TIJORAT BANKLARINING RESURSLARI
Reja:
Kirish
1.Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi.
2.Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari.
3. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lari tarkibi va dinamikasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini
isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank
tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular
faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Iqtisodiyotni
rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. Biz
aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirmasdan
turib, “yashirin iqtisodiyot”dan to‘liq xalos bo‘la olmaymiz.
Tijorat banklari faoliyatining samaradorligi va uzluksizligi birinchi navbatda
banklarning resurslari bilan qanchalik yetarli ta’minlanganligiga bog‘liq. Tijorat
banklari moliyaviy resurslari ma’lum shartlar asosida jalb qilingan va bankning o‘z
mablag‘laridan tashkil topib, bank daromadini shakllantirish maqsadida aktiv
operatsiyalarga yo‘naltirilgan moliyaviy manba hisoblanadi. Jalb qilingan
mablag‘lar aktiv operatsiyalarni, avvalo kredit operatsiyalarini amalga oshirish
uchun pul resurslariga bo‘lgan ehtiyojni qoplaydi. Ularning roli juda katta bo‘lib,
bank resurslarining 70 foizidan ortig‘ini tashkil qiladi. Yuridik va jismoniy
shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘laridan foydalanish orqali, tijorat banklari
ular yordamida xalq xo‘jaligining va aholining qo‘shimcha aylanma mablag‘larga
bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, pullarni kapitalga aylanishiga yordam beradi. Banklar
mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha mamlakatlarda
bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turadi. Jalb qilingan
mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi. Ikki
pog‘onali bank tizimiga o‘tilishi, iqtisodiy mustaqil tijorat banklarining tashkil
topishi, banklarning o‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyiliga o‘tishi, passivlar va
aktivlar muvofiqligiga erishish muammosi bank faoliyatida dolzarb masalalarga
aylandi. Bozor munosabatlarining rivojlantirish bank resurslarining ham turli-
tumanlashuviga olib keldi. Banklar uchun hozirgi iqtisodiy sharoitdan kelib chiqgan
holatda bank resurslarini shakllantirishda depozitlarni jalb qilish masalasini yanada
rivojlantirishlari maqsadga muvofiqdir, chunki ular to‘lov tizimida yengilliklar olib
keladi hamda Markaziy bankdan hisobga olish amaliyotini oshirish orqali pul-kredit
siyosati vositalaridan foydalanish osonlashtiradi. Shu jihatlari bilan talangan mavzu
dolzarb hisoblanadi.
2021 yilda respublika bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining *;-2020 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan
“2017-2021 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va
barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika
moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalarni
bajarishga qaratildi, jumladan:
- bank nazorati tizimini yanada takomillashtirish, bank nazorati bo‘yicha
Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tatbiq etish bilan bog‘lik tadbirlarni davom
ettirish;
- mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting
tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andoza va ko‘rsatkichlar asosida
baholash amaliyotini kengaytirish;
- tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda
aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb
qilish orqali yanada oshirish;
- tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini
hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni
kreditlash hajmlarini oshirish;
- tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini
tiklash, ular bazasida tashkil etilgan yangi korxonalarni strategik investorlarga sotish
ishlarini yanada faollashtirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash,
birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish
uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
- xalqaro
andozalar
va
tamoyillar
hamda
mamlakatimizda
bozor
munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-
bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga
oshirildi.
*O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://uznet.press
*O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 26.11.2010 yildagi PQ-1438-son
1.Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi.
Ma’lumki bank faoliyati yetarli bank resurslarini talab qiladi. Bank
resurslarini mukammal tashkil etish va tejamkor foydalanish har qanday banklarning
samarali ishlashi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
yaratilgan resurslar tijorat banklarning iqtisodiy faoliyatini oqilona amalga
oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tijorat banklarining resurs bazasini
shakllantirish nafaqat yangi mijozlarni jalb etish, balki resurslar manbalari
tuzilmasini doimiy ravishda o‘zgartirib turishni ham o‘z ichiga olgan holda, bank
aktivlari va passivlaridan oqilona foydalanishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bank
passivlaridan samarali foydalanish depozit siyosatining oqilona yuritilishidan iborat
bo‘ladi* Resurs bazasini shakllantirishda yangi mijozlarni jalb qilish resurs
bazasining tarkibiy qismini tashkil etadi. Resurs – fransuzcha "Resurs", so‘zidan
olingan bo‘lib, pul mablag‘lari, imkoniyat, zahira, daromad manbai, xom-ashyo va
boshqalar anglatadi. Iqtisodiy manbalarda "resurs" so'zi ko'pincha turli xil
ma'nolarda
uchraydi.Masalan:
tabiiy
resurslar,
moliyaviy
resurslar,
iqtisodiyresurslar, inson resurslari va boshqalar. Shunga asoslanib, iqtisodiy
resurslarniiqtisodiy imkoniyatlarning asosiy elementlaridan biri sifatida qarash
mumkin .U jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida taqsimlanadi. Resurs
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning aniq maqsadlariga erishish uchun ishlatiladi.
