Texnologiya darslarida innovatsion texnologiyalaridan foydalanish
Reja:
1.Dars jarayonida AT larining o’rni
2.Texnologiya darslarida AT dan foydalanish
3.Innovatsion texnologiyalar haqida malumot.
4.Innovatsion texnologiyalardan ta ‘lim jarayonida foydalanish usullari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Pedagogik texnologiyalar, innovatsiya,
interfaol metodlar, hamkorlik pedagogikasi.
Innovatsion texnologiyalar - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi
o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini
faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni
qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy
mezonlari: norasmiy baxs-munozaralar o’tkazish, shu materialini erkin bayon etish
va ifodalash imkoniyati, ma’ro’zalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi,
o’quvchilar tashabbus ko’psatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta
guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish
va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini
oshi- rishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Innovatsiya (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni ifodalaydi,
texnologiya yunoncha “texnos”- san’at,mahorat va “logos”- fan so’zlaridan
olingan bo’lib, innovatsion texnologiya ta’lim-tarbiya shakllari, metodlari va
usullariga yangicha yondashish degan ma’noni o’z ichiga qamrab oladi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi
faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish. Ta’lim tizimidagi har qanday islohotlar,
innovatsiyalar, investitsiyalar, shubhasiz, ta’lim samaradorligini oshirishga va uni
zamonaviy ta’lim talablariga to’la qonli javob berishiga qaratilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, “Inson, uning har
tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga
chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur
va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o`zgartirish Respublikada amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi
kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida,
zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari
asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O`zbekiston
taraqqiyotining muhim shartidir”.
XXI asrda O`zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustuvor
vazifalardan biridir. Bu esa, o`z navbatida texnologiya fani yo’nalishida izlanishlar
olib borayotgan olimlarimiz zimmasiga tegishli o`quv fanlari bo`yicha o`quv
adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilm-fanning so`nggi yutuqlarini hisobga olgan
holda yangilab borish, ta’lim jarayoniga innovatsiya va ta’lim texnologiyalarini
joriy etishni taqozo etmoqda.Ma’lumki mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida
barcha fanlarni o`qitish jarayonida innovatsiyalar va ilg`or xorijiy tajribalarni
qo`llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi.Avvalo fandagi
yangilik nima? Fandagi innovatsiya nima? degan savollarga javob berish lozim.
Bugungi kunda amaliyotda yangilik va innovatsiya so`zlari o`rtasida farqlar
mavjud. Yangilik bu fandagi eng so`nggi kiritilgan yutuqlar, bilimlar, usullar
hisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullarni amalda qo`llanilishi bilan
innovatsiyaga aylanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda har jihatdan rivojlangan insonni tarbiyalash
muammosi hozirgi kun talabiga aylangan. Jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy
o’zgarishlarni insonni o’zgartirmay amalga oshirib bo’lmaydi, bu esa ijtimoiy
munosabatlarning yangilanishiga borib taqaladi, uning tub ildizi esa maktablar
tizimiga ulangan.
Axborot texnologiyalarni yuqori cho’qqini zabt etib turganligi xorijiy
mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi,
ta’limning ilg’or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metotlari va shakllariga
bo’lgan ehtiyoj kuchaydi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat
ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi sababli ta’limga
qaratilayotgan islohotlar yildan yilga oshib bormoqda. Yaponlarda maktab tizimiga
shunday ta’rif bergan: “ maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo’lib
qolmay, “ u insonni yaxshilaydi” degan fikrga asoslanadi. Ta’lim to’g’risidagi
masalalar hamisha davlat siyosatchilarining diqqat markazida bo’lgan.
Fransiya prezidenti F.Mettiran “maktab-jamiyatni harakatlantiruvchi kuch”
deb hisoblagan. Xorijiy mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan
ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari
bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot
markazlari shug’ullanmoqda. Hunar ta’limi Germaniya ta’lim tizimida muhim
ahamiyat kasb etadi. Sababi, Germaniyada yuqori malakali ishchilarga bo’lgan
talabning kuchliligidir. Maxsus hunar bilim yurtlari va o’rta maxsus bilim
yurtlariga bu mamlakat tayanch maktablarning 25% gacha bitiruvchilari kiradilar.
