Tijorat banklari vositachilik operatsiyalari va ularni o`ziga xos xususiyatlari
Yuklangan vaqt
2024-02-19
Yuklab olishlar soni
17
Sahifalar soni
22
Faytl hajmi
101,8 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Toshkent Moliya Instituti
“BANK ISHI” KAFEDRASI
“PUL VA BANKLAR” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Tijorat banklari vositachilik operatsiyalari va ularni o`ziga
xos xususiyatlari
Tayyorladi:
Ilmiy rahbar:
Toshkent – 2023
Tijorat banklari vositachilik operatsiyalari va ularni o`ziga xos xususiyatlari.
Kirish
Asosiy qisim
1. Tijorat banklarining vositachilik operatsiyalarini va huquqiy asoslari.
2. Tijorat banklarining vositachilik operatsiyalarini tarkibi va tahkili.
3. O’zbekiston bank amalyotida vositachilik operatsiyalarini rivojlantirish
istiqbollari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar .
Kirish
Raqobatga asoslangan bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat
banklarining mijozlarga ko’satadigan xizmat turlari tabiiy ravishda xilma – xillik
kasb etmoqda. Bunday sharoitda bank xizmatlarining zamon talablariga javob
beruvchi yangi turlarini amaliyotga tatbiq etish orqali aholining hamda xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning banklarga bo’lgan ishonchini yanada oshirish va ularning
bo’sh pul mablag’larini jalb qilish banklar faoliyatidagi eng dolzarb masalalardan
biridir. Ma’lumki, bank ishiga oid bo’lgan iqtisodiy adabiyotlarda bank
xizmatlarini ikki turi: - an’anaviy bank xizmatlari; - zamonaviy bank xizmatlari
alohida ajratib ko’rsatiladi. Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga
qaratilgandek tijorat banklari faoliyatida ko’zlangan natija ham foyda olishdir. Shu
maqsadda Respublikamiz xududida o’z faoliyatini yuritayotgan banklar hozirgi
kunda mijozlarning ishonchini oqlash, ularga qo’shimcha yengilliklar yaratish,
ularni o’zlariga jalb qilish bilan birgalikda mijozlarga zamonaviy xizmatlarni taklif
etib kelishmoqda. Bu jihatdan ayni damda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tomonidan tasdiqlangan 2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida bank
tizimi bo’yicha ham bir qancha yo’nalishlar belgilab berilgan. Unga ko’ra
„…ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda
pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga
solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy
valyutaning barqarorligini ta’minlash hamda bank tizimini isloh qilish, banklar
depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish,
ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli
investitsiyaviy loyihalar 5 hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini
kreditlashtirishni yanada kengaytirish“1 Jahon bank amaliyotida keng tarqalgan
vositachilik operatsiyalarining xilma – xil usullarini qo’llash orqali banklarning
daromadlari va shunga bog’liq holda barcha ko’rsatkichlari yaxshilanib bormoqda.
Agar yakunlangan “2016 yil yakunlari bo’yicha rezerv pullar miqdorining yillik
o’sish sur’ati pul massasining o’sish sur’atlariga nisbatan 1,4 foiz bandga pastroq
bo’lib, bu o’z navbatida, pul multiplikatori ko’rsatkichining 2015 yilga nisbatan
1,2 foizga oshishi hisobiga yuz berdi. O’z navbatida, pul multiplikatorining bunday
sur’atlarda oshishi banklarning mavjud moliyaviy resurslardan samarali
foydalanayotganligi, ularning vositachilik roli ortib borayotganligi va
iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilayotgan investitsion kreditlar hajmining
yuqori sur’atlarda oshayotganligi bilan izohlanib, iqtisodiyotdagi pul taklifini
noinflyatsion hamda noemissiyaviy manbalar hisobidan shakllantirish imkonini
berdi.”2 Yuqorida ta’kidlab o’tilgan fikrlarga tayangan holda aytish mumkinki,
iqtisodiyotni modernizatsiyalash va raqobatbardoshlikni oshirish sharoitida tijorat
banklarida vositachilik operatsiyalari turlarini ko’paytirish va bu borada mavjud
amaliyotni takomillashtirishda xorijiy tajribadan foydalanish masalalarini keng
miqyosda tadqiq etilishi banklar faoliyati samaradorligini ta’minlovchi omillardan
biri hisoblanadi hamda mazkur mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Tadqiqot
predmeti bo’lib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash talablaridan kelib chiqib tijorat
banklarida faktoring operatsiyalarini amalga oshirish masalalari borasidagi mavjud
qo’llanib kelinayotgan amaliy tajribalar yutuqlarini o’rganish, shuningdek, tijorat
banklarida faktoring operatsiyalarini amalga oshirish masalalariga yo’naltirilgan
amaliy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish hamda amaldagi qonunlar va me’yoriy
hujjatlar doirasida takomillashtirish hisoblanadi.
