TIJORAT BANKLARINING RESURS SALOHIYATI VA UNING
OSHIRISH YO’LLARI
MUNDARIJA:
Kirish
1. Tijorat banklari resurslari tushunchasi va uni bank faoliyatidagi o’rni
2. Tijorat banklari oʻz mablagʻlari tahlili
3. Tijorat banklari tomonidan jalb qilingan mablagʻlar tahlili
4. Tijorat banklari resurslarini samarali boshqarish yo’llari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:Moliyaviy tizimning asosiy komponenti sifatida
banklar omonatchilardan qarz oluvchilarga mablag'larni samarali ajratadilar. Ular
moliyaviy xizmatlar ko'rsatadilar, bu esa jamg'arma va qarz olish imkoniyatlari
haqida ma'lumot olish xarajatlarini kamaytiradi. Bu moliyaviy xizmatlar umumiy
iqtisodiyotni yanada samaraliroq qilishga yordam beradi. Bu shunchaki akademik
mashq emas; ko'plab sobiq sharqiy blokirovka mamlakatlari moliyaviy bozorlarni
yaratish va bozorga yo'naltirilgan banklar va boshqa moliya institutlarini
rivojlantirishni boshlaganda, bu savolga duch kela boshladilar. Banklar pul
mablag'larini qarz olish yo'li bilan ishlaydi: odatda, depozitlarni qabul qilish yoki
pul bozorlarida qarz olish orqali. Banklar jismoniy shaxslardan, korxonalardan,
moliya institutlaridan va hukumatlardan ortiqcha mablag'lari (jamg'armalari) bilan
qarz oladi. Keyin ular bu omonatlar va qarz mablag'laridan (bankning
majburiyatlari) kredit berish yoki qimmatli qog'ozlarni (bank aktivlari) sotib olish
uchun foydalanadilar. Banklar bu kreditlarni tadbirkorlik sub'ektlariga, boshqa
moliya institutlariga, jismoniy shaxslarga va hukumatlarga (investitsiyalar yoki
boshqa maqsadlar uchun mablag' kerak bo’lganda) berishadi. Foiz stavkalari qarz
oluvchilar, kreditorlar va banklar uchun narx signallarini beradi.
Bank tizimi depozit olish, kredit berish va foiz stavkalari signallariga javob
berish orqali mablag'larni tejovchilardan qarz oluvchilarga samarali yo'naltirishga
yordam beradi. Banklar, shuningdek, kredit karta bo'yicha 100 dollar miqdorda
yoki milliard dollarlik korporativ birlashishni moliyalashtiruvchi yirik
korporatsiyagacha bo'lgan qarz oluvchilarning keng doirasiga xizmat ko'rsatadi. Bu
shuni ko'rsatadiki, banklarning mablag' manbalarining asosiy qismi depozitlar -
cheklar, jamg'armalar, pul bozori depozit hisoblari va muddatli sertifikatlardir.
Ushbu mablag'lardan eng ko'p foydalaniladigan maqsad - bu ko'chmas mulk, tijorat
va sanoat kreditlarini berish. Alohida banklarning aktiv va passiv tarkibi tarmoq
ko'rsatkichlaridan farq qilishi mumkin, chunki ba'zi muassasalar ixtisoslashgan
yoki cheklangan bank xizmatlarini ko'rsatadilar.
2
2022–2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasi kelgusi yillarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan eng muhim maqsadlar
va vazifalarni o'z ichiga olganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Zero, har bir davlat
o'z oldiga xalq farovonligini ta'minlashdek dolzarb maqsadlarni qo'ygan holda o'z
siyosatini olib boradi. O'zbekiston ham o'z oldiga uzoq muddatli strategik rejalarni
ilgari surib, xalqchil davlatni barpo etishni maqsad qilgan.1
Resurs iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning aniq maqsadlariga erishish
uchun ishlatiladi. Iqtisodiy resurslarning aksariyati-bu moliyaviy resurslar bo‘lib,
ularni pul va soliq resurslari tashkil etadi va iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-
quvvatlash uchun xizmat qiladi. Moliyaviy resurslarning asosiy manbalari bo‘lib
vaqtinchalik bo‘sh mablag'lar, soliqlar, jismoniy shaxslarning mablag'lari,chek
omonatlarini berish bilan bog'liq mablag'lar va boshqalar hisoblanadi.Moliyaviy
resurslarning ajralmas qismi bo‘lgan bank resurslarini ko‘rib chiqamiz.
Kurs ishining maqsadi: Tijorat banklari resurslari tushunchasi va uni bank
faoliyatidagi o’rnini o’rganish va ochib berishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti: Tijorat banklari oʻz mablagʻlari taxlili va Tijorat
banklari tomonidan jalb qilingan mablagʻlar taxliliob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: Tijorat banklari resurslarini samarali boshqarish
yo’llarini oshirish mavzuning predmeti hisoblanadi.
