TOG' TUPROQLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

34,0 KB


TOG' TUPROQLARI
REJA
1. Tog’li tuproqlar tarqalishi va maydoni.
2. Tuproq paydo bo’lish tabiiy sharoitlari
3. Tog’ tuproqlarining klassifikasiyasi, diagnostikasi va asosiy xossalari
4. Tog’-o’tloqi va tog’-o’tloqi-dasht tuproqlari
Kalit so’zlar: Tuproq, tog’ tuproqlari, zonallik, inversiya, migratsiya, ona
jins, dlyuvial, Qutbiy, Boreal, Subboreal va Subtropik. 
Tog’li tuproqlar tarqalishi va maydoni. Tog‘li xududlar Yer sharida keng
tarqalgan  bo‘lib,  maydoni  30,65  mln.  kv.  km.  yoki  uning  21  foizini  tashkil
etadi(V.G.Rozanov, 1977) . MDH hududida tog‘li tuproqlar 652,7 mln. ga. (29,6
foiz). Tog‘ tuproqlar maydonining ko‘p bo‘lishi, tog‘ tizmalarining mavjudligi
bilan bog‘liq. Bular jumlasiga Karpat, Qrim, Kavkaz tog‘lari, shuningdek, Sharqiy
va Janubiy Sibir, Uzoq Sharq va O‘rta Osiyo tog‘ sistemalari kiradi. 
Tog‘  tuproqlarining  shakllanishi  va  tarqalishi  vertikal  zonallik  qonuniga
bo‘ysunadi.  Vertikal  zonallik  deganda  -  joyning  balandligi  bo‘ylab  iqlim  va
o‘simliklarning  o‘zgarishiga  bog‘liq  holda  turli  tuproqlarning  bir-biri  bilan
almashinib borishi tushuniladi. 
Tog‘li o‘lkalardagi tuproq zonalari tekisliklardagi kabi mintaqalar bo‘ylab
joylashadi, ammo joyning balandligiga qarab tuproqlarning birin-ketin o‘zgarish
Logotip
TOG' TUPROQLARI REJA 1. Tog’li tuproqlar tarqalishi va maydoni. 2. Tuproq paydo bo’lish tabiiy sharoitlari 3. Tog’ tuproqlarining klassifikasiyasi, diagnostikasi va asosiy xossalari 4. Tog’-o’tloqi va tog’-o’tloqi-dasht tuproqlari Kalit so’zlar: Tuproq, tog’ tuproqlari, zonallik, inversiya, migratsiya, ona jins, dlyuvial, Qutbiy, Boreal, Subboreal va Subtropik. Tog’li tuproqlar tarqalishi va maydoni. Tog‘li xududlar Yer sharida keng tarqalgan bo‘lib, maydoni 30,65 mln. kv. km. yoki uning 21 foizini tashkil etadi(V.G.Rozanov, 1977) . MDH hududida tog‘li tuproqlar 652,7 mln. ga. (29,6 foiz). Tog‘ tuproqlar maydonining ko‘p bo‘lishi, tog‘ tizmalarining mavjudligi bilan bog‘liq. Bular jumlasiga Karpat, Qrim, Kavkaz tog‘lari, shuningdek, Sharqiy va Janubiy Sibir, Uzoq Sharq va O‘rta Osiyo tog‘ sistemalari kiradi. Tog‘ tuproqlarining shakllanishi va tarqalishi vertikal zonallik qonuniga bo‘ysunadi. Vertikal zonallik deganda - joyning balandligi bo‘ylab iqlim va o‘simliklarning o‘zgarishiga bog‘liq holda turli tuproqlarning bir-biri bilan almashinib borishi tushuniladi. Tog‘li o‘lkalardagi tuproq zonalari tekisliklardagi kabi mintaqalar bo‘ylab joylashadi, ammo joyning balandligiga qarab tuproqlarning birin-ketin o‘zgarish
tartibi ancha boshqacharoqdir. Shuning uchun ham tuproqlarning vertikal zonalligi
gorizontal  zonallikning  oddiy  tarzda  tarqalishi  bo‘lmasdan,  balki  o‘ziga  xos
tuproqlarini tashkil etadi. 
