Texnologiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Yuklangan vaqt
2024-06-09
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
27
Faytl hajmi
49,5 KB
1
Texnologiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Reja:
1.Innovatsion texnologiyalar haqida ma’lumot.
2.Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning shakl va metodlari.
3.Innovatsion texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish usullari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Pedagogik texnologiyalar, innovatsiya,
interfaol metodlar, hamkorlik pedagogikasi.
Innovatsion texnologiyalar - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi
o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini
faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni
qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy
mezonlari: norasmiy baxs-munozaralar o’tkazish, shu materialini erkin bayon etish va
ifodalash imkoniyati, ma’ro’zalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, o’quvchilar
tashabbus ko’psatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf
jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa
metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshi- rishda o’ziga
xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri
interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars
mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Innovatsion texnologiyalarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash,
tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila
bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib
boradi.
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional
sohalardagi
pedagogik
maqsadlarning
taksonomiyasini
yaratgan.
Uni
Blum
taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya — borliqning murakkab to’zilgan
sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari
rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
Unga ko’ra tafakkuming rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil,
umumlashtirish baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda
har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan;
Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq
qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq,
fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustaxkamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera
olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar,
sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy
tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish,
yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta to’zish, yoritib berish,
sharxlash, oydinlashtirish.
Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas,
noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to’g’ri qo’llaydi. Bu tafakkur
darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish,
foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal
etish.
Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi
o’zaro bog’liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko’radi, faktlar va
oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarniig ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur
darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish,
tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taksimlash, tekshirish, guruhlash.
Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba
o’tkazish rejasini to’zadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni
yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar
namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish.
tizimlashtirish, kombinasiyalashtirish, yaratish, to’zish, loyihalash.
Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila
oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlar ga
mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur
darajasiga muvofiq, fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, ulchash, nazorat qilish,
asoslash, ma'bisullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.
Innovatsion texnologiyalar ko’p turli bo’lib ularning hammasi ham har qanday
irogressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgarlik
ko’rishni talab qiladi.
Maktabdagi o’quv jarayonining sifati ko’p omillarga bog’liq, bo’lib, ular orasida
o’qitishning usul va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Binobarin, ular bilimlarning
ongli va chuqur o’zlashtirilishiga, o’quvchilarda mustaqillik va ijodiy faollikning
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Usul va metod tushunchalari o’zaro bog’liqdir,
chunki ularning har biri metod sifatida ham, usul sifatida ham namoyon bo’ladi.
Pedagogika amaliyotida o’qitish usullari va metodlarining juda katta boyligi
to’plangan. Ularni tanlashda turli sharoitlar, o’qitilayotgan fanning xarakteri, bolalarning
yosh xususiyatlari, oldingi tayyorgarlik darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Forobiyning fan va san’atning afzalligi haqidagi risolasida o’quv jarayonini tashkil
etish ga va o’qitish metodlariga qo’yiladigan talablar ifodalangan. Olim o’zining o’qitish
metodlari haqidagi tushuntirishlarida o’quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga,
mustaqil holda bilim olish yo’llarini ham ko’rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga shak-
shubhasiz ishontirish kerakligini uqtirgan.
Sharq qomusiy olimlarining asarlarini tahlil qilish, hozirgi terminologiyadan
foydalanib, mazkur asarlar mualliflarining prinsiplari va o’qitish metod1ari bilishning
umumiy qonunlariga muvofiqligini aniqlash imkonini beradi. Barcha qomusiy olimlar
foydalangan o’qitish metodlarini bir necha guruhga ajratish mumkin. Bular: ko’rsatmali
tajriba metodlari (Ibn Sino), bilimlarni bayon qilishning savol-javobli yo’llari (Abu
Rayxon Beruniy, al-Xorazmiy), ko’nikma va malakalarni shakllantirish metodlari,
bilimlarni tekshirish metodlari (Forobiy, al-Xorazmiy) va xokazolardan iboratdir.
Shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olimlarning barchasi o’quvchilar faoliyatini
kuchaytirish va ularda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish maqsadini ko’zlaganlar.
Burxoniddin Zarnudjiyning fikricha, insonning bilish faoliyati bilmaslikdan bilishga
qarab boradi. Aql — faol, ijodiy kuchdir, koinotni bilish qurolidir. Ammo dastlabki
tajribasiz bilishning bo’lishi mumkin emas. Chunki umuminsoniy aql tushunchasi
taqdirlash, ko’zatish va tajriba yo’li bilan tarkib topadi. Bundan shunday pedagogik
xulosa chiqarish mumkinki, inson xissiy idrokni boyitish bilangina o’zining bilimlarini
oshira oladi. Shuning uchun ta’limda o’quvchilarning o’zidagi tajribaga tayangan
metodlardan iloji boricha keng foydalanish kerak.
Metodlar va usullarni tanlash o’qituvchi darsda hal qilishi mo’ljallangan masalaga
bog’liq bo’ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir xil metodlar qo’llansa, uni
mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar
qo’llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylash va samarali usullar hamda
metodlariin tanlash juda muximdir.O’qituvchi darsning eng boshida 4—5 daqiqa umumiy
so’rashni amalga oshiradi va o’quvchilarning qaysi guruhi o’tgan dars buyicha yetarli
darajada o’zlashtirmagaiini aniqlaydi va keyingi so’rashda sinfning diqqat- e’tiborinii eng
avval ana shu masalaga qaratadi. Dastlab savollarga batafsil javob bera oladigan
o’quvchilardan so’raydi. Natijada sinfning bir qismi uchun murakkablik qilgan material
tushunarli bo’ladi. Bu usul o’quvchilarning mashg’ulotlardagi nuqsonlarini payqash va
shu zaxoti bartaraf etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana
shundadir.
Garchi har bir o’qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo’lsa-da,
ularni qo’llashdan ko’zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta’limiy ishlarini
faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo’lib, birinchidan, o’quvchilarni ularning
e’tiqodiga, e’tiqodni esa amaliy faoliyatga, xatti-harakat-ga aylantiradi, ikkinchidan,
o’qitish jarayonining ishini osonlashtiradi. Zotan, o’qish-o’rganish diqqat-e’tiborni talab
qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o’tkir aql, mustaxkam iroda, tiniq tasavvur, kuchli
xotira zarur. O’qituvchining vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib,
o’quvchilarda ana shu sifatlarni tarkib toptirish va ularga kiyinchiliklarni yengishni
o’rgatishdir.
Hozirgi o’qitish jarayonida qo’yiladigan talablar nima va o’quvchilarda darsga
qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun nima kilish
kerak?
