TILSHUNOSLIK FANI TARIXI. QADIMGI HIND, XITOY, GREK, RIM
TILSHUNOSLIGI
REJA:
1. Тilshunoslik fanining shakllanish tarixi.
2. Qadimgi hind tilshunosligi.
3. Antik davrda grek tilshunosligi.
4. Rim tilshunosligining rivojlanishi.
5. Qadimgi xitoy tilshunosligi
Tilshunoslik fanining shakllanish tarixi
Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming
yillik tarixni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina
mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog‘i, tilshunoslik O‘rta Osiyoda XI-XV
asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil
fan sifatida tan olindi. Ammo insonlarning til ilmiga qiziqishlari ancha ilgari
boshlangan bo‘lib, tilshunoslikning ildizlari taxminan eramizdan avvalgi VI ming
yillikda Hindistonda, IV ming yillikda Yunonistonda, III ming yillikda shumerlar
yashagan Mesopotamiyada, II ming yillikda misrliklarda, eramizning I ming yilligi
boshida Turon qabilalarida vujudga kelgan.
Eramizdan oldingi VI asrlarda Xitoyda mashhur faylasuf Konfutsiy (554-449
yy.) tomonidan yozilgan solnomalarda qadimgi xitoy yozma yodgorliklari haqida
ma’lumotlar berilgan. “Bahor va kuz” deb atalgan ushbu asarlarda eramizdan
oldingi 722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. Qadimgi xitoyliklar
eramizdan 10 asr ilgari lug‘at tuzganlar, eramizning boshlarida esa ular sinonimlar
lug‘atini ham tuzganlar. Keltirilgan dalillar tilshunoslik fanining shakllanish davri
nihoyatda uzoq va murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tganligini ko‘rsatadi.
Tilshunoslik fanining eng qadimgi manbalari 2 mintaqada, 2 xil madaniyat
o‘chog‘ida, ya’ni qadimgi Sharq - Hindiston va Arabiston hamda qadimgi G‘arb -
Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Shuning uchun tilshunoslik fanining tarixiy
yo‘lini qadimgi tilshunoslik, o‘rta asrlar tilshunosligi, XIX asr tilshunosligi va
zamonaviy tilshunoslik kabi tarixiy-xronologik davrlarga bo‘lib o‘rganish
maqsadga muvofiq.
Qadimgi hind tilshunosligi
Qadimgi Hindiston jahon tilshunosligi tarixida tilshunoslik fanining beshigi,
markazi sifatida tan olinadi va umum tomonidan ehtirof etiladi. Bu-mutlaq haqiqat.
Chunki til masalalariga bo`lgan qiziqish, tilga oid hodisalar bilan jiddiy va puxta
shug`ullanish ilk bor Hindistonda - hind olimlari, filologlari tomonidan boshlab
berildi. Ayni jarayonning boshlanishi dastavval sof amaliy ahamiyatga ega bo`ldi.
Aniqrog`i, 15 asr ilgari yozilgan qadimgi hind adabiy tili yozuvida - sanskritda
yaratilgan qadimgi hindlarning diniy madhiyalari - Vedalar tili davrlar o`tishi bilan
mamlakat aholisining so`zlashuv tilidan (prakritlardan) farqlanib qola boshladi.
Boshqacha aytganda, qadimgi yozma yodgorliklar tili (yozma nutq) bilan
so`zlashuv tili (jonli nutq) orasida ajralish, «ziddiyat» yuzaga keldi. Ushbu
ziddiyatni, farqlanishni yo`qotish uchun hind olimlari qadimiy yozma yodgorliklar
tilini o`rganishga, tadqiq qilishga, ularni ommaviylashtirishga jiddiy kirishdilar.
Ular qadimgi Hindistonda alohida e`tiborga, hurmatga sazovor bo`lgan
Vedalardagi tushunarli bo`lmagan so`zlarni aniqlab, ularning ma`nosini izohladilar,
sharhladilar. Vedalar tiliga oid maxsus izohli lug`atlar tuzdilar, matnni fonetik va
grammatik jihatdan tahlil qildilar. Xullas, Vedalar tilidagi so`z va jumlalar
m`hnosini, ularning aniq talaffuzini, shaklini saqlab qolishga bo`lgan qat`iy intilish
qadimgi Hindistonda tilshunoslikning yuzaga kelishiga asosiy sabab bo`ldi.