Iqtisodiy resurslarning aksariyati-bu moliyaviy resurslar bo‘lib, ularni pul va soliq
resurslari tashkil etadi va iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash uchun xizmat
qiladi. Moliyaviy resurslarning asosiy manbalari bo‘lib vaqtinchalik bo‘sh
mablag'lar, soliqlar, jismoniy shaxslarning mablag'lari,chek omonatlarini berish
bilan bog'liq mablag'lar va boshqalar hisoblanadi.Moliyaviy resurslarning ajralmas
qismi bo‘lgan bank resurslarini ko‘rib chiqamiz. Dastlab banklarning majburiyatlari
va ularning resurslari bir xil tushunchalar emasligiga e’tibor qaratish lozim. Bank
passivlari bank resurslarining manbai hisoblanadi. Demak Bank resurslari bank
balansining passiv qismida aks ettiriladi.Tijorat banklarining resurslari bankning o‘z
mablag‘lari jalb qilingan va emitentlashgan mablag‘lar hisobidan shakllanadi.
Quyidagi jadvalda resurslar shakllanishi keltirilgan
1-jadval
Tijorat banklari resurslari
O’zlik resurslari:
Jalb qilingan resurslar
Ustav kapital
Depozitlar
Zahira kapital
Banklararo kreditlar
Taqsimlanmagan foyda
Boshqa kreditorlar
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
Sof foyda
Banklarning o‘z mablag‘lariga — bankning ustav kapitali, rezerv kapitali,
maxsus fondlar, moddiy rag‘batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan
fonddar va taqsimlanmagan foydasi kiradi.Banklarning o‘z mablag‘lari ichida asosiy
o‘rinni bankning o‘z kapitali egallaydi.Bankning ustav kapitali summasi bank
ustavida ko‘rsatiladi va bank ishini boshlashning boshlangich nuqtasi hisoblanadi.
Banklarning tashkil qilishning shakllariga qarab bankning ustav kapitali ham xar hil
tashkil topadi.
Agar bank aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo‘lsa, ustav
kapitali yoki fondi aksiyalar chiqarish va joylashtirish yo‘li orqali tashkil topadi.
Banklarning ustav kapitali summasi qonun yo‘li bilan chegaralanmaydi.
Banklarning barqaror faoliyatini taminlash maqsadida uning minimal miqdori
belgilab beriladi.
Bankning ustav kapitali uning balansining passivida ko‘rsatiladi. Ustav fondi
summasining oshirilishi bank aksiyadorlik umumiy majlisida hal qilindi.
Banklarning ustav kapitali ularning majburiyatlarini bajarishning asosi bo‘lib xizmat
qiladi. Bank kreditlar hisobidan banklarning ustav kapitalini tashkil qilish mumkin
emas.
Banklar tashkil qilinganda ustav kapitalining tarkibi moddiy mablag‘lardan
va pul mablag‘laridan tashkil topadi. Bank faoliyatining boshlangich boskichlarida
bankning o‘z mablag‘lari hisobidan birinchi navbatdagi bank xarajatlari (er, bino,
asbob-uskuna, ish haqi) qoplanadi.
Banklarning o‘z mablag‘lari uzoq muddatli aktivlarga quyilmalar qilishning
asosiy manbasi hisoblanadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari uchun
banklarning uz mablag‘lari bilan chetdan jalb kilingan resurslar o‘rtasida chegarani
belgilab beradi. Banklarning aksiyador kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil
topishi mumkin.
Bular:
a) o‘z aksiyador kapitali – bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish va
sotish hisobidan, taqsimlanmagan fondi hisobidan yuzaga keladi;
b) xar xil ko‘zda tutilmagan holatlar uchun tashkil kilingan rezervlar.
v) bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzok muddatli veksel va
obligatsiyalar) bo‘lishi mumkin.
Banklarning rezerv kapitali yoki rezerv fondi foydadan ajratmalar hisobiga
hosil bo‘ladi va u ko‘zda tutilmagan zararlar hamda qimmatli qog‘ozlar kursining
tushishi natijasidagi yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlanmagan foyda — rezerv fondiga ajratmalar va dividendlar
tыlanganidan so‘ng qoladigan foydaning bir qismidir.Banklarning o‘z mablag‘lari
tijorat banklari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning o‘z kapitali
hissasining kamayishi ba’zi hollarda banklarning sinishiga olib keladi.
Bank resurslari tarkibida aholining omonat qo‘yilmalari muhim rol tutadi.
