TERI FIZIOLOGIYASI
Reja:
1.Terining tuzilishi, vazifasi va ahamiyati.
1. Ter suyuqligining ajralishi va boshqarilishi.
2. Terining yo bezlari va teri pigmentasiyasi.
3. Teridagi mavsumiy o‘zgarishlar va tulash.
Tayanch iboralar
Teri organizmning tashqi tomondan o‘rab olgan bo‘lib, organizmni tashqi
tomondan bo‘ladigan turli tuman ta’sirotlardan soqlaydi va termoregulyasiyada
ishtirok qiladi. Teri ayiruv organ vazifasini bajarib, organizmdan suv, tuz va oqsil
almashinuvining oxirgi mahsulotlarini bir qismini tashqariga chiqaradi. Teri qon
deposi vazifasini bajarib, unda 10% atrofidagi qon depolangan holatda saqlanadi.
Terida juda ko‘p retseptorlar bo‘lib, issiqlikni sezuvchi Ruffin tanachalari,
sovuqlikni sezuvchi Krauze kolbochkalari, taktil ta’sirni sezuvchi Meysner
tanachalari va Markel disklari, bosimni sezuvchi Fatter-Pachchini tanachalari va
og‘riqni sezuvchi hamda boshqa retseptorlar joylashgan.
Teri organizmda moddalar almashinuvida ishtirok yetib, organizmda
kechayotgan jarayonlar va ularning o‘zgarishi terida o‘z aksini topadi, ya’ni teri
ustidagi junlar holatiga, yaltiroqligiga qarab organizm holati to‘g‘risida
tushunchalarga yega bo‘linadi.
Teri harakatchan, yelastik organ bo‘lib, muskullar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tutashmasdan, teri osti kletchatkasi orqali tutashgan.
Teri uch qavatdan iborat bo‘lib, tashqi qavati yepidermis, derma-xususiy
yoki chin teri, teri osti kletchatkasidan iborat.
Yepidermis tashqi qavat bo‘lib, bir necha qavat yassi epiteliylardan tuzilib,
tashqi qismi doimo shoxlanib-mug‘izlanib, uzluksiz ajralib tushib tursa, ichki
donador qavat malpigiy qavati hisobiga tiklanib, bu qavatda qon tomirlari yo‘q
lekin lifa tomirlari bo‘ladi.
Yepidermis va derma nozik yupqa parda orqali tutashib, shu parda orqali
har ikkala qatlamda moddalar almashinuvi yuzaga kelib turadi.
Derma terining asosini tashkil yetib, terining qalinligi dermaning taraqqiy
yetganligiga bog‘liq. Sigirlar terisining 88,2% derma, 9,6% teri osti
kletchatkasidan iborat. Dermada qon tomirlar, nerv, muskul tolalari ko‘p. Dermada
ter va yog‘ bezlari, jun sugunalari bor. Dermaning qalinligi har xil turdagi
hayvonlar terisida har xil va bir turdagi hayvon terisining turli qismlarida ham bir
xil bo‘lmay, hayvonlarning yoshiga, jinsiga, zotiga va yashayotgan iqlim sharoitiga
bog‘liq. Masalan: tana va yelka qism dermasi qorin-nikidan, qoramollar dermasi
cho‘chqa, ot va qo‘ylar dermasidan, erkak va keksa hayvonlar dermasi yosh,
urg‘ochi hayvonlar dermasidan, sovuq iqlimda yashovchi hayvonlar dermasi issiq
iqlimda yashovchi hayvonlar dermasidan qalindir. O‘rtacha qoramollarda terining
qalinligi 2,7-4,6 mm, otlarda 1-5 mm, qo‘ylarda 0,7-3,09 mm dir.
Teri osti kletchatkasi biriktiruvchi to‘qimalardan iborat bo‘lib, ko‘p
miqdorda yog‘ bo‘ladi. Yog‘ning miqdori bir turdagi hayvonlarning turli individ-
larida va turli hayvonlarda turlichadir.
Terida oqsillar ham bo‘lib, qoramollar terisining I.A.Troiskiy takid-lashicha
32,5-34,5% oqsillar va 60-68% ni suv tashkil yetadi. Teri qoramollar tirik
vaznining 6-8%, qo‘ylarda 5-7,3% ni tashkil yetib, teri ter suyuqligini ajratish –
terlash vazifasini bajaradi.
Ter suyuqligi ter bezlarida hosil bo‘lib, shu suyuqlik orqali organizmdan
belgili miqdordagi issiqlik, suv va mineral tuzlar chiqarilib organizmni ichki
muhitini bir xil saqlanishini ta’minlaydi.
Terlashning ahamiyati katta bo‘lib, terlaganda organizmdan issiqlik chiqa-
riladi, ichki ya’ni qon, limfa, to‘qimalar aro suyuqliklardan suv va tuzlarni
tashqariga chiqarib osmatik bosimni bir xilda saqlab, chiqindi moddalarni
tashqariga chiqaradi.
Ter bezlari tananing yuzasida notekis joylashib, sekretor epiteliylar faoliyati
tufayli ter suyuqligi uzluksiz hosil bo‘lib turadi. Ter bezlarining miqdori bir individ
terisi va turli xil hayvonlar terisining turli qism-larida bir xil miqdorda bo‘lmaydi.
Jumladan ter bezlari qoramollarning bosh qismida boshqa qismlaridagidan ko‘p
bo‘lib 1 sm2 yuzada 2500 ta, otlarda 1500 ta, qo‘ylarda 500 ta, odamlarning qo‘l,
oyoq, kaft, qo‘ltiq qismida 400-500 ta, kemiruvchilarda kam, yirtqich hayvonlarda
yesa bo‘lmaydi.
