TOLALI EKINLAR
Reja.
1. Tolali ekinlar to‘g‘risida ma’lumot.
2. G‘o‘zaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
3. Zig‘irning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
4. Nashaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
5.Kanopning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
Tolali ekinlar asosan turli xil gazlama va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab
chiqarishda xomashyo olish uchun ekiladi. Tolali ekinlar botanik jihatidan har xil
oila va turlarga mansub bo‘lib, quyidagi uch guruhga bo‘linadi.
1.Urug‘ida va mevasi tola hosil qiladigan o‘simliklar. Urug‘ida tola hosil
qiladigan o‘simliklarga g‘o‘za va mevasida tola hosil qiladigan o‘simliklarga kokos
palmasining mevasi kiradi.
2. Poyasida tola hosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruhga zig‘ir, nasha, kanop,
jut, rami, kendir va boshqalar kiradi.
3. Bargida tola hosil qiladigan o‘simliklar. Bu guruhga yangi Zelandiya
zig‘iri, tolali banan, agava, yukka va boshqalar kiradi.
Respublikamizda asosan tolali ekinlardan g‘o‘za, zig‘ir va kanop .ekiladi.
Xalq xo‘jaligida o‘simlik tolasining ahamiyati juda katta. Eng ko‘p ishlatiladigani
paxta tolasi hisoblanib, undan mayin gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil
qiladigan o‘simliklar tolasi paxta tolasiga nisbatan dag‘al bo‘lganligi sabab, undan
uy jihozlarida ishlatiladigan dag‘al gazlamalar, qop, qanor, arqon va shunga
o‘xshash mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi. Bundan tashqari bu o‘simliklar
urug‘ining tarkibida 18-42 % gacha moy bo‘ladi. O‘simlik moyi oziq-ovqat
maxsulotlarini tayyorlashda, texnikada, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun tayyorlashda
va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
G‘o‘za
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. G‘o‘za - bizning respublikamizda ekiladigan
eng asosiy tolali ekinlardan biri hisoblanadi va to‘qimachilik sanoatini qimmatli
tola bilan ta’minlaydi. Paxta tolasidan satin, chit, trikotaj, ip va boshqa buyumlar
tayyorlanadi. Podpushka yoki lintasidan qog‘ozning eng yaxshi navlari,
gigroskopik paxta, kinoplyonka, sun’iy teri tayyorlashda ishlatiladi. Bioorganika
insitutining olimlari tomonidan g‘o‘za o‘simligini chanog‘idan pektin moddasi
sintez qilindi. Bu pektin moddasi qandolat sanoatida marmelad va shokaladlarga
qo‘shiladi.
1 ts paxtadan 30-35 kg tola va 60-65 kg urug‘ olinadi. 1 kg paxta tolasidan
esa 20 m chit yoki 150 ta g‘altak ip tayyorlanadi. Urug‘ida 18 dan 27% gacha yog‘
bo‘ladi, u oziq-ovqat sanoatida, margarin, konservalar va sovun pishirishda
ishlatiladi.
Paxta kunjarasi 38-40% oqsil tutadi, mollar uchun eng yaxshi yem
hisoblanadi va o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Lekin 1 sutkada 2,5-3 kg dan ortiq berib
bo‘lmaydi, chunki tarkibida gossipol degan zaharli modda bo‘ladi. Chigitni
po‘stlog‘i qog‘oz tayyorlashda, izolatsion materiallar, etil va metil spirti
tayyorlashda, maydalangan holda yem va o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Poyasi va
bargidan organik kislotalar olinadi. Umuman olganda, paxtadan 200 dan ortiq
buyumlar tayyorlanar ekan.
G‘o‘za qadimiy ekinlardan biri hisoblanib, eramizdan 3 ming yil oldin
Hindiston va Xitoy, 500 yil oldin Misrda ekilib kelingan. O‘rta Osiyoga IV-V asrda
Xitoydan, Zakavkazega esa XIII asrda Erondan keltirilgan.