Ular to‘liq summaga yoki bo‘lib-bo‘lib qo‘yiladi va berilishi mumkin. Omonatchi
va bank o‘rtasidagi mablag‘ ko‘yishi bilan bog‘lik munosabat omonat daftarchasini
berish bilan tasdiqlanadi. Banklar to‘lovchilik asosida turli xil maqsadli
qo‘yilmalarni, muddatli yoki talab kilish hamda olish mumkin bo‘lgan jamg‘armalar
qabul qiladilar.
Tijorat banklarining resurslari bankning:
1.
o’z resurslari;
2.
jalb qilingan mablag’lari;
3.
emitentlashgan mablaglar hisobidan shakllanadi.
Bu resurslar banklar tomonidan quyidagi passiv operasiyalarni amalga
oshirish natijasida yuzaga keladi:
qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish yo’li bilan resurslar yig’ish;
foyda hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar summasini
oshirish;
boshqa kreditorlar mablag’larini jalb qilish;
drpozit operasiyalarini amalga oshirish.
Bu operasiyalar bank balansining passiv qismida aks ettiriladi. Mamlakatdagi
tijorat banklarining resurslari quyidagilar bilan tavsiflanadi (2-jadval).
Tijorat banklarining resurslari
2-jadval.
№
Ko’rsatkichlar
%
1
2
3
1.
Bankning o’z resurslari, shu jumladan:
1.1. Bankning fondi, shundan:
• Ustav fondi
12,2
6,1
2,6
2.
Foyda
6,1
3.
Jalb qilingan resurslar
3.1 Talab qilib olgunga kadar qo’yiladigan depozitlar:
• tijorat strukturalarning joriy schyotlardagi depozitlar
• korrespondent schyotdagi depozitlar
• hisob-kitobdagi resurslar
• turli kreditorlar
3.2 Mudsatli depozitlar
• tijorat strukturadagi depozitlar
• aholi omonatlari
• bank depozitlari
shu jumladan:
MB depozitlari
3.3 Chet el operasiyalar bo’yicha schyotlar
87,8
25,0
15,5
1,6
2,2
5,7
23,5
3,3
1,6
18,6
13,2
39,3
Ko’rinib turibdiki, tijorat banklari resurslarining asosiy manbasi bu jalb
qilingan resurslar bo’lib, ular bank resurslari tarkibida salkam 88 foizni tashkil
qiladi. O’z resurslarining salmog’i 12 foiz bo’lib, jahon tijorat banklarining
passivlari tarkibiy qismiga bo’lgan talabga javob beradi. Bankning o’z resurslari
tarkibida ustav fondi 2,6 foizni tashkil qiladi. Jamg’arilgan resurslari tarkibida tijorat
strukturadagi hisob va joriy schyotdagi depozitlar salmog’i 64 foizdan oshadi.
Bankning o’z resurslari jumlasiga:
bankning’ nizom kapitali;
zaxira kapitali;
bankning oladigan foydasi hisobiga yuzag’a keladigan boshqa
jamg’armalar;
sug’urta zaxiralari;
yil davomida taqsimlanmay qolgan foyda kiradi.
Bankning nizom kapitali (sarmoya) bank ishini tashkil etishning tayanch
nuqtasidir. Bu jamg’arma bank qatnashchilarining o’z mablag’lari hisobigagina
yaratilishi mumkin, xolos, yani tasischilarning pay badallari yig’indisidir.
Tijorat banklarining zaxira kapitali aktiv operasiyalarining chiqimlarini
qoplash uchun mo’ljallangan. Ular olingan foyda etmay qolgan vaqtda bank
obligasiyalari va imtiyozli aksiyalar dividendlari bo’yicha foizlarni to’lash manbai
bo’lib xizmat qiladi. U jamg’arma qar yili foydadan ajratiladigan mablag’lar
qisobig’a shakllantiriladi.
Bank o’z mablag’larining alohida tarkibiy qismi bu aniq operasiyalarni
amalga oshirish uchun bank tomonidan yaratilgan sug’urta zaxiralaridir. Bularga
birinchi galda qimmatli qog’ozlar mablag’larini taminlovchi zaxiralar, shuningdek,
ssudalar bo’yicha yo’qotishlar bo’lib qolganda ishlatiladigan zaxiralar kiradi.
Bunday zaxiralarni shakllantirish majburiy bo’lib, Markaziy bank tomonidan talab
qilinadi.
Bank o’z mablag’larining eng muhim vazifasi bankning omonatchilar
oldidagi majburiyatlarining taminoti bo’lib maydonga chiqishdir. Tijorat
banklarining o’ziga xos tomoni shundaki, ular o’z mablag’larining miqdorini
mustaqil suratda o’zlari belgilaydi va resurslarining juda ko’p qismi o’z mablag’lari
hisobiga emas, balki zayom mablaglari hisobiga shakllantiriladi. Banklarning
mablaglarni jalb etish imkoniyati Markaziy bank tomonidan tartibg’a solib boriladi
va bankning o’z sarmoyasi ham tashkiliy-huquqiy tuzilishiga qarab belgilanadi.
