TIL BELGILAR SISTEMA SIFATIDA.TIL SATHLARI VA ULARNING BIRLIKLARI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

14

File size

Fayl hajmi

205,6 KB


TIL BELGILAR SISTEMA SIFATIDA.TIL SATHLARI VA ULARNING
BIRLIKLARI.
Reja: 
1. Til - belgilar sistemasi sifatida va semiotika.
2. Sistema va struktura tushunchasi 
3. Sath tushunchasi va iyerarxik munosabat.
5.Til  sathi  birliklari o‘rtasidagi  paradigmatik,  sintagmatik  va  izomorflik
munosabatlari.
Logotip
TIL BELGILAR SISTEMA SIFATIDA.TIL SATHLARI VA ULARNING BIRLIKLARI. Reja: 1. Til - belgilar sistemasi sifatida va semiotika. 2. Sistema va struktura tushunchasi 3. Sath tushunchasi va iyerarxik munosabat. 5.Til sathi birliklari o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabatlari.
1.Til - belgilar sistemasi sifatida
Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi
ma`lum voqea-hodisa  haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot
berishning boshqa yo`llari ham borligi ma`lum bo`ladi. Masalan, yo`l harakatidan
ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish
uchun xizmat  qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning  hammasi
uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi  haqida va  shu bilan birga, borliqdagi boshqa
ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb
nomlanadi. 
Inson  o`zini  qurshab  turgan  olamni  bilish  jarayonida  olam  unsurlarini
obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi
orqali  ifodalanadi.  Axborotning  har qanday  moddiy  ifodalovchilari  belgi
hisoblanadi. 
Tilning  belgilar  sistemasi  ekanligi  uning  asosiy xususiyati  va  universal
tomonidir.
Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki
guruhlarning  bir  butunligidan  iborat  bo‘lib,  bunda  har  qaysi  butunlik  boshqa
butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar
dunyosining o‘zaro va ayni paytda insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir-
birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin. 
Belgi  haqidagi  falsafiy  nazariya  o`zining  uzoq
tarixiga ega.  Qadimgi elatlar narsaning mohiyati va
ularning  nomlanishi  yuzasidan  ilmiy  bahslaridayoq
yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar.
Faylasuflar ta’sirida XIX asrdan boshlab tilning
umumiy nazariyasiga bag`ishlangan deyarli barcha lingvistik asarlarda so`z ikki
tomonlama  xarakterga  ega  bo`lgan  belgi  sifatida  talqin  qilina  boshladi.
V.Gumboldt, A.Shleyxer, G.Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen
de Kurtene, N.Krushevskiy asarlarida so`zga belgi nuqtayi nazaridan yondashiladi.
Lekin F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. Hatto belgi
Logotip
1.Til - belgilar sistemasi sifatida Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma`lum voqea-hodisa haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot berishning boshqa yo`llari ham borligi ma`lum bo`ladi. Masalan, yo`l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi. Inson o`zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi. Tilning belgilar sistemasi ekanligi uning asosiy xususiyati va universal tomonidir. Olamdagi narsa va hodisalarning har biri o‘zaro chambarchas bog‘liq ichki guruhlarning bir butunligidan iborat bo‘lib, bunda har qaysi butunlik boshqa butunlik bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Buni hayvonot olami va o‘simliklar dunyosining o‘zaro va ayni paytda insoniyat bilan uzviy aloqalari, ularning bir- birisiz yashay olmasligidan ham ko‘rish mumkin. Belgi haqidagi falsafiy nazariya o`zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi elatlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar. Faylasuflar ta’sirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bag`ishlangan deyarli barcha lingvistik asarlarda so`z ikki tomonlama xarakterga ega bo`lgan belgi sifatida talqin qilina boshladi. V.Gumboldt, A.Shleyxer, G.Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, N.Krushevskiy asarlarida so`zga belgi nuqtayi nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. Hatto belgi
nazariyasi bilan shug`ullanuvchi alohida fan semiologiya fani mavjud bo`lishini va
lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta`kidladi. 
Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli
nuqtayi nazardan  tavsiflanadi:
1. Vazifasi nuqtayi nazaridan til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni
shakllantirish, ifodalash va vositasidir.
2.  Tuzilishi,  tashkil  topishi  nuqtayi
nazaridan til muayyan birliklar, ularning jami,
ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash
qoidalaridir.
3.  Mavjudligi  nuqtayi  nazaridan til
ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulotdir.
4.  Informatsiya  nazariyasi  nuqtayi
nazaridan tilni kod bilan tenglashtirish mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar
muayyan axborot  tashish, uzatish, yetkazish  vazifasini  bajaradi. Bunda kod –
axborotni yozib olish usuli, matn – axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi,
kanal – axborot uzatiluvchi muhit, sharoitni ifodalaydi. 
