TASVIRIY FAOLIYAT MASHG'ULOTLARIDA BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
19,1 KB
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG'ULOTLARIDA BOLALARNI
MAKTABGA TAYYORLASH
Reja:
1.Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash
2. Mashg'ulotga tarbiyachining tayyorlanishi
3. Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish
4. Mashg'ulotlarni kuzatish bo'yicha umumiy ko'rsatmalar
Tayanch so’zlar: Rasm, loy, qirqib yopishtirish, ta'sviriy faoliyat, rasm chizish,
badiiy ijod, estetik sezgi, san'at asarlari
Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi va maktabda
tasviriy san'at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni
tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mashg'ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qib
ketishlari uchun zarur bo'lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari
jarayonida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi
jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o'z
harakatini o'rtoqlarining harakatiga bo'ysindirishga o'rganadilar. Bolalar bog'chasida
tasviriy faoliyat mashg'ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur bo'lgan malaka va
ko'nikmalarni shakllantiradi. Bunday malaka va ko'nikmalarga: topshiriqni tinglash
va yodda tutish, ma'lum vaqt orasida bajarish, o'z ishini rejalashtirish va baholash,
boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish,
material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi.
Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, bolalar bog'chasida
ta'lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni maktabga tayyorlashga katta ta'sir
ko'rsatadi. Shuningdek, psixologlardan E.A.Labunskiy va boshqalar tomonidan
maktab o'quvchilarining tasviriy faoliyatini o'rganish jarayonlari shuni ko'rsatib
o'tadiki, maktabda tasviriy san'at darslarining tuzilishi, bolalar bog'chasida olgan
bilim, malaka va ko'nikmalari asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar
asosan amaliy ish bajaradilar, san'at asarlari bilan rasmga qarab hikoya qilish,
kitobdagi illustratsiyalarni ko'rib chiqish jarayonida tanishadilar. Maktabda tasviriy
san'atning turlari - rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san'at asarlari
bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta'lim muassasasida tasviriy
faoliyal mashg'ulotlari xilma-xildir. Masalan, rasm, mazmunli dekorativ va loy
applikatsiya
mashg'ulotlari.
Maktabgacha
ta'lim
muassasalarida
barcha
mashg'ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san'at darslarida rasm
(naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o'tkaziladi. Bunda predmetli rasm
bo'yicha naturaga qarab rasm chizish o'quv predmeti alohida ahamiyatga ega bo'ladi.
Loy applikatsiya, qurish-yasash bo'yicha amaliy ishlar maktabda qo'l mexnatiga
kiritiladi. Boshlang'ich sinf tasviriy san'at dasturining tahlili shuni ko'rsatadiki,
predmetli, rasm bo'yicha o'quv vazifalari ancha murakkab tarzda kiritilishidan
tashqari, bolalar bog'cha dasturi bo'yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi. 1-sinfda
bolalar doira, kvadrat, to'rtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo'lgan predmetlarni
aniqlashga o'rganadilar, bog'chada bolalar oldiga qo'yilgan vazifa rasm chizish
texnikasini egallashdir. Bunga sabab, hamma bolalar bog'chadan maktabga
kelmaydilar va shu bois bolalar bilan ishni maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda
olgan bilimlardan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta'lim
muassasasida o'tkaziladigan mazmunli rasmning davomi sifatida o'tkaziladi. Bolalar
tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko'rib chiqadilar, so'ng xotiralariga
asoslanib,
ularni
chizadilar.
O'quvchilar
ob'ektlar
o'rtasidagi
mazmunli
bog'lanishlarda uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm
bo'yicha maktabda texnik tartibga doir vazifalar qo'yiladi, ya'ni naqsh tuzilishi ketma-
ketligida tasviri bilan birgalikda, yordamchi chiziqlardan foydalanish va o'z
ixtiyorlari bilan xalq amaliy-dekorativ san'at elementlaridan foydalanish va san'at
haqida o'tkaziladigan dars-suhbat jarayonida o'rganadilar. Bolalarni tasviriy san'atga
o'rgatish metodlari bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi.
Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik o'quvchilarning ish
xususiyatlari o'rtasida ancha yaqinlik bor. Shuning uchun u yoki bularni o'rgatish
metodikasi o'rtasida ham ko'p o'xshashlik bor. Maktabda o'qituvchining rasmini ba'zi
bir elementini ko'rsatish va shu jarayonida tushuntirish tarbiyachining ish usullarini
ko'rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli ko'rinishda
bo'ladi. Agar tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo'lsa, tartib
tushuntirilgandan so'ng, o'chirib tashlanadi. Agar murakkab tuzilishga ega bo'lgan
predmet tasvirlansa, o'qituvchining doskada ko'rsatib berishi bilan ketma-ket
tasvirlanadi. O'qituvchi predmetning umumiy konturini qalamning uchi bilan
yengilgina belgilab chiqadi hamda uning kengligini, balandligini ham ko'rsatadi.
