TISHNING QATTIQ TO‘QIMALARI: EMAL, SEMENT VA DENTINLARNING RIVOJLANISHI VA TUZILISHI XUSUSIYATLARI. TOJ VA ILDIZ QISMIDAGI PULPA. PERIODONT VA PARADONT TUZILISHI
TISHNING QATTIQ TO‘QIMALARI: EMAL, SEMENT VA
DENTINLARNING RIVOJLANISHI VA TUZILISHI XUSUSIYATLARI.
TOJ VA ILDIZ QISMIDAGI PULPA. PERIODONT VA PARADONT
TUZILISHI
Tishning umumiy tuzilishi
Tish qattiq va yumshoq to‘qimasidan iborat. Tishning asosiy qismini dentin -
dentinum tashqil etadi. Tish toji sohasida bu modda emal - enamelum bilan
qoplanib, tish ildizi sohasida esa sement - cementum bilan qoplangan bo‘ladi.
Emal ustidan yupqa, oxaklanmagan tish kutikulasi, cuticila enameli, yoki Nasmit
qobig‘i bilan qoplangan.
Dentin suyak to‘qimasiga o‘xshash bo‘lganligi bilan, undan xo‘jayra yo‘qligi
va qattiqligi bilan farqlandi. Dentin 70—72% ga yaqin mineral tuzlarni o‘z ichiga
oladi, qolganlarini organik moddalar tashqil qiladi. Tuzlar tarkibida xammadan
ko‘proq gidroksiappatit [SaZ(R04)2
• Sa(ON)2], shuningdek kalsiy karbonat
[SaSOZ], natriy karbonat [Na2C03], kalsiy ftor [SaG‘2] va boshqalar uchraydi.
Dentin xujayralari – odontoblastlar pulpaning periferik qismlarida tafovut etiladi.
Dentin o‘z navbatida asosiy modda va unda joylashgan dentin kanalchalaridan-
tubuli dentinalis (Toms tolalari) iborat, bu kanalchalardan odontoblastlarning
o‘simtalari o‘tadi. Dentin tarkibidagi asosiy modda - kollagen tolalari va
yopishqoq modda bo‘ladi.
Dentinda ikkita qatlam farqlanish mumkin: tashqi qatlam – plashch va ichki
qatlam – pulpaoldi dentin yoki predentin. Ushbu coxa dentinning doimiy o‘sish
joyi deb hisoblanadi. Tashqi qatlamda kollagen tolalar asosan radial joylashadi,
pulpaoldi dentin kavatida esa – tangetsial (qiya). Kollagen tolalari orasida mineral
tuzlar va gidroksiappatit kristallari yig‘iladi. Kollagen tolalarini ohaklanishi
kuzatilmaydi.
Emal - toj dentinini tashqaridan qoplovchi, tishni qattiq to‘qimasidir. Emal 96
—97% mineral tuzlardan iborat va atigi 3-4% organik moddalar ulushiga to‘g‘ri
keladi. Tuzlar orasida gidroksiappatit (84%), kalsiy karbonat, kalsiy ftorid va
magniy fosfat kiradi.Emal qalinligi tishning hamma qismida bir xil emas, bo‘yin
sohasida atigi 0,01 mm bo‘lsa, chaynov yuzasida esa 1,7-3,5 mm bo‘lishi mumkin.
Emal emal prizmalar - prismae enameli va prizmalararo yopishqoq moddasidan
iborat. Emal prizmalarining yo‘nalishi turli. Tishning bo‘ylama kesimida (tish
shlifi) radial chizig‘i - Gunter—SHreder chiziqlari va qiyshiq, konsentrik shaklda
o‘ralgan - Retsius chizig‘i ham ko‘rish mumkin. SHuni aytishi lozimki, Retsius
chiziqlar soni ko‘payishi emal taraqqiyot davrida kalsiy etishmovchiligi bilan
bog‘liqdir, ya’ni oxaklanish jarayonini o‘ta sekinlashganligidan dalolat beradi.
Emal tashqi tomondan tish kutikulasi bilan qoplanadi. U o‘z navbatida ikkita
qavatdan iborat: ichki va tashqi. Ichki qavat (birlamchi kutikula) qalinligi 0,5-1,5
mkm glikoprotein qatlamidan iborat. Tashqi qavat (ikkilamchi kutikula) – qalinligi
10 mkm, tish chiqish davrida emal a’zosining epitelial xo‘jayralaridan paydo
bo‘ladi. Emirilish natijasida bu qavat faqat tishning yon yuzalarida qoladi.
Kutikula ustidan yupqa parda - pelikula bilan qoplanadi. U doimiy regeneratsiyaga
uchraydi, tarkibidagi organik moddalar og‘iz so‘lagidan xosil bo‘ladi. Bu parda
fFaqat mexanik tozalishda yo‘qolishi mumkin, ammo bir necha soatdan so‘ng yana
tiklanadi.
Sement – qattiq tolali suyakni eslatuvchi, tish ildiz dentinini tashqi qoplovchi,
qalin to‘qima. Kimyoviy tarkibi buyicha u suyakka yaqin turadi. Uning tarkibida
organik moddalar 30 % va anorganik moddalar esa fakat 70%ni hosil qiladi.
Sementning asosiy moddasi xar xil yo‘nalishdagi kollagen tolalardan va yopishqoq
moddasidan iborat bo‘ladi. Sement xo‘jayrasiz (birlamchi) va xo‘jayrali
(ikkilamchi) sohalarga bo‘linadi. Xo‘jayrasiz sement fakat ildiz chuqqisida va katta
miqdorda- bir-biriga qaragan ildiz yuzasida joylashadi. Xo‘jayrali qismi maxsus
xo‘jayralar – sementotsit va sementoblastlaridan iborat bo‘lib, ular gistologik
tuzilishga ko‘ra osteotsitlarga o‘xshab ketadi. Sementning oziklanishi
periodontdan diffuziya yuli bilan amalga oshiriladi. Patologik holatlarda
sementnining miqdori oshib ketishi – gipersementoz tafovut etiladi.
Tish pulpasi – tish bo‘shlig‘ini to‘ldiruvchi qon-tomir va nerv tolalariga boy
siyrak biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan. Tish bo‘shlig‘i yoki kamerasi tish
relefini takrorlaydi. Pulpa kichik va katta ozig‘ tishlarining chaynov yuzasi
joylashgan chaynov bo‘rtiqlarni to‘ldiruvchi pulpa shohlarini hosil qiladi. Pulpa
mezenximadan rivojlanadi va bu o‘z navbatida uning funksiyalarini shakllantiradi:
plastik, ya’ni dentin xosil qiluvchi funksiyasi - tarkibidagi
odontoblastlar borligi hisobiga;
trofik – sensor funksiyasi, tarkibidagi qon-tomir va nerv tolalari
hisobiga;
himoya – tarkibidagi makrofag, limfotsitlar va boshqa immun
xo‘jayralar xisobiga.
Paradont – paradontum – tishlarning tayanch-fiksatsiya apparati. Uning
tarkibiga tish alveolasi, periodont, milk va tish ildizi sementi kiradi. Tish ildizi
alveola maxsus biriktiruvchi tollari yordamida birlashadi. Bu birlashuv fibroz
birlashuvlar , ya’ni gomphosis deyiladi – bir suyakning ikkinchi suyak orasiga
(xuddi mix qoqilganday) kirib borish yo‘li. Natijasida tish va suyak alveola orasida
zich tish-alveola sindezmozi (syndesmosis dentoalveolaris) paydo bo‘ladi.
Periodont, periodontium - tish ildizi va jag‘ suyagining alveolasi oralig‘ida
joylashgan biriktiruvchi tolalar (SHarpey tolalari) dan tashkil topgan tuzilma.
Periodont yoki peritsement ichki suyak ustki parda vazifasini bajaradi . Umuman
olganda periodont qo‘yidagi vazifalarni bajaradi:
fiksatsiya vazifasi – tishni suyak alveolasida ushlab turishi
amortizatsiya vazifasi - chaynov bosimini bir miyorda teng taqsimlash
trofik vazifasi – sement va pulpani oziqlantiradi
gomeostatik va reparativ vazifalari