Tadqiqot ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respulblikasi tijorat banklarining
faktoring operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyati
hisoblanadi. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida tijorat banklarida faktoring operatsiyalari turlari, ularning ahamiyati,
banklarda turli vositachilik operatsiyalarining tashqil etish masalalarini nazariy,
uslubiy asoslarini o’rganish, tadqiq etish orqali banklarda bu turdagi bank
xizmatlari turlarini ko’paytirish va shu orqali banklar daromadliligini oshirish
bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Tadqiqot ishining
vazifalari quyidagilardan iborat:
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank tizimining tutgan o’rnini,
shuningdek, ular tomonidan amalga oshiriladigan vositachilik operatsiyalari
mazmun-mohiyatini o’rganish;
tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy
asoslarini o’rganish;
banklarning foizsiz daromadlari shakllanishi va oshishida faktoring
operatsiyalari rolini o’rganish;
tijorat banklarida faktoring operatsiyalari tashqil etilishi va ularni
takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv
malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob,
xulosa va takliflar, foylanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Bitiruv malakaviy
ishining birinchi bobi “Tijorat banklari vositachilik operatsiyalarining iqtisodiy
mazmuni va amalgi oshirishning huquqiy asoslari” deb nomlanadi va unda tijorat
banklarining faktoring operatsiyalarining nazariy va huquqiy asoslari yoritib
berilgan. “O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini
amalga oshirishning amaldagi holati tahlili” nomli ikkinchi bobda mamlakatimiz
tijorat banklarida faktoring operatsiyalarining tahlil qilingan. Bitiruv malakaviy
ishining uchinchi bobi “Tijorat banklari faktoring operatsiyalarini takomillashtirish
istiqbollari” deb nomlansa, bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida mavzu
yuzasidan umumiy xulosalar va takliflar keltirilgan.
1.Tijorat banklarining vositachilik operatsiyalarini va huquqiy asoslari.
Rivojlangan xorijiy davlatlar, shu jumladan, AQSh, Yaponiya, Germaniya
davlatlarida yirik tijorat banklarining mijozlarga ko’rsatadigan xizmatlari soni 300
tadan oshadi. Ushbu jarayonda, ayniqsa, tijorat banklarining an’anaviy xizmat
turlarining sifatini oshirish muxim amaliy ahamiyat kasb etadi. Tijorat
banklarining an’anaviy xizmat turlariga kreditlar berish, qimmatli qog’ozlarni sotib
olish, mijozlarga kassa va hisob-kitob xizmati ko’rsatish kabi xizmat turlari kiradi.
Tijorat banklari, birinchi navbatda, kreditlash institutlari bo’lganligi sababli,
ularning kreditlash faoliyatini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi.
Banklarning kreditlash faoliyatini rivojlantirish ularning moliyaviy barkarorligini
va xo’jalik sub’ektlarining kredit mablag’lariga bo’lgan extiyojlarini
ta’minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Xalkaro bank amaliyotida XX asrning
60-yillaridan boshlab, kreditlash shakli sifatida faktoring operatsiyalari rivojlana
boshladi. Faktoring operatsiyalari - bu mol etkazib beruvchini kreditlash shaklidir.
U mol etkazib beruvchining pul mablag’lariga bo’lgan extiyojini qondirish
imkonini berish bilan birga, bankning foizli daromadlari hajmini oshishiga olib
keladi. Faktoring atamasi inglizcha so’zdan olingan bo’lib vositachi, agent degan
ma’noni anglatadi. Faktoring operatsiyalari o’tgan asrning 30 yillarida AQShda
keng tarzda amalga oshirila boshlandi. O’tgan asrning 60 yillarning boshida
amerikalik tovar ishlab chiqaruvchilarning G’arbiy Evropaga tovar eksporti
ko’paydi va Evropa Faktoring kompaniyalarning yuzaga kelishiga turtki bo’ldi. 16
-yillarning o’rtalarida 2 ta yirik faktoring assotsiatsiyalariga asos solindi: IFG
(International Factors Group) va FCI (Factors Chain International). Faktoring
operatsiyalari hajmi juda tez ravishda o’sdi, kompaniyalar soni ham oshdi. U esa
ham ichki ham tashqi bozorlarda faktoring operatsiyalari rivojlanishiga olib keldi.
