TOLALI MAHSULOTLARNI TARASH JARAYONI

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

1001,9 KB


 
 
 
 
 
 
TOLALI MAHSULOTLARNI TARASH JARAYONI 
 
 
Reja 
1. Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati. 
2. Tarash mashinasining vazifalari.  
3. Tarash mashinasining turlari.   
4. Shlyapkali tarash mashinasining ishlashi   
5. Garnitura nomeri haqida tushuncha. 
6. Garnitura turlari va ularning ishlatilishi  
 
Tolali mahsulotlarga ishlov beruvchi TTA mashinalaridan chiqayotgan tolali 
massa alohida tolalarga ajralmagan mayda paxta bo’lakchalaridan iborat bo’lib, 
uning tarkibida xas-cho’p va nuqsonlar mavjud bo’ladi. Ularni tozalash uchun paxta 
bo’lakchalarini alohida tolalarga ajratib, so’ngra nuqsonlardan tozalash mumkin. Bu 
vazifani faqatgina tarash jarayonida amalga oshirish mumkin.  
Tarash jarayonining maqsadi nisbatan kalta tolalarni cho’zish jarayoniga 
tayyorlash va taralgan pilta shakllantirishdan iborat.  
Tarash jarayonining mohiyati tolali tutamni alohida tolalarga ajratish, 
undagi mayda xas cho’p, nuqson va kalta tolalarni tarab tashlashdan iborat.  
 
Tarash mashinasining vazifalari  
Tarash mashinasida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.  
1. Paxta tutamini alohida tolalarga ajratish. 
2. Mayda xas cho’plar, nuqsonlar va kalta tolalarni ajratib tashlash.  
3. Mahsulotni yuz va undan ortiq miqdorda ingichkalashtirish. 
TOLALI MAHSULOTLARNI TARASH JARAYONI Reja 1. Tarash jarayonining maqsadi va mohiyati. 2. Tarash mashinasining vazifalari. 3. Tarash mashinasining turlari. 4. Shlyapkali tarash mashinasining ishlashi 5. Garnitura nomeri haqida tushuncha. 6. Garnitura turlari va ularning ishlatilishi Tolali mahsulotlarga ishlov beruvchi TTA mashinalaridan chiqayotgan tolali massa alohida tolalarga ajralmagan mayda paxta bo’lakchalaridan iborat bo’lib, uning tarkibida xas-cho’p va nuqsonlar mavjud bo’ladi. Ularni tozalash uchun paxta bo’lakchalarini alohida tolalarga ajratib, so’ngra nuqsonlardan tozalash mumkin. Bu vazifani faqatgina tarash jarayonida amalga oshirish mumkin. Tarash jarayonining maqsadi nisbatan kalta tolalarni cho’zish jarayoniga tayyorlash va taralgan pilta shakllantirishdan iborat. Tarash jarayonining mohiyati tolali tutamni alohida tolalarga ajratish, undagi mayda xas cho’p, nuqson va kalta tolalarni tarab tashlashdan iborat. Tarash mashinasining vazifalari Tarash mashinasida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi. 1. Paxta tutamini alohida tolalarga ajratish. 2. Mayda xas cho’plar, nuqsonlar va kalta tolalarni ajratib tashlash. 3. Mahsulotni yuz va undan ortiq miqdorda ingichkalashtirish.
 
 
4. Belgilangan sifat ko’rsatkichlari ega bo’lgan taralgan piltani hosil qilib uni tazga 
taxlash.    
5. Tolalarni juda yaxshi aralashtirish orqali mahsulotni ravonligini ta`minlash.  
 
Tarash mashinasining turlari  
Tarash mashinalari shlyapkali va valikli tarash mashinalariga ajratiladi.  
Shlyapkali tarash mashinalari karda va qayta tarash yigirish sistemalarida 
paxta tolasini tarash uchun qo’llaniladi. 
Valikli tarash mashinalari jun, lub tolalarini tarashda va paxta tolasini apparat 
yigirish sistemasida tarashda ishlatiladi. Bulardan tashqari momiq tarash mashinalari 
ham mavjud bo’lib, past navli paxta tolasi hamda tolali chiqindilardan xo’jalik 
paxtasi  tayyorlashda ishlatiladi.  
Dunyo mamlakatlarining yigirish korxonalarida «Truetzschler» (Germaniya), 
«Rieter» (Shveytsariya),  «Marzoli» (Italiya) va «Howa» (Yaponiya) firmalarining 
tarash mashinalari samarali ishlatilmoqda.  
 
4. Belgilangan sifat ko’rsatkichlari ega bo’lgan taralgan piltani hosil qilib uni tazga taxlash. 5. Tolalarni juda yaxshi aralashtirish orqali mahsulotni ravonligini ta`minlash. Tarash mashinasining turlari Tarash mashinalari shlyapkali va valikli tarash mashinalariga ajratiladi. Shlyapkali tarash mashinalari karda va qayta tarash yigirish sistemalarida paxta tolasini tarash uchun qo’llaniladi. Valikli tarash mashinalari jun, lub tolalarini tarashda va paxta tolasini apparat yigirish sistemasida tarashda ishlatiladi. Bulardan tashqari momiq tarash mashinalari ham mavjud bo’lib, past navli paxta tolasi hamda tolali chiqindilardan xo’jalik paxtasi tayyorlashda ishlatiladi. Dunyo mamlakatlarining yigirish korxonalarida «Truetzschler» (Germaniya), «Rieter» (Shveytsariya), «Marzoli» (Italiya) va «Howa» (Yaponiya) firmalarining tarash mashinalari samarali ishlatilmoqda.
 
 
Shlyapkali tarash mashinasi  
 
Shlyapkali tarash mashinalari bir qator texnologik  xususiyatlarga ega: 
ta`minlash bunkeri ko’p qismli, ta`minlash stolchasi  tsilindr ustida joylashgan va 
uchta qabul barabani bilan jihozlangan. Tarash mashinasining parametrlari 
kompyuter dasturlari asosida boshqariladi. DK-903 tarash mashinasida texnologik 
jarayon quyidagicha amalga oshadi.  
Directefeed bunkerli ta`minlagichi yuklash, yuqori va quyi sektsiyalardan 
iborat. Yuqori sektsiyada mahsulot titib tozalanadi, quyi sektsiyada esa bir tekis 
qatlam hosil qilinadi. Ushbu qatlam sensofeed tizimi orqali dastlabki tarash zonasi  
webfeed – qabul barabani uzeliga uzatiladi. Sensofeed tizimi takomillashgan 
qurilma bo’lib, mahsulot ta`minlovchi tsilindr ustidan uzatiladi. Tola tutamlari bir 
tekis uzatilib uchta qabul barabanida ketma - ket taraladi.  
 
DK-903 tarash mashinasining texnologik sxemasi. 
1-bunkerli ta`minlagich, 2-ta`minlovchi tsilindr, 3-sensofeed, 4-yo’naltiruvchilar, 
5-webfeed,  
6-dastlabki qo’zg’almas segmentlar, 7-tola tozalash moslamasi, 8-chang quvurlari, 
9-shlyapka polotnosi, 10 - bosh baraban,  11-so’ruvchi quvur, 12-ajratuvchi 
baraban, 13-tozalochi valik,  
14-ajratuvchi valik,  15-ezuvchi vallar, 16-webspeed, 17-pilta uzatuvchi vallar,  
18-taz. 
 
 
Qabul barabani uzelida nuqsonlar ajralib havo yordamida so’rib olinadi. 
Uchinchi qabul barabanidan tolali mahsulot bosh baraban sirtiga o’tadi. Qabul 
Shlyapkali tarash mashinasi Shlyapkali tarash mashinalari bir qator texnologik xususiyatlarga ega: ta`minlash bunkeri ko’p qismli, ta`minlash stolchasi tsilindr ustida joylashgan va uchta qabul barabani bilan jihozlangan. Tarash mashinasining parametrlari kompyuter dasturlari asosida boshqariladi. DK-903 tarash mashinasida texnologik jarayon quyidagicha amalga oshadi. Directefeed bunkerli ta`minlagichi yuklash, yuqori va quyi sektsiyalardan iborat. Yuqori sektsiyada mahsulot titib tozalanadi, quyi sektsiyada esa bir tekis qatlam hosil qilinadi. Ushbu qatlam sensofeed tizimi orqali dastlabki tarash zonasi webfeed – qabul barabani uzeliga uzatiladi. Sensofeed tizimi takomillashgan qurilma bo’lib, mahsulot ta`minlovchi tsilindr ustidan uzatiladi. Tola tutamlari bir tekis uzatilib uchta qabul barabanida ketma - ket taraladi. DK-903 tarash mashinasining texnologik sxemasi. 1-bunkerli ta`minlagich, 2-ta`minlovchi tsilindr, 3-sensofeed, 4-yo’naltiruvchilar, 5-webfeed, 6-dastlabki qo’zg’almas segmentlar, 7-tola tozalash moslamasi, 8-chang quvurlari, 9-shlyapka polotnosi, 10 - bosh baraban, 11-so’ruvchi quvur, 12-ajratuvchi baraban, 13-tozalochi valik, 14-ajratuvchi valik, 15-ezuvchi vallar, 16-webspeed, 17-pilta uzatuvchi vallar, 18-taz. Qabul barabani uzelida nuqsonlar ajralib havo yordamida so’rib olinadi. Uchinchi qabul barabanidan tolali mahsulot bosh baraban sirtiga o’tadi. Qabul
 
 
barabani tezligiga nisbatan bosh baraban tezligining kattaligi hisobiga mahsulot 
taraladi. Bosh baraban garnituralaridagi tolalar asosiy tarash zonasi hisoblangan 
shlyapkalar ta`siriga duch keladi. Kalta tolalar shlyapkalar sirtiga o’tadi , uzun 
tolalar esa bosh baraban bilan harakatlanishda davom etadi. Mashina quzg’almas  
segmentlar bilan jihozlangan bo’lib ular ishlatilayotgan tola turiga qarab tanlanadi. 
Asosiy tarash zonasida mahsulot ikki qismga ajraladi: kalta tolalardan iborat tarandi 
va uzun tolalardan iborat taramga. Tarandi shlyapkalar polotnosidan ajratuvchi 
moslama yordamida ajratilib havo yordamida chiqindilar bo’limiga junatiladi. Uzun 
tolalar bosh baraban garnituralaridan ajratuvchi baraban sirtiga utadi (ajratuvchi 
baraban garnitura sig’imining kattaligi hisobiga). Taramni utishi birdaniga amalga 
oshmasdan davriy ravishda amalga oshadi (tezliklar farqi hisobiga). Natijada tolalar 
davriy qo’shilib aralashadi va tekislanadi. Ajratuvchi baraban garnituralaridan taram  
ajratuvchi moslama yordamida ajratilib zichlagichlardan o’tkazilib piltaga 
aylantiriladi. Cho’zish asbobida kerakli chiziqiy zichlikka keltirilgan pilta tazlarga 
taxlanadi. Taralgan piltaning chiziqiy zichligi avtorostlagichlar yordamida 
rostlanadi.  
Garnitura nomeri haqida tushuncha. 
Garnituralar nomeri, balandligi va tishlarining yoki ignalarining qiyalik 
burchagi kabi ko’rsatkichlari bilan farqlanadi.  
Garnituralarning nomeri 1 sm2 yuzaga to’g’ri keluvchi tishlar yoki ignalar 
sonini anglatadi.  
Garnitura nomeri  quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
78
100 100

=
t H
N
 
bu erda:  
t - tishning qadami, mm; N - arra tishli lentaning qalinligi, mm. 
Garnitura nomeri uning parametrlarini belgilaydi. 
 
Garnituralar parametrlari: 
- balandligi; 
- tishlar (ignalar) qadami; 
barabani tezligiga nisbatan bosh baraban tezligining kattaligi hisobiga mahsulot taraladi. Bosh baraban garnituralaridagi tolalar asosiy tarash zonasi hisoblangan shlyapkalar ta`siriga duch keladi. Kalta tolalar shlyapkalar sirtiga o’tadi , uzun tolalar esa bosh baraban bilan harakatlanishda davom etadi. Mashina quzg’almas segmentlar bilan jihozlangan bo’lib ular ishlatilayotgan tola turiga qarab tanlanadi. Asosiy tarash zonasida mahsulot ikki qismga ajraladi: kalta tolalardan iborat tarandi va uzun tolalardan iborat taramga. Tarandi shlyapkalar polotnosidan ajratuvchi moslama yordamida ajratilib havo yordamida chiqindilar bo’limiga junatiladi. Uzun tolalar bosh baraban garnituralaridan ajratuvchi baraban sirtiga utadi (ajratuvchi baraban garnitura sig’imining kattaligi hisobiga). Taramni utishi birdaniga amalga oshmasdan davriy ravishda amalga oshadi (tezliklar farqi hisobiga). Natijada tolalar davriy qo’shilib aralashadi va tekislanadi. Ajratuvchi baraban garnituralaridan taram ajratuvchi moslama yordamida ajratilib zichlagichlardan o’tkazilib piltaga aylantiriladi. Cho’zish asbobida kerakli chiziqiy zichlikka keltirilgan pilta tazlarga taxlanadi. Taralgan piltaning chiziqiy zichligi avtorostlagichlar yordamida rostlanadi. Garnitura nomeri haqida tushuncha. Garnituralar nomeri, balandligi va tishlarining yoki ignalarining qiyalik burchagi kabi ko’rsatkichlari bilan farqlanadi. Garnituralarning nomeri 1 sm2 yuzaga to’g’ri keluvchi tishlar yoki ignalar sonini anglatadi. Garnitura nomeri quyidagi formula bilan aniqlanadi. 78 100 100  = t H N bu erda: t - tishning qadami, mm; N - arra tishli lentaning qalinligi, mm. Garnitura nomeri uning parametrlarini belgilaydi. Garnituralar parametrlari: - balandligi; - tishlar (ignalar) qadami;
 
 
- qalinligi (asosining qalinligi); 
- igna yoki tishning qiyalik burchagi; 
- nomeri; 
Tarash mashinalari ishchi qismlarini qoplash uchun qattiq, elastik va yarim 
qattiq garnituralar ishlatiladi.  
 
Qattiq garnitura shartli ravishda ikki guruhga ajratiladi:    
1) arra tishli – qabul barabanini jixozlash uchun; 
2) TsMPL (tselnometalicheskaya pilchataya lenta) – bosh va ajratuvchi 
barabanlarni jihozlash uchun. 
 
Arra tishli garnitura 
 
t - tishlar qadami, mm  
 - tishning qiyalik burchagi, rad  
H - tishlar asosining qalinligi, mm  
h - garnitura balandligi, mm 
h3 - tish balandligi, mm 
 
 
Ts M P L 
 
H - garnitura balandligi, mm    
B - garnitura asosi qalinligi, mm 
t - tishlar qadami, mm 
h1 - tish balandligi, mm 
 - tishning old qirra qiyalik burchagi, rad 
r - tushish egriligi radiusi, mm 
a - tishning yuqori qismi kengligi, mm  
b1 - tishning yuqori qism qalinligi, mm 
b2 - tish asosining qalinligi, mm 
h3 - garnitura asosining balandligi, mm 
 
Tipik TsMPL ularning tishlari toblangan, asosi toblanmaganligi uchun 
baraban sirtiga jips yotadi.   
- qalinligi (asosining qalinligi); - igna yoki tishning qiyalik burchagi; - nomeri; Tarash mashinalari ishchi qismlarini qoplash uchun qattiq, elastik va yarim qattiq garnituralar ishlatiladi. Qattiq garnitura shartli ravishda ikki guruhga ajratiladi: 1) arra tishli – qabul barabanini jixozlash uchun; 2) TsMPL (tselnometalicheskaya pilchataya lenta) – bosh va ajratuvchi barabanlarni jihozlash uchun. Arra tishli garnitura t - tishlar qadami, mm  - tishning qiyalik burchagi, rad H - tishlar asosining qalinligi, mm h - garnitura balandligi, mm h3 - tish balandligi, mm Ts M P L H - garnitura balandligi, mm B - garnitura asosi qalinligi, mm t - tishlar qadami, mm h1 - tish balandligi, mm  - tishning old qirra qiyalik burchagi, rad r - tushish egriligi radiusi, mm a - tishning yuqori qismi kengligi, mm b1 - tishning yuqori qism qalinligi, mm b2 - tish asosining qalinligi, mm h3 - garnitura asosining balandligi, mm Tipik TsMPL ularning tishlari toblangan, asosi toblanmaganligi uchun baraban sirtiga jips yotadi.
 
 
 
Musbat va manfiy burchakli Ts M P L 
 
 
Bunday 
garnitura 
Yaponiya 
tarash mashinalarda ishlatiladi. 
 
 - 850: 1 - 1150 bo’lgani uchun 
tishlar oralig’iga momiqlar kam kiradi 
 
Shakldor Ts M P L 
Tishlarning old qirralari shakldor qilib tayyorlangan bo’lib, ular bosh baraban 
sirtini jihozlashga tavsiya etiladi.  
 
 
Bosh baraban garniturasi tolani 
kam xajmda joylashishini ta`minlab, 
shlyapkalar 
bilan 
kalta 
tolalarni 
taralishiga 
(ajralishiga) 
yaxshi 
imkoniyat yaratishi shart. 
 
Ajratuvchi baraban garniturasi esa, ko’proq xajmda tola joylashishini 
ta`minlab, bosh barabandan ularni ajralishini engilashtirishi kerak. 
Ts M P L lar maxsus qurilma yordamida tarash mashinasini o’zida baraban 
sirtiga tortib o’raladi. Ularni uchlari (boshlanishi va oxiri baraban chetlariga 
kavsharlanadi). 
Qabul barabani va valiklar ustaxonada joylashgan statsionar qurilmada tortilib 
o’raladi. 
 
Elastik garnituralar  
 
Elastik garnituralar igna sirtli lenta ko’rinishida, asosi besh qatlamli 
to’qimadan iborat bo’lib ularga ingichka po’lat simlar (skobalar) o’tkazilgan bo’ladi.  
Ular tozalovchi ishchi orgavnlarda  ishlatiladi. 
Musbat va manfiy burchakli Ts M P L Bunday garnitura Yaponiya tarash mashinalarda ishlatiladi.  - 850: 1 - 1150 bo’lgani uchun tishlar oralig’iga momiqlar kam kiradi Shakldor Ts M P L Tishlarning old qirralari shakldor qilib tayyorlangan bo’lib, ular bosh baraban sirtini jihozlashga tavsiya etiladi. Bosh baraban garniturasi tolani kam xajmda joylashishini ta`minlab, shlyapkalar bilan kalta tolalarni taralishiga (ajralishiga) yaxshi imkoniyat yaratishi shart. Ajratuvchi baraban garniturasi esa, ko’proq xajmda tola joylashishini ta`minlab, bosh barabandan ularni ajralishini engilashtirishi kerak. Ts M P L lar maxsus qurilma yordamida tarash mashinasini o’zida baraban sirtiga tortib o’raladi. Ularni uchlari (boshlanishi va oxiri baraban chetlariga kavsharlanadi). Qabul barabani va valiklar ustaxonada joylashgan statsionar qurilmada tortilib o’raladi. Elastik garnituralar Elastik garnituralar igna sirtli lenta ko’rinishida, asosi besh qatlamli to’qimadan iborat bo’lib ularga ingichka po’lat simlar (skobalar) o’tkazilgan bo’ladi. Ular tozalovchi ishchi orgavnlarda ishlatiladi.
 
 
 
1-rezina, 
2-ip gazlama,  
3-lub gazlama, 
4-ip gazlama, 
5-ip gazlama. 
№ 100-140. 
 
Ishlash muddati 5-7 yil, har 100-110 soatda charxlash tavsiya qilindai.  
 
Yarim qattiq garnituralar  
 
Asosan shlyapkalarni qoplash uchun ishlatiladi. (qattiq va elastik garnituralar 
oralig’idagi xususiyatga ega) 0,6 x 0,25 mm li yapaloq po’lat sim (skoba) bo’lib, 
uning uchlari 180 burchak bilan qiya qilib ishlov berilgan. Asosi 8 qatlam 
to’qimadan iborat bo’lib maxsus elim bilan yopishtirilgan. 
 
 
 
Tarandi miqdorini 6 marta 
kamaytiradi, notekislikni 3,5 dan 
2,8% gacha kamaytiradi. 
 
Ishlash 
muddati 
elastik 
garnituraga nisbatan 2 marta katta. 
 
Ayrim mashinalarda garniturani klipslarsiz mahkamlash uchun asos 
to’qimada magnit plastinkadan foydalaniladi.  
Taqsimlash tizimidan kelayotgan tolali mahsulot bunkerlar yordamida bir 
tekis qatlamga aylantirilgandan so’ng tarash mashinasiga uzatiladi. Bunkerlar 
mahsulotni tekislashdan tashqari changsizlantirish vazifasini ham bajaradi. Ular bir 
yoki ikki kamerali (sektsiyali) tuzilishga ega bo’lib, ikkinchisi yuqori samara bilan 
ishlatilmoqda. Turli firmalar ishlab chiqarayotgan ikki sektsiyali bunkerlar tuzilishi 
jihatidan o’xshash bo’lib, ayrim parametrlarlari bilan bir biridan farq qiladi.  
 
Directfeed - bunkerli ta`minlagich  
1-rezina, 2-ip gazlama, 3-lub gazlama, 4-ip gazlama, 5-ip gazlama. № 100-140. Ishlash muddati 5-7 yil, har 100-110 soatda charxlash tavsiya qilindai. Yarim qattiq garnituralar Asosan shlyapkalarni qoplash uchun ishlatiladi. (qattiq va elastik garnituralar oralig’idagi xususiyatga ega) 0,6 x 0,25 mm li yapaloq po’lat sim (skoba) bo’lib, uning uchlari 180 burchak bilan qiya qilib ishlov berilgan. Asosi 8 qatlam to’qimadan iborat bo’lib maxsus elim bilan yopishtirilgan. Tarandi miqdorini 6 marta kamaytiradi, notekislikni 3,5 dan 2,8% gacha kamaytiradi. Ishlash muddati elastik garnituraga nisbatan 2 marta katta. Ayrim mashinalarda garniturani klipslarsiz mahkamlash uchun asos to’qimada magnit plastinkadan foydalaniladi. Taqsimlash tizimidan kelayotgan tolali mahsulot bunkerlar yordamida bir tekis qatlamga aylantirilgandan so’ng tarash mashinasiga uzatiladi. Bunkerlar mahsulotni tekislashdan tashqari changsizlantirish vazifasini ham bajaradi. Ular bir yoki ikki kamerali (sektsiyali) tuzilishga ega bo’lib, ikkinchisi yuqori samara bilan ishlatilmoqda. Turli firmalar ishlab chiqarayotgan ikki sektsiyali bunkerlar tuzilishi jihatidan o’xshash bo’lib, ayrim parametrlarlari bilan bir biridan farq qiladi. Directfeed - bunkerli ta`minlagich
 
 
Ustki bunker tolali mahsulotni 1200 mm kenglikda bir tekis uzluksiz uzatishni 
ta`minlaydi. 5 ta segmentga bo’lingan stolcha yordamida zichlangan va ta`minlovchi 
valik uzatayotgan mahsulotni ignali tituvchi baraban avaylab titadi (neps hosil 
qilmasdan).  
 
 
Directfeed bunkerli ta`minlagichning 
texnologik sxemasi 
1- katta hajmli ustki bunker.  
2- havo oqimini integralli taqsimlagich  
3- ustki sektsiyaning ta`minlovchi valigi  
4- tolani zichlovchi besh segmentli ta`minlovchi 
stolcha  
5- avaylab tituvchi valik  
6- ventilyator o’rnatilgan havo aylanadigan 
yopiq kontur  
7- havo chiqaruvchi taroqli moslama   
Pastki bunkerdagi maxsus relef va mahsulot harakat yo’lining kattaligi  
sababli bir tekis qatlam hosil bo’lishi uchun maksimal sharoit yaratilgan.  
Sensofeed tizimining ta`minlovchi valigi oldida havoni muntazam so’rib 
chiqaruvchi taroqli moslama joylashgan. Shuning uchun ham pastki bunkerning 
toraygan joyida tolalar birlashib bir tekis qatlam hosil bo’ladi 
 
Sensofeed tizimi  
Sensofeed tizimi ta`minlovchi tsilindr, ta`minlovchi stolcha va mahsulot 
qalinligini nazorat qiluvchi richaglar (plastinkalar) dan  iborat. Ta`minlovchi stolcha 
mahsulot qatlamini zichlashtiradi va nazorat qiluvchi richag tomon yo’naltiradi. Bu 
richagda 10 ta 100 mm kenglikka ega bo’lgan prujinali plastinkasimon elementlar 
joylashib, ular o’tkir uchlari bilan pastga qaratilgan.  
Prujinali elementlarning juda nafis ishlangan qirralari hisobiga  bevosita tolali 
materialni ignali garnitura qoplangan dastlabki tituvchi baraban yo’naltiradi. 
Ustki bunker tolali mahsulotni 1200 mm kenglikda bir tekis uzluksiz uzatishni ta`minlaydi. 5 ta segmentga bo’lingan stolcha yordamida zichlangan va ta`minlovchi valik uzatayotgan mahsulotni ignali tituvchi baraban avaylab titadi (neps hosil qilmasdan). Directfeed bunkerli ta`minlagichning texnologik sxemasi 1- katta hajmli ustki bunker. 2- havo oqimini integralli taqsimlagich 3- ustki sektsiyaning ta`minlovchi valigi 4- tolani zichlovchi besh segmentli ta`minlovchi stolcha 5- avaylab tituvchi valik 6- ventilyator o’rnatilgan havo aylanadigan yopiq kontur 7- havo chiqaruvchi taroqli moslama Pastki bunkerdagi maxsus relef va mahsulot harakat yo’lining kattaligi sababli bir tekis qatlam hosil bo’lishi uchun maksimal sharoit yaratilgan. Sensofeed tizimining ta`minlovchi valigi oldida havoni muntazam so’rib chiqaruvchi taroqli moslama joylashgan. Shuning uchun ham pastki bunkerning toraygan joyida tolalar birlashib bir tekis qatlam hosil bo’ladi Sensofeed tizimi Sensofeed tizimi ta`minlovchi tsilindr, ta`minlovchi stolcha va mahsulot qalinligini nazorat qiluvchi richaglar (plastinkalar) dan iborat. Ta`minlovchi stolcha mahsulot qatlamini zichlashtiradi va nazorat qiluvchi richag tomon yo’naltiradi. Bu richagda 10 ta 100 mm kenglikka ega bo’lgan prujinali plastinkasimon elementlar joylashib, ular o’tkir uchlari bilan pastga qaratilgan. Prujinali elementlarning juda nafis ishlangan qirralari hisobiga bevosita tolali materialni ignali garnitura qoplangan dastlabki tituvchi baraban yo’naltiradi.
 
 
Shuningdek har bir alohida prujinali element kelayotgan mahsulotning qalinligiga 
aniq moslashadi. Demak, 10 ta prujinali elementlarning alohida og’ishi natijasida 
elektr signali hosil bo’ladi va qisqa vaqt ichida to’g’rilash (korrektirovka) uchun 
haqiqiy qiymat - o’rnida qo’llaniladi.  
 
 
Sensofeed tizimining sxemasi  
1 - maxsus garniturali ta`minlovchi tsilindr  
2 - prujina bilan yuklanuvchi ta`minlovchi 
stolcha 
3 - prujina bilan yuklanuvchi nazorat 
qiluvchi richag   
4 - plastikali elementi  
5 - Webfeed tizimining birinchi qabul 
barabani     
Qabul barabani uzeli   
Avvalgi tarash mashinalarining qabul barabani uzeli ta`minlovchi tsilindr, 
ta`minlovchi stolcha, nuqson ajratuvchi pichoq, panjaralar va ishchi juftliklardan 
iborat bo’lgan. Hozirgi tarash mashinalarida Sensofeed va Webfeed tizimlardan 
iborat bo’lgan qabul barabani uzeli ishlatilmoqda.  
Qabul barabani uzelida quyidagi vazifalar bajariladi: 
- tolalar tutamini dag’al tarash; 
- xas cho’plarni va nuqsonlarni ajratish; 
- taralgan tolalarni bosh barabanga uzatish. 
 
Trutzschler firmasi tarash mashinasining qabul barabani uzeli  
(Webfeed tizimi)   
Webfeed  tizimi uchta ketma-ket joylashgan tituvchi va tozalovchi 
barabanlardan iborat. Paxta bo’lakchalar oddiy qabul barabaniga nisbatan to’liq va 
avaylab titiladi.  
Shuningdek har bir alohida prujinali element kelayotgan mahsulotning qalinligiga aniq moslashadi. Demak, 10 ta prujinali elementlarning alohida og’ishi natijasida elektr signali hosil bo’ladi va qisqa vaqt ichida to’g’rilash (korrektirovka) uchun haqiqiy qiymat - o’rnida qo’llaniladi. Sensofeed tizimining sxemasi 1 - maxsus garniturali ta`minlovchi tsilindr 2 - prujina bilan yuklanuvchi ta`minlovchi stolcha 3 - prujina bilan yuklanuvchi nazorat qiluvchi richag 4 - plastikali elementi 5 - Webfeed tizimining birinchi qabul barabani Qabul barabani uzeli Avvalgi tarash mashinalarining qabul barabani uzeli ta`minlovchi tsilindr, ta`minlovchi stolcha, nuqson ajratuvchi pichoq, panjaralar va ishchi juftliklardan iborat bo’lgan. Hozirgi tarash mashinalarida Sensofeed va Webfeed tizimlardan iborat bo’lgan qabul barabani uzeli ishlatilmoqda. Qabul barabani uzelida quyidagi vazifalar bajariladi: - tolalar tutamini dag’al tarash; - xas cho’plarni va nuqsonlarni ajratish; - taralgan tolalarni bosh barabanga uzatish. Trutzschler firmasi tarash mashinasining qabul barabani uzeli (Webfeed tizimi) Webfeed tizimi uchta ketma-ket joylashgan tituvchi va tozalovchi barabanlardan iborat. Paxta bo’lakchalar oddiy qabul barabaniga nisbatan to’liq va avaylab titiladi.