Kurs ishning vazifasi:
Tijorat banklari resurslari tushunchasi va uni bank faoliyatidagi o’rni
Tijorat banklari oʻz mablagʻlari taxlili
Tijorat banklari tomonidan jalb qilingan mablagʻlar taxlili
Tijorat banklari resurslarini samarali boshqarish yo’llari vazifalari
hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi takibiy jihatdan kirish qismi,asosiy qism 4
ta paragrafdan, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va umumiy jihatdan 30
varoqdan iborat.
1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Taraqqiyot strategiyasi”Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-
60-son. 2022 yil
3
1. Tijorat banklari resurslari tushunchasi va uni bank
faoliyatidagi o’rni
Bank resurslari uning passiv operatsiyalari orqali shakllanadi. Banklarning
yetarli resursga ega bo‘lishi o‘ta dolzarb vazifalardan biri bo‘lganligi uchun
banklar passiv operatsiyalarini samarali tashkil etish va boshqarish bo‘yicha o‘z
siyosatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumki bank faoliyati etarli bank resurslarini talab qiladi. Bank
resurslarini mukammal tashkil etish va tejamkor foydalanish har qanday
banklarning samarali ishlashi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida Yaratilgan resurslar tijorat banklarning iqtisodiy faoliyati ni oqilona
amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Resurs bazasini shakllantirishda yangi
mijozlarni jalb qilish resurs bazasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Resurs –
fransuzcha "Resurs", so‘zidan olingan bo‘lib, pul mablag‘lari, imkoniyat, zahira,
daromad manbai, xom-ashyo va boshqalar anglatadi. Iqtisodiy manbalarda "resurs"
so'zi ko'pincha turli xil ma'nolarda uchraydi.Masalan: tabiiy resurslar, moliyaviy
resurslar, iqtisodiyresurslar, inson resurslari va boshqalar. Shunga asoslanib,
iqtisodiy resurslarniiqtisodiy imkoniyatlarning asosiy elementlaridan biri sifatida
qarash mumkin .U jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida taqsimlanadi.
Resurs iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning aniq maqsadlariga erishish uchun
ishlatiladi. Iqtisodiy resurslarning aksariyati-bu moliyaviy resurslar bo‘lib, ularni
pul va soliq resurslari tashkil etadi va iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash
uchun xizmat qiladi. 2
Moliyaviy resurslarning asosiy manbalari bo‘lib vaqtinchalik bo‘sh
mablag'lar, soliqlar, jismoniy shaxslarning mablag'lari,chek omonatlarini berish
bilan bog'liq mablag'lar va boshqalar hisoblanadi.Moliyaviy resurslarning ajralmas
qismi bo‘lgan bank resurslarini ko‘rib chiqamiz. Dastlab banklarning
majburiyatlari va ularning resurslari bir xil tushunchalar emasligiga e’tibor qaratish
lozim. Bank passivlari bank resurslarining manbai hisoblanadi. Demak Bank
resurslari bank balansining passiv qismida aks ettiriladi.
2 Sh.Z.Abdullaеva «Pul, krеdit va banklar». - T.: Moliya, 2020 yil.
4
Ularning o‘lchami quyidagilarga bog‘liq:
o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladigan bank faoliyati;
Markaziy bankning pul-kredit siyosati va banklardan qarz mablag'lari va
ularning tuzilishi;
tijorat bankining Markaziy bankdagi majburiy zahira miqdori;
boshqa passivlar;
Iqtisodiy manbalarda va bank mablag‘larini shakllantirish bo'yicha
tadqiqotlarda turli xil talqinlarini topishingiz mumkin.Jumladan "Bank resurslari",
"kredit resurslari","depozit resurslari", "Bank majburiyatlari" kabi tushunchalarni
keltirish mumkin. Rus olimi Lavrushinning fikriga ko'ra, tijorat banklarining
resurslari yoki "Bank resurslari" bu o'z va qarzga olingan resurslarning yig'indisi
bo‘lib, bankda aktiv operatsiyalarni o'tkazish uchun foydalaniladi1. Bank
resurslariga bo'lgan ehtiyoj banklarni shakllanishida va bank faoliyatini amalga
oshirishda paydo bo‘ladi. Banklarni tashkil etishning dastlabki bosqichlarida
banklar o'z kapitaliga ega bo'lishi va kelgusidagi faoliyati uchun resurslarni jalb
etishi zarur.
Banklarning o‘z mablag‘lariga – bankning ustav kapitali va unga
tenglashgan ablag‘lar, jumladan, zaxira kapitali, maxsus fondlar, moddiy
rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar hamda
taqsimlanmagan foydasi kiradi. Jalb qilingan mablag‘lar – depozitlar,
jamg‘armalar, qarzga olingan mablag‘lar kontokorrent hamda korrespondent hisob
varaqlarida o‘z ifodasini topadi.Tijorat banklari, boshqa xo'jalik yurituvchi
subyektlar singari, ma'lum miqdordagi pul mablag‘lari, ya'ni tijorat va xo‘jalik
faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun resurslari bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, faol operatsiyalar ko'lami resurslarning hajmi bilan
bog'liq.Resurslarni jalb qilishning bunday holati banklar o'rtasida raqobatning
paydo bo'lishiga olib keladi.
