Tog` jinslarining suv-fizik xossalari
Tog‘ jinslarini tarkibi. Xossa va hususiyatlari ularni qanday yo‘l bilan
(magmatik, cho‘kindi, metatorfik) hosil bo‘lganligiga, ular tarqalgan hududlarni
eng avvalo tektonik, gemorfologik, klimatik, gidrogeologik sharoitiga qarab
turlicha bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga odamlarning injenerlik, xo‘jalik
faoliyatlari (yerlarni o‘zlashtirish, suv omborlari, kanallar, imoratlar, yo‘llar
qurish va b.q.) oqibatida yer sathining tabiiy tuzilishi, yer osti suvlarining tabiiy
holatini (sathi oqish yo‘nalishi, oylik va yillik rejimi va x.k.) o‘zgarishi o‘z
navbatida tog‘ jinslarini tabiiy strukturasini,namligini o‘zgarishiga ta’sir etadi.
O‘z navbatida tog‘ jinslari yer osti suvlarini ximiyaviy tarkibiga xossa va
hususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan
mineral zarralarning o‘lchamiga (katta-kichikligiga), shakliga, ularni bir-
birlariga nisbatan joylashish holatiga qarab yer osti suvlarining harakat tezligi va
qator hususiyatlari ham har xil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tog‘ jinslarining
tarkibi, xossa va hususiyatlarini laboratoriya va dala sharoitida aniqlash usullari
to‘g‘risida ma’lum darajadagi bilimga ega bo‘lmoq darkor.
3.1.Tog‘ jinslarini granulometrik tarkibi
Tog‘ jinslarini granulometrik tarkibi deganda, ularni tashkil qilib turuvchi
mineral zarrachalarni katta-kichikligi tushiniladi. Ana shu zarrachalar katta-
kichikligiga qarab ma’lum guruhdagi fraksiyalarga ajraladi (6.1-rasm). Har bir
guruhdagi fraksiyalar tog‘ jinslari xajmini u yoki bu qismini tashkil etadi. Bu
xolat tog‘ jinslarini suv o‘tkazuvchanligiga suv berish qobiliyatiga ta’sir qiladi.
Shuning uchun injener-geologik amaliyotda tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan
6.1-расм. Чикинди қум ва гил тоғ жинсларини
гранулометрик
таркибини
аниқлаш
учун
ишлатиладиган элаклар мажмуаси
1-элаклар комплектининг устки қопқоғи;
fraksiyalarni, ularni miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi, buning uchun qator
usullar mavjud. Bular: 1.Harsangtoshlar, juda yirik, yirik shag‘allarni dala
sharoitida (ochilmalarda) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z bilan kuzatish,maxsus
Harsang toshlarni, juda yirik shag‘allarni tashkil etuvchi fraksiyalar
miqdorini aniqlash uchun o‘rganilayotgan maydon ma’lum kichik-kichik
maydonchalarga (qismlarga) ajratilib chiqiladi. Maydonchalarni o‘lchami eng
katta fraksiyaning (harasangtosh yoki yirik shag‘alning) o‘lchamidan 10
marotaba katta bo‘lishi talab etiladi. Jumladan agar maydondagi eng katta
fraksiyaning diametri 1000 mm bo‘lsa, maydoncha tomonlarning o‘lchami
10.000 x 10.000 mm etib ajratiladi. So‘ngra har bir maydoncha ichidagi mavjud
fraksiyalarni miqdori yuqorida keltirilgan o‘lchagichlar yordamida o‘lchab
hisoblab chiqiladi. Shu bilan birga har bir fraksiyaning qaysi genetik guruhdagi
tog‘ jinslariga (magmatik, cho‘kindi, metimorfik) mansub ekanligiga ham
e’tibor beriladi. Masalan maydondagi tog‘ inslarining 50 % magmatik (intruziv,
effuziv), 30 % cho‘kindi va 20 % metamorfik tog‘ jinslariga to‘g‘ri kelishi
mumkin. Bu esa o‘z navbvtida u yoki bu xavzasida tarqalgan tog‘ jinslarining
egallagan maydoni to‘g‘risida fikr yuritishga asos bo‘ladi.
Cho‘kindi tog‘ jinslarini tashkil qilib turuvchi fraksiyalarning
(zarralarning) umumiy klassifikatsiyasi (V.D.Lomtauzedan)
Fraksiyalar
Fraksiyalarni
o‘lchami, mm
Fraksiyalar
Fraksiyalarni
o‘lchami,
mm
1. Silliqlangan va
qirrali
harsangtoshlar:
4.qum zarralari:
Katta
800
Dag‘al
2-1
O‘rtacha
kattalikda
800-400
Yirik
1-0,5
Mayda
400-200
O‘rtacha
0,5-0,25
2. Silliqlangan va
qirrali shag‘allar.
Mayda
0,25-0,1
Juda yirik
200-100
Juda
mayda
(Mayin)
0,1-0,05
Yirik
100-60
5.Chang
zarralari:
O‘rta
60-40
Yirik
0,05-0,01
Mayda
40-20
Mayda
0,01-0,002
3. Silliqlangan va
qirrali
mayda
shag‘allar.
6. Gil zarralari:
Yirik
20-10
Dag‘al
0,002-0,001
O‘rtacha
10-4
Mayin
0,001
Mayda
4-2
Eslash uchun. Bu usul uchun metaldan yasalgan ikki xil elaklar yig‘masi
(komplekti) qo‘llaniladi. Birinchi xildagi elaklarni ko‘zlari 200, 100, 60, 40, 20,
10 mm o‘lchamlarda bo‘lib, shag‘allarnitashkil etuvchi fraksiyalar miqdorini
aniqlashda, ikkinchi elak yig‘masi ko‘zlarining o‘lchami 10, 5, 2, 1, 0,5, 0,25,
0,1 mm (6.1-rasm) bo‘lib, qum jinslarini hamda mayda shag‘allarni tashkil
qiluvchi fraksiyalar miqdorini aniqlashda ishlatiladi.