FCI ma’lumotlariga qaraganda, faktoring operatsiyalari jaxon oboroti 2016 yili
1996 yilga qaraganda 2,3 marta o’sdi va 720,19 mlrd evroni tashqil etdi. Bunda
96% faktoring hajmi ichki faktoringa to’g’ri keldi. Faktoring ixtisoslashtirilgan
savdo vositachilarning, keyinchalik esa savdo banklarining operatsiyasi sifatida
XVI-XVII asrlarda vujudga kelgan. Ingliz tilidan “fastor” so’zi «makler, vositachi»
degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan, faktoring shubhasiz
vositachilik bilan bog’liq operatsiya hisoblanadi. Faktoring keyinchalik to’lovlarni
olish bilan tovar va xizmatlarni qayta sotish, qarzlarni undirib olish xuquqiga ega
bo’lish sohasida ham qo’llaniladigan bo’ldi. Boshqacha qilib aytganda, faktoring -
vasitachilik faoliyatining turi bo’lib, bunda faktoring kompaniyasi ma’lum
to’lovlar evaziga mol etkazib beruvchi korxonadan mol sotib oluvchilarga tegishli
bo’lgan pul mablag’larini undirib olish xuquqini oladi. (debitor qarzdorlikni
inkassatsiya qilish). Faktoring riskli, lekin yuqori foydali bank biznesi, moliya
marketingining samarali quroli, iqtisodiyotning rivojlanishi zamonaviy
jarayonlarga mos bo’lgan bank operatsiyalarining integratsiyalash shakllaridan biri
xisoblanadi.
Faktoring operatsiyalari xalqaro kreditning shakli bo’lib, eksportyor,
importyorlarga pul talablarini maxsus kompaniya tomonidan sotib oladi va
ularning inkassatsiyasi xisoblanadi. Faktoring operatsiyalari sotilgan tovarlar
uchun to’lovni kechiktirish shaklida sotuvchilar tomonidan sotib oluvchilarga
taqdim etiladigan tijorat krediti asosida vujudga kelgan. 1988 yil xususiy xuquqni
unifikatsiyalash Xalqaro instituti tomonidan qabul qilingan xalqaro faktoring
to’g’risidagi konventsiyaga asosan operatsiya quyidagi 4 ta belgilardan kamida 2
tasini qondirsa, faktoring hisoblanadi, deb kelishib olingan. Ular quyidagilardir:
1. Qarz talablarining oldindan to’lash shaklida kreditlashga ega bo’lish;
2. Etkazib beruvchining buxgalteriya hisobini, ayniqsa, sotuv hisobini;
yuritish;
3. Uning qarzini inkassatsiya qilish;
4. Etkazib beruvchini kredit riskidan sug’urta qilish. Shu bilan birga bir
qator mamlakatlarda monitoringga 1-belgili qondiradigan operatsiya schyot
fakturalarning hisobi tugatiladi. Faktoring operatsiyalarining asosiy maqsadi
shundan iboratki, faktor (bank, faktoring kompaniya) o’z mijozlarining sotib
oluvchilarga bo’lgan talabni sotib oladi, ularga 3-4 kun ichida talabning mol
etkazib beruvchilardan pul undirish, undirmasligidan qat’iy nazar, albatta, foiz
to’lovlarini ushlab qolgandan keyin 70- 90% ish haqi to’laydi. Qarzning qolgan
qismini shartnomada belgilangan muddatda to’lab berishi lozim. Faktoring
to’lagan summasi va qarzning qolgan qismini u keyin sotib oluvchidan undirib
oladi. Ayrim xolatlarda, masalan, majburiyatlar bo’yicha savollar tug’ilib qolsa va
boshqa holatlarda (kechiktirilsa) 50% va juda kam holatlarda esa oldindan 100%
to’lanadi. Bu operatsiyada uchta shakl qatnashadi. Ular:
1. Faktor-vositachi (tijorat banki yoki faktor kompaniyasi);
2. Mol etkazib beruvchi
3. Mol sotib oluvchi
1) Kreditlash limitini ajratish. Faktoring xizmati shartnomasida, agar qarzdor
summasi belgilangan limitdan oshib ketsa, bank etkazib beruvchiga barcha
qo’shimcha schyotlarni qaytarib berish huquqiga ega, to’lovchining to’lovga
qobiliyatsizligida ega barcha uning qarzdorlik to’lovlari bankning etkazib
beruvchiga to’lagan summani undirguncha qadar bankka kelib tushadi.