Hindlar qadimiy davrda eng buyuk fonetikachi va grammatikachi sifatida
tanilganlar. Ular fonetika sohasida yunonlardan ham oldin unli va undosh
tovushlarni farqlaganlar, portlovchi va sirg`aluvchi, jarangli va jarangsiz
tovushlarni, tovush birikmalarini, bo`g`in, urg`u, intonatsiya, cho`ziqlik va qisqalik
kabi fonetik hodisalarni, jarayonlarni bilganlar. Shular yuzasidan mukammal
ma`lumotlar qoldirganlar. Qadimgi hind tilshunosligida fonema haqida ham
muayyan tushunchalar bo`lgan.
Qadimgi hindlar so`zlarning faqat ma`no tomonidagina emas, balki tovush
tomonida ham o`zgarishlar bo`lishini bilganlar. Shunga ko`ra ular so`zlarning
tovush jihatiga alohida e`tibor berganlar. Tovush haqida, tovushlarning o`zgarishi
haqida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shuningdek, qadimgi hindlar tovushlarning
fiziologik - artikulyatsion xususiyatlari, boshqa tovushlar bilan almashinishi, bir
tovushning boshqa tovush t`asiri bilan o`zgarishi (kombinator o`zgarish) kabi
hodisalarni aniqlashga ham e`tibor berganlar. Ular tovushlarning artikulyatsion –
fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tasnif qilganlar. Shu asosda,
yuqorida aytilganidek, tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar, nutq
ahzolarining yaqinlashuvidan unlilar, bir-birlariga ta`siridan, ya`ni tegishidan
undoshlar hosil bo`lishini qayd etganlar.
Agar yunon filologlari tovush almashinuvi masalasiga umuman ahamiyat
bermagan bo`lsalar, hind tilshunoslari bu jarayonga alohida e`tibor berganlar, ayni
jarayonning o`ziga xosliklarini aniqlab berganlar. Qiyoslang: sanskrit tiliga oid
so`zlarda, masalan, vidma so`zi «biz bilamiz» ma`nosini bersa, veda «men
bilaman» tushunchasini, vaidyas so`zi esa «olim», «ilmli» ma`nosini berishini
ko`rsatib berganlar. Qayd etilgan ma`no (tushuncha) o`zgarishlari esa i – e - ai unli
tovushlarning almashinuvi natijasi ekanligi haqida ishonarli, asosli fikrlarni bayon
qilganlar.
Qadimgi hind tilshunoslari grammatika - morfologiya sohasida ham ancha
ishlarni amalga oshirdilar. Ular bu yo`nalishda ham grek tilshunoslaridan ancha
o`tib ketdilar. Aniqrog`i, hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bo`limdan
tashkil topishini aniq ko`rsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. So`zlar
tasnifi (so`z turkumlari). 2. So`z yasalishi. 3. So`z o`zgarishi.
Hindlar to`rtta so`z turkumini farqlaganlar: ot, fe`l, old ko`makchi va
yuklama.
Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe`l esa harakat, holat ifodalovchi so`z
sifatida beriladi. Old ko`makchilar esa otlarning, asosan, fe`llarning ma`nosini
belgilaydi. Yuklamalar esa ma`nolariga ko`ra 1) bog`lovchi va 2) qiyoslovchi kabi
turlarga ajratiladi. Olmosh va ravishlar esa ot va fe`l turkumlariga qo`shib
yuborilgan, alohida ajratilmagan.
Yunonlardan farqli holda hindlar so`z turkumlarini gap bo`laklaridan
farqlaganlar. Shunga ko`ra hindlar, yuqorida aytilganidek, otlarni predmet, fe`llarni
harakat ifodalovchi so`z sifatida «baholaganlar».
Qadimgi hindlar so`zlarni tahlil qilish, tarkibini o`rganish jarayonida ularni
quyidagi bo`laklarga ajratganlar: 1) o`zak, 2) suffiks, 3) qo`shimcha (turlovchi
qo`shimcha). Shuningdek, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalar
farqlangan.