Teri suyuqligining miqdorini aniqlash ancha qiyin bo‘lishiga qaramasdan
bir qancha usullar yordamida aniqlanadi:
1. Terining yelektor qarshiligini aniqlash.
2. Terining ma’lum qismiga Petri kosachasini qo‘yib, ma’lum vaqt davomida
ajralgan ter suyuqligini yig‘ib, Petri kosachasini yuzasini bilgan holda hayvon
terisini hamma yuzasidan ajralgan ter suyuqligini miqdorini aniqlash mumkin.
Terlash hayvonlarning turiga, zotiga, organizmning holatiga, iqlim
sharoitiga bog‘liq bo‘lib, otlar bir kunda 2 litrgacha odamlarda 1,5-2,5 litrgacha ter
suyuqligi ajralib, tashqi muhit harorati yuqori bo‘lganda va tana haroratini
oshiruvchi boshqa sabablar: jismoniy ish, katta miqdorda suyuqlik iste’mol qilish
ter ajralishini kuchaytiradi. Buyrak kasalliklari vaqtida ter bezlari orqali ajraladigan
suyuqlik 2-3 barobar ortib tarkibi o‘zgaradi ya’ni mochevinasi ko‘payadi.
Ter suyuqligi kuchsiz ishqoriy muhitga yega bo‘lib, rN 6,7-6,8 ga teng,
solishtirma og‘irligi 1,005-1,021, yopishqoqligi 1,2 teng ekanligini I.A.Troi-skiy,
A.A.Kudryavsevlar aniqlagan. Tabiiy sharoitlarda ter va yog‘ bezlarining
suyuqliklari aralash bo‘lib, kislotali muhitga yega, tarkibida NaCl, Kcl, Sa tuzlari,
fosfatlar, sulfatlar, organik moddalardan oqsillar, mochevina, siy-dik kislotasi,
kreatin, ammiak, uchuvchi yog‘ kislotalari, pigmentlar, vitaminlar va boshqa
moddalar uchrab otlarning ter suyuqligini umumi azoti 28% mg, globulinlari
0,55% mg, albuminlari 0,15% mg bo‘lib, oqsili 0,7% mgdir.
Ter ajralishi neyro-gumoral yo‘l bilan boshqarilib, orqa miyaning bel
qismidan simpatik nerv kelib, uning oxirida asetilxolin ajralib ter ajra-lishini
kamaytirsa, bu nervning jarohatlanishi jarohatlangan qismda ter suyuqligini
ajralmasligiga sabab bo‘ladi. Adashgan nervning ter ajralishida ishtirok yetishini
I.A.Troiskiy vagotrop modda hisoblangan pilokarpin moddasini yuborib, ter
ajralishini kuchayganligini isbotlagan.
Tananing biror qismini qizdirsa ham tananing barcha qismi ter ajratib bu
ta’sirot orqa miyaning ma’lum qismida to‘xtamay barcha sigmentlarga tarqa-lib, ter
bezlari markazi qo‘zg‘aladi. Shunday qilib, ter ajralishida simpatik va adashgan
nervlar ishtirok yetib, adashgan nerv markazidagi ya’ni uzunchoq miyadagi
markaz, oraliq miyadagi issiqlik almashinuvini boshqaruvchi markaz nazoratida
ishlaydi.
Miya po‘stlog‘i ham ter bezlarining faoliyatini boshqarib, turli yemosi-anal
holatlarda ter ajralishi kuchayib, bu jarayonlar po‘stloq nazoratida ekanligini
bildiradi.
Terida ter bezlaridan tashqari yog‘ bezlari ham bo‘lib, ter yog‘ini ishlab
chiqaradi. Yog‘ bezlarining faoliyati bez hujayralarining yemirilishiga bog‘liq
bo‘lganligi tufayli golokrin tipdadir. Yog‘ bezlari yuzaki joylashib, ularning
yo‘llari jun xaltasiga ochilgan. Yog‘ bezlari parda bilan o‘ralib, sershox xaltani
yeslatadi, xaltalar devori ko‘p qavatli epiteliylardan iborat. Bu epiteliy qavat o‘sib
bez yo‘liga yaqinlashib, yog‘ga aylanib halok bo‘ladi. Teri yog‘i ajralganida suyuq
bo‘lib, tezda quyuqlashadi. Teri yog‘i to‘inmagan gliserin va xoles-terinlarning
yog‘ kislotasi bilan hosil qilgan murakkab yefirlaridan iborat. Teri yog‘i teridagi
kislotalar ishtirokida parchalanib, har xil uchuvchi yog‘ kislo-talarini hosil qilib,
o‘ziga xos xidga yega. Teri yog‘ining ahamiyati katta bo‘lib, homila terisining
yog‘i amnion suyuqligini so‘rilishiga to‘sqinlik qilib, terini silliq qilib, tug‘ilishni
osonlashtiradi.
Qo‘ylarda ter suyuqligi bilan teri yog‘i aralash bo‘lib, jirapot deyiladi.
Jiropot junni yaxshi o‘sishida, to‘g‘ri tola-tola holatida joylashishida, junni
mustahkam bo‘lishida, tolalarni bir-biriga yaxshi yopishib ifloslanmasligini
ta’minlaydi. Jiropot dag‘al tola beruvchilarga nisbatan, ingichka tola beruvchilarda
ko‘p bo‘lib, merinos qo‘ylarda jun umumiy vaznini 7-30% ni tash-kil yetadi.
Toza jirapot lanolin, xolesterin va izoxolesterinlardan iborat bo‘lib,
parfyumeriya va formaseptikada mazlar tayyorlashda foydalaniladi. Yog‘
bezlarining faoliyatiga hayvonlarning oziqalanishi, organizmning holati va boshqa