Xozirgi zamon ta’limi faqat insoniyat erishgan bilimlarni o’zlashtirishni emas, balki
jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi o’quvchilar qatnashishi lozim bo’lgan masalalar
bilan tanishishni ham talab qiladi. Bunday masalalar kosmosni o’zlashtirish, atom
energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish, shularni hosildor yerlarga va
bog’rog’larga aylantirish, qishloq xo’jaligini intensivlashtirish va hokazolardan iborat
bo’lishi mumkin. Xalq xo’jaligi va fanning hamma sohalarida juda katta burilishlar ro’y
bermoqda va har bir o’qituvchi o’zining tarbiyalanuvchilarini o’zi o’qitadigan fan soxasi
bo’yicha navbatdagi qayta ko’rilishlar va erishilgan yutuqlar bilan keng tanishtirishi
kerak. Bu ishni o’quvchilarga mos shaklda va o’quv dasturiga muvofiq amalga oshirishi
lozim.Mazkur talabning ikkinchi xususiyati o’qituvchining o’quvchilar fikr doirasini
kengaytirish to’g’risida doimo g’amxo’rlik qilishdir. Ta’limning mana shu bosqichida
o’qituvchi oldida o’quvchilarga oddiygina bilimlar berish emas, balki ularning fikr
doirasini kengaytirish, qiziquvchanligini oshirish va ularda o’zi o’qitadigan fanga
muhabbat uyg’otish vazifasi turibdi.
Shunday qilib, o’qitish metodi o’qituvchi va o’quvchilar nazariy hamda amaliy bilish
faoliyatining ta’limiy vazifalarini bajarishga qaratilgan yo’ldir. Unga quyidagi muayyan
talablar qo’yiladi:
1. O’quv materialini o’rganishning o’qituvchi tavsiya etgan yo’li fikrlashning
dialektik-materialistik usuli, mustaqil qarashlar, irodaviy xususiyatlari va xulqning
shakllanishiga olib borishi kerak. Ana shu talab nuqtai nazaridan metod tarbiyaviy
tusda bo’lishi lozim.
2. O’qitish metodining ilmiy asosi yaqqol va aniq bo’lishi zarur. Shundagina
o’qituvchi mazkur metod orqali qanday masalalar qo’yilishi va xal qilinishi
mumkinligini, qanday masalalarni hal qilib bo’lmasligini ko’ra oladi.
3. O’qitishning tizimliligi uning samaradorligini belgilaydi.
4. O’qitish metodining tushunarliligi: o’qitishning yo’li o’quvchi uchun qabul qilinishi
va qo’llanishi, o’quv materialini o’rganishning usuli esa bilimlarni o’zlashtirishning
imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi lozim.
5. O’qitishning onglilik va faollik zaruriyati nihoyatda jiddiy talabdir.
6. Bilimlarning puxtaligi va asosliligi.
7. O’qitish metodikasida nazariy va amaliy xodisalarning muvofiqligi.
Hozir interfaol mashg’ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar
qo’llanilmoqda. Kelgusida esa bu usulda ma’lum darajada interfaol texnologiyaga o’sib
o’tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya tushunchalarining o’zaro
farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin.
Interfaol ta’lim usuli — har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o’z
imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va
intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o’zlashtiradi.
Interfaol ta’lim texnologiyasi — har bir o’qituvchi barcha o’quvchilar ko’zda
tutilgandek o’zlashtiradigan mashg’ulot olib borishni ta’minlaydi. Bunda har bir o’quvchi
o’z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashgulotni oldindan ko’zda tutilgan
darajada o’zlashtiradi.
Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish
asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim
omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik ilmiy-
metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog’liq omillar deb atash
mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatiishni nazarda
tutishimiz lozim.
Tashkiliy-pedagogik omillarga qu’yidagilar kiradi: o’qituvchilardan interfaol
mashg’ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash;
—o’qituvchilarga interfaol usullarni o’rgatishni tashkil qilish;
—o’quv xonasida interfaol mashg’ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish;
—ma’ro’zachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qo’llay bilishini ta’minlash;
—sanitariya-gigiyena me’yorlari bo’zilishining oldini olish;
—xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash;
—davomatni va intizomni saqlash—nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar.
Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi:
—DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko’zda tutilgan maqsadga to’liq
erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq. bo’lgan interfaol usullarni to’g’ri tan-
lash;
—interfaol mashg’ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash;
—interfaol mashg’ulotning har bir elemenda o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq
bo’lishini ta’minlash;
—mashg’ulotlar mavzusi va mazmunini so’nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar asosida
belgilash;
'
—zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo’llash;
—o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga moye
darajadagi interfaol mashg’ulotlarni o’tkazish;
—interfaol mashg’ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar.
O’qituvchiga tegishli omillar:
— mavzuni sayoz bilishi;
—nutqidagi kamchiliklar: talaffo’z, adabiy til me’yorlari, grammatika qoidalari,
notanish yoki xorijiy so’zlar, atamalarning ma’nosini tushuntirmasdan qo’llashi, shevaga
xos so’zlarni ko’p qo’llashi, yozib namoyish qilishda xatoga yo’l qo’yishi va tushunarsiz
yozishi;
—o’zini tutishi va pedagogik xulqidagi nuqsonlar;
—ko’zatuvchanlik vaqtning o’tishini his qilish, Uni to’g’ri taqsimlash ko’nikmasi
yetishmasligi;
—tinglash ko’nikmasi yetishmasligi;
—o’quvchiga xayrixohlik samimiylik u bilan hamkorlikda ish olib borish
ko’nikmasi yetishmasligi;
—mantiqiy bog’liqlik va izchillikka rioya qilmaslik va boshqalar.
O’quvchilarga tegishli omillar:
—davomat pastligi, mashg’ulotga kechiqib kelishi;
—zarur tayyorgarliksiz kelishi;
—ilmiy atamalarni bilmasligi;
—diqqatni jamlay olmasligi;
—eshitish qobiliyatidagi va tinglash ko’nikmasidagi kamchiliklar;
—qiziqishning pastligi, fikr yuritishning sustligi;
—dars mavzusi bo’yicha tayyorgarlik darajasining past ligi;
— manfaatdorlikning kamligi va boshqalar.
Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar:
—ta’lim vositalarining yetishmasligi, ta’mirtalab yoki yaroqsiz holda bo’lishi, sifatli
va zamonaviy vositalarning kamligi;
—mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun maqsadga muvofiq, vositalar turlarini
va sonini to’g’ri tanlamaslik;
—vositalarni mashg’ulot boshlanmasidan oldin ishga tayyorlab qo’ymaslik;
—vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar.