Shunga asoslanib, bank resurslari tijorat banklari faoliyati uchun asos bo'lib
xizmat qiladi hamda u bank uchun zaxira va foyda olish imkoniyatidir. Bankning
asosiy vazifalaridan biri bu ko'proq darajada bo'sh pul jalb qilish va ularni boshqa
5
maqbul aktivlarga joylashtirish orqali daromad olishga yo‘naltirishdir. Bank
resurslari banklarning passiv operatsiyalar yordamida yaratiladiva qisman ikkita
katta guruhga bo'lish orqali o‘rganiladi.Bank balansining passivlari quyidagilardir:
o'z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar. Bank resurslarining asosiy qismini
bank mijozlarining mablag'lari tashkil etadi.Tijorat banklarining resurs bazasini
resurs turlari bo'yicha quyidagi guruhlarlarga bo'lish mumkin: Bu o'z mablag'lari,
jalb qilingan va bankning qarz mablag'lari.
Passivlar va aktivlar bg‘yicha majburiyatlarni boshqarish bankning muhim
vazifalaridan hisoblanadi. Mablag‘larni jalb qilish yoki ularni joylashtirish bilan
bog‘liq operatsiyalarning har ikkalasi ham banklar faoliyatida muhim ahamiyatga
ega. Ularni samarali tashkil qilish banklar faoliyatida yuqori natijalarga erishish
imkonini beradi. Bank resurslari uning passiv operatsiyalari orqali shakllanadi. Shu
bois bank resurslarini shakllantirish, uning passiv hisob raqamlari yoki aktiv-passiv
hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini kg‘paytirish bilan bog‘liq operatsiyalar
banklarning passiv operatsiyalari deyiladi. Tijorat banklari moliyaviy resurslarini
boshqarishda asosiy e‘tibor bank balansi passividagi mablag‘larning manbalariga
qaratiladi. Ushbu mablag‘lar ikkita yirik guruhga – majburiyatlar va kapitalga
bg‘linadi. Majburiyatlar – bank tomonidan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan,
kapital esa bankning o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanadi. Ushbu mablag‘larning
barqaror manbalar hisobidan shakllantirilishi tijorat banklarining samarali ishlashi
va iqtisodiy jihatdan baquvvatligini ta‘minlaydi.
Bank resurslarining aylanish bosqichlari:3
1. Pul mablag’lari.
2. Kredit ajratish.
3. Kredit va foiz to’lovi.
Tijorat banklari tomonidan passiv operatsiyalarni amalga oshirishdan
maqsad:
bank faoliyatini resurslar bilan ta‘minlash;
3 Sh.Z.Abdullaеva «Pul, krеdit va banklar». - T.: Moliya, 2020 yil.
6
iqtisodiyotga yg‘naltirilishi mumkin bg‘lgan qg‘shimcha mablag‘lar
manbalarini shakllantirish;
jalb qilingan mablag‘larga bank foizlarini tg‘lash yg‘li bilan aholi va yuridik
shaxslar daromadlarini oshirish;
o‘z kapitali hajmini oshirib borish;
bank operatsiyalarini riskdan himoya qilish uchun rezerv fondlarni tashkil
qilish.
Tijorat banklarining passiv operatsiyalarini asosan to‘rt guruhga bg‘lish
mumkin:
1. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish orqali resurslarni
yig‘ish.
2. Bank foydasi hisobidan har hil fondlar tashkil qilish yoki fondlar
summasini oshirish.
3. Kreditlar, qarzlar va boshqa kreditor – yuridik shaxslardan mablag‘lar jalb
qilish.
4. Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarning balansida passivlarning joylashish tartibi
Talab etilguncha depozitlar
Jamg‘arma depozitlar
Muddatli depozitlar
Qarz mablag‘lari (MB, TB va boshqalardan)
Boshqa majburiyatlar
Jami majburiyatla
Kapital
Jami majburiyat va kapital
Bank resurslarini shakllantirish bilan bog‘lik bo‘lgan operatsiyalar
banklarning- passiv operatsiyalar deyiladi. Passiv operatsiyalar yordamida tijorat
banklarining passiv va aktiv-passiv schyotidagi pul mablag‘larining salmog‘i oshib
boradi. Banklarning passiv operatsiyalari ularning faoliyatini tashkil qilishda katta
rol o‘ynaydi.
7
Passiv operatsiyalar yordamida tijorat banklari kreditlash uchun zarur
bыlgan kredit resurslarini tashkil qiladi.
Tijorat banklari passiv operatsiyalarining asosan to‘rtta shakli mavjud:
Ø Tijorat banklari qimmatbaщo qog‘ozlarini muomalaga chiqarish yo‘li
bilan resurslar yig‘ish;
Ø Bank foydasi hisobidan har xil fondlar tashkil qilish
yoki fondlar summasini oshirish;
Ø Boshqa kreditlarning mablag‘larini jalb qilish;
Ø Depozit operatsiyalarni amalga oshirish.
Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z mablag‘lari jalb qilingan va
emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi. YUkorida keltirilgan passiv
operatsiyalarning birinchi va ikkinchi shakllarida banklarning o‘z mablag‘lari
yuzaga keladi va qolgan oxirgi ikki shaklida kredit resurslarining ikkinchi qismi
jalb qilingan resurslar yuzaga keladi.
Banklarning o‘z mablag‘lariga — bankning ustav kapitali, rezerv kapitali,
maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan
fonddar va taqsimlanmagan foydasi kiradi.4
Banklarning o‘z mablao‘lari ichida asosiy o‘rinni bankning o‘z kapitali
egallaydi.Bankning ustav kapitali summasi bank ustavida ko‘rsatiladi va bank
ishini boshlashning boshlangich nuqtasi hisoblanadi. Banklarning tashkil
qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham xar hil tashkil topadi.
Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav
kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi.
Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi.
Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori
belgilab beriladi.
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav fondi
summasining oshirilishi bank aksiyadorlik umumiy majlisida hal qilindi.
Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarishning asosi bo‘lib
4 “Banklarda buxgalteriya hisobi” A.Omonov, T.Qoraliyev. Kitobi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
tayyorlandi.2020 yil
8
xizmat qiladi. Bank kreditlar hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish
mumkin emas.
Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan
va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlangich boskichlarida
bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank xarajatlari (er, bino,
asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi.
Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga quyilmalar qilishning
asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun
banklarning uz mablag‘lari bilan chetdan jalb kilingan resurslar o‘rtasida chegarani
belgilab beradi. Banklarning aksiyador kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan
tashkil topishi mumkin.
Bular:
a) o‘z aksiyador kapitali – bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish
va sotish hisobidan, taqsimlanmagan fondi hisobidan yuzaga keladi;
b) xar xil ko‘zda tutilmagan holatlar uchun tashkil kilingan rezervlar.
v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzok muddatli veksel va
obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin.
Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga
hosil bo‘ladi va u ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog‘ozlar kursining
tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda — rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar
tыlanganidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir.Banklarning o‘z mablag‘lari
tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning o‘z kapitali
hissasining kamayishi ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi.
Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‘yilmalari muhim rol tutadi.
Ular to‘liq summaga yoki bo‘lib-bo‘lib qo‘yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi
va bank o‘rtasidagi mablag‘ ko‘yishi bilan bog‘lik munosabat omonat daftarchasini
berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to‘lovchilik asosida turli xil maqsadli
qo‘yilmalarni, muddatli yoki talab kilish hamda olish mumkin bo‘lgan
jamg‘armalar qabul qiladilar.
9
Banklar mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha
mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turiladi. Jalb
qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil
qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan
mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi.
Bu quyidagi normativlar:
Ø kapital etarliligi,
Ø aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq,
aholidan pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan
chegaralanadi.
Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy
turlariga quyidagilar kiradi:5
Ø o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash
(depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar)
Ø banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan va
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va
boshqalar kiradi.
Halqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Ø depozitlar;
Ø nodepozit resurslar.
Keng ma’noda passivlarni boshqarish omonatchilar va boshqa
kreditorlarning mablag‘larini jalb va mazkur bank uchun mablag‘lar manbalari
tegishli kombinatsiyasini belgilash bilan bog‘liq faoliyatdir.
2. Tijorat banklari oʻz mablagʻlari tahlili
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat yurituvchi korxona
faoliyati tahlilidan asosiy maqsad faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat. Bank
5 “Banklarda buxgalteriya hisobi” A.Omonov, T.Qoraliyev. Kitobi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
tayyorlandi.2020 yil
10
faoliyatini tahlil qilishning bosh maqsadi ham bank faoliyati samaradorligini
oshirishga erishishdan iborat.
Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foyda miqdorining oshishini
ta’minlash omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank
aksionerlariga to‘lanadigan dividendlar miqdorini oshirib borish demakdir.
Shuning u chun ham bank faoliyati doimiy va uzluksiz ravishda tahlil qilib
borilishi lozim.
Bosh maqsadga erishish uchun bank faoliyatining barcha jihatlari uzluksiz
ravishda tahlil etilishi, uning natijalari to‘g‘ri va aniq talqin qilingan holda Bank
Boshqaruviga xulosa chiqarish va qaror qabul qilish uchun muntazam ravishda
taqdim etib borilmog‘i lozim. Bank strategiyasini belgilash, Bank Boshqaruvi,
Kuzatuv kengashi va Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qarorlari ham bank
faoliyati tahliliga asoslanadi va ushbu qabul qilingan qarorlar samaradorligini
belgilab beradi.
Tijorat banklari o‘z mablag‘lag‘lari 1-jadval.
Ustav kapitali
41,877
82.1
%
42,813
78.8%
2.2%
Qo‘shimcha kapital
143
0.3%
182
0.3%
27.3%
Zaxira kapitali
3,845
7.5%
3,984
7.3%
3.6%
Taqsimlanmagan foyda
5,166
10.1
%
7,364
13.6%
42.5%
Jami kapital
51,031
100%
54,342
100%
6.5%
Bank faoliyati tahlilining bosh maqsadiga erishish uchun quyidagilarga
e’tibor qaratiladi: Birinchidan, bank kreditorlari va omonatchilarining
manfaatlarini himoyalash. Ma’lumki, Banklar faoliyati ning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri bo‘lib, ular faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan
11
mablag‘lar asosiy qismining qariyb 70–85 foizini bank kreditorlari va
omonatchilarining mablag‘lari tashkil etishi hisoblanadi. Shunday ekan, kreditorlar
va omonatchilar manfaatlari bank manfaatlari bilan uyg‘unlashgan tarzda faoliyat
yuritishi lozim. Omonatchilar o‘zlarining bankka ishonib topshirgan mablag‘larini
va ular 10 uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan foiz shaklidagi daromadlarini o‘z vaqtida
va to‘liq qaytarib olishlari, kreditorlar ham bankdagi mablag‘laridan qonun
doirasida foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lmog‘i zarur. Bunga erishish uchun
esa, bank faoliyati kreditorlar va omonatchilar manfaatlari nuqtayi nazaridan
uzluksiz ravishda tahlil etilib borili shi lozim. Bunda doimiy ravishda kreditorlar
va omonat chilarning talablarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis bajarish u chun yetarli
miqdorda mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun bankning to‘lov
qobiliyati uning omonatchilari va kreditorlari talablarini qondirish maqsadida
doimiy ravishda tahlil qilinishi talab etiladi.
Yuqorida tijorat banklarining umumiy ko‘rsatkichlarini ko‘rgan bo‘lsak endi
“O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ misolida
ko’ramiz.
“O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ o‘z
mablag‘la‘lari 2-jadval
Xususiy kapital
Jami
Milliy valyuta
Xorijiy
valyutada
Ustav kapitali
14 418 406 392 14 418 406 392
0
Aktsiyalar – oddiy
14 418 406 392 14 418 406 392
0
Aktsiyalar – imtiyozli
0
0
0
Qoʼshilgan kapital
0
0
Zaxira kapitali
508 595 655
508 595 655
0
Umumiy zaxira fondi
449 375 852
449 375 852
0
Standart aktivlar boʼyicha zaxira
0
0
Devalvatsiya uchun zaxira
0
0
Boshqa zaxira fondlari
59 219 803
59 219 803
0
12
Taqsimlanmagan foyda
1 450 584 256
1 450 584 256
0
shundan, joriy yil sof foydasi (zarari)
1 423 606 746
1 423 606 746
0
Ikkinchidan, bank aylanmasiga chetdan jalb etilgan va bank ning o‘z
mablag‘laridan samarali foydalanishi. Ushbu maqsadga erishish uchun albatta,
doimiy ravishda chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘lari dinamikasi va barqarorligi
nuqtayi nazaridan tahlil etilishi talab etiladi. Shu bilan bir ga, ushbu mablag‘lar
qaysi maqsadlarni amalga oshirish u chun yo‘naltirilganligi va natijada ulardan qay
darajada samara olinishi kuzatib boriladi. Chetdan jalb etilgan va o‘z
mablag‘laridan samarali foydalanish uchun bankning yangi xizmatlarini joriy etish
va uning bozor sharoitida raqobatbardoshligini oshirib borish yo‘llarini izlash talab
etiladi. Bank faoliyati tahlili natijasida chetdan jalb etilgan va o‘z mablag‘laridan
samarali foydalanish yo‘llari aniqlanadi va u faoliyatga tatbiq etiladi.
Uchinchidan, bank resurs bazasining barqarorligini ta’- min lash va ularni
oqilona boshqarish. Bank aylanmasiga jalb etiladigan resurslar tahlili natijasida
uning barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi. Barqaror
resurslar albatta 11 barqaror daromad manbayi hisoblanadi. Bundan tashqari bank
aylanmasiga jalb etilgan resurslarni oqilona boshqarish ham bankning samarali va
xavfsiz faoliyatini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bank faoliyati tahlili asosida
resurslar va bank aktivlari o‘rtasida mutanosiblikka erishiladi. Bank resurslari
muddat va hajm jihatidan aktiv operatsiyalarga yo‘naltirilishi muvofiqlashtiriladi.
Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.
Depozit va ularning turlari
Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini
qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham
manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi,
keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi.
13
Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish
va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib
hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari
asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul
mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.
Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur
hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha
operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati
amaldagi qonunchilikka muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston
Respublikasida yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari
bo‘la oladi.
Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik
yoki jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir
bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi.
Barcha depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi.
Depozitlar tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va
boshqa shakllarda kelib tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq,
summa bankning hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan
hisoblanmaydi.
