Zarb to’lqini - yadro portlashining asosiy shikastlovchi omilidir. Juda ko’p bino
va inshootlarning vayron bo’lishi, odamlarning shikastlanishi zarb to’lqinining
hissasiga to’g’ri keladi. Zarb to’lqini portlash markazidan har tomonga tovush
tezligidan ham yuqori tezlikda tarqaluvchi, juda katta bosimda siqilgan havo
zonasidir. Siqilgan havo zonasining oldingi zonasi zarb to’lqinining fronti
deyiladi.Zarb to’lqinining shikastlovchi ta’siri ortiqcha bosimning kattaligi bilan
xarakterlanadi. Zarb to’lqini markazdan uzoqlishgan sari susayib boradi. Jami
portlash energiyasining 50% zarb to’lqiniga to’g’ri keladi.
Zarb to’lqini himoyalanmagan kishilarni shikastlaydi, binobarin, texnika va ishlab
chiqarish asbob – uskunalarini vayron qiladi yoki shikastlaydi. Odamlar buzilgan
binolar hamda inshootlarning parchalaridan, otlib chiqayotgan tosh, shisha
bo’laklari va boshqalardan ham jabrlanishi mumkin.
Zarb to’lqinining shikastlash va buzish darajasi qurolning quvvatiga, portlashning
turiga, portlash markazidan bo’lgan masofaga, binolarning, odamlarining,
texnikaning zarb to’lqini ta’sir etayotgan vaqtidagi vaziyatga joyning relefiga va
boshqalarga bog’liqdir. Zarb to’lqini odamni bir necha o’n metr nariga uloqtirib
tashlashi, uning lat yeyishiga, suyaklarini sinishiga, miyaning chayqalishiga va
boshqa xil shkastlanishiga sabab bo’ladi.
Zarb to’lqining ortiqcha bosimi bo’lganda, ochiq joyda turgan odamlar yengil lat
yeyishi va kontuziya bo’lishi (qulog’i shang’illaydigan bo’lib qolishi, boshi
aylanishi va boshi og’rishi) mumkin. Agar ochiq joyda turgan odamlarga, ortiqcha
zarb to’lqini ta’sir etsa, og’irligi o’rtacha bo’lgan shkastlanish oqibatida ular
hushidan ketishi, buning natijasida esa, qattiq bosh og’rig’i kasalligiga mubtalo
bo’lishi, esi kirar – chiqar bo’lib qolishi, gapdan qolishi va qulog’i kar bo’lishi
mumkin.
Yorug’lik nurlanishi- portlash natijasida hosil bo’lgan ul’trabinafsha,
ko’rinadigan va infraqizil nurlardan iborat nurlanish energiyasi oqimidir. Uning
manbai - portlashda hosil bo’ladigan olovli shardir. Yorug’lik nurlanishi lahza