G‘o‘za juda keng tarqalgan ekin, uni 80 dan ortiq mamlakat 34 mln gektar
maydonda yetishtiradi. Hindiston, AQSH, Xitoy, Braziliya va Pokistonda katta
maydonlarda ekiladi.
Paxta Markaziy Osiyo respublikalarida ham ekiladi. O‘zbekistonda 1 mln.
425 min. ga maydonda paxta yetishtiriladi.
Botanik xususiyatlari. G‘o‘za gulhayrilar oilasiga (Malvaceae), Gossypium
avlodiga kiradi. Bu ko‘p yillik tropik butali o‘simlik bo‘lib, balandligi 5-6 m ga
yetadi. O‘rta Osiyoda bir yillik o‘simlik sifatida ekiladi. Poyasi 40 sm dan 1,5 m
gacha yetadi, 7-15 yon shoxlar hosil qiladi. G‘o‘za ildizi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi
1,5-2,5 m va undan ham ortadi, ko‘p yon ildizchalar chiqaradi, ular 30-40 sm
chuqurda joylashadi. Poyasi tik o‘sadi. G‘o‘za shoxlari o‘suv (monopodial) va
hosil (simpodial) shoxlarga bo‘linadi. Monopodial shoxlar (monopodiylar)
poyasining pastki qismida rivojlanadi, undan o‘tkir burchak hosil qilib chiqadi.
Simpodial shoxlar (ya’ni simpodiylar) monopodial shoxlardan yuqoriroqdan
chiqadi, ular o‘tmas burchak hosil qilib chiqadi. Simpodial shoxlarda gul hosil
bo‘ladi va meva tugiladi.
G‘o‘za barglari bitta o‘simlikni o‘zida o‘lchami va shoxligiga ko‘ra har xil
bo‘ladi. Dastlabki 2-3 ta barg tekis qirrali, yuraksimon shaklda, qolgan 3-7 tasi
bo‘lma bargdan iborat bo‘ladi. O‘suv shoxlaridagi barglar har qaysi bo‘g‘im
oralig‘ida, hosil shoxlaridagi esa har qaysi shona qarshisida joylashgan bo‘ladi.
Gulining gultojisi yirik, beshta tojibargdan iborat bo‘ladi. Tojibarglarining rangi
sariq, och sariq yoki oq. G‘o‘za asosan o‘zidan changlanadi. Kamdan-kam holda
chetdan changlanadi. G‘o‘zaning guli ertalabki soatlarda ochiladi. Ertalab
gultojbarglar och sariq rangda bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qizarib, kechga
borib so‘lib, yopilib qoladi. Kelasi kuni gultojisi binafsha rangga kirib to‘kiladi.
Mevasi yumaloq-tuxumsimon shakldagi 3-4-5 uyali ko‘sakdan iborat. Har
qaysi chanog‘ida 5-11 tagacha chigitli paxta bo‘ladi. Bir dona yetilgan ko‘sak
paxtasining vazni 2-3 dan 10 g gacha keladi va undan ortadi. Eng yaxshi
rivojlangan g‘o‘za tupida 100 dan ortiq ochilgan ko‘sak bo‘ladi. 3-40 C sovuqda
ko‘saklarini ochilishi to‘xtaydi.
Urug‘i (chigiti) tuxumsimon, bo‘yi 9-12 mm gacha, eni 6-8 mm gacha
bo‘ladi. 1000 dona chigitning vazni 60-125 g keladi. Paxta tolasi-20-50 mm
uzunlikdagi epidermisning juda cho‘ziq hujayrasidan iborat. Tola oq, ayrim
navlarida och sariq, och yashil, jigarrang yoki qo‘ng‘ir bo‘ladi. Har dona chigitda
10-15 mingtagacha tukcha hosil bo‘ladi. Paxta tolasining asosiy texnologik
xususiyatlari: tolasining uzunligi, ingichkaligi, metrik nomeri, pishiqligi, uzilish
uzunligi, elastikligi bilan ta’riflanadi.
Tolaning uzunligi (mm) uning eng muhim sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Uzun tola eng qimmatli hisoblanib, undan juda yaxshi ingichka ip yigiriladi. Ko‘p
g‘o‘za navlarida tolaning uzunligi 30-33 mm, ingichka tolali navlarida esa 38-40
mm bo‘ladi.
Tolaning ingichkaligi (mkm) qurigan tolaning diametrini (enini) o‘lchab
aniqlanadi. U 1,0-3,0 ko‘pincha 15-25 mkm ni tashkil etadi. Ingichka tolali g‘o‘za
navlarining tolasi eng ingichka bo‘ladi.
Tolaning metrik nomeri bilan ham tolaning ingichkaligi o‘lchanadi, u 1 g
tolaning umumiy uzunligini ifodalaydi. Tolalarni umumiy uzunligi qancha uzun
bo‘lsa, u shuncha ingichka bo‘ladi. Metrik nomer turli navlarda 3000 dan 8000
gacha bo‘ladi.
Tolaning pishiqligi 1 dona tola uzulguncha g hisobida qancha yuk ko‘tara
olishini ko‘rsatadi. Tolaning pishiqligi 4 dan 7-8 g gacha va undan ortadi.
Tolaning uzilish uzunligi uning metrik nomeri bilan pishiqlik ko‘paytmasiga
teng. U km bilan ifodalanadi. (masalan, 5000x525 km). Bu ko‘rsatkich qancha
katta bo‘lsa, yig‘iriladigan ipning pishiqligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Tola elastikligi ya’ni uning cho‘ziluvchanlik xususiyati pishiqligi va
ingichkaligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Pishiq ingichka tola eng elastik
bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari. Chigit tuproq temperaturasi 10-120 C bo‘lganda una
boshlaydi. 20-250 C da qiyg‘os unib chiqadi. 0,5-10 C g‘o‘za uchun sovuq nobud
qiladigan darajada ta’sir qiladi. G‘o‘za issiqni (25-300 C) gullash va shonalash
fazalarida ko‘p talab qiladi. Temperatura 10-120 C pasayganda tolasi qisqa bo‘lib
qoladi va to‘la yetilmaydi.
G‘o‘za yorug‘sevar qisqa kun o‘simligi. Siyrak tushgan yorug‘likda uning
rivojlanishi cho‘ziladi va vegetativ massasi ko‘payadi.
Qirg‘oqchilikka chidamli o‘simlik. Ildiz sistemasi tuproqning chuqur
qatlamlaridan, yer osti suvlaridan foydalanishga imkon beradi. Transpiratsiya
koeffitsiyenti 500-600. Sug‘orishga juda ta’sirchan. Sug‘oriladigan sharoitda hosili
ortadi. Mamlakatimizda g‘o‘za faqat sug‘oriladigan sharoitda ekiladi. O‘rta
Osiyoda g‘o‘za bo‘z, bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq tuproqli yerlarga ekiladi.
Tuproqning kuchsiz sho‘riga chidaydi.
G‘o‘za quyidagi tartibda rivojlanadi. Chigit ekilgandan keyin 5-6 chi kuni
yer yuziga urug‘ pallasi yorib chiqadi, 8-10 kundan keyin chin barg chiqadi.
Navbatdagi har qaysi barg 3-5 kunda chiqadi. 7-8 ta chin barg chiqarganda 4-5 chi
barg qo‘ltig‘ida va undan balandroqda 1 chi hosil shoxi vujudga keladi. Bu
shonalash davrining boshlanishi hisoblanadi. Birinchi chin barg chiqargandan to
shonalash davri boshlarigacha 20-30 kun vaqt o‘tadi.