2) Har oylik yuk jo’natish limitini jo’natish. Etkazib beruvchi mijoz
qarzining miqdoridan qat’iy nazar, shubhali qarzlardan sug’o’rtalanadi. Limit
hafta, oy, choraklarda belgilanishi mumkin.
3) Alohida shartnomalar bo’yicha sug’o’rta. Bu usul bir mijozga bir necha
tovar etkazib berish emas, balki alohida xolatlarda, katta summalarda shartnomalar
imzolanganda qo’llaniladi. Ma’lum holatlarda esa bularning kombinatsiyasi ham
qo’llanilishi mumkin. Faktoring operatsiyalari o’z navbatida ichki (domestic
factoring) va tashqi faktoringlar (international factoring)ga bo’linadi. Ichki
faktoring operatsiyalarida mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi bitta
mamlakatda bo’ladi va aksincha turli xil mamlakatlarda bo’lsa u tashqi faktoringga
misol bo’ladi. Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish turi bo’yicha regressli
faktoring (recourse factoring) va regressiz faktoring (non recourse factoring) larga
bo’linadi. Regressli faktoring (recourse factoring) da faktoring kompaniyasi sotib
oluvchidan pulni olmasdan ma’lum vaqt o’tgandan keyin pulni talab qilish
huquqiga egadir. Bu holatda faktoring kompaniyasi likvidli risk (muddati bo’yicha
to’lanmagan risk)ni o’ziga oladi, bunda kredit riski maxsulot etkazib beruvchi
zimmasida qoladi. Regressiz faktoring (non recourse factoring )da faktoring riski
to’lalgicha faktoring kompaniyasi zimmasiga o’tadi. Faktoring operatsiyalari
ko’rinishiga qarab ochik faktoring (disclosed factoring) va yopik
faktoring(undisclosed factoring)larga bo’linadi. Faktoring nafaqat tovarlarga balki
u ko’rsatilgan xizmatlar va ishlarga ham qo’llaniladi. Jaxon amaliyotida reversiv
faktoring keng qo’llanilib, sotib oluvchiga etkazib berilgan maxsulot uchun 90%
gacha summasini talab kilishi mumkin. Bu esa ishlab chiqarish rivojlanishiga
sabab bo’ladi. Faktoring turlari quyidagicha:
1. Kredit riski bo’yicha: a) regressli; b) qisman regressli; c) regressiz
2. Nima uchun zarurati bo’yicha: a) grafiklar bo’yicha; b) talab qilish
bo’yicha
3. To’lanish xarakteri bo’yicha: a) kechiktirilgan to’lovlarni
moliyalashtirish; b) kechiktirilgan to’lovlarni kafolatlash.
4. Kim uchun: a) reversiv faktoring; b) klassik faktoring.
5. To’lash turini aniklash bo’yicha: a) etkazib berilgan maxsulot
summasidan %; b) qat’iy belgilangan summa.
6. Geografiyasi bo’yicha (Joylashgan xududi): a) ichki; b) xalkaro.
7. Debitorlar kelishuvi bo’yicha: a) ochiq; b) ishonchli (sirli)
8. Bank uchun agentlilik faktoringi: a) bank uchun agentlilik faktoringi
Faktoring quyidagicha afzalliklarga ega:
-aylanma mablag’lar defitsiti bo’lmasligi kafolati. etkazib berilgandan keyin
siz 90% summagacha bo’lgan miqdordagi summani sotib oluvchi to’lovni amalga
oshirishini kutmasdan olish mumkin.
-kechiktirilgan to’lovlar bilan bog’liq yo’qotilgan risklar, to’lanmagan
tovarlar, qalloblik, o’z vaqtida va muddatida to’lanmagan to’lovlar, valyuta kursi
o’zgarishi, inflyatsiya riski kamligi;
-debitor qarzdorligi bo’yicha samarali ishlash. To’lov intizomini tekshirish
va nazorat qilish. Belgilangan tartibda to’lov tartibini o’rnatish va tekshirish.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlanishi muxim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli ularning
rivojlanishi, ularni moliyalashtirishning yangi maqbul variantlarini jalb qilish va
amalga oshirish muxim ahamiyatga egadir. Ayniqsa ko’plab ishlab chiqaruvchilar
ishlab chiqarishning samarali usullaridan foydalanish qiyin bo’lib tuyiladi. Unda
ko’pincha maxsulotlar etkazib berilgandan keyin 30 kundan 90 kungacha bo’lgan
vaqtda to’lovlar amalga oshiriladi. Faktoring operatsiyalari rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlarda keng qo’llanilib kelinmokda. Birgina 2016 yilda Dune
bo’yicha 860 mlrd AQSh dollari mikdorida faktoring operatsiyalari amalga
oshirildi. Bu esa o’tgan yillarga nisbatan o’sish sur’atlarini ko’rishimiz mumkin.