Yevropa olimlari hind tilshunoslarining ishlari bilan yaqindan tanishib,
so`zlardan o`zak, so`z yasovchi va so`z o`zgartiruvchi morfemalarni ajratishga
«kirishganlar».
Hindlar otlarda yettita kelishikni qayd etganlar: 1) bosh kelishik, 2)
qaratqich kelishigi, 3) jo`nalish kelishigi, 4) tushum kelishigi, 5) qurol kelishigi, 6)
chiqish (ablativ) kelishigi, 7) o`rin kelishigi.
Hind tilshunoslari qo`shma so`zlarning o`ttizga yaqin turini farqlaganlar.
Ular qo`shma so`zlarning tuzilishida komponentlar orasidagi munosabatlarga
e`tibor berganlar. Masalan: ot+ot//fe`l; sifat// sifatdosh //ravish+ot // sifat//fe`l;
son+ot va boshqalar.
Hind grammatikachilari fe`l turkumining morfologik kategoriyalarini
mukammal ishlagan edilar. Ular fe`lning uch zamonga birlashadigan yetti xil
zamon formasini: hozirgi zamon, o`tgan zamonning tugallangan, tugallanmagan,
uzoq o`tgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi kelasi zamon va juda kam
qo`llaniladigan shart fe`li shaklini ajratganlar.
Hindlar qadimgi davrlardayoq fe`lning to`rtta maylini - aniqlik, istak, buyruq
va shart mayllarini bilganlar.
Fe`lning aniq, o`rta va majhullik nisbatlari ajratilib, har biri alohida
ta`riflangan, tavsiflangan.
Hindlar sanskrit tilida fe`lning uchta shaxs va uchta son: birlik, juftlik va
ko`pliklarga ko`ra tuslanishni ko`rsatganlar.
Hind tilshunoslari fikr ifodalash birligi bo`lgan gapning muhimligini inkor
qilmagan bo`lsalar-da, sintaksis masalalari bilan maxsus shug`ullanmaganlar. Ular
sintaksisda so`zlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl shakllarining
birikishi kabi masalalarni o`rganish bilan chegaralanganlar. So`z fikr ifodalash
imkoniyatiga ega emas, ya`ni so`z gapdan tashqari mavjud emas deb, gapni tilning
asosiy birligi hisoblaganlar.
Xullas, qadimgi hindlar fonetika va morfologiyaga nisbatan sintaksis
masalalarida ancha bo`sh bo`lganlar.
Panini grammatikasi
Qadimgi hindlarning eng mashhur tilshunosi eramizgacha bo`lgan IV asrda
yashab ijod etgan Paninidir. Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga
kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning
(qadimgi hind adabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu
asari «Ashtadg’xyan» nomi bilan ataladi. Panini grammatikasi to`rt mingga yaqin
(3996 ta) qisqa va lo`nda shehriy usulda yozilgan, osonlik bilan esda qoladigan
qoidalarni (sutr) o`z ichiga oladi.
Panini grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterga ega bo`lib, unda
sanskrit (qisman Veda) tilining fonetikasiga, morfologiyasiga, so`z yasalishi va
sintaksisiga oid fikrlar jamlangan.
Ushbu tadqiqot tili - undagi qoidalar nihoyatda ixcham va qisqa bo`lganligi,
asar tili o`ziga xos terminologiyaga egaligi sababli Panini tadqiqoti uzoq
vaqtgacha ovrupolik olimlarga tushunarli bo`lmadi. Birinchi bo`lib, asar
mazmunini, undagi g`oyani rus tilshunos olimi O.Byotling izohlab berdi.
Panini o`z davridayoq tilni sistema sifatida tushundi, so`z turkumlarini
farqladi, so`z tarkibini o`rgandi, o`zak, qo`shimcha, urg`u, intonatsiya va boshqa
hodisalar haqida mahlumot berdi.
Paninining sakkiz bo`limdan iborat klassik sanskrit masalalariga oid
grammatikasi Hindistonda deyarli ikki ming yil davomida eng asosiy va eng
muhim qo`llanma bo`lib xizmat qildi. Eramizning XIII asrlaridagina sanskritning
hind olimi Vopadeva tuzgan yangi grammatikasi maydonga keldi.