Odatda, Markaziy bank tijorat banklari uchun banklarning o’z mablag’lari
bilan chetdan jalb qilingan resurslar o’rtasidagi chegarani belgilab beradi.
Uzbekistonda bu nisbat 1:20 miqdorida belgilangan.
. Bank kapitali deganda bankning barqaror faoliyatini gaminlash va
favqulodda sodir bo’ladigan zararlarni qoplash maqsadida maxsus tashkil
qilinadigan fondlar va zaxiralar tushuniladi. Bu kapital quyidagilarni o’z ichiga
oladi:
ustav kapitali;
zaxira kapitali;
umumiy zaxiralar;
maxsus zaxiralar;
oldingi va joriy yillardagi taqsimlanmagan va bank ixtiyoriga qolgan
foyda;
risk (tavakkalchilik)ni qoplash uchun tashkil qilingan zaxira fondpar.
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari to’lagan pul
mablaglaridan tashkil topib, uning summasi bank ustavida ko’rsatiladi va bank ishini
boshlashning boshlang’ich, tayanch nuqtasi hisoblanadi. Bankning tashkil qilinish
shakliga qarab uning ustav kapitali qam turlicha bo’lishi mumkin. Agar bank
aksiyadorlik jamiyati tariqasida tashkil qilinadigan bo’lsa, u holda bank ustav
kapitali yoki fondi aksiyalar chikarish va joylashtirish yo’li bilan tashkil topadi.
Banklarning aksioner kapitali quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topishi
mumkin:
1.
o’z aksioner kapitali. Bu kapital oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish
va sotish hamda taqsimlanmagan foyda hisobidan;
2.
har xil ko’zda tutilmagan xarajatlarni va to’lanmagan qarzlarni qoplash
uchun tashkil qilingan zaxiralar hisobidan;
3.
bankning uzoq muddatli majburiyatlari (uzoq muddatli veksel va
obligasiyalar) hisobidan.
Bankning ustav kapitali uning balans passivida ko’rsatilib, summasi qonun
bilan chegaralanmaydi. Ammo uning uchun eng kam miqdori Markaziy bank
tomonidan belgilanadi. Va bu eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan
uni ro’yxatga olish paytigacha to’lanishi kerak.
Kreditga va garovga olingan mablag’lardan hamda jalb etilgan boshkd
mablag’lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun foydalanishga yo’l
ko’yilmaydi.
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini
shakllantirish uchun byudjet mablag’laridan foydalanish mumkin.
Bankning zaxira kapitali soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan
so’ng sof foyda hisobiga shakllangan zaxiralar, ulardan bank faoliyatida ko’zda
tutilmagan turli zararlar hamda qimmatli qog’ozlar kursining tushishi natijasida
yo’qotishlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun
foydalaniladi.
2.Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari.
Banklar mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha
mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turiladi. Jalb
qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil
qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan
mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi.
Bu quyidagi normativlar:
-
kapital etarliligi,
-
bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal risk miqdori,
-
aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofiq, aholidan
pul omonatlarini jalb qilish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan
chegaralanadi.
Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy
turlariga quyidagilar kiradi:
-
bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar
(depozitlar),
-
o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash
(depozit va jamg‘arma sertifikatlarini, veksellar, obligatsiyalar)
-
banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan olinadigan
va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va
boshqalar kiradi.
Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-
depozitlar;
-
nodepozit resurslar.
Keng
ma’noda
passivlarni
boshqarish
omonatchilar
va
boshqa
kreditorlarning mablag‘larini jalb va
mazkur bank uchun mablag‘lar manbalari tegishli kombinatsiyasini belgilash
bilan bog‘liq faoliyatdir.
Tor ma’noda esa passivlar operatsiyalarini boshqarish deganda zaruriyatga
ko‘ra qarz mablag‘larini faol ravishda topish yo‘li bilan likvidlika bo‘lgan ehtiyojni
qondirishga qaratilgan harakatlar tushuniladi.
Jalb qilingan mablag‘larni asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.
Depozit va ularning turlari
Banklarda
maqsadlarni
amalga
oshirish
uchun
pul
mablag‘larini
qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari- depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham
manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi,
keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalarini qulay shartlar asosida kreditlaydi.
Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va
ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Depozit operatsiyalar - banklarning depozitorlar bilan tuzgan shartnomalari
asosida depozit maqsadlariga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarning pul
mablag‘larini muayyan muddatga jalb etish hamda saqlashga doir operatsiyalaridir.
Depozitor bankka kela olmagan yoki u depozit operatsiyalariga doir zarur
hujjatlarni mustaqil ravishda to‘ldira olmagan hollarda uning depoziti bo‘yicha
operatsiyalar ishonchli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Uning vakolati amaldagi
qonunchilikka muvofiq asoslangan bo‘lishi lozim.O‘zbekiston Respublikasida
yuridik va jismoniy shaxslar depozit operatsiyalarning sub’ektlari bo‘la oladi.
Depozitlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda qo‘yilishi mumkin.YUridik yoki
jismoniy shaxs tomonidan qo‘yiladigan depozitning eng kam miqdori har bir bank
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.1
Bank qabul qiladigan depozitning eng ko‘p miqdori chegaralanmaydi. Barcha
depozitlar joriy mablag‘lar tarzida qabul qilinadi va shu asosda to‘lanadi. Depozitlar
tratta, cheklar, pul topshiriqnomalari, davlat xazina kafolatlari va boshqa shakllarda
1 O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov
tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni. 2019 yil 07 noyabr,
№O‘RQ-578
kelib tushsa, ular undirib olish sharti bilan qabul qilinadi, biroq, summa bankning
hisobvarag‘iga kelib tushmaguncha ushbu depozitga kiritilgan hisoblanmaydi.
Depozitlar jismoniy shaxslardan, shu bilan birga 14 yoshga to‘lgan
yoshlardan qabul qilinishi mumkin. O‘z nomiga omonat qo‘ygan, 14 yoshdan 18
yoshgacha bo‘lgan balog‘atga etmagan yoshlar o‘z omonatlarini mustaqil ravishda
tasarruf etadilar.
Layoqatli har qanday jismoniy shaxslar balog‘atga etmagan shaxs nomiga
omonat qo‘yishi mumkin.
Har qanday vasiy va ishonchli shaxs ham uning vasiyligiga topshirilgan shaxs
nomiga depozit hisobvarag‘i ochishi mumkin.
Biror shaxs tomonidan balog‘atga etmagan shaxs nomiga qo‘yilgan
omonatlarni quyidagilar tasarruf etishlari mumkin:
a) 14 yoshga to‘lguniga qadar - ota-onalar yoki balog‘atga etmagan shaxsning
boshqa qonuniy vakillari;
b) vasiylik kengashining ruxsati bo‘lgan vasiylar;
v) 14 yoshga to‘lganidan so‘ng - ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarning
yozma ravishdagi roziligiga ko‘ra balog‘atga etmagan shaxslarning o‘zi.
Depozitlar (omonatlar)ga doir foiz stavkalari banklar tomonidan depozitorlar
bilan kelishuvga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan
qayta moliyalash stavkasini, bankning narx siyosatini hisobga olgan holda
belgilanadi.2
Shartnomada
ko‘zda
tutilgan foizlar
miqdori qonunchilik asosida
kamaytirilgan hollarda, foizlarning yangi miqdori, depozitorlarga foizning
kamayishi haqida xabar berilganidan so‘ng qo‘yilgan depozitlarga nisbatan
qo‘llaniladi. Ushbu xabargacha qo‘yilgan depozitlarga nisbatan kamaytirilgan
foizlar miqdori bank omonat shartnomasida boshqa muddat ko‘zda tutilmagan
bo‘lsa, tegishli xabar berilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tgach qo‘llanadi.
2 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining
garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.
Agar shartnomada boshqa holatlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, depozitorning
birinchi talabiga ko‘ra depozit hisobvaraqlaridan omonatning butun summasi yoki
uning bir qismini olishga doir hech qanday cheklashlar belgilanmaydi.
Depozitlarning barcha turlari bo‘yicha jismoniy shaxslar vasiyatnoma tuzish
huquqiga egadirlar.
Depozitlarning turlari:
- talab qilib olinguncha depozitlar;
- jamg‘arma depozitlari;
- muddatli depozitlar;
- jamg‘arma (depozitli) sertifikati;
- boshqa depozitlar.
Banklar tomonidan jalb etiladigan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz
stavkalarini shakllantirish siyosatiga qo‘yiladigan talablar* Banklarning depozitlar
(omonatlar)ni jalb qilish sohasidagi faoliyati, shu jumladan jalb qilingan depozitlar
(omonatlar)ga foiz stavkalarini belgilashi, depozitlar (omonatlar)ni va ularga
hisoblangan foiz to‘lovlarini bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan depozit (omonat)
shartnomalariga muvofiq o‘z vaqtida qaytarishi banklarning depozit va foiz
siyosatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lari tarkibi va dinamikasi
Banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar 1-aprel holatiga 206 trln so'mni
tashkil etdi. 2023-yil 1-aprel holatiga banklarning jami depozitlari qoldig‘i 206 trln
so‘mni tashkil etib, ularning 32 foizi aholi va 68 foizi yuridik shaxslar mablag‘lari
hisobidan shakllangan. Bunda, yil davomida milliy valyutadagi aholi depozitlari 72
foizga va xorijiy valyutadagi depozitlari 63 foizga o‘sgan. Jami depozitlar qoldig‘i
taqqoslanayotgan davr mobaynida 52 trln so‘m yoki 34 foizga o‘sgan holda,
ularning
jami
majburiyatlardagi
ulushi
ushbu
davrda
41
foizdan
43
foizgacha oshgan.