Shag‘allarni fraksion tarkibini aniqlash uchun o‘rganish maydonlaridan,
miqdori 3-5 kg, ba’zan ularni tashkil etuvchi fraksiyalar o‘lchamini kattaligini,
yechilayotgan masalaning maqsadi va vazifalariga qarab 10-15 kg bo‘lgan
namunalar laboratoriyaga keltirilib yaxshilab yuviladi va havo haroratida
quritilib dastlabki og‘irligiga nisbatan qolgan og‘irligi aniqlanadi. So‘ngra
sinovga tayyorlangan ma’lum og‘irlikdagi anna shu na’muna ketma-ket
o‘rnatilgan birinchi xildagi elaklar jamlamasiga kiruvchi eng yuqorigi elakka
solinadi va elash jarayoni amalga oshiriladi. Natijada olingan namuna teshiklari
o‘lchami 200, 100, 60, 40, 20, 10 mm bo‘lgan elaklar bo‘yincha ajraladi. Har bir
elakda qolgan fraksiyalar miqdori (A, %) quyidagi formula yordamida
aniqlanadi. bu yerda gf –har bir elakda qolgan fraksiyalar og‘irligi, g g-tadqiqot
uchun olingan, havo haroratida quritilgan na’munani umumiy og‘irligi, g. qum,
qumli tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi fraksiyalar miqdorini aniqlashda1, tadqiqot
uchun olingan namuna tabiiy holatda yuvilmasdan yoki yuvilish orqali amalga
oshiriladi. Bu ularni tarkibidagi chang va gil zarralarini ko‘p ozligiga bog‘liq.
Agar jins tarkibida chang va gil zarralari ko‘p bo‘lsa yuvish usuli qo‘llaniladi.
Yuvmasdan fraksiyalarga ajratish usuli. Tahlil uchun kerakli o‘rtacha
namuna katakchalarga bo‘lish uslubi orqali ajratib olinadi. Buning uchun jins
qattiq qog‘oz yoki faner ustiga yupqa qavat bilan yopiladi, yoyilmas uzunasiga
va ko‘ndalang yo‘nalishlarida pichiq bilan ariqchalar chizilib kvadartlariga
ajratiladi va har qaysi kvadratdan oz-ozdan tahlil uchun namuna olinadi.
1 Izbekiston Respublikasi standartga 817-97 va bosh=a mavjud uslubiy =illanmalardan foydalaniladi.
Olingan namuna tarozida tortiladi va elaklar jamlamasidagi 10 mm li elakka
solinib elanadi. Elash jarayonida namuna elakning boshqa qismlari bo‘yicha
fraksiyalarga ajratiladi. Bunda taglikka o‘tgan zarralarning diametri 0,1 mm dan
kichik, 10 mm li elakda qolgani zarralar esa 10mm dan katta zarralar deb
olinadi. Har bir elakda qolgan zarralar og‘irligi avvaldan og‘irligi aniq
stakanchalarga solinib torozda tortiladi va dastlabki tahlil uchun olingan havo
haroratida quritiladi jins og‘irligiga nisbatan yuqoridagi formula orqali foizlarda
hisoblab chiqiladi.
Yuvish orqali fraksiyalarga ajratish. Tahlil uchun olingan namuna maxsus
chinni kosachalarga solinib suv va 0,5 sm3 5 % li ammiak eritmasida namlanadi.
Namlangandan keyin 10-15 minut o‘tgach qorishma rezina qinli tayoqcha
yordamida ezilib aralashtiriladi va 30-40 mm qalinlikda suv solinib hosil
bo‘lgan suspenziya loyqalantiriladi hamda 10-15 s tindiriladi. Suvni
cho‘kmagan zarrachalar bilan birga, teshik o‘lchamlari 0,1 mm bo‘lgan elakka
ag‘dariladi. Loyqalantirish va ag‘darish cho‘kma ustidagi suvning to‘liq
tiniqlashishigacha amalga oshiriladi. Elakda qolgan zarrachalar rezinali siqma
nokcha yordamida chinni kosachaga yuvib tushiriladi. qumli jinsning yuvilgan
namunasi havo quruqligi darajasida quritilib kosacha bilan birga tortiladi.
6.2-rasm. Jinslarning
granulometrik tarkibini
Sabanin usuli yordamida
aniqlash jarayonida
qo‘llaniladigan anjomlar
Jinsning 0,1 mm dan kichik bo‘lgan o‘lchamli zarrachalari og‘irligi taxlil uchun
olingan namunaning massasi bilan yuvilgandan keyin quritilgan qumli jins
namunasi-og‘irligi orasidagi farq bo‘yicha aniqlanadi, yuvilib havo harorati
darajasida quritilgan massasi elaklar jamlamasidan o‘tkaziladi. Har bir elakda
qolgan fraksiyalar maxsus stakanlarga solib tortiladi va tahlil natijalari jurnaliga
yozilib boriladi (6.2-jadval). Hisob dastlab olingan havo haroratida quritilgan
o‘rtacha namuna og‘irligiga nisbatan protsentda aniqlanadi.
6.2-jadval
Jinslarning granulometrik tarkibini elash usuli yordamida olingan
natijalarni yozib borish jurnali
Elaklar
ko‘zlarining
o‘lchami
Elak
jamlamalarida
qolgan zarrachalar
o‘lchami, mm
Har bir elak jamlamasida
qolgan zarralar miqdori
g
%
10
10 dan katta
5
5-10
2
2-5
1
1-2
0,5
0,5-1
0,25
0,25-0,5
0,1
0,1-0,25
Elak tagi
0,1 dan kichik
Tahlil uchun olingan namunali o‘rtacha miqdorini aniqlashda
o‘rganilayotgan jins tarkibida bo‘lgan o‘lchami 2 mm dan katta zarralarni ko‘p
ozligiga e’tibor beriladi. Agar jins tarkibi 2 mm dan katta bo‘lgan o‘lchami
zarralardan tashkil topgan bo‘lsa 100 g, 10% gacha 2 mm o‘lchamda katta
bo‘lgan zarralardan tashkil topgan bo‘lsa 500 g, 10 dan 30% gacha 2 mm
o‘lchamda katta bo‘lgan zarrachalardan tashkil topgan bo‘lsa 1000 g, 30 % dan
ortiq 2 mm o‘lchamdan katta bo‘lgan zarrachalardan tashkil topgan qumli
jinslardan kamida 2000 g namuna olinadi.
Sof gil va gilli (less va lessimon) jinslarni tashkil etuvchi fraksiyalarni
(qum, chang, gil) aniqlash usullari ancha murakkab. Buning uchun amaliyotda
asosan Sabanin, areometrik va pipetka usullari qo‘llaniladi.
Sabanin usuli. Bu usul asosan mayin, juda mayda (0,1-0,05 mm) qum
zarralarini va yirik chang (0,05-0,01 mm) zarralarini aniqlashda qo‘llaniladi
(6.2-rasm). Agar yirik chang zarralaridan tashkil topgan jinslarda 0,01 mm dan
kichik zarralar miqdori 10% dan ortiq bo‘lsa, yaxshisi pipetka usulini qo‘llagan
ma’qul. Chunki sabanin usuli qo‘llanilishi jarayonida 0,01 mm li zarralarni yirik
zarralar bilan cho‘kmaga tushishi oqibatida o‘rganilayotgan jins tarkibida 0,01
mm dan zarralarni miqdorini oshib ketishiga olib kelishi mumkin.
