TOLALI CHIQINDILAR. CHANGLI HAVONI TOZALASH.

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

502,6 KB


 
 
 
 
 
 
TOLALI CHIQINDILAR. CHANGLI HAVONI TOZALASH.  
 
Reja 
1. Tolali chiqindilarning turlari .  
2. Tolali chiqindilarni ajratish, yig’ish va qayta ishlash. 
3. Changli havoni tozalash usullari. 
4. Changli havoni tozalash tizimlari. 
 
Tolali chiqindilarning turlari  
Tolali chiqindilar paydo bo’lishiga qarab ishlab chiqarish va po’zg’op 
chiqindilari, tola turiga binoan paxta, jun, ipak, kanop, kimyoviy tola  chiqindilari, 
qayta ishlash texnologiyasiga ko’ra paxta tozalash, to’qimachilik, trikotaj, 
tikuvchilik sanoati chiqindilariga bo’linadi. Ular xar bir sanoatda kelib chiqishi va 
xossalariga ko’ra turli sinflarga va turlarga bo’linadi.  
Paxta tolasidan ip ishlab chiqarishda yigirish korxonasining  o’timlarida 
qaytimlar va chiqindilar ajraladi. Ularning miqdori yigirish sistemasiga, ipning 
chiziqiy zichligiga hamda texnologik tizim tarkibiga kirgan mashina turlariga qarab 
har xil bo’ladi.  
Qaytimlar deganda tarash, qayta tarash va piltalash mashinalarining pilta 
uzuqlari, piliklash va yigirish mashinalarining pilik uzuqlari hamda yigirish 
mashinasidan chiqadigan michka va halqachalar (momoq o’ramchalari) tushuniladi. 
Qaytimlarning miqdori odatda 1,5 dan 3,5 % gacha bo’ladi.  
Paxta tolasi tozalanganda xas-cho’plar, har xil iflosliklar, momiqlar, ya`ni 
chiqindilar ajraladi. Yigirish jarayonlarida ajralgan chiqindilar ikki turga bo’linadi:  
- qayta ishlatiladigan chiqindilar, ular ko’rinadigan chiqindilar deyiladi;  
TOLALI CHIQINDILAR. CHANGLI HAVONI TOZALASH. Reja 1. Tolali chiqindilarning turlari . 2. Tolali chiqindilarni ajratish, yig’ish va qayta ishlash. 3. Changli havoni tozalash usullari. 4. Changli havoni tozalash tizimlari. Tolali chiqindilarning turlari Tolali chiqindilar paydo bo’lishiga qarab ishlab chiqarish va po’zg’op chiqindilari, tola turiga binoan paxta, jun, ipak, kanop, kimyoviy tola chiqindilari, qayta ishlash texnologiyasiga ko’ra paxta tozalash, to’qimachilik, trikotaj, tikuvchilik sanoati chiqindilariga bo’linadi. Ular xar bir sanoatda kelib chiqishi va xossalariga ko’ra turli sinflarga va turlarga bo’linadi. Paxta tolasidan ip ishlab chiqarishda yigirish korxonasining o’timlarida qaytimlar va chiqindilar ajraladi. Ularning miqdori yigirish sistemasiga, ipning chiziqiy zichligiga hamda texnologik tizim tarkibiga kirgan mashina turlariga qarab har xil bo’ladi. Qaytimlar deganda tarash, qayta tarash va piltalash mashinalarining pilta uzuqlari, piliklash va yigirish mashinalarining pilik uzuqlari hamda yigirish mashinasidan chiqadigan michka va halqachalar (momoq o’ramchalari) tushuniladi. Qaytimlarning miqdori odatda 1,5 dan 3,5 % gacha bo’ladi. Paxta tolasi tozalanganda xas-cho’plar, har xil iflosliklar, momiqlar, ya`ni chiqindilar ajraladi. Yigirish jarayonlarida ajralgan chiqindilar ikki turga bo’linadi: - qayta ishlatiladigan chiqindilar, ular ko’rinadigan chiqindilar deyiladi;
 
 
- qayta ishlatilmaydigan yoki ko’rinmaydigan chiqindilar. Bularga chang, 
yo’qotilgan namlik va juda kalta momiqlar kiradi.  
Ko’rinadigan chiqindilar ikkiga bo’linadi: Yigirishga yaroqli va yigirishga 
yaroqsiz chiqindilar.  
Yigirishga yaroqli chiqindilarga tugunaklar, tarandilar va korxona 
tsexlarining supurundi paxtalari kiradi.  
Yigirishga yaroqsiz chiqindilarga uzunligi 14-15 mm dan kam bo’lgan kalta 
tolalar, valiklarga uralgan va filtrlardan olingan momiqlar kiradi.  
 