G‘o‘za tupida shonalar 2 xil yo‘nalashda: hosil shoxi bo‘ylab (gorizontal) va
yuqorida joylashgan hosil shoxlarida spiral bo‘ylab paydo bo‘ladi. Birinchi shona
hosil bo‘lishidan 1 chi gul ochilishigacha 25-35 kun o‘tadi, bu esa 9-10 hosil
shoxining paydo bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
. Gullashdan ko‘saklarning ochilishigacha 50-65 kun o‘tadi. Chigit ekishdan
to birinchi ko‘saklar ochilguncha g‘o‘za navlarida 120-140 kun, ingichka tolali
g‘o‘za navlarida 145-160 kun vaqt o‘tadi.
G‘o‘za turlari va navlari. G‘o‘zaning Gossypium- avlodi 37 turni o‘z ichiga
oladi, shundan 7 ta turi madaniy va 30 ta turi yovvoyi hisoblanadi. Asosan
g‘o‘zaning 2 ta madaniy turi - oddiy Meksika g‘o‘zasi (G, hirsutum L.) va Peru
g‘o‘zasi (G,barbadense L.) ekiladi.
G‘o‘za agrotexnikasi. Ko‘pchilik paxtachilik hududlarining tuproqlari oziq
elementlari bilan kam ta’minlangan bo‘ladi. Respublikamizda g‘o‘za ekiladigan
maydonlarning kattagina qismi sho‘rlangan tuproqlarga keladi. Shuning uchun ham
bunday tuproqlar unumdorligini oshirish, almashlab ekishni to‘g‘ri joriy qilish,
tuproqlarga ishlov berish, o‘g‘itlash tizimini to‘g‘ri joriy etish talab etiladi.
Almashlab ekishda asosan bedadan foydalaniladi. Bedaning ahamiyati
shundan iboratki, u bir yilda tuproqda 150 kg gacha azot to‘playdi. Shu bilan bir
qatorda yer osti suvlarini satxini pasaytirishda, tuproqlarning sho‘rini
kamaytirishda, tuproqlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda muhim
ahamiyatga ega. Beda ekilgandan so‘ng, g‘o‘za ekilganda, ular vilt kasalligiga
chalinmaydi. Bedadan tashqari almashlab ekish dalalariga qand lavlagi, dukkakli-
don ekinlari ekiladi. G‘o‘za g‘allali ekinlar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh
hisoblanadi.
Tuproq-iqlim sharoitlariga bog‘liq holda yer kultivatsiya qilinadi, yuza
haydaladi, chizellanadi, shudgor qilinadi. Eng progressiv usullardan 2 yarusli
shudgor qilishdir. Bunda 30-40 sm chuqurlikda yer haydaladi. Bu usul
qo‘llanilganda tuproq oziq elementlari yaxshi taqsim qilinadi, begona o‘tlardan
tozalanadi, natijada hosildorlik 2,5-3,0 s ga oshadi.
O‘g‘itlash. G‘o‘za o‘g‘itga talabchan o‘simlik. 1 t paxta xom-ashyosi va
unga mos o‘simlik poyasini hosil qilish uchun g‘o‘za tuproqdan o‘rta hisobda 50-
60 kg azot, 15-20 kg fosfor va 50-60 kg kaliy o‘zlashtiradi. G‘o‘za oziq
elementlarni eng ko‘p qismini intensiv o‘sish davrida (gullash va yetilish)
fazalarida talab qiladi. Butun vegetatsiya davrida beriladigan umumiy azot,
fosforni 60-70 % ini, kaliyni 70-80 % ini shu fazada iste’mol qiladi.
O‘rta Osiyoni ko‘pchilik tuproqlarida g‘o‘zadan yuqori hosil yetishtirish
o‘g‘itlar 1:0,7-0,8:0,3-0,5 nisbatda berilganda yaxshi natijaga erishiladi. O‘g‘itlarni
yuqori samaradorligi ular vegetatsiya davrida bo‘lib-bo‘lib berilganda kuzatilgan.