Innovatsion texnologiyalarning afzalliklari:
- o’qitish mazunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi;
- o’z vaqtida aloqalarni ta’minlanishi;
- tushunchalarni amaliyatga qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi;
- o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlarini taklif etilishi;
- motivasiyani yuqori darajada bo’lishi;
- o’tilgan materialni yaxshi eslab qolishi;
- muloqotga kirishish ko’nikmasini takomillashishi;
- o’z-o’ zini baholashning o’sishi;
- o’ quvchilarning predmetning mazmuniga, o’ qish jarayoniga bo’ lgan ijobiy
munosabati;
- nafaqat mazmunini o’zlashtirishga yordam bermay balki,tanqidiy va mantiqiy
fikrlarning rivojlanishi;
- muammolar yechish ko’nikmalarni shakllanishi.
Innovatsion texnologiyalarning kamchiliklari:
- ko’p vaqt talab etilishi;
- o’quvchilar har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi;
- juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolini past
bo’lishi;
- “kuchsiz” o’quvchilar bo’lganligi sababli “kuchli”o’quvchilarning ham past baho
olishi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari hamkorlik pedagogikasi asosida shakllangan
bo’lib, u an’anaviy pedagogikadan quyidagicha farqlanadi:
An’anaviy ta’limda o’qituvchi pedagogik jarayonning subyekti, o’quvchi esa
obyekti deb qaraladi. Hamkorlik pedagogikasida esa o’quvchi o’z o’quv faoliyatining
subyekti sifatida qaraladi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi pedagogik jarayonning
subyektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil bo’ladi. Ular o’zaro
hamkor, hamdo’st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard, hamboshqaruvchi bo’ladilar.
Hamkorlik munosabatlari o’qituvchilar orasida, ma’ muriyat bilan o’quvchilar
va o’qituvchilar tashkilotlari bilan, rahbarlar, ota-onalar, jamoatchilik orasida
ham o’rnatiladi.
Hamkorlik pedagogikasi o’quvchining ta’lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib
borish orqali hamda o’quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga
tatbiq qilgan holda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Hamkorlikda o’qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
—o’quvchining o’rganish jarayonini boyitadi:
—o’quvchilarga ular o’rtasida taqsim qilinib, o’zlashtirilgan kognitiv axborotlar
to’plamini beradi;
—o’quvchilarda materialni o’rganishga ishtiyoq uyg’otadi;
—o’quvchilarning o’z shaxsiy bilim va dunyo qarashlarini shakllantirish
imkoniyatlarini kengaytiradi;
—axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
—o’quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
— turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o’rtasida ijobiy o’zaro
munosabatlarni oldinga suradi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasiga asoslangan mashg’ulotlarni o’ziga xos
turlarga ajratish va ularni amalda qo’llash tizimi mavjud bo’lib, quyida shu
mashg’ulotlardan ayrim namunalarni ko’rsatib o’tamiz: uch pog’onali intervyu;
davra suhbati; ro’yxat to’zish;
muammolar yechishni tashkil qilish;
bir daqiqalik ishlar;
juftlik izoxlari;
muammoni jo’natish;
baholash chizig’i;
kam uchraydigan birlik
jamoa kutuvi;
ikki qismlli kundalik
o’zaro savol yo’llash.
Bu mashg’ulot turlarining ko’pida o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish, ular
ga rollar va vazifalar taqsim qilish ko’zda tutiladi. Bunda quyidagilarni hisobga
olinadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari pedagogik jarayonini takomillashtirish
va uni o’quvchi shaxsiga yo’naltirishga asoslangan. Bu texnologiyalar ijodkor
shaxsni aqldan tirishga yo’naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, bilim sifati va
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Hamkorlikda o’qitish mashg’ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr
almashish, suxbat, tahlil, munozara, mo’zokara, amaliy vazifalar bajarish, biror
narsani ko’rish, yasash, masalalar yechish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Hamkorlikda o’qitish mashg’ulotlarini tashkil qilishda: o’qituvchi-sinf,
o’qituvchi- kichik guruh. o’qituvchi-katta guruh, o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-
o’quvchi (juftlikda
ishlash), kichik guruh-kichik guruh- kichik guruh-sinf va boshqa tashkiliy
shakllar qo’llaniladi.
Hamkorlikda o’qitish-bu o’qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar
guruhi, yakka o’quvchi hamda butun sinf bilan o’zaro samarali hamkorlikni tashkil
qilishi bilan birgalikda, o’quvchilarning ham o’zaro qo’llab-quvvatlovchi
hamkorligini amalga oshirishdagi instruktaj va interfaol jarayonlarni ifodalovchi
ommalashgan iboradir. O’quvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida,
kichik guruhlarda ishlashadi va o’zlariga hamda o’z guruhlaridagi o’rtoqlariga
birgalikda yordam berishadi. Umuman, hamkorlikda o’qitish metodlari quyidagi
beshta xususiyatga ega:
1. O’quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o’qitilayotgan faoliyat
ustida ishlashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi o’zlashtiriladi.
2. O’quvchilar 2-5 a’zodan iborat tarkibda kichik guruhlarda birgalikda
ishlashadi.
3. O’quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki
o’rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab
chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan xulq-atvor mezonlariga rioya
qilishadi.
4. O’quvchilar ijobiy va mustaqil bo’lishadi. Umumiy vazifalarning
yechimini topishga erishish yoki o’rganish faoliyati bo’yicha ishlarni
tashkil etish, o’quvchilarning bir-birlariga ko’maklashishlari talab etilishini
hisobga olgan holda to’zilgan bo’ladi.
5. O’quvchilar o’z ishlari natijasiga yoki boshqacha aytganda, o’qishga,
ta’lim olishga, shaxsan mas’uliyatli va javobgardirdar.
Kichik guruh a’zolari bajaradigan rollar va vazifalar
Siz o’quvchilarni guruhlarga ajratganingizda guruh a’zolariga ular ijro etadigan
rollarni taqsimlaysiz yoki ularga tanlash huquqini berasiz. Rollar bo’yicha
bajariladigan faoliyatga qarab o’quvchilar rollarni o’zaro almashishni xoxlashlari
mumkin. Kichik guruh a’zolari uchun rollar va vazifalar quyidagicha bo’lishi
mumkin.
Yetakchi — guruh oldiga qo’yilgan topshiriqning bajarilishini nazorat qiladi
va guruh faoliyati uchun mas’ul bo’ladi. U vazifalarni bajarishda guruhning barcha
a’zo- lari ishtirok etishini, ta’lim olishini uyushtiradi va guruhning boshqa a’zolari
tomonidan hurmat qilinishiga ishonch hosil qilishi kerak bo’ladi.