5. Semiotika nuqtayi nazaridan til belgilar sistemasi, u moddiy boyliklar –
tovushlardan  tashkil topadi.
 
Semiotika va lingvosemiotika
Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan 
bo‘lib,  belgilar,  ularning  tabiati,  mohiyati,  ko‘rinishlari,  amal  qilishi
kabilarni  o‘rganadi.  Semiotikaning  tekshirish  obyekti  jamiyatda  qo‘llanadigan
belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar.
       Semiotika atamasi amerikalik mantiqshunos Ch.S. Pirs va shveysariyalik
tilshunos F. de Sossyur asarlarida bir vaqtning oʻzida va mustaqil ravishda qayd
etilgan. Ushbu tushuncha uchun Ch.S. Pirs "semiotika" terminini. F. de Sossyur
esa "semiologiya" terminini qoʻllagan.
Logotip
nazariyasi bilan shug`ullanuvchi alohida fan semiologiya fani mavjud bo`lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta`kidladi. Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli nuqtayi nazardan tavsiflanadi: 1. Vazifasi nuqtayi nazaridan til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni shakllantirish, ifodalash va vositasidir. 2. Tuzilishi, tashkil topishi nuqtayi nazaridan til muayyan birliklar, ularning jami, ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash qoidalaridir. 3. Mavjudligi nuqtayi nazaridan til ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulotdir. 4. Informatsiya nazariyasi nuqtayi nazaridan tilni kod bilan tenglashtirish mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar muayyan axborot tashish, uzatish, yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kod – axborotni yozib olish usuli, matn – axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi, kanal – axborot uzatiluvchi muhit, sharoitni ifodalaydi. 5. Semiotika nuqtayi nazaridan til belgilar sistemasi, u moddiy boyliklar – tovushlardan tashkil topadi. Semiotika va lingvosemiotika Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar. Semiotika atamasi amerikalik mantiqshunos Ch.S. Pirs va shveysariyalik tilshunos F. de Sossyur asarlarida bir vaqtning oʻzida va mustaqil ravishda qayd etilgan. Ushbu tushuncha uchun Ch.S. Pirs "semiotika" terminini. F. de Sossyur esa "semiologiya" terminini qoʻllagan.
Tabiiy  belgilar aslida  u  yoki  bu  narsa,  hodisaning  tarkibiy  bo‘lagi  -
alomatlari bo‘lib, ular inson ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat
qiladi. 
 Sun‘iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi
tasavvurlarning o‘rnini  bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy
vazifasi ma’lum bir xabarni  to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida
aloqa vositasi bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb
atash mumkin va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin. 
Sun’iy belgilar  grafik, tovushli va harakatli bo‘lishi  mumkin. Jumladan, yo‘l
harakati  belgilarini  grafik,  signallarni
tovushli, qushlar va hashoratlarning ma’lum
yo‘nalishlarda
 
uchishi,
 
imo-ishora,
mimikalar,
 
harakatli
belgilar  sifatida  muayyan
ma’nolarni
 
ifodalashga
xizmat  qiladi.  Bu  o‘rinda  ayrim  turlarga
moslashtirilgan  Morze,  Brayze  alifbolarini
ham misol sifatida keltirish mumkin. Til ham
muayyan  belgilar  sistemasi  hisoblanadi  va  ma’no,  tushuncha,  fikr  kabilarning
ramziy  belgisi  bo‘lib  keladi  va  jamiyatda  mavjud  boshqa  belgilar  bilan
umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham
o‘zaro uzviy bog‘liq  bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi
sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar
tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi Masalan,
signallarning ikki tomonlamaligi( qo‘l berish – do‘stlik belgisi), signallarning bir
tomonlamaligi (masalan, trevoga signali). 
