Tetratsiklin preparatlari turli shakllarda retseptlar yozish
Darsning maqsadi: Bu amaliy mashgulotda talabalarga Tetratsiklinlar sinfi,
preparatlari va preparatlari bilan tanishishadi. Mulohazalar o‘tkazadi. Xar xil
sxemalarda retseplar yozadi.
Darsning utkazish usuli: Talabalar bu dasrga ta’luqli bo‘lgan barcha dori
moddalari bilan tanishadi. Antibiotiklar sinflariga doir dorilarning lotincha
nomlarini yozish.
Dars uchun kerakli jixozlar va vositalar: tetratsiklin gidroxlorid,
oksitetratsiklin, digidrat, jadvallar, plakatlar.
Tetratsiklin preparatlari penitsillinlarga qaraganda ta’sir etish doirasi kengroq,
ular grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga ham shuningdek ular
kislotaga chidamli bakteriyalar, rikketsiyalarga va ayrim yirik viruslarga ham
bakteriotsid ta’sir ko‘rsatadi. Bakteriolitik ta’siri bakteriostatik ta’siridan 10
martaga kuchliroq. Tetratsiklinlar bir-biridan o‘ziga xos mikroblarga bo‘lgan
qarshi ta’sirlariga qarab, organizmga so‘rilishi va undan ajralib chiqish tezligiga
qarab hamda organizmda parchalanishi va zaharliligiga qarab ajratiladi.
Tetratsiklinlarga mikroorganizmlarni urganib qolish holati asta-sekinlik bilan
amalga oshadi. Ushbu preparatlarning ta’sir mexanizmi asosini
mikroorganizmlarda ribosomalar darajasidagi oqsil sintez bo‘lishini bo‘zadi.
Tetratsiklinlar organizmga qaysi yo‘llar bilan yuborilishidan qat’iy nazar, ular
qonda o‘zining yuqori konsentratsiyasini hosil qilib barcha organ va to‘qimalarga
(bosh miya va orqa miyadan tashqari) kirib boradi. Shuningdek ular platsintar
devor orqali yengil o‘tsa, gematoensefalitik devoridan esa faqatgina bir qator
yuqumli kasalliklar hamda organizm zaharlanishlarida o‘tish qobiliyatiga ega
bo‘ladi. Ushbu antibiotiklar kalsiy, temir va boshqa og‘ir metall ionlari bilan
birikib, qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Shu tufayli ularni ichga sut bilan
birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Organizmga ushbu antibiotiklar og‘iz orqali
yuborilganda ularning qondagi eng yuqori konsentratsiyasi 1,5-4 soat o‘tgandan
so‘ng namoyon bo‘lib, terapevtik samaradorligi 8-12 soatgacha saqlanadi. Muskul
orasiga yuborilganda esa ta’siri 12-24 soat davom etadi. Ingalyasiya qilinganda esa
ularning yuqori konsentratsiyasi o‘pkada bo‘lib, unda 36-48 soat davomida
saqlanadi. Barcha xolatlarda ham tetratsiklinlar 6-7 kun davomida saqlanib, bosh
miyada yosh hayvonlarda esa bosh miya to‘qimalarida ham borligi aniqlangan.
Shunga muvofiq hayvonlarni go‘shtga so‘yish, preparat yuborilgandan so‘ng 7 kun
o‘tgandan keyin amalga oshirish tavsiya etiladi. Tetratsiklinlar veterinariya
amaliyotida barcha turdagi uy hayvonlari, yirtqichlar hamda parrandalarning
bakteriali, virusli infeksiyalarda, barcha yuborish usullari orqali keng qo‘llaniladi.
Tetratsiklinlarning salbiy ta’sirlaridan disbakterioz, jigarning zaharlanishi
hamda embratoksik ta’sir xususiyatlarining mavjud ekanligidir.
Tetratsiklinlar har xil shakllarda tashqi va ichki tomonlarga keng
qo‘llaniladi. Ko‘z kasalliklarida esa maz (malxamlari) va liniment shakllarida ham
ishlatiladi.
Preparatlari: tetratsiklin, tetratsiklin gidroxlorid, oksitetratsiklin digidrat,
tetratsiklin, terramitsin gidroxlorid, xlortetratsiklin, biomitsin, morfotsiklin,
metatsiklin, dioksitsiklin gidroxlorid, dibiomitsin.
Misol tariqasida: Xlortetratsiklin gidroxloridning qo‘llash dozalari.