Depozitlar jismoniy shaxslardan, shu bilan birga 14 yoshga to‘lgan
yoshlardan qabul qilinishi mumkin. O‘z nomiga omonat qo‘ygan, 14 yoshdan 18
yoshgacha bo‘lgan balog‘atga etmagan yoshlar o‘z omonatlarini mustaqil ravishda
tasarruf etadilar.
Layoqatli har qanday jismoniy shaxslar balog‘atga etmagan shaxs nomiga
omonat qo‘yishi mumkin.
Har qanday vasiy va ishonchli shaxs ham uning vasiyligiga topshirilgan
shaxs nomiga depozit hisobvarag‘i ochishi mumkin.
14
Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan
omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin:
a) 14 yoshga to‘lguniga qadar - ota-onalar yoki balog‘atga etmagan
shaxsning boshqa qonuniy vakillari;
b) vasiylik kengashining ruxsati bo‘lgan vasiylar;
v) 14 yoshga to‘lganidan so‘ng - ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarning
yozma ravishdagi roziligiga ko‘ra balog‘atga etmagan shaxslarning o‘zi.
Depozitlar (omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomonidan depozitorlar
bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan
qayta moliyalash stavkasini, bankning narx siyosatini hisobga olgan holda
belgilanadi.
Shartnomada ko‘zda tutilgan foizlar miqdori qonunchilik asosida
kamaytirilgan hollarda, foizlarning yangi miqdori, depozitorlarga foizning
kamayishi haqida xabar berilganidan so‘ng qo‘yilgan depozitlarga nisbatan
qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha qo‘yilgan depozitlarga nisbatan kamaytirilgan
foizlar miqdori bank omonat shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan
bo‘lsa, tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach qo‘llanadi.
Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning
birinchi talabiga ko‘ra depozit hisobvaraqlaridan omonatning butun summasi yoki
uning bir qismini olishga doir hech qanday cheklashlar belgilanmaydi.
Depozitlarning barcha turlari bo‘yicha jismoniy shaxslar vasiyatnoma tuzish
huquqiga egadirlar.
Talab qilib olinguncha depozitlar
Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning kundalik
maqsadlar uchun hohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo‘lgan talab qilib
olinguncha hisobvaraqlardagi mablag‘laridir. Bank depozitorning birinchi talabiga
ko‘ra (depozit shartnomasida boshqa muddatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa,
depozitorning tegishli ko‘rsatmasi bankka kelib tushgan kunning ertasidan
kechikmagan holda) uning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi zarur.
15
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatish
uchun haq to‘lash shartnomada belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘iga ko‘ra
shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning boshqa
turdagi depozitlariga o‘tkazilishi mumkin.
Jamg‘arma depozitlari.
Davriy badallar asosida shakllanadigan jamg‘arma depozitlari muayyan
maqsadni amalga oshirish uchun depozit hisobvaraqda ma’lum miqdorda pul
summasini jamlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar nomiga ochiladi.
To‘rtinchidan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy
normativlarning bajarilishini ta’minlash. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki to‘g‘risida»gi qonunning 50-moddasiga muvofiq Markaziy bank moliyabank
tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini
himoyalashni ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar
fao liyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. Ushbu qonunning 52-moddasiga
muvofiq Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni,
shu jumladan: • kapitalning monandlik koeffitsiyentini; • bir qarz oluvchi yoki bir-
biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini; •
yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdorini; • likvidlilik
koeffitsiyentlarini; • aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek,
bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan
chegirmalardan shubhali va umidsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni
shakllantirishni; • qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank
daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni; • ochiq valuta mavqeyi
limitlarini belgilaydi. 12 Ushbu normativlarning doimiy ravishda bajarilishini ta’-
minlash uchun bank faoliyati uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi talab etiladi.
Albatta, normativlar bank tizimining barqarorligini ta’- min lashga qaratilgan.