Mayin va yirik chang zarralarini aniqlash usuli metodik qo‘llanmlarda
(Ye.Ye.Chapovskiy. 1958, P.I.Fadiyev. 1968), darsliklarda (A.F.Frolov.,
I.V.Korotlik, 1999 va b.q.), gostlarda (O‘zRST 817-97) keltirilgan.
Pipetka usuli. Bu usul gil jinslarini tashkil qilib turuvchi 0,1; 0,1-0,05;
0,05-0,01; 0,01-0,005; 0,005-0,001 mm dan yirik va 0,001 mm dan mayda
zarrachalarni miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi. Usul turli diametrdagi jins
zarralarini ma’lum haroratga ega bo‘lgan tinch suvda (jins va suv aralashmasida)
o‘z og‘irliklariga qarab ma’lum vaqt mobaynida cho‘kishga asoslangan (6.3-
jadval). U yoki bu dimetrdagi zarralari cho‘kish tezligi stoks formulasini
qo‘llash yordamida aniqlanadi.
bunda:
-suyuqlikdagi (suvdagi) zarralarning cho‘kish tezligi, sm/g;
-zarralar radiusi, sm:
-zarralar zichligi, g/sm3;
-suyuqlikning zichligi, g/sm3;
-suyuqlikning (suvning) qovushqoqligi, m2/s.
Shuningdek, A.N.Sabanin, Dj.Stoks, Atterberglar tomonidan jins
zarralarning diametri bilan ularni suvda cho‘kish tezliklari orasida bog‘liqlik
borligi empirik shkalasi ham ishlab chiqilgan bo‘lib qulayligi bilan ajrab turadi.
6.3-jadval
Zarralarni suvda cho‘kish tezligi bilan, ularni diametrlari orasidagi
bog‘liqlik shkalasi
Zarralarni
cho‘kish
tezligi sm/s
1
sm
cho‘kish
uchun ketgan
vaqt
Zarralarning diametri, mm
Stoks
bo‘yicha
Sabanin
bo‘yicha
Atterberg
bo‘yicha
0,2
5 s
0,05
0,05
0,06
0,022
45 s
0,0168
-
0,02
0,02
50 s
0,0156
0,01
-
0,0028
6 min
0,0053
-
0,006
0,000046
36 min
0,0023
0,005
-
0,00036
48 min
0,002
-
0,002
0,00011
2 s 24 min
0,0012
0,001
-
Ma’lum diametrdagi zarralarni, ma’lum vaqt mobaynida cho‘kishga
asoslangan holda qaysi chuqurlikdan qanday diametrli zarralarni pipetka
yordamida so‘rib olish esa N.A.Kachinskiy (1958) tomonidan ishlab chiqilgan
(6.4-jadval). Yuqoridagi keltirilgan formula va jadvallar gil jinslarini tashkil
etuvchi zarrachalarni pipetka usulida aniqlashning asosini tashkil etadi.
jadval
Chang va gil zarralarini ma’lum chuqurlikdagi ma’lum vaqt davomida
pipetkaga olish sxemasi (N.A.Kachinskiy bo‘yicha, 1958)
№
Zarrachalar
o‘lchami, mm
Silindrdagi
suspenziyadan namuna
olish chuqurligi, sm
Namuna olik muddati,
sek
1 0,05 dan kichik
25
10
2 0,01 dan kichik
10
15
3 0,005 dan kichik
10
20
4 0,001 dan kichik
7
30
Pipetka usulida gil jinslarini granulometrik tarkibini aniqlash quydagicha
amalga oshiriladi (RST Uz 817-97 bo‘yicha ixchamlashtirilib olindi).
Katakchalarga bo‘lish usuli havo harorati quruqligidagi 200 g o‘rtacha
namuna tahlil uchun olinadi va ko‘zlarining (teshiklarining) 10; 5; 2; 1 mm
bo‘lgan elaklar jamlamasidan
o‘tkaziladi. Elaklarda tugilib qolgan va taglikka o‘tgan fraksiyalar analitik
torozda tortiladi. Ko‘zlarining o‘lchami 1 mm bo‘lgan elakdan o‘tgan
zarrachalar yana katakchalarga bo‘lish yo‘li bilan ajratilib ulardan o‘rtacha
namuna olinadi. Olingan namuna avvaldan og‘irligi tortilib aniqlab qo‘yilgan
chinni kosachaga solinadi va tortiladi.
Tahlil uchun olingan o‘rtacha namunaning massasi gillar uchun 10 g,
sugliniklar (qumoq lessimon jinslar) uchun 15 g, supeslar (qumloq lessimon
jinslar) uchun 20 g ni tashkil qilishi kerak.
Olingan o‘rtacha namuna 250 sm3hajmi kolbaga yuvgichdagi suv oqimi
orqali yuvib tushiriladi va ustiga (kolbaga) 200 sm3 dan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda suv quyiladi (6.3-rasm).
Grunt va suv aralashmasi kolbaga 25 sm3 4% li yoki 6,7% li
pirofosfornordan natriy solinadi. Bu 4% suvsiz pirofosfornordan natritga
(Na4P2O7) 6,7 li suvli pirofosfornordan natritga hisoblagandagi qiymat.
So‘ngra kolba teskari sovitgich yoki 4 dan 5 sm gacha diametrli varankalik
pukak qopqoq bilan berkitiladi va suspenziya 1 soat davomida sekin asta
qaynatiladi. qaynatilgan suspenziya 15-200S haroratga sovitilib ko‘zlarining
o‘lchami 0,1 mm bo‘lgan elak orqali diametrli 14 mm varanka kiydirilgan hajmi
1 l bo‘lgan shisha silindrga ag‘dariladi. Kolbaning ichki yuzasida qolgan jins
zarralari yuvgichdan tushuvchi suv oqimi orqali yaxshilab yuvib tushiriladi.
Elakda tutilib qolgan zarrachalar va agregatlar suv oqimi bilan chinni
kosachaga yuvib tushiriladi, ularni rezina qinli dosta yoki yupqa g‘ilof
kiydirilgan barmoq bilan yaxshilab ezgilanadi. Kosachada hosil bo‘lgan muallaq
suyuqlik ko‘zlarining o‘lchami 0,1 mm bo‘lgan elak orqali silindrga ag‘dariladi.
Kosachadagi cho‘kmani silindrga quyish kosacha tubida qolgan zarrachalar
ustidagi suvni to‘liq tiniqlanishigacha davom ettiriladi.
Elakda tutilib qolgan zarrachalarni chinni kosacha tubida qolgan
zarrachalarga qo‘shib, ularni avvaldan tortilgan chinni tigel yoki shisha
stakanchaga o‘tkaziladi va qum hammomda bo‘llantirilib, o‘zgarmas
massagacha quritish shkafida quritiladi.
