TIL VA NUTQ TUSHUNCHASI (Nutqning jamiyat hayotidagi o‘rni)
Yuklangan vaqt
2024-05-24
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
155,9 KB
Ilmiybaza.uz
TIL VA NUTQ TUSHUNCHASI
Til – imkoniyat sifatida aloqa-aralashuv, fikr almashuv quroli. Nutq –
tildan fikr almashuv maqsadida foydalanish usuli, jarayoni. Demak, bu
tushunchalar bir-biridan farqli va mohiyatan oʻziga xos tushunchalar ekan. Til
oʻrnida nutqni, nutq oʻrnida tilni tushunishimiz xato hisoblanadi. Inson faoliyatida
til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida
insoniyat tomonidan olingan bilimlar nafaqat qayd etiladi va saqlanadi, balki
avloddan avlodga yetkaziladi.
Til va nutqni farqlash lozim. Til so‘zlash vositasi, ya’ni nutq sifatida
namoyon bo‘lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali unsurlaridan
tuziladi va nutqiy faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til materiallari faoliyati
uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o‘ziga xos
xususiyatlarini ajratish mumkin.
1.Til aloqa materiali bo‘lsa, nutq aloqa shaklidir.
2.Tilni xalq, millat yaratadi, nutqni esa har bir shaxs yaratadi.
3.Tilning hayoti xalq hayotiga bog‘liq holda uzoq bo‘ladi, nutqning hayoti esa
qisqa bo‘ladi. Ammo yozma nutq nisbatan uzoq davr saqlanishi mumkin.
4.Til nisbatan turg‘un, barqaror bo‘lsa, nutq doim harakatda bo‘lib,
o‘zgaruvchan hodisa sanaladi.
5.Tilning hajmi noaniq, nutqning hajmi esa aniq. U dialog, monolog, matn
shaklida bo‘lishi mumkin.
Fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so‘zlash va harflar vositasida
yozish orqali bayon qilamiz. So‘zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz
nutq hisoblanadi. Nutq so‘zlovchining saviyasiga, uslubiga, o‘rin va mavqeyiga
qarab har xil bo‘ladi.
Ilmiybaza.uz
Mavzuga doir savol va topshiriqlar
1. Til va nutq tushunchalariga ta’rif bering.
2. Til va nutqning farqi haqida gapiring
3. Nutqning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida fikrlaringizni ayting
Mashq va topshiriqlar.
1. Alishеr Navoiy hikmatlarini bilib oling va ularga amal qiling!
Insonni til ayladi judo hayvondin,
Bilki, guhari sharifroq yo‘q ondin.
Tiling bilan ko‘nglingni bir tut.
So‘zning turi juda ko‘pdir, lеkin yolg‘ondan yomonroq turi yo‘qdir.
Bilmaganin so‘rab o‘rgangan - olim,
Orlanib so‘ramagan - o‘ziga zolim.
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.
Chin do‘st mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar.
2. Vatan haqida qanday maqollar bilasiz?
Ilmiybaza.uz
3. Gaplarni to‘ldiring.
1.
_______________da Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilindi.
2.
O‘zbekistonning _____ shaharlari xalqaro turizm markazlaridir.
3.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi chegaradosh davlatlari: ––––––
––– (shimolda), –––––––––––– (sharqda), ––––––––––– (janubisharqda), –––––––
–– (janubda), ––––––––– (g‘arbda).
4.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ____________da qabul
qilingan va undagi timsollar ___________________ ni ifodalaydi.
5.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi ______________da qabul
qilingan va undagi timsollar ___________________ ni anglatadi.
4. Matnni o‘qing. Undagi asosiy fikrni bir necha gap bilan ifodalang.
Biz yashayotgan go‘zal yurt O‘zbekiston Respublikasi deb ataladi. Bu yurtni
qadimda Movarounnahr, keyinroq Turkiston va Markaziy Osiyo deb kelishgan. U
Osiyo qit’asining markaziy va shimoliy qismida, Sirdaryo bilan Amudaryo
oralig‘ida joylashgan.