Bu turdagi o’quv yurtlarining bitiruvchilari texnika oliy o’quv yurtlarida o’qishni
davom ettirishlari mumkin.
Muammoli ta’lim texnologiyasida aqliy faoliyat usullarini shakllantirish,
ijodiy faoliyatga yo`llash, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish funksiyalari yetakchi
o`rinni egallaydi, qolgan funksiyalar ularga go`yoki bo`ysunadi. Shu asnoda
boshqa texnologiyalarning ham didaktik funksiyalarini tahlil etish mumkin. Bir
qator fanlarni o`qitishda bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda
quyidagi innovasiyalar va ta’lim texnologiyalari qo`llanilmoqda.
✓ Muammoli o‘qitish– Maqsadi - faol shaxsni tarbiyalash. Vazifasi - faol
bilish jarayoniga undash, ijodiy fikrni rivojlantirish, tanqid va tahlil qilish,
muammoni echish usulini izlashga o‘rgatish, tafakkurida ilmiy-tadqiqot uslubini
shakllantirish. ➢ Muammoli vaziyatni yaratish metodikasi:
❖ O`quvchilar muammoning echimini o‘zlari topishga urinadilar;
❖ O`quvchilar bitta savolga har xil fikrlar bildiradilar;
❖ Fikrlar taqqoslanadi, umumlashadi va xulosa chiqariladi.
➢ Muammoli o‘qitishning shakllari:
❖ Nazariy bilimlarni berishda o‘quv materialini muammoli bayon etish;
❖ Amaliy mashg`ulot ishlari yoki tajriba qilishda qisman izlanuvchi faoliyat;
✓ “Zig–zag” – usuli 1980 -1990 - yillardan boshlab paydo bo‘lgan. Bu
usulning boshqalardan farqi shundaki, ishtirokchilar mayda guruhlarga ajratiladilar
va o`quvchilar raqamlanadilar, spiker (boshliq saylanadi). So‘ngra bir xil raqamlar
bir-birini “topadilar”. Topshiriq beriladi va o‘zlashtirgach, tarqalishadilar. Har bir
a’zo o‘zi o‘zlashtirgan materialni eski sheriklariga aytib beradi. Savol - javobda esa
guruh baholanadi. Har bir raqamlanganlar yangi va har xil topshiriqlar olganini
hisobga olsak, har bir talaba o‘z guruhi manfaati uchun ham berilgan topshiriqni
bilishi kerak va bilishga majbur. Chunki, u o‘z guruhiga qaytganda, o‘rgangan
mavzu bo‘yicha savoljavobda guruhi nomidan qatnashishi kerak.
✓ 6x6x6 – uslubida o‘qituvchi guruh 36 ta qatnashchisini qisqa vaqt
mobaynida bironta masalani muhokama qilishga o‘rgatish va ular ko‘pchiligining
fikrlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 6-ta guruh ishtirokchilari o‘qituvchi
tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni 6 daqiqa mobaynida muhokama
qiladilar. Shundan keyin o‘qituvchi 6 ta yangi guruhni shunday tuzadiki, unda
oldingi munozara guruhida qatnashganlardan birontasi albatta bo‘ladi. Yangi guruh
qatnashchilari o‘z guruhlarining ish natijalarini muhokama qiladilar. 6x6x6 –
guruhning barcha a’zolarini faollashtiruvchi uslubdir.
✓ “Kungaboqar” – Talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi.
O‘qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o‘rtaga bitta muammoni tashlaydi.
Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar
yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo
yozilib, doskaga yopishtiriladi. Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini
bargga yozib, uni o‘sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo‘yadilar.
Bu uslubdan o‘tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash
hamda o`quvchilar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
✓ “Bumerang” texnologiyasi– Mazkur texnologiya bir mashg‘ulot
davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganiysh, ijodiy tushunib
yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. Asosiy tushunchalar quyidagilar:
❖ Ochiq savollar – bu savollar muomala, so‘zlashuvni davom ettirishga imkon
beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
❖ Yopiq savollar – bu savollar oldindan “ha” yoki “yo‘q” tipidagi to‘g‘ri,
ochiq javoblarni berishni ko‘zda tutadi.