Tog‘li nohiyalarda tuproqlar nihoyatda murakkab tarqalgan va ba‘zan vertikal
zonalar tekisliklardagidek bo‘lsa-da, ular ba‘zan teskari yo‘nalishda "noto‘g‘ri"
joylashadi. Bu hodisaga tuproq zonasining  inversiyasi  deyiladi. Ko‘pincha bir
tuproq  zonasi  boshqasiga  qiyalik  ekspozisiyalariga  qarab  yoki  tog‘  vodiylari
bo‘ylab kirib boradi. Bir tuproq zonasining boshqasiga ana shunday aralashib
ketishi  tuproq  zonasining  migrasiyasi  nomini  olgan.  Nihoyat  qator  tog‘li
viloyatlardagi normal zona qatorlaridan ayrim tuproq zonalarining mutlaqo tushib
qolishi hodisasiga zona interferensiyasi deb ataladi. 
Tuproq paydo bo’lish tabiiy sharoitlari Tog‘li viloyatlrning tuproq paydo
bo‘lish tabiiy sharoitlari nihoyatda xilma-xilligi bilan farq qiladi. 
I q l i m i tekislik hududlaridagidan o‘zini yil davomida haroratning pastligi,
yog‘inlar miqdorining ko‘pligi, havo nisbiy namligining va quyosh radiasiyasining
yuqori bo‘lishi bilan farq qiladi. Aniqlanganki, har 100 m balandlikka ko‘tarilgan
sayin havoning o‘rtacha harorati 0,50S ga pasayib, yog‘inlar miqdori (ma‘lum
balandlikkacha) ko‘payadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 800-1200 dan 1500 mm
va undan ko‘p bo‘ladi. Tog‘li nohiyalarning qishi uzoq bo‘lib, qor ko‘p yog‘adi,
yozi qisqa. 
R ye l ye f i. Tog‘ o‘lkalarida relyef juda murakkab. Shu sababli tuproq
qoplami ham nihoyatda turli-tuman. Bu yerdagi relyef nurash mahsulotlarining
taqsimlanishi (tarqalishi) va tuproq hosil bo‘lish jarayonlariga juda katta ta‘sir
etadi. Joyning ekspozisiyasi, (kunga yoki soya tomondaligi) tuproqning suv va
issiqlik rejimlariga ta‘sir etadi. Nam va issiqlik rejimlaridagi farqlar o‘simlik va
tuproq qoplamiga ham ta‘sir qiladi. 
T u p r o q p a y d o q i l u v ch i o n a j i n s l a r. Turli tarkibli va yoshdagi
tog‘ jinslarining nurash mahsulotlari tuproqning ona jinslari hisoblanadi. Ayniqsa
bo‘r va uchlamchi davr (ohaktoshlar, qumtoshlar, slaneslar kabi) cho‘qindi jinslar
va shuningdek, magmatik jinslarning nurash maxsulotlari keng tarqalgan. Tog‘
Logotip
tartibi ancha boshqacharoqdir. Shuning uchun ham tuproqlarning vertikal zonalligi gorizontal zonallikning oddiy tarzda tarqalishi bo‘lmasdan, balki o‘ziga xos tuproqlarini tashkil etadi. Tog‘li nohiyalarda tuproqlar nihoyatda murakkab tarqalgan va ba‘zan vertikal zonalar tekisliklardagidek bo‘lsa-da, ular ba‘zan teskari yo‘nalishda "noto‘g‘ri" joylashadi. Bu hodisaga tuproq zonasining inversiyasi deyiladi. Ko‘pincha bir tuproq zonasi boshqasiga qiyalik ekspozisiyalariga qarab yoki tog‘ vodiylari bo‘ylab kirib boradi. Bir tuproq zonasining boshqasiga ana shunday aralashib ketishi tuproq zonasining migrasiyasi nomini olgan. Nihoyat qator tog‘li viloyatlardagi normal zona qatorlaridan ayrim tuproq zonalarining mutlaqo tushib qolishi hodisasiga zona interferensiyasi deb ataladi. Tuproq paydo bo’lish tabiiy sharoitlari Tog‘li viloyatlrning tuproq paydo bo‘lish tabiiy sharoitlari nihoyatda xilma-xilligi bilan farq qiladi. I q l i m i tekislik hududlaridagidan o‘zini yil davomida haroratning pastligi, yog‘inlar miqdorining ko‘pligi, havo nisbiy namligining va quyosh radiasiyasining yuqori bo‘lishi bilan farq qiladi. Aniqlanganki, har 