 
   Morze  alifbosi  —  telegraf  aloqada
qoʻllaniladigan shartli belgilar tizimi; nuqta va
tirelardan iborat.Harbir harfga muayyan nuqta va
tirelar  uygʻunlashuvi  (kombinatsiyasi)  toʻgʻri
keladi.  Nuqta  va  tirelar  elektr  toki  impulslari
tarzida uzatiladi. Uzatiladigan impuls — kod juda
qisqa  boʻlib,  har  qaysi  belgini  belgilashda
elementlar soni har xil (oʻzgaruvchan kod) yoki
bir xil (oʻzgarmas kod) boʻlishi mumkin. Kod
ementlari soniga qarab, 5 elementli, 6 elementli
Logotip
Tabiiy belgilar aslida u yoki bu narsa, hodisaning tarkibiy bo‘lagi - alomatlari bo‘lib, ular inson ongida muayyan tasavvurlarni uyg‘otishga xizmat qiladi. Sun‘iy belgilar shartli belgilar bo‘lib, ular predmet va hodisalar haqidagi tasavvurlarning o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy vazifasi ma’lum bir xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb atash mumkin va ularga turli timsollar, signallarni kiritish mumkin. Sun’iy belgilar grafik, tovushli va harakatli bo‘lishi mumkin. Jumladan, yo‘l harakati belgilarini grafik, signallarni tovushli, qushlar va hashoratlarning ma’lum yo‘nalishlarda uchishi, imo-ishora, mimikalar, harakatli belgilar sifatida muayyan ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ayrim turlarga moslashtirilgan Morze, Brayze alifbolarini ham misol sifatida keltirish mumkin. Til ham muayyan belgilar sistemasi hisoblanadi va ma’no, tushuncha, fikr kabilarning ramziy belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda mavjud boshqa belgilar bilan umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi Masalan, signallarning ikki tomonlamaligi( qo‘l berish – do‘stlik belgisi), signallarning bir tomonlamaligi (masalan, trevoga signali). Morze alifbosi — telegraf aloqada qoʻllaniladigan shartli belgilar tizimi; nuqta va tirelardan iborat.Harbir harfga muayyan nuqta va tirelar uygʻunlashuvi (kombinatsiyasi) toʻgʻri keladi. Nuqta va tirelar elektr toki impulslari tarzida uzatiladi. Uzatiladigan impuls — kod juda qisqa boʻlib, har qaysi belgini belgilashda elementlar soni har xil (oʻzgaruvchan kod) yoki bir xil (oʻzgarmas kod) boʻlishi mumkin. Kod ementlari soniga qarab, 5 elementli, 6 elementli
Demak, jamiyatda belgilarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning har biri:
belgi-alomatlar,  belgi-signallar  (ishoralar),  belgi-simvollar  (ramzlar)  va  til
belgilari  o‘ziga  xos  va  mos  vazifani  bajaradi.  Til  tarkibini  tashkil  etuvchi
struktural elementlar – morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap, matn va boshqalar
muayyan informatsiyani olish va yetkazish uchun xizmat qilishi bilan informativ
belgilarning eng asosiysi hisoblanadi va 2 tomonlama: informatsiyani ham qabul
qilish, ham yetkazish vazifasini bajaradi. Til grafik belgilar sifatida ham, (yozuv,
harf  vositasida),  tovushli  belgilar  sifatida  ham  (og‘zaki  so‘zlashuv,  tovush
vositasida), harakatli belgilarning o‘rnida ham qo‘llana oladigan ko‘p tarmoqli
belgilar sistemasidir. Shuning uchun tilni belgilarning belgisi deb atash mumkin. 
2. Sistema va struktura tushunchasi
Har  qanday  sistema  ichki  bo`linuvchanlik  xususiyatiga,  muayyan  ichki
tuzilishga ega bo`lgan ikki va undan ortiq birliklarning o`zaro munosabatidan
iborat bo`lib, ayni paytda o`zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema
qismlardan,  bo`laklardan  iborat  bo`lsa,  struktura  ushbu  qismlar,  bo`laklar
o`rtasidagi ichki munosabatdir. Ya`ni, sistema - butunlik, struktura – xususiylik
hisoblanadi. Ular o`zaro uzviy bog`liq, bir-birini taqazo qiladi, ayni paytda har biri
o`ziga xos tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo`ladi. 
Sistemalarni mohiyatan 2 asosiy turga ajratish mumkin: material sistema va
ideal sistemalar. Har qanday moddiy materialdan tayyorlangan inshoot, qurilma,
imorat, tarkibiy qismlarga ajraluvchi obyektni yoki jonli organizmni esa material
sistema  deb  hisoblash  mumkin.  Aynan  moddiy  sistemalar  birlamchi  material
sistema deb  ataladi.  O`zaro  muayyan  munosabatlar  bilan  bog`langan  g`oya,
tushuncha  yoki  fikrlar  ideal  sistemalar  bo`lib,  ular  semantik  informatsiyaning
Logotip
Demak, jamiyatda belgilarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning har biri: belgi-alomatlar, belgi-signallar (ishoralar), belgi-simvollar (ramzlar) va til belgilari o‘ziga xos va mos vazifani bajaradi. Til tarkibini tashkil etuvchi struktural elementlar – morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap, matn va boshqalar muayyan informatsiyani olish va yetkazish uchun xizmat qilishi bilan informativ belgilarning eng asosiysi hisoblanadi va 2 tomonlama: informatsiyani ham qabul qilish, ham yetkazish vazifasini bajaradi. Til grafik belgilar sifatida ham, (yozuv, harf vositasida), tovushli belgilar sifatida ham (og‘zaki so‘zlashuv, tovush vositasida), harakatli belgilarning o‘rnida ham qo‘llana oladigan ko‘p tarmoqli belgilar sistemasidir. Shuning uchun tilni belgilarning belgisi deb atash mumkin. 2. Sistema va struktura tushunchasi Har qanday sistema ichki bo`linuvchanlik xususiyatiga, muayyan ichki tuzilishga ega bo`lgan ikki va undan ortiq birliklarning o`zaro munosabatidan iborat bo`lib, ayni paytda o`zi alohida strukturani tashkil etadi. Demak, sistema qismlardan, bo`laklardan iborat bo`lsa, struktura ushbu qismlar, bo`laklar o`rtasidagi ichki munosabatdir. Ya`ni, sistema - butunlik, struktura – xususiylik hisoblanadi. Ular o`zaro uzviy bog`liq, bir-birini taqazo qiladi, ayni paytda har biri o`ziga xos tomonlari, xususiyatlari bilan mustaqil bo`ladi. Sistemalarni mohiyatan 2 asosiy turga ajratish mumkin: material sistema va ideal sistemalar. Har qanday moddiy materialdan tayyorlangan inshoot, qurilma, imorat, tarkibiy qismlarga ajraluvchi obyektni yoki jonli organizmni esa material sistema deb hisoblash mumkin. Aynan moddiy sistemalar birlamchi material sistema deb ataladi. O`zaro muayyan munosabatlar bilan bog`langan g`oya, tushuncha yoki fikrlar ideal sistemalar bo`lib, ular semantik informatsiyaning
ko`rinishlaridan  biri  bo`lgan  boshqa  material  tashuvchida  mustahkamlanadi.
