TERI MAHSULDORLIGI (Quyonlarning teri mahsuldorligi)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
19,6 KB
Ilmiybaza.uz
TERI MAHSULDORLIGI
Reja:
1. Quyonlarning teri mahsuldorligi
Ilmiybaza.uz
Mavzuni o’rganish uchun tayanch iboralar
"Yetti xazinaning biri", fermer, parhyez go’sht, tulash, ensa suyagi, xolsizlanish,
davlat standartlari, navlar, semizlik toifalari, mo’yna va charm –teri, quyonlarda
tulash, mayin momiq, tivit, tivitni qirqish, tarash, uya tiviti va x.k.
1.
Mamlakatimizning
barcha
xududlarida
turli
xil
hayvonlardan
yetishtiriladigan mo’ynalar ichida quyon mo’ynasi salmoqli o’rinni egallaydi.
Quyonlarning sifatli terisidan olinadigan daromad, go’shtidan keladigan foydadan
deyarli qolishmaydi. Quyonni teri yoki go’sht uchun so’yishdan kat’iy nazar
terisining sifatiga ahamiyat berish lozim.
Quyon mo’ynasidan palto, quloqli telpaklar, yoqaliq, nimtaki, bolalar
po’stinlari tayyorlanadi. Quyon charm terisidan qo’lqoplar, sumkalar, oyoq
kiyimlari ishlab chiqariladi.
Quyonlardan sifatli teri olish maqsadida ularni o’z vaqtida so’yish va terisini
sifatiga etibor berish muhim ahamiyatga ega.
Quyonlarni 3-4 oylik bo’lganda tanlab so’yish mumkin. Bunda quyonning
tulash darajasi, ularning junini puflab ko’rib, terini rangiga qarab aniqlanadi. Bunda
tulash jarayonida almashinayotgan jun o’zagi qismidagi teri ko’kimtir rangda
bo’ladi. Terida tulash jarayoni kechayotgan bo’lsa, xatto so’yilgandan keyin ham
bilinadi. Ichki tomonida dog’lari bo’ladi. Junni tortib ko’rish, bilan ham tulash
jarayonini aniqlash mumkin ya’ni tulayotgan jun tolalari qo’lga oson ilashadi.
Quyonlarda tulash jarayoni qish faslida sekinlashadi shu sababli quyonlarni
noyabrdan mart oyigacha teri uchun so’yish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Quyon bolalarini yilning qaysi faslida yoki davrida tug’ilganiga qarab tulash
muddatini tugashi yana takrorlanishigacha bo’lgan davri har xil bo’ladi. Yilning
boshida ya’ni mart oyida tug’ilganlari uchun tulashini tugallanishiga 270 kun, iyun
oyida tug’ilganlariga 190 kun, iyulning oxirilarida tug’ilganlari uchun 150 kun
muddat kerak.
Teri uchun so’yishda sakrash bo’gunidan teri aylantirib kesiladi so’ngra orqa