Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari
Reja:
1.Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining o‘qitish metodologiyasi haqida
tushuncha.
2.Texnologiya fanini o‘qitish tamoyillari va texnologiya fani nazariyasining asosiy
negizlari.
3. Ertak qahramonlarining modulli origamisini yasash.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Texnologiya haqida tushuncha,
metodologiya, o’qitish tamoyillari, mehnat tarbiyasi.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo’lib,
u turli fanlar bilan, shu jumladan, mehnat bilan ham qadim-qadim zamonlardan
boshlab bog’liqlikda rivojlanib kelgan.
Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham eng muhim, bosh
masala inson, uni mehnat orqali barkamol etib tarbiyalash bo’lganligining guvohi
bo’lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo’lgan ta’limiy-
axloqiy asarlarda ham mehnatga oid nazariy, ham amaliy masalalar tahlil etilganki,
uning asosida inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosi markaziy
muammo bo’lgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" asaridan boshlab
Kaykovusning
"Qobusnoma",
Ahmad
Yugnakiyning
"Hibat
ul-
haqoyiq",Sa’diyning "Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla
Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" va boshqa juda ko’p didaktik
asarlarning har birini ta’lim-tarbiyaga oid darslik desak yangilishmagan bo’lamiz.
Mazkur ta'limiy- axloqiy asoslarni insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak
axloqqa ega bo'lishini ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin,
degan g'oya ilgari suradi.
Xususan A.Avloniy o'z asarlarda shunday fikrlarni bildirgan edi: “Bolaning
salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, yaxshi xulqni o’rgatmoq,
yomon xulqdan saqlab o’stirmoq va mehnat qilishga undamoq yaxshidir.
Tarbiya qiluvchi inson – tabibdir. Tabib xastaning kasaligiga da’vo qilsa,
tarbiyachi – boladagi yaxshi xulqni, poklikni, mehnatga layoqatni davolaydi.” Xalq
og’zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari taraqqiyot jarayonida paydo
bo’lgan, rivojlangan qadriyat darajasiga ko’tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-
rusumlar, amaliy mehnat faoliyatida o’z ifodasini topgan va ularni har tomonlama
rivovlantirilishida katta ahamiyat kasb etgan.
Xalq og’zaki ijodiyotida mehnatga oid shakllantirilgan juda ko’p maqollar va
iboralar namunalariga guvoh bo’lamiz: “Mehnat - mehnatning tagi rohat”, “Mehnat
qilgan xor bo’lmas”, “Yozgi mehnat – qishki rohat”, “Bir yigitga yetmish hunar
oz”, “Hunarli kishi xor bo’lmas”, “Ustozidan o’tmagan shogird – shogird emas”.
Texnologiya fani pedagogika fanining metodologiyasiga tayanib faoliyat yuritadi.
Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida qomusiy mutafakkirlar va
mashhur pedagoglarning o’rni diqqatga sazovordir. Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu
Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, chex olimi
Yan Amos Komenskiy, shvetsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestaloststi, nemis
pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o’z ijodiyotlarida
pedagogikaning metodologik asosini yaratdilar. Shularga ko’ra texnologiya
fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil, uslub va vositalari, har bir inson
uchun zarur bo’lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo’lishi kerak.
Texnologiya fanining metodologik asosi, maqsad va vazifalari, yangi
yo’nalishlari, texnologiya fani va tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari
hamda boshqa qator muammolari va ularga yangicha yondashuv milliy istiqlol
g’oyalari va milliy mafkura asosida yaratilishi muhim. "Milliy istiqlol g’oyasi:
asosiy tushuncha va tamoyillar" texnologiya fanining metodologik asosi sanaladi.
Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu tushuncha texnika
taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki
so’zdan – "texnos" – san’at, mahorat, hunar va "logos" – fan so’zlaridan tashkil
topib "hunar fani" degani.
Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanining o’qitish metodologiyasi: sharq
mutafakkirlarining ta’limotlari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim
tizimining mazmunini belgilab beruvchi direktiv-me’yoriy hujjatlar, xususan,
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan qabul qilingan qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan
g’oyalardan iborat.
O’zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda texnologiya
fani va uning metodologik asoslariga bevosita bog’langan holda har bir pedagog
masalaga ijodiy, rivojlanuvchi nuqtayi nazaridan yondashishi zarurdir. Ana shunda
mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakllanayotgan mehnatning
yangicha ko’rinishlari-inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi zamonaviy metodlar asos
bo’lgandagina haqiqiy, milliy va zamonaviy tarbiyashunoslik faniga aylanishi
muqarrar.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki
kunlardayoq Respublikada texnologiya fanini tashkil etish sohasida tub islohotlarni
amalga oshirish, uni yuksak darajada takomillashtirish va jahon texnologiya fani
darajasiga ko’tarish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning
yorqin isboti ta’lim sohasidagi, jumladan, texnologiya fani sohasidagi davlat
siyosatining asosiy prinsiplari hamda texnologiya fanining O’zbekiston
Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo’nalish deb e’lon
qilinganligi bilan belgilanadi.
Texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan
iborat:
1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi.
Davlatimizda tashkil etilayotgan texnologiya fani va tarbiya jarayonida shaxs,
uning qadr-qimmati, ma’naviy hamda ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning
iqtidori va qobiliyatini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek,
mehnat turlariga bo’lgan xohish-istagi va ehtiyojlarini inobatga olish masalalari
nazarda tutiladi.
2. Texnologiya fanining uzluksizligi va izchilligi. Ta’lim jarayonida didaktik
xarakter kasb etib, o’quvchilarga texnologiya fani orqali berilayotgan bilim va
shakllantirilayotgan ko’nikma hamda malakalarning uzluksiz, doimiy ravishda
shakllanishini ta’minlaydi. Uzluksiz va izchillik mehnatga oid ma’lumotlar, ushbu
fan asoslarini o’rganishning tartibga solinishini, avvalgi va keyingi materiallar
o’rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni anglatadi. Har bir o’quv fani singari
texnologiya fani ham muayyan mantiqiy izchillikda o’qitilishi lozim. Mazkur
prinsip shu holatni ifoda etishga xizmat qiladi.
Ma’lumki, ta’limning quyidagi qonuniyatlari mavjud:
- tarbiyalovchi tarbiya qonuni;
- har qanday ta’lim faqat o’qitayotgan, o’qiyotgan va o’rganayotgan obyektning
ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan o’zaro ta’siri yordamida amalga oshiriladi;
- ta’lim faqatgina o’qituvchining faoliyatiga va o’y-fikrlariga muvofiq ravishda
o’quvchilarning faol faoliyatlari davomida yuz beradi;
- o’quv jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchining maqsadlari muvofiq kelgan holda
yuz beradi;
- alohida bir shaxsni u yoki bu faoliyatni o’rganishga yo’llash uni ushbu
faoliyatga jalb etish orqali erishiladi;
- ta’limning maqsadi, bilim olishning mazmuni va ta’lim metodlari orasida
doimiy bog’liqlik mavjud bo’ladi;
- ta’limning maqsadi ta’lim mazmunini va metodini belgilab beradi.
Shunga ko’ra texnologiya fanining qonuniyatlari tarkibiy qism sifatida ta’lim
jarayoniga kiradigan, uning qonuniyatlaridan kelib chiqadigan yaxlit pedagogik
jarayon bilan keng ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning o’zaro aloqalarini tahlil
etishdan kelib chiqadi.
Texnologiya fani tamoyillari - o’qituvchining faoliyatini va o’quvchining bilish
faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Texnologiya fani
tamoyillari o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks
ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda va har xil yo’sinda tashkil etiladigan
texnologiya fanining samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun texnologiya fani
tamoyillari mehnatdan ta’lim berishning ma’lum obyektiv qonuniyatlarini o’zida
aks ettiradi.
Texnologiya fani tamoyillari tizimiga: texnologiya fanining milliy yo’nalganligi,
texnologiya fani va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, mehnat bo’yicha iqtidorli
yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish
kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu qonun-qoidalar,
texnologiya fanini o’qitish, bilim berish, ya’ni texnologiya fani jarayoniga samarali
ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat ta’lim tamoyillari maktab, o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar
asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq holda bir tizimni
tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi
mumkin. Ular texnologiya fani oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z
hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchilarga
mehnat texnologiya fanidan mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay
oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining mohiyatini chuqur
anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.
Mehnat sohasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan
bog’lab olib borish mehnat ta’limining yetakchi qoidalaridan hisoblanadi.
Texnologiya fani va tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo, nazariya bilan amaliy
ishlarning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi o’rganayotgan
o’quv materiallarning tub mohiyatini tushunib yetadi va mustaqil faoliyatda,
amaliy ishlarda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida
o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa
bilimlarni ongli, tushunib o’zlashtirishga olib keladi.Texnologiya fanidagi onglilik
va faollik o’quvchilardagi ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil
fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Mehnatga doir bilimlarni ongli va faol
o’zlashtirish o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z ifodasini topadi.
Texnologiya fanining ilmiyligi tamoyili o’quvchining o’quv materialidagi
qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit
yaratish maqsadida zarurdir. O’quvchi texnologiya fanida bilimlarni o’zlashtirar
ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, iymon-e’tiqodi va
qobiliyati ham o’sib rivojlanib boradi.
Texnologiya fanining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o’qituvchi
avvalo, texnologiya darslarini uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishga, o’quv
materiallarining mazmuni bilan bog’liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va
bilim olishga qiziqtira olishga bog’liqdir. Shu bilan birga, o’qituvchining
o’quvchilar oldidagi obro’-e’tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Texnologiya fani jarayonini ko’rgazmali tashkil qilish zarur. Ham eshitish, ham
ko’rsatish orqali o’quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta
o’zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi,
diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ko’rgazmali materiallar o’rganilayotgan
mavzuning mazmuniga mos kelishi, o’quvchining yoshi va bilim darajasiga
muvofiqlashgan bo’lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo’l va vositalar
ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.
Texnologiya fanida bilimlar turli yo’l vositalari orqali puxta o’zlashtirgandagina,
u mustahkam esda qoladi, bu esa o’quv materiallarini ongli o’zlashtirishga,
nazariya bilan amaliyotni bog’lashga, ko’rsatmalikka amal qilishga va bilimlarni
takrorlash orqali mustahkamlashga bog’liqdir. Texnologiya fanining bosh maqsadi
esa bilimlarni tizimli va puxta o’zlashtirishdir.
Texnologiya fani va tarbiyasining maqsadi o’quv ishlarida mehnatga nisbatan
ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda
bir qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil
etishda hal etiluvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u o’quvchilarning mehnat
faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi.
Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga
oshiriladi:
- mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs
kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;
- inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni
qadrlash, asrab-avaylashga o’rgatish;
- mehnat qilishga nisbatan rag’batni, shuningdek, muhabbatni uyg’otish;
- o’quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga
keltirish;
- mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni
odatlantirish;
- mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;
- mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda
bo’lish;
- mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi va malakalarini
shakllantirishni yuzaga keltirish;
- o’quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o’z mehnati samarasidan
g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish;
- muayyan kasb-hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va hokazolar.
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarida rivojlantiriladi va tarkib
toptiriladi: mehnat o’yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida
shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o’zlashtirilishiga
erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi. O’quvchilar
ta’lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning ijtimoiy jamiyatda
tutgan o’rni va rolini, inson kamolotini ta’minlash omili ekanligini, shaxsni
qobiliyati va iqtidorini mehnat jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar
yordamida bilib olishlari lozim. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda
bugungi kunda an’anaviy va noan’anaviy shakllardan foydalanilmoqda, xususan,
mehnat bayramlari, ishlab chiqarish ko’rgazmalari, hashar, “mohir qo’llar” tanlovi,
“Quvnoq shahar ustaxonasi”, o’quv ishlab chiqarish kombinatlari brigadalari,
yordamchi xo’jalik, “Yosh radio-texniklar stansiyasi” va ijodiy markazlar faoliyati,
shuningdek, ustoz-shogird an’analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka
tartibdagi kasb-hunar ta’limi va boshqalar.
Mehnat tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim muassasalarida o’quvchilar
maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o’zlarining yosh va psixologik
xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. Bunda ular o’z-o’ziga
xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi
ozodaligini saqlash, o’quv qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash, o’quv
anjomlarini darsga tayyorlash va hokazolar).
Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o’quvchilarda
mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo’ysunish, maqsadni
amalga oshirish yo’lida shijoat, qat’iyat ko’rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar
tarbiyalanib boradi.