Yetakchi, shuningdek guruhiy topshiriqni bajarish ko’nikmasini beradigan
elementlarning guruh a’zolari tomonidan o’zlashtirilishi darajasini ham nazorat qilib
borishi mumkin.
Hujjatlar yurituvchi yoki yozib boruvchi (kotib(a) —
har kungi yig’ma jild va guruhiy fayllarni to’plab, guruhning har bir a’zosi
tomonidan xissa qo’shilgan barcha guruhiy ishlar yozuvlari va materiallarni saqlab
boradi.
Yozib boruvchi har bir muammo yuzasidann topilgan yechimni yozadi va
yig’adi. Guruh sinf oldida og’zaki taqdimot o’tkazishi uchun materiallarni
tayyorlashi ham mumkin.
Taqdimotchi yoki ma’ro’za qiluvchi — guruhiy ish yoki xulosalar to’g’risida
sinf oldida og’zaki taqdimot o’tkazadi va savollarga javoblar beradi.
Monitor yoki vaqt belgilovchi — guruh ishlayotgan ish joyining ahvoli tartibli
bo’lishiga javobgar. Shuningdeq U «taymkiper» vazifasini bajarib, har bir vazifa
bo’yicha guruxga berilgan vaqtni belgilaydi va muntazam nazorat qilib boradi.
Zaxiradagi ishtirokchi (guruhlarda beshtagacha ishtirokchi bo’lsa) — guruhda
yetakchining
assistenti
vazifasini
bajaradi
va
guruh
ishida
vaqtincha
qatnashmayotgan ishtirokchining rolini o’ziga oladi.
Uch pog’onali intervyu
Uch pog’onali intervyu «mo’zyorar» sifatida mashg’ulot yoki tadbir
boshlanishida, jamoa a’zolarini bir-birlari bilan tanishtirish uchun yoki o’quvchilar
orasida rollarni taqsimlash, turli mashg’ulot va buyumlar bilan chuqur tanishtirish
maqsadida ishlatilishi mumkin.
Rollarni o’qituvchi taqsimlaydi yoki o’quvchilarning o’zlari tanlashi mumkin.
O’quvchilarga intervyu savollarini yoki «topilishi» kerak bo’lgan axborotni tarkatib
chiqish ham mumkin. Misol uchun, o’quvchi A o’quvchi B ga bir necha daqiqa vaqt
ichida savollar beradi va diqqat bilan eshitib, intervyu oladi.Vaqt tugagani xaqida
o’qituvchining ishorasidan so’ng har bir juftlik boshqa juftlikka ugiriladi, hamda
to’rt kishidan iborat kichik guruh shakllantiriladi. Guruhning har bir a’zosi o’z
sherigi to’g’risidagi eng qiziq lavhalarni ifodalab, tanishtiradi.
Davra suhbati
Davra suhbati usuli aqliy xujum yo’li bilan g’oyalarni to’plash, bitta savol,
savollar guruhi yoki muammoga ko’p sonli javoblarni umumlashtirish uchun
ishlatilishi mumkin.
O’qituvchida o’quvchilarga beriladigan savol yoki muammo yechimining kaliti
bo’ladi. Bu shunday savol yoki muammo bo’lishi kerakki, unga ko’p (bir nechta)
«to’g’ri» javoblar berilishi mumkin bo’lsin. Savolni dars mavzusiga bog’lash, lekin
har bir ishtirokchi o’z hissasini qo’sha olishi uchun uni sodda shaklda tayyorlash
kerak:
1. O’qituvchi savol beradi va vaqtni belgilaydi.
2. Har bir guruhga bir dona ruchka va bir varaq qog’oz beriladi.
3. Birinchi ishtirokchi bitta javobni yozadi va javobni baland ovozda o’qib
beradi.
4. Birinchi ishtirokchi bitta javob yozilgan qog’oz bilan ruchkani chai tarafida
utirgan guruhdoshiga o’zatadi va keyin usha ishtirokchi qog’ozga o’z javobini
yozadi vaxq
5. Ajratilgan vaqt tugaguncha ish to’xtatilmaydi.
6. O’quvchilar jarayon vaqtida «taslim bo’ldim» so’zini aytishlari mumkin.
7. Ajratilgan vaqt tugagandan so’ng ish to’xtatiladi.
Vaqt tugashi bilan o’quvchilar o’z ro’yxatlari bilan nima qilish yuzasidan, ya’ni
ular turli javoblarni muxokama qilishni davom ettirish yoki sinfning boshqa a’zolari
o’rtasida o’z ro’yxatlari bilan tajriba almashishni yoki o’qituvchining taklifi
bo’yicha ishni davom ettiradilar.
Muammolar yechishni tashkil qilish
Muammolar yechishni tashkil qilishda ko’pgina hamkorlikda o’qitish
usullaridan qo’shimcha sifatida uyg’unlashtirib foydalanish, masalan, aqliy xujum
yoki o’quvchilar ganlagan boshqa usuldan foydalanish mumkin bo’lib, kuyi-dagi
boskrgchlarni o’z ichiga oladi:
1 Har bir kichik guruh a’zosiga bitta raqam yoki rangli yoki biror belgili
varakcha (karta) tarqatiladi. Bunda har bir guruhdagi a’zolarda har xil raqamlar yoki
karta olishi ta’minlanishi zarur.
2. Guruhdada topshiriqni muxokama qiling.
3. Har bir ishtirokchi javob berish uchun tayyor bo’lishi o’z guruhi
a’zolarining javoblarini yaxshi tushunishi, moxiyatini anglashi,
guruhning boshqa a’zolari ko’magisiz javob bera olishi kerak.
4. Har bir guruhdan kimnidir tanlab javob berishini so’rang. Javob
beruvchi ishtirokchini uning raqami yoki kartasi asosida chaqiring.
Bir daqiqalik ishlar
Har bir o’quvchidan quyidagi savollarga javob berishini so’rang:
Bugun siz o’zlashtirgan mavzular orasidan eng muhim va foydalisi qaysi?
Siz bermoqchi bo’lgan qaysi ikki savol xozirgacha noaniq?
Siz nima to’g’risida ko’prok bilimga ega bo’lishni xoxlaysiz?
Har bir o’quvchiga bir daqiqadan vaqt ajrating va vaqtni ko’zatib boring. Bu
ish sizga ularning diqqatini mazmunga jalb etish va o’qituvchi faoliyatiga baholari
sifatidagi kayta axborotni bilish uchun yordam beradi.