Yaski (eramizdan avvalgi V asr)
Yaski (Yaska) Hindistonning mashhur tilshunosidir. U so`z hamda so`zning
morfologik tarkibi, ma`nosi, vazifasi haqida fikrlarini yozib qoldirgan. Yaski
so`zning predmetni bevosita aks ettirmasligini, so`z bilan, ya`ni uning tovush
tomoni bilan predmet o`rtasida ma`noning mavjudligini to`g`ri tahkidlaydi. So`z
ma`no tufayli predmetni nomlash imkoniyatiga egaligini qayd etadi.
Tilshunos Vedalar tilini keng izohlab, tushuntirib beruvchi asar yaratadi va
bunda o`zigacha bo`lgan tadqiqotchilar ishlarini, umumlashtiradi.
Xullas, qadimgi Hindistonning tilshunoslik sohasidagi yutuqlari ulkan bo`lib,
ular o`z muvaffaqiyatlari bilan jahon tilshunosligi faniga katta hissa qo`shdilar.
Ularning tahlimotlari, g`oyalari yunon va arab tilshunosligiga jiddiy ta`sir qildi.
Hind tilshunosligi Yevropaga XVIII asrning o`rtalarida yetib keldi.
O`rta Osiyoda esa hind tilshunoslarining tahlimotlari ancha ilgari ma`lum
bo`lgan. Jumladan, buyuk bobokalonimiz xorazimlik Abu Rayhon Beruniy (X – XI
asr) sanskritni yaxshi bilgan, Hindistonga maxsus bag`ishlangan «Hindiston»
nomli asar ham yaratgan.
Eng muhimi shundaki, hind tilshunoslarining jahon tilshunosligiga qo`shgan
beqiyos hissasi sanskrit bilan belgilanadi. Tilshunos olimlarning sanskrit bilan
yaqindan tanishuvi jahon fanida qiyosiy - tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishiga
sabab bo`ldi.
Qadimgi yunon tilshunosligi
Qadimgi Yunoniston Yevropa tilshunosligi fanining markazi hisoblanadi.
Faylasuflar va shoirlar vatani bo`lgan qadimgi Yunonistonda til masalalari
dastavval faylasuflar tomonidan o`rganilgan. Yunon faylasuflari til masalalarini
o`rganish jarayonida tadqiqot muammolarini, yo`nalishlarini ham belgilab
oladilarki, bu yo`nalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar sifatida
namoyon bo`ladi.
Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining yetakchi qismi
sifatida yuzaga keladi va bu sohada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi.
Qadimgi Yunonistonda ham qadimgi Hindistondagidek matnlarni o`rganish,
so`zlarni tahlil qilish, ularga izoh berish, mohiyatini ochish kabi masalalar fonetika,
grammatika va leksika sohalari bilan jiddiy shug`ullanishga, shu yo`nalishlarda
muhim tadqiqot ishlarini olib borishga sabab bo`ldi.
Yunon tilshunosligining taraqqiyoti ikki davrga bo`linadi:
1. Falsafiy davr.
2. Grammatik davr.
1. Tilshunoslikning falsafiy davri
Yunonistonda tilshunoslikning falsafiy davri ikki asr davom etadi. Bunda
tilga falsafaning bir qismi sifatida qarash, til hodisalarining mohiyatini falsafiy
jihatdan ochish va tushuntirish, taxminlar, xulosalar chiqarish, g`oyalar yaratish
ayni davrning eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi Yunonistonda mavjud bo`lgan
deyarli barcha falsafiy maktablar, oqimlar, yo`nalishlar til masalalari bilan faol
shug`ullanganlar. Fikr yuritilayotgan davrning o`ta dolzarb va eng muhim muam-
molaridan biri so`z muammosi, so`zning tabiiy hodisami? yoki shartli hodisami?
