TIL VA YOZUV (Harf-tovush yozuvi)

Yuklangan vaqt

2024-05-24

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

28,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
  
TIL VA YOZUV 
 
Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqatga 
xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Ma’lumki, insoniyat 
dahosi erishgan eng buyuk va muhim yutuqlardan biri yozuvning kashf etilishidir. 
Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom ma’nodagi ibtidosi, 
bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillaming eng 
asosiylaridan biridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan, 
ya’ni tovush tili taxminan 400 – 500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan bo‘lsa, 
yozuvning paydo bo‘lganiga 4-5 ming yillar bo‘lgan. Og‘zaki nutqning zamon va 
makon nuqtayi nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning 
paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Aytish lozimki, yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa 
vositasi bo‘lsa-da, mazkur ehtiyojlarni qondiruvchi vosita sifatida unga qaraganda 
juda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning eng muhim, asosiy vazifasi 
koimmunikatsiya – kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Ammo kishilar 
o‘rtasidagi bevosita – «yuzma-yuz»  aloqagina og‘zaki til vositasida ta’minlanishi 
mumkin, lekin bu aloqa bavosita bo‘lsa-chi, kishilar turli masofalarda bo‘lsalar-chi? 
Demak, tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. 
Har qanday tilning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan estetik va gnoseologik (dunyoni 
bilish) vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat 
qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi 
ham bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, 
kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari kabi qimmatli axborotlarning barcha-barchasi 
avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Boy va ulkan o‘tmish 
madaniyatimiz, tariximiz haqidagi bugungi tasavvurlarimizning mavjudligi, tirikligi 
faqat yozuv tufaylidir. 
Ilmiybaza.uz TIL VA YOZUV Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Ma’lumki, insoniyat dahosi erishgan eng buyuk va muhim yutuqlardan biri yozuvning kashf etilishidir. Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom ma’nodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillaming eng asosiylaridan biridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan, ya’ni tovush tili taxminan 400 – 500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan bo‘lsa, yozuvning paydo bo‘lganiga 4-5 ming yillar bo‘lgan. Og‘zaki nutqning zamon va makon nuqtayi nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aytish lozimki, yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, mazkur ehtiyojlarni qondiruvchi vosita sifatida unga qaraganda juda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning eng muhim, asosiy vazifasi koimmunikatsiya – kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Ammo kishilar o‘rtasidagi bevosita – «yuzma-yuz» aloqagina og‘zaki til vositasida ta’minlanishi mumkin, lekin bu aloqa bavosita bo‘lsa-chi, kishilar turli masofalarda bo‘lsalar-chi? Demak, tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Har qanday tilning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan estetik va gnoseologik (dunyoni bilish) vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi ham bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari kabi qimmatli axborotlarning barcha-barchasi avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Boy va ulkan o‘tmish madaniyatimiz, tariximiz haqidagi bugungi tasavvurlarimizning mavjudligi, tirikligi faqat yozuv tufaylidir.
Ilmiybaza.uz 
 