Siz bir daqiqalik ishlar usulini kun tahlili sifatida hamda ikkinchi kunning
boshlanishida ham ishlatishingiz mumkin.
Juftlik izohlari
O’quvchilar juftlikka bo’linib, bitta maqola matni yoki ayrim qismllari
mazmunini o’rganishadi va o’qish yoki fikrlash uchun ikki qismlli kundaliklarini
bir-birlari bilan almashishadi.Unda o’quvchilar o’xshash fikrlar, g’oyalar va matn
mazmuni to’g’risida o’zaro muhokama yuritishadi. O’quvchilar hamkorlikda
maqolaning yoki ayrim qismlining mazmuni bo’yicha fikrlarni umumlashtiradigan
izohlar tayyorlashadi.
Muammoni jo’natish
Muammoni jo’natish mashqi biror mavzu bo’yicha axborotga alokador
muammoning mavjud yechimini yoki unga te- materialni muxokama qilish uchun
ishlatilishi mumkin.
1. Guruhning har bir a’zosi berilgan mavzu bo’yicha muammoni topadi va uni
kartochkaga yozadi. Shundan so’ng uning har bir a’zosi boshqa a’zolarga
savol beradi.
2. Agar savolga to’g’ri javob berilsa va guruhning barcha azolari javobdan
qoniqsalar, unda javob kartochkaning orqa tomoniga yoziladi. Agar javob
qoniqarsiz deb topilsa, javobning muxokamasi davom ettirilishi kelishib
olinadi.
3. Guruh kartochkaning savol yozilgan tomonini «S» harfi bilan, javob yozilgan
tomonini esa «J» harfi bilan belgilaydi.
4. Har bir guruh savol yozilgan kartochkani boshqa guruxga jo’natadi.
5. Guruhning har bir a’zosi savollar to’plami orasidan bitta kartochkani oladi va
guruh oldida bitta savolni o’qib eshittiradi. Birinchi savol o’qib bo’lingandan
so’ng,
guruh uni muxokama qilishni boshlaydi.
Agar guruh javob yuzasidan biror qatrorga kelib, kelishib olsa, ular
kartochkaning orqasini o’girib, unda ilgari yozilgan javobni o’z javoblariga
solishtirib, agar farq bo’lsa, unga rozi yoki norozi ekanliklarini bildiradilar.
Agar ular birinchi guruh javobiga norozi bo’lsalar, muqobil tarzda o’z
javoblarini kartochkaga yozib qo’yadilar.
6. Ish jarayoni shu tarzda davom etgiriladi.
7. Savol yozilgan kartochkalar uchinchi, to’rtinchi yoki beshinchi guruhga
xoxish asosida jo’natilishi mumkin.
8. Shundan so’ng har bir kartochkani dastlab yozgan guruhga o’zatiladi.
Kartochka o’zatilgan guruh bar'cha savollar na o’zinikidan boshqacha
javoblar bo’yicha tegishli aniqlik kiritishi mumkin.
Bu mashqning yana bir varianti bor bo’lib, uni ko’pimcha bir nechta yechimga
ega bo’lgan birorta hayotiy muammo yuzasidan guruhiy muxokama o’tkazish uchun
quyidagicha tashkil qilinadi:
1. Har bir guruh ko’rib chiqish uchun qaysi muammoni ganlab olishni o’zi hal
etadi. Bunda har bir guruh boshqa guruhlardan farqlanib turadigan o’zining
bitta muam-mosini ko’rib chiqsa, bu juda yaxshi.
2. Guruh o’zi tanlagan muammoning bitta yechimini topish bo’yicha aqo’shy
xujumni ishdatadi. Muammoni qog’oz bo’lagiga yozib, konvertning ustiga
qistirib qo’yiladi. Yechimlarni esa, konvertning ichiga solinadi.
3. Shundan so’ng konvert keyingi guruhga o’zatiladi. Har bir guruh muammoni
aqliy xujum metodi asosida 3 — 5 daqiqa ichida oldingi guruhlar ishini
o’qimagan holda muxokama siladi va javoblar qayd etilgan o’z qog’ozini
konvertga soladi.
4. Bu jarayon bir yoki bir nechta guruhlarda davom zttirilishi mumkin. Oxirgi
guruh barcha yechimlarni ko’rib chiqadi va ehtimoliy javoblar tushirilgan
ustuvor ruy- xatni ishlab chiqadi. Shundan sung sinf oldida ro’yxatning
taqdimoti o’tkaziladi.
Baholash chizigi
Turli toifadagi ishtirokchilardan iborat guruh tarki-bidan kichik guruhlarni
shakllantirishda baholash chizigi mashqini ishlatish maqsadga muvofiq.
1. Guruh oldida biror mavzudagi muammo va uning yechimi taqdimotini
uyushtiring va har bir a’zodan shu masala bo’yicha o’zining xulosalarini
ta’riflab berishini surang. Bunda 1 dan 10 balgacha bo’lgan shkalani ishlatish
mumkin: 1 ball- qat’iy rozilik 10 bal-qat’iy norozilik.
2. Baholash chizigini shakllantiring va unda har bir ishtirokchining 1 dan 10
balgacha oralikdagi tanlagan urnini belgilang.
3. Xosil bo’lgan baholash chizigining boshi va oxiridan1 tadan, o’rtasidan esa,
2 tadan ishtirokchini olib, 4 ishtirokchidan iborat kichik guruhl rni
shakllantiring. Masalan, jami 20 kishi bo’lsa, birinchi guruhning tarkibi ba
holash chizigining boshiga va oxiriga eng yaqin bittadan va o’rtasiga eng
Kam uchraydigan birlik
Hamkorlikda ishlash bo’yicha samaradorlikni oshirish uchun kichik guruhlarni
shakllantirishda
o’ziga
xos
o’xshash-diklarni
hisobga
olish
maqsadga
muvofiq.Buning uchun guruhda dastlabki mashg’ulotning boshla-nishida a’zolarga
o’zlari to’g’risidagi individual xususiyatlar, fazilatlar ro’yxatini to’zishni taqlif
qilinadi. Shundan so’ng guruh a’zolari to’zilgan ruixatni muxokama qilib, a’zolar
orasidan o’zaro 4 ta, 3 ta, 2 ta va x.q xususiyat, fazilatlari bir-biriga moye
bo’lganlarni anshlab chiqadilar.
Bunda 4 ta xususiyat, fazilatlari bir xil bo’lgan a’zolarni 4-chi, 3tasi bir xil
a’zolarni 3-chi va shu tartibda belgilanib, kichik guruhlarga ajratishda hisobga
olinadi.
Jamoa kutuvi
O’quvchilarning guruhlarda ishlashga bo’lgan qo’rquvlari tez-tez uchrab
turadi, bunda guruhning ayrim a’zosi faollikka intilgani holda, lekin har bir
ishtirokchi faol harakat qilmaydi, deb hisoblaydilar.
Natijada o’quvchilarning baxosi yakka tartibda o’qi~ tishga nisbatan guruhiy
o’qitishda past darajada bo’ladi, deb qo’rqadilar.
Bu masalani hal etish uchun guruhiy ish tashkil qilish keraq unda o’quvchilar
o’zlari tomonidan kabul qilinadigan guruhning xulq-atvor qoidalarini ishlab
chiqsinlar. Guruhlardan, butun guruhdan va har bir juftlikdan, har bir ishtirokchidan
kutayotgan xulq-atvor qoidalari (kutuv-qR' Ruyxatini berishlarini surang va tegishli
shakl bo’yicha umumlashtiring.
undan keyinchalik guruhiy ishga o’quvchilarning individual xissasi
monitoringini o’tkazishda va kichik guruhlarning ishtirokini baholashda foydalanish
mumkin bo’ladi.
Ikki qismli kundalik
Ikki qismli kundalik o’quvchilar tomonidati o’qilgan makolalar, boshka faktlar
yuzasidann munozaraga tayyorgarlik jarayonida ta’rif, izox va sharhlar kedtirish
uchun ishlatilishi mumkin.
O’quvchilar o’qish uchun berilgan materialnp o’qiydilar va fikrlaydilar.
O’quvchilar ikki qismlli kundalikni tayyorlaydilar, unda o’qiigan materiallaridagi
muxim joylarni o’z qarashlari, munosobatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydilar
va o’qilgan materialdan barcha javoblarni yezib boradilar.
O’quvchilar shunday yozuvlar yozilgan o’z kundaliklarini sinfga olib keladilar.
Sinfda o’quvchilar muxokama qilish, juftlik izoxlarini berish yoki boshqa guruhiy
ishlarda o’z kundaliklaridan foydalanishlari mumkin bo’ladi.
O’zaro savol yo’llash
Bu ishning maqsadi-biror fan yoki boshqa muammoga tegishli masalalar
yuzasidann guruhlararo muiozara tashkil qilnshdan iborat:
1. O’qituvchi biror masala yuzasidann 10-15 daqiqalik qisqa ma’ro’za
o’tkazadi. Bunda o’qituvchi materialni o’quvchilarga o’qish yoki zarur
joylarini yozib olishlari uchun berishi ham mumkin.
2. Shundan sung o’quvchilarga namunaviy savollar tup-lami beriladi.
3. O’quvchilar yakka tartibda ishlashadi va ushbu material yuzasidann
o’z savollarini yozib borishadi.
4. O’quvchilar o’zlari tomonidan to’zilgan savollarga javob berishlari shart
emas.
Bu topshiriq o’quvchilarni muxokama qilinayotgan sohaga taalluqli narsalar
to’g’risida uylashga majbur qilish uchun ishlab chiqilgan.
5. O’quvchilar imkon darajasida ko’p savollar tuplamiii to’zishlari shart.
6. O’quvchilarni guruhlarga bulinadi, har bir o’quvchi o’zining savollar
tuplamidan foydalaiib, muxokama uchun savol taklif etadi.
Savollar namunasi:
.. .ng asosiy g’oyasi nima?
Agar ...nima bo’ladi?
...bunga qanday ta’sir etadi?
.. .ning yangi misoli nima?
Tushuntiring, nima uchun...?
Tushuntiring, qanday qilib...?
Men avval o’rganganlarimga buningqqanday daxli bor?
Men ...to’g’risida qanday xulosa chiqarishim mumkin?
..va ...o’rtasidagi farq nimada?
... va ...o’rtasidagi o’xshashlik nimada?
Men ...qilish uchun ...qanday qo’llashim mumkin?
.. .kuchli va zaif tomoni nimada?
.. .yaxshi va nima uchun?
.. .yomon va nima uchun?
Yuqorida bayon qilinganlar asosida hamkorlikda o’qitishning asosiy
afzalliklarini belgilash mumkin bo’lib, bular quyidagilar:
O’quvchilar o’rtasida taqsimlangan axborotni o’zaro almashish imkonini
beradi. Dars jarayonida olingan bilimlar sifatini yaxshi-laydi.
O’quvchilarni materialni urganishga undaydi. O’quvchilarni maksimal
darajada faollashtiradi va ishga jalb etadi.
Mashg’ulotda qo’lay psihologik muhitni yaratadi.
Sinf jamoasini jipelashtiradi.
O’quvchilarda bilim shakllanishiga kumaqlashadi.
Ikki tomonlama boglanish imkonini beradi.
layetda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ko’nikmalarni
rivojlantiradi.
Turli madaniy, milliy, diniy va ijtimoiy-iqtisodiy guruxlar vakillari o’rtasida
munosabat madaniyatini shakllantiradi.
Shular bilan birga:
Hamkorlikda
o’qiyotgan
o’quvchilar
bir-birining
muvaffaqiyatiga
ko’maqlashadi.
Bir- biriga yordam beradilar va yordam oladilar, gap fakat o’qish to’g’risida
emas, balki insoniy, dustona hamdardlik to’g’risida ketyapti.
O’zaro axborot va «moddiy resurslar» almashadilar.
O’rtoqlari aniq va beg’araz xabar qilgan ma’lumotlarni o’zlashtiradilar va
o’ziga maksimal foyda bilan qo’llashga harakat qiladilar.
Bir-birining
akademik
muvaffaqiyatlari
va
xulq-atvorlariga
o’z
munosabatlarini bildiradilar.
Bir-birini mo’zokara olib borishga va dalillar keltirishga o’rgatadilar.
Bir-biriga iloji boricha yaxshirok o’qishga ko’maklashadilar.
Bir-biriga ta’sir etadilar.
Aniq ifodalangan motivasiyaga ega bo’ladilar.
O’zaro ishonch sharoitini yaratadilar va talablarni yuqori darajada ushlab
turadilar.
Stress va gazablanishlarni muvaffakiyatli yengadilar.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari hamkorlik pedagogikasi asosida
shakllangan bo’lib, u an’anaviy pedagogikadan quyidagicha farqlanadi:
An’anaviy ta’limda o’qituvchi pedagogik jarayonning subyekti, o’quvchi esa
obyekti deb qaraladi. Hamkorlik pedagogikasida esa o’quvchi o’z o’quv
faoliyatining subyekti sifatida qaraladi. Bunda o’qituvchi va o’quvchi pedagogik
jarayonning subyektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni hosil
bo’ladi. Ular o’zaro hamkor, hamdust, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard,
hamboshqaruvchi bo’ladilar.
