TIL VA MADANIYAT (Madaniyatning tilda aks etishi, O‘zbek tiliga xos lingvokulturologik belgilar)

Yuklangan vaqt

2024-05-24

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

19,8 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
TIL VA MADANIYAT 
 
1. Til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi.  
2. Madaniyatning tilda aks etishi.  
3. O‘zbek tiliga xos lingvokulturologik belgilar. 
 
Til va madaniyat tushunchasi. Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng 
muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy 
manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat 
taraqqiyoti bilan bog‘liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha 
fanlarning o‘rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi. 
"Madaniyat" arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. 
 Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy 
taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli 
koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda 
ifodalanadi.  
 "Madaniyat" tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret 
jamiyat, elat va millat (oʻzbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki 
turmushining oʻziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniuyati, badiiy madaniyati, 
turmush madaniyati)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi.  
 Tor maʼnoda “Madaniyat" atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti 
sohasiga nisbatan ishlatiladi. 
 Alisher Navoiy yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa 
masalasini qayd etish bilan birga, maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni 
deb insonparvarlik gʻoyalariga muvofiqlikni tushundi. 
Rus tilshunosi G.O.Vinokurning «tilni o‘rganayotgan har qanday tilshunos, 
albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo‘lgan o‘sha madaniyatning tadqiqotchisiga 
Ilmiybaza.uz TIL VA MADANIYAT 1. Til va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. 2. Madaniyatning tilda aks etishi. 3. O‘zbek tiliga xos lingvokulturologik belgilar. Til va madaniyat tushunchasi. Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o‘rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi. "Madaniyat" arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan.  Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.  "Madaniyat" tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniuyati, badiiy madaniyati, turmush madaniyati)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi.  Tor maʼnoda “Madaniyat" atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.  Alisher Navoiy yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik gʻoyalariga muvofiqlikni tushundi. Rus tilshunosi G.O.Vinokurning «tilni o‘rganayotgan har qanday tilshunos, albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo‘lgan o‘sha madaniyatning tadqiqotchisiga Ilmiybaza.uz 
 
aylanadi» degan fikri tilshunoslikning shakllanishidan boshlab tasdiqlanib 
kelmoqda. 
I.Gerder «Inson faoliyatidagi to‘rt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va 
milliy ruh bir-biri bilan bog‘lagan. Til o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra madaniyat 
bilan bog‘liq bo‘lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning madaniyat bilan 
organik bog‘liqligi uni milliy ruhning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi», deb 
e’tirof etadi1. Til va madaniyatning o‘zaro munosabati Vilgelm fon Gumboldtning 
«Odam tillarining tuzilishining farqlanishi va uning odam zotini ma’naviy 
rivojlanishiga ta’siri» nomli asarida batafsil yoritilgan. 
Tilshunoslarning hech biri «til va madaniyat» masalalari bilan amerikalik 
mashhur tilshunos va madaniyatshunos E.Sepirchalik (18841939) ko‘p va samarali 
shug‘ullanmagan, 
deyish 
mumkin. 
E.Sepirning 
«Tilshunoslik 
va 
madaniyatshunoslik bo‘yicha tanlangan asarlari»da «til va madaniyat» masalalariga 
doir qator savollar quyidagicha yoritilgan4. Madaniyat nima? E.Sepirning fikricha, 
madaniyat – turmush tarzimizni tavsiflovchi, ijtimoiy meros qilib olingan amaliy 
malakalar va g‘oyalar majmui. Sepirning boshqa bir talqiniga ko‘ra, madaniyat – 
jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan qadriyatlarning tanlab olinishi. Madaniyat 
xatti-harakatlar bilan qiyoslanadi. Til oldin paydo bo‘lganmi yoki madaniyat? Sepir 
til madaniyatdan oldin paydo bo‘lgan, chunki til madaniyatga nisbatan ma’no 
ifodalovchi vosita sanaladi, deb hisoblagan. Til milliy madaniyat mavjudligi va 
uning ifodalanishining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq Sepirga ko‘ra, 
til ijtimoiy va madaniy rivojlanish mahsulidir. Til madaniyatning ijtimoiylashgan 
qismidir. Til va madaniyatning mushtarakligi nimada? Birinchidan, nutq ham, 
madaniyat ham konseptual tanlab olishni talab qiladi. Ikkinchidan, tillar ham, 
madaniyatlar ham kamdan kam holatlarda o‘z-o‘zicha yetarli bo‘ladi. Bu ikki 
hodisaning farqini E.Sepir shunday izohlagan: Jamiyatning nima qilishi va nimani 
o‘ylashiga qarab madaniyatni, qanday o‘ylashiga qarab esa tilni aniqlash mumkin6. 
Til va madaniyat qanday o‘zaro ta’sir qiladi? Til madaniyatga nisbatan madaniyatni 
to‘plash va uni meros qilish kumulyativ xususiyatiga ega bo‘ladi. Sepirning fikricha, 
madaniyat saqlanib qolishining asosiy shakllaridan biri maqollar, diniy kalimalar, 
Ilmiybaza.uz aylanadi» degan fikri tilshunoslikning shakllanishidan boshlab tasdiqlanib kelmoqda. I.Gerder «Inson faoliyatidagi to‘rt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh bir-biri bilan bog‘lagan. Til o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning madaniyat bilan organik bog‘liqligi uni milliy ruhning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi», deb e’tirof etadi1. Til va madaniyatning o‘zaro munosabati Vilgelm fon Gumboldtning «Odam tillarining tuzilishining farqlanishi va uning odam zotini ma’naviy rivojlanishiga ta’siri» nomli asarida batafsil yoritilgan. Tilshunoslarning hech biri «til va madaniyat» masalalari bilan amerikalik mashhur tilshunos va madaniyatshunos E.Sepirchalik (18841939) ko‘p va samarali shug‘ullanmagan, deyish mumkin. E.Sepirning «Tilshunoslik va madaniyatshunoslik bo‘yicha tanlangan asarlari»da «til va madaniyat» masalalariga doir qator savollar quyidagicha yoritilgan4. Madaniyat nima? E.Sepirning fikricha, madaniyat – turmush tarzimizni tavsiflovchi, ijtimoiy meros qilib olingan amaliy malakalar va g‘oyalar majmui. Sepirning boshqa bir talqiniga ko‘ra, madaniyat – jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan qadriyatlarning tanlab olinishi. Madaniyat xatti-harakatlar bilan qiyoslanadi. Til oldin paydo bo‘lganmi yoki madaniyat? Sepir til madaniyatdan oldin paydo bo‘lgan, chunki til madaniyatga nisbatan ma’no ifodalovchi vosita sanaladi, deb hisoblagan. Til milliy madaniyat mavjudligi va uning ifodalanishining asosiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq Sepirga ko‘ra, til ijtimoiy va madaniy rivojlanish mahsulidir. Til madaniyatning ijtimoiylashgan qismidir. Til va madaniyatning mushtarakligi nimada? Birinchidan, nutq ham, madaniyat ham konseptual tanlab olishni talab qiladi. Ikkinchidan, tillar ham, madaniyatlar ham kamdan kam holatlarda o‘z-o‘zicha yetarli bo‘ladi. Bu ikki hodisaning farqini E.Sepir shunday izohlagan: Jamiyatning nima qilishi va nimani o‘ylashiga qarab madaniyatni, qanday o‘ylashiga qarab esa tilni aniqlash mumkin6. Til va madaniyat qanday o‘zaro ta’sir qiladi? Til madaniyatga nisbatan madaniyatni to‘plash va uni meros qilish kumulyativ xususiyatiga ega bo‘ladi. Sepirning fikricha, madaniyat saqlanib qolishining asosiy shakllaridan biri maqollar, diniy kalimalar, Ilmiybaza.uz 
 
xalq rivoyatlari, nasl-nasab shajarasi hisob lanadi. Tildagi tavofutlar madaniyatdagi 
farqli tavofutlarni ko‘r sa tadi7. Til va madaniyat: 1) kommunikativ ja rayonlarda; 
2) ontogenez va filogenezda o‘zaro aloqada bo‘ladi. «Til va madaniyat» masalasi 
favqu lodda murakkab va ko‘p qirrali bo‘lgani uchun unga turlicha yondashiladi. 
Xususan, E.Sepir va B.Uorf maktabi ilgari surgan qarashlarda insonlar olamni o‘z 
ona tillari vositasida turlicha ko‘rishi e’tirof etiladi. Modomiki, har bir til borliqni 
o‘ziga xos usullar bilan aks ettirar ekan, unda tillar bir-biridan o‘zining «olamning 
lisoniy manzarasi»ga ko‘ra farqlanadi. E.Sepir va B.Uorfning gipotezasida quyidagi 
asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so‘zlashuvchi xalqning tafakkur usuli bilan 
bog‘liqdir. 2. Olamni bilish usuli sub’ektlarning qanday tillarda fikrlashiga 
bog‘liqdir. 
Lingvokulturologiya - til va madaniyat, o‘zaro madaniy aloqa masalalarini 
ilmiy tadqiq etadi, chunki: til madaniyat bilan juda zich bog‘langan, u madaniyatga 
etib boradi, unda rivojlanadi va uni ifodalaydi. Bu soha faqat madaniyat bilan emas, 
balki u orqali turli milliy urf-odatlar, diniy hodisalar, mil-liy kontseptlar, dunyoning 
til orqali ongli his qilish vositalarini o‘rganadi. Dunyoning til xaritasi umuman 
ularning insonlar ongidagi mantiqiy ifodasi bilan mos keladi. Bu masalani keng va 
chuqur ilmiy o‘rganish lingvokulturologiya va lingvokog-nitologiya bilan 
bog‘liqdir. 
Til bilan madaniyat o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik mavjud. Aslida, madaniy til 
xalq madaniyatining bir qismi. Lekin til bilan madaniyat o‘rtasida determinizm, 
sabab-natija munosabati yo‘q. buning dalili sifatida shuni ko‘rsatish mumkinki, 
ba’zi hollarda ma’lum xalq o‘z madaniyatini saqlagan holda tilini o‘zgartirishi 
mumkin.  
 