Til kishilik jamiyati bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, yozuv ham shunchalik 
bog‘liqdir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo bo‘lib, 
rivojlangan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq va murakkab tadrijiy taraqqiyot 
yo‘lini bosib o‘tgan. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf 
qilgunga qadar uzoq izlangan. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli 
barchasida keng tarqalgan «eslatuvchi» belgilar ana shu izlanishlarning ilk 
ko‘rinishlari edi. Masalan, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, 
chig‘anoqlardan foydalanilgan. Tayoqtar, daraxtlarga har xil iplar bog‘lash, 
tugunlar tugib qo‘yish kabi vositalar bilan ma’lum bir axborotlarni yodda saqlash 
yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki biron xabarni uzoq 
masofaga yuborish uchun gulxan, tutun, baraban ovozi kabilardan foydalanilgan. 
Yoki hali sivilizatsiyaga erishmagan xalqlarning nazarida yozuv (xat, kitob) gapira 
olish imkoniyatiga ega bo‘lgan tirik mavjudot, u murakkab sirlarni ochib berishi, 
kelajakni oldindan aytib berishi mumkin sanalgan. Mashhur amerika grammatologi 
(yozuv tarixini o‘rganuvchi olim) I.E.Gelb o‘zining «Yozuvni o‘rganish tajribasi 
(Grammatologiya asoslari)» nomli kitobida shunday rivoyatni keltiradi: Bir 
missioner bir hinduning qo‘liga to‘rtta non va shu nonlarning miqdori ko‘rsatilgan 
xatni berib, ularni boshqa bir missionerga olib borishni buyuradi. Hindu yo‘lda 
nondan bittasini yeb qo‘yadi va, tabiiyki, xat tufayli uning bu aybi fosh bo‘ladi. 
Ma’lum vaqtdan keyin o‘sha hindu yana xuddi shunday topshiriq bilan yuboriladi. 
Endi hindu yo‘lda nonning bittasini yer ekan, ehtiyotkorlik yuzasidan – uning  nonni 
yeyayotganligini xat yana «ko‘rib qolmasligi» uchun xatni bir toshning ostiga 
bekitib qo‘yadi, chunki hindu bilardiki, oldingi safar uning bitta nonni yeb 
qo‘yganligini missionerga xat «aytib bergan edi»... 
Yozuv, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kishilik jamiyatining obyektiv zaruriy 
ehtiyoji asosida paydo bo‘ldi, ana shu ehtiyoj negizida rivojlandi va takomillashib 
bordi. Bugun biz biladigan yozuvlar shaklini olgunga qadar uzoq va murakkab 
tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Rasmli yozuv (piktografiya) yozuv yaratish 
yo‘lidagi biriachi qadam bo‘lgan. Rasm bilan yozuv o‘rtasida uzviy bog‘liqlik 
mavjud, avvalo, har ikkalasi ham ko‘rish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni 
Ilmiybaza.uz Til kishilik jamiyati bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, yozuv ham shunchalik bog‘liqdir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo bo‘lib, rivojlangan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq va murakkab tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilgunga qadar uzoq izlangan. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan «eslatuvchi» belgilar ana shu izlanishlarning ilk ko‘rinishlari edi. Masalan, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chig‘anoqlardan foydalanilgan. Tayoqtar, daraxtlarga har xil iplar bog‘lash, tugunlar tugib qo‘yish kabi vositalar bilan ma’lum bir axborotlarni yodda saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki biron xabarni uzoq masofaga yuborish uchun gulxan, tutun, baraban ovozi kabilardan foydalanilgan. Yoki hali sivilizatsiyaga erishmagan xalqlarning nazarida yozuv (xat, kitob) gapira olish imkoniyatiga ega bo‘lgan tirik mavjudot, u murakkab sirlarni ochib berishi, kelajakni oldindan aytib berishi mumkin sanalgan. Mashhur amerika grammatologi (yozuv tarixini o‘rganuvchi olim) I.E.Gelb o‘zining «Yozuvni o‘rganish tajribasi (Grammatologiya asoslari)» nomli kitobida shunday rivoyatni keltiradi: Bir missioner bir hinduning qo‘liga to‘rtta non va shu nonlarning miqdori ko‘rsatilgan xatni berib, ularni boshqa bir missionerga olib borishni buyuradi. Hindu yo‘lda nondan bittasini yeb qo‘yadi va, tabiiyki, xat tufayli uning bu aybi fosh bo‘ladi. Ma’lum vaqtdan keyin o‘sha hindu yana xuddi shunday topshiriq bilan yuboriladi. Endi hindu yo‘lda nonning bittasini yer ekan, ehtiyotkorlik yuzasidan – uning nonni yeyayotganligini xat yana «ko‘rib qolmasligi» uchun xatni bir toshning ostiga bekitib qo‘yadi, chunki hindu bilardiki, oldingi safar uning bitta nonni yeb qo‘yganligini missionerga xat «aytib bergan edi»... Yozuv, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kishilik jamiyatining obyektiv zaruriy ehtiyoji asosida paydo bo‘ldi, ana shu ehtiyoj negizida rivojlandi va takomillashib bordi. Bugun biz biladigan yozuvlar shaklini olgunga qadar uzoq va murakkab tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Rasmli yozuv (piktografiya) yozuv yaratish yo‘lidagi biriachi qadam bo‘lgan. Rasm bilan yozuv o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham ko‘rish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni
Ilmiybaza.uz 
 