ekanligi haqidagi bahs, munozara bo`lib, bu masala atrofida fikrlar qarama-
qarshiligi, faylasuflarning ayni masalani hal qilishda tarafma - taraf bo`lib,
«jangga» kirishishi, tadqiqot ishlarini olib borishi qizib ketdi. Aniqrog`i, bu
davrning asosiy, bosh masalalaridan biri so`z bilan ma`no orasidagi, predmet bilan
uning nomi orasidagi munosabat masalasi edi. Boshqacha aytganda, predmet bilan
uning nomi o`rtasida qanday munosabat mavjud? So`zdagi tovush bilan ma`noning
bog`lanishi qanday yuz beradi? Bu bog`lanish tabiat tomonidan beriladimi yoki
so`zlashuvchilar tomonidan kelishilgan holda yuz beradimi? yoki ma`lum qonun -
ko`rsatma bilan tayinlanadimi?, «muayyan urf - odat bilan bog`lanadimi? yoki
odamlar tomonidan belgilanadimi. Ya`ni bu jarayon ongli, ixtiyoriy ravishda
amalga oshiriladimi? va boshqalar.
Tilshunoslikning falsafiy davrida so`z bilan predmet orasidagi munosabat
masalasini hal qilishda Geraklit va uning tarfdorlari quyidagi g`oyani ilgari
suradilar. Ular har bir nom o`zi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas
aloqada, bog`lanishda bo`lib, nomlarda predmetlarning mohiyati namoyon
bo`ladi, «ochiladi». Aniqrog`i, suvda daraxtlar, ko`zguda o`zimiz aks etganidek,
har bir nom o`zi ifodalayotgan predmetning tabiatini, mohiyatini aks ettiradi, degan
fikrni ilgari suradilar. Yana ham anig`i, predmet bilan ularni anglatuvchi so`zlar
orasidagi bog`lanish tabiat tomonidan berilgan bo`lib, bu bog`lanish tabiiy, zaruriy
bog`lanish hisoblanadi.
Xulosa shuki, olamda mavjud bo`lgan barcha narsa - predmetlarning tabiat
tomonidan berilgan, o`ziga mos va xos nomlari, «to`g`ri» nomlari bor. So`zlar
tabiat tomonidan yara-tilgan. Tabiat har bir predmet uchun alohida nom belgilagan.
Demokrit va uning tarafdorlari esa so`z va predmet munosabati masalasida
Geraklit va uning tarafdorlariga qarshi quyidagi g`oyani ilgari suradilar. Ular
aytadi: narsa, predmetlarning nomlari, so`zlar ularning tabiatiga qarab, mohiyatiga
muvofiq holda qo`yilmaydi, balki nomlash jarayoni odatga ko`ra, odamlarning
o`zaro kelishuviga, ular tomonidan belgilanishiga ko`ra amalga oshadi. Demak,
predmetlarga nomlar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan beriladi.
Demokrit va uning tarafdorlari o`z g`oyalarining to`g`riligini isbotlash uchun
yana quyidagi fikrlarni ham bayon qiladilar: 1) ko`p so`zlar bir necha ma`noga ega
bo`lib, shunga muvofiq ular turlicha predmetlarni ifoda etadi; 2) ko`pgina
tushunchalar bir qancha nomga ega bo`ladi; 3) tilning tabiiyligi g`oyasidan kelib
chiqadigan bo`lsak, u holda ko`pgina predmetlarning bir nechta nomga ega bo`lishi
mumkin emas; 4) vaqt o`tishi bilan bir so`z o`rniga boshqasi yuzaga keladi. Ya`ni
muayyan predmet nomi o`zgarib, boshqa nomga, atamaga ega bo`ladi; 5) ko`pgina
tushunchalar so`z ifodasiga, nomga ega emas. Demak, - deydi Demokrit va uning
tarafdorlari, bir vaziyatda so`zlar yetishmasa, boshqa vaziyatda ular ortiqcha, ko`p.
Yana boshqa bir holatda so`zlar qatg’iy emas, yana boshqa bir vaziyatda esa
so`zlar kamlik qiladi. Demokrit fikricha, bunday holat, asosan, odamlar faoliyati
bilan bog`liq bo`lib, ular tomonidan yuzaga keladi, tabiat tomonidan emas.