Bu o’sish sur’atlari globalizatsiya sharoitida iktisodiy aloqalarning rivojlanishi
hamda ular o’rtasidagi yangi ma’qulroq to’lov shakllarini paydo bo’lganligi bilan
izohlash mumkin. AQSh iktisodiyotidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasidagi
to’lolarning asosiy qismi faktoring operatsiyalariga to’g’ri keladi. Chunki ishlab
chiqaruvchi maxsulotni sotilgandan darxol pulni olishi va sotib oluvchi ham
maxsulotni sotib keyin sotuvchiga to’lashi o’tish iktisodiyoti sharoitida bo’lgan
davlatlar uchun ayniqsa mablag’ etishmagan korxonalar bu moliyaviy
instrumentdan keng foydalanish mumkin. Bu esa korxonalar o’rtasida aloqalarni
rivojlanishida muxim ahamiyat kasb etadi. Banklarning faktoring operatsiyalarini
rivojlantirishning zaruriy shartlaridan biri bo’lib ushbu operatsiyalarning
buxgalteriya hisobi va auditini to’g’ri tashqil etish va takomillashtirish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida faktoring operatsiyalari O’zbekiston Respublikasidagi
huquqiy-normativ xujjatlar va qonunlar, Markaziy Bank yo’riqnomalari asosida
amalga oshiriladi. Xalkaro faktoring operatsiyalari UNIDRUA Konventsiyasiga
asosan amalga oshiriladi. U 1988 yili Ottava shahrida imzolangandir. Bu
konventsiyaga O’zbekiston ham imzo chekkan. Faktoring amaliyotlari O’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining 2000 yil 15 iyundagi 476-sonli «Tijorat banklari
O’zbekiston Respublikasi hududida faktoring amaliyotlari o’tkazish tartibi
to’g’risida»gi Nizomi asosida amalga oshiriladi (Adliya Vazirligida 2000 yil 3
avgustida 953-son bilan ro’yxatga olingan). Ayni vaqtda, O’zbekiston
Respublikasi bank amaliyotida faktoring operatsiyalarining rivojlanish darajasi
pastligicha qolmoqda. Bu holat, avvalo, faktoring operatsiyalarining tijorat
banklari jami aktiv operatsiyalarining hajmidagi salmog’ining juda kichikligida
namoyon bo’lmoqda. Bundan tashqari, ularning buxgalteriya hisobi va auditini
tashqil kilish borasida ham sezilarli muammolarning mavjudligi ko’zga
tashlanmoqda. Faktoring amaliyotlari talab qilib olguncha asosiy depozit
hisobvaraqlari bankda bo’lgan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga
oshiriladi. Faktoring xizmati ko’rsatish bo’yicha zaruriy shart - to’lovchi muddati
o’tgan kredit qarzdorlikga ega bo’lmasligi kerak. Eksport amaliyotlari bo’yicha
faktoring xizmati amalga oshirilishi uchun zaruriy shart - yetkazib beruvchi
korxona tegishli chet el hamkorlar bilan oldin tuzilgan va hisobga olingan eksport
bitimlar (kontraktlar) bo’yicha muddati o’tgan debetor qarzdorligi mavjud
bo’lmasligi kerak. Quyidagi hollarda Bank tomonidan faktoring amaliyotlari
amalga oshirilmaydi:
byudjet tashkilotlariga qo’yilagan talablar bo’yicha;
jismoniy shaxslar qarzdorlik majburiyatlari bo’yicha;
to’lovga layoqatsiz deb e’lon qilingan korxonalar majburiyatlari bo’yicha;
zarar bilan ishlaydigan korxonalar majburiyatlari bo’yicha;
nolikvid balansga ega bo’lgan korxonalar majburiyatlari bo’yicha;
kapital moliyalashtirish qo’yilmalar bo’yicha;
eksport kosignatsiya bitimlar (kontroaktlar) bo’yicha;
kompensatsiya va barter bitimlar bo’yicha;
ishlarga bosqichma-bosqich yoki oldindan to’lash bo’yicha;
oldi-sotdi shartnoma shartlari bo’yicha to’lovchi muayyan vaqt davomida;
mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo’lganda, shuningdek sotuvdan
keyin;
xizmat ko’rsatish ko’zda tutilgan bulgan hollarda.