Depozitlarning dollarlashuv darajasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5
foiz bandga pasayib, hisobot sanasiga 35,9 foizni, shundan yuridik shaxslar
depozitlari bo‘yicha 35,1 foizni hamda jismoniy shaxslar depozitlari bo‘yicha esa
37,6 foizni tashkil etgan. Yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi o‘tgan
yilning mos davriga nisbatan 0,9 foiz bandga oshib, hisobot sanasiga 15,6 foizga
yoki 88 trln so‘mga yetgan.
Yuqori likvidli aktivlar o‘sishi banklarda asosan mijozlarning jami depozit
mablag‘lari 52,2 trln so‘mga (34 foizga) o‘sishi hisobiga yuz bergan. Banklarning
qisqa muddatli likvidlilik ko‘rsatkichi – likvidlikni qoplash me’yori koeffisiyenti
(LSR) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 foiz bandga o‘sib, 173 foizga yetgan.
Bunda, banklarning 30 kundagi sof chiqimlari 27 foizga o‘sgan bo‘lsa, yuqori
likvidli aktivlar summasi 38 foizga o‘sgan.
Shuningdek, bankning uzoq muddatli likvidlilik ko‘rsatkichi – sof barqaror
moliyalashtirish me’yori koeffisiyenti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 foiz
bandga pasaygan va 112 foizni tashkil qilgan. Mazkur holat banklarda barqaror
moliyalashtirishning mavjud summasi 18,6 foizga va barqaror moliyalashtirishning
zarur summasi esa 20,1 foizga oshganligi bilan izohlanadi.*
Markaziy bank bank omonatchilari, qarz oluvchilari va kreditorlarining
manfaatlarini himoya qilish, depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalarining
asossiz o‘sishini oldini olish va shu bilan bog‘liq xatarlarning yuzaga kelishiga yo‘l
qo‘ymaslik hamda bank tizimi barqarorligini ta’minlash maqsadida muntazam
ravishda banklarning depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalari darajasini
monitoring qilib boradi. Bunda, Markaziy bank depozitlar (omonatlar) bo‘yicha
o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi qayta moliyalash stavkasidan oshgan banklarda foiz
siyosatining, shu jumladan foiz darajasining asosli ekanligini aniqlash maqsadida
mazkur banklarning foiz siyosatini va moliyaviy holatini alohida o‘rganib chiqadi.
Markaziy bank muayyan bir bankning jalb qilingan depozitlari (omonatlari)
bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasining asossiz ravishda yuqoriligini, mazkur
bankning:
aktivlari va kapitali rentabelligi darajasi;
foizli daromadlarining yalpi daromaddagi ulushi va aktivlarga nisbati;
foizli daromadlarning foizli xarajatlarga nisbati;
foizli xarajatlarning umumiy majburiyatlarga nisbati;
jalb qilinayotgan mablag‘larning aylanish muddatlari va bank aktivlarining
rentabelligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligi;
omonatga jalb qilinayotgan mablag‘lardan foydalanishning samaradorligi
darajasi kabi ko‘rsatkichlarga ta’sirini hamda bank tizimi bo‘yicha o‘rtacha
ko‘rsatkichlardan pastligi yoki yuqoriligini tanqidiy ko‘rib chiqadi va tahlil qiladi.
Banklarda depozitlar (omonatlar) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi
asossiz oshgan holatlar aniqlanganda Markaziy bank mazkur banklardagi o‘rtacha
foiz stavkalarining darajasini maqbullashtirish (pasaytirish) bo‘yicha banklarga
ko‘rsatma beradi. Banklar tomonidan milliy valyutada jalb qilingan depozitlar
(omonatlar) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini hisoblash ushbu
Nizomning ilovasiga muvofiq banklar tomonidan jalb qilinadigan depozitlar
(omonatlar) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini hisoblash metodikasi asosida
amalga oshiriladi. Markaziy bank har chorakda banklar tomonidan jalb qilingan
depozitlar (omonatlar) bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari hisobini ularning
ma’lumotlari asosida hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasigacha amalga
oshiradi.
Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha
o‘rtacha tortilgan foiz stavkasini hisoblash metodikasi esa quyidagilardan iborat.
Tijorat banklari tomonidan milliy valyutada jismoniy shaxslardan (talab qilib
olinguncha, jamg‘arma, muddatli va bank plastik kartadagi mablag‘lar) hamda
yuridik shaxslardan (jamg‘arma va muddatli) jalb qilingan depozitlar bo‘yicha
o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi hisoblab chiqiladi.