ibtidoiy tasviriy san’at ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Toshlarga, suyaklarga, 
g‘or devorlariga o‘yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy 
mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar-bularning bari piktografik yozuvning 
asoslaridir. Ana shu ibtidoiy tasviriy san’at ikki yo‘nalishda, xususan, rasmlar va 
muayyan axborot vositasi, ya’ni yozuv sifatida shakllana borgan, rasmlarning 
soddalashuvi, ularning o‘zlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi 
va asta-sekin bu ramzlarning og‘zaki til bilan doimiy bog‘lanishi yozuvning 
takomillashib borishini belgilab beradi. 
Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, u miloddan 
avvalgi ikki minginchi yilliklarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tildagi so‘zlar 
soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi 
logografik yozuvga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko‘radi. 
Masalan, devanagari (hind) yozuvi bo‘g‘in yozuvidir. 
Harf-tovush yozuvining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob 
bo‘lgan. Bu yo‘nalishdagi ilk yozuv turi finikiy yozuvidir. Finikiy alifbosining 
paydo bo‘lishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olg‘a qo‘yilgan 
qadam bo‘lgan. Tildagi tovushlarni alohida-alohida idrok qilish tovush yozuvining 
ibtidosidir. Harf-tovush yozuvining muhim afzalligi uning kam miqdordagi, ya’ni 
20 - 30 atrofidagi belgilar bilangina ish ko‘ra olishidir. 
O‘rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi turli yozuvlardan foydalanib 
kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, o‘rxun-yenisey (runik), turkiy (uyg‘ur), 
sug‘d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. 
Albatta, yozuv bilan til o‘zaro chambarchas bog‘liq. Biror tilni shu tilning 
yozuvini o‘rganmasdan, yoki aksincha, biror yozuvni shu yozuv tegishli bo‘lgan 
tilni bilmasdan o‘rganish mumkin emas. Ammo yozuv og‘zaki til (nutq)ni aynan 
aks ettira olmaydi. Biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig‘indisi – bu  
yozuvdir. Yozuv tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g‘in, tovush)ni 
ifodalovchi belgilargina emas, balki piktografiya, ideografiya shakllarini ham o‘z 
ichiga olgan. Bular aloqa qilish belgilari silatida, yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira 
yozuvi, hisoblash yozuvi ...)ga qarama-qarshi qo‘yilgan. Urug‘chilik sistemasi 
Ilmiybaza.uz ibtidoiy tasviriy san’at ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Toshlarga, suyaklarga, g‘or devorlariga o‘yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar-bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir. Ana shu ibtidoiy tasviriy san’at ikki yo‘nalishda, xususan, rasmlar va muayyan axborot vositasi, ya’ni yozuv sifatida shakllana borgan, rasmlarning soddalashuvi, ularning o‘zlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekin bu ramzlarning og‘zaki til bilan doimiy bog‘lanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab beradi. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, u miloddan avvalgi ikki minginchi yilliklarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tildagi so‘zlar soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi logografik yozuvga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko‘radi. Masalan, devanagari (hind) yozuvi bo‘g‘in yozuvidir. Harf-tovush yozuvining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob bo‘lgan. Bu yo‘nalishdagi ilk yozuv turi finikiy yozuvidir. Finikiy alifbosining paydo bo‘lishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olg‘a qo‘yilgan qadam bo‘lgan. Tildagi tovushlarni alohida-alohida idrok qilish tovush yozuvining ibtidosidir. Harf-tovush yozuvining muhim afzalligi uning kam miqdordagi, ya’ni 20 - 30 atrofidagi belgilar bilangina ish ko‘ra olishidir. O‘rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi turli yozuvlardan foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, o‘rxun-yenisey (runik), turkiy (uyg‘ur), sug‘d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. Albatta, yozuv bilan til o‘zaro chambarchas bog‘liq. Biror tilni shu tilning yozuvini o‘rganmasdan, yoki aksincha, biror yozuvni shu yozuv tegishli bo‘lgan tilni bilmasdan o‘rganish mumkin emas. Ammo yozuv og‘zaki til (nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig‘indisi – bu yozuvdir. Yozuv tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g‘in, tovush)ni ifodalovchi belgilargina emas, balki piktografiya, ideografiya shakllarini ham o‘z ichiga olgan. Bular aloqa qilish belgilari silatida, yozuvdan ilgarigi belgilar (xotira yozuvi, hisoblash yozuvi ...)ga qarama-qarshi qo‘yilgan. Urug‘chilik sistemasi