O‘zbekiston – serquyosh o‘lka. Uning maydoni 447,4 ming kvadrat
kilometrni egallagan. Davlat tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12ta
Ilmiybaza.uz
viloyat kiradi. Mamlakat aholisining tarkibini o‘zbeklar, ruslar, tojiklar, qozoqlar,
qoraqalpoqlar, tatarlar – jami 130dan ortiq millat vakillari tashkil qiladi.
O‘zbekistonning YUNESKO e’tirof1 etgan va Buyuk Ipak yo‘li ustida
joylashgan shaharlari: Buxoro, Samarqand, Тermiz, Farg‘ona, Хiva, Shahrisabz.
Mamlakatimiz 5ta davlat – shimolda Qozog‘iston, sharqda Qirg‘iziston, janubi-
sharqda Тojikiston, janubda Afgoniston va g‘arbda Тurkmaniston bilan
chegaradosh.
Asrlar davomida xalqimiz Vatanimizning chinakam ozod va mustaqil
bo‘lishini orzu qilib keldi. Bu yo‘lda shiddatli kurash2lar ham bo‘lib o‘tdi.
1991-yil 31-avgustda Vatanimiz tarixida yangi davr boshlandi – mustaqil
O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. Istiqlol sharofati bilan
O‘zbekiston suveren davlat sifatida dunyo xaritasidan joy oldi.
Vatanimiz mustaqil bo‘lgan davr ichida barcha sohalarda katta ishlar amalga
oshirildi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi3 kun sayin oshib bormoqda.
O‘zbekiston xalqi tinch va osuda4 hayot kechirmoqda. Buni kimdir Vatan
chegaralarining daxlsizligi5dan deb bilsa, kimdir uning mustahkam ma’naviy
qo‘rg‘oni6 bilan izohlaydi. Bu ikki omil uyg‘unligi tufayli jannatmakon yurtimizda
totuvlik, osoyishtalik hukm surmoqda.
Hozirgi kunda yurtimiz Markaziy Osiyoning eng katta sanoat, yirik ilm-fan
va yuksak madaniyat markazidir. Biz o‘z vatanimizni sevamiz va u bilan
faxrlanamiz. Ammo Vatanni sevish tilda emas, dilda, so‘zda emas, amalda bo‘lishini
isbotlash va namoyon qilish har birimizning muqaddas burchimizga aylanmog‘i
lozim.
1 e’tirof – признание
2 shiddatli kurash – тяжёлая борьба
3 nufuz – престиж
4 osuda – безмятежный
5 daxlsizlik – нерушимость
6 ma’naviy qo‘rg‘on – духовная крепость
Ilmiybaza.uz
5. Berilgan so‘z va iboralarga matndan sinonimlar toping.
Mamlakat, tan olmoq, obro‘-e’tibor, hamma, sarhad, istiqlol, yetuklik,
Osiyoning yuragi, haqiqatan, g‘ururlanmoq, ko‘rsatmoq.
6.Quyidagi so‘zlarning ma’nosini tushuntirib bering. Ular ishtirokida
gaplar tuzing.
Millat, elat, kamsitmaslik, irq, din, inoq, g‘urur, totuvlik, hamkorlik, tahsin,
muassasa, tamoyil, tashabbus, an’ana, rasm-rusum, qadriyat, ehtiyoj, manfaat.
Xorijiy tillarni o‘rganish, muloqot vositasi, fikrlash, tasavvur qilish,
ma’lumotga ega bo‘lish, keng imkoniyatlar, dunyoqarash.
7.Til haqidagi maqollarni to‘ldiring. Ularni yod oling va
mazmunini aytib bering.
Tiling birla … .
Zahar til … … .
Til bor, ……,
Til bor, …… .
Til yaxshisi……,
Til yomoni… ….
……bitar,
……bitmas.
…… — boshga to‘qmoq,
Bo‘yinga — sirtmoq.
Ilmiybaza.uz
… …— umr zavoli.