TASHQI SAVDONI TARTIBGA SOLISHNING TARIF METODLARI
Yuklangan vaqt
2024-06-04
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
342,5 KB
Ilmiybaza.uz
TASHQI SAVDONI TARTIBGA SOLISHNING TARIF METODLARI
Ushbu bobda quyidagi bilimlar bayon etilgan:
Tashqi savdoni tartibga solish zaruriyatlari.
Tashqi savdo siyosati.
Bojxona tarifining turlari.
Bojxona tarifining guruhlanishi va xisoblash usullari.
Tarif stavkalarining katta va kichik mamlalakatlar iqtisodiyotiga
ta’siri.
Tarif stavkalarini qoʻllashning Jahon tajribalari.
Tarif siyosatining afzalliklari va kamchiliklari.
Tashqi siyosatining zamonaviy tendensiyalari.
Ilmiybaza.uz
KIRISH
Jahon xoʻjaligida tashqi savdoni tartibga solishning tarif metodlaridan
foydalangan xolda davlatlar tashqi savdo aloqalarini qaytadan tashkil etish, ayrim
tarmoq va sohalarda tarkibiy oʻzgarishlarni chuqurlashtirish zarurati borligi ham
ayon boʻlmoqda. Natijada, keyingi yillarda global va mintaqaviy darajada dunyo
tashqi savdosida yangi yoʻnalishlarda siljishlar roʻy bermoqda. Davlatlarning tashqi
savdo strategiyalarida ham tub oʻzgarishlar namoyon boʻlmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi avvalo, tashqi savdo
sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, hamda tashqi savdo
faoliyatini
tartibga
solish
sohasida
davlat
boshqaruvi
organlari
ishini
muvofiqlashtiradi. Shuningdek, ushbu vazirlik oʻz vakolatlari doirasida qabul
qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega boʻlgan qarorlari davlat va xoʻjalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari,
mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, xoʻjalik yurituvchi
subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ilmiybaza.uz
7.1 Tashqi savdoni tartibga solish zaruriyati va tashqi savdo siyosati
Tashqi savdo siyosati davlat tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi
boʻlib, milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish va
tashqi
raqobatdan
mahalliy
ishlab
chiqaruvchilarni
himoya
qilishga
koʻmaklashuvchi chora tadbirlar yigʻindisidir.
Tashqi savdo siyosati quyidagi ikki yoʻnalishni oʻz ichiga oladi: 1
eksport siyosati; 2 import siyosati.
Eksport siyosati eksportga yoʻnaltirilgan rivojlanish modeli doirasida
rivojlanadi. Import siyosatining turlaridan biri import oʻrnini qoplash siyosati
hisoblanib, bu siyosat koʻpchilik mamlakatlar iqtisodiyotining sanoatlashishida
katta rol oʻynagan. Tashqi savdo siyosatining asosida mumkin qadar qulaylik
yaratish rejimi yotadi. Tashqi savdo siyosati milliy, ikki tomonlama, hududiy,
xalqaro darajalarda amalga oshiriladi. Qayd yetib oʻtilgan har bir daraja oʻz
xususiyatlariga ega .Davlatning tashqi savdoga aralashish miqyosiga va tartibga
solish darajasiga qarab tashqi savdo siyosati proteksionistik va erkin savdo
xarakteriga ega boʻladi.
Tashqi savdo
siyosati
Proteksionizm
Erkin savdo
Ilmiybaza.uz
7.1-Rasm. Tashqi savdo siyosatining turlari.
Erkin savdo munosabatlari, talab va taklif asosida rivojlanadigan erkin savdo
davlatning eng kam aralashuvi siyosatini aks ettiradi.
Proteksionizm - tarif va notarif instrumenglarni qoʻllash yoʻli bilan ikki
bozorni xorijiy raqobatchilardan ximoya qilish davlat siyosatidir.
Qaysi siyosat afzal, degan savol iqtasodchilarning doimiy bahslashuviga olib
keladi. Milliy sanoat rivojlanishiga imkon beruvchi proteksionizm afzalmi yoki
milliy ishlab chiqarish ustuvorliklarini xalqaro ustuvorliklar bilan qiyosiy
taqqoslash imkonini beruvchi savdo erkinligimi? Tarixning turli davrlarida tashqi
savdo amaliyoti goh u tomonga, goh bu tomonga kayishib kelgan, toʻgʻri, u hech
qachon ekstremal shakllardan birontasini qabul qilmagan. ХХ asrning 50-
60yillarida xalqaro iqtisodiyot uchun proteksionizmdan tashqi savdoni yanada
liberallashtirish tomonga qaygish xos boʻlgan boʻlsa, 70yillarning boshidan teskari
tamoyil koʻzga tashlandi—mamlakatlar oʻz ichki bozorlarini tarif va notarif
toʻsikdar yordamida xorijiy raqobatdan himoya qilishni boshladilar. Zamonaviy
proteksionizm nisbatan tor sohalerda-qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, kiyim-kechak
va poʻlat tarmoqlarida mujassamlashgan.
Proteksionisgik tamoyillar rivojlanishining kuyidagi shakllarini ajratish
mumkin:
Selektiv proteksionizm – ayrim mamlakatlar yoki tovarlar guruhiga
nisbatan qoʻllaniladi;
Tarmoq proteksionizm – muayyan tarmoqlarni, avvalo agrar
proteksionizm doirasida qishloq xoʻjaligini ximoyalaydi;
Jamoaviy proteksionizm – mamlakatlar birlashmarlari tomonidan
ushbu birlashmaga kirmaydigan mamlakatlarga nisbatan qoʻllaniladi;
Yashirin proteksionizm – ichki iqtisodiy siyosat usullari yordamida
amalga oshiriladi.