Azotni 12 normasi-ekin ekish oldidan yoki 3-4 ta chin barg chiqarish fazasida,
qolgan yarim qismi 2 marta shonalash va gullash oldidan beriladi. Fosforli o‘g‘itlar
ham 2 marta beriladi. Asosiy 70-80% kuzgi shudgorda, qolgan 20% ekish oldidan
beriladi. Kaliyni shonalashgacha 15-20% ini, gullash va hosil tugish davrida 75-80
% ini iste’mol qiladi.
Azot, fosfor va kaliydan tashqari g‘o‘zani o‘g‘itlashda oltingugurt muhim rol
o‘ynaydi. Oltingugurt yetishmasa, o‘simliklar yaxshi o‘smaydi, bargi sariq rangda
bo‘ladi. Magniy yetishmasa o‘simlik barglari qo‘ng‘ir-qizil tusga kiradi. Bunday
barglar tez to‘kiladi va hosilni kamaytiradi. Tuproqqa superfosfat solish bilan
o‘simliklarni magniy bilan ta’minlash mumkin. Natriy tuproqda yetarli miqdorda
bor, lekin ortiqcha miqdorda bo‘lishi o‘simliklarni o‘sish va rivojlanishiga salbiy
ta’sir etadi. Mikroelementlardan marganes, bor, rux, molibden muhim rol o‘ynaydi.
Mikroelementlar tuproqqa kombinirlangan o‘g‘itlar bilan solinadi yoki ekish
oldidan chigitlar shu mikroelementlar bilan purkaladi.
Sug‘orish 2-3 ta chin barg chiqargandan keyin boshlanadi. Vegetatsiya davri
davomida g‘o‘za tuproq iqlim, ob-havo sharoitiga, dalaning namiga, tuproq tipiga,
sizot suvlarining joylashish chuqurligiga bog‘liq holda 3-12 martacha sug‘oriladi.
Ekish meyori. Chigit 60x60 sm qilib ekilsa, 1 ga yerga 35-40 kg dan, 90x25
sm qilib ekilsa 60-70 kg urug‘ ekiladi. Vilt bilan kasallangan yerlarga, sho‘rlangan
tuproqlarga ekish normasi 10% ko‘paytiriladi. Ekish chuqurligi bo‘z tuproqlarda 4-
5 sm, o‘tloqi botqoq yerlarda 3-4 sm. Chekanka (15-25 iyungacha) eng yaxshi
rivojlangan uchastkalarda 17-18 ta hosil shoxlari hosil bo‘lganda qilinadi. O‘rtacha
rivojlangan maydonlarda 15-16 ta hosil shoxlari hosil bo‘lganda olib boriladi.
Yaxshi rivojlanmagan paxta maydonlarida 12-14 hosil shoxlari paydo bo‘lganda 15
avgustdan kechiktirmay qilinadi. Chekanka qo‘l bilan va mexanizatsiya bilan olib
boriladi. Mexanizatsiyalangan chekanka iyulning ikkinchi yarmi- avgust boshlarida
qilinadi. Birinchi marta 50 % o‘simliklarda 15 ta hosil shoxi hosil bo‘lganda,
ikkinchi marta 7-10 kundan keyin qilinadi.
Yig‘ib-terib olish 2 oy mobaynida olib boriladi. Shuning uchun qo‘l bilan 4
marta, mashinada 3 marta yig‘ib olinadi. Mashinada yig‘ib-terib olish 60 % ni
tashkil etadi. Mashinalar ko‘m-ko‘k barglari bo‘lgan o‘simliklarni terib ololmaydi.
Shuning uchun mashina terib olishdan oldin defolatsiya qilinadi, ya’ni
o‘simliklarni barglari kimyoviy moddalar bilan quritiladi, natijada barglar to‘kilib
ketadi va mashinalar yordamida hosil yig‘ib olinadi.