Shunday qilib, Demokrit va uning tarafdorlari narsa, predmet nomlari tabiat
tomonidan berilgan emas, degan g`oyani ilgari suradilar va ayni fikrning
to`g`riligini tilda mavjud bo`lgan omonim va sinonim so`zlar bilan isbotlaydilar.
Haqiqatan, bir-biridan farq qiladigan turli narsalarning nomlari (so`zlar)
qanday qilib bir xil (omonim: ot, yosh, qirq, ko`k, son, ko`r, til, ter, qo`y, quv) yoki
bir narsaning qanday qilib birdan ortiq nomi (sinonim: bosh, kalla; janjal, g`avg`o,
to`palon, g`alva, mashmasha; bo`kmoq, ivimoq; kulmoq, iljaymoq, jilmaymoq,
tirjaymoq, ishshaymoq) bo`lishini Geraklit tarafdorlarining tahlimoti-moslik,
«to`g`rilik» tahlimoti asosida izohlab bo`lmaydi. Chunki sinonimlar tovush
tomonidan farqli bo`ladi; agar so`zning tovush tomoni predmetning mohiyati,
xususiyati bilan bevosita bog`langan bo`lsa, demak, sinonimlar turli xil xususiyatni
ifodalovchi so`zlar sifatida bitta predmetni anglatishlari mumkin emas. Qolaversa,
tabiatdagi hamma predmetlar ham o`z nomlariga ega emas.
Tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bo`lgan predmet va
uning nomi orasidagi munosabat masalasi Platonning «Kratil» nomli asarida ham
mukammal bayon qilinadi.
Tilshunoslikning falsafiy davrida til masalalari bilan jiddiy va barakali
shug`ullangan oqimlardan biri stoitsizm hisoblanadi. Stoitsizm tahlimotining
vakillari bo`lgan stoiklar: Xrisipp, Krates va boshqalar o`z tahlimotlarida jahondagi
nomuvofiqlikka hamma narsalarning maqsadga muvofiq bo`lishini qarama - qarshi
qo`yadilar. Shunga ko`ra ular tilni kishilarning ruhida tabiat talabiga ko`ra paydo
bo`lgan deyish bilan birga so`z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi, deb
aytganlar. Stoiklar so`zlovchi gapirganida so`z orqali u predmetning tabiati haqida
qanday taassurotda bo`lsa, eshituvchida ham xuddi shu xususiyatlar haqidagi
taassurot tug`iladi, deb o`ylaganlar. Stoiklar predmet va uning nomi orasidagi
munosabat masalasida Geraklit va uning tarafdorlari tahlimotini quvvatladilar.
Ya`ni ular ham predmet va uning nomi (so`z) o`rtasida moslik, muvofiqlik mavjud
deb hisoblar edilar.
Ayni vaqtda stoiklarning muxolifi bo`lgan Epikur va uning ta`limoti
tarafdorlari esa Demokritning fikrini quvvatlab, so`zlar va predmetlar orasidagi
aloqa tabiiy bo`lishi mumkin emas. Chunki narsalarning mohiyati bilan ularning
nomi orasida qarama-qarshiliklar juda ko`p, degan fikrni ilgari surganlar.
Epikurchilar predmet bilan uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqani
dastlab tilni o`zaro kelishuvchilik asosida ijod qilgan kishilar yaratgan. Ana
shunday tasodifiylik bo`lmaganida edi, barcha xalqlar bir-birlarining tillariga
tushungan bo`lar edi, deyishadi.
Tilshunoslikning falsafiy davrida o`zaro qizg`in kurash olib borgan yetakchi
oqimlardan, yo`nalishlardan yana biri analogistlar va anomalistlar - qarama -
qarshi g`oyadagi faylasuflar guruhi edi.
Ular til hodisalarida analogiya mavjudmi? yoki ano-maliyami?, qonuniyat
mavjudmi yoki qonuniyat yo`qmi?, degan fikr bilan qurollanib, til bilan obhektiv
borliq, so`z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini hal qilishga kirishadilar.