Bunday sistemalar  ikkilamchi material sistemalar  deb nomlanib, inson faoliyati
natijasida yuzaga keladi va  semiotik sistemalar  deb yuritiladi. Aslida ikkilamchi
sisemalar substansional, ya`ni mohiyatan mavjud bo`lmaydi. Masalan, svetofor
ranglaridagi  ruxsat,  man  qilish,  harakatga  tayyorlanish  ma`nolari  aynan  shu
ranglarda mavjud emas, ularga ushbu ma`nolarni ifodalash yuklatilgan, buyurilgan,
xolos. 
Til  sistemasi  uni  tashkil  etuvchi  qismlari,  strukturasiga  ko`ra  juda
murakkabligi,  ko`p  yarusliligi  bilan  ajralib  turadi.  Tilning  fonetik,  leksik,
morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo`lib, ular bir butunlikni tashkil
etadi va o`zaro aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta`minlaydi. Tilning har bir
birligi  butunlikning  qismi  sifatida  sistema  tarkibiga  kiradi.  Ayni  paytda  til
sistemasining  har  bir  sathi  o`ziga  xos  sistemalar  bo`lib,  ular  ham  muayyan
struktural  elementlardan  –  muayyan  ijtimoiy  vazifani  bajaruvchi  moddiy
birliklardan tashkil topadi. Bunda til sathlarining yig`indisi  makrosistema bo`lsa,
ichki yaruslar sistemasi mikrosistema sifatida namoyon bo`ladi. 
3. Sathlari tushunchasi va ularda iyerarxik munosabat.
XX asrning 50-yillaridan boshlab tilshunoslikda lingvistik sath tushunchasi
maydonga keldi. Til mohiyatining  ikki tomonlama ekanligi, tildagi shakliy va
mazmuniy tomonlarning har biri o‘z ichki tuzilishiga ega ekanligi, har qaysisi o‘z
uzvlaridan tashkil topgan ichki sistema ekanligi, ular o‘rtasidagi munosabat tilni
harakatga keltirishi haqidagi qarashlarning barcha tomonidan e’tirof etilishi nafaqat
«lingvistik sath» tushunchasining paydo bo‘lishiga, balki uning juda keng ma’noda
qo‘llana boshlashiga olib keldi. 
Til birliklarini turli belgilar asosida birlashtirish mumkin. Tilni sathlarga
ajratishning  asosiy  belgisi  lingvistik  birliklarning  iyerarxik  –  pog‘onaviylik
xususiyati bo‘lib, o‘zaro pog‘onaviy munosabatda bo‘lmagan nisbiy bir xil birliklar
munosabatini lingvistik sath deb tushunish mumkin.  