Zig‘ir
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Zig‘ir-eng muhim tolali va moyli o‘simlikdir.
To‘qimachilik sanoatida zig‘ir tolasi paxtadan keyin 2 chi o‘rinni egallaydi.
Tolasining pishiqligi jihatidan paxta va jundan ustun turadi. Zig‘ir tolasi xalq
xo‘jaligining turli sohalarida keng ishlatiladi. Undan brezent, qop-qanor, polotno,
batist, dag‘al mato va hokazolar tayyorlanadi. O‘rtacha 1 kg zig‘ir tolasidan 2,4
kv.m2 gazmol tayyorlanadi. Gazmol tayyorlashdagi chiqindilardan termoizolatsion
materiallar, qog‘oz, mebel, qurilish plitalari tayyorlash uchun xom-ashyo sifatida
foydalaniladi. Zig‘irdan faqat tola emas moy ham olinadi. Uning urug‘ida 35-42 %
yog‘ bor. Zig‘ir kunjarasi mollar uchun yuqori konsentirlangan yem hisoblanadi.
Uning tarkibida 30-36 % gacha oqsil moddasi bo‘ladi.
Zig‘ir qadimiy o‘simlik bo‘lib, bizning eramizdan 4 ming yil ilgari
Hindiston, Xitoy, Misr, Zakavkazeda ekilgan. O‘rta Osiyoda zig‘ir qadimdan ekib
kelinadi.
Dunyo bo‘yicha zig‘irni ekish maydoni 1,5-1,7 mln. gektar yerni tashkil
etadi. Asosan 70 % dan ko‘prog‘i Rossiyada ekiladi. Zig‘irning tola hosili
gektariga 6,50-7,56 ts, urug‘ hosili esa 10-12 ts ni tashkil etadi.
Botanik xususiyatlari. Zig‘ir zig‘irdoshlar-Linaceae oilasiga, Linum
avlodiga kiradi. Bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Yer yuzida zig‘irning
45 dan ortiq turi tarqalgan. Bulardan eng muhimi madaniy zig‘irdir-Linum
usitatissimum. Shu tur yana 4 ta guruhga bo‘linadi:
1.
Uzun tolali zig‘ir (var elongata). Ildiz sistemasi o‘q ildiz, asosan
tuproqning haydalma qatlamida joylashadi. Poyasi silliq, uzun, 70 sm dan 120 sm
bo‘lib, poyaning yuqori qismida shoxlanadi. Bargi lansetsimon bo‘lib, ketma-ket
joylashgan. Gul to‘dasi zontiksimon bo‘ladi. Guli zangori rangda bo‘ladi. Zig‘ir
o‘z-o‘zidan changlanadigan o‘simlik, lekin havo quruq va issiq bo‘lganda
hashoratlar yordamida bir guldan ikkinchi gulga o‘tib changlanadi. Mevasi
sharsimon 5 uyali quticha bo‘lib, bitta poyada 5-8 quticha bo‘ladi. Bitta quticha 10
ta yarim uyaga bo‘lingan bo‘ladi, har bir yarim uyada 1 tadan urug‘ bo‘ladi. Urug‘i
tuxumsimon shaklda, tekis, jigarrang bo‘lib, 1000 ta urug‘ining massasi 3,7-5,5 g
bo‘ladi. Bu tur asosan tola olish uchun ishlatiladi.
2.
Past bo‘yli shoxsimon zig‘ir (var brevimulticaulia). Poyasi 30-50 sm,
shoxlanish poyaning pastki qismidan boshlanadi. Bitta o‘simlikda 30-60 korobka
bo‘ladi. Urug‘i uzun tolali zig‘irning urug‘iga qaraganda yirikroq bo‘ladi. 1000
dona urug‘ining massasi 4-8 g bo‘lib tarkibida 47 % gacha yog‘ bo‘ladi. Asosan
yog‘ olish maqsadida O‘rta Osiyo va Zakavkazeda ekiladi.
3.
Oraliq zig‘ir (var. intermedia)-o‘rtacha tolali zig‘ir, bo‘yi 50-70 sm,
shoxlari kam bo‘ladi. Shoxlanishi poyaning o‘rta qismidan boshlanadi. 15-26
tagacha quticha bo‘ladi. 1000 ta urug‘ining massasi 4,5-6,0 g ni tashkil etadi.
Asosan yog‘ olish maqsadida, kamroq tola olish uchun ekiladi.
4.
Yotib o‘sadigan (var. prostrata)-yoyilib-sochilib o‘suvchi zig‘ir. Bo‘yi
80-100 sm, poyalarining soni ko‘p bo‘lib, yotib o‘sadi, gullash oldidan poyasi
ko‘tarilib vertikal holatga o‘tadi. Asosan zig‘ir ekiladigan maydonning 85% iga
uzun tolali zig‘ir ekiladi. Uzun tolali zig‘irning umumiy hosilining 70-80 % ini
poya, 10-12 % urug‘, 10-12% qipiq va chiqindilar tashkil etadi. Poyasida 20-30%
tola bo‘ladi.
Zig‘irning poyasi epidermisdan tuzilgan bo‘lib, tolalar to‘plami poyaning
pastki qismidan yuqori qismigacha joylashgan bo‘ladi. Epidermis parenxima
tolalar to‘plami bilan birgalikda poyaning po‘stlog‘ini tashkil etadi. Tolalar
to‘plami uzunligi bilan farqlanadi, chunki tolalar to‘plamini uzunligi poyaning
uzunligi bilan uzviy bog‘liq. Tolaning muhim ko‘rsatkichi-bu tolaning texnik
uzunligidir (urug‘ palla bargdan gulgacha bo‘lgan poyaning uzunligi).
Qimmatbaho tola poyasi uzun va juda ingichka bo‘lgan poyadan (qalinligi 1-2 mm)
olinadi. Tolaning uzunligi, pishiqligi, ingichkaligi, elastikligi va rangi uni sifatini
bildiradi. Tolaning eng yaxshi rangi kulrang va och kulrang hisoblanadi. Tolaning
umumiy sifati nomer bilan belgilanadi. Tolani yuqori nomeri 25-36, o‘rtacha
nomeri 12-15 hisoblanadi. Yuqori nomerli tola qimmat, boshqalari esa arzon
baholanadi.
Biologik xususiyatlari. Uzun tolali zig‘ir o‘rtacha iqlimli hududlarda,
namgarchilik yetarli bo‘lgan yerlarda yaxshi o‘sadi. Urug‘i 50 C da unib chiqadi 3-
50 sovuqqa bardosh beradi.. Zig‘irni o‘sishi va rivojlanishi uchun optimal
temperatura 16-170 C qulay hisoblanadi. Issiq va quruq havo (220 va undan
yuqori),0 uning rivojlanishini, poyasini o‘sishini kechiktirib, shoxlanishini
ko‘paytiradi.
Zig‘ir namsevar o‘simlik. Suvni shonalash va gullash davrida
ko‘p talab qiladi. Boshqa fazalarda suvni kam isyemol qiladi. Transpiratsiya
koeffitsiyenti 400-430 ga teng. Tuproqda namlik 70% bo‘lganda yaxshi o‘sib,
yuqori hosil beradi. Zig‘ir uzun kun o‘simlik bo‘lib, unga kuchli yorug‘lik zarur
emas, negaki kuchli yorug‘lik ta’sirida u tez shoxlanib, hosili kamayadi va tolaning
sifati buziladi. Zig‘irning vegetatsiya davri 82-85 kundan iborat. Respublikamizda
zig‘irning quyidagi navlari ekiladi: tolasi uchun Svetoch, K-6, L-1120, I-9, Pskov-
359, Startok navlari, moy olish uchun esa Baxmal-2, Baxmal-1056 navlari ekiladi.