TERI MAHSULDORLIGI (Quyonlarning teri mahsuldorligi)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
19,6 KB
Ilmiybaza.uz
TERI MAHSULDORLIGI
Reja:
1. Quyonlarning teri mahsuldorligi
Ilmiybaza.uz
Mavzuni o’rganish uchun tayanch iboralar
"Yetti xazinaning biri", fermer, parhyez go’sht, tulash, ensa suyagi, xolsizlanish,
davlat standartlari, navlar, semizlik toifalari, mo’yna va charm –teri, quyonlarda
tulash, mayin momiq, tivit, tivitni qirqish, tarash, uya tiviti va x.k.
1.
Mamlakatimizning
barcha
xududlarida
turli
xil
hayvonlardan
yetishtiriladigan mo’ynalar ichida quyon mo’ynasi salmoqli o’rinni egallaydi.
Quyonlarning sifatli terisidan olinadigan daromad, go’shtidan keladigan foydadan
deyarli qolishmaydi. Quyonni teri yoki go’sht uchun so’yishdan kat’iy nazar
terisining sifatiga ahamiyat berish lozim.
Quyon mo’ynasidan palto, quloqli telpaklar, yoqaliq, nimtaki, bolalar
po’stinlari tayyorlanadi. Quyon charm terisidan qo’lqoplar, sumkalar, oyoq
kiyimlari ishlab chiqariladi.
Quyonlardan sifatli teri olish maqsadida ularni o’z vaqtida so’yish va terisini
sifatiga etibor berish muhim ahamiyatga ega.
Quyonlarni 3-4 oylik bo’lganda tanlab so’yish mumkin. Bunda quyonning
tulash darajasi, ularning junini puflab ko’rib, terini rangiga qarab aniqlanadi. Bunda
tulash jarayonida almashinayotgan jun o’zagi qismidagi teri ko’kimtir rangda
bo’ladi. Terida tulash jarayoni kechayotgan bo’lsa, xatto so’yilgandan keyin ham
bilinadi. Ichki tomonida dog’lari bo’ladi. Junni tortib ko’rish, bilan ham tulash
jarayonini aniqlash mumkin ya’ni tulayotgan jun tolalari qo’lga oson ilashadi.
Quyonlarda tulash jarayoni qish faslida sekinlashadi shu sababli quyonlarni
noyabrdan mart oyigacha teri uchun so’yish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Quyon bolalarini yilning qaysi faslida yoki davrida tug’ilganiga qarab tulash
muddatini tugashi yana takrorlanishigacha bo’lgan davri har xil bo’ladi. Yilning
boshida ya’ni mart oyida tug’ilganlari uchun tulashini tugallanishiga 270 kun, iyun
oyida tug’ilganlariga 190 kun, iyulning oxirilarida tug’ilganlari uchun 150 kun
muddat kerak.
Teri uchun so’yishda sakrash bo’gunidan teri aylantirib kesiladi so’ngra orqa
Ilmiybaza.uz
oyoqni ichki tomonidan kesilib, orqa chiqaruv teshigida birlashtiriladi. Deyarli
qolgan qismdagi teri qo’l bilan meshsimon ajratiladi. Dum umurtqa suyaklaridan
ajratiladi (Bundan oldin oldingi oyoqlardan ko’tarib qorni balandga silanib, siydikni
chiqarish kerak). So’ngra teri pastga tortiladi. Qari quyonlarda quloq tog’ayi,
ko’zlarining atrofi, burun va lablari pichoq yordamida, oldingi oyoqlari kaft
bo’g’inidan kesiladi, quloq tog’aylari ajratilib, yelim tayyorlash uchun yuboriladi.
Ajratilgan teskari holatdagi meshsimon teri maxsus to’g’rilagichlarga
kiydiriladi. To’g’rilagichning uzunligi 100 sm, balandgi eni 50 sm, pastki eni 30 sm
gacha bo’ladi. Yog’ochdan yasalib, terini taranglashga qulay bo’ladi. Teri
tuzlanmasdan shamol tegadigan soyada harorat 300S dan oshmaydigan joyda tik
holatda quritiladi. Quritishdan oldin teridagi yog’ va yot qoldiqlari utmas pichoq
bilan dum tomonidan boshiga qarab tozalanadi. Dastlab ishlangan quyon terisining
vazni 1,1 kg dan kam bo’lmasligi lozim.
Yaxshi qurigan terilar taxlanib, tayyorlov idoralariga yoki shartnoma asosida
qayta ishlovchilarga topshiriladi.
Quyon terisining tovarlik (mahsulotlik) xususiyatlarini uning o’lchami (yuza
sathi), chidamliligi, vazni, jun tolalarining tig’izligi, tashqi ko’rinishi, rangi va
boshqa shu kabi ko’rsatkichlar belgilaydi. Quyon terisining o’lchami ko’zlar
o’rtasidagi chiziqdan dum asosigacha bo’lgan uzunlik hisobida olinib, "D" harfi
bilan belgilanadi:
D:2=0,5D nuqtadan eni o’lchanadi. Shx2=2Sh (chunki teri ikki kavat)
Agar terini umumiy yuzasini "P" bilan belgilasak: P=Dx2Sh, ning SM2
shaklidagi ifodasi kelib chiqadi (D- uzunlik; Sh-eni; P-umumiy yuza)
Davlat standartlari (Uz.DST 3136-37) talabiga ko’ra terilar boshli va boshsiz
holatda ajratiladi.
Quyon terilari hajmiga binoan quyidagi 3 ta guruhga bo’linadi
Guruhlar
Quyon terisining yuza sathi, sm2
Bosh qismli
Bosh qismsiz
Saralangan
1600 dan ziyod
1500 dan ziyod
Yirik
1300 dan 1600gacha
1200 dan 1500 gacha
Ilmiybaza.uz
Mayda
1300 va kam
1200 va kam
Davlat standartiga binoan quyon mo’yna terisi sifat ko’rsatkichlariga ko’ra 4
ta navga bo’linadi.
I - navli teriga asosan qiltiq va tivit tolalari yetilgan terilar kiradi. Terini ichki
tomoni toza bo’lishi kerak.
Shuningdek, birinchi navli teriga ichki qismida ko’k belgilari ozigina bor
bo’lsa, terining umumiy yuzasiga nisbatan 1 % dan oshmasa 1 - navga o’tkaziladi.
II– navga qiltiq va tivit tolalari to’liq yetilmagan terilar kiradi. Terini ichki
qismida to’liq yoki parchalardan iborat ko’kish belgilari mavjud bo’lsada, yag’rin
qismi toza bo’lishi kerak.
III - navga quyon muynasidagi qiltik va tivit tolalari yetilmagan terilar kiradi. Terini
etli qismi yoppasiga ko’kish rangli bo’lishi mumkin.
IV - navga siyrak qiltiq va tivit tolali, shuningdek jadal tulash davrida so’yib olingan
terilar kiradi.