Bir  sath  birliklari  boshqa  sathdagi  (o‘zidan  katta  yoki  kichik)  bo‘lgan
birliklar bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘ladi. Bunda quyi sath  birligi yuqori
sath  birligidan  tashkil  topadi,  ya’ni  u  yuqori  sath  birligi  tarkibiga  kirish
xususiyatiga ega. Odatda, til sathlari o‘rtasida quyidan yuqoriga bo‘lgan munosabat
Logotip
ko`rinishlaridan biri bo`lgan boshqa material tashuvchida mustahkamlanadi. Bunday sistemalar ikkilamchi material sistemalar deb nomlanib, inson faoliyati natijasida yuzaga keladi va semiotik sistemalar deb yuritiladi. Aslida ikkilamchi sisemalar substansional, ya`ni mohiyatan mavjud bo`lmaydi. Masalan, svetofor ranglaridagi ruxsat, man qilish, harakatga tayyorlanish ma`nolari aynan shu ranglarda mavjud emas, ularga ushbu ma`nolarni ifodalash yuklatilgan, buyurilgan, xolos. Til sistemasi uni tashkil etuvchi qismlari, strukturasiga ko`ra juda murakkabligi, ko`p yarusliligi bilan ajralib turadi. Tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlari struktura qatlamlari bo`lib, ular bir butunlikni tashkil etadi va o`zaro aloqadorligi bilan tilning mavjudligini ta`minlaydi. Tilning har bir birligi butunlikning qismi sifatida sistema tarkibiga kiradi. Ayni paytda til sistemasining har bir sathi o`ziga xos sistemalar bo`lib, ular ham muayyan struktural elementlardan – muayyan ijtimoiy vazifani bajaruvchi moddiy birliklardan tashkil topadi. Bunda til sathlarining yig`indisi makrosistema bo`lsa, ichki yaruslar sistemasi mikrosistema sifatida namoyon bo`ladi. 3. Sathlari tushunchasi va ularda iyerarxik munosabat. XX asrning 50-yillaridan boshlab tilshunoslikda lingvistik sath tushunchasi maydonga keldi. Til mohiyatining ikki tomonlama ekanligi, tildagi shakliy va mazmuniy tomonlarning har biri o‘z ichki tuzilishiga ega ekanligi, har qaysisi o‘z uzvlaridan tashkil topgan ichki sistema ekanligi, ular o‘rtasidagi munosabat tilni harakatga keltirishi haqidagi qarashlarning barcha tomonidan e’tirof etilishi nafaqat «lingvistik sath» tushunchasining paydo bo‘lishiga, balki uning juda keng ma’noda qo‘llana boshlashiga olib keldi. Til birliklarini turli belgilar asosida birlashtirish mumkin. Tilni sathlarga ajratishning asosiy belgisi lingvistik birliklarning iyerarxik – pog‘onaviylik xususiyati bo‘lib, o‘zaro pog‘onaviy munosabatda bo‘lmagan nisbiy bir xil birliklar munosabatini lingvistik sath deb tushunish mumkin. Bir sath birliklari boshqa sathdagi (o‘zidan katta yoki kichik) bo‘lgan birliklar bilan pog‘onaviy munosabatda bo‘ladi. Bunda quyi sath birligi yuqori sath birligidan tashkil topadi, ya’ni u yuqori sath birligi tarkibiga kirish xususiyatiga ega. Odatda, til sathlari o‘rtasida quyidan yuqoriga bo‘lgan munosabat
e’tirof etiladi va shundan kelib chiqib, tilga yagona iyerarxik shakllangan sistema
deb,  tilning  ichki  tuzilishiga  nisbatan  bunday  yondashuv  esa  kompozitsion
konsepsiya  deb  qaraladi.  Hodisalar  pog‘onaviy  munosabatida  gomogen  va
geterogen munosabatlar farqlanadi. Gomogen munosabatda birliklarning bittasi
boshqalari uchun namuna, etalon deb qabul qilinadi. Masalan, qiyoslanayotgan 2
tovushdan  mustaqil  pozitsiyadagi  tovush  invariant,  tobe  pozitsiyadagisi  uning
varianti hisoblanadi. Til iyerarxiyasi esa geterogen, ya’ni ko‘p tarmoqli tizimdir. 
Bu munosabatlar jins va tur, butun va bo`lak munosabatlarida ham ko’rish
mumkin.Ushbu  pog`onaviy  munosabat  tufayli  ma`lum  turlarga  nisbatan  jins,
bo`laklarga nisbatan butun bo`lgan qism boshqa butun yoki jins tarkibiga bo`lak
yoki tur bo`lib kirishi mumkin. Masalan, olma bir qator navlar (masalan, jonoqi,
rozmarin, semerinka va h.z.) ga nisbatan jins, ushbu navlar o`z navbatida tur bo`lib
kelsa, mevali daraxtlarga va umuman o`simlikka nisbatan tur, chunki daraxt ham
o`simliklarning muayyan turi hisoblanadi va ayni paytda, avvalo, mevali, mevasiz,
dekorativ daraxtlar turlariga bo`linadi. Ushbu turlarning har biri o`z ichida har xil
turlarga bo`linishi ham barchaga ma`lum. 
          Tilning o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqazo etuvchi bir qancha
qatlamlardan  iborat  ekanligi  haqidagi  qarash  o‘zining  uzoq  tarixiga  ega.
Sistemaviy-struktur  tilshunoslikning  shakllanishi  va  rivojlanishi  til  ichki
tuzilishining o‘ziga xos xususiyatini, til ichki birliklarining oddiydan murakkabga
qarab bosqichma-bosqich rivojlanib borishi, bunda quyi bosqich birligi o‘zidan
yuqoriroq  bosqich  birligida  o‘z  funksiyasini  ko‘rsatishini  ilmiy  asoslab  berdi.