❖ Ko‘ndalang so‘roq – bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori
bo‘lib, bu o‘ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlarni pozitsiyasini
aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
“SINKVEYN” texnologiyasi haqida tushuncha
“SINKVEYN” – bu besh qatordan iborat bo’lib, unda bir tushuncha haqida
axborot beriladi.
Birinchi qatorda – mavzu (kalit so’z) beriladi;
Ikkinchi qatorda – unga bir yoki ikkita aniqlovchi tanlanadi;
Uchinchi qatorda – unga harakat-holat (fe’l) bilan to’ldiriladi;
To’rtinchi qatorda – so’z har xil usul bilan yoyiq gapga aylantiriladi;
Beshinchi qatorda – kalit so’zning ma’nodoshi(sinonimi) keltiriladi.
“FSMU” TEXNOLOGIYASI
Metodning maqsadi: Mazkur metod talabalardagi umumiy fikrlardan xususiy
xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash,
shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
• Talabalarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi.
• Har bir talabaga FSMU texnologiyasining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni
tarqatiladi.
Har bir talaba yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozlardagi FSMUning to‘rt
bosqichini taklif etilgan xulosa yoki g‘oyaga nisbatan o‘z mustaqil mulohazalarini
yozma bayon etgan holda to‘ldiradilar.
(F) – Ha, albatta
S) – Chunki, ….
(M) – Demak, …
(U) – Fikringizni umumlashtiring.
MUNOZARA” METODI
Bu metod yordamida talabalarga muayyan muammo bo‘yicha to‘liq axborotlar
yetkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni talabalar ayovsiz “shturm”
qiladilar va pirovard natijada muammoga tegishli ma’lumotlarni atroflicha
o‘rganadilar.
1-topshiriq
(F) – Fikringizni bayon eting
(S) – Fikringizni bayoniga biron sabab ko‘rsating.
(M) – Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.
(U) – Fikringizni umumlashtiring. Ushbu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini
himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda
baxslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, qay darajada egallaganliklarini
baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
«AQLIY HUJUM» METODI
Mashg‘ulot o‘tkazish tartibi: Ushbu metod turli tarzda qo‘llanilishi mumkin.
Masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun Yangi savol quyi
yokiistalgan qandaydir muammoni hal etish mumkin. Asosiy qoidalari quyidagilar:
-Aytilayotgan barcha g‘oyalar bir biriga nisbatan muhimlikda tengdir.
- Kiritilayotgan g‘oyalarga nisbatan tanqid mavjud emas.
-G‘oyani taqdim etayotgan paytda so‘zlovchining gapini bo‘lmaslik.
So‘zlovchiga nisbatan baholovchi komponent mavjud emas.
«KEYS-STADI» TEXNOLOGIYASI
«Keys-stadi» ingilizcha (case – aniq vaziyat, stadi – o‘qitish) aniq vaziyatga va
hodisaga asoslangan o‘qitish. O‘quv muammoli vaziyat (o‘quv keysi) tashkil
etishning maqsadi auditoriyada mavzudan kelib chiqib, aniq muammoli vaziyatni
mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda muqobil yechimlarini muhokama qilish
orqali qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iborat. 3-topshiriq. Jarayon
tugagach barcha g‘oyalar to‘planishi, guruhlarga ajratilishi yoki kategoriyalarga
bo‘linishi mumkin. Aqliy hujum usuli, uning mazmuni va ahamiyatini tushuntirib
bering. Aqliy hujum usulini qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqing. Aqliy hujum
usuli qoidasini tushuntirib bering (Texnologik chizma ko‘rinshlarda taqdim eting).
1-topshiriq. O‘qituvchi o‘quv jarayonida tashabbusni o‘z qo‘liga shunday oladi: u
auditoriyadagi barcha talabalarga savol beradi va qandaydir maxsus mavzuga
daxldor barcha mumkin bo‘lgan fikrlarni aytishni so‘raydi. 2-topshiriq. Barcha
xato g‘oyalarni ham aytishga ruxsat beradi, aytilayotgan fikrlar ichida birgina
asosiy mavzu saqlanib qolishi shart. Fikr sharxlanmaydi, tanqid qilinmaydi,
baholanmaydi.
«KLASTER» METODI