Savdo siyosati doirasida iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy, tashkiliy, xuquqiy va
boshqa masalalar uzviy bogʻlanib ketadi. Xalqaro iqtisodiyot asosan savdo siyosati
choralarini qullashning iqtisodiy shart-sharoitlarini va oqibatlarini oʻrganib,
Ilmiybaza.uz
huquqiy va tashkiliy masalalarni ixtisoslashgan fan tarmoklari, chunonchi, xalqaro
savdo xuquqi, xalqaro marketing kabil-larning koʻrib chiqishi uchun qoldiradi.
Xalqaro savdoning davlat boshqaruvi instrumentlari oʻz xususiyatiga koʻra
tarif-bojxona tarifini qoʻllashga asoslangan va notarif
- boshqa barcha usullarga boʻlinadi. Boshqaruvning notarif usullari miqdoriy va
yashirin proteksionizm usullariga boʻlinadi. Savdo siyosatining aloxida
instrumentlari koʻpincha importni cheklash yoki eksportni ragbatlantirish zarurati
tugʻilganda qoʻllaniladi. Savdo siyosati dastaklarining tasnifi.
7.1-jadval.
Tashqi savdo siyosatining dastaklarining guruhlanishi.
Usullari
Savdo siyosatining
dastaklari
Ustun darajada
tartibga solish sohasi
Tarif
Bojhona bojlari
Import
Tarif kvotasi
Import
Notarif
Miqdoriy
Kvotalash
Import
Litsenziyalash
Eksport
Import
7. 2 - rasm . Proteksionizm turlari .
Proteksionizm
turlari
selektiv
tarmoq
jamoaviy
yashirin
Ilmiybaza.uz
“Eksportni ixtiyoriy
cheklash”
Eksport
Yashirin
Davlat haridlari
Import
Mahalliy komponentlarni
ushlab turish talabi
Import
Texnik toʻsiqlar
Import
Soliqlar va yigʻimlar
Import
Moliyaviy
Subsidiyalar
Eksport
Kreditlash
Eksport
Demping
Eksport
Davlatning
xalqaro
savdo
soxasidagi
asosiy
vazifasi-mamlakat
eksporterlariga oʻz mahsulotlarini iloji boricha koʻproq miqdorda xorijga eksport
qilishda yordam berish, ularning tovarlarini tashki bozorda yanada raqobatbardosh
qilishdir. Mamlakat ichkarisida xorijiy tovarlarga talabni kuchaytirish, importni
cheklash ham uning vazifasiga kiradi.
Dunyoning turli mamlakatlari oʻz savdo siyosatlarini amalga oshirish uchun
turli dastaklardan foydalanadilar. Bir soʻz bilan aytganda, mamlakat xalqaro savdo
siyosatining u yoki bu dastaklarini qoʻllash haqida qaror qabul qilar ekan, odatda,
ularning birgalikda ta’sir koʻrsatishi va joriy vaziyatga ta’sirini, davlat ichkarisida
va undan tashqarida kutilayotgan istiqbollarini baholaydi.
Ilmiybaza.uz
7.1 1. Tashqi savdoni tartibga solish zaruriyati nimada?
2. Tashqi savdo siyosati nima va uning qanday shakllari
7.2. Bojhona tarifining turlari va hisoblash usullari
Tashqi savdoni tartibga solishda hukumat tarif va notarif dastaklarni qoʻllaydi
va ushbu dastaklarning amaliy qoʻllanilishini davlat yoki jamoat tashkilotlari
ta’minlaydi. Tariflar bojxona tariflariga asoslangan dastaklar boʻlsa, notarif
dastaklar qolgan hamma dastaklarni oʻz ichiga oladi.
Savdo siyosatining asosiy dastagi - bu bojxona tarifidir. Bojxona tarifiga turli
xil ta’riflar berilgan, ammo fikrimizcha, ular orasida eng toʻgʻrisi kuyidagicha:
“bojxona tarifi—bu maxsulot bojxona chegarasidan olib oʻgilayotganda toʻlanishi
kerak boʻlgan bojxona bojlari haqidagi umumiy ma’lumotdir”.
Undirish
usuliga koʻra
Maxsus
Advalor
Aralash
Soliq solish
obyektiga koʻra
Import
Eksport т
tranzit
Mazmuniga
koʻra
Mavsumiy
Dempina
qarshi
Kompenzat -
sion
Kelib
chiqishiga
koʻra
Avtonom
Konvension
Preferensial
Stavka turiga
koʻra
Doimiy
O'zgaruvchan
Xisoblash
usuliga koʻra
Nominal
Real
Bojhona bojlari guruhlanishi
?
mavjud ?
3 Tashqi savdo siyosatining y oʻ n alishlariva dastaklari
nimalardan iborat ?
Ilmiybaza.uz
7.3-rasm. Bojhona bojlari guruhlanishi.