Xususan, til tuzilishining an’anaviy tilshunoslikda 3 asosiy qism: fonetik, leksik va
grammatik qismlarga bo‘linishi va tilshunoslikning bu qismlarni o‘rganadigan 3ta
Bu  qiziq!Mashhur  Amerika  olimi  K.  fon  Frishning
ma`lumotiga ko`ra, asalarilar uyi ham belgi vazifasini
bajaradi.  Asalari  uyining  shakli  va  chastotasi  ozuqa
manbayining masofasi va yo`nalishi haqida ma`lumot
beradi. Doira shaklidagi uy ozuqa manbayining asalari
uyasidan uzoq emasligini, yuz metr atrofida ekanligini,
sakkiz shaklidagi uy esa birdaniga ikki axborot: ozuqa
manbayining masofasi yuz metrdan uncha yiroqligi va
yo`nalishini bildiradi.
Logotip
e’tirof etiladi va shundan kelib chiqib, tilga yagona iyerarxik shakllangan sistema deb, tilning ichki tuzilishiga nisbatan bunday yondashuv esa kompozitsion konsepsiya deb qaraladi. Hodisalar pog‘onaviy munosabatida gomogen va geterogen munosabatlar farqlanadi. Gomogen munosabatda birliklarning bittasi boshqalari uchun namuna, etalon deb qabul qilinadi. Masalan, qiyoslanayotgan 2 tovushdan mustaqil pozitsiyadagi tovush invariant, tobe pozitsiyadagisi uning varianti hisoblanadi. Til iyerarxiyasi esa geterogen, ya’ni ko‘p tarmoqli tizimdir. Bu munosabatlar jins va tur, butun va bo`lak munosabatlarida ham ko’rish mumkin.Ushbu pog`onaviy munosabat tufayli ma`lum turlarga nisbatan jins, bo`laklarga nisbatan butun bo`lgan qism boshqa butun yoki jins tarkibiga bo`lak yoki tur bo`lib kirishi mumkin. Masalan, olma bir qator navlar (masalan, jonoqi, rozmarin, semerinka va h.z.) ga nisbatan jins, ushbu navlar o`z navbatida tur bo`lib kelsa, mevali daraxtlarga va umuman o`simlikka nisbatan tur, chunki daraxt ham o`simliklarning muayyan turi hisoblanadi va ayni paytda, avvalo, mevali, mevasiz, dekorativ daraxtlar turlariga bo`linadi. Ushbu turlarning har biri o`z ichida har xil turlarga bo`linishi ham barchaga ma`lum. Tilning o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqazo etuvchi bir qancha qatlamlardan iborat ekanligi haqidagi qarash o‘zining uzoq tarixiga ega. Sistemaviy-struktur tilshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi til ichki tuzilishining o‘ziga xos xususiyatini, til ichki birliklarining oddiydan murakkabga qarab bosqichma-bosqich rivojlanib borishi, bunda quyi bosqich birligi o‘zidan yuqoriroq bosqich birligida o‘z funksiyasini ko‘rsatishini ilmiy asoslab berdi. Xususan, til tuzilishining an’anaviy tilshunoslikda 3 asosiy qism: fonetik, leksik va grammatik qismlarga bo‘linishi va tilshunoslikning bu qismlarni o‘rganadigan 3ta Bu qiziq!Mashhur Amerika olimi K. fon Frishning ma`lumotiga ko`ra, asalarilar uyi ham belgi vazifasini bajaradi. Asalari uyining shakli va chastotasi ozuqa manbayining masofasi va yo`nalishi haqida ma`lumot beradi. Doira shaklidagi uy ozuqa manbayining asalari uyasidan uzoq emasligini, yuz metr atrofida ekanligini, sakkiz shaklidagi uy esa birdaniga ikki axborot: ozuqa manbayining masofasi yuz metrdan uncha yiroqligi va yo`nalishini bildiradi.
bo‘limga  ajratilishi  ushbu  qatlamlarni  bir  butunlikda  tushunishning  yorqin
namunasidir. 
Til sathi birliklari va ular orasidagi paradigmatik, sintagmatik va
izomorflik munosabati.
Til birliklarini 2 guruhga ajratish mumkin: 
- tilning asosiy birliklari – fonema va morfema;
- tilning konstruktiv birliklari – so‘z(leksema) va gap.
Bunda fonema til birligining ifoda tomoni va u til birliklarini ma’no jihatidan
farqlashga xizmat qiladi. Leksema lug‘aviy ma’no ifodalovchi morfema, morfema
esa grammatik ma’no ifodalovchi va so‘z shakllarini hosil qiluvchi  birlikdir. 