Mashhur yunon grammatikachisi Aristarx boshchiligidagi analogistlar oqimi
tilning grammatik qurilishi va lug`at tarkibi bilan borliq orasida muvofiqlik
mavjud, degan g`oyani ilgari surishadi. Ular yunon va lotin tillarida otning uch xil
grammatik jinsi (rod): erkaklar jinsi, ayollar jinsi va har ikki jinsga ham tegishli
bo`lmagan oraliq jins mavjudligini aytishadi. Shunga ko`ra ular predmetlar
erkaklar jinsiga, ayollar jinsiga yoki oraliq jinsga tegishli bo`ladi, deyishadi.
Anomalistlar oqimining yetakchisi stoik Krates va uning tarafdorlari esa
ushbu g`oyaga zid fikrni, zid g`oyani ilgari surishadi. Ya`ni ular aytadi: tilning
tarkibi va grammatik qurilishi bilan borliq orasida to`la moslik, o`xshashlik yo`q;
biz doim turli tengsizlikka, moslik me’yoridan chetga chiqishlarga duch kelamiz.
Masalan, tildagi uch grammatik jins atrofimizdagi narsalarga real ravishda to`g`ri
keladi, deb hisoblash be`manilikdir. Haqiqatan ham, masalan, rus tilidagi
cherepaxa (toshbaqa), belka (olmaxon) so`zlari shakliga qaraganda grammatik
jihatdan ayollar jinsiga mansub bo`lishi kerak edi. Amalda esa o`sha hayvonlarning
erkagi ham, urg`ochisi ham bir xilda cherepaxa, belka deyiladi. Shuningdek, rus
tilidagi dyatel (qizilishton) so`zi o`z shakliga ko`ra faqat erkaklar jinsiga nisbatan
qo`llanaveradi. Demak, bu yerda til anomaliyasi mavjud bo`lib, shakl bilan
mazmun orasida moslik yo`qdir.
Tilshunoslikning falsafiy davrida qadimgi yunon faylasuflari Anaksimen,
Prodik, Protagor, Platon, Aristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va
hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan asosli fikrlarni bayon qilganlar.
Anaksimen (bizning eramizgacha bo`lgan 560-502 yillar). U «Riktorika»
asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi.
Prodik (bizning eramizgacha bo`lgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini
ishlab chiqdi. U ma`no jihatdan har bir ma`nodosh so`zning o`ziga xos
xususiyatlarini, ma`no ottenkalarini, qirralarini farqlashga o`rgatdi.
Protagor (bizning eramizgacha bo`lgan 480-410 yillar). Protagor otlarning
rodlarini (jinsini), fe`l zamonlarini va gaplarning turlarini farqladi.
Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va fe`llarni farqlab, gapning ot bilan
fe`lning bog`lanishidan hosil bo`lishini ta`kidladilar.
Platon (bizning eramizgacha bo`lgan 427-347 yillar). O`z davrining
dastlabki yirik faylasufi Platon etimologiya fanining asoschisi sifatida e`tirof
qilinadi. U mantiqli nutqda ikki turdagi so`zlarni: ot va fe`llarni farqladi. Gapda
ega vazifasida kelgan so`zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so`zni fe`l deb atadi.
Aristotel (bizning eramizgacha bo`lgan 348-322 yillar). O`z davrining
ikkinchi buyuk qomusiy olimi - faylasufi Aristotel tilga oid masalalarni mantiq
bilan bog`liq holda o`rgandi va u birinchi bo`lib, grammatikani mantiqdan ajratdi.
Aristotel ham, Platon kabi, ot - egani va fe`l - kesimni tan oldi. Bu guruhga
qo`shimcha ko`makchi so`zlarni - bog`lovchilarni ham kiritdi. Ya`ni so`zlarni uch
turkumga: ot, fe`l, bog`lovchi hamda yuklama kabilarga bo`ldi. Ot va fe`llarni
mustaqil ma`noga ega so`zlar sifatida, bog`lovchi, yuklamani esa faqat grammatik
vazifa bajaruvchi so`z sifatida qayd etdi.
Aristotel o`z davridayoq gapni fikr ifodalovchi nutq birligi deb, tahrifladi.
Shuningdek, u kelishiklar, tovushlar haqida ham ma`lumot berdi. Masalan, u
fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi.
