TO‘GARAK ISHLARINI REJALASHTIRISH
1.O‘quvchilar jamoasi va uning o‘quvchiga ta’siri
2.Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari
3.Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari
Shaxsni bolalar jamoasida shakllantirish-barkamol shaxs tarbiyasining tarkibiy
qismi. Bolalar jamoasi, ularning tuzilishi va belgilari. Bolalar jamoasini
shakllantirish yo‘llari va vositalari. Jamoada bir maqsadga qaratilganlik,
uyushqoqlik va ijtimoiy fikr uyg`otish uchun shart-sharoit yaratish. Jamoada
barobar ta`sir ko‘rsatish tizimi. Jamoa ishini tashkil etishda “Kuch-birlikda” kabi
hikmatlarga amal qilish. Bir maqsadga qaratilgan faoliyat-o‘qish, o‘yin, sport,
mehnat, badiiy havaskorlik va boshqalarni tashkil etish.
Jamoadagi kelajakka umid bog`lash tizimi va an`analari. Faollar va ularning
jamoa a`zolari bilan munosabati. Jamoada o‘zaro axloqiy munosabatlarni
shakllantirishda o‘qituvchi, tarbiyachining tutgan o‘rni.
Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak:
- har bir o‘quvchining bilimdonlik darajasini va rivojlantirish yo‘llarini;
- maktabdan va sinfdan tashqari ishlar fanining maqsad va vazifalarini, fanga
qo‘yilgan Davlat standarti talablarini to‘garak a`zolarini o‘qitish va tarbiyalash
sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv-tarbiya va metodik ishlarni takomillashtirish
usullarini;
-“Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘g`risidagi Nizomni o‘rganishlari;
- iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy ong, iqtisodiy fikrlash va iqtisodiy madaniyatni
tarbiyalash yo‘llarini;
- o‘quvchilar bilan olib boriladigan ishni yangi samarali shakllarini izlash bo‘yicha
ishni tashkil etishni, pedagogik texnologiyadan foydalanish talablarini;
- bolalarga quroq tikish, mashina kashtachiligi, munchoq bilan ishlash, gazlama
qoldiqlaridan gul yasash, rarda tikish, milliy qo‘g`irchoq tayyorlash kasbi turlari
haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari;
- o‘quvchi yoshlar bajargan ishlarini baholash mezonlarini va rag`batlantirishni;
- iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yo‘llarini.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo‘yicha
tavsiyalar
Bugungi kunda bolalarning bo‘sh vaqtini to‘g`ri tashkil etishda maktabdan va
sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari
ta’limni tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-
yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to‘g`risidagi Nizomi
asosiy hujjat hisoblanadi. Bo‘lajak to‘garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy
axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda
quyidagilarga e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o‘rgatishda egallanayotgan bilim ko‘nikmalar davlat
ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo‘lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo‘yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya
taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va
boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
- Fan bo‘yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o‘qituvchi o‘quvchilarga
axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rgatishi va
bunday mashg`ulotlarda o‘quvchi asosiy figura bo‘lishiga erishishi kerak.
-Xonada o‘qituvchilar va o‘quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop,
internet tarmog`idan olingan manbalar to‘plami bo‘lishi kerak. Har bir darsda
o‘qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo‘yicha tayyorlangan
mashg`ulot ishlanmalari, ko‘rgazmalar namunalari bo‘lishl kerak.
Ta`lim muassasalarida to‘garaklar faoliyatini tashkil etish to‘g`risida
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1.Ta`lim muassasalarida umumta`lim va maxsus fanlar, hamda badiiy havaskorlik
to‘garaklari, sport seksiyalari va to‘garaklari (keyingi o‘rinlarda “to‘garaklar” deb
yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Kostitututsiyasi,Qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prizidenti Farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qaror-lari, Ta`lim
vazirligi qaror va buyruqlari hamda mazkur Nizom asosida tashkil etadi va faoliyat
yuritadi.
2. To‘garaklar uzluksiz ta`lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarning
bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga , ularning umumta`lim fanlariga , kasb-
hunarga , ommaviy sport va jismoniy sog`lomlashtirish tadbirlariga , badiiy
havaskorlik, estetik talablarini qondirishga qaratilgandir.
3. To‘garaklar qiziqishlari bir xil bo‘lgan bir guruh o‘quvchilarning ma`lum bir fan
yoki kasb bo‘yicha, o‘qituvchi va kasbiy ta`lim ustalari yordamida bilim va
mahoratlarini oshirish uchun xizmat qiladi.
4.Ta`lim muassasalarida to‘garaklarni tashkil qilishning asosiy maqsadi,
o‘quvchilarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning
o‘tkazish ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli , olingan nazariy
bilimlarni mustahkamlash va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish, kasbiy
mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda tanlagan kasbiy
yo‘nalishlari bo‘yicha mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirishdan
iboratdir.
5.To‘garaklar turini tanlash va qatnashish o‘quvchilar uchun ixtiyoriy bo‘lib, uning
to‘garaklarga ishtirok etishi xaqidagi og`zaki bildirishi yetarlidir.
6.To‘garaklar mazmunan o‘quvchilarning qiziqish vaimkoniyatlarini xisobga olgan
xolda tashkil etiladi, ularga majburiy topshiriqlar berilmaydi.
7.To‘garaklar o‘quv yili davomida faoliyat ko‘rsatadi.
8.To‘garak mashg`ulotlarinng jadvali o‘quvchilarning jamoat ishlarida ishtirok
etishi va dam olishlarini hisobga olgan holda, ularning yoshi, fiziologiyasining
o‘ziga xosligi, sanitariya-gigiyena normalari hisobga olinib, pedagogik
xodimlarning taqdimnomasi asosida tuziladi.
9.O‘quvchilarni to‘garak ishlariga keng jalb qilish va qiziqtirish maqsadida ta`lim
muassasasi ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to‘garaklarga qatnashuvchi
o‘quvchilar o‘rtasida tanlovlar tashkil qilinadi.
10.To‘garaklar mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda buyurtmachi
korxona, tashkilot va muassasalar hamda o‘quvchilar ota-onalar hisobidan ta`lim
olayotgan yo‘nalishlariga turdosh yo‘nalishlaridan chuqur bilim va ko‘nikma
berish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin.
II.To‘garak a`zolarinnig huquq va burchlari
11.To‘garak a`zolari quyidagi huquqlarga ega:
a) qiziqishlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklar turini tanlash va ishtirok
etish;
b) ta`lim muassasasi o‘quv-texnologik jihozlari, axborot-resurs markazi
jamg`armasi va jihozlaridan foydalanish;
v) to‘garak faoliyatini yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini ta`lim muassasasi
rahbariyatiga og`zaki yoki yozma bildirish.
12.To‘garak a`zolarinng burchlari:
a) tuzilgan jadval asosida to‘garak ishida qatnashish, to‘garak mashg`ulotlarini
sababsiz qoldirmaslik;
b) ta`lim muassasasi o‘quvchilari orasida to‘garak , uning mohiyati va afzalliklari
to‘g`risida tushuntirish ishlarini olib borish;
v) kasbiy va nazariy bilimlarini muntazam oshirib borish;
g) konkurs va tanlovlarda ishtirok etish;
d) to‘garak mashg`ulotlari uchun zarur bo‘lgan barcha darslik, o‘quv qo‘llanma va
daftarlarni olib kelish;
e) texnika xavfsizligi va sanitariya gigiena me`yorlariga rioya qilish.
III.To‘garak ishini tashkil etish va rahbarlik qilish
13.Ta`lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qarori asosida to‘garaklar
tashkil etiladi.