Normativlar bajarilishining ta’minlanmasligi bank faoliyatining xavflilik darajasini
oshiradi. Bank boshqaruvi normativlarga rioya etilishi yuzasidan tezkor
ma’lumotlarga ega bo‘lishi va uni ta’minlash uchun chora-tadbirlar belgilash
16
imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Beshinchidan, bank aktivlari tarkibini va
sifatini to‘liq nazorat qilib borish. Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi
kabi masalalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga aktivlarning
likvidliligi, daromadliligi va risklilik darajasi tahlili faoliyat muvaffaqiyatining
garovi hisoblanadi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini
ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari
uning xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib
borishning davr talabi bo‘lib qoladi. Bank faoliyati tahlili bank aksionerlari uchun
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bankning Kuzatuv kengashi tomonidan
ham Boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirishda tahlil natijalaridan keng
foydalaniladi. Oltinchidan, bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda
ta’minlanishiga erishish. Bankning likvidligi, deganda uning majburiyatlarini o‘z
vaqtida va to‘laqonli ravishda bajara olish imkoniyatlari tushuniladi. Bank
omonatchilari va kreditorlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘la-
to‘kis bajarilishi u chun doimiy ravishda, ma’lum darajada likvid mablag‘larga ega
bo‘lishlari talab etiladi. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan bankka nisbatan
ishonchni mustahkamlaydi. 13 Bankning to‘lov qobiliyati, deganda uning mijozlar
tomonidan berilgan topshiriqlarni tezkor ravishda ta’minlash imkoniyatlari
tushuniladi. Shunday ekan, bank aktivlarining likvidlilik va to‘lov qobiliyati
nuqtayi nazaridan tahlil etilishi faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslaridan biri
bo‘lib hisoblanadi. Yettinchidan bank daromadlari va xarajatlarining optimal
miqdorini aniqlash. Har qanday tijorat tashkilotlari kabi banklar faoliyatidan asosiy
maqsad ham maksimal miqdorda foyda olishdan iborat. Shuning uchun ham bank
daromadlari va xarajatlarini tarkibiy jihatdan va uning sof rentabellik darajasini
tahlil qilish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi. Ma’lumki, daromadlilik va
bankning likvidliligi bir-birlari bilan qaramaqarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Shunday ekan, daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash
ham faoliyat tahliliga asoslanadi. Sakkizinchidan, bank qimmatli qog‘ozlarining
jozibadorligini ta’minlashga erishish. Bankning o‘z mablag‘lari ko‘payib borishi,
asosan, uning aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
17
Aksiyalarning sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liq. Qaysi bankning ak
siyalari uning sohiblariga ko‘p daromad keltirsa, unga bo‘lgan talab ortib boradi.
Bu hol, o‘z navbatida, ushbu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi. Ayniqsa,
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida bank barqarorligini ta’minlashda, uning
kapitallarining oshib borishi muhim 14 ahamiyat kasb etadi. Bank aksiyalarining
qanchalik ko‘p miqdorda sotilishini ta’minlash ham uning faoliyatini uzluksiz
ravishda har tomonlama tahlil etilishini talab etadi.
To‘qqizinchidan, Bank imidjini oshirishdan iborat. Bank imidji, uning
jamiyatdagi, mamlakatdagi obro‘si, erishilgan muvaffaqiyatlari bilan chambarchas
bog‘liq. Erishilgan obro‘-e’tibor, albatta, uning faoliyat barqarorligi, mijozlarga
ko‘rsatilgan xizmat turlarining sifati, tezkorligi va to‘laqonliligi bilan belgilanadi.
3. Tijorat banklari tomonidan jalb qilingan mablagʻlar taxlili
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli
“Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs
bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar)
bo‘yicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risidagi nizom ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin
kuchga kiradi.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi — banklar tomonidan hisobot davrida milliy
valyutada jalb qilingan yuridik shaxslarning jamg‘arma va muddatli depozitlari
hamda jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli
omonatlari, shuningdek bank plastik kartalaridagi mablag‘lar bo‘yicha belgilangan
18
yillik foiz stavkalari hamda umumiy depozitlar (omonatlar) summasidan kelib
chiqqan holda hisoblanadigan foiz stavkasi;
hisobot davri — yilning har bir choragi yakuni bo‘yicha olingan davr.
2. Ushbu Nizom talablari banklar tomonidan yuridik va jismoniy
shaxslardan milliy valyutada jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar)ga tatbiq
qilinadi.
3. O‘zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga
oshirishga doir qarorlar qabul qilishda va bank depozitlari (omonatlari) bo‘yicha
foiz stavkalarini ushbu Nizom talablari asosida belgilashda mustaqildirlar.
4. Banklar ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, depozit va foiz
siyosatlariga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishlari lozim.
Ushbu Nizom talablari banklar tomonidan avval jalb qilingan depozit
(omonat) shartnomalari bo‘yicha belgilangan foiz stavkalarini o‘zgartirish uchun
asos bo‘lmaydi.
Banklar tomonidan jalb etiladigan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz
stavkalarini shakllantirish siyosatiga qo‘yiladigan talablar
5. Banklarning depozitlar (omonatlar)ni jalb qilish sohasidagi faoliyati, shu
jumladan jalb qilingan depozitlar (omonatlar)ga foiz stavkalarini belgilashi,
depozitlar (omonatlar)ni va ularga hisoblangan foiz to‘lovlarini bank va mijoz
o‘rtasida tuzilgan depozit (omonat) shartnomalariga muvofiq o‘z vaqtida qaytarishi
banklarning depozit va foiz siyosatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Banklar jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalari
darajasini Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi hamda inflatsiya darajasining
so‘nggi yillardagi o‘zgarishidan kelib chiqqan holda belgilaydilar.
7. Markaziy bank bank omonatchilari, qarz oluvchilari va kreditorlarining
manfaatlarini himoya qilish, depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalarining
asossiz o‘sishini oldini olish va shu bilan bog‘liq xatarlarning yuzaga kelishiga
yo‘l qo‘ymaslik hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash maqsadida muntazam
ravishda banklarning depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalari darajasini
monitoring qilib boradi.