O‘zgarmas massagacha quritilgan jins zarrachalari ko‘z o‘lchamlari 0,5;
0,25; 0,1 bo‘lgan elakdan elab o‘tkaziladi.
Tarkibida organik moddalar bo‘lgan gil jinslarini tahlil qilishda, zarralar,
ko‘zlari o‘lchami 10; 5; 2; 1; 0,5; 0,25; 0,1 mm bo‘lgan elaklar jamlamasi orqali
elanadi.
Ko‘zlari 0,1 mm bo‘lgan elakdan o‘tgan zarralar suspenziyani silindrga
o‘tkaziladi.
Elaklarda tutilib qolgan jins fraksiyalari tortiladi.
O‘lchov silndrdagi suspenziya esa 1 l hajmga yetkaziladi.
Namuna olish oldidan tayyorlangan suspenziya 1 min davomida, cho‘kma
silindr tubidan sekin-asta chayqatilib aralashtiriladi. Chayqatilib aralashtirilgan
suspenziya namuna olinguncha bo‘lgan vaqt davomida xoli qolidiriladi.
Suspeniziya namunalari olish vaqti (0,05; 0,01; 0,005; 0,001 mm dan
kichik zarralar bilan) tindirish boshlangan vaqtdan keyin jins zarrachalarning
zichligi va harorati hisobga olingan holda (-ilova) aniqlanadi. Namuna
suspenziyasidan pipetkaga olish chuqurligi va davomiyligi 6.4-jadvalda
berilgan.
Namuna olishda pipetkani yopiq holatda shtativ bo‘ylab ko‘tariladi va
markaz bo‘yicha suspenziyali silindrga tushiriladi. Joiz vaqt o‘tgach, pipetkani
aspirator bilan tutamlashtiruvchi jumrakni burish bilan o‘lchov chizig‘iga
yetguncha, suspenziyani pipetka ichga surilishi amalga oshiriladi. So‘ngra
jumrak berkitiladi, pipetka sug‘arilib silindrdan boshqa tarafga olinadi, tayanch
xalqasigacha pastga tushiriladi hamda suspenziya avvaldan og‘irligi o‘lchangan
shisha stakanchaga yoki chinni tigelga o‘tkaziladi.
Pipetka shtativni yuqori qismiga o‘rnatilgan va pipetka bilan rezina shlang
va bir yoqlama jumrak bilan birlashuvchi kolbadan o‘sha stakancha yoki tigel
miqdordagi distirlangan suv bilan yuviladi. Stakanchalardagi namunalar qum
hammomda (10520S harorat ostida) o‘zgarmas massaga erishguncha
bug‘latiladi va analitik torozida tortiladi.
Jins zarralarining stakandagi massasi g-larda havo harorati quruqligida
namunalarni tahlil etishda yoki gigroskopik namlikka bo‘lgan tuzatishlarni
hisobga olgan holda quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi.
bu yerda:
-jinsning mutloqo o‘rtacha namunasi, massasi, g;
-jinslarning havo harorati quruqligidagi (yoki gigroskopik namlikdagi)
o‘rtacha namunasi massasi, g;
-gigroskopik namlik, %.
Jinsning tashkil etuvchi 0,5; 0,25 va 0,1 mm
L o‘lchamdan katta bo‘lgan fraksiyalari tarkibi % larda ushbu formula
bo‘yicha hisoblanadi.
bu yerda:
-doimiy og‘irlikgacha quritilgan, berilgan jins fraksiyasi massasi, g;
-gigroskopik (yoki tabiiy) namlikga bo‘lgan tuzatish bilan olingan
jinsning o‘rtacha namunasi massasi, g;
k-1,0 mm dan katta o‘lchamli jins fraksiyasi yig‘indi tarkibi, %.
O‘rganilayotgan jinsning 0,005 mm dan kichik, 0,01 mm dan kichik,
0,005 mm dan kichik hamda 0,001 dan kichik fraksiyalar tarkibi (L) quydagi
formula bo‘yicha hisoblab topiladi.
bu yerda:
-pipetka hajmida o‘zgarmas og‘irlikgacha quritilgan tuproq fraksiyasining
massasi, g;
-tahlil uchun olingan tuproqning mutloq quruq o‘rtacha namunasi massasi,
g;
-pipetka hajmi, sm3;
-1 mm dan katta o‘lchamli tuproq fraksiyalari yig‘indisining miqdori, %.
So‘ngra 0,05 mm dan 0,01 mm gacha bo‘lgan fraksiyalar tarkibi 0,05 mm
dan kichik va 0,01 kichik fraksiyalar foiz tarkiblari orasidagi tafovut bo‘yicha
hisoblab topiladi. Aynan shunday yo‘sinda jinsning 0,01 mm dan 0,005 mm
gacha va 0,005 mm dan 0,001 gacha fraksiyali foiz tarkiblarining miqdorlari
ham hisoblab topiladi.
Jinsning 0,001 mm dan kichik fraksiyasining hisoblashda kiritiluvchi
dissperslovchi tarkibiga tuzatishlar kiritiladi, buning uchun jinsning berilgan
fraksiyasi massasidan pipetka hajmida quritilgan mutloq quruq dispesrlovchi
massasi ayrib tashlanadi.
Jinsning 0,1 mm dan 0,05 mm gacha bo‘lgan fraksiyasi quydagi tafovut
orqali topiladi: 10% dan pipetka yordamida aniqlovchi (dispesrlovni kiritilishiga
bo‘lgan tuzatishni hisobga olgan holda) va elash tahlili usuli orqali olingan
ma’lumotlar asosida olingan barcha fraksiyalar yig‘indisi ayirib tashlanadi.
Tahlil natijalari jurnal ko‘rinishda (6.5-jadval) berilishi joiz bo‘lib, unda
o‘rganilgan jins tarkibida mavjud bo‘lgan quyidagi o‘lchamli fraksiyalar % da
ko‘rsatiladi: 10, 10-5, 5-2, 2-1, 1-0,5, 0,5-0,25, 0,25-0,1, 0,1-0,05, 0,05-0,01,
0,01-0,005, 0,005-0,001 mm va 0,001 mm dan kichik.
Tahlil natijalari qo‘llanilgan dispesrlovchi gigroskopik (yoki tabiiy)
namligi foiz tarkibi va zichligini ko‘rsatish orqali kuzatib borilishi zarur.
Amaliyotda sof gil. Ayniqsa less va lessimon jinslarini granulometrik
tarkibini aniqlash bilan bir vaqtda mikroagregat tarkibi ham aniqlanadi.
Mikroagregat tarkibini aniqlashda, granulometrik tarkibini aniqlashga qarama-
qarshi o‘laroq kimyoviy ta’sir qo‘llanilmaydi, jins laboratoriya tahlili uchun
faqat suvda ivitish va fizik-mexanik (ezish, silkitish, va x.k.) ta’sir etish yo‘li
bilan tayyorlanadi.