1) til va madaniyat tushunchalarini bir-biridan ayro tasavvur qilish qiyin; 
2) millat madaniyatining yuksalishi, uning tarixiy an’analari, qadriyatlari, 
xotirasini namoyon etishda tilning ahamiyati beqiyos; 
3) til muloqot jarayonida milliy madaniyatni aks ettiradi; 
Ilmiybaza.uz xalq rivoyatlari, nasl-nasab shajarasi hisob lanadi. Tildagi tavofutlar madaniyatdagi farqli tavofutlarni ko‘r sa tadi7. Til va madaniyat: 1) kommunikativ ja rayonlarda; 2) ontogenez va filogenezda o‘zaro aloqada bo‘ladi. «Til va madaniyat» masalasi favqu lodda murakkab va ko‘p qirrali bo‘lgani uchun unga turlicha yondashiladi. Xususan, E.Sepir va B.Uorf maktabi ilgari surgan qarashlarda insonlar olamni o‘z ona tillari vositasida turlicha ko‘rishi e’tirof etiladi. Modomiki, har bir til borliqni o‘ziga xos usullar bilan aks ettirar ekan, unda tillar bir-biridan o‘zining «olamning lisoniy manzarasi»ga ko‘ra farqlanadi. E.Sepir va B.Uorfning gipotezasida quyidagi asosiy masalalar ajratiladi: 1. Til unda so‘zlashuvchi xalqning tafakkur usuli bilan bog‘liqdir. 2. Olamni bilish usuli sub’ektlarning qanday tillarda fikrlashiga bog‘liqdir. Lingvokulturologiya - til va madaniyat, o‘zaro madaniy aloqa masalalarini ilmiy tadqiq etadi, chunki: til madaniyat bilan juda zich bog‘langan, u madaniyatga etib boradi, unda rivojlanadi va uni ifodalaydi. Bu soha faqat madaniyat bilan emas, balki u orqali turli milliy urf-odatlar, diniy hodisalar, mil-liy kontseptlar, dunyoning til orqali ongli his qilish vositalarini o‘rganadi. Dunyoning til xaritasi umuman ularning insonlar ongidagi mantiqiy ifodasi bilan mos keladi. Bu masalani keng va chuqur ilmiy o‘rganish lingvokulturologiya va lingvokog-nitologiya bilan bog‘liqdir. Til bilan madaniyat o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik mavjud. Aslida, madaniy til xalq madaniyatining bir qismi. Lekin til bilan madaniyat o‘rtasida determinizm, sabab-natija munosabati yo‘q. buning dalili sifatida shuni ko‘rsatish mumkinki, ba’zi hollarda ma’lum xalq o‘z madaniyatini saqlagan holda tilini o‘zgartirishi mumkin. 1) til va madaniyat tushunchalarini bir-biridan ayro tasavvur qilish qiyin; 2) millat madaniyatining yuksalishi, uning tarixiy an’analari, qadriyatlari, xotirasini namoyon etishda tilning ahamiyati beqiyos; 3) til muloqot jarayonida milliy madaniyatni aks ettiradi; Ilmiybaza.uz 
 
4) til va madaniyatning o‘zaro munosabatini uzoq yillar davomida o‘rganish 
va tadqiq qilish natijasida umumiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik, psixologiya, 
falsafa kabi fanlarning yangidan-yangi qirralari ochildi (lingvokulturologiya, 
lingvopoetika, 
kommunikativ 
tilshunoslik, 
kognitiv 
tilshunoslik, 
gender 
tilshunoslik, etnolingvistika, neyrolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, 
kompyuter lingvistikasi, interlingvistika…). 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz 4) til va madaniyatning o‘zaro munosabatini uzoq yillar davomida o‘rganish va tadqiq qilish natijasida umumiy tilshunoslik, adabiyotshunoslik, psixologiya, falsafa kabi fanlarning yangidan-yangi qirralari ochildi (lingvokulturologiya, lingvopoetika, kommunikativ tilshunoslik, kognitiv tilshunoslik, gender tilshunoslik, etnolingvistika, neyrolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, kompyuter lingvistikasi, interlingvistika…).