Bojxona boji mahsulotni import yoki eksport qilganda bojxona xodimlari
tomonidan undiriladigan majburiy toʻlovdir. Bojxona boji quyidagi vazifalarni
bajaradi:
— fiskal - davlat budjetiga kelib tushuvchi tushumlardan biri bojxona bojidir;
— proteksionistik (himoya vazifasi) - importni cheklash orqali milliy ishlab
chiqaruvchilarni xorijiy raqobatda himoya qiladi;
— balanslovchi
— ayrim sabablarga koʻra ichki narxi jahon narxidan past boʻlgan
mahsulotlarni xorijga oqib chiqib ketilishini cheklaydi. Bojxona bojlarini turli
mezonlar boʻyicha quyidagicha guruhlash mumkin.
1. undirish usuliga koʻra:
— advolor - maxsulotni bojxona qiymatidan foiz shaklida hisoblanuvchi va
undiriluvchi boj;
— spesifik -maqsulotning xar bir oʻlchov birligidan belgilangan mikdorda
undiriladigan boj;
— kombinatsiyalashgan - advolor va spesifik uzviy ravishda birgalikda
qoʻllaniluvchi boj.
2. Undirish obyektiga koʻra:
— import - import qilinuvchi mahsulotlardan undiriluvchi boj;
— eksport - eksport tovarlaridan undiriladi;
— tranzit - bojxona hududini kesib oʻtuvchi tovarlardan undiriladi.
3. Harakteriga koʻra:
— davriy - davriy maxsulotlar (asosan, qishloq xoʻjalik mahsulotlari) ning
xalqaro savdosini tartibga solishning joriy dastagi boʻlgan bojlar;
— dempingga qarshi — mamlakat xududiga oʻzining haqiqiy
narxidan past narxda tovar olib kirilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarga
zarar yetkazilsa, bu mahsulot importidan undiriladigan boj;
Ilmiybaza.uz
— kompensatsion — import qilinadigan mahsulotni ishlab chiqarishda
bevosita yoki bilvosita subsidiyalar qoʻllanilgan boʻlsa va buning natijasida milliy
ishlab chiqaruvchilarga zarar keltirilayotgan boʻlsa, qoʻllaniladigan boj.
4. Kelib chiqishiga koʻra:
— avtonom - davlat boshqa davlatlar bilan kelishib oʻtirmasdan joriy qilingan
bir tomonlama bojlar;
— konvension - ikki yoki kup tomonlama kelishuv asosida joriy qilinuvchi
bojlar;
— preferensial - sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan
mamlakatlardan import qilinadigan tovarlardan undiriladigan chegirmali bojlar.
5. Stavka turiga koʻra:
— doimiy - shart-sharoit oʻzgarsa ham oʻzgarmasdan turadigan
boj;
— oʻzgaruvchan- hukumat tomonidan belgilab qoʻyilgan hollarda oʻzgarib
turuvchi bojdir.
6. Hisoblash usuliga koʻra:
— nominal - bojxona tarifida koʻrsatilgan boj stavkalari. Bu stavkalar
mamlakat bojxona himoyasi toʻgʻrisida faqat umumiy ma’lumotlarni berishi
mumkin;
— real qism va detallardan undiriluvchi bojxona bojlarini hisobga olgan
holda yakuniy tovarlardan undiriluvchi haqiqiy boj. Bu boj tarif eskalatsiyasini aks
etiradi. Har qanday davlat tarif siyosatini qoʻllar ekan tariflarni yagona tizimga
birlashtiradi. Bojxona organi olib borilayotgan bojxona siyosati doirasida boj
toʻlamasdan olib chiqilishi (yoki olib kirilishi) mumkin boʻlgan yoki boj undirilishi
lozim boʻlgan tovarlarni aniqlashtiradi. Boj stavkalari tovar turiga qarab oʻzgarib
boradi.
Bojxona tariflari yuridik va jismoniy shaxslar uchun oʻrnatiladi, boj undirish
prinsiplari turlicha boʻladi. Jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyojlari uchun zarur
boʻlgan boj olinmaydigan minimum chegarasida tovarlarni boj toʻlamasdan olib
Ilmiybaza.uz
chiqish huquqiga ega. Odatda, davlat tovarlarni boj toʻlamasdan olib chiqib
ketishning chegarasini (qiymatli ekvivalentini) belgilab beradi. Bundan tashqari,
ba’zi tovarlar boʻyicha olib chiqish va olib kirishning chegaraviy meyorlari
oʻrnataladi. Oʻzbekistonda shaxsiy ehtiyojlar uchun boj toʻlamasdan 2 litrgacha
spirtli ichimliklar,1000 donagacha tamaki maxsulotlari, 30metrgacha sintetik
matolar, 5 kilogrammgacha goʻsht, 5tagacha teri maxsulotlari va hokazolarni boj
toʻlamasdan olib chiqish va olib kirish mumkin. Olib oʻtilgan tovarlar hajmi bu
me’yorlardan oshganda jismoniy shaxs eksport yoki import bojlarini toʻlaydi.
Boshqa mamlakatlarda tovarlarni boj toʻlamasdan olib oʻtish meyorlari,
ayniqsa, spirtli va tamaki mahsulotlari uchun birmuncha kam oʻrnatilgan. Masalan,
Fransiya, Germaniya, Yaponiya, AQSH va Ukrainada boj toʻlamasdan 200dona
sigareta olib kirish mumkin. Aktiv bojxona siyosatini olib borishdan maqsad ichki
bozorni import tovarlari bilan toʻldirish yoki muayyan tovarlarning ichki bozorlarga
kirib kelishining oldini olish dan iborat. Agar davlat xorij tovarlarining ichki
bozorlarga kirib kelishini mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat
qilishini xoxlamasa, unda bu tovarlarning olib kirilishi butunlay taqiqlanadi yoki
ularga nisbatan yuqori tariflar joriy etiladi. Masalan, Yaponiya va Buyuk
Britaniyada bojxona tariflari 0 dan 30-40
% gacha oʻzgarib turadi.
Mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va tovarlarga nisbatan 0
stavkali, tayyor mahsulotlar, ayniqsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan
ishlab chiqariladigan turdosh mahsulotlarga nisbatan eng yuqori stavkali tariflar
oʻrnatiladi. Hatto, eng taraqqiy etgan mamlakatlar ham ichki bozorlarini tariflar
yordamida himoya qiladi. Yuqori bojxona tariflari mahalliy tovar ishlab
chikaruvchilar uchun yuqori xarajatlarni qoplash vazifasini oʻtaydi.
7.2 1. Bojxona boji nima va u qanday mezonlar boʻyicha?
Ilmiybaza.uz
guruhlanadi?
2. Bojxona boji qanday vazifalarni bajaradi?
3. Tariflarning kata mamlakat iqtisodiyotiga tasiri qanday samaralni
yuzaga keltiradi?
7.3. Tarif stavkalarining katta va kichik mamlalakatlar iqtisodiyotiga
ta’siri hamda ularni qoʻllashning jahon tajribalari
Tariflar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ХVIII asrdan boshlab joriy etilgan.
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan qoʻllaniladigan tarif
stavkalari past darajada boʻlsada, ba’zi turdagi tovarlar boʻyicha bojxona stavkalari
yuqoriligicha qolmoqda. Koʻpchilik iste’mol, qishloq xoʻjalik va mehnat
sigʻimkorligi yuqori tovarlarga nisbatan joriy qilingan tarif stavkalari umumiy tarif
stavkalaridan 10-20 baravar yuqoridir. Misol uchun, AQSHda kiyimkechak va
poyabzal importiga nisbatan joriy etilgan tarif stavkalari 11% dan 48%gacha borishi
mumkin. 2001-yilda kiyim-kechak va poyabzal importi AQSH umumiy
importining 6,5 % ini tashkil etgan boʻlsa-da, mazkur tovarlardan undirilgan tariflar
tariflardan tushadigan daromadlarning deyarli yarmini tashkil etgan va 20 mlrd.
dollarga teng boʻlgan. Xuddi shunday holat boshqa sanoat jihatdan taraqqiy etgan
mamlakatlar amaliyotida ham kuzatiladi. Masalan, Yevropa Ittifoqida goʻsht
mahsuloti importiga nisbatan joriy etilgan tariflar 236% ni, don maxsulotlariga
nisbatan 180%ni, sport oyoq kiyimlariga nisbatan esa 17% ni tashkil etadi.
7.2-jadval.
AQSHda avtomobillar va poyablaz importiga joriy etilgan tariflardan
keladigan daromadlar.
Qiymat
Tariflardan keladigan
daromadlar
Ilmiybaza.uz
Avtomobillar
110
1.60
Poyabzal
15
1.63
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar olib borayotgan tarif siyosati
asosan qishloq xoʻjalik maxsulotlari va mehnat sigʻimkorligi yuqori tovarlarni
eksport qiluvchi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli darajada
salbiy ta’sir koʻrsatadi. Mazkur tarif siyosati doirasida yigʻilgan import bojlari
summasi turli mamlakatlardan kirib kelayoggan importning umumiy qiymatiga
nisbatan yirik summani tashkil etadi va ularning foizda ifodasi turli mamlakatlar
boʻyicha oʻzgarib turadi. Masalan, 2001-yilda AQSH ga Bangladeshdan import
qilinadigan tovarlar qiymati 2,4 mlrd dollarni,ulardan undiriladigan bojlar summasi
esa 331mln. dollarni tashkil etgan. Taqqoslash uchun quyidagi misolni keltirish
mumkin. Fransiyadan AQSH ga 2001-yilda 30mlrd. dollarlik tovar eksport qilingan
boʻlib, ulardan undirilgan bojlar summasi esa 330mln. dollarni tashkil etgan.
7.2
Jadval.
AQSHda importdan undiriladigan tariflarning qiyosiy jadvali.
Shu tariqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari va xomashyo eksportidan yengil
sanoat mahsulotlari eksportiga oʻtayotgan Bangladesh kabi kambagʻal mamlakatlar
sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan joriy etilayotgan va
oʻrnatilgan yuqori tariflarga duch kelishmoqda. Kiyim-kechak va poyabzalga joriy
etiladigan maxsus tariflar sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlardagi
iste’molchilar xaridiga ham salbiy ta’sir koʻrsatishi tabiiy. Mazkur tariflar kam
daromadli aholi guruhdari uchun soliq, yuki hisoblanadi. Masalan, AQSH da oila
Import
( mlrd . dollar . )
Undirilgan
tariflar
( mln . doll .)
YAIMning axoli
jon boshiga
t oʻ gʻ ri keluvchi
ulushi ( doll .)
Bangladesh
4
2 ,
331
370
Fransiya
0
,
30
330
24170
Ilmiybaza.uz
boshligʻi bir kishidan iborat oilalarda oʻrtacha yillik daromad 25000 dollarni tashkil
etadi va shundan 1851 dollari kiyimkechak va poyabzal sotib olishga sarflanadi.