-qoramollarga – 0,01- 0,02 / kg.
-qo‘ylarga - 0,007-0,01/ kg
-parranda - 0,02-0,03 / kg, kuniga 2 marta – per os .
Dibiomitsin – muskul orasiga:
-qoramollarga – 20.000 – 30.000 – TB/kg.
-qo‘ylarga -30.000 -50.000 TB/ kg.
Oksatetratsiklin (terramitsin ). Barcha hayvonlarga o‘rtacha -5000-10000
TB/kg, muskul orasiga.
Tetratsiklin (Tetracyclinum). Sariq tusli ignasimon kukun bo‘lib, xidsiz,
achchiq ta’mga ega, suvda kam, spirtda qiyin eriydigan, kislotali muhitga chidamli.
Tetratsiklin
gidroxlorid
(Tetracyclinum
hydrochloridum).
Tetratsiklindan farqi suvda yaxshi eriydi va shu tufayli uni muskul orasiga hamda
ingalyasion usullarda qo‘llash mumkin.
Oksitetratsiklin
gidroxlorid
(Oxytetracyclinum
hydrochloridum),
Xloretratsiklin gidroxlorid (Chlortetracyclinum hydrochloridum).
Ushbu
preparatlar bakterialarga qarshi ta’sir doirasi bo‘yicha tetratsiklinga yaqin.
Morfotsiklin (Morfocyclinum).
Tetratsiklinning sun’iy o‘xshashi
hisoblanadi. Tuq sariq ko‘rinishda bo‘lib, achchiq ta’mga ega, suvda yengil eriydi.
Kislotali va ishqorli eritmalarda tezda buziladi. Bakterialarga qarshi ta’sir etish
doirasi boshqa tetratsiklinlarga o‘xshash bo‘lib, ammo u organizmga yuborilganda
uning qonda tezda konsentratsiyasi namoyon bo‘lib, davolash samaradorligi
yuzaga keladi. Xususan uni ko‘proq sepsis holatlarida tavsiya etiladi.
Metatsiklin gidroxlorid (Methacyclini hydrochloridum). Yarim sun’iy
tetratsiklin bo‘lib, oksitetratsiklinga yaqin. Boshqa tetratsiklinlardan farqi ichga
yuborilganda yaxshi so‘riladi hamda qonda uzoq saqlanadi. Asosan ichga tavsiya
etiladi. Dozasi 5-7 mg/kg, 1 kunda 2 marta. Kapsula shaklida 0,15-0,3 g
miqdorlarda ishlab chiqariladi.
Doksitsiklina
gidroxlorid
(Doxycyclini
hydrochloridum).
Oksitetratsiklinning yarim sun’iy o‘xshashi. Yuqori mikroblarga qarshi ta’sir
ko‘rsatish doirasiga ega. Xususan stafilokokklar va streptokokklarga nisbatan
ta’siri yuqori. To‘qima to‘siqlari orqali yaxshi utadi, shu tufayli organizmda tez va
to‘liq so‘riladi. Organizmda ta’siri 24 soatdan yuqori vaqt maboynida saqlanadi.
Boshqa tetratsiklinga qaraganda zaharlilik darajasi yuqori. Uning salbiy ta’siri
natijasida organizmda oshqozon ichak tizmida buzilishlar (qusish, diareya), jigarni
zaharlanishi, gemolitik anemiya, teri sezuvchanligini oshishi va boshqalar
ko‘zatiladi. Shuningdek boshqa tetratsiklinlar qatori penitsillinlar bilan
kelishmovchiliklarga ega.Amaliyotda brutsellyoz, vobo, ulat, leptospiroz va boshqa
yuqumli kasalliklarda birlamchi preparat sifatida tavsiya etiladi. U asosan
organizmga vena qon tomiri orqali 3 mg/kg dozada, 5-7 kun davomida 1 martadan
yuborish tavsiya etiladi. Itlar leptospirozida 3-5 mg/kg dozada yuboriladi. Kapsula,
tabletka va ampulalarda 0,1 g miqdorda ishlab chiqariladi.
Minotsiklin (Minocyclinum). Yarim sun’iy tetratsiklin bo‘lib, tuzilishi va
ta’sir xususiyati bo‘yicha doksitsiklin gidroxloridga o‘xshash.
Tetraxlorid (Tetrachloridum). Dorivor shakli tetratsiklin gidroxlorid. U
maxsus veterinariya amaliyotida qo‘llash uchun ishlab chiqariladi. Kukun, suvda