To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: tana shakli; tana devori; nerv tizimi va sezgi organlari; harakatlanishi; oziqlanishi; ayiruv tizimi; ko‘payishi va rivojlanishi
To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: tana shakli; tana devori;
nerv tizimi va sezgi organlari; harakatlanishi; oziqlanishi; ayiruv tizimi;
ko‘payishi va rivojlanishi. Parazit nematodalar va ularning odam, qishloq
xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklar uchun ahamiyati
REJA
1. To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: tana shakli; tana devori; nerv
tizimi va sezgi organlari.
2. To‘garak chuvalchanglar (Nematoda) tipi: harakatlanishi; oziqlanishi;
ayiruv tizimi; ko‘payishi va rivojlanishi.
3. Parazit nematodalar va ularning odam, qishloq xo‘jalik hayvonlari va
o‘simliklar uchun ahamiyati
TO ‘G ARAK CHUVALCHANGLAR (NEM ATHELM INTHES) TIPI
To‘garak chuvalchanglar xilma-xil muhitda hayot kechiradigan 12 mingdan
ortiq turlarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida tuproqda yoki suv havzalarida erkin
yashaydigan hamda odam, hay vonlar va o'simliklar tanasida parazitlik qiladigan
turlari bor. To'garak chuvalchanglar uchun xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: -
tanasi ipsimon yoki duksimon, bo ‘g ‘imlarga bo ‘linmagan;
- tana bo‘shlig‘i birlamchi bo‘lib, tana suyuqligi bilan to‘lgan; - ko‘pchilik turlari
ayrim jinsli, jinsiy organlari soddatuzilgan;
- qon aylanish va nafas olish sistemasi bo‘lmaydi;
-ayirish sistemasi bo ‘lmaydi yoki shaklan o‘zgargan teri bezlaridan
iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan;
-hazm qilish sistemasida orqa ichak va anal teshigi rivojlangan;
-nerv sistemasi ortogon tipida tuzilgan, sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan;
To‘garak chuvalchanglar qorinkipriklilar, nematodalar, kinorinxlar, qil
chuvalchanglar, og‘izaylangichlilar sinflariga bo‘linadi.
QORINKIPRIKLILAR (GASTROTRICHA) SINFI
Tanasining shakli chuvalchangsimon mayda, uzunligi 1-1,5 mm. Qorin tomoni
kipriklar bilan qoplanganligi ulami kiprikli chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi.
Qorinkipriklilaming chuchuk suv va dengizlarda tarqalgan 160 ga yaqin turi
ma’lum. Tashqi tuzilishi. Qorinkipriklilar - sodda tuzilgan chuvalchanglar.
(chuchuk suvda yashovchi turlari tanasining oldingi qismi boshga o‘xshab tanadan
biroz ajralib turadi; keyingi qismi esa dumga o‘xshash ikkita ayrini
liosil qiladi (64-rasm). Ayrisi uchiga yelim bezlarining yo‘li ochilgan. Tana
qoplag'ichining qorin vabosh qismida kipriklar bo‘ladi. Tanasining keyingi
uchidagi noksimon yelim bezlarining joylanishi va tuzilishi ham kiprikli
chuvalchanglanikiga o‘xshaydi. Qorinkipriklilaming silliq bo'ylama muskullari
tana qoplag‘ichi ostida yaxlit qavat hosil qilmasdan; to‘p-to‘p bo‘lib tanasi bo‘ylab
joylashadi. Shuning uchun ulaming teri-muskul xaltasi bo‘lmaydi. Ichki organlari
birlamchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan. Hazm qilish sistemasi to‘g‘ri nay shaklida,
tanasining oldingi qismiilagi og‘iz teshigidan boshlanib, keyingi tomonda anal
teshigi
bilan
tugaydi
Ichagi halqumdan, uzun o‘rta ichak va qisqa orqa ichakdan iborat. Halqum
teshigining qirrali bo'lishi va ichagining tuzilishi bilan qorinkipriklilar to‘garak
chuvalchanglarga o'xshab ketadi. Ozig‘i hujayra ichida hazm bo'ladi.
Ayirish sistemasi: bit jult buialgan piotonclricliylardan iborat. Har bir nefridiyning
uchidan faqat bittadan lipillovchi kiprikli hujayralari bo'ladi. Ayrim turlarida
protonefridiylar
bo’lmaydi.
Jinsiy sistemasi: germafrodit yoki ayrim jinsli. Jinsiy bezlari odatda
juft, ba’zan toq bo‘ladi. Jinsiy teshigi anal teshigi oldida joylashgan. Tuxumlari
tana
ichida
urugianadi.
Nerv sistemasi: bir juft halqumusti gangliysi va ikkita yon nerv stvolidan iborat.
Tana qopIag‘ichi sirtidagi sezgir tukchalar tuyg‘u organlari, boshining ikki yonida
joylashgan kiprikli chuqurchalari esa xemoretseptorlar hisoblanadi.
Filogeniyasi:
Qorinkipriklilar kiprikli chuvalchanglar bilan to‘garak
chuvalchanglarni bog‘lovchi zveno bo‘lib hisoblanadi. Tanasining ayrim
qismlarida kiprikli epiteliyning bo‘lishi, ten bezlari, protonefridiy ayirish sistemasi
va jinsiy sistemasining tuzilishi ulami kiprikli chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi.
Kiprikli
epiteliyning
yo‘qola
borishi,
birlamchi
tana
bo‘shlig‘i, ayrim jinsli turlarining boiishi, ichagining tuzilishi ulami to‘garak
chuvalchanglarga yaqinligini ko‘rsatadi.
NEMATODALAR, YA’NI HAQIQIY TO‘GARAK CHUVALCHANGLAR
(NEMATODA) SINFI
Nematodalar turli xil muhitda yashashga moslashgan bir necha o‘n
ming turlami o‘z ichiga oladi. Ulami Yer yuzining deyarli barcha havzalarida va
suv tubidagi balchiqda uchratish mumkin. Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko‘p
hujayrali organizmlaming asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday
chirish
jarayoni
nematodalarning
ishtirokisiz
o‘tmaydi. Nematodalarning bir qancha turlari odam, hayvonlar va o'simliklarning
turli organlarida parazitlik qiladi. Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq
kutikula ularni har qanday zararli moddalar (a’siridan himoya qilib, xilma-xil
muhit sharoitida yashashga imkon beradi. Nematodalarning harakatlanish tarzi ham
barcha
muhitga
to‘g‘ri
keladi.
Tashqi tuzilishi. Tanasi duksimon, y a’ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan,
ko‘ndalang kesimi to‘garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og‘iz teshigi,
keyingi uchiga yaqin joy da esa anal teshigi joy lashgan. Tanasining anal
teshigidan
keyingi
qismi
dumni
xosil
qiladi.
Tananing
anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistemasi
teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi. Nematodalarning tanasi
sirtdan ko‘p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula nematoda tanasini mexanik
ta’sirdan
va
zaharli
moddalardan
himoya qiladi. Bundan tashqari kutikula ichki bo'shliq turgori bilan birga somatik
muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan
gipoderma birlamchi lichinka epiteliysi hujayralarining qo‘shilib ketishidan hosil
bo‘lgan sinsitiydan iborat. Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni
bo‘ylab 4 ta bo‘ylama chiziq o ‘tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda
to‘rtta valiklar (yo‘g ‘onlashuvlar) hamda ular ostida bo'ylama muskullar
joylashgan. Gipoderma valiklari muskul qavatini to'rt bo'lakka bo'lib turadi. Orqa
va qorin muskullar nematoda tanasini dorzoventral yo'nalishda bukkanidan
nematoda yon tomoni bilan harakatlanadi. Muskul hujayralari ancha uzun (ot
askaridasi muskullari uzunligi 0,5sm) bo ‘ladi. Kutikula, gipoderma va muskul
qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini hosil qiladi Xaltabirlamchi
tanabo‘shlig‘ini o ‘rab turadi. Tana bo‘shlig‘i tayanch vazifasi bilan birga moddalar
aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo‘shlig‘i orqali moddalar
ichakdan muskullar va boshqa organlarga o‘tadi; moddalar almashuvining oxirgi
maksulotlari chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, birlamchi tana bo‘ shlig ‘i
organizmning ichki muhiti vazifasini ham bajaradi. Nematodalarda kiprikli
hujayralar
bo‘lmaydi, hatto spermatozoidlariham xivchinsiz boladi.