So'ng o'quvchi predmetining xomaki rasmi bilan naturani solishtirib, uning qismlarini,
shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko'rsatish va tahlil qilish uchun rasmlar
to'plarni, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o'quv xarakteriga ega
bo'lgan alohida rasmlardan foydalanadi. Rasm bo'yicha o'tkaziladigan har bir dars
o'qituvchining suhbatidan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan
boshlanadi. Ishning amaliy bajarilishiga o'tishda o'qituvchi bolalarning tartibli
ravishda chizish qoida va yo'llarni eslatib turadi. Katta bog'cha yoshidagi bolalar va
kichik maktab o'quvchilarining ishiga yoki rasmiga qo'yilgan talablar bir-biriga juda
yaqin. Bolalar ishini tahlil qilishda diqqatni predmet proportsiyasi, konstniksiyasi,
qismlarining bog'liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga tortish lozim. Shunday qilib,
boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, bolalar
bog'chasida olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg'ulotlari bilan uzviy ravishda olib
boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta'lim muassasasida amalga
oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasida katta guruhdagi kuzatishlar bo'yicha
rasm chizishga katta e'tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm
chizishga tayyorlashda dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko'rish
xotirasini rivojlantiradi, ba'zida predmet bolalarda natura sifatida to'g'ri tasvirga
yordam beradi. Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyati mashg'ulotlarida,
qalamdan, mo'yqalamdan erkin foydalanishga o'z xarakterini va qo'l kuchini idora
etishga o'rganadilar. Bu malakani egallash, bolalarda qo'lini yengil, erkin, bir
tekisdagi harakat qilish xususiyatlari rivojlanadi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi,
turli proportsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga
qarab yo'nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning uzunligiga mos
ravishda harakatlanishga o'rganadilar. Maktabgacha ta'lim muassasasida olib
boriladigan tasviriy faoliyati materialdan toza va tartibli foydalanishga o'rganadilar,
ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish
yo'llarini rejalashtirishga o'rganadilar, katta ahamiyat beriladi. Bu mashg'ulot
bolalarda diqqatni, ko'rish xotirasini rivojlantiradi. Bolalar bog'chasining tayyorlov
guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirga nisbatan talablar oshadi va bu
talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Bolalar naturani tahlil qilishga butun umumiy
shaklni qog'ozga xomaki tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va
kamchiliklarini to'g'rilashga, naturaga o'xshatishga urinadilar. Naturaga qarab
tasvirda ishning kclma-ketligini ko'rsatish, maktabgacha ta'lim muassasining
tayyorlov va katta guruhida o'rganishning boshlang'ich bosqichidagina amalga
oshiriladi. Ko'rsatishdan doimo foydalanish, bolalarni rasmni mcxanik ravishda
ishlashga odatlantirib qo'yadi. Bolalarning tasviriy faoliyati mashg'ulotlari geometrik
shakllarni topa yoki ko'ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi, kattaligi,
n/.unligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishi bilan
tnnishishni bolalarni maktabning 1-sinfida elementar matcinatik tushunchalarini
puxta egallashlariga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim muassasasida kerakli
materiallardan qurish-yasash bolalarda ko'z bilan chamalashni shakllantiradi va
bolalarni maktabdagi Icxnik darslarni cgallashiga yoki o'zlashtirishiga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining katta guruhidagi naturaga qarab rasm chizish
mashg'ulotlarda mantiqiy fikr yuritishga, kuzatishga, asosiy ajratib ko'rishgn
predmetning fazoviy xususiyatlarini tahlil qilishga, o'zlari mustaqil ravishda tasviriy
vositalarni tanlashga o'rganadilar. Biilarning hnmmasi esa maktabda o'qish
jarayonida zarurdir. Shunday qilib, bolalarning tasviriy faoliyati mashg'ulotlarida
maktabda o'qishga tayyorlash axloqiy, estetik tarbiyalab, ulardabadiiy did va ijodiy
qobiliy.it larni o'stiradi.Mashg’ulot ta`lim muassasida bolalarga ta`lim berishning
asosiy shaklidir. Mashg’ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan
frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta`lim berishni kun davomida
amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madaniyati,
gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko’nikmalarini
shakllantirib boradi. Ammo ta`lim berishda bosh rolni mashg’ulot egallaydi.