Ikkinchi usul yordamida olingan natijalar jinslarni tabiiy holatini
ko‘rsatadi. Bu ikki yo‘l bilan aniqlangan jins tarkibini tashkil qilib turuvchi gil
zarralarini miqdori bir-birlaridan farq qiladi. Bu farqni fanda jinslarning
mikroagregat ko‘rsatgichi deb yuritilib, quyidagicha ifodalaniladi: Kmikr-ggran-
gmikr.
g gran-jinslar granulometrik tarkibini aniqlash yo‘li bilan olingan gil
zarralarining miqdori;
g mikr-jinslar mikroagregat tarkibini aniqlash yo‘li bilan olingan gil
jinslarining miqdori.
6.5-jadval
Gil jinslarini granulometrik va va mikroagregat tarkibi bo‘yicha pipetka
usulida olingan natijalarni yozib borish laboratoriya jurnali (O‘zRST 817-97
binoan ba’zi ixchamlashtirishlar bilan)
Tahlil
Jins
Jins
Jins
Jinsning
10 dan
10-5
5-2
2-1
1-0,5
0,5-0,25
0,25-0,1
0,1q0,05
0,05-
0,01-
0,005-
0,001
Eslatma
Tahlil o‘tkazuvchi shaxsning familiyasi, ismi, sharifi
Tahlil natijalarini tekshiruvchi shaxsning familiyasi, ismi, sharifi
«__»_____2007 y.
6.6-jadval
Less jinslarini granulometrik va mikroagregat va mikroagregatlik
ko‘rsatkichi (Kmak)
Shurf
lar
tartib
nomeri
Namu
na
olinga
n
Granulometrik
tarkibi, %
Mikroagregat
tarkibi, %
0,005 mm dan
kichik
fraksiyalar
miqdori
Mikro
agregat
ko‘rsatg
ichi,
chuqu
rlik,
m
Kmak
qum
Cha
ng
Gi
l
qu
m
Cha
ng
Gil
Granul
o
metrik
tarkibi
bo‘yic
ha
Mikro
agrega
t
tarkibi
bo‘yic
ha
Shurf 2
2,0
3,66
80,
41
15
,8
5
5,3
2
90,9
1
2,56
15,85
2,56
13,29
5,0
3,65
79,
85
16
,4
8
4,6
2
90,6
0
2,98
16,48
2,98
13,50
Shurf 5
1,0
6,46
82,
16
11
,6
7
7,4
6
90,1
2
4,50
11,67
4,50
7,17
5,0
3,42
83,
14
13
,4
2
6,8
1
89,7
2
3,62
13,42
3,62
9,80
8,0
6,00
86,
00
8,
00
7,0
0
90,0
2
3,01
8,00
3,01
5,0
15
4,00
83,
72
10
,6
7
7,1
1
92,9
7
0,85
10,67
0,85
4,89
21,5
6,75
75,
24
15
,1
3
8,0
1
91,0
1
1,12
15,13
1,12
14,01
25,0
5,01
80,
10
14
,9
6,0
0
90,1
0
3,90
14,93
3,90
11,03
3
30,0
6,10
79,
90
14
,0
0
7,0
0
89,5
0
3,50
14,00
3,50
10,5
Granulometrik natijalar ikki xil: grafik va jadval ko‘rinishida
ifodalaniladi.
Granulometrik tarkibini grafiklarda ifodalashda obssissa o‘qiga
zarrachalarni diametri (d) qo‘yilib ordinata o‘qiga zarracha fraksiyalarini % larni
o‘sib boruvchi holatda qo‘yiladi.
Amaliyotda bu grafik (6.4-rasm) orqali tog‘ jinslarini tashkil etuvchi
zarralarni
harakatdagi
yoki
6.4-rasm. Tog‘ jins zarralarini effektiv diametrini va o‘lchamlari
koeffitsiyentini ko‘rsatuvchi chizma
effektiv diametri-de va jins zarrachalarini har xil o‘lchamlari
koeffitsiyentini aniqlanadi.
Effektiv yoki asosiy ishlayotgan diametri zarrachalarni o‘lchami har xil
diametrlardan tashkil topgan jinslarni filtratsion hususiyatini ko‘rsatadi. Bunday
diametrli zarrachalar jinslarni 10 % ginasini tashkil qiladi.
Zarrachalarni har xillik koeffsiyenti (Kx) deb jins zarrachalarini 60% ni
tashkil qilgan diametrini effektiv diametrli nisbatiga aytiladi.
Κ х=0,54
0,12 =4,5
Har xillik koeffsiyenti qumlarda 3 dan katta, tuproqlarda 5 dan yuqori
bo‘lsa, zarrachalar har xil deb yuritiladi. Agarda zarrachlarni diametrlari katta
oraliqda o‘zgarsa unda obsissa o‘qi uzunlashib ketadi, natijda grafikni eni
cho‘ziladi. Bu kamchilikdan qutilish uchun, zarracha diametrlarini o‘lchamini
lagorifimik ko‘rinishda ko‘rsatish ham mumkin (6.5-rasm).
6.5-rasm. Jinslarni mexanik tarkibini logarifmik masshtablardagi grafigi.
1-soztuproq; 2-qum
Chizmalardan tashqari tog‘ jinslarini granulometrik tarkibini jadval orqali
ifodalaniladi (6.7-jadval).
6.7-jadval
Tog‘ jinslarini tashkil qiluvchi zarralar miqdorini o‘zgarishini
ko‘rsatuvchi jadval
Fraksiya miqdorini oddiy holdagi
ko‘rinishi
Fraksiyalarni qo‘shilgandagi
miqdori
Zarrachani
diametri mm
Miqdori % larda
Fraksiya ichidagi
zarrachani eng
katta diametri
Ortib
boruvchi
foizlar
0,01
1,2
0,01
1,2
0,01-0,1
7,3
0,1
8,5
0,1-0,5
48,5
0,5
57,0
0,5-1,0
32,4
1,0
89,4
1,0-3,0
8,2
3,0
97,4
3,0-5,0
2,4
5,0
100
Tog‘ jinslari zarrachalarini har xillik koeffsiyentidan tashqari egri chiziqni
holatiga qarab ham granulometrik tarkibini umumiy harakterini aniqlash ham
mumkin.
Agar zarrachalarni o‘lchami (diametri) bir xil bo‘lsa, egri chiziq tik
holatda, zarracha o‘lchamlari (diametri) har xilda bo‘lsa, egri chiziq nisbatan
yotiq bo‘ladi.olib borilgan tadqiqotlar (6.1; 6.9; 6.10-jadval) natijasi bo‘yicha
tog‘ jinslarini tasniflari yaratilgan.