Faktoring operatsiyasini amalga oshirayotganda bank tovar yetkazib beruvchiga
uning to'lov talabnomasi bo'yicha to'lov summasining ko'pi bilan 80 foizini
qoplaydi. Bank to'lovning qolgan qismini to'lovchidan mablag' kelib tushganidan
keyin o'tkazadi. Tovar yetkazib beruvchida ham, to'lovchida ham 2-kartoteka
bo'lmasligi faktoring xizmatlari ko'rsatishning majburiy shartidir. Faktoring
operatsiyasini bajarish to'g'risida tovar yetkazib beruvchi bilan shartnoma
tuzishdan oldin bank tovar yetkazib beruvchi balansi qanchalik likvidligini ko'rib
chiqadi. Faktoring operatsiyalari bo'yicha xatarni kamaytirish maqsadida tovar
yetkazib beruvchi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko'rsatish
ishlab chiqarishi barqaror bo'lishi
to'lovchilar bilan barqaror aloqalarga ega bo'lish Shartnoma tuzishdan
avval tovar yetkazib beruvchi bankka quyidagi hujjatlar to'plamini taqdim etadi:
sotib olish-sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish to'g'risida
tegishlicha rasmiylashtirilgan va to'lovchi imzolagan shartnoma
moddiy boyliklar jo'natilgani, ishlar bajarilgani, xizmatlar ko'rsatilganini
tasdiqlovchi hujjatlar (tovar-transport yukxatlari, ishonchnomalar nusxalari,
ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va h.k.)
to'lovchi nomiga taqdim etilgan to'lov talabnomasining nusxasi hamda
to'lovchi bu talabnoma summasini to'lashga roziligi (aksept) to'g'risidagi xat
oxirgi hisobot sanasi uchun tuzilgan, debitorlik va kreditorlik qarzlari
talqini berilgan hamda muddati o'tgan debitorlik qarzlarining butun summasi
uchun taqqoslash dalolatnomalari ilova qilingan buxgalteriya balansi
ko'rilgan foyda va zarar to'g'risida hisobot
boshqa kreditorlarda qarz mablag'lari hamda boshqa banklarda
saqlanayotgan bo'sh mablag'lar bor-yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma
boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro'yxati 23 Faktoring xizmatlari
ko'rsatish to'g'risida bank bilan tovar yetkazib beruvchi o'rtasida tuziladigan
shartnomada quyidagilar ko'rsatiladi:
talablari bank ixtiyoriga o'tkaziladigan xaridorlar
o'tkaziladigan talablarning umumiy summasi
o'tkaziladigan talablarni to'lashga ajratiladigan kredit summasi
kredit uchun foiz stavkasi
shartnomaning amal qilish muddati
regress huquqi (mijozning o'zidan talab qilish huquqi)
regress huquqini qo'llash uchun xaridorga belgilanadigan oxirgi to'lov
muddati
tomonlar shartnoma shartlarini buzgani uchun e'tiroz arizalari taqdim etish
muddatlari
shartnoma shartlarini buzganlik uchun tomonlar javobgarligi
shartnomani bekor qilish shartlari. Faktoring operatsiyalari shrtnomalarini
rasmiylashtirish tartibi:
1. Sotuvchi maxsulot etkazib berish uchun barcha hujjatlarni (shartnomalar,
schet-fakturalar, yuk qog’ozlari va boshqalar.)
2. Sotuvchi bankka haqiqiy hujjatlarni maxsulot etkazib berish uchun
barcha hujjatlarni (shartnomalar, schet-fakturalar, yuk kog’ozlari va boshqalar)ni
taqdim etadi.
3. Unda reestr imzolanib, maxsulot etkazib beruvchi hisobiga o’tkaziladi.
4. Shartnomalar, schet-fakturalar, yuk kog’ozlari va boshqalar o’zgartirilishi
mumkin emas.
5. Maxsulot etkazib beruvchi to’lov rekvizitlari bilan sotuvchiga
belgilangan summani o’tkazib qo’yishini yuboradi.
Pul bozori foiz stavkalarining “benchmark” ko‘rsatkichlari metodologiyasini va
pul-kredit siyosatining operatsion mexanizmini xalqaro standartlarga
muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan Xalqaro moliya institutlari
va konsalting agentliklari ko‘magida doimiy asosda tahlillar o‘tkazilmoqda. va
takliflar kiritadi. Inflyatsiyani targetlash rejimiga o‘tgan ilg‘or xorijiy mamlakatlar
va xalqaro moliya bozorlari tajribasidan kelib chiqib, pul-kredit siyosatining
operatsion mexanizmini ishlab chiqish va pul bozori ko‘rsatkichlarining
ahamiyatini oshirish maqsadida:
2022 -yil 4-avgustdan boshlab likvidlik-depozit auktsionlarini tartibga solishga
qaratilgan asosiy operatsiyalarning davomiyligi 1 haftaga qisqartiriladi va haftada
bir marta o‘tkaziladi;
Markaziy bankning siyosat stavkasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorlarini pul
bozoriga samarali o‘tkazish maqsadida 1 haftalik depozit auktsionlarining umumiy
likvidlikni tartibga solishdagi roli oshiriladi;
2022-yil 22-iyuldan boshlab qisqa muddatli resurs narxini ifodalovchi “UZONIA”
foiz stavkasi, “UZONIA” indeksi va turli davrlar uchun murakkab “UZONIA” foiz
stavkalari hisoblab chiqiladi va e’lon qilinadi (1-ilovaga muvofiq).
Ma’lumot uchun: “O‘zbekiston Respublikasi Banklararo pul bozorining UZONIA
indeksini (O‘zbek Overnight Index Average) hisoblash va e’lon qilish
metodologiyasi” Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda barcha tijorat
banklari ishtirokida ishlab chiqildi va Markaziy bank Boshqaruvining 2022-yil 21-
iyuldagi yig‘ilishi.
Tijorat banklari, birinchi navbatda, kreditlash institutlari bo’lganligi sababli,
ularning kreditlash faoliyatini rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi.
Banklarning kreditlash faoliyatini rivojlantirish ularning moliyaviy barkarorligini
va xujalik sub’ektlarining kredit mablag’lariga bo’lgan extiyojlarini ta’minlashning
zaruriy sharti xisoblanadi. Xalkaro bank amaliyotida XX asrning 60-yillaridan
boshlab, kreditlash shakli sifatida faktoring operatsiyalari rivojlana boshladi.
Faktoring operatsiyalari - bu mol etkazib beruvchini kreditlash shaklidir. U mol
etkazib beruvchining pul mablag’lariga bo’lgan extiyojini kondirish imkonini
berish bilan birga, bankning foizli daromadlari xajmini oshishiga olib keladi.
Banklarning faktoring operatsiyalarini rivojlantirishning zaruriy shartlaridan biri
bo’lib ushbu operatsiyalarning buxgalteriya xisobi va auditini to’g’ri tashqil etish
va takomillashtirish xisoblanadi. Ayni vaktda, O’zbekiston Respublikasi bank
amaliyotida faktoring operatsiyalarining rivojlanish darajasi pastligicha kolmokda.
Bu xolat, avvalo, faktoring operatsiyalarining tijorat banklari jami aktiv
operatsiyalarining xajmidagi salmog’ining juda kichikligida namoyon bo’lmokda.
Bundan tashkari, ularning buxgalteriya xisobi va auditini tashqil kilish borasida
ham sezilarli muammolarning mavjudligi kuzga tashlanmokda Endi biz
respublikamiz tijorat banklarining faktoring operatsiyalarining amaldagi xolatini
kurib chikamiz.
Amalga oshirilgan tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, respublikamizning tijorat
banklarida faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobi va auditini
takomillashtirish borasida bir qator muammolar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari
quyidagilardan iboratdir:
1. Respublikamizning ayrim yirik tijorat banklarida muddati o’tgan faktoring
operatsiyalarini o’z vaktida 11103-hisobraqamida aks ettirmaslik hollari mavjud.
Buning natijasida faktoring operatsiyalarining samaradorligini tavsiflovchi
ko’rsatkichlarning soxtalashuvi yuzaga keladi. Hisoblangan daromadlilik
ko’rsatkichlari faktoring operatsiyalarining rentabelligini aniq aks ettirmaydi.
2. Faktoring operatsiyalaridan ko’riladigan zararlarni qoplash maksadida tashkil
qilinadigan zaxira ajratmalarini zararlarning real darajasiga mos kelmaslik hollari
mavjud. Zaxira ajratmalarini etarli darajada tashqil kilinmasligi faktoring kreditlari
real qiymatini qoplash muammosini yuzaga keltiradi.