Har qanday til birligi nutq jarayonida bir nechta variantlar: fonema fonlar
(allofon, tovush), leksema (alloleks, leksema varianti), morfema morf (allomorf,
morfema varianti), so‘z (so‘z shakli), gap (jumla, allofrazema) orqali namoyon
bo‘ladi. Bunda: mustaqil pozitsiyadagi tovush invariant, tobe pozitsiyadagisi uning
varianti;  morfema  –  invariant,  uning  nutqdagi  variantlari  esa  allomorf  yoki
morfema variantlari hisoblanadi 
Ko‘rinadiki,  til  va  nutq  o‘zaro  farqli  hodisalar,  ayni  paytda  biri-birisiz
mavjud bo‘la ololmaydi. Nutq tilsiz yuzaga chiqa olmaydi, til esa nutqni amalga
oshirish uchun yashaydi. Til va nutqning o‘rtasidagi ushbu ziddiyat mohiyat va
hodisa dialektikasidan kelib chiqadi va tilning barcha sathlarini qamrab oladi. 
Til birliklar haqida ma’lumot:
 
1. Fonema – tilning eng kichik minimal birligi, biroq til sistemasida
eng maksimal vazifani bajaradi. U ta’sir qilish, sezgi uyg‘otish quvvatiga ega.
Fonema morfema va so‘zlarni farqlaydi, faqat ifoda tomoniga ega. Fonema inson
nutq a’zolari yordamida hosil qilinadigan tovush tiplarining nutqgacha bo‘lgan,
reallashmagan,  umumlashgan  andozalari  bo‘lib,  invariant  hisoblanadi.  Uning
fonem
a
morfema 
leksema 
Logotip
bo‘limga ajratilishi ushbu qatlamlarni bir butunlikda tushunishning yorqin namunasidir. Til sathi birliklari va ular orasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabati. Til birliklarini 2 guruhga ajratish mumkin: - tilning asosiy birliklari – fonema va morfema; - tilning konstruktiv birliklari – so‘z(leksema) va gap. Bunda fonema til birligining ifoda tomoni va u til birliklarini ma’no jihatidan farqlashga xizmat qiladi. Leksema lug‘aviy ma’no ifodalovchi morfema, morfema esa grammatik ma’no ifodalovchi va so‘z shakllarini hosil qiluvchi birlikdir. Har qanday til birligi nutq jarayonida bir nechta variantlar: fonema fonlar (allofon, tovush), leksema (alloleks, leksema varianti), morfema morf (allomorf, morfema varianti), so‘z (so‘z shakli), gap (jumla, allofrazema) orqali namoyon bo‘ladi. Bunda: mustaqil pozitsiyadagi tovush invariant, tobe pozitsiyadagisi uning varianti; morfema – invariant, uning nutqdagi variantlari esa allomorf yoki morfema variantlari hisoblanadi Ko‘rinadiki, til va nutq o‘zaro farqli hodisalar, ayni paytda biri-birisiz mavjud bo‘la ololmaydi. Nutq tilsiz yuzaga chiqa olmaydi, til esa nutqni amalga oshirish uchun yashaydi. Til va nutqning o‘rtasidagi ushbu ziddiyat mohiyat va hodisa dialektikasidan kelib chiqadi va tilning barcha sathlarini qamrab oladi. Til birliklar haqida ma’lumot: 1. Fonema – tilning eng kichik minimal birligi, biroq til sistemasida eng maksimal vazifani bajaradi. U ta’sir qilish, sezgi uyg‘otish quvvatiga ega. Fonema morfema va so‘zlarni farqlaydi, faqat ifoda tomoniga ega. Fonema inson nutq a’zolari yordamida hosil qilinadigan tovush tiplarining nutqgacha bo‘lgan, reallashmagan, umumlashgan andozalari bo‘lib, invariant hisoblanadi. Uning fonem a morfema leksema
nutqda  so‘z  tarkibidagi  ko‘rinishi,  qurshov  tovushlar  ta’sirida  paydo  bo‘lgan
qiyofasi esa variantdir.  
2. Morfema - tilning eng kichik ma’no birligi, shakl va mazmun jihatiga ega
2 tomonlama birlik. So‘z shakli tarkibida ishtirok etayotgan morfema varianti –
morf deyiladi. Morfning faqat o‘zi uchun qulay vaziyatlarda yuzaga chiqadigan,
tanlab ishlatiladigan shakli allomorf deyiladi. Morfema so‘z kabi mustaqillikka ega
emas, u nutqda leksema, so‘z shakli tarkibida funksional qism sifatida qo‘llanadi. 
3.  Leksema  -  morfema  kabi  2  tomonning:  tovush  va  ma’no,  ifoda  va
mazmunning  uyg’unligidan  tashkil  topadi.  Leksemaning  tovush,  ifoda  tomoni
nomemalar,  ma’no  –mazmun  tomoniga denotatlar  –  predmetlar  kiradi.
Leksemaning eng muhim xususiyati uning jamiyat a’zolari uchun tayyorligidir.
Leksema til sistemasining lug‘at boyligi, u so‘z birikmasi va gap uchun material
hisoblanadi.
