. Shunday ekan, davlat ehtiyojlari uchun xaridni
rejalashtirish va amalga oshirish hamda nazorat etish bilan bogʻliq barcha
jarayonlar davlat xaridi tizimini yuzaga keltiradi. Davlat xaridi davlat
Ilmiybaza.uz
farq mavjud?
infratuzilmasini moddiy-moliyaviy ta’minlash uchun amalga oshiriladi. Davlat
infratuzilmasini umumiy tarzda ikkita yirik tarkibiy qismiga ajratish mumkin:
Iqtisodiy infratuzilma (transport, maishiy xizmatlar, kundalik
iqtisodiy faoliyatga amalga oshirish uchun birlamchi boʻlgan infratuzilmalar);
Ijtimoiy infratuzilma (maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, yoki
boshqacha aytganda, jamiyat kundalik hayoti uchun birlamchi infratuzilmalari).
Ijtimoiy sohalarga Davlat xaridini amalga oshirish zarurati umumjamiyat
manfaatlaridan kelib chiqadi. Oʻzbekistonda ijtimoiy sohalarga investitsiyalar va
davlat xaridi mavjud qonuniy-me’yoriy aktlar orqali tartibga solinadi. Davlat
moliyasini boshqarishni isloh etish boʻyicha amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarning
tarkibiy qismi sifatida, davlat xaridini tashkil etishni tubdan isloh etish, uni tartibga
soluvchi huquqiy bazani shakllantirish, davlat xarajatlari samaradorligini
oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Davlat xaridini boshqarish tizimini
takomillashtirish uchun quyidagi elementlardan foydalanish samarali yoʻnalish
hisoblanadi: davlat xaridini boshqarish yuzasidan ilgʻor xorijiy tajribalardan
foydalanish; davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati maqsadlariga
muvofiqlashtirish; davlat xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni
monitoring va baholashni tatbiq etish.
10.2 1. Tashqi savdoni miqdoriy jihatidan cheklashning qanday usullari
mavjud? ?
2. Kvotalash bilan kontingentlashtirish oʻrtasida qanday
10.3. Texnik toʻsiqlar va mahalliy komponentlarni ushlab turish talabining
qoʻllanilish zaruriyati hamda mamlakatlar tashqi savdosiga ta’siri
Tashqi savdoni tartibga solishning miqdoriy cheklash usullari bilan bir
qatorda yashirin proteksionizm usullari ham muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hisob-
kitoblarga qaraganda yashirin proteksionizmning bir necha yuz xil turlari mavjud.
Ilmiybaza.uz
Davlat ular yordamida eksport yoki importni bir tomonlama cheklashi mumkin.
Yashirin proteksionizm turlari:
Texnik toʻsiqlar (milliy standartlarga rioya qilish, import qilinayotgan
maxsulotlarning sifat sertifikatini talab qilish, tovarlarni maxsus upakovkalash va
markalash, sanitariya-epidemologiya qoidalariga rioya qilish):
Ichki soliqlar va yigʻimlar –mazkur usul import qilinayotgan
tovarlarning ichki bahosini oshirishga qaratilgan boʻlib shu orqali import
qilinayotgan tovarning raqobatdoshligini tushirishga qaratilgan(qoʻshilgan qiymat
soligʻi, savdo soligʻi, aksiz soligʻi, bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar, port
soligʻi, registratsiya soligʻi va boshqalar.)
Davlat xaridi doirsaidagi siyosat davlat oʻrganlari va korxonalaridan
ma’lum tovarlarni qimmat boʻlishiga qaramasdan faqat milliy firmalardan sotib
olishga yoʻnaltirilgan siyosat;
Mahallaiy komponentlarni ushlab turish talabi-ichki bozorga
moʻljallangan tovarlarning ma’lum bir qismini mahalliy ishlab chiqaruvchilar
ishlab chiqargan boʻlish kerak.
Yashirin proteksionizm usullari mohiyati jihatidan markaziy hukumat
va hatto mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tashqi savdo yoʻliga bojxona
tabiatiga
ega
boʻlmagan
turli
toʻsiqlarni
oʻrnatishni
anglatadi.Yashirin
proteksionizm usullarining koʻpchiligi xalqaro savdo muvofiqlashtirilgan
tamoyillarini buzishning yaqqol namunasidir.
Alohida mamlakat import yoki eksportni bir tomonlama chegaralashida
foydalanadigan yashirin proteksionizm usullarining yuzdan oshiq turi mavjud.
Texnik toʻsiqlar — bu yashirin proteksionizm usuli boʻlib, milliy texnik,
ma’muriy me’yorlar va qoidalar shunday ishlab chiqiladiki, ular tovarlarni
tashqaridan olib kirishga toʻsqinlik qiladi. Texnik xarakterdagi toʻsiqlarning eng
keng tarqalganlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:- milliy standartlarga
rioya etishning talab qilinishi; Mahalliy komponentlarning tovar tarkibida
boʻlishligiga talablar – bu davlat siyosatining yashirin usuli boʻlib, unga koʻra ichki
bozorda sotiladigan pirovard tovarda milliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi