To‘lov balansi. Valyuta kursi

Yuklangan vaqt

2024-10-19

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

45,3 KB


 
 
 
 
 
 
To‘lov balansi. Valyuta kursi 
 
 
Reja: 
1. Valyuta va jahon valyuta tizimi, valyuta bozorini tartibga solish usullari. 
2. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar. 
3. Xarid qobilyati pariteti. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real 
valyuta kurslariga ta’siri. 
 
 
 
Tayanch iboralar: to‘lov balansi, balansning tarkibi, joriy 
operatsiyalar hisobi, kapital harakati hisobi, tartibga solish vositalari va usullari, 
valyuta, valyuta tizimi, valyuta bozori, valyuta kursi, xarid qobiliyati pariteti, 
nominal va real valyuta kurslari. 
 
1. Valyuta va jahon valyuta tizimi, valyuta bozorini tartibga solish 
usullari. 
Valyuta – keng ma’noda mamlakat pul birligini (masalan, so‘m, dollar, 
marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa ma’noda valyuta atamasi chet 
davlatlarning pul belgisi ma’nosida qo‘llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy 
valyuta tizimiga ega. 
Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib 
topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta 
munosabatlarini tashkil qilish shakli bo‘lgan jahon valyuta tizimi amal qiladi.  
Jahon valyuta tizimi – bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga 
xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan 
To‘lov balansi. Valyuta kursi Reja: 1. Valyuta va jahon valyuta tizimi, valyuta bozorini tartibga solish usullari. 2. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar. 3. Xarid qobilyati pariteti. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri. Tayanch iboralar: to‘lov balansi, balansning tarkibi, joriy operatsiyalar hisobi, kapital harakati hisobi, tartibga solish vositalari va usullari, valyuta, valyuta tizimi, valyuta bozori, valyuta kursi, xarid qobiliyati pariteti, nominal va real valyuta kurslari. 1. Valyuta va jahon valyuta tizimi, valyuta bozorini tartibga solish usullari. Valyuta – keng ma’noda mamlakat pul birligini (masalan, so‘m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa ma’noda valyuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma’nosida qo‘llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valyuta tizimiga ega. Milliy valyuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish shakli bo‘lgan jahon valyuta tizimi amal qiladi. Jahon valyuta tizimi – bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan  
 
mamlakatlar o‘rtasidagi valyuta munosabatlarining yig‘indisidir. Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  
1. Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan to‘lov va kredit vositalarini (oltin, eng 
rivojlangan mamlakatlarning milliy valyutalari, xalqaro pul birliklari);  
2. Valyuta kurslarini o‘rnatish va saqlab turish mexanizmini; 
3. Valyuta bozorining ishlash tartibini; 
4. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini; 
5. Valyuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini; 
6. Valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valyuta tizimining 
barqaror faoliyatini ta’minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valyuta fondi, 
Umumjahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki). 
Xalqaro valyuta yoki xalqaro to‘lov-hisob va kreditlash vositalariga javob 
berishi kerak bo‘lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi 
Davlat valyuta kurslarini barqororlashtirish uchun valyuta bozorining amal 
qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud: 
1. Zahiralardan foydalanish - valyuta kursini mustahkamlash uchun rasmiy 
zahiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish hisoblanadi 
2. Savdo siyosati - savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
nazorat qilish. Masalan, AQSH dollarining etishmasligi sharoitida valyuta kursini 
tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin.  
3. Valyuta nazorati - milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el 
valyutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal 
qilishi va chet el valyutasining bu zahirasini turli milliy importyorlar o‘rtasida 
taqsimlash. 
4. Ichki makroiqtisodiy tartibga solish - ichki soliq yoki pul-kredit 
siyosatidan tegishli chet el valyutasining etishmasligi bartaraf qilish maqsadida 
foydalanish. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat 
milliy daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi 
 
 
mamlakatlar o‘rtasidagi valyuta munosabatlarining yig‘indisidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan to‘lov va kredit vositalarini (oltin, eng rivojlangan mamlakatlarning milliy valyutalari, xalqaro pul birliklari); 2. Valyuta kurslarini o‘rnatish va saqlab turish mexanizmini; 3. Valyuta bozorining ishlash tartibini; 4. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini; 5. Valyuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini; 6. Valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valyuta tizimining barqaror faoliyatini ta’minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valyuta fondi, Umumjahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki). Xalqaro valyuta yoki xalqaro to‘lov-hisob va kreditlash vositalariga javob berishi kerak bo‘lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi Davlat valyuta kurslarini barqororlashtirish uchun valyuta bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud: 1. Zahiralardan foydalanish - valyuta kursini mustahkamlash uchun rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish hisoblanadi 2. Savdo siyosati - savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilish. Masalan, AQSH dollarining etishmasligi sharoitida valyuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. 3. Valyuta nazorati - milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valyutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi va chet el valyutasining bu zahirasini turli milliy importyorlar o‘rtasida taqsimlash. 4. Ichki makroiqtisodiy tartibga solish - ichki soliq yoki pul-kredit siyosatidan tegishli chet el valyutasining etishmasligi bartaraf qilish maqsadida foydalanish. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi  
 
 
 
 
2. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar 
Valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul 
birligida ifodalangan bahosidir.  
Valyuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to‘g‘ri va teskari 
kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada 
ko‘rsatilsa, bunga to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSH dollari 1600 
so‘mga teng. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to‘g‘ri 
keladigan xorijiy valyutaning miqdori o‘rnatiladi. 
 Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ri 
kotirovkalash qabul qilingan.  
Turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o‘rnatish jarayonida bozor 
kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog‘liq holda valyuta 
kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud. 
1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib 
yuruvchi valyuta kursi tizimi. 
2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi 
tizimi. 
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. 
Masalan, bir o‘zbek so‘mining AQSH dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy 
valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi.  
Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat 
tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valyuta 
bozorida talab va taklifning o‘zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi.  
Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan 
foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‘liq bo‘lgan tahlika va noaniqlikni 
kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo‘llash o‘zaro foydali savdo va 
moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan 
2. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar Valyuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to‘g‘ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, bunga to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSH dollari 1600 so‘mga teng. Teskari kotirovkalashda milliy valyutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan xorijiy valyutaning miqdori o‘rnatiladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ri kotirovkalash qabul qilingan. Turli pul birliklari uchun valyuta kurslarini o‘rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog‘liq holda valyuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud. 1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi. 2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi tizimi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o‘zbek so‘mining AQSH dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valyuta kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi. Qayd etilgan valyuta kursi – bu, xorijiy valyutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valyuta bozorida talab va taklifning o‘zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi. Qayd qilingan valyuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‘liq bo‘lgan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valyuta kurslarini qo‘llash o‘zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan  
 
valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o‘zaro aloqalar jarayondagi ikki 
sharoitga bog‘liq: 
- zahiralarning mavjudligi; 
- o‘z hajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi aktivlarining 
tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini 
yo‘qqa chiqarishi mumkin.  
Valyuta kurslarining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. 
Ularni qisqacha qarab chiqamiz: 
1.Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o‘zgarishi. 
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar.. 
3. Bahodagi nisbiy o‘zgarishlar.  
4. Nisbiy real foiz stavkalari.  
5. Spekulyasiya.  
Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Real valyuta 
kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosidir.  
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga 
almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham 
deb yuritiladi. 
Nominal va real valyuta kurslari o‘rtasidagi nisbat quyidagi ko‘rinishga ega.           
     
 
 
 
 
Pd 
Er = En —————— 
   Pt 
Bu erda : Er – real valyuta kursi; En - nominal valyuta kursi ; 
Rd – milliy valyutada ko‘rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi); 
Rt – xorijiy valyutada ko‘rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi).  
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga 
nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko‘tarilishi (pasayishi) bu mamlakat 
tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to‘g‘risida guvohlik 
beradi.  
valyuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o‘zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog‘liq: - zahiralarning mavjudligi; - o‘z hajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Valyuta kurslarining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz: 1.Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o‘zgarishi. 2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar.. 3. Bahodagi nisbiy o‘zgarishlar. 4. Nisbiy real foiz stavkalari. 5. Spekulyasiya. Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi. Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosidir. Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham deb yuritiladi. Nominal va real valyuta kurslari o‘rtasidagi nisbat quyidagi ko‘rinishga ega. Pd Er = En —————— Pt Bu erda : Er – real valyuta kursi; En - nominal valyuta kursi ; Rd – milliy valyutada ko‘rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi); Rt – xorijiy valyutada ko‘rsatilgan chet eldagi baholar darajasi (indeksi). Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko‘tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to‘g‘risida guvohlik beradi.  
 
 
3. Xarid qobilyati pariteti. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real 
valyuta kurslariga ta’siri. 
Xarid qobilyati pariteti konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi nazariyasiga 
asoslanadi. YA’ni, bir xil tovar turli joylarda har xil narxlarda sotilishi uzoq davom 
etmaydi Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valyuta kursi doimo turli 
mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni 
qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi. 
 
 
 
 YA’ni:           Pd 
r = ----- 
  Pt 
 Bu erda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi bahosi; 
  Pd — ichki baholar darajasi; Pt — chet eldagi baholar darajasi. 
 
Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini 
yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini 
ko‘paytiradi. SHu sababli valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro 
munosabatlarda tartibga solishning muhim ob’ekti hisoblanadi.  
 
Real valyuta kurslari jamg‘arma va sarmoyalar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi 
vertikal to‘g‘ri chiziq va sof eksport miqdorini ko‘rsatuvchi, o‘ngdan pastga egilgan 
egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (18.1-chizma). Ushbu nuqtada 
xorijga kredit berish sifatida ko‘rsatilgan milliy valyuta taklifi, xorijliklarning ushbu 
mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo‘ladigan milliy valyuta talabi 
bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valyuta kursi kapital bilan bo‘ladigan 
operatsiyalar bo‘yicha milliy valyuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo‘lgan 
talabni tenglashtiradi. 
3. Xarid qobilyati pariteti. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri. Xarid qobilyati pariteti konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi nazariyasiga asoslanadi. YA’ni, bir xil tovar turli joylarda har xil narxlarda sotilishi uzoq davom etmaydi Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valyuta kursi doimo turli mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi. YA’ni: Pd r = ----- Pt Bu erda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi bahosi; Pd — ichki baholar darajasi; Pt — chet eldagi baholar darajasi. Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini ko‘paytiradi. SHu sababli valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muhim ob’ekti hisoblanadi. Real valyuta kurslari jamg‘arma va sarmoyalar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi vertikal to‘g‘ri chiziq va sof eksport miqdorini ko‘rsatuvchi, o‘ngdan pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (18.1-chizma). Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko‘rsatilgan milliy valyuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo‘ladigan milliy valyuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valyuta kursi kapital bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha milliy valyuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo‘lgan talabni tenglashtiradi.  
 
       E   
             S-I   
 
 
 
  Real valyuta  
   kurslari        Real almashtirish kursining   
               muvozanat nuktasi 
  
 
               Xn(E) 
 
 
            Sof eksport   Xn 
 
1- chizma. Real almashinuv kursidagi muvozanat 
 
Davlat xarajatlarining oshishi (yoki soliqlarning kamayishi) milliy 
jamg‘armalarni kamaytiradi va (S-I) egri chiziq chapga suriladi (15.2-chizma). Bu 
siljishlar xorijiy investitsiyalar uchun milliy valyuta taklifining kamayishini 
ko‘rsatadi. 
 Valyuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. 
Natijada, milliy mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi. Bu esa, o‘z 
navbatida, eksportning qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi. Oqibatda 
joriy operatsiyalar hisobida taqchillik paydo bo‘ladi.Agarda, soliqlarning kamayishi 
investitsiyalarning oshishiga olib kelsa, milliy jamg‘armalar hajmi o‘zgarmasa ham 
(S-I) egri chizig‘i yana chapga siljiydi. 
 
