Tibbiyot tarixi fani va uni boshqa tibbiy fanlar qatorida tutgan o’rni. Insoniylik jamiyatida tibbiyotni rivojlanishi va yangi davolash usullarini ishlab chiqilishi
Tibbiyot tarixi fani va uni boshqa tibbiy fanlar qatorida tutgan o’rni.
Insoniylik jamiyatida tibbiyotni rivojlanishi va yangi davolash usullarini ishlab
chiqilishi
Reja:
1. Tibbiyot tarixi fanining tarixi.
2. Tibbiyot tarixi fanining asosiy vazifalari.
3. Tibbiyot tarixi fanining manba’lari.
4. Tibbiyotning kelib chiqishi haqidagi nazariyalar.
Tibbiyot tarixi – tibbiyot amaliyoti va tibbiy bilimlarning rivojlanishini
ijtimoiy–iqtisodiy formatsiyalarning rivojlanishi bilan bog’liq ravishda o’rganuvchi
fandir.
Tibbiyot amaliyoti o’z rivojlanishida kasalliklarni aniqlash, ularni davolash
va oldini olish soxasi yangi-yangi usullar ishlab chiqib, tibbiy fanni boyitadi.
Tibbiy bilim esa tibbiyot amaliyoti to’plangan tajribalarni umumiylashtiradi, uni
yangi nazariy asoslar, fikrlar va xulosalar bilan boyitadi, yangi bosqichga ko’taradi.
Tibbiy amaliyot bilan tibbiyot ilmi bir-birlari bilan bog’liq xolda rivojlanadi.
Tibbiyot tarixi fani umumiy va xususiy qismlarga bo’linadi.
Umumiy tibbiyot tarixi tibbiyotning umumiy rivojlanish tarixini o’rganadi,
uning rivojlanish qonuniyatlarini ochadi.
Xususiy tibbiyot tarixi ayrim tibbiy bilimlarni kelib chiqishi va rivojlanish
yo’llarini o’rganadi, yirik kashfiyotlar va erishilgan yutuqlarni qayd qiladi,
mashxur olimlarning xayoti va faoliyatini yoritadi.
Umumiy tibbiyot tarixi mustaqil fan sifatida o’qitiladi. Xususiy tibbiyot
tarixi esa xar bir tibbiy bilimni o’rganishda bayon etadi. Xar bir tibbiy bilim shu
bilimning rivojlanish tarixini bayon etishdan boshlanadi. Umumiy tibbiyot tarixi
esa masalani keng qamrab oladi.
Fanning vazifasi. Tibbiyot tarixi fanining asosiy maqsadi insoniyat jamiyatida
tibbiyotning kelib chiqishi va rivojlanishi yo’llarini keng va chuqur o’rganishdan
iborat.
Bizga ma’lumki, tabiyat va jamiyatdagi xar bir xodisa o’zaro bir-birlari bilan
bog’liqdir va tarixiy rivojlanish jarayonida bo’ladilar. Narsa va xodisalarni o’zaro
bog’liq sifatida o’rganish, ularning moxiyatini to’g’ri tushunishga yordam beradi.
Tibbiyot faninig o’z rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish, tibbiyotning bundan
keyingi rivojlanish yo’llarini oldindan ko’rishga imkon beradi.
Tibbiyot tarixi tibbiyotning umumiy nazariy va falsafiy masalalari bilan
shug’ullanadi, u tibbiyot fanining hamma soxalaridagi amaliy va nazariy yutuqlarni
umumlashtiradi. Bu fan klinik fanlardan o’zining tadqiqot usullari bilan ham farq
qiladi. Klinik fanlar o’z faoliyatida biologik, kimyoviy va fizik tekshirish
usullaridan foydalaniladi. Tibbiyot tarixi fani esa o’z faoliyatida tarixiy usuldan
foydalanadi. Tarixiy jarayonlarda taqqoslash usulini qo’llaydi.
Manba’lar.
Tibbiyot tarixini o’rganishda biz ko’p manba’lardan
foydalanamiz. Bu manba’lardan birinchisi arxeologiya fanidir. Arxeologiya fani
qadimgi zamoni odamlari va ularning tarixiga oid masasalalarni arxeologik
qazilmalar orqali o’rganuvchi fandir. Arxeologik qazilmalar vaqtida tibbiyotning
kelib chiqishi va uning dastlabki rivojlanishiga oid ashyo’viy materiallar (qadimgi
odamlar suyaklari, ular ishlatgan qo’rollari, xususan, tibbiy muolajada
foydalanadigan asboblar, xar xil idishlarda saqlanib qolgan dorivor moddalarning
qoldiqlari va x.k.) topildi. Shu ashyoviy materiallarga qarab, u yoki bu
mamlakatda, yoki bu davrda tibbiyot qanday darajada rivojlanganligi, qanday davo
usullari qo’llanilganligini aniqlash mumkin.
Arxeologiya fanining bir qancha tarmoqlari bor.
Shulardan birinchisi - antropologiya. Bu fan qadimgi odamlarning gavda
tuzilishi, uning biologik xususitlari, yashash sharoitlarini tekshiradi. Shu yil orqali
ham o’sha zamon tibbiyotning rivojlanish darajasi haqida ma’lum tushunchaga ega
bo’lish mumkin.
Ikkinchisi – paleopatologiya. Bu fan qadimgi zamon odamlarining
suyaklarini tekshirib, ularning qanday kasallikla bilan og’riganliklarini aniqlaydi.
Bunda rentgenologik usullardan foydalaniladi.
Uchunchisi – paleobiologiya. Bu fan qadimgi zamon odamlarining
suyaklarini radio-biologik va immunologik usullar bilan tekshirib, o’sha zamon
odamlarining organizmdagi biologik xususiyatlarini aniqlaydi. Masalan, odamning
qon gurppasini aniqlash mumkin va x.k.
Ikkinchi manba’a – yozma asarlardir. Yozma asarlar ikki guruxga bo’linadi:
1. Qo’l yo’zma asarlar
2. Bosma (chop etilgan) asarlar
Qo’lyozma asrlar juda qadim zamonlardan yaratila boshlangan. Bularga
qadimgi Misr papiruslari, Assuriya va Vaviloniya (Bobil) shoxlarining toshga o’yib
yozilgan qonunlari, teriga va nixoyat kashf eitilgandan so’ng qog’ozga yozilgan
xatlar kiradi. Shu xatlar orasida tibbiyotga oid qo’lyozmalar ham ko’p uchraydi.
Bosma asarlar bosma dastgox kashf etilgandan so’ng (XV-asr) paydo bo’ldi.
Qog’oz va bosma dastgox kashf etilishi tibbiyot bilimining tez va keng
rivojlangishiga asos bo’ldi. Jumladan, tibbiyot tarixiga oid asarlar ham ko’p bosilib
chiqarila boshladi.
Tibbiyot tarixini o’rganishda xalq tibbiyoti ham yordam beradi. Biz xalq
tibbiyoti bilan tanishib, qaysi mamlakatda, qaysi davrda tibbiyot qay darajada
rivojlanganligini haqida ma’lum tushunchaga ega bo’lamiz.
Tibbiyot tarixini o’rganishda bu asosiy manba’lardan tashqari, qo’shimcha
ham foydalanishimiz mumkin. Bular jumlasiga umumiy tarixiga oid asarlar, badiy,
amaliy san’at asarlari (rasmlar, xaykallar, uy jixozlari va x.k.), xalq og’zaki
adabiyoti, folklor, xalq eposlari kabi tarixiy materiallar kiradi. Masalan, eramizdan
oldingi 428 yilda qadimgi Yunonistonda tarqalgan o’lat kasalligi tarixchi Fukidid
asarlari orqali ma’lum. Tibbiy asarlarda esa bu haqida yozilmagan. Mashxur shoir
(Gomer) Xomerning «Iliada» nomli asarida qadimgi yunonlarning tibbiyoti haqida
ma’lumot berilgan va x.k.
Insoniyat jamiyatida tibbiyotning kelib chiqishi.