3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1997 yil 21 iyunda tasdiklangan
va Moliya vazirligida 1998yil 16 noyabrda 553-son bilan ruyxatga olingan 6l-sonli
«O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya xisobi va xisoboti bo’yicha
yo’riqnoma»ning faktoring operatsiyalariga tegishli bo’lgan bir qator bandlariga
rioya qilinmaslik hollariga yo’l qo’yiladi. Jumladan: - yo’riqnomaning 47-bandiga
muvofik, mijozlarning hisobvaraqasi dasturiy yo’l bilan ikki nusxada tayyorlanishi,
uning ikki nusxasi mijozga hisobvaraqadan ko’chirma sifatida berishda yoki
junatishga mo’ljallangan. Lekin bu holat to’lik amalga oshirilmasligi mumkin. -
yo’riqnomaning 48-bandiga muvofik, hisobvaraqalariga amaldagi tartibda
rasmiylashtirilgan hisob-kitob hujjatlari asosida yozuvlar kiritilishi lozim.
Shuningdek, hisobvaraqadan bo’lishi lozim bo’lgan bir qator rekvizitlar kiritilgan:
- bu xisob raqamlar qaysi xisob raqamlar bilan korrespondentsiyada bo’lganligi; -
buxgalteriya o’tkazmasining (buxgalteriya provodkasining) mazmuni: - xisob
rakamning kun boshiga va oxiriga qoldiqlari, debet va kredit oborotlari: -
korrespondent-banklarning MFO lari: - amaliyot to’g’ri kursatilmagan bo’lishi
mumkin. Respublikamiz tijorat banklarining faktoring operatsiyalarining
buxgalteriya xisobini takomillashtirish maksadida, fikrimizcha, quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Respublikamizning tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini amalga
oshiruvchi bo’limni alohida qilib tashkil qilish zarur. Faktoring operatsiyalarining
buxgalteriya hisobini ham bo’limning xodimlari yuritishi lozim. Faktoring 41
operatsiyalari bo’yicha buxgalteriya provodkalari va xisob-kitoblar buxgalteriya
boshqarmasida emas, balki faktoring bo’limini o’zida amalga oshirilishi lozim.
Bankning kreditlash boshqarmasi barcha turdagi kreditlarni tasdiqlash va
rasmiylashtirish uchun javobgar bo’lishi mumkin. Faqat faktoring kreditlari uchun
ular javob bermasligi kerak.
2. Muddati o’tgan faktoring kreditlarini o’z vaqtida 11103-xisobraqamida
aks ettirish va zaxira ajratmalarini to’g’ri tashkil qilishni ta’minlash lozim.
3. Banklarning faktoring operatsiyalarini jami aktiv operatsiyalar hajmidagi
salmog’ini oshirishni ta’minlash lozim. Buning uchun, avvalo, tovarlarni sotib
oluvchilarning va mol etkazib beruvchilarning moliyaviy holatini baholash tizimini
takomillashtirish lozim. Baxolash tizimini takomillashtirish moliyaviy
koeffitsientlardan keng qo’lamda foydalanish hisobiga ta’minlanishi lozim.
№
Bank nomi
2021-yil yanvar oyi davomida qabul qilingan
to'lovlar
2022-yil yanvar oyi davomida qabul
qilingan to'lovlar
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga
oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat
muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga
xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish
to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan
qonunlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida
davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment
va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy
vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat
ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli
muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga
kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar
ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim.
Bank
tizimiga
zamonaviy
servis
yechimlari
asosida
axborot
texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini
lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson
omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm,
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat
dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, xususiy sektor
rivojlanishini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank
xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan
transformatsiya qilish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning
asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor
shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini
pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali
infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar
faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank
tizimining samaradorligini oshirish;
kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash,
kreditlash hajmlarining mo‘tadil o‘sishiga amal qilish, muvozanatlashgan
makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro
amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni
baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy
barqarorligini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank
ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni
joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega
bo‘lgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat
banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida
davlatning ulushini kamaytirish;
yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat
ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va
kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat
ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya
tizimining o‘zaro to‘ldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining
shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy
xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank
tizimini isloh qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank
tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan
quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq
belgilansin:
bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar
aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor
oldidagi majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha
oshirish;
2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur
tajriba, bilim va obro‘ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35
foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.