6.9-jadval
Uch xil o‘lchamli tog‘ jinslarini granulometrik tarkibini tasnifi
Gruntlar nomi
Zarrachalar miqdori, % larda
Gillili
(0,005 mm)
Changsimonliligi
(0,05-0,005 mm)
qumli
(2,0-0,05 mm)
Gil
60
-
-
Gilli grunt
60-30
-
-
Changsimon
gilli
gruntlar
60-30
Alohida
olingandagi
oldingi gruhlarni
har biridan ko‘p
-
Og‘ir sog‘ tuproq
30-20
-
Changsimonga
qaraganda ko‘p
O‘rtacha sof tuproq
20-15
-
Changsimonga
qaraganda ko‘p
Changsimon og‘ir
sog‘ tuproq
30-20
qumliklarga
qaraganda ko‘p
-
Changsimon
o‘rtacha sog‘ tuproq
20-15
qumliklarga
qaraganda ko‘p
-
Yengil sog‘ tuproq
15-10
-
Changsimonga
qaraganda ko‘p
Changsimon yengil
sog‘ tuproq
15-10
-
qum tuproq
10-3
-
Changsimonga
qaraganda ko‘p
Changsimon grunt
10-3
qumliklarga
qaraganda ko‘p
-
Chang
3
50
-
qum changli
3
50-20
-
qum
3
20
-
6.10-jadval
Tog‘ jinslarini sementlangan va sementlanmaganligi bo‘yicha
granulometrik tarkibini tasnifi
Jinslar
Asosiy fraksiyalar miqdori
Zarrachani diametri, mm
Sementlanmagan
Sementlangan
0,5
0,2
5
0,1
0,0
1
0,001
Juda katta qum
Konglomerat(zarrachasini
kattaligi 2,5 mm). Yetarli
darajada katta zarrachali
qumtosh
(zarracha
o‘lchami 2,5-1,0 mm).
-
-
-
-
-
Katta zarrachali
qum
Katta zarrachali qumtosh.
50,
0
-
-
-
10,0
O‘rta zarrachali
qum
O‘rta zarrchali qumtosh.
-
50,
0
-
-
10,0
Mayda zarrachali
qum
Kichik
zarrachali
qumtosh.
-
-
50,
0
-
10,0
Yupqa zarrachali
qum
Yupqa zarrchali qumtosh.
-
-
-
50,
0
10,0
Gilli qumlar
Gilli qumtoshlar.
-
-
-
-
50,0
qumli gillar
Slaneslar
-
-
-
-
50,0
Gillar
Slaneslar
-
-
-
-
75,0
Tog‘ jinslarining ximiyaviy tarkibi
Yer osti suvlarining ximiyaviy tarkibi, ba’zi fizik hususiyatlari va ularni
o‘zgarishi, asosan tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Tog‘ jinslarini
kimyoviy tarkibiga qarab yer osti suvlari xatto shifobaxsh bo‘lishi, ba’zan ichib
bo‘lmasligi ham mumkin. Shuning uchun yer osti suvlari mavjud bo‘lgan tog‘
jins qatlamlarini kimyoviy tarkibini bilish amaliy va nazariy jixatdan katta
ahamiyatga ega.
Ma’lumki aksariyat tog‘ jinslari kimyoviy tarkibini u yoki bu darajada
SiO2, TiO2, AlO3, FeO3, FeO, MnO, MgO, CaO, Na2O, K2O, H2O-110, H2O,
P2O5 komponentlari tashkil etadi. Jumladan, magmatik, metamorfik, gilli
cho‘kindi jinslarida SiO2, Al2O3, H2O-110 va cho‘kindi karbonat jinslarida
CaO, MgO, CO2 eng asosiy kimyoviy komponentlar bo‘lib hisoblanadi
(6.10;6.11-jadvallar). Shu bilan birga qoya tog‘ jinslar nurash jarayonida
o‘zlarini avvalgi tabiiy kimyoviy tarkibini butunlay o‘zgartirishlari (oshishi va
kamayishi) yangi mahsulotlarni hosil qilishlari mumkin (6.12-jadval).
Injener-geologik nuqtai nazardan tog‘ jinslarini, ayniqsa gil jinslarini
umumiy kimyoviy tarkibini, ya’ni yuqorida ko‘rsatilgan komponentlarni, hamda
o‘larni tarkibida mavjud bo‘lgan suvda yaxshi eruvchan tuzlarni jumladan,
xloridlarni-NaCl, NaCl2, MgCl2, sulfatlarni-Na2SO4, K2SO4, MgSO4,
korbonatlar-CaCO3, MgCO3, NaCO3, K2CO3 aniqlash, ularni miqdorini bilish
katta amaliy ahamiyatga ega. Chunki gil jinslarini tashkil etuvchi zarralarni
kimyoviy tarkibiga qarab gil minerallarini turlari ajratiladi (6.13-jadval).
Ulardagi tuzlarni miqdoriga qarab sho‘rlanish darajalari, korrozion
hususiyatlari aniqlanadi va baholanadi. Tog‘ jinslaridagi mavjud tuzlarning
(qattiq qoldiq) hamda xlorning miqdoriga qarab, ular sho‘rlanmagan (qattiq
qoldiq 0,3%, xlor 0,01%), kam sho‘rlangan (0,3-1,0 va 0,01-0,04%), o‘rtacha
sho‘rlangan (1,0-2,0 va 0,01-0,1%), kuchli sho‘rlangan(2,0-3,0 va 0,1-0,3%) va
shurxok (3,0 va 0,3%) jinslarga hamda sulfat va xlor ionlarining miqdoriga
qarab kam karroziya hususiyatli (sulfat va xlor ionlarining miqdori 0,00 dan
0,05%), o‘rta (0,05 dan 0,20%), yuqori (0,2 dan 0,5%), baland (0,5-1,20 %),
juda baland (1,2%) karroziya hususiyatiga ega bo‘lgan jinslarga ajratiladi. Bu
holatlar xalq xo‘jaligi imorat va inshoatlari uchun joy tanlashda, ularni
rejalashda va qurishda katta amaliy ahamiyatga ega. Har bir kimyoviy
komponent va suvda eruvchan tuzlarni laboratoriya sharoitida aniqlash uchun
maxsus uslublar, metodik qo‘llanmalar mavjud (Isxovskaya, 1968 va b.q.).
Gil va gilli jinslarining umumiy kimyoviy tarkibini aniqlash uchun
laboratoriyaga olib kelingan namunadan 125-150 g, suvda eruvchan tuzlarni
aniqlash uchun 100 g olinib havo harorati darajasida quritiladi. quritilgan
namuna chinni kosachada, rezina qinli tayoqcha bilan eziladi, tarkibidagi
mavjud o‘simlik tanalari lupa orqali tozalanadi va ko‘zlari 1 mm o‘lchamli
elakdan elanib o‘tkaziladi.