Hazm qilish sistemasi. Nematodalarning og‘iz teshigi tanasining oldingi uchida
joylashgan; odatda uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o‘simtalar-lablar bilan
o‘ralgan. Naysimon ichagining oldingi qismi og‘iz ho‘shlig‘i (stoma) va halqumga
bolinadi
Urg'ochi askaridaning ko‘ndalang
kesmasi.
1 - gipodermaning orqa valigi, 2 - muskul
hujayralarning plazmatik o'simtalari,
3 - muskul hujayralari, 4 - tuxumdonning
bo‘ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula,
7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi nayi, 9 - tuxumdon, 10 -
bachadon,
11 - tuxum yo‘li bo'yiga kesmasi, 12 - gipodermaning qorin valigi, 13 -
tuxumdon.
Ayrim yirtqich va ooparazitlar stomasidakutikulao'simtasidan iborat tishlar bo‘ladi.
O'simlik
parazitlari stomasi esa sanchib so‘ruvchi organ - stiletni hosil qiladi. Halqum
devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha nematodalarda
halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulhus hosil qiladi. Halqum tirqishi
uchburchak
shaklda,
uning
devori
xitia
lashgan. Halqum ektodermadan hosil bo‘ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o
‘rta ichakka o‘tadi. O‘rta ichak bir qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan
iborat. Keyingi ichak kalta, murtak ektodermasidan hosil bo‘ladi. Ayrim
nematodalar
ichagi
turli
darajada
reduksiyaga
uchragan. Masalan, filyariya parazitining keyingi ichagi berk, anal teshigi
bo’maydi.
Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchi nematodalar har xil mayda
organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki o‘simlik hujayralari
shirasi, ba’zanqon so‘rib oziqlanadi. O‘simlik parazitlari ozig‘i ichakdan tashqarida
hazm bo‘ladi. Stilet orqali o‘simlik to‘qimalariga hazm bezlari fermentlari
chiqariladi.
Nematodalar
ana
shu
fermentlar
la’sirida chala hazm bo‘lgan oziqni stileti yordamida so‘rib oladi.
Ayirish sistemasi bo‘yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali teri (gipoderma)
bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o‘rniga ho'yin bezlarining
rivojlanishi kipriklami yo‘qolib ketishi bilan bog'liq. Bir qancha nematodalaming
bo‘yin
bezlari
yirik;
ularning ayirish yo‘li kalta bo‘ladi. Ko‘pchilik turlarida bo‘yin
bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida
joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat.
askaridasining chiqarish nayi uzunligi 40 sm ga yetadi. Naylar orqali
moddalar almashinuvining suyuq mahsulotlari chiqariladi.
Erkin yashovchi nematodalaming tuzilish sxemasi.
A -u r g ‘ochisi. B-erkagi: 1 - og‘iz bo‘shlig‘i,
qizilo'ngach, 3 -bulbus, 4 - halqum oldi ncrv halqasi,
5- ayirish teshigi, 6 - o ‘rta ichak, 7 - tuxumdon,
« tuxumyo‘li,9-bachadon, 10-tuxumdondagituxum,
11 -- jinsiy teshik, 12 - keyingi ichak, 13 - anal teshigi,
14 urug‘don, 1 5 -urug‘ yo‘li, 16-urug‘ to'kish nayi,
17 spikulalar, 18 - bursa, 19 - bursa qovurg'alari.
Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan
organik moddalami playdigan fagotsitar hujayralar ham bo‘ladi. Bunday
“to‘plovchi buyraklar” gipodermaning yon valiklari ustida joylashgan. Ot
askaridasida
bunday
valiklar
to‘rtta
bo'ladi.
Qon aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Ichak bo‘shlig‘idagi va
ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuvalchanglar singari kislorod
tanqis bo‘lgan sharoitda hayot kechirishga moslashgan. Ular uchun asosiy energiya
manbai glikogenning anaerob parchalanishi hisoblanadi. Bu jarayonda organik
kislotalar (asosan, yog‘ va valerian kislotalari) hosil boiadi. Ana shu sababdan
nematodalaming tanabo‘shlig‘i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga tasodifan
tushganda achishtiradi.