Hisob-kitoblar koʻrsatishicha, kiyim-kechak va poyabzalga sarflangan mablagʻning
307 dollari import bojlari sifatida undirib olinadi. Oila boshlish ikki kishidan iborat
oilalarda oʻrtacha yillik daromad 66.913 dollarni tashkil etadi va import bojlari
sifatida toʻlaydigan toʻlovlar esa 470 dollarga yoki umumiy daromadning 0 ,7 % iga
teng boʻladi.
7.4-jadval.
AQSHda oilalar tomonidan import tarifi uchun sarflaydigan xarajatlari.
Yuqorida qayd etilgan iste’mol tovarlari uchun joriy etilgan tarif stavkalari
qimmatbaho buyumlarga nisbatan qoʻllaniladigan tarif stavkalariga qaraganda
yuqoriroqdir. AQSHda ipakdan qilingan koʻylakka nisbatan joriy etilgan tarif 1,9%
ni tashkil etgan xolda, paxtadan toʻqilgan koʻylakka nisbatan 20%, sintetik toladan
toʻqilgan koʻylakka nisbatan esa 32,5% ni tashkil etadi.
7.5-jadval.
AQSH da turli hil materiallardan tayyorlangan tovarlarga nisbatan
qoʻllaniladigan tariflar
Kostyumlar
Koʻylaklar
Ipak
1,9
1,9
Jun
12,0
14,3
Paxta
11,3
20,0
Xarajatlar
( doll .)
Tarif
stavkalari . %.
Tariflarga
xarajatlar ( doll .)
Oziq - ovqat(uyda)
1005
1 - 13
14
Kiyin - kechak
1440
5 - 30
212
Poyabzal
41 1
10 - 30
68
Boshqa tovarlar
67
0 - 11
8
Ilmiybaza.uz
Sintetika
29,0
32,5
Mazkur tarif tovarning qayta ishlanganlik darajasiga qarab mutanosib
ravishda ortib boraveradi. Tarif eskalatsiyasidan sanoat jihatdan taraqqiy etgan
mamlakatlar
rivojlanayotgan
mamlakatlarga
nisbatan
keng
miqyosda
foydalanishadi.
7.5-jadvalda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan
qoʻllaniladigan tarif eskalatsiyasiga oid misollar keltirilgan.
7.6-jadval
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan qoʻllaniladigan
tariff eskalasiyasi
(Tovar baxosiga nisbatan foizda)
Tovar nomi
AQSH
Buyuk
Britaniya
Yevropa
ittifoqi
Shvetsiya Yaponiya
Teri homashyosi
1,1
5,4
0,0
0,0
0,0
Teri
9,6
14,9
7,3
7,0
19,9
Teri mahsulotlari
15,5
18,7
14,7
12,2
23,6
poyabzal
16,6
24
19,9
14
29,5
Jun homashyosi
11,4
0,0
0,0
0,0
0,0
Ip-kalava
23
10
5,7
5,8
10
Matolar
50,1
17,5
16
12,8
20
Kiyim-kechak
22,1
20
20,5
14
22
Masalan, Yaponiyada kakao xomashyosiga 0 stavkali, kakao kukuniga 30%,
tayyor mahsulot shokaladga esa 35%li tariflar joriy etiladi. Angliya jun
xomashyosiga nisbatan tariflar joriy etmaydi, ammo jun kalavasiga 15% li va
jundan yasalgan mahsulotlarga esa tovar qiymatiga nisbatan 20% li tarif joriy
Ilmiybaza.uz
etiladi. Tabiiyki, import tariflari tovarning qayta ishlanganlik darajasiga qarab
mutanosib ravishda ortib borar ekan, soliqqa tortish ogʻirligi tovarning barcha
komponentlariga emas, birinchi navbatda, qayta ishlash natijasida yaratilgan
koʻshilgan qiymatga toʻgʻri keladi. Shuning uchun sanoatlashgan eksportga
nisbatan joriy etilgan proteksionistik toʻsiqlar nominal tarif stavkalaridan
birmuncha yuqori boʻladi.
Jahon amaliyotining koʻrsatishicha, taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan
rivojlanayotgan mamlakatlar qishloq xoʻjalik va sanoat mahsulotlari eksportiga
nisbatan qoʻllanilayotgan tariflar kamlik qilsa, ularga notarif xarakterdagi toʻsiqlar
ham joriy etiladi.
Gʻarb mamlakatlarida rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan amalga
oshirilayoggan eksport tovarlarga nisbatan notarif toʻsiqlarni qoʻllashning yetti
yuzdan ortiq hollari kuzagilgan. Ularga miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash va
boshqa turdagi toʻsiqlarni kiritish mumkin. Notarif toʻsiqlarni qoʻllash boʻyicha
yetakchi mamlakatlar qatoriga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya va
Shveysariyani kiritish mumkin.
Tashqi savdoni tartibga solish bilan bogʻliq muammolarni hal etshda qaysi
usullardan koʻproq samarali foydalanish mumkin degan savolni asoslab berish
lozim. Tahlillar koʻrsatishicha, jahon amaliyotida erkin savdo gʻoyasiga xalqaro
tashkilotlarning ustavlarida va xalqaro iqtsodiy munosabatlarga bagʻishlangan
darsliklardagina amal kilishadi.
Hozirgi vaqtda tariflarni qoʻllash borasida muammolarning vujudga
kelishining sababi tarif toʻsiqlaridan foydalanishda qati’y nazorat oʻrnatilishi
hisoblanadi. Mana shunday xalqaro tashkilotlardan biri JST-dir. JSTga qadar
faoliyat yuritilgan Tariflar va savdo boʻyicha bosh kelishuv (GATT) doirasida
asosiy masala oʻzaro savdo munosabatlarida tarif toʻsiqlarini kamaytirishga
qaratilgan edi.