Nutq birliklari va ularga xos xususiyatlar
1.  Tovush -  nutq  birligi,  fonemaning  nutqda  voqelashgan,  reallashgan
moddiy shakllanga  asosi. Tovush til birliklari - morfema, leksemalarning moddiy
qobig‘i,  ifoda  tomoni  hisoblanadi.  Tovush  xususiylik  sifatida  fizik,  akustik,
fizioligik va lisoniy xususiyatlarga ega. U fonemaga nisbatan  birlamchi hodisa va
fonema bo‘la oladi, muayyan birliklarni funksional-semantik jihatdan farqlaydi va
ijtimoiy vazifani bajaradi. 
2. So‘z –nutq birligi bo‘lgan tovushlar kompleksidan tashkil topgan ijtimoiy
belgidir. U tilda tayyor turadigan, imkoniyatlar majmuasi bo‘lgan leksemaning
voqelanishi,  ro‘yobga  chiqishi,  moddiy  ko‘rinishidir.  Demak,  so‘z  xususiylik
sifatida namoyon bo‘ladi va perseptiv (tovush tomoniga egalik), nominativ (atash
funksiyasi)va signifikativ (ma’no, tushuncha ifodalash) vazifalarni bajaradi. 
3. So‘z birikmasi –leksema va so‘zlarning nutq jarayonida erkin birikuvidan
tashkil  topadigan,  nutq  jarayonida  yetishtiriladigan  birlik.  U  gap  bilan  so‘z
orasidagi oraliq nutqiy birlik  - nutq mahsuli sifatida baholanadi va gap uchun
qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. So‘z birikmasi  ham nominativ - atash
vazifasini bajaradi, uning ma’nosi tarkibidagi mustaqil so‘zlar ma’nolaridan kelib
chiqadi,  biroq  ushbu  so‘zlar  semantikasiga  qaraganda  aniqroq,  chuqurroq,
murakkabroq va kengro  mazmunga ega. So‘z birikmasi tarkibidagi komponentlar
Logotip
nutqda so‘z tarkibidagi ko‘rinishi, qurshov tovushlar ta’sirida paydo bo‘lgan qiyofasi esa variantdir. 2. Morfema - tilning eng kichik ma’no birligi, shakl va mazmun jihatiga ega 2 tomonlama birlik. So‘z shakli tarkibida ishtirok etayotgan morfema varianti – morf deyiladi. Morfning faqat o‘zi uchun qulay vaziyatlarda yuzaga chiqadigan, tanlab ishlatiladigan shakli allomorf deyiladi. Morfema so‘z kabi mustaqillikka ega emas, u nutqda leksema, so‘z shakli tarkibida funksional qism sifatida qo‘llanadi. 3. Leksema - morfema kabi 2 tomonning: tovush va ma’no, ifoda va mazmunning uyg’unligidan tashkil topadi. Leksemaning tovush, ifoda tomoni nomemalar, ma’no –mazmun tomoniga denotatlar – predmetlar kiradi. Leksemaning eng muhim xususiyati uning jamiyat a’zolari uchun tayyorligidir. Leksema til sistemasining lug‘at boyligi, u so‘z birikmasi va gap uchun material hisoblanadi. Nutq birliklari va ularga xos xususiyatlar 1. Tovush - nutq birligi, fonemaning nutqda voqelashgan, reallashgan moddiy shakllanga asosi. Tovush til birliklari - morfema, leksemalarning moddiy qobig‘i, ifoda tomoni hisoblanadi. Tovush xususiylik sifatida fizik, akustik, fizioligik va lisoniy xususiyatlarga ega. U fonemaga nisbatan birlamchi hodisa va fonema bo‘la oladi, muayyan birliklarni funksional-semantik jihatdan farqlaydi va ijtimoiy vazifani bajaradi. 2. So‘z –nutq birligi bo‘lgan tovushlar kompleksidan tashkil topgan ijtimoiy belgidir. U tilda tayyor turadigan, imkoniyatlar majmuasi bo‘lgan leksemaning voqelanishi, ro‘yobga chiqishi, moddiy ko‘rinishidir. Demak, so‘z xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi va perseptiv (tovush tomoniga egalik), nominativ (atash funksiyasi)va signifikativ (ma’no, tushuncha ifodalash) vazifalarni bajaradi. 3. So‘z birikmasi –leksema va so‘zlarning nutq jarayonida erkin birikuvidan tashkil topadigan, nutq jarayonida yetishtiriladigan birlik. U gap bilan so‘z orasidagi oraliq nutqiy birlik - nutq mahsuli sifatida baholanadi va gap uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. So‘z birikmasi ham nominativ - atash vazifasini bajaradi, uning ma’nosi tarkibidagi mustaqil so‘zlar ma’nolaridan kelib chiqadi, biroq ushbu so‘zlar semantikasiga qaraganda aniqroq, chuqurroq, murakkabroq va kengro mazmunga ega. So‘z birikmasi tarkibidagi komponentlar