O‘rtacha tortilgan foiz stavkasi jalb qilingan har bir depozit (omonat) turi
bo‘yicha foiz stavkasini uning summasiga ko‘paytirib, jami jalb qilingan depozitlar
(omonatlar) miqdoriga bo‘lish orqali quyidagicha hisoblanadi:
3-jadval
Depozit (omonat) turlari
Depozit
summasi
Foiz stavkasi
Jami depozitlar, shu jumladan:
Vjami
PAV
I. Jismoniy shaxslarning depozitlari:
Vjis. jami
Pjis. o‘rt. tortilgan
talab qilib olguncha omonatlar va bank plastik
kartadagi mablag‘lar;
V1
P1
jamg‘arma omonatlari;
V2
P2
muddatli omonatlar;
V3
P3
II. Yuridik shaxslarning depozitlari:
Vyur. jami
Pyur. o‘rt. tortilgan
jamg‘arma depozitlari;
V4
P4
muddatli depozitlar.
V5
P5
Tijorat banklarida likvidlik miqdorining pasayishi, o‘z navbatida banklararo
pul bozoridan mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar hajmining ham sezilarli
o‘sishiga olib keldi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarining 70
foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin. Tijorat banklarining iqtisodiy roli
uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga
aylantirish;
-korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
-iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
-moliya-valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va
boshqalar.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish
funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi.
Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib
topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz
hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi
vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga
aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan
daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish
borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi.
Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida
muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq
risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga
keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi
bir-birovi haqida etarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan
talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat
banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari
bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski
darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik
jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga
talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni
maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani
shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni
shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga
yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak.
Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat bank faoliyati
etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankni moliyaviy ahvoliga baho bera
olishi mumkin.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va
turli sub’ektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank
moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z
nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishiga beradi. Bank krediti hisobidan
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari-sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.3
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit,
kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa
o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish
uchun mablag‘ etishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish uchun
Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari
tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining
bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan
bo‘lishi lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi
taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy
resurslar banklarga omonatlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning
keyingi
funksiyasi
bu
mustaqil
sub’ektlararo
to‘lov
operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha
to‘lovlar bir davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarni bunday tizimida
to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat bank tizimini
3 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston”
NMIU, 2017.
shakllantirish hisob-kitob tizimini ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga
oladigan risk darajasini ko‘paytirdi. MFO hisob varaqalaridan foydalangan holda
amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning korrespondent
schetlarga o‘tishi ham risk darajasini ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda
tijorat banklar, mijozlar hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga
oshirishilishi bo‘yicha mas’uldir.
Bank mablag'lariga maxsus guruh ajratilishi kerak, ularning shakllanishi turli
tashqi iqtisodiy omillar bilan bog'liq. Ularni umumiy qayta nomlash fondlari ostida
guruhlash mumkin. Inflyatsiya tufayli bankning asosiy vositalarining balans qiymati
bozor qiymatidan ortda qolmoqda. Vaqti -vaqti bilan ularning qiymatini qayta
baholashda bank asosiy vositalarni qayta baholash uchun fond tashkil qiladi. Milliy
valyutaga nisbatan chet el valyutasining kursi o'zgarganda, banklarda amalga
oshirilmagan kurs farqlari mavjud. Bankning o'z mablag'lari tarkibiga chet el
valyutasini bankning ustav va boshqa mablag'larini qayta baholashdan realizatsiya
qilinmagan kurs farqlari kiradi.
Bank mablag'laridagi alohida guruh asosiy vositalarning amortizatsiyasi
natijasida to'plangan mablag'lar bilan ifodalanadi.
Bankning o'z mablag'lari bir qator boshqa elementlarni o'z ichiga olishi
mumkin:
bank foydasi hisobiga yaratilgan tavakkalchilik va to'lovlar zaxiralari;
dastlabki joylashtirilgan aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori narxda sotish
natijasida emissiya farqlari;
hisobot yili va o'tgan yillardagi taqsimlanmagan daromad.
Bankning o'z sarmoyasi va o'z sarmoyasi tushunchalarini farqlash zarur.
Kapital - bu bankning ichki faoliyati jarayonida shakllangan barcha majburiyatlarini
o'z ichiga olgan umumlashtirilgan tushuncha: ustav va zaxira fondlari, boshqa
fondlar va foyda hisobidan yaratilgan zaxiralar; emissiya farqlari; qayta baholash
fondlari; o'tgan yillardagi taqsimlanmagan daromad va joriy yilning foydasi.