Hamkorlik munosabatlario’qituvchilar orasida, ma’ muriyat bilan o’quvchilar
va o’qituvchilar tashkilotlari bilan, rahbarlar, ota-onalar, jamoatchilik orasida
ham urnatiladi.
Hamkorlik pedagogikasi o’quvchining ta’lim-tarbiya olish motivlarini
rivojlantirib borish orqali hamda o’quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish
tamoyil-larini amalga tatbiq qilgan holda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari amalga oladigan ayrim
noana’naviy dars shakllari
Matbuot konferensiyasi darsi - dars mavzusini sa-voljavoblar orqali
o’zlashtirish mashqi.
Quvnoqlar, zukkolar klubi darsi - qiziqarli savol-ularga javoblar topish
orqali mustaqil fikrlashni o’rgatish mashqi.
Guruhlarda ishlash darsi - o’quvchilarning bir nechta guruhlarga bulinib
vazifalar bajarishini tashkil etish orqali bilimlarni mustaxkamlash mashqi.
O’zaro o’qitish darsi - o’quvchilarning dars mazmuni bo’yicha matnning
ayrim
abzaslari
yoki
shunga
o’xshash
kichik
bulaqlarini
bir-birlariga
gushuntirishlarini tashkil etish orqali mavzuni o’zlashtirish darsi.
O’quvchilar olib boradigan dars — dars mavzusini o’quvchilar tomonidan
tushuntirib berilishini tashkil etish orqali o’quvchilar faolligini oshirish mashqi.
Tanlov darsi — sinfdagi o’quvchilarning bir yoki bir nechta mavzu bo’yicha
oldindan tayyorgarlik kurgan holdagi tanlovini tashkil etish, goliblarni aniqlash
darsi.
Juftlikda ishlash (binar) dars — o’quvchilarning juft bo’lib, dars mavzusini
birgalikda o’zlashtirishi yoki bir-birining bilimlarini mustaxkamlashi darsi. Bunda
zarur bo’lganda juftliklar dars davomida turlicha o’zgar-tirilishi mumkin.
Dialog darsi — o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish va o’z fikrlarini
bayon etish ko’nikmalarini rivoj-lantirish maqsadida dars mavzusini o’quvchilar
bilan dia - loglar tashkil etish orqali tushuntirish va mustaxkamlash mashqlaridan
iborat.
«Aylana buylab mashq» darsi — o’quvchilarning navbat-ma-navbat ishtiroki
asosida yangi mavzuni o’zlashtirish yoki o’tilgan darsn i takrorlab, mustaxkamlash
mashqlaridan iborat.
Innovasiyalar darsi — o’quv fani sohasidagi yoki maktab xayotiga tegishli
yangiliklarni joriy qilish, shuning- O’quvchilarning ijodiy faoliyatlari natijalarini
alda qo’llash bo’yicha taqlif va loyihalar bilan tanishirish darsi bo’lib,
o’quvchilarning bilimlarini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat
qiladi.
O’quvchilarni hamijodkorlikka o’rgatish, ularning o’qituvchi bilan bilan
va o’zaro hamfikr, hammuallif bo’lishlariga erishish Hamkorlikda o’qitish
texnolbgiyalaridan samarali foydalanishning o’ziga xos pedahohik, psihologik va
uslubiy asoslari ishlab chiqilgan bo’lib, ular quyidagilar:
- tashkiliy pedagogic asoslari - o’quv reja, dastur, dars mavzusi, DTS talablari
va ularga muvofiq darajada o’zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilim hajmi
asosida o’quv mashg’uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlash-lari uchun
shart-sharoit imkoniyatlarni belgilash va amalga oshirish;
- psihologik asoslari-o’quvchilarning psixologik va hesh xususiyatlarini
hisobga olish, mashg’ulotlarda har bir o’quvchi uchun qo’lay psixologik
muhit yaratish, erkin mulo- kotni sifatli uyushtirishda dars mavzusi, mazmuni,
qo’llanilayotgan tushunchalar, atamalar, ta’riflar, formulalar va boshqa
shartlarning o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishini ta’minlash;
- uslubiy asoslari-mashg’ulot uchun zarur vositalarni oldindan ishga tayyorlash,
ularning talablar darajasida sifatli bo’lishini ta’minlash. Muloqot usullari
hamda zamonavii axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil
qilish va boshqalar.
Hamkorlikda o’qitish samaradorligini ta’minlovchi omillar:
- O’quvchilarning dars mazmuniga ijodiy yondashuvi;
- dars jarayonidagi axborotlarni tahlil va tanqid qilish, o’z xulosalarini asoslash;
bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo’llash;
- amaliy topshiriqlar bajarish uchun vaqtni ko’prok ajratish;
- hamkorlikda o’qiyotgan o’quvchilarning bir-biriga muffakiyatga erishishlari
uchun ko’maqlashuvi va boshqalar.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini
takomillashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum. Shu munosabat bilan
mazkur unalishda tadqiqotlar olib borgan olimlardan ayrimlari
Hamkorlikda o’qitish jarayonining asosiy ishtirokchisi o’qituvchi xulq-atvori,
fazilatlarining ta’sirini o’rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelganlar:
Bolalarda kreativlik qobiliyatining rivojlanishida xulq-atvorinipg omili sifatida
uning quyidagi fazilatlari katta ta’sir ko’rsatadi, bular quyidagilar:
- ijodiy fikrlash;
- qadr-qimmatining tan olinishi;
- atrof-muhit ta’siriga bolalar sezgirligini rivojlantirishi;
- g’oyalar va obyektlarni erkin egallashga yo’naltirishi;
- ijodiy jarayonlar turrisida asoslangan axborotlar bera bilish ko’nikmasini
shakllantirishi;
- tanqidni turri asoslab bera bilishni rivojlantirishi;
- o’zini xurmat qilishni ragbatlantirishi;
- qanday baxo olishdan kurkish xissiyotini jilovlashni o’rgatishi
Bolalarda kreativlik qobiliyatining rivojlanishida o’qituvchi xulq-atvorining
quyidagi omillari o’quvchilardagi kreativlikka salbiy ta’sir etadi:
- avtoritar tartib, talablar urnatish;
- atrof-muhitning avtoritarligi;
- o’qituvchining kattikqo’lligi;
- ko’pol baholash;
- o’quvchi ustidan qo’lish;
- ma’lum yutuqqa erishish uchun qattiqqo’llikni ishlatish;
- shaxsga nisbatan dushmanlik va x.qlar
Dj.Gilford (1897-1976)-amerikalik psiholog ijodiy saloxiyat va ijodiy
natijaviylikni quyidagi o’ziga xos parametrlar bilan harakterlaydi:
- fikrlar boyligi (bir vaqtning o’zida vujudga keladigan g’oyalar soni);
- fikrlar egiluvchanligi (bir royadan ikkinchi royaga utish tezligi);
- o’ziga xoslik (umumiy karashlardan farqlanib turaddigan g’oyalarni ishlab
chiqish qobiliyati);
- bilimga
qiziquvchanlik,
chanqoqlik
(atrof-muhitdagi
muammolarga
hissiyotlilik)
- gipotezalar ishlab chiqish qobiliyati;
- irrelevantlik (ragbatlantirishdan ta’sirlanishiing mantiliy mustaqilligi);
- xayolchanlik (ragbatlantiruvchi sabab bilan undan ta’-sirlanish orasida
ma’lum mantiliy borliqlik bo’lgani \olda javobning reallikdan ajralganligp).