Yuqorida aytilganlardan bir muncha farqli holda tilshunoslikning falsafiy
davrida stoiklar nutqda so`zlarni besh guruhga: fe`l, bog`lovchi, artiklg’, atoqli
otlar va turdosh otlarga ajratdilar. Shuningdek, ular ushbu so`zlarning barchasi ham
ma`nolidir, deyishdi. Stoiklar otlarda beshta kelishikni farqladilar: bosh kelishik,
qaratqich kelishigi, jo`nalish kelishigi, tushum kelishigi va chaqirish (zvatelg’nqy;
chiqish) kelishigi.
Stoiklar mazkur davrdayoq nutqni ikkiga: tashqi nutqqa va ichki nutqqa
bo`lib o`rgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va
undosh tovushlarga ajratdilar.
Xullas, tilshunoslikning falsafiy davridan hozirgi tilshunoslik uchun muhim
bo`lgan ikki tahlimot qoldi:
1. Tilning elementlari, birliklari (so`z va gap) – ishora, belgi.
2. Til birliklari ma`no, fikr bilan shartli bog`langan.
2. Tilshunoslikning grammatik davri
Tilshunoslikning grammatik davri qadimgi yunon tilshunosligida
Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bo`lgan Iskandariya
makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog`liq edi. U bosib olgan Sharq
mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining tahsiri natijasida yunon
madaniyati, Sharq madaniyati bilan qo`shilib ketib, aralash madaniyat - ellinizm
yuzaga keladi.
Iskandariya ellinizm madaniyatining yirik markazlaridan biri hisoblangan.
Umuman, bizning eramizgacha bo`lgan III asrdan boshlab, birorta ham shahar: na
Afina, na Rim yuksak madaniyat namunasi va ilmiy markaz bo`lgan Iskandariya
shahri bilan tenglasholmas, raqobat qilolmas edi.
Xullas, yunon tilshunosligi, ayniqsa, ellinizm davrida-yunon - sharq davrida
(bizning eramizgacha bo`lgan 334-31) taraqqiy qildi, rivojlandi.
Aleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Aristarx,
Dionisiy, Apolloniy Diskol va boshqalar.
Zenodot (taxminan bizning eramizgacha bo`lgan 250 yillar). Zenodot
800.000 dan ortiq qo`lyozma manbalarga ega bo`lgan mashhur Iskandariya
kutubxonasining birinchi rahbari. Zenodot va boshqa yunon filologlari Gomer,
Esxil, Sofokl va boshqalarning asarlari ustida faol tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Ular ushbu asarlarning lug`at tarkibi va grammatikasiga oid sharhlar ustida mehnat
qildilar. Zenodot artiklni, olmoshlarni farqladi.
Aristarx (bizning eramizgacha bo`lgan 215-143 yillar). Iskandariya
maktabining eng mashhur va yetakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar
davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U o`zining 40 ga yaqin shogirdlari
bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer asarlarini mukammal
o`rganib, tekshirib chiqilgan to`liq matnini yaratishdi.
Aristarx so`z turkumi haqidagi ta`limotni mukammal ishlab chiqdi va
sakkizta so`z turkumini ajratdi. Bular: ot, fe`l, sifatdosh, artikl yoki ko`rsatish
olmoshi, old ko`makchi, ravish va bog`lovchi.
Dionisiy (bizning eramizgacha bo`lgan 170-90 yillar).
Aristarxning shogirdi frakiyalik Dionisiy o`zigacha bo`lgan
tadqiqotchilarning ishlari va tajribalarini o`rganib, ulardan foydalanib, rimliklar
uchun «Grammatika san`ati» nomli sistemalashtirilgan dastlabki yunon
grammatikasini yaratdi.
Dionisiy ta`limotiga ko`ra so`z so`zlashuv nutqining (bog`langan nutqning)
eng kichik bo`lagi (qismi)dir. Gap (yoki nutq) esa so`zlarning o`zaro
munosabatidan, bog`lanishidan hosil bo`lib, tugal fikr ifodalaydi.
Dionisiy grammatikasida ot turkumi haqida quyidagi fikr beriladi: ot kelishik
va songa ko`ra o`zgaruvchi turkumdir. U sifatlarni ham otga kiritadi.