Mashg’ulotlar
maktabgacha
ta`lim
muassasasida
ta`limni
tashkil
etish
shaklidir.Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega:
birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta`sir etishadi, o’z tashabbusi,
topog’onligini namoyon qilish imkoniyati tug’iladi. Bolalar oldiga umumiy zo’r
berishning talab etuvchi vazifa qo’yilganda birgalikda qayg’urishadi, jamoatchilik
xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini
birgalikda bajarish, umumiy raqs-o’yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish,
o’qishda paydo bo’lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do’stona
jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg’ulotda ta`lim berish orqali bolalarda
maktabdagi o’qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o’zini tuta olish,
mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to’g’ri sifatlar hosil
qilinadi.
Test.
1. Ta'sviriy faoliyat haqida to’g’ri xukmni aniklang
a) tushuntirish, bayon qilish, xikoya qilish
v) savol-javob, so’zlashish, so’zlab bеrish
s) savollarga javob bеrish, ukib bеrish
d) mavzuga doir savol-javobdan iborat bulgan dialogik nutq
е) barcha javoblar noto’g’ri.
2. Ta'sviriy faoliyat mеtodini tavsiya etgan buyuk mutafakkirlarni aniklang.
a) Abu Rayxon Bеruniy, Ibn Sino
v) Ibn Sino, A. Navoiy, Z. Bobur
s) Burxoniddin Zarnuji, Ibn Sino, Farobiy
d) Farobiy, Al Xorazmiy
е) b va d javoblar.
3. Suhbat mеtodining turlari to’g’ri bеrilgan javobni aniklang.
a) kundalik xayotiy voqеalar xakida suhbat
v) kuzatish, sayr, ekskursiyaga chikishdan oldingi suhbat
s) kirish suhbati, asosiy suhbat, yakuniy suhbat
d) badiiy-adabiy asar, sayr xakida suhbat
е) a va s javoblar.
4. Kuyidagi xukm suhbatning kaysi turi xakida ekanli-gini aniklang.
Bolalarni mashg’ulot, sayr, ekskursiya, kuzatish jarayoni-dagi topshiriklarni
bajarishga jalb etadi.
a) savol-javob tashkil etish.
v) kirish suhbati
s) asosiy suhbat
d) yakuniy suhbat
е) barcha javoblar to’g’ri
5. Kuyidagi xukm kanday suhbat xakida ekanligini aniklang.
Bolalarning oldingi bilim-tajribalari asosida tash-kil etiladi, bolalarning
savolga anik, lunda tartibli javob bеrishi talab etiladi.
a) oddiy savol-javob, so’zlashish.
v) yakuniy suhbat
s) kirish suhbati
d) asosiy suhbat
е) a, v va s javoblar.
6. Kuyidagi fikr muallifi to’g’ri bеrilgan javobni aniklang.
“Siz buxbatda xayrixoxlik talablariga rioya kilgan xolda ish kursangiz, yuldan
adashmaysiz.”
a) B. Zarnuji
v) A. Farobiy
s) A. Navoiy
d) Ibn Sino
е) a va b javoblar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. T.: «Ilm ziyo».
2006.
Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. T.: «Fan va
texnologiya», 2010.
Hasanboyeva O.U va boshqalar. Oila pedagogikasi. G«G«Darslik T:-
«Aloqachi» 2007.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar tahriri
ostida. T: O'qituvchi, 1991.
Uchinchi ming yillikning bolasi. Ma'rifat-madadkor. T. 2002.
Bolalar bog'chasida estetik tarbiya (N.A.Vetlugina tahriri ostida). T., O'qituvchi,
1981.
Loginova V.I., Samarukova T.G. tahriri ostida. Maktabgacha tarbiya
pedagogikasi. 2 qismli. 1- qism. T: O'qituvchi, 1991.
T.S.Komarova. Metodika
obucheniya
izobrazitelnoy
deyatelnosti
i
konstruirovaniyu. M.: Prosveshenie, 1991.
Teoriya i metodika izobrazitelnoy deyatelnosti v detskom sadu.
M.: Prosveshenie. 1997.
Sakulina N.P. Risunok, applikatsiya, rabota s glinoy v detskom sadu.
M.: Prosveshenie, 1993.\
L.V.Kutsakova. «Konstruktirovanie i ruchnoy trud v detskom sadu».
M.: «Prosveshenie», 1990.
O. Jamollidinova. «Katta bog'cha bolalarini xalq hunarmandchiligiga o'rgatish
bo'yicha ish dasturi» T.: 1996.
Z.V.Lishtvan. «Konstruirovanie» M.: «Prosveshenie».1981g. M.A.Gusakova.
Applikatsiya. M.., «Prosveshenie» 1977.Sakulina N.P. Risunok,
applikatsiya, rabota s glinoy v detskom sadu. M.: Prosveshenie. 1993.