19
Bunda, Markaziy bank depozitlar (omonatlar) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan
foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasidan oshgan banklarda foiz siyosatining, shu
jumladan foiz darajasining asosli ekanligini aniqlash maqsadida mazkur
banklarning foiz siyosatini va moliyaviy holatini alohida o‘rganib chiqadi.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari 3-jadval
20
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ jalb
qilingan mablag‘lari 4-jadval
МАЖБУРИЯТЛАР
Jami
Milliy valyuta Xorijiy
valyutada
Талаб қилиб олингунча сақланадиган
депозитлар
26 460 586 872 3 852 405 750 22 608 181 122
Муддатли депозитлар
11 696 112 429 6 902 907 954
4 793 204 475
Марказий банкка тўланиши лозим
бўлган маблағлар
725 946 315
366 879
725 579 436
Бошқа банклар ва молиявий
ташкилотларнинг ҳисобварақлари
14 496 120 667
557 968 389 13 938 152 278
21
Depozitlar
91,009
41.1%
94,674
37.1%
4.0%
Markaziy bankning vakillik
hisobvarag‘i
1,687
0.8%
2,181
0.9%
29.3%
Boshqa banklarning
mablag‘lari-rezident
9,869
4.5%
12,538
4.9%
27.0%
Boshqa banklarning
mablag‘lari-norezident
922
0.4%
1,573
0.6%
70.6%
Olingan kreditlar va lizing
operatsiyalari
105,252 47.5%
127,260
49.8%
20.9%
Chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlar
2,873
1.3%
3,082.8
3
1.2%
7.32%
Subordinar qarzlar
3,978
1.8%
4,000
1.6%
0.5%
To‘lanishi lozim bo‘lgan
hisoblangan foizlar
2,331
1.1%
2,754
1.1%
18.1%
Boshqa majburiyatlar
3,774
1.7%
7,322
2.9%
94.0%
Jami mablag‘lag‘lar
221,696
100%
255,385
100%
15.2%
РЕПО битимлари бўйича сотилган
қимматли қоғозлар
0
0
0
Кредит ва лизинг операциялари бўйича
мажбуриятлар
43 297 521 892 5 852 726 466 37 444 795 426
Bu jadvaldan bilsak boladiki ushbu tijorat bank mijozlarga yaxshi xizmatlar
ko’rsatib kelmoqda
Banklarda depozitlar (omonatlar) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi
asossiz oshgan holatlar aniqlanganda Markaziy bank mazkur banklardagi o‘rtacha
foiz stavkalarining darajasini maqbullashtirish (pasaytirish) bo‘yicha banklarga
ko‘rsatma beradi
Banklar tomonidan milliy valyutada jalb qilingan depozitlar (omonatlar)
bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini hisoblash ushbu Nizomning ilovasiga
muvofiq banklar tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha
o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banki asosiy ko‘rsatkichlari va ularning bank daromadlari hamda
xarajatlariga ta’siri6 5 -jadval.
№
Ko‘rsatkichlar
o‘tgan yil
joriy yil
1.
Jami kapital
1 331 473
2 955 566
2.
Jami aktivlar
6 875 952
13 246 592
3.
Jami kredit qo‘yilmalari
3 397 127
6 673 240
6 www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo‘mitasining rasmiy sayti
22
4.
Jalb qilingan jami depozitlar
941 489
2 302 253
5.
Sof foyda
167 359
439 114
6.
Jami daromadlar
1 760 496
3 443 009
7.
Jami xarajatlar
1 593 138
3 003 895
Markaziy bank har chorakda banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar
(omonatlar) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari hisobini ularning
ma’lumotlari asosida hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasigacha amalga
oshiradi.
Banklar har chorakda jalb qilingan depozitlar (omonatlar) va ular bo‘yicha
foiz stavkalari to‘g‘risidagi hisobotlarni yuritadi va Markaziy bankka taqdim etadi.
Hisobotlar konsolidatsiyalashtirilgan holda tayyorlanishi, bankning barcha
filiallaridagi depozitlari (omonatlari) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab
olishi hamda bank Boshqaruvi raisi va tegishli bo‘linma rahbari tomonidan
imzolangan bo‘lishi lozim.
Ushbu Nizom O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Tijorat banklari tomonidan milliy valyutada jismoniy shaxslardan (talab
qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va bank plastik kartadagi mablag‘lar)
hamda yuridik shaxslardan (jamg‘arma va muddatli) jalb qilingan depozitlar
bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi hisoblab chiqiladi.
O‘rtacha tortilgan foiz stavkasi jalb qilingan har bir depozit (omonat) turi
bo‘yicha foiz stavkasini uning summasiga ko‘paytirib, jami jalb qilingan depozitlar
(omonatlar) miqdoriga bo‘lish orqali quyidagicha hisoblanadi:
6-jadval
Depozit (omonat) turlari
Depozit
summasi
Foiz stavkasi
Jami depozitlar, shu jumladan:
Vjami
PAV
I. Jismoniy shaxslarning depozitlari:
Vjis. jami
Pjis. o‘rt. tortilgan
23