Gilford bularning barchasini qo’shib, «divergent fikrlash» (ijodiy fikrlash)
degan umumiy nom bergan. U kreativlik xususiyati yuzasidann 6 ta gipotetik
intellektual qobiliyatlarni belgilagan bo’lib, ular quyidagilar:
- muammoni aniqlash va qo’yish qobiliyati;
- ko’p miqdordagi g’oyalarni yaratish qobiliyati;
- semantiq tezkor egiluvchanlik - har xil goyalarni hosil qilish qobiliyati;
- originallik - o’zaro o’zok tasavvurlarni, ko’tilmagan javoblarni, nostandart
yechimlarni yaratish qobiliyati;
- obyektni zarur detallarni qo’shgan holda takomillashtirish qobiliyati;
- nostandart muammolarni yechish qobiliyati (semantiq egiluvchanlikni
namoyon qilgan holda obyektda yangi belgi-larni ko’ra olish, yangicha
foydalanishni topa olish).
Kreativ qobiliyatli insonlar, nokreativ insonlarga nisbatan — bir kator shaxsiy
xususiyatlar: o’ziga ishonuv-chanliq tajovo’zkorliq o’ziga bino qo’yish, ijtimoiy
chega- ralarni va begona fikrlarni tan olmaslik kabi xususiyatlari bilan farqlanib
turadi.
Hamkorlikda ta’limning rasmiy, rasmiylashtirilmagan hamda norasmiy o’quv
rejalar asosidagi o’ziga xos shakli sifatida «Vakolatli ta’lim» texnologiyasini
kursatish mumkin. Bu texnologiya 1995 yilda AQShda «Ayollar yetakchiligi» deb
nomlangan treninglardan boshlangan bo’lib, halkaro ta’lim texnologiyasi sifatida
1997 yildan boshlab Ukrainada shakllanib, sungra Ozarbayjon, Gro’ziya, Qozo-
giston, Qirg’iziston, Litva, Moldova, Tojikiston, O’zbekistoiga tarqalgan. 2002
yilda
Afg’oniston,
Birma,
Indoneziyada
treninglar
o’tkazilgan.
Boshqa
mamlakatlarda ham shakllantirish jarayonlari amalga oshirilmokda.
Bu ta’lim texnologiyasini xozirda mutaxassislar shunday ta’riflaydilar:
«Vakolatli ta’lim-genderlik adolati va zuravopliksiz munosabatlar asosidagi
o’quv jarayoni bo’lib, bunda bevosita tajriba orqali ta’lim olish yo’li ning o’z-o’zini
tashkil qilish ko’nikmalarini olish mumkin.
Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan ta’limga
nisbatan umumiy yondashuvga ega.O’zaro faoliyatda ular bir-birini boyitadi va
kuchaytiradi.
Vakolatlash ta’limini quyidagicha joriy qilish mumkin:
- rasmiy o’quv reja (ayrim o’quv fani, integrasiyaashtirilgan yondashuvlar yoki
mavzular sifatida);
- rasmiylashtirilmagan o’quv reja (maktab tomonidan tashkil qilingan va
rasmiy reja bilan bog’langan sinfdan yoki maktabdan tashkari ish);
- norasmiy o’quv reja (ko’tilmagan mashg’ulotlar tashkil qilish yoki aloxida
reja orqali joriy qilish).
Mashg’ulotlar maxsus tayyorgarlik kurgan trenerlar tomonidan treninglar
shaklida o’tkaziladi. Bunda trener deb ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar
bajarish buyicha trening mashg’ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) uchun
maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassisni aytiladi. Trening deb esa ma’lum
yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trenerlar tomonidan (rahbar-
ligida) o’tkaziladigan mashg’ulotlarni aytiladi.
Maktabdagi metodik faoliyat jarayonida har bir o’qituvchi ayrim turdagi
hamkorlikda o’qitish mashg’uloti o’quv materiallarini amalda qo’llash uchun
tayyorlashini tashkil qilinadi. O’qituvchilar o’z mutaxassislik fanlari bo’yicha
o’zlari tanlagan mavzudagi darsni eng maqsadga muvofiq hamkorlikda o’qitish
turlaridan foydalanib o’tkazish yuzasidann dars ishlanmasi tayyorlaydilar va uning
asosida metodika kengashida shu mashg’ulotni bayon qilib beradilar va tegishli
muhokama o’tkaziladi.
Mavzuga oid savol va topshiriqlar:
1. Innovatsion texnologiya nima? Uning bir qancha ta’riflarini keltiring?
2. Innovatsion texnologiyalarning ta’lim samaradorligidagi ahamiyati?
3. Innovatsion texnologiya va interfaol metodlar bir tushunchami? Ularning
farqi yoki o’xshashligi?
4. Texnologiya darslarida innovatsion texnologiyalarning qo’llash usullari?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. K. Xoshimov, S. Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv qo‘llanma.
T.:O‘qituvchii, 2010 - yil.
2. R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev.Ta’limda innovatsion
texnologiyalar. Amaliy tavsiyalar. T:.Iste’dod, 2008-yil
3. R.Ishmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev. Tarbiyada innovatsion
texnologiyalar. Amaliy tavsiyalar. T:. Iste’dod, 2008-yil.
4. J.G‘.Yo‘ldoshev, S.Hasanov. Pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma T:.
Iqtisod-moliya, 2009-yil.
Elektron ta’lim resurslari
www. tdpu. o’z
www. pedagog. o’z
www. ziyonet.o’z
www.lex.o’z;
www.bilim.o’z;