100 m balandlikka ko‘tarilgan sayin havoning o‘rtacha harorati 0,50S ga pasayib, yog‘inlar miqdori (ma‘lum balandlikkacha) ko‘payadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 800-1200 dan 1500 mm va undan ko‘p bo‘ladi. Tog‘li nohiyalarning qishi uzoq bo‘lib, qor ko‘p yog‘adi, yozi qisqa. R ye l ye f i. Tog‘ o‘lkalarida relyef juda murakkab. Shu sababli tuproq qoplami ham nihoyatda turli-tuman. Bu yerdagi relyef nurash mahsulotlarining taqsimlanishi (tarqalishi) va tuproq hosil bo‘lish jarayonlariga juda katta ta‘sir etadi. Joyning ekspozisiyasi, (kunga yoki soya tomondaligi) tuproqning suv va issiqlik rejimlariga ta‘sir etadi. Nam va issiqlik rejimlaridagi farqlar o‘simlik va tuproq qoplamiga ham ta‘sir qiladi. T u p r o q p a y d o q i l u v ch i o n a j i n s l a r. Turli tarkibli va yoshdagi tog‘ jinslarining nurash mahsulotlari tuproqning ona jinslari hisoblanadi. Ayniqsa bo‘r va uchlamchi davr (ohaktoshlar, qumtoshlar, slaneslar kabi) cho‘qindi jinslar va shuningdek, magmatik jinslarning nurash maxsulotlari keng tarqalgan. Tog‘
oralig‘i vodiylarida va cho‘kmalaridagi tub jinslar yuzasi to‘rtlamchi davrning turli
qalinlik va tarkibdagi skeletli yotqiziqlari bilan qoplangan. Tyanshan va Pomir tog‘
tizmalari va boshqa joylardagi ona jinslar tarkibida suvda oson eruvchi tuzlar
bo‘lganidan, odatda tuproqlar sho‘rlangan. 
O‘ s i m l i k l a r q o p l a m i. Atmosfera yog‘inlari miqdori va harorati
rejimiga qarab o‘simliklar qoplami ham o‘zgaradi va o‘ziga xos mintaqa hosil
qiladi. Turli balandlik va ekspozisiyalarda biogidrotermik sharoitlarning o‘zgarishi
turlicha tuproqlarning shakllanishiga olib keladi. 
Murakkab tuzilishli, xilma-xil tog‘ tuproqlari orasida uning quyidagi asosiy
tiplari (MDH tuproqlarining umumiy maydoniga nisbatan foiz hisobida) ajratiladi:
tog‘ tundra tuprog‘i 7,6, tog‘ o‘tloqi tuproqlari 0,7, tog‘ o‘tloqi-dasht tuproqlari
0,5, tog‘ podzolllashgan va muzloq-tayga tuproqlari 15,3, karbonatli tog‘-muzloq-
tayga  tuproqlari  1,4,  tog‘-chimli-subtropik  tuproqlari  0,4,  tog‘-sur-o‘rmon
tuproqlari 0,7, tog‘-chim karbonatli tuproqlar 0,1, tog‘-o‘rmon-qo‘ng‘ir tuproqlari
0,9, tog‘-sariq tuproqlar 0,1, tog‘ jigarrang tuproqlar 0,3, tog‘ qora tuproqlari 0,5,
tog‘ kashtan tuproqlari 0,6, tog‘ bo‘z tuproqlar 0,2, baland tog‘ cho‘l tuproqlari
0,2, tub tog‘ jinslari chiqib turadigan maydonlar 0,1. 
Tog‘ tuproqlari asosan tog‘larning yonbag‘irlarida tarqalganligidan, tuproq
paydo bo‘lish jarayonlari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Yonbag‘irlardan
yog‘inlarning tez oqib ketishi sababli tuproqlar yuqori kserofit (quruq) xususiyatga
ega. 
Tog’ tuproqlarining klassifikasiyasi, diagnostikasi va asosiy xossalari.
Tog‘ tuproqlarini klassifikasiyalash borasida ikki xil nuqtai nazar mavjud bo‘lib,
uning  birinchisiga  ko‘ra  tog‘  tuproqlari  tekisliklardagi  o‘ziga  o‘xshash
tuproqlardan farq qiladigan mustaqil tip sifatida qaraladi. Ikkinchi nuqtai nazarga
asosan MDH ning tekisliklarida uchramaydigan va tog‘lardagi o‘ziga xos orginal
tog‘  tuproqlarinigina  mustaqil  tipga  ajratiladi.  Bularga  tog‘-o‘tloqi,  qora
tuproqlarga o‘xshash tog‘-o‘tloqi va tog‘-o‘tloqi-dasht tuproqlari kiradi. 
Logotip
oralig‘i vodiylarida va cho‘kmalaridagi tub jinslar yuzasi to‘rtlamchi davrning turli qalinlik va tarkibdagi skeletli yotqiziqlari bilan qoplangan. Tyanshan va Pomir tog‘ tizmalari va boshqa joylardagi ona jinslar tarkibida suvda oson eruvchi tuzlar bo‘lganidan, odatda tuproqlar sho‘rlangan. O‘ s i m l i k l a r q o p l a m i. Atmosfera yog‘inlari miqdori va harorati rejimiga qarab o‘simliklar qoplami ham o‘zgaradi va o‘ziga xos mintaqa hosil qiladi. Turli balandlik va ekspozisiyalarda biogidrotermik sharoitlarning o‘zgarishi turlicha tuproqlarning shakllanishiga olib keladi. Murakkab tuzilishli, xilma-xil tog‘ tuproqlari orasida uning quyidagi asosiy tiplari (MDH tuproqlarining umumiy maydoniga nisbatan foiz hisobida) ajratiladi: tog‘ tundra tuprog‘i 7,6, tog‘ o‘tloqi tuproqlari 0,7, tog‘ o‘tloqi-dasht tuproqlari 0,5, tog‘ podzolllashgan va muzloq-tayga tuproqlari 15,3, karbonatli tog‘-muzloq- tayga tuproqlari 1,4, tog‘-chimli-subtropik tuproqlari 0,4, tog‘-sur-o‘rmon tuproqlari 0,7, tog‘-chim karbonatli tuproqlar 0,1, tog‘-o‘rmon-qo‘ng‘ir tuproqlari 0,9, tog‘-sariq tuproqlar 0,1, tog‘ jigarrang tuproqlar 0,3, tog‘ qora tuproqlari 0,5, tog‘ kashtan tuproqlari 0,6, tog‘ bo‘z tuproqlar 0,2, baland tog‘ cho‘l tuproqlari 0,2, tub tog‘ jinslari chiqib turadigan maydonlar 0,1. Tog‘ tuproqlari asosan tog‘larning yonbag‘irlarida tarqalganligidan, tuproq paydo bo‘lish jarayonlari ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Yonbag‘irlardan yog‘inlarning tez oqib ketishi sababli tuproqlar yuqori kserofit (quruq) xususiyatga ega. Tog’ tuproqlarining klassifikasiyasi, diagnostikasi va asosiy xossalari. Tog‘ tuproqlarini klassifikasiyalash borasida ikki xil nuqtai nazar mavjud bo‘lib, uning birinchisiga ko‘ra tog‘ tuproqlari tekisliklardagi o‘ziga o‘xshash tuproqlardan farq qiladigan mustaqil tip sifatida qaraladi. Ikkinchi nuqtai nazarga asosan MDH ning tekisliklarida uchramaydigan va tog‘lardagi o‘ziga xos orginal tog‘ tuproqlarinigina mustaqil tipga ajratiladi. Bularga tog‘-o‘tloqi, qora tuproqlarga o‘xshash tog‘-o‘tloqi va tog‘-o‘tloqi-dasht tuproqlari kiradi.
Boshqa  tiplardagi  tog‘  tuproqlari  umumiy  tarzda  o‘zining  tekisliklardagi
o‘xshashliklariga  ega  bo‘lganligidan,  ular  muayyan  tuproq  tiplari
o‘rganilayotganda qarab chiqiladi. 
Relyef sharoitlariga qarab qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatlariga
ko‘ra tog‘ tuproqlari 3 guruppaga bo‘linadi: 1. Qiyaligi 100 dan ortiq bo‘lgan
sharoitda shakllanadigan tog‘-qiyalik tuproqlari, bunda tuproq nomiga "Tog‘" so‘zi
qo‘shiladi (masalan, tog‘-podzol tuproqlar va boshqalar). Ulardan dehqonchilikda
foydalanish chegaralangan. 
2. Tog‘li tekislik tuproqlari tog‘larning nisbatan tekislangan va qiyaligi 100
dan  kam  bo‘lgan  uchastkalarida  tarqalgan  va  ko‘pincha  dehqonchilikda
foydalaniladi (masalan, tog‘li tekisliklarning ishqorsizlangan qora tuproqlari). 
3. Tog‘ oralig‘i tekislklari va tog‘ vodiylarining tuproqlari, qiyaligi 4-50 dan
oshmaydigan tekislik va yonbag‘irlarda (daryo terrasalari, delyuvial shleyflar va
boshqa joylarda) rivojlangan va bularga tog‘oraligi tekisliklarining ishqorsizlangan
qora tuproqlari kiradi. Bu tuproqlar dehqonchilikda keng foydalaniladi. 
Tog’-o’tloqi  va  tog’-o’tloqi-dasht  tuproqlari.  Bu  tuproqlar  baland
tog‘lardagi tuproqlarning o‘ziga xos original tiplari hisoblanadi hamda atmosfera
yog‘inlari ko‘p yog‘adigan sharoitda alp va subalp tipiga kiradigan turli o‘tloq
o‘simliklar ta‘sirida, har xil ona jinslarda hosil bo‘ladi. 