Ba’zibir magmatik, metamordik va chkindi tog‘ jinslarining o‘rtacha ximiyaviy tarkibi (Shaxsiy va adabiy ma’lumotlar asosida
tuzildi)
№
Eng asosiy
ximiyaviy
komponentl
ar
Magmatik
Metomorfik
Cho‘kindi
Grani
t
Diorit
Porfor
Tuf
Gips
Slanes
Ohaktos
h
qumtos
h
Palegon
qumi
(kermana)
Gil
(Karax
toy)
Less
3 SiO2
72,84
51,87
67,49
63,1
2
68,55
44,15
7,03
78,33
88,00
56,32
52,80
5 A12O3
13,88
16,47
15,46
15,8
4
16,48
39,84
1,67
4,77
9,45
19,80
12,09
4 TiO2
0,27
1,18
0,28
0,57
0,67
-
0,00
-
0,08
0,80
0,56
6 Fe2o3
0,94
3,16
2,05
1,85
0,82
14,87
0,36
1,07
0,11
-
2,90
7 FeO
1,61
5,87
1,71
3,18
3,46
-
0,68
0,30
-
5,60
1,33
8 MnO
0,07
0,19
0,08
0,78
-
-
0,04
-
-
-
0,09
9 MgO
0,77
4,73
0,13
1,07
1,13
0,27
5,60
1,30
0,19
3,18
3,01
1
0
CaO
1,74
8,04
2,81
2,63
1,82
0,48
45,18
5,50
0,45
-
11,17
1
2
K2O
4,36
3,55
4,53
4,42
1,47
1,36
-
1,31
6,26
5,10
1,62
1
1
Na2O
3,84
3,05
2,78
2,63
3,43
0,51
-
0,45
0,90
-
1,18
1
3
P2O5
0,11
0,73
0,08
-
-
-
-
0,08
0,03
0,064
0,02
1
4
CO2
0,26
0,59
0,63
-
-
-
36,86
5,03
-
0,31
8,20
1
5
SO3
0,05
0,07
0,27
-
-
-
-
0,07
-
0,27
1,20
1
6
H2O-100
0,18
0,25
0,65
0,15
3,05
-
8,71
1,63
-
-
0,9
1
7
H2Oq
0,22
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Har xil inetik turga kiruvchi less va lessimon jinslarning umumiy ximiyaviy tarkibi (Sharqiy O‘zbekiston misolida)
Ginetik guruhlar
Tar
tib
belg
isi
SlO2
Al2O3
Fe2
O3
FeO
TiO
2
MnO
Mg
O
K2
O
Na2
O
CaO
SO
1
CO2
H2O
p.p.p.
CO2
va
H2O
siz
67Eslatma: Suratida-100 g, absalyut quruq jinsga nisbatan mg-ekv, mahrajida absalyut quruq jinsga nisbatan %
O‘lchami 1 mm dan kichik zarralar yig‘ib olinib, maxsus kimyoviy ishlovlar
berilib (natriy, ammniy, ionlari ta’sirida) suspenziya tayyorlanadi. Tayyorlangan
suspenziyadan granulometrik yoki mikroagregat uslubi yordamida o‘lchami 1-0,05
(qum), 0,05-0,002 (chang), 0,002 mm dan kichik (gil) zarralari ajratib olinadi va
talab doirasida qum, chang, gil zarralari kimyoviy tarkibi aniqlanadi.
Gilli jinslar tarkibidagi tuzlarni umumiy miqdorini (quriq qoldiqni), ulardagi
mavjud kationlarni (Caqq, Mgqq, Kq, NH4q, Naq, Alqqq, Feqq va Hq) va
anionlarni (CO13, HCO13, SO411, el1, NO12, NO13 b.q.) tarkibini aniqlash
uchun, laboratoriyaga olib kelingan. Havo harorati darajasida quritilgan.
Namunadan 50-100 g olinadi va suvli so‘rim tayyorlanadi. Suvli so‘rim-bu ma’lum
miqdordagi gilli jinsni, ma’lum miqdordagi distirlangan suvda eritilib, filtrlab
olingan eritma. Amaliyotda eritma uchun bir qism jinsga besh qism distirlangan
suv solinadi. Gilli jinslar tarkibidagi mineral tuzlar miqdorini bilish uchun ma’lum
miqdordagi farfor kosachaga olingan eritma suv banyasida quriguncha parlatiladi
va 0,2-0,4 g Na2SO4 qo‘shiladi. Olingan quriq qoldiq ikkinchi marotaba suv
banyasida quritiladi. So‘ngra termostatda (quritgich shkafida) 2-3 soat mobaynida
150-1800 haroratda quritiladi. Termostatdan olinib, eksikatorda sovitiladi.
Sovitilgan quriq qoldiqli kosacha yana termostatga qo‘yilib 1 soat mobaynida
quritiladi. Keyin termostatdan olinib katta eksikatorda sovitiladi. Sovigan quriq
qoldiqli kosacha torozida tortiladi va kosachani hamda qo‘shilgan NaSO4 ni ayirib
tashlash yo‘li bilan o‘rganilayotgan gilli jins tarkibida mavjud bo‘lgan mineral
tuzlarni miqdori aniqlanadi. Mavjud anion va kationlarni miqdori ham shu
tayyorlangan eritmadan maxsus kolbalarga 50-100 ml dan olinib, ma’lum
kimyoviy eritmalar qo‘shish va titrlash usuli bilan aniqlanadi. Olingan hamma
natijalar jadval holatida ko‘rsatiladi (6.14-jadval). Jadvalda keltirilgan natijalarni
tahlil qilib ko‘rilsa o‘rganilayotgan jinsni sho‘rlanish darajasi bo‘yicha
sho‘rlanmagan, kam sho‘rlangan jinslar toifasiga, karroziyalash hususiyati
bo‘yicha esa kam, o‘rta va yuqori karroziyalash hususiyatli jinslar toifasiga kiradi.
6.3.Tog‘ jinslarining fizik va suvli hususiyatlari
Tog‘ jinslarini fizik va suvli hususiyatlariga asosan ularni zichligi,
g‘ovakligi, namligi, suv berish, suv o‘tkazuvchanligi, kapillyarligi, suvni o‘ziga
32
shimish qobiliyati, suv ta’sirida ivish va ko‘chish hususiyatlari kiradi.
6.3.1.Tog‘ jinslarining zichligi
Tog‘ jinslarining zichligi deganda, tabiiy holatdagi 1 sm3 hajmdagi jins
massasi tushuniladi. Amaliyotda jinslarning zichligini baholash maqsadida uch
ko‘rsatgich: jinslarning tabiiy zichligi (γ ) , sklet zichligi (γск ) , jinslarning mineral
qismi zichligi (γм) aniqlanadi va foydalaniladi.