Nerv sistemasi. Markaziy nerv sistemasi halqumni o‘rab turadigan nerv
halqasi, undan tana bo‘ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv
stvollaridan iborat. Ulardan gipodermaning orqa vayon valiklari bo‘ylab
joylashgan
ikkitasi
boshqalariga
nisbatan
kuchliroq
rivojlangan bo‘lib, asosiy stvollardeyiladi. Bu stvollar ko‘ndalang nervlar -
komissuralar orqali o‘zaro bog'langan. Tuproqda erkin yashaydigan yoki parazit
yashovchi
nematodalaming
sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg‘u organlari vazifasini papillalar
shaklidagi sezgi do‘mboqchalari yoki qillar bajaradi. Tuyg'u papillalari og‘iz
atrofida, erkak ematodalaming dum qismida ham joylashgan. Boshining ikki
yonida qadahsimon, spiralsimon botiq yoki tirqishga o'xshash amfidlar - kimyoviy
sezgi organlari joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yaxshi
rivojlangan. Ayrim dengiz nematodalarida pigment dog‘dan iborat oddiy ko‘zcha
ham boiadi.
Jinsiy sistemasi. Nematodalar odatda ayrim jinsli bo’lib, jinsiy dimorfizm
yaxshi rivojlangan. Jinsiy sistemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan uzun naychadan
iborat. Urg‘ochisining jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) boiadi. Urg‘ochisi
jinsiy sistemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi
tuxum yoli deyiladi. Tuxumdonda hosil bo’lgan tuxumlar tuxum yolida urug’lanadi
va xaltaga o‘xshash kengaygan bachadonga o‘tadi. Bachadonlar qo'shilib jinsiy
qinni hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkagi jinsiy
sistemasining ingichka uchki qismi urug'don deyiladi. Urug‘don birmuncha
yo‘g‘onlashib, urug‘ yo‘lini hosil qiladi. Urug‘ yo‘li kalta va keng nay - urug‘
pufagiga ochiladi. Lfryg1 pufagida urug‘ to‘planadi. Urug‘ pufagi bir muncha tor
va muskulli urug‘ to‘kilvchi nayga, urug‘ to'kuvchi nay orqa ichakning keyingi
qismiga
ochiladi.
Kloaka
ichida
kutikulyar spikulalar bo'lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar
nematodalaming urug‘lanishida jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi.
Ko'pchilik nematodalar erkagining anal teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil
bo‘ladi. Bursa erkak nematodalami urg‘ochisi ustida ushlab turish vazifasini
bajaradi. Nematodalar urug‘ hujayrasining xivchinlari bo'lmaydi, urug‘ hujayrasi
kalta soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega. Tuxum hujayra ona
organizmidaurug‘lanadi. Ayrim turlari (rishta) tiriktug‘adi.
Rivojlanishi.
Ko‘pchilik turlarining hayot siklida nasi almashinish kuzatilmaydi. Faqat ayrim
vakillarida (masalan, baqa o ‘pkasi paraziti (Rhabdias bufonis)da geterogoniya
ko'zatiladi. Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana
organizmga tushadi. Ayrim nematodalaming tuxumi oraliq xo‘jayinda rivojlanadi.
Tuxum hujayra to‘liq, lekin biroz notekis maydalanadi. Tuxumdan chiqqan
lichinka voyaga yetgan nematodaga o ‘xshash bo‘ladi. Lining bundan keyingi
rivojlanishi o‘zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi. Nematodalar tanasidagi
hujayralar soni doimiy bo‘lishi bilan boshqa chuvalchanglardan farq qiladi.
Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi markaziy nerv sistemasi 149 hujayradan
iborat. Nematodalarda yangi hujayralaming hosil bo‘lishi jarayoni ular lichinkasi
rivojlanishining dastlabki davrlarida to‘xtaydi va shundan so‘ng hujayralar soni
umr bo‘yi doimiy bo‘lib qoladi. Bu xususiyat faqat nematodalar va kolovratkalar
uchun xos.
Parazit nematodalar eng muhim vakillarining ekologiyasi Nematodalar
tabiatda eng keng tarqalgan organizmlar bo‘lib, ular orasida tuproq va suv
xavzalarida erkin yashaydigan turlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ko'pchilik erkin
yashovchi nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,8-1 mm); ayrim turlari 2-
3 sm keladi. Nematodalar orasida 3000 dan ortiq turlari odam, hayvon va
o‘simliklarda parazitlik qiladi. Ko‘pchilik parazit nematodalar erkin yashovchi
turlariga nisbatan yirik; ba’zan lm gacha, hatto 8 m ga (kashalotlar yo‘ldoshi
paraziti Placentonema gigantissima) yetadi. Odam askaridasi (Ascaris
lumbricoides) ning erkagi urg'ochisidan katta farq qiladi. Erkagi urg‘ochisidan
kaltaroq (15-25 sm), ancha xipcha va dumi qorin tomonga spiral buralgan.