Tog‘-o‘tloqi tuproqlardagi chimlanish jarayoni va gumus to‘planish darajasi
o‘simliklar qoplami va ona jinslar xarakteri bilan belgilanadi (50-rasm). Karbonatli
jinslarda  qalin  va  ko‘p  gumusli  tuproqlar  rivojlanadi.  Karbonatsiz  jinslarda
shakllangan tog‘-o‘tloqi tuproqlarda gumus kamroq. Tuproq profilining yuzaga
kelishida joyning relyefi katta rol o‘ynaydi. Alp zonasi tog‘-o‘tloqi tuproqlari
odatda  past  tog‘lardagi  o‘tloqlarning  yuqori  mintaqasini  egallaydi.  Subalp
zonasining tog‘-o‘tloqi tuproqlari esa baland bo‘lib o‘sadigan turli o‘simliklardan
iborat tog‘ o‘tloqlarining pastki mintaqasida rivojlanadi. 
Tog‘-o‘tloqi  tuproqlari  torfli  chim  gorizontining  yaxshi  ifodalanganligi,
qo‘ng‘ir (och qo‘ng‘irdan to‘q qo‘ng‘irgacha) tusi, ammo uncha qalin bo‘lmagan
(20-40 sm) gumusli gorizontining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Gumusli A1
Logotip
Boshqa tiplardagi tog‘ tuproqlari umumiy tarzda o‘zining tekisliklardagi o‘xshashliklariga ega bo‘lganligidan, ular muayyan tuproq tiplari o‘rganilayotganda qarab chiqiladi. Relyef sharoitlariga qarab qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatlariga ko‘ra tog‘ tuproqlari 3 guruppaga bo‘linadi: 1. Qiyaligi 100 dan ortiq bo‘lgan sharoitda shakllanadigan tog‘-qiyalik tuproqlari, bunda tuproq nomiga "Tog‘" so‘zi qo‘shiladi (masalan, tog‘-podzol tuproqlar va boshqalar). Ulardan dehqonchilikda foydalanish chegaralangan. 2. Tog‘li tekislik tuproqlari tog‘larning nisbatan tekislangan va qiyaligi 100 dan kam bo‘lgan uchastkalarida tarqalgan va ko‘pincha dehqonchilikda foydalaniladi (masalan, tog‘li tekisliklarning ishqorsizlangan qora tuproqlari). 3. Tog‘ oralig‘i tekislklari va tog‘ vodiylarining tuproqlari, qiyaligi 4-50 dan oshmaydigan tekislik va yonbag‘irlarda (daryo terrasalari, delyuvial shleyflar va boshqa joylarda) rivojlangan va bularga tog‘oraligi tekisliklarining ishqorsizlangan qora tuproqlari kiradi. Bu tuproqlar dehqonchilikda keng foydalaniladi. Tog’-o’tloqi va tog’-o’tloqi-dasht tuproqlari. Bu tuproqlar baland tog‘lardagi tuproqlarning o‘ziga xos original tiplari hisoblanadi hamda atmosfera yog‘inlari ko‘p yog‘adigan sharoitda alp va subalp tipiga kiradigan turli o‘tloq o‘simliklar ta‘sirida, har xil ona jinslarda hosil bo‘ladi. Tog‘-o‘tloqi tuproqlardagi chimlanish jarayoni va gumus to‘planish darajasi o‘simliklar qoplami va ona jinslar xarakteri bilan belgilanadi (50-rasm). Karbonatli jinslarda qalin va ko‘p gumusli tuproqlar rivojlanadi. Karbonatsiz jinslarda shakllangan tog‘-o‘tloqi tuproqlarda gumus kamroq. Tuproq profilining yuzaga kelishida joyning relyefi katta rol o‘ynaydi. Alp zonasi tog‘-o‘tloqi tuproqlari odatda past tog‘lardagi o‘tloqlarning yuqori mintaqasini egallaydi. Subalp zonasining tog‘-o‘tloqi tuproqlari esa baland bo‘lib o‘sadigan turli o‘simliklardan iborat tog‘ o‘tloqlarining pastki mintaqasida rivojlanadi. Tog‘-o‘tloqi tuproqlari torfli chim gorizontining yaxshi ifodalanganligi, qo‘ng‘ir (och qo‘ng‘irdan to‘q qo‘ng‘irgacha) tusi, ammo uncha qalin bo‘lmagan (20-40 sm) gumusli gorizontining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Gumusli A1