GATT faoliyatidagi asosiy vazifa bojxona bojlarini qisqartirish yoki bekor
qilish
hisoblangan.
1945-1947-yillarda
sanoat
jiqatdan
taraqqiy
etgan
mamlakatlarda bojxona bojlarining oʻrtacha koʻrsatkichi 40 - 60 % ni, ba’zi
Ilmiybaza.uz
mahsulotlar boʻyicha esa 70-90% ni (kimyo maxsulotlari) tashkil etgan. 80-yillarga
kelib bojxona tariflari 3-5 % gacha pasaydi.
GATT qoidalari toʻla kuchga kirgan vaqtdan boshlab sanoat jihatdan taraqqiy
etgan mamlakatlarda import bojlari 3/4 barobarga qisqartirildi. Jumladan,“Tokio
raundi” muzokaralaridan soʻng, bu koʻrsatkich 4,7%ni tashkil etdi. Bojxona
bojlarini kamaytirish masalasi hozirga qadar muhim muammo boʻlib qolmoqda.
7.7-jadval
Mamlakat byudjetiga tariflardan kelib tushadigan tushumlar.
Т/r Mamlakat
Byudjet hajmiga nisbatan foizda
1 Pokiston
30,9
2 Malayziya
28,23
3 Hindiston
24,07
4 Venesuela
18
5 Koreya
14,01
6 Argentina
13,31
7 Rossiya
12
8 Kolumbiya
11,58
9 Gana
40,9
Iqtisodiyotda hukumat tomonidan qoʻllanilgan proteksionistik qadamlar
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarga qisqa hamda uzoq muddatli istiqbolda
davlatning oʻziga turlicha ta’sir koʻrsatadi. Bunday siyosatning ichki bozor uchun
mahsulot ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyalarga ta’sirini koʻrib chiqishdan
boshlaymiz.
Savdo boshlanmasdan avval, mamlakatda 100ta tovar ishlab chiqarilyati va
iste’mol qilinyapti, muvozanat narxi 8 dollarga teng (talab va taklif chiziqlari Ye
nuqgada kesishgan). Agar tovarning Jahon narxi ichki narxdan past boʻlsa,
Ilmiybaza.uz
mamlakatga jahon narxida (5dollar) 120ta tovar kirib keladi, ichki narx jahon narxi
darajasigacha tushib ketadi. Buning natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar faqat
40ta tovar taklif qiladi, iste’mol esa 160taga yetadi.
Buning natijasida ichki ishlab chiqarish 80ta tovarni tashkil qiladi, import esa
40tagacha qisqaradi. Iste’molchilar jami 120 ta tovar sotib oladi. Bojxona boji
oʻrnatish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar A trapetsiyaning yuzasiga teng
boʻlgan qoʻshimcha foyda koʻradi. S toʻgʻri toʻrtburchakning yuzasiga teng boʻlgan
summa bojxona boji sifatida davlat budjetiga tushadi.
7.4-rasm. Import bojining milliy iqtisodiyotiga ta’siri
Boshqacha qilib aytganda, milliy kompaniyalarning ichki bozor uchun
ishlab chiqargan mahsuloglari bojxona soligʻidan ozod boʻlganligi sababli
uning narxi import qilinayotgan ana shunday tovardan sezilarli darajada past
boʻlishi mumkin, bunday sharoitda xoʻjalik yurituvchi subyektlar yangi
texnologiyalar, xomashyo va materiallarni tejash hisobiga xarjatlarini
kamaytirish zaruriyatiga ehtiyoj sezishmaydi.
Ilmiybaza.uz
Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri.Katta mamlakat
uchun import tarifi faqat ichki ishlab chiqarishni himoyalash vositasi boʻlib
qolmasdan, tashqi bozor bilan savdo shartini yaxshilab olish vositasi hamdir.
Eksport tovarlari narxi oʻzgarmagan holda import tovarlar narxining
pasayishi importyor mamlakat uchun savdo shartining yaxshilanishiga olib
keladi.
Katta mamlakat hukumati ichki ishlab chikaruvchilarni xorijiy
raqobatdan himoya qilish maqsadida importga boj joriy qildi. Boj oʻrnatilishi
natijasida tovarning jahon narxi tushadi. Lekin bu tovarning ichki narxi boj
miqdoriga (t) Pw dan Pw+t ga mos ravishda koʻtariladi. Jami taklif chizigʻi
yuqoriga— yangi darajaga suriladi. Taklifning yangi darajasida ichki talab va
jami taklif G nuqtada muvozanatga keladi.
7.5-rasm. Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
Natijada ichki ishlab chiqarish Q1 Q2 gacha ortib, ichki talab Q5 Q4 gacha
kamayadi, import esa QiQs dan Q2 Q4gacha qisqaradi.
Import tarifi joriy qilinishi natijasida iste’molchilarning zarari а+b+s+dga teng
boʻldi. Kichik mamlakatda boʻlgani kabi import bojining ta’sirini ikkiga ajratish
mumkin: qayta taqsimlanish samarasi va yoʻqotish samarasi.
Ilmiybaza.uz
7.6-rasm. Tarif kvotasi
Katta mamlakat misolida daromad samarasi ichki daromad va savdo sharti
samarasiga ajraladi. Ichki daromad samarasi daromadning ichki iste’molchilardan,
savdo sharti samarasi esa daromadning xorijiy ishlab chiqaruvchilardan davlat
budjeti foydasiga qayta taqsimlanishini bildiradi.
Tarif kvotasi. Import boji ichki qarama-qarshilikka ega ya’ni ishlab
chiqaruvchilar, bir tarafdan, xalqaro raqobatdan qutulish maqsadida import bojidan
manfaatdor boʻlsa, ikkinchi tomondan, ish vaqtidan tashqari vaktda iste’molchi
sifatida import tarifiga qarshidirlar. Bu ziddiyat qisman tarif kvotasini joriy qilish
orqali hal etiladi.
Tarif kvotasi — oʻzgaruvchan bojxona boji koʻrinishi boʻlib, boj stavkasi
miqdori import qilinadigan tovar hajmiga bogʻliq boʻladi: ma’lum chegaradagi
importga pastroq mikdordagi boj, bu chegaradan oshib ketganda yuqoriroq boj
oʻrnatiladi.
Ilmiybaza.uz
7.3 1.
Rivojlangan
mamlakatlar
tomonidan
qoʻllaniladigan
yuqori
tariff
stavkalari
rivojlanayotgan
mamlakatlar
iqtisodiyotiga qanday ta’sir koʻrsatadi?
2.
Tarifni tartibga solishning afzalliklari va kamchiliklari
nimalardan iborat?
?
7.4.
Tarif
siyosatining
afzalliklari,
kamchiliklari
va
zamonaviy
tendensiyalari
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi cheklashlar siyosatini keng koʻlamda va
faol amalga oshirish davlatga qisqa muddatda muvaffaqiyat olib kelishi mumkin.
Ushbu yutugʻlarga milliy korxonalarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, boj, soliq,
yigʻimlar hisobiga budjet daromadini koʻpaytirish, iqtisodiy xavfsizlik va mudofaa
qobiliyatini ta’minlash orqali erishish mumkin.
Amalda esa bu taktik ustunliklar strategik, uzoq, muddatli istiqboldan kelib
chiqqan holda, qarama-qarshi tomonga oʻzgaradi. Davlatning tarif miqdoriga
koʻpaytirilgan import miqdoriga teng iqtisodiy yutugʻi iste’molchilar tomonidan
davlat foydasiga toʻlaydigan transfer toʻlovi hisoblanadi. Albatta, mablagʻlarning
bir qismi ijtimoiy ehtiyojlar (oyliklarni oshirish, nafakalar toʻlash)ga sarflanishi
mumkin, biroq transferlarning aksariyat qismi byurokratik oʻzboshimchalik va
mablagʻlarni davlat tashkilotlari orqali oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlar tufayli
qaytarib berilmaydi.
Shuningdek, boshqa mamlakatlarning proteksionistik javob tadbirlarini ham
e’tiborga olish lozim. Bu tadbirlar tufayli tovar aylanmasi hajmi kamayadi, ish
joylari qisqaradi, natijada qator kompaniyalarning mahsulotlari milliy bozordan
arzonroq va sifatsizroq tovar ishlab chiqaruvchi foydasiga siqib chiqariladi,
Ilmiybaza.uz
kompaniyalarning mahsulotlari milliy bozordan arzonroq va sifatsizroq tovar ishlab
chiqaruvchi foydasiga siqib chiqariladi.
Iste’molchilarning aksariyat qismi “belbogʻlarini mahkam boylab olishlari”
kerak boʻladi, chunki oddiy odamlarning daromadlari ishlab chiqaruvchilar
foydasiga qayta taqsimlanadi, zero, bojxona tarifi joriy etilishidan avvalgi va
keyingi ichki narxlardagi farq iste’molchilar zimmasiga tushadi. Faqat importning
oʻrnini qoplash sohasidagi kompaniyalarning aksiyalariga ega boʻlgan uncha katta
boʻlmagan ayrim guruhlarga kiruvchi iste’molchilar olib kirish bojlaridan daromad
olishi mumkin. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida proteksionistik siyosatni
amalga oshirish narxning yuqoriligi sababli ichki iste’molning kamayishiga, soliq
bazasining qisqarishiga va umuman, jamiyat uchun sof yoʻqotishlarga olib keladi.
Jahon amaliyoti koʻrsatishicha, proteksionistik siyosat bosqichma-bosqich
totalitar rejimlar tomonidan ma’muriy-buyruqbozlik tizimida cheklangan makon va
zamonda amalga oshirilgan Proteksionizmning salbiy xususiyatlariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
Aholi turmush darajasi harajatlar ulushining ortib ketishi tufayli
pasayishi. Import bojlari kiritilganidan keyin xaridorlar ichki bozorga olib kirilgan
tovarlar uchun yanada koʻproq haq toʻlashga majbur boʻlishadi. Bu
investitsiyalarga aylanishi mumkin boʻlgan aholi jamgʻarmalarining kamayishiga
olib keladi.
Aksariyat mamlakatlar tomonidan tarif cheklashlarining joriy
etilishining zanjir reaksiyasi bilan bogʻliq xalqaro koʻpaytiruvchi samarasi vujudga
kelishi.
Milliy iqtisodiyotda samarasiz sohalar va korhonalarning saqlanib
qolishi. Turli imtiyozlar berilishinatijasida ishlab chiqaruvchilarda mahsulot ishlab
chiqarish harajatlarini kamaytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga
ragʻbat boʻlmaydi.