Tolali chiqindilarni yig’ish va qayta ishlash 
TTA va tarash mashinalarining kameralarida xas-chuplar va chiqindilar 
yig’iladi. Bular ikki usulda tozalanib, chiqindilar bo’limiga yuboriladi.  
Mexanik usul - qo’l yordamida kamera tolali chiqindilardan tozalanadi 
(mashina to’xtatilib), ular aravachalarda chiqindilar bo’limiga olib borib 
topshiriladi. 
Markazlashtirligan 
usul-alohida 
mashinalarning 
chiqindilar 
kamerasi 
pnevmotrubalar yordamida bir tizimga biriktirilgan bo’ladi. Chiqindilar kamerasi 
klapanlari vaqti vaqti bilan ishga tushirilib, undagi chiqindilar havo yordamida 
so’rib olinib chiqindilar bo’limiga yuboriladi.  
Yigirish korxonalarida tolali chiqindilarni qayta ishlovchi texnologik tizimlar 
o’rnatilgan bo’lib uning tarkibiga qadoqlovchi yoki briketlovchi mashinalar 
kiritiladi. Qayta ishlangan tolali chiqindilar korxonaning o’zida aralashmaga qo’shib 
ishlatilishi yoki ikkilamchi xom ashyo sifatida boshqa korxonalarga sotilishi 
mumkin. 
  
Changli havoni tozalash usullari 
 
TTA laridan ajralgan changli havoni tozalash maqsadida avvallari katta hajmli 
chang erto’lasi va minoralar qurilgan. Erto’laga to’plangan changli havo tarkibidagi 
chang va momiqlar havodan og’ir bo’lganligi sababli pastga cho’kgan, tozalangan 
havo esa minora orqali atmosferaga chiqarilgan.  
- qayta ishlatilmaydigan yoki ko’rinmaydigan chiqindilar. Bularga chang, yo’qotilgan namlik va juda kalta momiqlar kiradi. Ko’rinadigan chiqindilar ikkiga bo’linadi: Yigirishga yaroqli va yigirishga yaroqsiz chiqindilar. Yigirishga yaroqli chiqindilarga tugunaklar, tarandilar va korxona tsexlarining supurundi paxtalari kiradi. Yigirishga yaroqsiz chiqindilarga uzunligi 14-15 mm dan kam bo’lgan kalta tolalar, valiklarga uralgan va filtrlardan olingan momiqlar kiradi. Tolali chiqindilarni yig’ish va qayta ishlash TTA va tarash mashinalarining kameralarida xas-chuplar va chiqindilar yig’iladi. Bular ikki usulda tozalanib, chiqindilar bo’limiga yuboriladi. Mexanik usul - qo’l yordamida kamera tolali chiqindilardan tozalanadi (mashina to’xtatilib), ular aravachalarda chiqindilar bo’limiga olib borib topshiriladi. Markazlashtirligan usul-alohida mashinalarning chiqindilar kamerasi pnevmotrubalar yordamida bir tizimga biriktirilgan bo’ladi. Chiqindilar kamerasi klapanlari vaqti vaqti bilan ishga tushirilib, undagi chiqindilar havo yordamida so’rib olinib chiqindilar bo’limiga yuboriladi. Yigirish korxonalarida tolali chiqindilarni qayta ishlovchi texnologik tizimlar o’rnatilgan bo’lib uning tarkibiga qadoqlovchi yoki briketlovchi mashinalar kiritiladi. Qayta ishlangan tolali chiqindilar korxonaning o’zida aralashmaga qo’shib ishlatilishi yoki ikkilamchi xom ashyo sifatida boshqa korxonalarga sotilishi mumkin. Changli havoni tozalash usullari TTA laridan ajralgan changli havoni tozalash maqsadida avvallari katta hajmli chang erto’lasi va minoralar qurilgan. Erto’laga to’plangan changli havo tarkibidagi chang va momiqlar havodan og’ir bo’lganligi sababli pastga cho’kgan, tozalangan havo esa minora orqali atmosferaga chiqarilgan.
 