Bankning ustav kapitali taxminiy qiymatdir. U, o'z mablag'larining ayrim
moddalariga qo'shimcha ravishda, nazariy jihatdan o'z mablag'lari bilan
tenglashtirilishi mumkin bo'lgan va bank kapitali vazifalarini bajarishga qodir
bo'lgan qarzning ayrim turlarini ham o'z ichiga olishi mumkin. Bank kapitali o'z
mablag'lari elementlarini o'z ichiga oladi, ular barqarorlik, kreditorlarning
huquqlariga bo'ysunish va belgilangan daromadlar hisobining yo'qligi kabi
printsiplarga javob beradi. Shunday qilib, bankning o'z sarmoyasi - bu bankning
barqaror ishlashini ta'minlaydigan va potentsial yo'qotishlarni bartaraf etish
qobiliyatini ta'minlaydigan, shuningdek bank tomonidan butun faoliyati davomida
ishlatilgan mablag'lar va zaxiralar deb tushunilishi kerak. . Ustav kapitaliga
quyidagilar kiradi: ustav kapitali, zaxira kapitali, turli tavakkalchiliklarni qoplash
uchun zaxiralar, ta'sischilar foydasi (emissiya farqlari), joriy yil va o'tgan yillardagi
taqsimlanmagan foyda. Bundan tashqari, o'z sarmoyasi jalb qilingan yoki
subordinatsiyalangan kreditni o'z ichiga olishi mumkin, bu uzoq muddatli jalb qilish
muddati (kamida 5 yil), kreditorning shartnomada ilgari nazarda tutilgan qaytarish
shartlarini qaytarib bera olmasligi va qarzning asosiy miqdori shartnoma muddati
tugagandan keyingina.
Bankning o'z sarmoyasi o'z faoliyatida bir qator muhim funktsiyalarni
bajaradi. Uchta asosiy funktsiya mavjud: himoya, operatsion va tartibga solish.
Himoyachi omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish imkoniyatidan iborat, bu
erda o'z kapitali bankning likvidligi yo'qolgan taqdirda va u tugatilgan taqdirda
majburiyatlar uchun pul to'lash manbai bo'lib xizmat qilishi mumkin. Kapital o'ziga
xos himoya "yostig'i" rolini o'ynaydi va kutilmagan zarar yoki xarajatlar katta
bo'lgan taqdirda bank o'z faoliyatini davom ettirishga imkon beradi.
Operatsion funktsiya, bank o'z kapitalini tashkil etuvchi zaxiralar, mablag'lar
va foyda hisobiga bir qator xarajatlarni (masalan, asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlarni sotib olish uchun) sarflashi mumkinligida namoyon bo'ladi. boshqa
tashkilotlarning ustav fondlari va boshqalar.4
4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni
tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019 yil 14
yanvardagi PF-5630-sonli farmoni
Bankning o'z sarmoyasini tartibga soluvchi vazifasi shundaki, markaziy
banklar barcha tijorat banklari uchun majburiy bo'lgan iqtisodiy standartlarni
belgilab, ularning bir qismi ustav kapitalining hajmi bilan bog'liq bo'lib, banklar
faoliyatini tartibga solish uchun haqiqiy imkoniyatga ega bo'ladilar.
Bankning ustav kapitali uning tijorat faoliyatining asosi bo'lib, bankning
moliyaviy barqarorligini va to'lov qobiliyatini ta'minlaydi, bankning turli
tavakkalchiliklari natijasida yuzaga keladigan kutilmagan xarajatlarni qoplash
manbai bo'lib xizmat qiladi.
An'anaga ko'ra, resurslarning asosiy hajmini tijorat banklari qarz mablag'lari
hisobiga shakllantiradi. Ko'pincha, ularning bank resurslarining umumiy hajmidagi
ulushi taxminan 70%ni tashkil qiladi, ba'zi banklarda esa 85-90%ga etishi mumkin.
Hozirgi vaqtda tijorat banklari nafaqat davlat korxonalaridan, balki boshqa
mulkchilik shaklidagi xo'jalik sub'ektlaridan ham mablag 'jalb qiladilar.
Banklarning jalb qilingan resurslari - bu omonatlarga joylashtirilgan aholi
mablag'lari. Bundan tashqari, hozirda yakka tartibdagi tadbirkorlarning mablag'lari
jalb qilingan mablag'larning bir qismi bo'la boshladi.
Qabul qilingan resurslar orasida Belarus Respublikasi Milliy bankidan
olingan mablag'lar va boshqa tijorat banklaridan jalb qilingan mablag'lar kabi jalb
qilingan mablag 'turlari mavjud. Pul mablag'larini depozit asosida jalb qilish keng
qo'llaniladi va tijorat banklari uchun ma'lum muddatga mablag 'jalb qilish alohida
ahamiyatga ega.
Yig'ish uslubiga qarab, jalb qilingan barcha resurslar depozit va depozit
bo'lmagan fondlarga bo'linadi.
Jahon bank amaliyotida depozit bank muassasasida saqlanadigan pul yoki
qimmatli qog'ozlarni bildiradi.
Depozitlar tijorat banklarining jalb qilingan resurslarining asosiy qismini
tashkil etadi, ular bankka o'z mijozlari - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
qo'yilgan pullarni ifodalaydi. Bank hisoblarining ko'p turlari mavjud, ularning
mablag'lari depozit deb tasniflanadi. Bu hisoblar ochilish maqsadi, ish tartibi va
boshqa xususiyatlari bilan farq qilishi mumkin.