TERMINAL HOLATDAGI BEMORLARGA YORDAM KO’RSATISH, AHVOLI HAQIDA AXBOROT BERISH. QUSAYOTGAN BEMORLARGA YORDAM KO’RSATISH. JAROHATLANGAN SOHAGA MUZ QO’YISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

23,0 KB


TERMINAL HOLATDAGI BEMORLARGA YORDAM KO’RSATISH,
AHVOLI HAQIDA AXBOROT BERISH. QUSAYOTGAN BEMORLARGA
YORDAM KO’RSATISH. JAROHATLANGAN SOHAGA MUZ QO’YISH
Terminal holat (lat. terminalis ohirgi, chegara holat) – bu hayot va o’lim
o’rtasidagi  chegara  holat  bo’lib,  hayotiylik  ko’rsatkichlarini  kritik  darajada
buzilishi  qon  bosimining  keskin  tushib  ketishi,  metobolizm  va  havo
almashinishining  chuqur  buzilishi  bilan  kechadigan  holat.  Terminal  holatlarni
keltirib chiqaruvchi omillaridan jarohatlar, kuyishlar, elektr bilan jarohatlanish,
cho’kish,  mexanik  asfiksiya,  miokard  infarkti,  yurak  ritmini  o’tkir  buzilishi,
anafilaksiya  (hashoratlarni  chaqishi,  dorilarni  yuborilishi)  bo’lib  hisoblanadi.
Yurak  to’xtashini  patogenezi  bitta  etiologik  faktor  ta’sirida  bo’lishi  mumkin.
Sirtmoq xiqildoqni yuqori sohasida siqilishi sababli mexanik asfiksiyada dastlab
nafas  olishni  reflektor  to’xtashi  to’g’ridan  to’g’ri  karotid  sinuslarni  bosilishi
sababli  kelib  chiqadi.  Boshqa  holatlarda  bo’yinni  yirik  tomirlari,  traxeyani
bosilishi, ayrim xollarda bo’yin umurqalarini sinishi, yurak to’xtashiga bir muncha
boshqacha patogentik ko’rinish beradi. Cho’kish vaqtida suv tezda nafas yo’llarini
to’ldirishi mumkin, bu alveolalardagi oksigenatsiya jarayonini to’xtatadi. Boshqa
holatlardagi  o’limlarda  ovoz  tirqishini  kritik  spazmi  sabali  gipoksiyani  kritik
darajasi kelib chiqadi.  Tana orqali elektr tokini o’tishida, hayotiy funksiyalarni
kritik buzilishi mexanizmi kuzatiladi. 
Terminal xolatni uch bosqichli tasnifi keng tarqalgan: predagoniya, agoniya,
klinik  o’lim.  Undan  tashqari,  reanimatsion  muolajalardan  keyingi  holat  ham
kiritiladi. 
Predagonal 
holat: umumiy  karaxtlik,  hushida  emas,
 qon  bosimi
aniqlanmaydi,  pereferik qon tomirlarda puls aniqlanmaydi, lekin son va uyqu
arteriyalarida aniqlanadi; nafas olishni buzilishi xansirash, sianoz va teri qoplamlari
va shilliq qavatlarini rangparligi kuzatiladi. 
Logotip
TERMINAL HOLATDAGI BEMORLARGA YORDAM KO’RSATISH, AHVOLI HAQIDA AXBOROT BERISH. QUSAYOTGAN BEMORLARGA YORDAM KO’RSATISH. JAROHATLANGAN SOHAGA MUZ QO’YISH Terminal holat (lat. terminalis ohirgi, chegara holat) – bu hayot va o’lim o’rtasidagi chegara holat bo’lib, hayotiylik ko’rsatkichlarini kritik darajada buzilishi qon bosimining keskin tushib ketishi, metobolizm va havo almashinishining chuqur buzilishi bilan kechadigan holat. Terminal holatlarni keltirib chiqaruvchi omillaridan jarohatlar, kuyishlar, elektr bilan jarohatlanish, cho’kish, mexanik asfiksiya, miokard infarkti, yurak ritmini o’tkir buzilishi, anafilaksiya (hashoratlarni chaqishi, dorilarni yuborilishi) bo’lib hisoblanadi. Yurak to’xtashini patogenezi bitta etiologik faktor ta’sirida bo’lishi mumkin. Sirtmoq xiqildoqni yuqori sohasida siqilishi sababli mexanik asfiksiyada dastlab nafas olishni reflektor to’xtashi to’g’ridan to’g’ri karotid sinuslarni bosilishi sababli kelib chiqadi. Boshqa holatlarda bo’yinni yirik tomirlari, traxeyani bosilishi, ayrim xollarda bo’yin umurqalarini sinishi, yurak to’xtashiga bir muncha boshqacha patogentik ko’rinish beradi. Cho’kish vaqtida suv tezda nafas yo’llarini to’ldirishi mumkin, bu alveolalardagi oksigenatsiya jarayonini to’xtatadi. Boshqa holatlardagi o’limlarda ovoz tirqishini kritik spazmi sabali gipoksiyani kritik darajasi kelib chiqadi. Tana orqali elektr tokini o’tishida, hayotiy funksiyalarni kritik buzilishi mexanizmi kuzatiladi. Terminal xolatni uch bosqichli tasnifi keng tarqalgan: predagoniya, agoniya, klinik o’lim. Undan tashqari, reanimatsion muolajalardan keyingi holat ham kiritiladi. Predagonal holat: umumiy karaxtlik, hushida emas, qon bosimi aniqlanmaydi, pereferik qon tomirlarda puls aniqlanmaydi, lekin son va uyqu arteriyalarida aniqlanadi; nafas olishni buzilishi xansirash, sianoz va teri qoplamlari va shilliq qavatlarini rangparligi kuzatiladi.
Agonal  holat: quyidagi  simptomokompleks  asosida  aniqlanadi:  hushini
yo’qligi va ko’z reflekslarini yo’qligi, qon bosimi aniqlanmaydi, yirik arteriyalarda
juda sust va pereferik tomirlarda aniqlanmaydi; auskultatsiyada yurak tonlari sust
eshitiladi; EKGda yurak ritmini buzilishi va gipoksiya belgilari qayd qilinadi. 
Klinik o’lim: qon aylanishini butunlay to’xtashidan keyin, nafas va markaziy
nerv sistemasini funksional aktivligini yo’qolishi bilan qayd qilinadi. O’pkalarni
ishlashini to’xtashidan so’ng almashinuv jarayonlari keskin susayadi, lekin anaerob
glikoliz hisobiga to’liq to’xtamaydi. Shu sababli klinik o’lim holatidan qaytarish
mumkin, uni davomiyligi nafas va qon aylanishini to’liq to’xtashidan keyingi bosh
miyani yashashi bilan bog’liq bo’ladi.  
Shu o’rinda miya va biologik o’lim tushunchalarini eslatib o’tish mumkin. 
“Miya  o’limi”  holati  (dekortikatsiya) -  miya  yarim  sharlarini  orqaga
qaytmas zararlanishida qayd qilinadi. Lekin erta davrlarda (klinik o’limni birinchi
soat va kunlarida) bu tashxisni qo’yish juda murakkab. 
Biologik o’lim umumlashtirilgan ko’rinishda xayotiylikni orqaga qaytmas
buzilishida aniqlanadi.  Uni ob’yektiv belgilari bo’lib gipostatik dog’lar  paydo
bo’lishi ko’rsatadi, xaroratni tushishi va murda tanasia mushaklarni qattiqlashishi
aniqlanadi. Ko’pincha potensial sog’lom odamlarda tez o’lim holatlarida bosh
miyani o’rtacha yashashi 3 daqiqani tashkil qiladi. Undan so’ng bosh miyada
orqaga qaytmas o’zgarishlar yuzaga keladi.  Halok bo’lishni erta davrlarida o’limni
barcha turlarida uchta klinik belgilar triadasi aniqlanadi; nafasni yo’qolishi (apnoe),
qon aylanishini to’xtasht (asisitoliya), hushini yo’qolishi (koma). 
   Spontan  nafasni  to’liq  to’xtashi  (apnoe)  vizual  aniqlanadi  –  nafas
ekskursiyasini yo’qligi bilan. Apnoeni vizual diagnostikasi reanimatologdan kuchli
diqqatlilikni, aniq va tez harakatni talab qiladi. To’liq obturatsiya tashhisi sun’iy
nafasni  bosim  ostida  berganda  o’tmasligida  qo’yiladi.  Nafas  yo’llarini
o’tqazuvchanligini  shoshilinch  tiklash  quyidagi  harakatlarni  bajarish  bilan
erishiladi: bemor qulay holatda yotqiziladi; boshini orqaga qilinadi, o’pkaga havo
yuborishga harakat qilinadi.  Yurak urishini to’xtashi simptomiga – son va uyqu
arteriyalarida  puls  yo’qolishiga  asoslanadi.   Puls  yo’qligi  –  yurakni  yopiq
massajiga o’tishga belgi hisoblanadi. Yurak va nafas faoliyatini tiklanish zahotiyoq
Logotip
Agonal holat: quyidagi simptomokompleks asosida aniqlanadi: hushini yo’qligi va ko’z reflekslarini yo’qligi, qon bosimi aniqlanmaydi, yirik arteriyalarda juda sust va pereferik tomirlarda aniqlanmaydi; auskultatsiyada yurak tonlari sust eshitiladi; EKGda yurak ritmini buzilishi va gipoksiya belgilari qayd qilinadi. Klinik o’lim: qon aylanishini butunlay to’xtashidan keyin, nafas va markaziy nerv sistemasini funksional aktivligini yo’qolishi bilan qayd qilinadi. O’pkalarni ishlashini to’xtashidan so’ng almashinuv jarayonlari keskin susayadi, lekin anaerob glikoliz hisobiga to’liq to’xtamaydi. Shu sababli klinik o’lim holatidan qaytarish mumkin, uni davomiyligi nafas va qon aylanishini to’liq to’xtashidan keyingi bosh miyani yashashi bilan bog’liq bo’ladi. Shu o’rinda miya va biologik o’lim tushunchalarini eslatib o’tish mumkin. “Miya o’limi”  holati (dekortikatsiya) - miya yarim sharlarini orqaga qaytmas zararlanishida qayd qilinadi. Lekin erta davrlarda (klinik o’limni birinchi soat va kunlarida) bu tashxisni qo’yish juda murakkab. Biologik o’lim umumlashtirilgan ko’rinishda xayotiylikni orqaga qaytmas buzilishida aniqlanadi. Uni ob’yektiv belgilari bo’lib gipostatik dog’lar paydo bo’lishi ko’rsatadi, xaroratni tushishi va murda tanasia mushaklarni qattiqlashishi aniqlanadi. Ko’pincha potensial sog’lom odamlarda tez o’lim holatlarida bosh miyani o’rtacha yashashi 3 daqiqani tashkil qiladi. Undan so’ng bosh miyada orqaga qaytmas o’zgarishlar yuzaga keladi. Halok bo’lishni erta davrlarida o’limni barcha turlarida uchta klinik belgilar triadasi aniqlanadi; nafasni yo’qolishi (apnoe), qon aylanishini to’xtasht (asisitoliya), hushini yo’qolishi (koma). Spontan nafasni to’liq to’xtashi (apnoe) vizual aniqlanadi – nafas ekskursiyasini yo’qligi bilan. Apnoeni vizual diagnostikasi reanimatologdan kuchli diqqatlilikni, aniq va tez harakatni talab qiladi. To’liq obturatsiya tashhisi sun’iy nafasni bosim ostida berganda o’tmasligida qo’yiladi. Nafas yo’llarini o’tqazuvchanligini shoshilinch tiklash quyidagi harakatlarni bajarish bilan erishiladi: bemor qulay holatda yotqiziladi; boshini orqaga qilinadi, o’pkaga havo yuborishga harakat qilinadi. Yurak urishini to’xtashi simptomiga – son va uyqu arteriyalarida puls yo’qolishiga asoslanadi. Puls yo’qligi – yurakni yopiq massajiga o’tishga belgi hisoblanadi. Yurak va nafas faoliyatini tiklanish zahotiyoq
miya  va  organizmni  sovutish  choralariga  o’tiladi,  ya’ni  miyani  va  a’zolarni
gipoksiyaga chidamliligini oshiruvchi dorilarni yuboriladi.   
Xulosa  qilish  murakkab,  agarda  reanimatsion  muolajalardan  so’ng  qon
aylanishi tiklansa-yu, lekin xushiga kelmasa, sun’iy nafas berish davom ettiriladi.
Jonlantirishni erta bosqichlarida “miya o’limi” haqida gapirish murakkab, shu
sababli reanimatsion muolajalarni davom ettirish lozim. Koma xolatini 6 soatdan
uzoq davom etishida miya faoliyatini to’liq tiklanishiga umid kamayadi; chuqur
komada 24 soatdan keyin keskin kamayadi; 48 soatdan keyin yo’qoladi.   
Agonal  xolatdagi  bemorlarni  parvarishi. Agoniya  –  o’lim  oldi  holati,
modda  almashinuvini  chuqur  buzilishi  va  organizmni  xayotiy  funksiyalarini
so’nishi bilan harakterlanadi.  Agoniyadan so’ng bir necha soniyadan bir necha
daqiqagacha davom etadigan terminal (oxirgi) pauza holati yuzaga keladi. Bu qisqa
vaqt ichida nafas olish dastlab tezlashadi, keyin vaqtincha to’xtaydi, yurak faoliyati
sekinlashadi, ko’z qorachiqlari kengayadi, to’r parda refleksi yo’qoladi. Undan
so’ng yuzaga keladigan bir nechta soniyadan soatgacha davom etadigan agonal
holatda  nerv  tizimini  yuqori  bo’limlarini  faoliyatini  buzilishi;  bosh  miya
funksiyalarini  so’nishi  (hushini  yo’qotish), uzunchoq  miyani  xaotik funksiyasi
(nafas olish juda sustlashadi, noto’g’ri bo’lib qoladi). Arterial qon bosimi nolgacha
tushib ketadi, puls ipsimon bo’lib keyinchalik butunlay yo’qoladi. Tana harorati
tushib ketadi, umumiy talvasa va sfinkterlar paralichi (siydik va axlat tuta olmaslik)
kuzatiladi. Agar agonal holat davom etsa o’pka shishi yuzaga keladi.  Agonal
holatdagi bemorlarni holati, tashqi ko’rinishi:  rangpar va ko’kargan yuzi, sovuq ter
bosadi, ko’zni shox pardasi xiralashadi. 
Nafas va yurak faoliyatini to’htashi bilan klinik o’lim xolati yuzaga keladi. 
Agonal  holatga tushgan bemor reanimatsion muolajalarga muxtoj. Odatda
nafas va yurak-qon tomir, miya faoliyatini jonlantiruvchi dori vositalari yuboriladi.
Halok bo’layotgan bemorlarni oldida ortiqcha gaplashishni to’xtatish lozim, chunki
ular eshitishi mumkin va bu holatini yanada og’irlashtiradi.  Ularni alohidalash
kerak yoki izolyatorga joylash kerak.  
Agarda klinik o’lim holati operatsiyadan so’ng yoki jarohatlanish sababli
kelib chiqqan bo’lsa, reanimatsion muolajalarni davom ettirish lozim. 
Logotip
miya va organizmni sovutish choralariga o’tiladi, ya’ni miyani va a’zolarni gipoksiyaga chidamliligini oshiruvchi dorilarni yuboriladi. Xulosa qilish murakkab, agarda reanimatsion muolajalardan so’ng qon aylanishi tiklansa-yu, lekin xushiga kelmasa, sun’iy nafas berish davom ettiriladi. Jonlantirishni erta bosqichlarida “miya o’limi” haqida gapirish murakkab, shu sababli reanimatsion muolajalarni davom ettirish lozim. Koma xolatini 6 soatdan uzoq davom etishida miya faoliyatini to’liq tiklanishiga umid kamayadi; chuqur komada 24 soatdan keyin keskin kamayadi; 48 soatdan keyin yo’qoladi. Agonal xolatdagi bemorlarni parvarishi. Agoniya – o’lim oldi holati, modda almashinuvini chuqur buzilishi va organizmni xayotiy funksiyalarini so’nishi bilan harakterlanadi. Agoniyadan so’ng bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadigan terminal (oxirgi) pauza holati yuzaga keladi. Bu qisqa vaqt ichida nafas olish dastlab tezlashadi, keyin vaqtincha to’xtaydi, yurak faoliyati sekinlashadi, ko’z qorachiqlari kengayadi, to’r parda refleksi yo’qoladi. Undan so’ng yuzaga keladigan bir nechta soniyadan soatgacha davom etadigan agonal holatda nerv tizimini yuqori bo’limlarini faoliyatini buzilishi; bosh miya funksiyalarini so’nishi (hushini yo’qotish), uzunchoq miyani xaotik funksiyasi (nafas olish juda sustlashadi, noto’g’ri bo’lib qoladi). Arterial qon bosimi nolgacha tushib ketadi, puls ipsimon bo’lib keyinchalik butunlay yo’qoladi. Tana harorati tushib ketadi, umumiy talvasa va sfinkterlar paralichi (siydik va axlat tuta olmaslik) kuzatiladi. Agar agonal holat davom etsa o’pka shishi yuzaga keladi. Agonal holatdagi bemorlarni holati, tashqi ko’rinishi: rangpar va ko’kargan yuzi, sovuq ter bosadi, ko’zni shox pardasi xiralashadi. Nafas va yurak faoliyatini to’htashi bilan klinik o’lim xolati yuzaga keladi. Agonal holatga tushgan bemor reanimatsion muolajalarga muxtoj. Odatda nafas va yurak-qon tomir, miya faoliyatini jonlantiruvchi dori vositalari yuboriladi. Halok bo’layotgan bemorlarni oldida ortiqcha gaplashishni to’xtatish lozim, chunki ular eshitishi mumkin va bu holatini yanada og’irlashtiradi. Ularni alohidalash kerak yoki izolyatorga joylash kerak. Agarda klinik o’lim holati operatsiyadan so’ng yoki jarohatlanish sababli kelib chiqqan bo’lsa, reanimatsion muolajalarni davom ettirish lozim.
Klinik o’lim holatida bajarilgan davo choralari yordam bermaganda biologik
o’lim yuzaga keladi: nafas va yurak faoliyati to’xtaydi, mushaklar bo’shashadi,
tana xaroratini tushishi kuzatiladi. Keyinchalik tanani pastki qismlarida ko’kimtir
rangdagi murda dog’lari paydo bo’ladi. Vrach o’limni qayd qiladi va kasallik
tarixiga  kun  va  vaqtini  qayd  qiladi.  Murdani  yechintirib  oyoqlarin  cho’zib
yotqiziladi,  pastki  jag’i  bog’lanadi,  qovoqlari  yopiladi,  ustini  yopib  2  soatga
qoldiriladi. Xamshira murda oyoqlariga ismi sharifi va kasallik tarixi sonini yozib
qo’yadi.  Undan  tashqari  ma’lumotlari  kiritilgan  yo’naltiruvchi  ma’lumotnoma
to’ldiriladi.  Murdani  yorish  uchun  patologoanotamik  bo’limga  o’limni  yaqqol
belgilari (murda dog’lari, qattiqlashish, ko’z kosalarini yumshashi) paydo bo’lgach
olib chiqiladi. Barcha murdalar yorib tekshiriladi va shundan so’ng qarindoshlariga
beriladi. Murdadan qimmatbaho buyumlar yechiladi va akt tuziladi. Shundan so’ng
qarindoshlariga tilxat ostida beriladi.  
Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish
Qusish –  oshqozon  massalarini  to’satdan  og’iz  orqali  chiqishi.  Qusish
uzunchoq miyada joylashgan qusish markazini buyrug’i bilan yuzaga keladi. Bu
markazga impulslar oshqozondan, ichaklardan, jigar, buyrak, bachadon, vestibulyar
apparatdan va oliy nerv tizimidan (masalan yoqimsiz xid sababli) kelishi mumkin.
Shu qatorda qusish xar xil toksik moddalar va dorilarni qusish markaziga ta’siri
natijasida yuzaga kelishi mumkin. 
Ko’p xolatlarda qusishdan oldin ko’ngil aynashi, so’lak ajralishi, tez va
chuqur nafas olish bilan boshlanishi mumkin. 
Qusishni qayt qilishdan farqlash lozim. Qayt qilish odatda qorin mushaklari
va diafragmani xarakatisiz, bu oshqozonni ovqat yoki havo bilan to’lishi sababli
yuzaga keladi.  
Bolalarda, ayniqsa erta yoshli bolalarda, qusish ko’p uchraydi. Bolalarda
qusish ximoya funksiyalarini rivojlanmaganligi, qusuq massalarini nafas yo’llariga
tushishi xavfi bilan ayniqsa xavfli.   
Qusishda dastlabki yordam ko’rsatish. 
1. Agar bolada qusish kuzatilsa uni yolg’iz qoldirmaslik kerak. 
2. Qusuq massalarini nafas yo’llariga tushishini oldini olish maqsadida bolani
yonbosh xolatida yotqizish lozim.  
Logotip
Klinik o’lim holatida bajarilgan davo choralari yordam bermaganda biologik o’lim yuzaga keladi: nafas va yurak faoliyati to’xtaydi, mushaklar bo’shashadi, tana xaroratini tushishi kuzatiladi. Keyinchalik tanani pastki qismlarida ko’kimtir rangdagi murda dog’lari paydo bo’ladi. Vrach o’limni qayd qiladi va kasallik tarixiga kun va vaqtini qayd qiladi. Murdani yechintirib oyoqlarin cho’zib yotqiziladi, pastki jag’i bog’lanadi, qovoqlari yopiladi, ustini yopib 2 soatga qoldiriladi. Xamshira murda oyoqlariga ismi sharifi va kasallik tarixi sonini yozib qo’yadi. Undan tashqari ma’lumotlari kiritilgan yo’naltiruvchi ma’lumotnoma to’ldiriladi. Murdani yorish uchun patologoanotamik bo’limga o’limni yaqqol belgilari (murda dog’lari, qattiqlashish, ko’z kosalarini yumshashi) paydo bo’lgach olib chiqiladi. Barcha murdalar yorib tekshiriladi va shundan so’ng qarindoshlariga beriladi. Murdadan qimmatbaho buyumlar yechiladi va akt tuziladi. Shundan so’ng qarindoshlariga tilxat ostida beriladi. Qusayotgan bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish Qusish – oshqozon massalarini to’satdan og’iz orqali chiqishi. Qusish uzunchoq miyada joylashgan qusish markazini buyrug’i bilan yuzaga keladi. Bu markazga impulslar oshqozondan, ichaklardan, jigar, buyrak, bachadon, vestibulyar apparatdan va oliy nerv tizimidan (masalan yoqimsiz xid sababli) kelishi mumkin. Shu qatorda qusish xar xil toksik moddalar va dorilarni qusish markaziga ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ko’p xolatlarda qusishdan oldin ko’ngil aynashi, so’lak ajralishi, tez va chuqur nafas olish bilan boshlanishi mumkin. Qusishni qayt qilishdan farqlash lozim. Qayt qilish odatda qorin mushaklari va diafragmani xarakatisiz, bu oshqozonni ovqat yoki havo bilan to’lishi sababli yuzaga keladi. Bolalarda, ayniqsa erta yoshli bolalarda, qusish ko’p uchraydi. Bolalarda qusish ximoya funksiyalarini rivojlanmaganligi, qusuq massalarini nafas yo’llariga tushishi xavfi bilan ayniqsa xavfli. Qusishda dastlabki yordam ko’rsatish. 1. Agar bolada qusish kuzatilsa uni yolg’iz qoldirmaslik kerak. 2. Qusuq massalarini nafas yo’llariga tushishini oldini olish maqsadida bolani yonbosh xolatida yotqizish lozim.