 
 
Bu usulning quyidagi kamchiliklari mavjud: katta maydonni egallaydi, tsexda 
harorat va namlik bir me`rda bo’lmaydi, erto’lani tozalash inson salomatligi va 
ekologiya uchun xavfli.  
 
a 
 
 
b 
Changli havoni tozalash 
   a - chang yig’iladigan erto’la 
   b - havoni changdan tozalaydigan filtr 
1- ventilyator., 2  - chang erto’lasi., 3 - havo kanali., 4 - to’rli baraban.,  
5 - qatlamli valik.  
 
 
 
 Engli filtirlar 
1 - engli feltir. 
2-3 - englar mahkamlangan quttilar. 
4 - chang to’planadigan qop. 
 
 
 
Yigirish texnologiyasi tarraqqiyotining navbatdagi bosqichida changli havoni 
tozalash uchun filtrlardan foydalanildi. Dastlab engli filtrlar, so’ngra barabanli 
filtrlar yordamida changli havoni tozalash bir bosqichda amalga oshirildi. 
Keyinchalik ular kombinatsiyalashtirilib ikki bosqichli tozallash usullari ishlatila 
boshlandi. (FT-2) 
Filtrlar alohida xonaga quriladi, havoni tsexga chiqarishdan oldin namlash-
ventilyatsiya kameralaridan o’tkaziladi. Bu esa titish tozalash tsexining gigienik  
sharoitlarini yaxshilaydi. Tez yurar kondensorlar va to’rli barabanlardan changli 
Bu usulning quyidagi kamchiliklari mavjud: katta maydonni egallaydi, tsexda harorat va namlik bir me`rda bo’lmaydi, erto’lani tozalash inson salomatligi va ekologiya uchun xavfli. a b Changli havoni tozalash a - chang yig’iladigan erto’la b - havoni changdan tozalaydigan filtr 1- ventilyator., 2 - chang erto’lasi., 3 - havo kanali., 4 - to’rli baraban., 5 - qatlamli valik. Engli filtirlar 1 - engli feltir. 2-3 - englar mahkamlangan quttilar. 4 - chang to’planadigan qop. Yigirish texnologiyasi tarraqqiyotining navbatdagi bosqichida changli havoni tozalash uchun filtrlardan foydalanildi. Dastlab engli filtrlar, so’ngra barabanli filtrlar yordamida changli havoni tozalash bir bosqichda amalga oshirildi. Keyinchalik ular kombinatsiyalashtirilib ikki bosqichli tozallash usullari ishlatila boshlandi. (FT-2) Filtrlar alohida xonaga quriladi, havoni tsexga chiqarishdan oldin namlash- ventilyatsiya kameralaridan o’tkaziladi. Bu esa titish tozalash tsexining gigienik sharoitlarini yaxshilaydi. Tez yurar kondensorlar va to’rli barabanlardan changli
 
 
havo ajraladi. Bitta ventelyator bir soatda 2,5-3,0 ming metr kub dan 5,0 ming 
kubgacha havoni ajratadi. Titish tozalash tsexida 1 soatda bir necha 10-100 ming m3 
changlangan havo ajraladi. 
Sanitariya normasi boyicha toza havoning 1 m3 ida 3 mgr zarrachalar bo’lishi 
mumkin. 
So’nggi yillarda tolali chiqindilarni yig’ish va changli havoni tozalashni birga 
uzluksiz amalga oshiruvchi markazlashtirilgan avtomatik    texnologik tizimlar  
qo’llanila boshlandi.  
 