Urg‘ochisining tanasi uzunroq (20-40 cm) va yo‘g‘on bo'ladi.
Odam askaridasi Yer yuzidagi deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim
mamlakatlar (masalan, Yaponiya) aholisining deyarli hammasi askarida bilan
zararlangan bo ‘ladi. Chunki bu mamlakatlarda odam axlatini organik o‘g‘it
sifatida sabzavot va poliz ekiladigan maydonlarga sepiladi. Odam ichagidan
chiqqan askarida tuxumlari nam muhitga tushib qolganida, bir oy davomida
ulaming ichida lichinkalar rivojlanadi. Bunday tuxumlar odamni zararlaydigan,
ya’ni, invaziyali deyiladi. Tuxumlar iflos suv, sabzavot va mevalar orqali odam
ichagiga tushganida ulardan lichinkalar chiqadi. Lichinkalar ichak devorini teshib
qonga, qon orqali o‘pka alveolalariga o‘tib oladi. Bu davrda ular alveolalar
devorini
yalligiantirib,
zotiljam
kasaliga o‘xshash yo‘tal paydo qiladi, ba’zan o'pkadan qon ketadi. Yo‘talganda
lichinkalar bronxlar vakekirdak orqali og'iz bo‘shlig‘iga, u yerdan so'lak bilan yana
oshqozon orqali ichakka boradi. Lichinkalar ana shunday murakkab migratsiyadan
so‘ng qayta ichakka tushib rivojlana boshlaydi. Askarida bilan zararlangan
kishilarning
qorni
og‘riydi,
ishtahasi
yo'qoladi; katar kasalligi paydo boladi. Askaridalar ichakda juda ko‘p bo‘lsa ichak
bo‘shlig‘ini bekitib qo‘yib, peritonitga olib keladi. Bolalar ichagidagi askarida
oshqozon va halqum orqali harakat qilib, og‘iz va burunga ko'tarilishi hatto u
yerdan
nafas
yo‘llariga
o
‘tib,
bolani
bo‘g‘ib
qo‘yishi mumkin. Ichakdagi askaridalamî santonin va ichni suradigan boshqa
dorilar
yordamida
haydaladi.
Bolalar gijjasi (Enterobius vermicularis) mayda -5-10 mm uzunlikdagi parazit.
Erkagi tanasining keyingi uchi spiral buralgan; urg‘ochisiniki bigizga o ‘xshash o
‘tkirlashgan. Gijja asosan bolalaming ingichka va yo‘g‘on ichagi bo‘shlig‘ida
yashaydi. Urg‘ochisi urug‘langandan so‘ng orqa ichakning keyingi qismiga
tushadi.
Tuxumlami
orqa
chiqaruv
teshigi
atrofidagi terigaqo‘yadi. Tuxum ichida tez kunda lichinkalar rivojlanadi. Ana
shunday tuxumlar iflos qo‘l va oziq-ovqat bilan yana ichakka tushib qolganida
ulardan lichinkalar chiqadi. Bolalar gijjasi orqa chiqaruv teshigi atrofidagi terini
qichitib,
kishini
juda
bezovta
qiladi.
Qilbosh chuvalchang - Trichocephalis îrichiurus uzunligi 35-50 mm,
ko‘richakda, ba’zan yo‘g‘on ichakda yashaydi. Tanasining oldingi ipga o‘xshash
ingichkalashgan qismi orqali ichak devorining shilimshiq qavatiga kirib oladi.
Odam qilbosh chuvalchang tuxumlari bilan ifloslangan suv va oziq-ovqatdan
zararlanadi. Bu chuvalchang ayrim mamlakatlarda (masalan, Italiyada) ancha keng
tarqalgan, Lekin odam sog'ligiga katta ziyon keltirmaydi.
O‘n ikki barmoqli ichak qiyshiqboshi yoki svaynik - Ancylostoma duodenale.
Mayda (10-18 mm), qizg‘ish chuvalchang, subtropik va tropik mamlakatlarda va
janubiy Yevropada tarqalgan. Parazit ta’sirida organizmda anemiya (kamqonlik)