Iqtisodiy sohada korrupsiya va egallangan mansab, lavozimidan
foydalanishning qurilishlari keng tarqaladi.
Ilmiybaza.uz
Milliy iqtisodiyotning «yopiqligi», odatda, TIFning kriminallashuvi
uchun ozuqa muhiti yaratadi. Hukumatning TIFni tartibga solish boʻyicha chora-
tadbirlar kompleksini joriy etishga majbur etuvchi omillar tarkibida quyidagilarni
ajratish mumkin:
iqtisodiyotning yangidan shakllanayotgan sohalarini qudratli xorijiy
kompaniyalar raqobatidan himoyalash ;
davlat koʻmagisiz tuzilmasini qayta qurishning iloji boʻlmagan
jahon bozorida raqobatbardosh boʻlmagan «eski» sohalarni qoʻllab
quvvatlash;
kamsituvchi savdo siyosati amalga oshirayotgan mamlakatlar yoki
kompaniyalarga javob tariqasida demping va horijiy raqobatning boshqa notarif
usullari bilan kurashish;
jahon bozor konyukturasidagi tebranishlarning milliy iqtisodiyotga
ta’sirini kamaytirish. Bu omil homashyo va tabiiy resurslar eksport qiluvchi
mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi;
byudjetning daromat qismini shakllantirish, koʻpaytirishoʻtish davri
iqtisodiyoti va rivojlangan mamlakatlarda aksariyat hollarda proteksionizm
siyosatining tarkibiy unsurlari boʻlgan bojhona bojlari va boshqa egri soliqlar
hisobiga amalga oshiriladi.
Tarif
usullarini qoʻllash tarafdorlarining fikricha, tariflarning
iqtisodiyotga ta’siri quyidagicha boʻladi:
tariflar yosh tarmoqlarni himoya qilishga xizmat qiladi;
davlat byudjetining daromad manbayi sifatida foydalaniladi;
mamlakat ichkarisida daromadni qayta taqsimlash faollashadi;
arzon horijiy
ishchi
kuchini
jalb etish imkoniyati
yaxshilanadi;
mamlakatning homashyo ishlab chiqarishga ixtisoslashuvining oldi
olinadi.
Ilmiybaza.uz
Tarif usullarini qoʻllashga qarshi boʻlganlarning fikricha, tariflarning
iqtisodiyotga salbiy ta’siri quyidagilarda namoyon boʻladi:
tariflar tashqi savdoni cheklash, dunyo ishlab chiqarishi hajmining
qisqarishiga sabab boʻladi;
mamlakatlar oʻrtasida tovarlarning optimal taqsimotiga
toʻsqinlik qiladi;
iste’molchiga soliq yukining ortishiga sabab boʻladi;
importga belgilangan tariflar eksport hajmining qisqarishiga
tasir qiladi;
tariflarning belgilanishi mamlakatdagi ishsizlik darajasining oshishiga
sabab boʻladi.
Shunday qilib, proteksionizm tashqi savdo operatsiyalariga turlituman
cheklashlarni joriy etuvchi davlatga vaqtinchalik, taktik yutuq keltirsada, strategik,
uzok muddatli strategiyada istiqbolsiz siyosat hisoblanadi. Bu siyosat ХХ asr
tajribasidan ma’lumki, aholi turmush darajasi va farovonligining pasayishiga olib
keladi.
TUSHUNCHA VA IBORALAR
Tashqi
savdo
siyosati-milliy
iqtisodiyotning
tashqi
bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab
chiqaruvchilarni himoya qilishga, qoʻllab –quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar
yigʻindisi.
Erkin savdo siyosati ‒Tashqi savdodagi toʻsiqlarni minimallashtirish
siyosati.
Proteksionizm ‒ tarif va notarif instumentlarni qoʻllash yoʻli bilan
ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoya qilishning davlat siyosati.
Tarif eskalatsiyasi ‒ tovarlardan undiriladigan import bojining
mahsulot qayta ishlanganlik darajasining chuqurlashuviga mos ravishda ortib
borishidir.
Ilmiybaza.uz
Bojxona boji ‒ bojxona organlari tomonidan tovarlar import va
eksport qilinayotganda undiriladigan hamda eksport-imtortning sharti hisoblangan
majburiy toʻlov.
Optimal
tarif
stavkasi
‒
iqtisodiy
farovonlik
va
milliy
maxsulotlarning raqobatdoshligini maksimal ta’minlab beradigan tarif darajasi.
Tarif kvotasi ‒ oʻzgaruvchan bojxona boji koʻrinishi boʻlib, boj
stavkasi miqdori import qilinadigan tovar hajmiga bogʻliq boʻladi: ma’lum
chegaradagi importga pastroq mikdordagi boj, bu chegaradan oshib ketganda
yuqoriroq boj oʻrnatiladi
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1.
Tashqi savdoni tartibga solish zaruriyati nimada?
2.
Tashqi savdo siyosati nima va uning qanday shakllari mavjud?
3.
Tashqi savdo siyosatining yoʻnalishlari va dastaklari nimalardan
iborat?
4.
Bojxona boji nima va u qanday mezonlar boʻyicha guruhlanadi?
5.
Bojxona boji qanday vazifalarni bajaradi?
6.
Rivojlangan mamlakatlar tomonidan koʻllaniladigan yuqori tarif
stavkalari rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga qanday ta’sir koʻrsatadi?
Tariflarning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri qanday samaralarni
yuzaga keltiradi?