Changli havoni tozalash tizimlari. 
To’qimachilik sanoatida changli havoni tozalash juda muhim masala bo’lib 
bunga alohida ahamiyat beriladi. Chunki bu birinchi navbatda ishlovchilar 
salomatligiga ta`sir qiladi, ikkinchidan texnologik jarayonning barkarorligiga, sifatli 
mahsulot chiqazish va ekologik muhitni yaxshilashga bog’liq masala hisoblanadi. 
Hozirgi paytda dunyo to’qimachilik korxonalarida LTG, Trutzschler va 
Changshu firmalarining tolali chiqindilarni markazlashgan xolda yig’uvchi va 
changsizlatiruvchi tizimlari samarali ishlatilmoqda. 
 
LTG firmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi  
avtomatik tizimi. 
LTG firmasining  tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi avtomatik 
tizimi TFC-4 filtri, FKC-3 kompaktori  va tsiklon  qurilmasidan iborat. 
TFC-4 filtri dastlabki A va asosiy tozalash kameralaridan iborat. Changli havo 
oqimi va tolali chiqindilar dastlabki tozalash kamerasida to’planib, baraban diski 1 
yuzasidagi to’rli sirt yordamida  kalta tola va chiqindilar ushlab qolinadi. Disk  
mayda ko’zli kapron to’rdan iborat bo’lib, minutiga 24 marta aylanib turadi. Disk 
yuzasida ushlab qolingan tola va chiqindilar 
ventilyator  yordamida 
harakatlanmaydigan so’ruvchi soplo 2 orqali so’rib olinadi va kompaktorga 
uzatiladi. Kompaktordan chiqqan chala tozalangan havo takroran filtrning dastlabki 
tozalash kamerasiga  uzatiladi. 
havo ajraladi. Bitta ventelyator bir soatda 2,5-3,0 ming metr kub dan 5,0 ming kubgacha havoni ajratadi. Titish tozalash tsexida 1 soatda bir necha 10-100 ming m3 changlangan havo ajraladi. Sanitariya normasi boyicha toza havoning 1 m3 ida 3 mgr zarrachalar bo’lishi mumkin. So’nggi yillarda tolali chiqindilarni yig’ish va changli havoni tozalashni birga uzluksiz amalga oshiruvchi markazlashtirilgan avtomatik texnologik tizimlar qo’llanila boshlandi. Changli havoni tozalash tizimlari. To’qimachilik sanoatida changli havoni tozalash juda muhim masala bo’lib bunga alohida ahamiyat beriladi. Chunki bu birinchi navbatda ishlovchilar salomatligiga ta`sir qiladi, ikkinchidan texnologik jarayonning barkarorligiga, sifatli mahsulot chiqazish va ekologik muhitni yaxshilashga bog’liq masala hisoblanadi. Hozirgi paytda dunyo to’qimachilik korxonalarida LTG, Trutzschler va Changshu firmalarining tolali chiqindilarni markazlashgan xolda yig’uvchi va changsizlatiruvchi tizimlari samarali ishlatilmoqda. LTG firmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi avtomatik tizimi. LTG firmasining tolali chiqindilarni va havoni changsizlantiruvchi avtomatik tizimi TFC-4 filtri, FKC-3 kompaktori va tsiklon qurilmasidan iborat. TFC-4 filtri dastlabki A va asosiy tozalash kameralaridan iborat. Changli havo oqimi va tolali chiqindilar dastlabki tozalash kamerasida to’planib, baraban diski 1 yuzasidagi to’rli sirt yordamida kalta tola va chiqindilar ushlab qolinadi. Disk mayda ko’zli kapron to’rdan iborat bo’lib, minutiga 24 marta aylanib turadi. Disk yuzasida ushlab qolingan tola va chiqindilar ventilyator yordamida harakatlanmaydigan so’ruvchi soplo 2 orqali so’rib olinadi va kompaktorga uzatiladi. Kompaktordan chiqqan chala tozalangan havo takroran filtrning dastlabki tozalash kamerasiga uzatiladi.
 
 
Changli havoning asosiy oqimi baraban 3 ichiga o’tib barabanning yuzasiga 
tarang qilib qoplangan filtrlovchi element 4 orqali filtrlanib (tozalanib) tashqariga 
chiqadi. Bunda havodagi chang zarrachalari filtrlovchi elementning ichki devorida 
ushlanib qoladi. 
Filtrlovchi element 4 ikki xil material, tukli trikotaj polotnosi (tukli tarafi 
barabanning ichki tarafiga qaratib qoplanadi) va ignasanchma (igloprabivnoy) 
noto’qima material (kalandrlangan, silliq, qattiq tarafi barabanning ichki tarafiga 
qaratib qoplanadi) bilan qoplanishi mumkin. Baraban 3 harakatlanmaydi. Unga 
qoplangan filtrlovchi elementni tozalash sektsiyalar boyicha joylashgan, aylanib 
turuvchi, so’ruvchi juft saplolar 5 bilan amalga oshiriladi. Saplolar elastik havo 
ichaklari orqali so’ruvchi quvurga biriktirilgan. 
So’ruvchi saplolar va tozalash diski markaziy yo’naltiruvchi quvur – baraban 
o’qi orqali harakatga keltiriladi. Markaziy yo’naltiruvchi quvur 6 esa mufta, zanjir, 
tishli g’ildirak va chervyakli uzatma orqali dvigiteldan harakat oladi. Bu 
uzatmalarning hammasi xavfsizlikni ta`minlash maqsadida  qobiq bilan qoplanadi. 
Markaziy yo’naltiruvchi quvurda vintli - oyma val (chervyak)  bo’lib, quvur 
bilan birgalikda barabanli filtr o’qi atrofida aylanadi.   
 
 
 LTG firmasining tolali chiqindilar va changli havoni tozalash  tizimi 
1-uskunalardan kelayotgan tolali chiqindilar, 2-changli havo quvuri, 3-TFS-4 - 
turidagi barabanli filtr, 4-toza havoni so’ruvchi vintilyator, 5-chang ajratuvchi 
tsiklon, 6-chiqindilar uchun kompaktor, 7-halqali yigiruv mashinalaridan 
kelgan chiqindilarni so’ruvchi       kompaktor, 8-avtomatik press 
Changli havoning asosiy oqimi baraban 3 ichiga o’tib barabanning yuzasiga tarang qilib qoplangan filtrlovchi element 4 orqali filtrlanib (tozalanib) tashqariga chiqadi. Bunda havodagi chang zarrachalari filtrlovchi elementning ichki devorida ushlanib qoladi. Filtrlovchi element 4 ikki xil material, tukli trikotaj polotnosi (tukli tarafi barabanning ichki tarafiga qaratib qoplanadi) va ignasanchma (igloprabivnoy) noto’qima material (kalandrlangan, silliq, qattiq tarafi barabanning ichki tarafiga qaratib qoplanadi) bilan qoplanishi mumkin. Baraban 3 harakatlanmaydi. Unga qoplangan filtrlovchi elementni tozalash sektsiyalar boyicha joylashgan, aylanib turuvchi, so’ruvchi juft saplolar 5 bilan amalga oshiriladi. Saplolar elastik havo ichaklari orqali so’ruvchi quvurga biriktirilgan. So’ruvchi saplolar va tozalash diski markaziy yo’naltiruvchi quvur – baraban o’qi orqali harakatga keltiriladi. Markaziy yo’naltiruvchi quvur 6 esa mufta, zanjir, tishli g’ildirak va chervyakli uzatma orqali dvigiteldan harakat oladi. Bu uzatmalarning hammasi xavfsizlikni ta`minlash maqsadida qobiq bilan qoplanadi. Markaziy yo’naltiruvchi quvurda vintli - oyma val (chervyak) bo’lib, quvur bilan birgalikda barabanli filtr o’qi atrofida aylanadi. LTG firmasining tolali chiqindilar va changli havoni tozalash tizimi 1-uskunalardan kelayotgan tolali chiqindilar, 2-changli havo quvuri, 3-TFS-4 - turidagi barabanli filtr, 4-toza havoni so’ruvchi vintilyator, 5-chang ajratuvchi tsiklon, 6-chiqindilar uchun kompaktor, 7-halqali yigiruv mashinalaridan kelgan chiqindilarni so’ruvchi kompaktor, 8-avtomatik press