Jinslarning tabiiy holatidagi zichligini aniqlash uchun tog‘ jinslaridan
o‘lchami 4x4, 5x5 sm kattalikdagi1 kub ko‘rinishidagi gilli jinslardan esa ma’lum
holatdagi metall silindrda namuna qirqib olinadi. Olingan namuna tarozida tortilib,
egallagan xajmiga (slindrning xajmiga) bo‘lish yo‘li bilan tabiiy zichlik quydagi
formula yordamida aniqlanadi.
γ=
q2−q1
ν
ч/см3
bu yerda:
γ -tog‘ jinslarining tabiiy zichligi, g/sm3;
q1-namuna qirqib olingan silindr og‘irligi, g;
q2-silindr bilan namunani birgalikda og‘irligi, g;
v-silindrni xajmi, sm3
Tog‘ jinslari skelet xajmini (quriq jins xajmini) zichligi deganda 1 sm3
xajmdagi jins quriq qismining zichligi tushuniladi. Miqdoriy jixatdan quriq jins
massasi (g) ning uni egallagan xajmiga (V1qV2) bo‘lgan nisbatiga teng bo‘ladi,
quydagi formula orqali aniqlanadi.
γ ск=
g
v1+v2
г/см 3
Shuningdek, amaliyotda quriq jins zichligi, jins tabiiy namligini (W) hamda
mineral qismining (γm) qo‘llash yordamida ham aniqlanadi.
γск=
γм
1+0,001⋅W г/см3
1Agar to\ jinslaridan =ir=ish usuli bilan namuna olishni iloji bilmasa, shoshlagan shaklda namuna olinib, pagafinlash va gidrostotik
tortish usuli bilan ularning tabiiy zichligi ani=lanadi (Ye.T.Chapovskiy, 1958).
33
Tog‘ jinslarining mineral zarrachalar egallagan zichligi (γm) deganda 1 sm3
xajmdagi quriq mineral massaning og‘irligi tushuniladi. Miqdoriy jixatdan mineral
massa og‘irligi (g1), uni mineral zarralar egallagan xajmiga (V1) bo‘lgan nisbatiga
teng bo‘lib, quydagi formula bilan aniqlanadi.
γ= g1
v1
г/см
3
Jins mineral massasining zichligi, jinsni tashkil qilib turgan minerallarning
turiga va miqdoriga bog‘liq bo‘lib, og‘ir minerallar miqdori ortishi bilan ortib,
yengil minerallar miqdorining ortishi bilan kamayib boradi. Jinslarning mineral
qismining zichligi ularning g‘ovaklarini aniqlashda ishlatiladi.
Intruziv tog‘ jinslarining (granit, siyenit, granodiorit va b.q.) tabiiy zichligi
asosan 2,50 dan 2,85 g/sm3 gacha, effuziv jinslarning (kvarsli porfir, diabozlar,
bazaltlar, andezitlar va b.q.), mentamorfizm jarayoniga kam uchragan tog‘
jinslarida (seritsitli kvars, xloritli kvars va b.q.) 2,55 dan 2,72 g/sm gacha
metamorfizm jarayoniga uchragan jinslarda (amfibolit, pironsenit, mramor, kvarsit
va b.q.) 2,63 dan 300 g/sm3 gacha, karbonat jinslarida (ohaktoshlar, dolomit va
b.q.) 2,50 dan 2,70 g/sm3 cho‘kindi gil, gilli, qumli jinslarda (sof gil, argillit,
alevrolit, qumtosh va b.q.) 1,90-2,40 dan 2,40-2,70 g/sm3 gacha, less va lessimon
jinslarda 2,40-2,70 g/sm3 oralig‘ida o‘zgaradi. Tog‘ jinslari zichligining o‘zgarishi
ularning paydo bo‘lish sharoitiga, yotish xolatiga, nurash jarayoniga uchraganlik
darajalariga bog‘liq (6.15; 6.16-jadvallar).
6.15-jadval.
Sharqiy O‘zbekistonning har xil yoshga mansub tog‘ jinslari zichligi va
g‘ovakligi
Tog‘ jinslari
Yoshi
Zichligi, g-sm3
/ovakligi, %
dan
gacha
dan
gacha
Granitlar
Devon
2,67
2,68
1,50
1,70
Granitlar
Karbon
2,42
2,85
0,36
7,27
Granit
Trais
2,50
2,63
1,92
2,25
Granodiorit porfirit
Devon
2,45
2,73
1,2
9,6
Granodiorit porfirit
Perm
2,27
2,76
0,36
16,11
Siyenit-dioritlar
Perm
2,30
2,75
0,74
15,14
34
Diorit-porfirlar
Devon
2,55
2,67
4,1
7,3
Kvarsli-porfirlar
Karbon
2,41
2,66
1,1
9,45
Liparitli-porfir
Karbon
2,40
2,68
2,27
10,40
Porfiritlar
Karbon
2,52
2,69
2,7
6,5
Tuflar
Karbon
2,15
2,74
0,7
18,6
Tuflar
Karbon
2,42
2,65
9,09
9,36
Lavalar
Karbon
2,44
2,71
0,36
10,72
Tufokonglometrlar
Karbon
2,16
2,53
0,22
18,26
Tufopeschaniklar
Karbon
2,32
2,50
7,7
12,3
Tufopeschaniklar
Permtrais
2,30
2,69
0,5
12,5
Ohaqtoshlar
Devon
2,34
2,87
0,37
6,33
Ohaqtoshlar
Karbon
2,27
2,81
0,35
4,6
Gil jinslar
Poleogen
2,10
2,40
10-15
30-35
Shag‘altoshlar
To‘rtlamc
hi
1,60
2,11
14,5
40
qumlar
To‘rtlamc
hi
1,31
1,68
30,1
43,5
Less va lessimon jinslar
To‘rtlamc
hi
1,20
1,80
45
58
Nurash jarayoniga uchragan trais davri qoya tog‘ jinslarining ba’zi bir
injener-geologik hususiyatlari
Tog‘
jinslari
O‘rganilgan
namunalar
miqdori
Mineral
zarralar
zichligi,
g/sm3
Zichligi,
g/sm3
/ovakligi,
%
O‘ziga
suvni
yutishi,
%
Siqilishga
bo‘lgan
qarshiligi,
MRa
Kvarsli
porfirlar
22
2,67
1,97-
2,54
3,01-2,67
0,15-
1,89
34,0-61,6
Tuflar
19
-
1,83-
2,31
-
-
20,6-65,7
Kvarsli
37
2,59-2,70
2,14-
9,2-14,9
0,19-
11,6-
35