TERRORIZM VA AHOLI MUHOFAZASI (Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushincha, Terrorizmning davlat va fuqarolarga tahdidi va ta’siri, Terrorizm ko’rinishi)
Yuklangan vaqt
2024-05-15
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
42,5 KB
Ilmiybaza.uz
TERRORIZM VA AHOLI MUHOFAZASI
Reja:
1. Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushincha.
2. Terrorizmning davlat va fuqarolarga tahdidi va ta’siri.
3.Terrorizm ko’rinishi.
4. Terrorizmdan saqlanish
Ilmiybaza.uz
Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni,
muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar
keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish,
garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va
guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi)
toifalarga boʻlinadi.
Yurtimizda 2005 yil 12-13-may kunlari Andijon viloyatida sodir etilgan
terroristik harakatlarning eng yirigi bo’ldi desak xato bo’lmaydi, chunki ular
qamoqdagi maxbuslarni ozod qilib viloyatning harbiy organlari va davlat hukumati
binolarini vayron qildilar, ko’plab odamlarni asir olib ularga jismoniy va moddiy
zarar yetkazdilar. Bu holat sodir bo’layotgan mahalda Prezidentimiz Islom
Karimov ular bilan jonli muloqotga kirishdilar. Mana shunday ayanchli isbotlardan
ko’rinib turibdiki terrorizm davlatning suverentetiga, mustqilligiga, aholining
tinchligiga raxna soluvchi bir illat ekanligini ko’rishimiz mumkin.
Ishsizlar, giyohvandlar, hayotda o’z o’rnini topa olmaganlar ham oz emas. Bu
esa ekstremistik tashkilotlar uchun o’z saflariga yangi jalb etish, jangarilarni
tayyorlab, shu davlatlar hududida yohud boshqa mamlakatlarda terrorchilik
faoliyatini olib borishga imkon bermoqda.
Terrorchilar mamlakatlardagi ishsizlar, vahobiylik g’oyalari ta’siriga tushgan
yoshlar orasidan maxfiy ravishda tarafdorlarni yollab, ularni pinhoniy yo’llar
orqali o’z niyatlarini amalga oshirishga harakat qiladilar. O’qish jarayonining
birinchi bosqichida jangarilarga islomning asosiy qoidalari va jihod to’g’risida
saboq berdilar, keyingi bosqichlarda ularga zamonaviy o’q otar qurollarni o’rgatish
bo’yicha maxsus jangovar tayyorgarlik o’tkazadilar. Kurslarda mina qo’yish, uni
portlatish sirlari, harbiy topografiya, tog’li joylarda jangovor harakatlar olib borish
taktikasi,
shahar
va
aholi
yashash
joylarida
qo’poruvchilik-terrorchilik
harakatlarini olib borishga o’rgatiladi, shuningdek yollanganlarga yashirinish,
qo’poruvchilik targ’ibotini olib borish usullari muntazam ravishda muqaddas
Ilmiybaza.uz
jasoratlarga – diniy “jixod” yo’lida o’z jonidan ham kechishga tayyor bo’lish
ruhida tarbiyalash bilan qo’shib olib boriladi.
O’zbekiston va xorijiy davlatlar qonunchiligida terrorizmga qarshi
kurash masalasining huquqiy tartibga solinishi.
Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi Qonun. Qonun “Umumiy qoidalar”,
“Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari”,
“Terrorchikka qarshi operatsiyaning o’tkazilishi”, “Terrorchilik oqibatida
yetkazilgan zararni qoplash” va “Jabrlangan shaxslarning Ijtimoiy reabilitatsiyasi”
hamda “Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va
ijtimoiy himoyasi” deb nomlanuvchi 5 bo’lim va 31 moddadan iborat.
2). Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar, fuqarolar ko’maklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab
qo’yilgan.
3). Terrorizmga qarshi kurashish, O’zbekiston Resbublikasi Milliy
Xavfsizlik Xizmati, Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qilish
qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi, Mudofaa hamda Favqulotda Vaziyatar
Vazirligi amalga oshiradi (8-modda).
4). O’zbekiston Respublikasi dunyoning ko’plab davlatlari bilan terrorizm,
ekstremizm
va
uyushgan
jinoyatchilikka
qarshi
kurashish
to’g’risidagi
shrtnomalarni imzolagan.
5). 2000-yil aprel oyida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va
Tojikiston Prezidentlari uchrashuvida “Terrorizm, siyosiy, diniy ekstremizm,
milatlararo jinoyatchilik va tomonlar xavfsizligi, hamda barqarorligiga tahdid
soluvchi xavflar bilan kurashishda hamkorlikdagi harakatlar to’g’risidagi”
shartnomani imzoladilar.