To‘ldiruvchilarning dona shakli
Uyilma zichlik, bo’shliqlik kabi to’ldiruvchilarning xususiyatlarini donalar
shakli orqali aniqlanadi. Birinchi marta buni B.Nikolaev tadqiq etdi va 1914 yilda
«Material donalari shakli va o’lchamiga mos beton va qorishmalar tarkibi» ishida
keltirgan.
B.Nikolaev sochiluvchan materialning donalar tarkibini va geometric
joylashuv strukturasini nazariy asosida analiz qildi. Agar shartli ravishda barcha
donalarni bir xil shaklda va o’lchamda desak, u holda berilgan xajm bo’yicha
joylashtirish tartibiga ko’ra (shar, kub, tetroedr) turlicha zichlikka ega bo’ladi.
Masalan, agar shar shaklidagi donalarni tersak va ularning markazi kubni xosil
qiladi(rasm.2.6,a), bu esa nisbatan kichik zichlikni beradi. Agar sharlarning
markazini tutashtiruvchi chiziqlar tetroedrni tashkil etsa(rasm2.6.b), u xolda katta
zichlikka ega bo’ladi.
4.1-Rasm. SHarlarning joylashish variantlari (poeksiyada)
Sochiluvchan materiallarning donalar shakliga mos bo’shliqligi
2.2-jadval
Standartlarda to’ldiruvchilarning donalari shakli, ularning o’lchamiga qarab
baholanadi. Masalan UzRST da shag‘al va shag‘alda plastinkali va ninasimon
donalar salmog‘i (to‘ldiruvchilarning eni va qalinligi uzunligida 3 martta kichik)
ko‘rsatilgan.
UzRSTda g‘ovak to’ldiruvchilar uchun donalar shakli koeffitsienti
quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: Dkatta va Dkichik ― donalarning eng katta va eng kichik o’lchamlari, mm
Donalarni o’lchash shtangensirkul yordamida amalga oshiriladi.
To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi
To’ldiruvchilarning donadorlik tarkibi (granulometrik tarkibi), undagi turli
kattalikdagi donalarning mavjudligi bo’lib, to’ldiruvchining o’rtacha namunasini
standart elakdan o’tkazish natijasida aniqlanadi. Standart elaklar to’plami quyidagi
o’lchamdagi elak ko‘zlarini tashkil etadi: 0,16; 0,315; 0,63; 1,25; 2,5; 5; 10; 20; 40;
70 mm va xokozo.
To’ldiruvchilar birinchi navbatda eng kichik va eng katta yiriklikni
xususiyatlaydi. Eng kichik -Dkichik yirikligi deb, shunday o’lchamli standart elakka
aytiladiki, to‘ldiruvchi namunasini elaganda 95% dan kam bo’lmagan namuna
qoladi va faqat 5% dan ko’p bo’lmagan namuna o’tadi (massa bo’yicha). Eng katta
yiriklik deb -Dkatta shunday o’lchamli standart elakka aytiladiki, to’ldiruvchilar
namunasini elaganda elakda 5% dan kam namuna qoladi va 95% kam bo’lmagan
namuna o’tadi (massa bo’yicha).