 
     
E S-I Real valyuta kurslari Real almashtirish kursining muvozanat nuktasi Xn(E) Sof eksport Xn 1- chizma. Real almashinuv kursidagi muvozanat Davlat xarajatlarining oshishi (yoki soliqlarning kamayishi) milliy jamg‘armalarni kamaytiradi va (S-I) egri chiziq chapga suriladi (15.2-chizma). Bu siljishlar xorijiy investitsiyalar uchun milliy valyuta taklifining kamayishini ko‘rsatadi. Valyuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Natijada, milliy mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi. Bu esa, o‘z navbatida, eksportning qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi. Oqibatda joriy operatsiyalar hisobida taqchillik paydo bo‘ladi.Agarda, soliqlarning kamayishi investitsiyalarning oshishiga olib kelsa, milliy jamg‘armalar hajmi o‘zgarmasa ham (S-I) egri chizig‘i yana chapga siljiydi.  
 
    E           S2-I   S1-I 
Real valyuta  
kursi 
 
    E2   
 
 
    E1  
                        Xn(E)   
            
 
        
             Sof eksport Xn2  Xn1    Xn  
 
2-chizma. Valyuta taklifidagi o‘zgarishlarning real almashtirish 
kursiga ta’siri 
Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy 
sarmoyadorlar uchun foydali bo‘lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valyuta 
kursini oshiradi va to‘lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi.  
CHet 
mamlakatlardagi 
rag‘batlantiruvchi 
byudjet-soliq 
siyosati 
bu 
mamlakatlardagi jamg‘armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro 
foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini 
kamaytiradi. 
  
 E                       S-I 
     S-I(R*1)   
 
        S-I(R*1) 
 
                 E2     B 
E S2-I S1-I Real valyuta kursi E2 E1 Xn(E) Sof eksport Xn2 Xn1 Xn 2-chizma. Valyuta taklifidagi o‘zgarishlarning real almashtirish kursiga ta’siri Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo‘lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va to‘lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. CHet mamlakatlardagi rag‘batlantiruvchi byudjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi jamg‘armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi. E S-I S-I(R*1) S-I(R*1) E2 B  
 
E1       
 
E2 
                 E1        A    Xn(E)2 
             Xn(E)  
                           Xn(E)1 
 
    Xn2   Xn1    Xn         Xn1=Xn2     Xn               
   
   .3-chizma. Byudjet-soliq siyosati-    4-chizma. Importdagi       
    ning real almashtirish kursla-      o‘zgarishlarning  
      riga ta’siri             eksportga ta’siri 
 
 
Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo‘yish uchun taklif qilinayotgan milliy 
valyuta ko‘payadi va (S-I) egri chizig‘i o‘ngga suriladi (15.3-chizma). Natijada 
muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof 
eksport ko‘payadi. 
Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib 
keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig‘ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida 
namoyon bo‘ladi (15.4-chizma). 
Natijada muvozanatli real valyuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar 
qimmatlashadi va sof eksport kamayadi.  
SHunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya 
qilish maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar 
hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real 
valyuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport 
o‘zgarmagan bo‘lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport 
va import hajmidan kam bo‘ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar 
darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi. 
E1 E2 E1 A Xn(E)2 Xn(E) Xn(E)1 Xn2 Xn1 Xn Xn1=Xn2 Xn .3-chizma. Byudjet-soliq siyosati- 4-chizma. Importdagi ning real almashtirish kursla- o‘zgarishlarning riga ta’siri eksportga ta’siri Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo‘yish uchun taklif qilinayotgan milliy valyuta ko‘payadi va (S-I) egri chizig‘i o‘ngga suriladi (15.3-chizma). Natijada muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko‘payadi. Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig‘ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida namoyon bo‘ladi (15.4-chizma). Natijada muvozanatli real valyuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi. SHunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o‘zgarmagan bo‘lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import hajmidan kam bo‘ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi.  
 
SHuning uchun ham uzoq davrda nominal valyuta kursi (En) narxlar oshishiga 
teng tarzda kamayadi. Natijada, o‘sgan muvozanatli real valyuta kursi E2 nuqtada 
barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi. 
Baholar darajasining ko‘tarilishiga javoban nominal valyuta kursining pasayishi 
sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi.  
 
SHuning uchun ham uzoq davrda nominal valyuta kursi (En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o‘sgan muvozanatli real valyuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining ko‘tarilishiga javoban nominal valyuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi.