TOMIRLAR TIZIMI

Yuklangan vaqt

2024-06-09

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

24

Faytl hajmi

95,6 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
TOMIRLAR TIZIMI 
 
Reja : 
1. Qon tomirlari tizimi 
2. Yurak 
3. Kichik qon aylanish doirasi 
4. Katta qon aylanish doirasi 
 
 
Ma’ruza matni 
TOMIRLAR TIZIMI 
(ANGIOLOGIYA) 
KATTA QON AYLANISH DOIRASI 
 
Katta qon aylanish doirasi organizmda eng katta diametrga ega arteriya 
yurakniig chap qorinchasidan chiqadigan aorta bilan boshlanadi. Aorta ko`krak va 
qorin bo`shlig`idan IV bel umurtqasigacha yo`naluvchi yirik magistral tomir bo`lib, 
undan tarqalib chiqadigan tomirlar butun organizmni arteriya qoni bilan ta'minlaydi. 
Aorta tomiri o`zining yirikligi, devorida ko`plab uchraydigan elastik tolalari va 
mustahkam tuzilishi bilan boshqa tomirlardan keskin farq qiladi. Aorta uch qismga 
bo`lib o`rganiladi: 1) yuqorigi ko`tariluvchi aorta; 2) aorta ravog`i; 3) pastga 
tushuvchi aorta. 
 
1. Yuqoriga ko`tariluvchi aorta (aorta ascendens) yurakning chap 
qorinchasidan boshlanadi, uzunligi 6 sm.ga teng, yurakdan chiqib, perikard bilan 
o`ralgan holda yuqoriga qarab yo`naladi. Shuning uchun yuqoriga ko`tariluvchi 
aorta nomini olgan. O`pka tarmog`i orqasidan o`tadi. Boshlang`ich qismi 
kengayganroq bo`lib, unga piyoz-boshcha qismi (bulbus aortae) deyiladi, uning 
Ilmiybaza.uz TOMIRLAR TIZIMI Reja : 1. Qon tomirlari tizimi 2. Yurak 3. Kichik qon aylanish doirasi 4. Katta qon aylanish doirasi Ma’ruza matni TOMIRLAR TIZIMI (ANGIOLOGIYA) KATTA QON AYLANISH DOIRASI Katta qon aylanish doirasi organizmda eng katta diametrga ega arteriya yurakniig chap qorinchasidan chiqadigan aorta bilan boshlanadi. Aorta ko`krak va qorin bo`shlig`idan IV bel umurtqasigacha yo`naluvchi yirik magistral tomir bo`lib, undan tarqalib chiqadigan tomirlar butun organizmni arteriya qoni bilan ta'minlaydi. Aorta tomiri o`zining yirikligi, devorida ko`plab uchraydigan elastik tolalari va mustahkam tuzilishi bilan boshqa tomirlardan keskin farq qiladi. Aorta uch qismga bo`lib o`rganiladi: 1) yuqorigi ko`tariluvchi aorta; 2) aorta ravog`i; 3) pastga tushuvchi aorta. 1. Yuqoriga ko`tariluvchi aorta (aorta ascendens) yurakning chap qorinchasidan boshlanadi, uzunligi 6 sm.ga teng, yurakdan chiqib, perikard bilan o`ralgan holda yuqoriga qarab yo`naladi. Shuning uchun yuqoriga ko`tariluvchi aorta nomini olgan. O`pka tarmog`i orqasidan o`tadi. Boshlang`ich qismi kengayganroq bo`lib, unga piyoz-boshcha qismi (bulbus aortae) deyiladi, uning Ilmiybaza.uz 
 
devori bilan kla-panlari o`rtasida aorta uchta sinusi joylashadi. Aortaning piyoz-
boshcha qismidan yurakning o`zini qon bilan ta'minlaydigan ikkita o`ng va chap 
tojsimon arteriyalar chiqadi.  
 
O`ng tojsimon arteriya (a. coronaria dextra) piyozboshchadan chiqib, 
yurakning o`ng tomoniga qarab yo`naladi va tarmoqlanadi. Yurakning uch 
qismigacha yetib borib, uning tarmoqlari chap va o`ng qorinchalar va yurakning 
o`ng bo`lmachasi miokardini arteriya qoni bilan ta'minlaydi.  
 
Chap tojsimon arteriya (a. coronaria sinestra) piyozboshchadan chiqib, 
yurak chap tomoniga yo`naladi va tarmoqlanadi. Uning tarmoqlari qorinchalar 
o`rtasidagi to`siqni, o`ng va chap qorinchalar devorini hamda chap qorincha va chap 
bo`lmacha muskullariga tarmoqlanib kirib, ularni qon bilan ta'minlaydi. Yurak 
venasi mustaqil ravishda yurakning o`ng bo`lmachasiga ochiladi. Aortaning 
yuqoriga ko`tariluvchi qismidan boshqa arteriya chiqmaydi. Organizm yuqori 
qismlarini arteriya qoni bilan ta'minlaydigan tomirlar asosan aortaning ravog`idan 
chiqadi. 
 
Aorta ravog`i (arcus aortae). Yuqoriga ko`tariluvchi aorta chap tomonga 
burilib, aorta ravog`ini hosil qiladi. Uning oldinga tomonida yog` to`qimasi bilan 
chegaralanuvchi to`sh suyagining dastasi joylashadi. Orqa tomoni kekirdakning 
(traxeya) bronxlarga bo`linadigan qismiga to`g`ri keladi. Aorta yoyining bo`rtib 
chiqqan qismida hamda pastki tomonidan bir nechta yirik va mayda arteriya tomir-
lari chiqadi. Ravoqning bo`rtib chiqqan tomonidan uchta yirik tomir, miya-bosh 
o`zani (poyasi) yoki nomsiz arteriya, chap umumiy uyqu arteriyasi, chap o`mrov osti 
arteriyalari chiqib, ular organizmning yelka, qo`l, bo`yin va bosh qismlarini qon 
bilan ta'minlaydi. Ravoqning pastki botiq qismida kekirdak, bronxlar va 
qalqonsimon bezi uchun mo`ljallangan bir nechta mayda tomirlarni chiqaradi. 
 
Elka bosh o`zani (kamari) 
 
Ilmiybaza.uz devori bilan kla-panlari o`rtasida aorta uchta sinusi joylashadi. Aortaning piyoz- boshcha qismidan yurakning o`zini qon bilan ta'minlaydigan ikkita o`ng va chap tojsimon arteriyalar chiqadi. O`ng tojsimon arteriya (a. coronaria dextra) piyozboshchadan chiqib, yurakning o`ng tomoniga qarab yo`naladi va tarmoqlanadi. Yurakning uch qismigacha yetib borib, uning tarmoqlari chap va o`ng qorinchalar va yurakning o`ng bo`lmachasi miokardini arteriya qoni bilan ta'minlaydi. Chap tojsimon arteriya (a. coronaria sinestra) piyozboshchadan chiqib, yurak chap tomoniga yo`naladi va tarmoqlanadi. Uning tarmoqlari qorinchalar o`rtasidagi to`siqni, o`ng va chap qorinchalar devorini hamda chap qorincha va chap bo`lmacha muskullariga tarmoqlanib kirib, ularni qon bilan ta'minlaydi. Yurak venasi mustaqil ravishda yurakning o`ng bo`lmachasiga ochiladi. Aortaning yuqoriga ko`tariluvchi qismidan boshqa arteriya chiqmaydi. Organizm yuqori qismlarini arteriya qoni bilan ta'minlaydigan tomirlar asosan aortaning ravog`idan chiqadi. Aorta ravog`i (arcus aortae). Yuqoriga ko`tariluvchi aorta chap tomonga burilib, aorta ravog`ini hosil qiladi. Uning oldinga tomonida yog` to`qimasi bilan chegaralanuvchi to`sh suyagining dastasi joylashadi. Orqa tomoni kekirdakning (traxeya) bronxlarga bo`linadigan qismiga to`g`ri keladi. Aorta yoyining bo`rtib chiqqan qismida hamda pastki tomonidan bir nechta yirik va mayda arteriya tomir- lari chiqadi. Ravoqning bo`rtib chiqqan tomonidan uchta yirik tomir, miya-bosh o`zani (poyasi) yoki nomsiz arteriya, chap umumiy uyqu arteriyasi, chap o`mrov osti arteriyalari chiqib, ular organizmning yelka, qo`l, bo`yin va bosh qismlarini qon bilan ta'minlaydi. Ravoqning pastki botiq qismida kekirdak, bronxlar va qalqonsimon bezi uchun mo`ljallangan bir nechta mayda tomirlarni chiqaradi. Elka bosh o`zani (kamari) Ilmiybaza.uz 
 
 
Yelka bosh o`zani (troncus brac hiocephalius) uzunligi 3-4 sm., diametri 2 
sm., aorta ravoqining bo`rtib chiqqan tomonidagi tomirlarning ichida eng yirigi 
bo`lib, ravoqining chap tomonidan birinchisi bo`lib chiqadi. Bu arteriya o`ng 
tomondan ko`krak o`mrov bo`g`qimi qarshisida o`ng umumiy uyqu va o`ng o`mrov 
osti arteriyasiga bo`linadi. Chap umumiy uyqu arteriyasi va chap o`mrov osti 
arteriyasi bevosita aorta ravoqidan ajralib chiqadi. Chap umumiy uyqu arteriyasi 
o`ng umumiy uyqu arteriyasiga nisbatan uzunroq.  
 
Umumiy uyqu arteriyasi (a. corotis communis). Ikkala umumiy uyqu 
arteriyasi qisman lateral holatda kekirdak va qizilo`ngach bo`ylab yuqoriga 
ko`tariladi. Atrofga tomirlar chiqarmaydi. Faqat hiqildoqning qalqonsimon tog`ayi 
va til osti suyagi qarshisida tashqi va ichki uyqu arteriyasiga bo`linadi.  
 
Tashqi umumiy uyqu arteriyasi (a. corotis externa). bo`yin bo`ylab yuqoriga 
ko`tariladi. Jag` osti chuqurchasi tomon yo`nalib, quloq osti beziga kirib borib 
tarmoqlanadi. Uning tarmoqlari qalqonsimon bez, hiqildoq, til, tanglay va tanglay 
bodomcha bezlarini, til osti so`lak bezini, to`sh o`mrov so`rg`ichsimon muskulini, 
ensa muskullarini, quloq suprasi, mimika va chaynov muskullarining yuqorigi va 
pastki jag` tishlarini, burun bo`shlig`i va quloqlarni arteriya tomirlari bilan 
ta`minlaydi. Uzidan bir nechta tomirlarni chiqaradi.  
 
1. Qalqonsimon bezning ustki arteriyasi (tyreoidea supeerior) qalqonsimon 
bezni yuqoriga tomonga tarmoqlab, arteriya qoni bilan ta'minlaydi. Bu arteriya 
bezdan tashqari kekirdak, til osti suyagi to`sh o`mrov so`rg`ichsimon muskuliga ham 
o`z tarmoqlarini beradi. 
 
2. Til arteriyasi (a. lingualis) til va uying atrofida joylashgan tanglay-bodom 
bezini, kekirdak qopqog`ini, til osti so`lak bezini ham qon bilan ta'minlaydi. 
 
3. Yuz arteriyasi (a. fasialis) ko`zning medial burchagiga o`tib quyidagi 
a'zolarga tarmoqlanadi va yumshoq tanglay, tanlay bo`lmachalari, jag` osti so`lak 
bezi, iyak osti qismini hamda uning terisi va muskullari, shu bilan birga bu arteriya 
tarmoqlari yuqori va pastki lablarini qon bilan ta'minlab, so`ng yuqori va pastki 
Ilmiybaza.uz Yelka bosh o`zani (troncus brac hiocephalius) uzunligi 3-4 sm., diametri 2 sm., aorta ravoqining bo`rtib chiqqan tomonidagi tomirlarning ichida eng yirigi bo`lib, ravoqining chap tomonidan birinchisi bo`lib chiqadi. Bu arteriya o`ng tomondan ko`krak o`mrov bo`g`qimi qarshisida o`ng umumiy uyqu va o`ng o`mrov osti arteriyasiga bo`linadi. Chap umumiy uyqu arteriyasi va chap o`mrov osti arteriyasi bevosita aorta ravoqidan ajralib chiqadi. Chap umumiy uyqu arteriyasi o`ng umumiy uyqu arteriyasiga nisbatan uzunroq. Umumiy uyqu arteriyasi (a. corotis communis). Ikkala umumiy uyqu arteriyasi qisman lateral holatda kekirdak va qizilo`ngach bo`ylab yuqoriga ko`tariladi. Atrofga tomirlar chiqarmaydi. Faqat hiqildoqning qalqonsimon tog`ayi va til osti suyagi qarshisida tashqi va ichki uyqu arteriyasiga bo`linadi. Tashqi umumiy uyqu arteriyasi (a. corotis externa). bo`yin bo`ylab yuqoriga ko`tariladi. Jag` osti chuqurchasi tomon yo`nalib, quloq osti beziga kirib borib tarmoqlanadi. Uning tarmoqlari qalqonsimon bez, hiqildoq, til, tanglay va tanglay bodomcha bezlarini, til osti so`lak bezini, to`sh o`mrov so`rg`ichsimon muskulini, ensa muskullarini, quloq suprasi, mimika va chaynov muskullarining yuqorigi va pastki jag` tishlarini, burun bo`shlig`i va quloqlarni arteriya tomirlari bilan ta`minlaydi. Uzidan bir nechta tomirlarni chiqaradi. 1. Qalqonsimon bezning ustki arteriyasi (tyreoidea supeerior) qalqonsimon bezni yuqoriga tomonga tarmoqlab, arteriya qoni bilan ta'minlaydi. Bu arteriya bezdan tashqari kekirdak, til osti suyagi to`sh o`mrov so`rg`ichsimon muskuliga ham o`z tarmoqlarini beradi. 2. Til arteriyasi (a. lingualis) til va uying atrofida joylashgan tanglay-bodom bezini, kekirdak qopqog`ini, til osti so`lak bezini ham qon bilan ta'minlaydi. 3. Yuz arteriyasi (a. fasialis) ko`zning medial burchagiga o`tib quyidagi a'zolarga tarmoqlanadi va yumshoq tanglay, tanlay bo`lmachalari, jag` osti so`lak bezi, iyak osti qismini hamda uning terisi va muskullari, shu bilan birga bu arteriya tarmoqlari yuqori va pastki lablarini qon bilan ta'minlab, so`ng yuqori va pastki Ilmiybaza.uz 
 
tarmoqlari bir-biri bilan tutashib, og`iz bo`shlig`i atrofidagi arteriya halqasini hosil 
qilishda ishtirok etadi. Uning boshqa tarmoqlari yuz muskullari va uning terisiga 
ham o`tadi.  
 
4. Halqumni yuqoriga ko`taruvchi arteriyasi (a. pharyngea ascendens) 
halqum devori bo`ylab ko`tarilib, asosan uni qon bilan ta'minlaydi.  
 
5. To`sh o`mrov so`rg`ichsimon muskul arteriyasi (a. sterncloidomas) asosan 
shu muskul ichiga tarqalib, uni qon bilan ta'minlaydi. 
 
6.Ensa arteriyasi (a. occpitalis) uyqu arteriyasi tashqi tarmog`ining orqa 
yuzasidan chiqib, yuqoriga yo`naladi va ensa atrofidagi muskullar va terisini 
ta'minlaydi hamda uning oxirgi tarmog`i bosh tepa qismi terisi ostida tarmoqlanadi. 
 
7. Quloqning orqa arteriyasi (a. aoricularis posterior) tarmoqlari quloq 
suprasi, ensa, o`rta quloq bo`shlig`i va so`rg`ichsimon o`siq ichlariga tarqaladi va 
shu qismlarni qon bilan ta'minlaydi. 
 
8. Jag` arteriyasi (a. maxillaris) tashqi uyqu arteriyasining oxirgi tarmog`i 
bo`lib, o`zidan bir nechta tarmoqlarni chiqaradi. Yirik tarmoqlardan bo`lgan miya 
qattiq pardasining o`rta arteriyasi (a. menigea media) kalla shu nomli pardasini qon 
bilan ta'minlaydi. Bundan tashqari tashqi quloq teshigi va nog`ora pardaga, yuqorigi 
va pastki jag` tishlariga, lunj muskullari hamda chaynov muskulariga, uning terisiga 
tarmoqlarini beradi. Shu bilan birga o`zidan ko`z kosachasining pastki arteriyasini 
(a. infra orbitalis) chiqarib, ko`zning pastki muskullarini, pastki qovoq va ko`z yosh 
bezini ham qon bilan ta'minlaydi. Bulardan tashqari jag` arteriyasi tanglay 
bodomchalariga, qattiq va yumshoq tanglayga milk, burun bo`shlig`i va uning 
atrofidagi bo`shliqlarga o`z tarmog`ini beradi. 
 
9. Chakkaning yuza arteriyasi (a. temporalis superficialis) uyqu arteriyasining  
tashqi tarmog`ining oxirgisi bo`lib, yo`nalishi jihatdan uning davomi hisoblanadi. 
O`z tarmoqlarini peshona, tepa, chakka terilariga, tashqi quloq teshigiga, quloq 
suprasiga, quloq osti so`lak beziga beradi.  
Ilmiybaza.uz tarmoqlari bir-biri bilan tutashib, og`iz bo`shlig`i atrofidagi arteriya halqasini hosil qilishda ishtirok etadi. Uning boshqa tarmoqlari yuz muskullari va uning terisiga ham o`tadi. 4. Halqumni yuqoriga ko`taruvchi arteriyasi (a. pharyngea ascendens) halqum devori bo`ylab ko`tarilib, asosan uni qon bilan ta'minlaydi. 5. To`sh o`mrov so`rg`ichsimon muskul arteriyasi (a. sterncloidomas) asosan shu muskul ichiga tarqalib, uni qon bilan ta'minlaydi. 6.Ensa arteriyasi (a. occpitalis) uyqu arteriyasi tashqi tarmog`ining orqa yuzasidan chiqib, yuqoriga yo`naladi va ensa atrofidagi muskullar va terisini ta'minlaydi hamda uning oxirgi tarmog`i bosh tepa qismi terisi ostida tarmoqlanadi. 7. Quloqning orqa arteriyasi (a. aoricularis posterior) tarmoqlari quloq suprasi, ensa, o`rta quloq bo`shlig`i va so`rg`ichsimon o`siq ichlariga tarqaladi va shu qismlarni qon bilan ta'minlaydi. 8. Jag` arteriyasi (a. maxillaris) tashqi uyqu arteriyasining oxirgi tarmog`i bo`lib, o`zidan bir nechta tarmoqlarni chiqaradi. Yirik tarmoqlardan bo`lgan miya qattiq pardasining o`rta arteriyasi (a. menigea media) kalla shu nomli pardasini qon bilan ta'minlaydi. Bundan tashqari tashqi quloq teshigi va nog`ora pardaga, yuqorigi va pastki jag` tishlariga, lunj muskullari hamda chaynov muskulariga, uning terisiga tarmoqlarini beradi. Shu bilan birga o`zidan ko`z kosachasining pastki arteriyasini (a. infra orbitalis) chiqarib, ko`zning pastki muskullarini, pastki qovoq va ko`z yosh bezini ham qon bilan ta'minlaydi. Bulardan tashqari jag` arteriyasi tanglay bodomchalariga, qattiq va yumshoq tanglayga milk, burun bo`shlig`i va uning atrofidagi bo`shliqlarga o`z tarmog`ini beradi. 9. Chakkaning yuza arteriyasi (a. temporalis superficialis) uyqu arteriyasining tashqi tarmog`ining oxirgisi bo`lib, yo`nalishi jihatdan uning davomi hisoblanadi. O`z tarmoqlarini peshona, tepa, chakka terilariga, tashqi quloq teshigiga, quloq suprasiga, quloq osti so`lak beziga beradi. Ilmiybaza.uz 
 
 
Ichki umumiy uyqu arteriyasi (a. corotis interna) atrofga tarmoqlar 
bermasdan kalla asosiy qismi tomon yo`naladi, uyqu teshigi orqali uyqu kanaliga 
o`tadi va kalla bo`shlig`iga kiradi. U yerda bosh miya va ko`zlarni oziqlantiruvchi 
tarmog`ini beradi. Ichki umumiy uyqu arteriyasi o`zidan bir nechta tarmoqlarni 
chiqaradi.  
 
1. Ko`z kosasining arteriyasi (a. opthalmica) ko`ruv kanali orqali ko`z 
kosachasigacha borib, ko`z va uning muskullariga, ko`z yoshi bezi va qovoqlarni 
hamda burun ichki shilliq qavatiga, peshona yuzasiga hamda g`alvirsimon suyakka 
o`z tarmog`ini beradi. 
 
2. Miyaning oldingi arteriyasi (a. cerebri anterior) boshqa arteriyalarga 
nisbatan kichik bo`lib, medial holatda oldinga qarab bo`ylama joylashgan. Miya 
egati boshlang`ich qismi tomonga qarab yo`naladi. Miya yarim shari ichki qismiga 
kirib tarmoqlanadi. Qarama-qarshi keluvchi shu nomli arteriya bilan anastomoz 
hosil qiladi. Miya yarim shari medial qismini va ensa bo`lagini ta'minlaydi. 
 
3. Miyaning o`rta arteriyasi (a. cerepri media) yirik arteriya bo`lib, miya yon 
egati bo`ylab miyaning peshona, chakka pallalariga va tepa bo`lagiga o`z 
tarmoqlarini beradi.  
 
4. Orqadagi birlashtiruvchi arteriya (a. communicans) kichik tarmoq bo`lib, 
miyaning orqa arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. 
 
Umrov osti arteriyasi (a. subclavia) o`ng va chap o`mrov osti arteriyalaridan 
tashkil topgan bo`lib, o`ng tomondagisi aortadan chiqqan yelka bosh tarmog`i 
arteriyasining tarmoqlanishidan hosil bo`lsa, chap tomondagisi bevosita yakka o`zi 
aortadan chiqadi. Bu ikkala arteriya o`ng va chap tomondan oldinga qarab yo`nalib, 
ko`krak yuqorigi teshigidan bo`yinga chiqadi, plevra gumbazini birinchi qovurg`a 
ustidan aylanib o`tib narvonsimon muskullar orasiga kiradi. So`ng qo`ltiq osti 
chuqurchasiga o`tadi. 
 
O`mrov osti arteriyasi o`zidan bir nechta arteriya tarmoqlarini chiqaradi. 
Bularga asosan: 1) umurtqa arteriyasi, 2) ko`krakning ichki arteriyasi, 3) 
Ilmiybaza.uz Ichki umumiy uyqu arteriyasi (a. corotis interna) atrofga tarmoqlar bermasdan kalla asosiy qismi tomon yo`naladi, uyqu teshigi orqali uyqu kanaliga o`tadi va kalla bo`shlig`iga kiradi. U yerda bosh miya va ko`zlarni oziqlantiruvchi tarmog`ini beradi. Ichki umumiy uyqu arteriyasi o`zidan bir nechta tarmoqlarni chiqaradi. 1. Ko`z kosasining arteriyasi (a. opthalmica) ko`ruv kanali orqali ko`z kosachasigacha borib, ko`z va uning muskullariga, ko`z yoshi bezi va qovoqlarni hamda burun ichki shilliq qavatiga, peshona yuzasiga hamda g`alvirsimon suyakka o`z tarmog`ini beradi. 2. Miyaning oldingi arteriyasi (a. cerebri anterior) boshqa arteriyalarga nisbatan kichik bo`lib, medial holatda oldinga qarab bo`ylama joylashgan. Miya egati boshlang`ich qismi tomonga qarab yo`naladi. Miya yarim shari ichki qismiga kirib tarmoqlanadi. Qarama-qarshi keluvchi shu nomli arteriya bilan anastomoz hosil qiladi. Miya yarim shari medial qismini va ensa bo`lagini ta'minlaydi. 3. Miyaning o`rta arteriyasi (a. cerepri media) yirik arteriya bo`lib, miya yon egati bo`ylab miyaning peshona, chakka pallalariga va tepa bo`lagiga o`z tarmoqlarini beradi. 4. Orqadagi birlashtiruvchi arteriya (a. communicans) kichik tarmoq bo`lib, miyaning orqa arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Umrov osti arteriyasi (a. subclavia) o`ng va chap o`mrov osti arteriyalaridan tashkil topgan bo`lib, o`ng tomondagisi aortadan chiqqan yelka bosh tarmog`i arteriyasining tarmoqlanishidan hosil bo`lsa, chap tomondagisi bevosita yakka o`zi aortadan chiqadi. Bu ikkala arteriya o`ng va chap tomondan oldinga qarab yo`nalib, ko`krak yuqorigi teshigidan bo`yinga chiqadi, plevra gumbazini birinchi qovurg`a ustidan aylanib o`tib narvonsimon muskullar orasiga kiradi. So`ng qo`ltiq osti chuqurchasiga o`tadi. O`mrov osti arteriyasi o`zidan bir nechta arteriya tarmoqlarini chiqaradi. Bularga asosan: 1) umurtqa arteriyasi, 2) ko`krakning ichki arteriyasi, 3) Ilmiybaza.uz 
 
qalqonsimon bez va bo`yinni ta'minlovchi tarmoq, 4) ko`krak usti arteriyasi, 5) 
bo`yinning ko`ndalang arteriyalari kiradi.  
 
1. Umurtqa arteriyasi (a. vertebralis) o`mrov osti arteriyasining yirik 
tarmoqlaridan bo`lib, VI-VII bo`yin umurtqalarining qarshisidan boshlanib, 
umurtqalar ko`ndalang teshigi orqali yuqoriga ko`tariladi. Kalla suyagi bo`shlig`iga 
o`tib, II umurtqa arteriyasi bilan ko`shilishib, yirik asosiy arteriyani (a. basilaris) 
tashkil qiladi. Umurtqa arteriyalari bir-biri bilan qo`shilib, asosiy arteriyani hosil 
qilgunicha tarmoqlanib, chiqqan joyidan boshlab atrofga bir nechta mayda 
tarmoqlarni beradi. Bu tarmoqlar umurtqa orasidan chiqib, orqa miya, bo`yinning 
chuqur muskullari va orqa miyaga tarmoqlanadi, oxirgi umurtqa pog`ona kanaliga 
yo`naladi.  
 
Asosiy arteriya (a. basilaris) yirik miya tomiridan bo`lib, undan miyachaning 
yuqoriga va pastki arteriyalari chiqadi. Uning oxirgi tarmoqlari miya yarim 
sharlarining chakka va ensa pallalariga tarmoqlanadi. Asosiy arteriya tomirlari 
boshqa tomirlar bilan birgalikda miyaning asosida joylashgan arteriya doirasini 
tashkil qilishda bevosita ishtirok etadi. Bu doirani tashkil qilishda asosan 2 ta uyqu 
arteriyasi va 2 ta umurtqa arteriyalari ishtirok etadi. 
 
2. Ko`krakning ichki arteriyasi (a. thoricica interna) o`mrov osti arteriyasi 
pastki tomonidan chiqib, to`sh suyagidan 1-1,5 sm. tashqari bo`ylab past tomonga 
tushadi va VII-VIII qovurg`alar sohasida ikkita yirik tomirga bo`linadi: 1) muskul-
diafragma arteriyasi (a. musculophrenica); 2) qorin ustining yuqorigi arteriyasi (a. 
epigastrica suprior). Bu arteriya o`z tarmoqlari bilan diafragmaning qorin 
muskullarini va qovurg`alararo muskullarini qon bilan ta'minlaydi. Qorin usti 
arteriyasi qorin bo`ylab atrofdagi qorin to`g`ri muskuliga tarmoqlanadi. Hamda 
qovurg`alararo arteriyalar bilan anastomoz hosil qiladi. Kindik sohasida o`z 
tarmoqlari bilan qorin usti pastki arteriyasi (a. apigastrica) bilan tutashadi. Shunday 
qilib, qorinning yuqorigi va pastki qismlari arteriyalari bir-biri bilan tutashib, yirik 
aylanma qon tomirlar tizimini hosil qiladi.  
Ilmiybaza.uz qalqonsimon bez va bo`yinni ta'minlovchi tarmoq, 4) ko`krak usti arteriyasi, 5) bo`yinning ko`ndalang arteriyalari kiradi. 1. Umurtqa arteriyasi (a. vertebralis) o`mrov osti arteriyasining yirik tarmoqlaridan bo`lib, VI-VII bo`yin umurtqalarining qarshisidan boshlanib, umurtqalar ko`ndalang teshigi orqali yuqoriga ko`tariladi. Kalla suyagi bo`shlig`iga o`tib, II umurtqa arteriyasi bilan ko`shilishib, yirik asosiy arteriyani (a. basilaris) tashkil qiladi. Umurtqa arteriyalari bir-biri bilan qo`shilib, asosiy arteriyani hosil qilgunicha tarmoqlanib, chiqqan joyidan boshlab atrofga bir nechta mayda tarmoqlarni beradi. Bu tarmoqlar umurtqa orasidan chiqib, orqa miya, bo`yinning chuqur muskullari va orqa miyaga tarmoqlanadi, oxirgi umurtqa pog`ona kanaliga yo`naladi. Asosiy arteriya (a. basilaris) yirik miya tomiridan bo`lib, undan miyachaning yuqoriga va pastki arteriyalari chiqadi. Uning oxirgi tarmoqlari miya yarim sharlarining chakka va ensa pallalariga tarmoqlanadi. Asosiy arteriya tomirlari boshqa tomirlar bilan birgalikda miyaning asosida joylashgan arteriya doirasini tashkil qilishda bevosita ishtirok etadi. Bu doirani tashkil qilishda asosan 2 ta uyqu arteriyasi va 2 ta umurtqa arteriyalari ishtirok etadi. 2. Ko`krakning ichki arteriyasi (a. thoricica interna) o`mrov osti arteriyasi pastki tomonidan chiqib, to`sh suyagidan 1-1,5 sm. tashqari bo`ylab past tomonga tushadi va VII-VIII qovurg`alar sohasida ikkita yirik tomirga bo`linadi: 1) muskul- diafragma arteriyasi (a. musculophrenica); 2) qorin ustining yuqorigi arteriyasi (a. epigastrica suprior). Bu arteriya o`z tarmoqlari bilan diafragmaning qorin muskullarini va qovurg`alararo muskullarini qon bilan ta'minlaydi. Qorin usti arteriyasi qorin bo`ylab atrofdagi qorin to`g`ri muskuliga tarmoqlanadi. Hamda qovurg`alararo arteriyalar bilan anastomoz hosil qiladi. Kindik sohasida o`z tarmoqlari bilan qorin usti pastki arteriyasi (a. apigastrica) bilan tutashadi. Shunday qilib, qorinning yuqorigi va pastki qismlari arteriyalari bir-biri bilan tutashib, yirik aylanma qon tomirlar tizimini hosil qiladi. Ilmiybaza.uz 
 
 
1) Qalqonsimon bo`yin tarmog`i (truncus tgyreocervicalis) o`mrov osti 
arteriyasi bilan chiqib, oldingi narvonsimon muskuli lateral chetidan yuqoriga qarab 
ko`tariladi. Boshqa tomirlarga nisbatan yo`g`on, lekin bo`yiga kalta bo`ladi. 
Uzunligi taxminan 4 sm. ga teng. Undan chiqadigan qalqonsimon bezning pastki 
arteriyasi (a. tpyreoidea inferior) qizilo`ngach va kekirdak bo`ylab bezning orqa 
tomoniga o`tadi. Qalqonsimon bezdan tashqari qizilo`ngach, kekirdak, halqum, 
qalqonsimon yon beziga o`z tarmoqlarini beradi. Oxiri borib qalqonsimon bezning 
yuqori arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Qalqonsimon  bo`yin arteriyasidan 
ajralib chiqqan, yuqoriga ko`tariluvchi arteriya, atrofidagi chuqur muskullarga 
tarqaladi, ularni qon bilan ta'minlaydi. Kurak usti arteriyasi esa kurakning orqa 
qismidagi muskullarga tarmoqlanadi.  
 
2) Kurak usti arteriyasi (a. suprascapularis) qalqonsimon bo`yin arteriyasidan 
pastdan lateral bo`ylab ko`krak o`yig`i tomonga yo`naladi va kurak dorzal qismiga 
joylashgan muskullarga tarmoqlanadi. Kurakni aylanib o`tuvchi arteriya (a. 
circumflexa scapulae) bilan anastomozlashadi.  
 
3) Bo`yinning ko`ndalang arteriyasi (a. transversa colli) tarmoqlari kurakni 
yuqoriga ko`tariluvchi trapetsiyasimon muskullariga o`z tarmoqlarini berib, ularni 
qon bilan ta'minlaydi. So`ng kurakni medial cheti bo`ylab uning pastki 
burchagigacha boradi.  
 
Qo`ltiq arteriyasi (a. axillaris) bevosita o`mrov osti arteriyasining davomi 
bo`lib, so`ng yelka arteriyasi nomi bilan ketadi. Qo`ltiq chuqurchasida joylashadi. 
Past tomonga yo`nalib, katta ko`krak muskuli va serbar muskul pastki chekkasida 
yelka arteriyasiga tutashadi. Qo`ltiq chuqurchasida qo`l kamari muskullarini va 
terisini ko`krak va yelka qismlarining muskullarini oziqlantiradi. Qo`ltiq 
arteriyasidan quyidaga arteriyalar chiqadi.  
1. Ko`krak qafasi va ko`krak o`sig`i arteriyasi (a. thoracoacromialis) 
boshqalariga nisbatan kalta bo`lib, yelka bo`g`imi, katta va kichik ko`krak 
muskullarini, deltasimon muskulni oziqlantirishda ishtirok etadi. 
Ilmiybaza.uz 1) Qalqonsimon bo`yin tarmog`i (truncus tgyreocervicalis) o`mrov osti arteriyasi bilan chiqib, oldingi narvonsimon muskuli lateral chetidan yuqoriga qarab ko`tariladi. Boshqa tomirlarga nisbatan yo`g`on, lekin bo`yiga kalta bo`ladi. Uzunligi taxminan 4 sm. ga teng. Undan chiqadigan qalqonsimon bezning pastki arteriyasi (a. tpyreoidea inferior) qizilo`ngach va kekirdak bo`ylab bezning orqa tomoniga o`tadi. Qalqonsimon bezdan tashqari qizilo`ngach, kekirdak, halqum, qalqonsimon yon beziga o`z tarmoqlarini beradi. Oxiri borib qalqonsimon bezning yuqori arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Qalqonsimon bo`yin arteriyasidan ajralib chiqqan, yuqoriga ko`tariluvchi arteriya, atrofidagi chuqur muskullarga tarqaladi, ularni qon bilan ta'minlaydi. Kurak usti arteriyasi esa kurakning orqa qismidagi muskullarga tarmoqlanadi. 2) Kurak usti arteriyasi (a. suprascapularis) qalqonsimon bo`yin arteriyasidan pastdan lateral bo`ylab ko`krak o`yig`i tomonga yo`naladi va kurak dorzal qismiga joylashgan muskullarga tarmoqlanadi. Kurakni aylanib o`tuvchi arteriya (a. circumflexa scapulae) bilan anastomozlashadi. 3) Bo`yinning ko`ndalang arteriyasi (a. transversa colli) tarmoqlari kurakni yuqoriga ko`tariluvchi trapetsiyasimon muskullariga o`z tarmoqlarini berib, ularni qon bilan ta'minlaydi. So`ng kurakni medial cheti bo`ylab uning pastki burchagigacha boradi. Qo`ltiq arteriyasi (a. axillaris) bevosita o`mrov osti arteriyasining davomi bo`lib, so`ng yelka arteriyasi nomi bilan ketadi. Qo`ltiq chuqurchasida joylashadi. Past tomonga yo`nalib, katta ko`krak muskuli va serbar muskul pastki chekkasida yelka arteriyasiga tutashadi. Qo`ltiq chuqurchasida qo`l kamari muskullarini va terisini ko`krak va yelka qismlarining muskullarini oziqlantiradi. Qo`ltiq arteriyasidan quyidaga arteriyalar chiqadi. 1. Ko`krak qafasi va ko`krak o`sig`i arteriyasi (a. thoracoacromialis) boshqalariga nisbatan kalta bo`lib, yelka bo`g`imi, katta va kichik ko`krak muskullarini, deltasimon muskulni oziqlantirishda ishtirok etadi. Ilmiybaza.uz 
 
1. 
Ko`krak qafasining yon arteriyasi (a. thorocica lateralis) ko`krak 
qafasining yon devori bo`ylab pastga tushib, tishsimon muskulga, so`ng bezlariga 
va atrofidagi muskullariga tarmoqlanadi. 
2. 
Kurak osti arteriyasi (a. subscapularis) qo`ltiq arteriyasidan 
tarqaladigan arteriyalarning ichida eng yirigi bo`lib, kurak osti muskuli pastki 
qismiga yaqin joydan boshlanadi. Unga o`z tarmog`ini berib, so`ng boshqa 
tarmoqlari bilan katta, kichik va dumaloq muskullarni hamda kurak qirrasi ostidagi 
muskullarni oziqlantiradi. 
3. 
Yelka suyagini o`rovchi orqa arteriyasi (a. circumflexa humeri 
posterior) yelka suyagini aylanib orqasiga o`tadi. To`rt qirrali teshik orqali yelka 
suyagi xirurgik bo`yinining orqasidan deltasimon muskulda tarmoqlanadi. 
4. 
Yelka suyagini o`rovchi oldingi arteriyasi (a. circumflexa humeri 
anterior) oldingisi yonidan chiqadi, yelk:a suyagi xirurgik bo`ynining oldingi 
tomonidan aylanib o`tib, shu nomli orqa arteriya bilan anastomoz hosil qiladi. Yelka 
bo`g`imi va uning atrofidagi muskullarga tarmoqlanadi. 
 
Yelka arteriyasi 
 
Yelka arteriyasi (a. brachialis) (63-rasm) qo`ltiq osta arteriyasining davomi 
hisoblanadi. Yelka bo`ylab hastga yo`naladi va bilak suyagining bo`yin qismi 
qarshisida tirsak chuqurchasida bilak va tirsak arteriyalariga ajraladi. Yelka 
arteriyasi bo`ylab yonma-yon yelkaning ikkita venasi yelka nervlari yo`naladi. Bu 
arteriya boshi-dan oxirigacha o`zidan bir nechta tarmoqlar chiqaradi. 
 
Yelkaning chuqur arteriyasi (a. profunda brachi) uch boshli muskulni qon 
bilan ta'minlaydi, so`ng yelkaning oldishi guruh muskullaridan tumshuqsimon, 
yelka va ikki boshli muskullarga tarmoqlanadi. Tarmog`i tirsak bo`qinigacha boradi. 
 
Bilak arteriyasi (a. radialis) bilak venasi va nervi bilan yonma-yon yo`naladi. 
Yelka arteriyasining davomi hisoblanadi. Pastga tushishi bilan bilak muskullari 
orasidan asta yuzaga chiqib boradi, bilak pastki qismida yuza  
Ilmiybaza.uz 1. Ko`krak qafasining yon arteriyasi (a. thorocica lateralis) ko`krak qafasining yon devori bo`ylab pastga tushib, tishsimon muskulga, so`ng bezlariga va atrofidagi muskullariga tarmoqlanadi. 2. Kurak osti arteriyasi (a. subscapularis) qo`ltiq arteriyasidan tarqaladigan arteriyalarning ichida eng yirigi bo`lib, kurak osti muskuli pastki qismiga yaqin joydan boshlanadi. Unga o`z tarmog`ini berib, so`ng boshqa tarmoqlari bilan katta, kichik va dumaloq muskullarni hamda kurak qirrasi ostidagi muskullarni oziqlantiradi. 3. Yelka suyagini o`rovchi orqa arteriyasi (a. circumflexa humeri posterior) yelka suyagini aylanib orqasiga o`tadi. To`rt qirrali teshik orqali yelka suyagi xirurgik bo`yinining orqasidan deltasimon muskulda tarmoqlanadi. 4. Yelka suyagini o`rovchi oldingi arteriyasi (a. circumflexa humeri anterior) oldingisi yonidan chiqadi, yelk:a suyagi xirurgik bo`ynining oldingi tomonidan aylanib o`tib, shu nomli orqa arteriya bilan anastomoz hosil qiladi. Yelka bo`g`imi va uning atrofidagi muskullarga tarmoqlanadi. Yelka arteriyasi Yelka arteriyasi (a. brachialis) (63-rasm) qo`ltiq osta arteriyasining davomi hisoblanadi. Yelka bo`ylab hastga yo`naladi va bilak suyagining bo`yin qismi qarshisida tirsak chuqurchasida bilak va tirsak arteriyalariga ajraladi. Yelka arteriyasi bo`ylab yonma-yon yelkaning ikkita venasi yelka nervlari yo`naladi. Bu arteriya boshi-dan oxirigacha o`zidan bir nechta tarmoqlar chiqaradi. Yelkaning chuqur arteriyasi (a. profunda brachi) uch boshli muskulni qon bilan ta'minlaydi, so`ng yelkaning oldishi guruh muskullaridan tumshuqsimon, yelka va ikki boshli muskullarga tarmoqlanadi. Tarmog`i tirsak bo`qinigacha boradi. Bilak arteriyasi (a. radialis) bilak venasi va nervi bilan yonma-yon yo`naladi. Yelka arteriyasining davomi hisoblanadi. Pastga tushishi bilan bilak muskullari orasidan asta yuzaga chiqib boradi, bilak pastki qismida yuza Ilmiybaza.uz 
 
joylashgan bo`lib, uning pulsatsiyasini aniqlasa bo`ladigan darajada yotadi. Bilak 
arteriyasi o`z yo`nalishida atrofiga bir nechta tarmoqlarini chiqaradi. 
 
Bilakning qaytuvchi arteriyasi (a. recurrens radialis) bilak arteriyasining 
boshlanish qismidan chiqib yuqori tomonga yo`naladi va yelka chuquri joylashgan 
arteriya tarmoqlari bilan anastomozlashadi. Atrofidagi muskullarni qon bilan 
ta'minlaydi. Bilak arteriyasi bundan tashqari, o`zining boshqa tarmoqlari bilan bilak 
tashqi qismida joylashgan muskullarni va terisini qon bilan ta'minlaydi. Shu bilan 
birga tirsak arteriyasining uchi bilan tutashib, kaftning yuza ravog`ini hosil qiladi, 
kaftning dorzal yuzasidagi arteriya to`rini hosil qilishda qam ishtirok etadi. Bulardan 
tashqari, birinchi va ko`rsatkich barmoqlarini qon bilan ta'minlab, so`ng ularning 
lateral tomonlariga tarqaladi. 
 
Tirsak arteriyasi (a. ulnaris) ikkita yelka arteriyalarining ichida oxirgi va eng 
yirigi hisoblaiadi. Bilakni ichkariga bukuvchi (gfona-tor) dumaloq muskul bo`ylab 
pastga yo`naladi va bilak o`rtasida tirsak ariqchasiga o`tadi, no`xatsimon suyak oldi-
da kaft kanali orqali kaftga tutashib, panjani bukuvchi tirsak muskullari orasiga 
kiradi. Kaftning ikkita yuza va ichkari yoyini hosil qilishda ishtarok etadi. Arteriya 
tarmoqlarining anasmozidan hosil bo`lgan yoylaridan kaft suyaklaridan va 
moqlaridan arteriyalar tarmoqlashib, ularni qon bilan ta'miilaydi. Chuqur joylashgan 
yoydan kaft suyaklariga (a. palmaris) tarqalsa, yuza joylashgan yoydan 2- va 5-
tarmokdarni ta'minlaydigan (aa. digitales palmares communes) arteriyalari chiqadi. 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz joylashgan bo`lib, uning pulsatsiyasini aniqlasa bo`ladigan darajada yotadi. Bilak arteriyasi o`z yo`nalishida atrofiga bir nechta tarmoqlarini chiqaradi. Bilakning qaytuvchi arteriyasi (a. recurrens radialis) bilak arteriyasining boshlanish qismidan chiqib yuqori tomonga yo`naladi va yelka chuquri joylashgan arteriya tarmoqlari bilan anastomozlashadi. Atrofidagi muskullarni qon bilan ta'minlaydi. Bilak arteriyasi bundan tashqari, o`zining boshqa tarmoqlari bilan bilak tashqi qismida joylashgan muskullarni va terisini qon bilan ta'minlaydi. Shu bilan birga tirsak arteriyasining uchi bilan tutashib, kaftning yuza ravog`ini hosil qiladi, kaftning dorzal yuzasidagi arteriya to`rini hosil qilishda qam ishtirok etadi. Bulardan tashqari, birinchi va ko`rsatkich barmoqlarini qon bilan ta'minlab, so`ng ularning lateral tomonlariga tarqaladi. Tirsak arteriyasi (a. ulnaris) ikkita yelka arteriyalarining ichida oxirgi va eng yirigi hisoblaiadi. Bilakni ichkariga bukuvchi (gfona-tor) dumaloq muskul bo`ylab pastga yo`naladi va bilak o`rtasida tirsak ariqchasiga o`tadi, no`xatsimon suyak oldi- da kaft kanali orqali kaftga tutashib, panjani bukuvchi tirsak muskullari orasiga kiradi. Kaftning ikkita yuza va ichkari yoyini hosil qilishda ishtarok etadi. Arteriya tarmoqlarining anasmozidan hosil bo`lgan yoylaridan kaft suyaklaridan va moqlaridan arteriyalar tarmoqlashib, ularni qon bilan ta'miilaydi. Chuqur joylashgan yoydan kaft suyaklariga (a. palmaris) tarqalsa, yuza joylashgan yoydan 2- va 5- tarmokdarni ta'minlaydigan (aa. digitales palmares communes) arteriyalari chiqadi. Ilmiybaza.uz 
 
63-rasm. Yelka va bilak arteriyalari.  
1-o’mrov osti arteriyasi; 2-yelka-bosh stvoli (pochasi); 3-ko’krak qafasining ichki 
arteriyasi; 4-ko’krak qafasining lateral arteriyasi; 5-tirsak arteriyasi; 6- bilak 
arteriyasi; 7-yelka arteriyasi; 8-qo’ltiq arteriyasi.  
 
Kaftning orqa arteriyalaridan (aa. metocarpae dorsales) barmoqlarning orqa 
tomoniga tarmoqlanadi. Har bir barmoqni orqadagi ikkita va kaft tomonidagi 
arteriya, jami bo`lib, 4 tadan arteriya tomiri tarqalib, ularni qon bilan ta'minlaydi. 
Barmoqlarga tarqalgan arteriyalar o`z yo`nalishlari bo`ylab, barmog`ning har 
tomoniga tarmoqlanib, qon bilan ta'minlaydi. 
Pastga tushuvchi aorta tarmoqlari 
 
Pastga tushuvchi aorta (aorte descendens) aorta yoyining pastga burilgan 
joyidan boshlanib, to umumiy yonbosh arteriyalariga bo`linadigan qismigacha 
aytiladi. Yuqoridan boshlanishi 4-ko`krak umurtqa pog`ona qarshisiga to`g`ri 
keladi. Bu yerda ko`krak aortasini tashkil etadi, so`ng ko`krakning 12-umurtqasi 
sohasida diafragmadan o`tib, qorin aortasi nomi bilan pastga yo`nalib, belning 4-
umurtqasi qarshisida o`ng va chap yirik arteriyalarga bo`linadi. 
 
Ko`krak aortasmnmng tarmoqlari 
 
 
Aortaning ko`krakda joylashgan qismi ko`krak bo`shlig`ida joylashgan 
a'zolarni (vistseral) va ko`krak bo`shlig`i devorini (parietal) ta'minlaydigan arteriya 
tarmoqlarini beradi. Bularga quyidagilar kiradi: 
 
1. Bronxlar tarmog`i (rami bronchialis) ingichka tarmoqlar bo`lib, o`ng va 
chap o`pka darvozasi orqali o`pkalarga kirib, uning bronx tog`aylariga, o`pka va 
uning alveolalariga tarqaladi. Bulardan tashqari bronx arteriyalari, plevra, perikard 
va qizilo`ngachga ham mayda tarmoqlar beradi. 
Ilmiybaza.uz 63-rasm. Yelka va bilak arteriyalari. 1-o’mrov osti arteriyasi; 2-yelka-bosh stvoli (pochasi); 3-ko’krak qafasining ichki arteriyasi; 4-ko’krak qafasining lateral arteriyasi; 5-tirsak arteriyasi; 6- bilak arteriyasi; 7-yelka arteriyasi; 8-qo’ltiq arteriyasi. Kaftning orqa arteriyalaridan (aa. metocarpae dorsales) barmoqlarning orqa tomoniga tarmoqlanadi. Har bir barmoqni orqadagi ikkita va kaft tomonidagi arteriya, jami bo`lib, 4 tadan arteriya tomiri tarqalib, ularni qon bilan ta'minlaydi. Barmoqlarga tarqalgan arteriyalar o`z yo`nalishlari bo`ylab, barmog`ning har tomoniga tarmoqlanib, qon bilan ta'minlaydi. Pastga tushuvchi aorta tarmoqlari Pastga tushuvchi aorta (aorte descendens) aorta yoyining pastga burilgan joyidan boshlanib, to umumiy yonbosh arteriyalariga bo`linadigan qismigacha aytiladi. Yuqoridan boshlanishi 4-ko`krak umurtqa pog`ona qarshisiga to`g`ri keladi. Bu yerda ko`krak aortasini tashkil etadi, so`ng ko`krakning 12-umurtqasi sohasida diafragmadan o`tib, qorin aortasi nomi bilan pastga yo`nalib, belning 4- umurtqasi qarshisida o`ng va chap yirik arteriyalarga bo`linadi. Ko`krak aortasmnmng tarmoqlari Aortaning ko`krakda joylashgan qismi ko`krak bo`shlig`ida joylashgan a'zolarni (vistseral) va ko`krak bo`shlig`i devorini (parietal) ta'minlaydigan arteriya tarmoqlarini beradi. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Bronxlar tarmog`i (rami bronchialis) ingichka tarmoqlar bo`lib, o`ng va chap o`pka darvozasi orqali o`pkalarga kirib, uning bronx tog`aylariga, o`pka va uning alveolalariga tarqaladi. Bulardan tashqari bronx arteriyalari, plevra, perikard va qizilo`ngachga ham mayda tarmoqlar beradi. Ilmiybaza.uz 
 
 
2. Qizilo`ngach tarmoqlari (rami eosophagi) aortaning 4-ko`krak umurtqasi 
qarshisidan boshlanib, 8-umurtqasigacha bo`lgan qismidan turli masofalarda mayda 
tomirlarga ajralib chiqib, qizilo`ngach turli qismlariga tarqaladi va uni qon bilan 
ta'minlaydi. 
 
3. Yurak oldi xaltasining tarmoqlari (rami pericardiaci) perikard orqasiga 
o`tib, perikard va limfa tizimiga tarqaladi. 
 
4. Ko`krak oralig`i tarmokdari mayda arteriya qon tomirlari bo`lib, ko`krak 
oralig`idagi limfa tugunlariga, yirik tomirlar devoriga va perikardga tarmoqlanib, 
ularning ayrimlari diafragmaga ham borib, uni ham qon bilan ta'minlaydi. 
 
Ko`krak qafasi devoriga tarqaluvchi (parietal) arteriyalarga qovurg`alar 
oralig`ining orqa arteriyalari (aa. intercostales posteriores) kiradi. Ular o`n juft 
bo`lib, asosan 3-11-qovurg`alar oralig`i bo`ylab tarmoqlanadi. Qolgan 1-2-
qovurg`alar oralig`iga yuqorida aytib o`tilganidek, o`mrov osti arteriya tarmoqlari 
o`z shoxchalarini beradi. Qovurg`alararo arteriyalar orqa miyani, orqaning ichki 
muskullarini va terisini, ko`krakning oldingi muskullari va sut bezlarini, diafragma 
va undan o`tib qorin muskullarini ham qon bilan ta'minlaydi. Ko`krak qafasi ichki 
di-afragmaning yuqoridagi arteriyalari o`zaro tutashib, arteriya devorlarini tashkil 
qiladi. 
Qorin aortasining tarmoqlari 
 
Qorin aortasi (aorta abdominalis) ko`krak aortasining davomi bo`lib, 
diafragmadan o`tib, o`zidan bir nechta juft va toq arteriya tarmoqlarini chiqaradi. 
Ularning bir qismi qorin devoriga tarmoqlansa, boshqa guruhi qorin bo`shlig`idagi 
a'zolarga tarmoqlanadi. 
 
Ichki a'zolarga tarqaluvchi tomirlarga asosan uchta toq arteriyalar kiradi: 1) 
qorin tarmog`i, 2) ichak tutqichining ustki arteriyalari, 3) ichak tutqichining pastki 
arteriyalari. Juft tarmoqlarga: 1) buyrak usti bezining o`rta arteriyasi, 2) buyrak 
arteriyasi, 3) moyak arteriyasi (ayollarda tuxumdon arteriyasi) kiradi. Ichki a'zolarga 
Ilmiybaza.uz 2. Qizilo`ngach tarmoqlari (rami eosophagi) aortaning 4-ko`krak umurtqasi qarshisidan boshlanib, 8-umurtqasigacha bo`lgan qismidan turli masofalarda mayda tomirlarga ajralib chiqib, qizilo`ngach turli qismlariga tarqaladi va uni qon bilan ta'minlaydi. 3. Yurak oldi xaltasining tarmoqlari (rami pericardiaci) perikard orqasiga o`tib, perikard va limfa tizimiga tarqaladi. 4. Ko`krak oralig`i tarmokdari mayda arteriya qon tomirlari bo`lib, ko`krak oralig`idagi limfa tugunlariga, yirik tomirlar devoriga va perikardga tarmoqlanib, ularning ayrimlari diafragmaga ham borib, uni ham qon bilan ta'minlaydi. Ko`krak qafasi devoriga tarqaluvchi (parietal) arteriyalarga qovurg`alar oralig`ining orqa arteriyalari (aa. intercostales posteriores) kiradi. Ular o`n juft bo`lib, asosan 3-11-qovurg`alar oralig`i bo`ylab tarmoqlanadi. Qolgan 1-2- qovurg`alar oralig`iga yuqorida aytib o`tilganidek, o`mrov osti arteriya tarmoqlari o`z shoxchalarini beradi. Qovurg`alararo arteriyalar orqa miyani, orqaning ichki muskullarini va terisini, ko`krakning oldingi muskullari va sut bezlarini, diafragma va undan o`tib qorin muskullarini ham qon bilan ta'minlaydi. Ko`krak qafasi ichki di-afragmaning yuqoridagi arteriyalari o`zaro tutashib, arteriya devorlarini tashkil qiladi. Qorin aortasining tarmoqlari Qorin aortasi (aorta abdominalis) ko`krak aortasining davomi bo`lib, diafragmadan o`tib, o`zidan bir nechta juft va toq arteriya tarmoqlarini chiqaradi. Ularning bir qismi qorin devoriga tarmoqlansa, boshqa guruhi qorin bo`shlig`idagi a'zolarga tarmoqlanadi. Ichki a'zolarga tarqaluvchi tomirlarga asosan uchta toq arteriyalar kiradi: 1) qorin tarmog`i, 2) ichak tutqichining ustki arteriyalari, 3) ichak tutqichining pastki arteriyalari. Juft tarmoqlarga: 1) buyrak usti bezining o`rta arteriyasi, 2) buyrak arteriyasi, 3) moyak arteriyasi (ayollarda tuxumdon arteriyasi) kiradi. Ichki a'zolarga Ilmiybaza.uz 
 
tarqaladigan tomirlarga 1) diafragmaning pastki arteriyasi, 2) bel arteriyasi, 3) 
dumg`azaning o`rta arteriyasi kiradi. 
 
Toq tarmoqlarga quyidagilar kiradi. 
 
I. Qorin tarmog`i (truncus coeliacus) yo`g`on bo`lib, uzunligi 2 sm. atrofida, 
aortaning oldingi devoridan chiqadi va 3-ta tarmoqqa bo`linadi: 1) umumiy jigar 
arteriyasi, 2) taloq arteriyasi, 3) me'daning chap arteriyasi. 
 
1. Umumiy jigar arteriyasi (a. hepatica communis) o`n ikki barmoqli ichak 
oldida ikkiga, ya'ni jigarning xususiy arteriyasiga va me'daga, o`n ikki barmoqli 
ichak arteriyasiga bo`linadi. Jigar xususiy arteriyasi jigar darvozasi tomon yo`nalib, 
o`zidan quyidagi tarmoqlarni chiqaradi: a) me'daning o`ng arteriyasi, me'da chap 
tomoniga o`tib, me'da chap arteriyasi bilan anastomozlashadi, b) jigarning o`ng va 
chap bo`lak arteriya shoxlari jigar o`ng va chap bo`laklariga boradi. Me'da, o`n ikki 
barmoqli ichak arteriyasi me'da, katta charvi, me'da osti bezi va o`n ikki barmoqli 
ichakka tarmoqlanib, qarshisidagi tomirlar bilan tutashadi. 
 
2. Taloq arteriyasi (a. lienalis) me'da osti yuqori tomoni bo`ylab dum qismida 
taloq ichiga kirib tarmoqlanadi. Taloq arteriyasi taloq darvozasiga kirish oldidan 
me'da va charviga tarmoqlar beradi.  
 
3. Me'daning chap arteriyasi qizilo`ngachning qorin bo`shlig`i qismiga kelib 
tarmoqlanadi hamda qizilo`ngach va me'dani qon bilan ta'minlaydi. 
 
II. Ichak tutqichining ustki arteriyasi (a. messenterica superior) qorin 
arteriyasining I bel umurtqasi qarshisidan chiqadi, me'da osti bezi va 
o`nikkibarmoqli ichak orasidan o`tib, ingichka ichak tutqichiga o`tadi va ko`r ichak 
bo`ylab pastga yo`naladi. Uning tarmoqlari ingichka ichakning hamma qismiga ko`r 
ichak va yo`qon ichakning yuqoriga ko`tariluvchi qismlariga tarqaladi. O`zidan bir 
nechta (12-15 tagacha) arteriya tarmoqlari va ichak arteriyalari (aa. intertinalis) 
chiqarib, ular ichak devorlari tomon yo`naladi va ichak tutqichida o`zaro birlashadi. 
Chambar ichakning o`rta arteriyasi (a. collica media) yo`g`on ichak ko`ndalang 
qismida tarqaladi va shu nomli pastki arteriyalar bilan anastomozlashadi. 
Ilmiybaza.uz tarqaladigan tomirlarga 1) diafragmaning pastki arteriyasi, 2) bel arteriyasi, 3) dumg`azaning o`rta arteriyasi kiradi. Toq tarmoqlarga quyidagilar kiradi. I. Qorin tarmog`i (truncus coeliacus) yo`g`on bo`lib, uzunligi 2 sm. atrofida, aortaning oldingi devoridan chiqadi va 3-ta tarmoqqa bo`linadi: 1) umumiy jigar arteriyasi, 2) taloq arteriyasi, 3) me'daning chap arteriyasi. 1. Umumiy jigar arteriyasi (a. hepatica communis) o`n ikki barmoqli ichak oldida ikkiga, ya'ni jigarning xususiy arteriyasiga va me'daga, o`n ikki barmoqli ichak arteriyasiga bo`linadi. Jigar xususiy arteriyasi jigar darvozasi tomon yo`nalib, o`zidan quyidagi tarmoqlarni chiqaradi: a) me'daning o`ng arteriyasi, me'da chap tomoniga o`tib, me'da chap arteriyasi bilan anastomozlashadi, b) jigarning o`ng va chap bo`lak arteriya shoxlari jigar o`ng va chap bo`laklariga boradi. Me'da, o`n ikki barmoqli ichak arteriyasi me'da, katta charvi, me'da osti bezi va o`n ikki barmoqli ichakka tarmoqlanib, qarshisidagi tomirlar bilan tutashadi. 2. Taloq arteriyasi (a. lienalis) me'da osti yuqori tomoni bo`ylab dum qismida taloq ichiga kirib tarmoqlanadi. Taloq arteriyasi taloq darvozasiga kirish oldidan me'da va charviga tarmoqlar beradi. 3. Me'daning chap arteriyasi qizilo`ngachning qorin bo`shlig`i qismiga kelib tarmoqlanadi hamda qizilo`ngach va me'dani qon bilan ta'minlaydi. II. Ichak tutqichining ustki arteriyasi (a. messenterica superior) qorin arteriyasining I bel umurtqasi qarshisidan chiqadi, me'da osti bezi va o`nikkibarmoqli ichak orasidan o`tib, ingichka ichak tutqichiga o`tadi va ko`r ichak bo`ylab pastga yo`naladi. Uning tarmoqlari ingichka ichakning hamma qismiga ko`r ichak va yo`qon ichakning yuqoriga ko`tariluvchi qismlariga tarqaladi. O`zidan bir nechta (12-15 tagacha) arteriya tarmoqlari va ichak arteriyalari (aa. intertinalis) chiqarib, ular ichak devorlari tomon yo`naladi va ichak tutqichida o`zaro birlashadi. Chambar ichakning o`rta arteriyasi (a. collica media) yo`g`on ichak ko`ndalang qismida tarqaladi va shu nomli pastki arteriyalar bilan anastomozlashadi. Ilmiybaza.uz 
 
 
III. Ichak tutqichining pastki arteriyasi (a. messenterica inferior) qorin 
arteriyasidan 3-bel umurtqasining pastki qirrasidan, aortaning ikkiga bo`linadigan 
joyidan bir umurtqa yuqori qismidan chiqib yo`naladi va chap bel muskuli ustida 
joylashadi. O`z tarmoqlari bilan yo`g`on ichakning qolgan qismlariga tarqaladi va 
ularni qon bilan ta'minlaydi. Bularga chambar ichakning chap arteriyasi, 
sigmasimon yo`g`on ichak arteriyasi va to`g`ri ichakning yuqori arteriyalari kiradi.  
 
Qorin aortasining devor oldi tarmoqlarida diafragmaning pastki arteriyasi 
diafragma teshiga sohasidan chiqib, diafragma va qizilo`ngachni qon bilan 
ta'minlaydi, so`ng buyrak usti bezigacha boradi. 
 
Dumg`azaning o`rta arteriyasi qorin aortasining davomi bo`lib, chanoq 
bo`shlig`iga o`tadi, dumg`azaga uning yon muskullariga va to`g`ri ichak orqa 
devoriga tarmoqlanadi. 
Umumiy yonbosh arteriyasi 
 
Qorin aortasi belning 4-bel umurtqasi qarshisida o`ng va chap umumiy 
yonbosh arteriyalariga (a. illiaca commonis) bo`linadi. Uzunligi 5-6 sm. ga teng. 
Dumg`aza bilan yonbosh bo`g`imi qarshisida ular ichki va tashqi yonbosh 
arteriyalariga ajraladi (64-rasm). 
 
Ichki yonbosh arteriyasi (a. illiaca interna) kichik chanoq bo`shlig`iga o`tib, 
qo`ymich teshigi yuqorigi qismigacha boradi va katta qo`ymich teshigi yuqorigi 
chetida a'zolarga boruvchi (vistseral) va devor oldi (oldingi va orqa) ikkita tarmoqqa 
ajraladi. Orqa tarmog`i kichik chanoq bo`shlig`i devorini, yonbosh bel muskulini, 
dumba muskullarini va chanoq son bo`g`imini qon bilan ta'minlasa, oldingi tarmog`i 
asosan kichik chanoq bo`shlig`ida joylashgan a'zolarni ta'minlaydi. Bularga siydik 
pufagi, to`g`ri ichak pastki qismi, prostata bezi, ayollarda esa qinni, bachadon va 
uning 
naylarini 
hamda 
aortadai 
chiquvchi 
urug`don 
arteriyasi 
bilan 
anastomozlashadi. Ichki yonbosh arteriyasining orqa tarmog`iga (shoxiga) 
quyidagilar kiradi. 
Ilmiybaza.uz III. Ichak tutqichining pastki arteriyasi (a. messenterica inferior) qorin arteriyasidan 3-bel umurtqasining pastki qirrasidan, aortaning ikkiga bo`linadigan joyidan bir umurtqa yuqori qismidan chiqib yo`naladi va chap bel muskuli ustida joylashadi. O`z tarmoqlari bilan yo`g`on ichakning qolgan qismlariga tarqaladi va ularni qon bilan ta'minlaydi. Bularga chambar ichakning chap arteriyasi, sigmasimon yo`g`on ichak arteriyasi va to`g`ri ichakning yuqori arteriyalari kiradi. Qorin aortasining devor oldi tarmoqlarida diafragmaning pastki arteriyasi diafragma teshiga sohasidan chiqib, diafragma va qizilo`ngachni qon bilan ta'minlaydi, so`ng buyrak usti bezigacha boradi. Dumg`azaning o`rta arteriyasi qorin aortasining davomi bo`lib, chanoq bo`shlig`iga o`tadi, dumg`azaga uning yon muskullariga va to`g`ri ichak orqa devoriga tarmoqlanadi. Umumiy yonbosh arteriyasi Qorin aortasi belning 4-bel umurtqasi qarshisida o`ng va chap umumiy yonbosh arteriyalariga (a. illiaca commonis) bo`linadi. Uzunligi 5-6 sm. ga teng. Dumg`aza bilan yonbosh bo`g`imi qarshisida ular ichki va tashqi yonbosh arteriyalariga ajraladi (64-rasm). Ichki yonbosh arteriyasi (a. illiaca interna) kichik chanoq bo`shlig`iga o`tib, qo`ymich teshigi yuqorigi qismigacha boradi va katta qo`ymich teshigi yuqorigi chetida a'zolarga boruvchi (vistseral) va devor oldi (oldingi va orqa) ikkita tarmoqqa ajraladi. Orqa tarmog`i kichik chanoq bo`shlig`i devorini, yonbosh bel muskulini, dumba muskullarini va chanoq son bo`g`imini qon bilan ta'minlasa, oldingi tarmog`i asosan kichik chanoq bo`shlig`ida joylashgan a'zolarni ta'minlaydi. Bularga siydik pufagi, to`g`ri ichak pastki qismi, prostata bezi, ayollarda esa qinni, bachadon va uning naylarini hamda aortadai chiquvchi urug`don arteriyasi bilan anastomozlashadi. Ichki yonbosh arteriyasining orqa tarmog`iga (shoxiga) quyidagilar kiradi. Ilmiybaza.uz 
 
 
1. Yonbosh-bel arteriyasi (a. illeolumbalis), yonbosh suyagi, bel-yonbosh 
muskullari va belning kvadrat muskuliga tarmokqlanaldi. 
 
2. Dumg`azaning yon arteriyalari (aa. sacrales laterrales), kichik chanoq orqa 
yon devoriga joylashadi. Dumg`aza nerv chigaliga tarqaladi, dumg`aza kanaldan 
uning teshiklari orqali tashqariga chiqib tarmoqlanadi. 
 
3. Yopqich arteriyasi (a. abduratoria), sonning yopqich parda kanali orqali 
son ichki tomoniga chiqib tarmoqlanadi. Bu tarmoqlar chanoq teshigini yopuvchi 
pardaning ichki va tashqi muskullarini, sonning kvadrat muskuli va tos-son 
bo`g`imini qon bilan ta'minlaydi. 
 
4. Dumba usti arteriyasi (a. gluta supeerior), kichik chanoq bo`shlig`ida 
qo`ymich suyaganing katta teshigi orqali tashqarisiga chiqib borgan tarmoqlari, 
dumba muskullarini qon bilan ta'minlaydi.  
 
5. Dumba pastki arteriyasi (a. glutea inferior) ham qo`ymich suyagining katta 
teshigidan chiqib dumba muskullariga, qo`ymich nerviga tarmoqlanadi. 
 
Ichki yonbosh arteriyasning oldingi, ichki tarmog`idan tarmoqlanuvchi 
arteriyalar. 
 
1. Kindik arteriyasi (a. umbilicalis) organizm embrional rivojlanish davrida 
yo`ldoshga borib tarqalgan bo`ladi. Bola tug`ilgandan so`ng, biriktiruvchi 
to`qimadan tashkil topgan boylamchaga aylanadi. Faqat boshlang`ich qismi saqlanib 
qolib siydik pufagini yuqori qismiga tarmoqlanadi va boshqa arteriyalar bilan 
anastomozlashadi. 
2. Qovuqning pastki arteriyasi (a. vesicalis inferior) qovuq tubi va chiqaruv 
kanalchasini qon bilan ta'minlaydi va qovuqning yuqorigi arteriyasi bilan anastomoz 
hosil qiladi. 
 
3. Urug` yo`li arteriyasi (a. ductus deferentis) urug` yo`lini qon bilan 
 
 
Ilmiybaza.uz 1. Yonbosh-bel arteriyasi (a. illeolumbalis), yonbosh suyagi, bel-yonbosh muskullari va belning kvadrat muskuliga tarmokqlanaldi. 2. Dumg`azaning yon arteriyalari (aa. sacrales laterrales), kichik chanoq orqa yon devoriga joylashadi. Dumg`aza nerv chigaliga tarqaladi, dumg`aza kanaldan uning teshiklari orqali tashqariga chiqib tarmoqlanadi. 3. Yopqich arteriyasi (a. abduratoria), sonning yopqich parda kanali orqali son ichki tomoniga chiqib tarmoqlanadi. Bu tarmoqlar chanoq teshigini yopuvchi pardaning ichki va tashqi muskullarini, sonning kvadrat muskuli va tos-son bo`g`imini qon bilan ta'minlaydi. 4. Dumba usti arteriyasi (a. gluta supeerior), kichik chanoq bo`shlig`ida qo`ymich suyaganing katta teshigi orqali tashqarisiga chiqib borgan tarmoqlari, dumba muskullarini qon bilan ta'minlaydi. 5. Dumba pastki arteriyasi (a. glutea inferior) ham qo`ymich suyagining katta teshigidan chiqib dumba muskullariga, qo`ymich nerviga tarmoqlanadi. Ichki yonbosh arteriyasning oldingi, ichki tarmog`idan tarmoqlanuvchi arteriyalar. 1. Kindik arteriyasi (a. umbilicalis) organizm embrional rivojlanish davrida yo`ldoshga borib tarqalgan bo`ladi. Bola tug`ilgandan so`ng, biriktiruvchi to`qimadan tashkil topgan boylamchaga aylanadi. Faqat boshlang`ich qismi saqlanib qolib siydik pufagini yuqori qismiga tarmoqlanadi va boshqa arteriyalar bilan anastomozlashadi. 2. Qovuqning pastki arteriyasi (a. vesicalis inferior) qovuq tubi va chiqaruv kanalchasini qon bilan ta'minlaydi va qovuqning yuqorigi arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. 3. Urug` yo`li arteriyasi (a. ductus deferentis) urug` yo`lini qon bilan Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
64-rasm. Chanoq, son va boldir arteriyalari.  
1-qorin aortasi; 2-yonboshning umumiy arteriyasi; 3-dumg’azaning o’rta arteriyasi; 
4-sonning chuqur arteriyasi; 5-son arteriyasi; 6-kichik boldir arteriyasi; 7-katta 
boldirning oldingi arteriyasi; 8-katta boldirning oldingi tomon qaytuvchi arteriyasi; 
9-dumbaning pastki arteriyasi; 10-dumbaning ustki arteriyasi.  
 
ta'minlaydi.  
 
4. Bachadon arteriyasi (a. uterina) faqat ayollarda uchraydi, bachadon va 
uning naylarini qon bilan ta'minlaydi. 
 
5. Tashqi jinsiy a'zolarning ichki arteriyasi (a. pudenda interna) qo`ymich 
katta teshigi orqali chanoq bo`shlig`idan tashqariga chiqib, to`g`ri ichakning pastki 
qismi (a. rectalis inferior) ga, chot oralig`ida joylashgan muskullarga va terisiga 
tarmoqlanadi. Erkaklarda yorg`oq beziga, ayollarda esa qinning katta lablariga ham 
tarmoqlar chiqaradi. Oxirgi tarmog`i erkaklar olatiga (a. penis), ayollar klitoriga (a. 
clitorilis ) tarmoqlanadi. 
 
Tashqi yonbosh arteriyasi (a. iliaca externa) umumiy yonbosh arteriyasining 
ikkinchi tarmog`ining davomi bo`lib, oyoqlarga qon olib boruvchi asosiy arteriya 
hisoblanadi. U puporat boylami orqa tomonidan songa o`tadi va son artershyasi 
nomi bilan pastga yo`naladi. O`zidan bir nechta tarmoqlar chiqarib, qorin to`g`ri 
muskuliga, simfizga, yonbosh muskuliga va qorin oldingi devorining pastki 
bo`limlariga tarmoqlar beradi. 
Ilmiybaza.uz 64-rasm. Chanoq, son va boldir arteriyalari. 1-qorin aortasi; 2-yonboshning umumiy arteriyasi; 3-dumg’azaning o’rta arteriyasi; 4-sonning chuqur arteriyasi; 5-son arteriyasi; 6-kichik boldir arteriyasi; 7-katta boldirning oldingi arteriyasi; 8-katta boldirning oldingi tomon qaytuvchi arteriyasi; 9-dumbaning pastki arteriyasi; 10-dumbaning ustki arteriyasi. ta'minlaydi. 4. Bachadon arteriyasi (a. uterina) faqat ayollarda uchraydi, bachadon va uning naylarini qon bilan ta'minlaydi. 5. Tashqi jinsiy a'zolarning ichki arteriyasi (a. pudenda interna) qo`ymich katta teshigi orqali chanoq bo`shlig`idan tashqariga chiqib, to`g`ri ichakning pastki qismi (a. rectalis inferior) ga, chot oralig`ida joylashgan muskullarga va terisiga tarmoqlanadi. Erkaklarda yorg`oq beziga, ayollarda esa qinning katta lablariga ham tarmoqlar chiqaradi. Oxirgi tarmog`i erkaklar olatiga (a. penis), ayollar klitoriga (a. clitorilis ) tarmoqlanadi. Tashqi yonbosh arteriyasi (a. iliaca externa) umumiy yonbosh arteriyasining ikkinchi tarmog`ining davomi bo`lib, oyoqlarga qon olib boruvchi asosiy arteriya hisoblanadi. U puporat boylami orqa tomonidan songa o`tadi va son artershyasi nomi bilan pastga yo`naladi. O`zidan bir nechta tarmoqlar chiqarib, qorin to`g`ri muskuliga, simfizga, yonbosh muskuliga va qorin oldingi devorining pastki bo`limlariga tarmoqlar beradi. Ilmiybaza.uz 
 
 
1. Son arteriyasi (a.femoris ) tashqi yonbosh arteriyasining bevosita davomi 
bo`lib hisoblanadi, son uchburchagida joylashadi. Uning tashqarirog`ida son nervi 
joylashsa, ichkarirog`idan son venasi o`tadi. Pastroqqa tushib son bilan tizza osti 
o`rtasidagi kanal orqali pastdagi teshikdan tizza osti chuqurligiga o`tadi. Son 
arteriyasi son suyagini, son muskullarini va terisini, qorin oldingi devori teshigini, 
tashqi jinsiy a'zolarni va chanoq-son bo`g`imini qon bilan ta'minlaydi. 
 
2. Sonning chuqur arteriyasi (a.profunda femoris) son arteriya tarmoqlari 
ichida eng yirigi bo`lib, son muskullari orasiga tarmoqlanadi. Ularning ichidaga 
sonni o`rab turuvchi ichki va tashqi arteriyalari (aa. circumflexae medialis) mayda 
tomirlarga tarmoqlanib, sonning deyarli hamma muskullarini qon bilan ta'minlaydi. 
Bulardan tashqari jinsiy a'zolarga, yorg`oqqa, uning terisiga, katta uyatli lablarga 
tarmoqlar beradi. 
 
3. Taqim arteriyasi (a. poplita) taqim osti chuqurchasida joylashadi, u bilan 
shu nomli vena va katta boldir nervi o`tadi. Taqim arteriyasi o`zidan bir nechta 
shoxchalarni chiqaradi. Ular tizza bo`g`imining atrofidagi son muskullari va boldir 
muskullarini qon bilan ta'minlaydi. Tizza qopqog`i sohasida arteriya to`rini tashkil 
etadi.  
 
4. Oldingi katta boldir arteriyasi (a. tibialis anterior) taqim osti arteriyasidan 
ajralib chiqib, katta va kichik boldir suyaklari orasidagi parda ustadan boldir oldiga 
o`tadi. O`zidan tarmoqlar chiqarib tizza bo`g`imi, boldirning oldingi qismida 
joylash- 
gan muskullarni va terisini qon bilan ta'minlaydi. Shu sohda arteriya to`rini hosil 
qilishda ishtirok etadi. 
 
5. Orqa katta boldir arteriyasi (a. tibialis posterior) taqim arteriyasining 
davomi bo`lib, pastga ichki to`piqgacha yo`naladi va kaftga o`tib, kaft sohasida 
medial va lateral tarmoqlarga ajraladi. O`z yo`lida boldirning orqasidagi va uni o`rab 
turgan muskullarga tarmoqlaiib, qon bilan ta'minlaydi. Ularning davomi oyoq kaft 
Ilmiybaza.uz 1. Son arteriyasi (a.femoris ) tashqi yonbosh arteriyasining bevosita davomi bo`lib hisoblanadi, son uchburchagida joylashadi. Uning tashqarirog`ida son nervi joylashsa, ichkarirog`idan son venasi o`tadi. Pastroqqa tushib son bilan tizza osti o`rtasidagi kanal orqali pastdagi teshikdan tizza osti chuqurligiga o`tadi. Son arteriyasi son suyagini, son muskullarini va terisini, qorin oldingi devori teshigini, tashqi jinsiy a'zolarni va chanoq-son bo`g`imini qon bilan ta'minlaydi. 2. Sonning chuqur arteriyasi (a.profunda femoris) son arteriya tarmoqlari ichida eng yirigi bo`lib, son muskullari orasiga tarmoqlanadi. Ularning ichidaga sonni o`rab turuvchi ichki va tashqi arteriyalari (aa. circumflexae medialis) mayda tomirlarga tarmoqlanib, sonning deyarli hamma muskullarini qon bilan ta'minlaydi. Bulardan tashqari jinsiy a'zolarga, yorg`oqqa, uning terisiga, katta uyatli lablarga tarmoqlar beradi. 3. Taqim arteriyasi (a. poplita) taqim osti chuqurchasida joylashadi, u bilan shu nomli vena va katta boldir nervi o`tadi. Taqim arteriyasi o`zidan bir nechta shoxchalarni chiqaradi. Ular tizza bo`g`imining atrofidagi son muskullari va boldir muskullarini qon bilan ta'minlaydi. Tizza qopqog`i sohasida arteriya to`rini tashkil etadi. 4. Oldingi katta boldir arteriyasi (a. tibialis anterior) taqim osti arteriyasidan ajralib chiqib, katta va kichik boldir suyaklari orasidagi parda ustadan boldir oldiga o`tadi. O`zidan tarmoqlar chiqarib tizza bo`g`imi, boldirning oldingi qismida joylash- gan muskullarni va terisini qon bilan ta'minlaydi. Shu sohda arteriya to`rini hosil qilishda ishtirok etadi. 5. Orqa katta boldir arteriyasi (a. tibialis posterior) taqim arteriyasining davomi bo`lib, pastga ichki to`piqgacha yo`naladi va kaftga o`tib, kaft sohasida medial va lateral tarmoqlarga ajraladi. O`z yo`lida boldirning orqasidagi va uni o`rab turgan muskullarga tarmoqlaiib, qon bilan ta'minlaydi. Ularning davomi oyoq kaft Ilmiybaza.uz 
 
muskullarining hammasini va terisini ham ta'minlaydi. Shu bilan birga shu sohada 
arteriya yoyi hosil qilib, ulardan arteriya tomiri tarmoqlanadi.  
 
6. Oyoq panjasi arteriyalari boldir arteriyalarining davomi hisoblanadi. Oyoq 
panjasining orqa arteriyasi (a. dorsalis pedis) 1-2 juft suyaklari oralig`igacha borib, 
ikkiga shoxlanadi. Bular tarmoqlar oralig`iga tarmoqlanadi. Yoysimon arteriya oyoq 
kaft arteriyalari bilan qo`shilib, arteriya yoyini hosil qiladi. Bulardan 2-5-barmoq 
oralariga tarmoqlar kiradi. 
 
VENA TIZIMI 
 
 
Vena tomirlari yurakka qon olib keluvchi tomirlar bo`lib, ular arteriya 
tomirlaridan o`z funktsiyasi va devorining morfologik tuzilishi bilan farqlanadi. 
Vena 
tomirlari 
mikrotsirkulyatsiyani 
ta'minlovchi 
tomirlarni 
yig`uvchi 
venulalaridan boshlanadi, ya'ni yig`uvchi venulalar mikrotsirkulyatsiyada ishtirok 
etuvchi to-mirlarning oxirgi zvenosi hisoblanadi. Venulalardan oldingi postkapillyar 
tomirlar diametri 8-30 mkm bo`lsa, yig`uvchi venulalarining diametri kengroq, ya'ni 
30-150 km.ga teng bo`ladi. Devorlarida alohida-alohida joylashgan silliq muskul 
hujayra guruhlari kuzatiladi. 
 
Venulalar qon bilan atrofidagi to`qima suyuqligi o`rtasidagi gemolimfatik 
muvozanatni boshqarishda ishtirok etadi. To`qimalarda modda almashinuvi 
natijasida hosil bo`lgan chiqindi moddalarni qabul qilib, olib ketadi. Vena tomirlari 
tuzilishi jihatidan arteriya tomirlaridan farqi muskul qavati uncha rivojlanmagan 
bo`ladi. Ichki intima qavatidan tomirlar bo`shlig`iga o`sib chiqqan cho`ntaksimon 
klapanlarga ega. Ular vena qonini orqa tomonga oqib ketmasligini ta'minlab turadi. 
Bunday klapanlar ayniqsa organizm pastki qismidan ko`tariluvchi oyoq va qo`l 
venalari devorlarida ko`plab uchraydi. Vena tomirlarining nomi odatda yonidan 
o`tgan (yo`ldosh) arteriya  
Ilmiybaza.uz muskullarining hammasini va terisini ham ta'minlaydi. Shu bilan birga shu sohada arteriya yoyi hosil qilib, ulardan arteriya tomiri tarmoqlanadi. 6. Oyoq panjasi arteriyalari boldir arteriyalarining davomi hisoblanadi. Oyoq panjasining orqa arteriyasi (a. dorsalis pedis) 1-2 juft suyaklari oralig`igacha borib, ikkiga shoxlanadi. Bular tarmoqlar oralig`iga tarmoqlanadi. Yoysimon arteriya oyoq kaft arteriyalari bilan qo`shilib, arteriya yoyini hosil qiladi. Bulardan 2-5-barmoq oralariga tarmoqlar kiradi. VENA TIZIMI Vena tomirlari yurakka qon olib keluvchi tomirlar bo`lib, ular arteriya tomirlaridan o`z funktsiyasi va devorining morfologik tuzilishi bilan farqlanadi. Vena tomirlari mikrotsirkulyatsiyani ta'minlovchi tomirlarni yig`uvchi venulalaridan boshlanadi, ya'ni yig`uvchi venulalar mikrotsirkulyatsiyada ishtirok etuvchi to-mirlarning oxirgi zvenosi hisoblanadi. Venulalardan oldingi postkapillyar tomirlar diametri 8-30 mkm bo`lsa, yig`uvchi venulalarining diametri kengroq, ya'ni 30-150 km.ga teng bo`ladi. Devorlarida alohida-alohida joylashgan silliq muskul hujayra guruhlari kuzatiladi. Venulalar qon bilan atrofidagi to`qima suyuqligi o`rtasidagi gemolimfatik muvozanatni boshqarishda ishtirok etadi. To`qimalarda modda almashinuvi natijasida hosil bo`lgan chiqindi moddalarni qabul qilib, olib ketadi. Vena tomirlari tuzilishi jihatidan arteriya tomirlaridan farqi muskul qavati uncha rivojlanmagan bo`ladi. Ichki intima qavatidan tomirlar bo`shlig`iga o`sib chiqqan cho`ntaksimon klapanlarga ega. Ular vena qonini orqa tomonga oqib ketmasligini ta'minlab turadi. Bunday klapanlar ayniqsa organizm pastki qismidan ko`tariluvchi oyoq va qo`l venalari devorlarida ko`plab uchraydi. Vena tomirlarining nomi odatda yonidan o`tgan (yo`ldosh) arteriya Ilmiybaza.uz 
 
nomi bilan ataladi. Masalan: son arteriyasi yonidan o`tgan vena son venasi nomi 
bilan ataladi. 
 
Yuqoridagi kovak vena tizimi 
 
 
Yuqorigi kovak venasi (vene cava superior) (yo`g`onligi 2,5 sm., uzunligi 6-
8 sm.) yuqoriga ko`tariluvchi aortaning o`ng tomonidan pastroqda joylashadi. Katta 
qon aylanish tizimining bir qismini tashkil etadi. Yuqorigi kovak vena asosan ikkita: 
o`ng va chap yelka bosh venalarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Kovak 
oralig`ining oldingi bo`lagida joylashadi. Yuqorigi kovak vena devorida aortaga 
o`xshab klapanlar bo`lmaydi. Asosan organizm yuqori qismidan, ya'ni bosh, bo`yin, 
qo`llardan va ko`krak qafasidan vena qonini yig`ib, yurakning o`ng bo`lmachasiga 
ochiladi. Yurakka yaqinlashganida unga yirik toq vena quyiladi.  
 
Toq vena (v. azygos) qorin bo`shlig`i devori yig`indisidan hosil bo`lib, 
diafragmadan ko`krak bo`shlig`iga o`tadi, qizilo`ngach orqa tomonidan yuqoriga 
ko`tarilib, o`ng tomonidagi qovurg`alararo venalarni hamda yarim toq venani qabul 
qiladi. 
 
Yarim toq vena (v. hemiazygos) toq venaga nisbatan ingichka bo`lib, qorin 
bo`shlig`ining chap devori venalardan hosil bo`ladi, aortaning chap tomonidan 
o`tadi, o`ng tomonidagi qovurg`alararo venalarini yig`adi, toq venaga quyiladi. 
 
Yelka bosh venalari (vv.brachiocephalicae) bir juft bo`lib, uchta yirik vena 
qon tomirlari, ya'ni o`mrov osti va ikkita bo`yinturuq venalarining qo`glilishidan 
hosil bo`ladi. Yelka-bosh vena yo`ldosh o`mrov osti arteriya venalaridan shu bilan 
birga qalqonsimon bezi va ayrisimon bezi, hiqildoq va traxeya, qizilo`ngach, 
umurtqalar chilviridan, bo`yin va bosh chuqur venalaridan, yuqorigi qovurg`alararo 
muskullar va sut bezlari yig`indisidan hosil bo`ladi. 
 
Ichki bo`yinturuq venasi (v. jugularis interna) bo`yindagi yirik venalar 
qatoriga kiradi. Bosh miya bo`shlig`idan bo`yinturuq teshigi orqali tashqariga 
chiqadi. Bo`yin qismida uyqu arteriyasi va adashuv nerv bilan birga umumiy 
Ilmiybaza.uz nomi bilan ataladi. Masalan: son arteriyasi yonidan o`tgan vena son venasi nomi bilan ataladi. Yuqoridagi kovak vena tizimi Yuqorigi kovak venasi (vene cava superior) (yo`g`onligi 2,5 sm., uzunligi 6- 8 sm.) yuqoriga ko`tariluvchi aortaning o`ng tomonidan pastroqda joylashadi. Katta qon aylanish tizimining bir qismini tashkil etadi. Yuqorigi kovak vena asosan ikkita: o`ng va chap yelka bosh venalarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Kovak oralig`ining oldingi bo`lagida joylashadi. Yuqorigi kovak vena devorida aortaga o`xshab klapanlar bo`lmaydi. Asosan organizm yuqori qismidan, ya'ni bosh, bo`yin, qo`llardan va ko`krak qafasidan vena qonini yig`ib, yurakning o`ng bo`lmachasiga ochiladi. Yurakka yaqinlashganida unga yirik toq vena quyiladi. Toq vena (v. azygos) qorin bo`shlig`i devori yig`indisidan hosil bo`lib, diafragmadan ko`krak bo`shlig`iga o`tadi, qizilo`ngach orqa tomonidan yuqoriga ko`tarilib, o`ng tomonidagi qovurg`alararo venalarni hamda yarim toq venani qabul qiladi. Yarim toq vena (v. hemiazygos) toq venaga nisbatan ingichka bo`lib, qorin bo`shlig`ining chap devori venalardan hosil bo`ladi, aortaning chap tomonidan o`tadi, o`ng tomonidagi qovurg`alararo venalarini yig`adi, toq venaga quyiladi. Yelka bosh venalari (vv.brachiocephalicae) bir juft bo`lib, uchta yirik vena qon tomirlari, ya'ni o`mrov osti va ikkita bo`yinturuq venalarining qo`glilishidan hosil bo`ladi. Yelka-bosh vena yo`ldosh o`mrov osti arteriya venalaridan shu bilan birga qalqonsimon bezi va ayrisimon bezi, hiqildoq va traxeya, qizilo`ngach, umurtqalar chilviridan, bo`yin va bosh chuqur venalaridan, yuqorigi qovurg`alararo muskullar va sut bezlari yig`indisidan hosil bo`ladi. Ichki bo`yinturuq venasi (v. jugularis interna) bo`yindagi yirik venalar qatoriga kiradi. Bosh miya bo`shlig`idan bo`yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. Bo`yin qismida uyqu arteriyasi va adashuv nerv bilan birga umumiy Ilmiybaza.uz 
 
pardaga o`ralgan holda bo`ladi. Ichki bo`yinturuq venasiga o`ng va chap tomondan 
ham o`mrov osti arteriyalari kelib quyiladi. Bulardan tashqari, yuzning umumiy 
venasi , halqum, til va qalqonsimon bez venalari hamda tashqi bo`yinturuq venasi 
ham qo`shiladi. 
 
Tashqi bo`yinturuq venasi (v. jugularis externa) pastki jag` burchagi 
qarshisida hosil bo`lib, to`sh o`mrov so`rg`ichsimon muskul usti bo`ylab deyarli tik 
holda pastga yo`naladi. Bo`yinning yuza, ko`krakning ko`ndalang, bo`yinturuqning 
oldingi venalaridan venoz qon qabul qilib, o`mrov osti venasiga yoki ichki 
bo`yinturuk, vena bilan o`mrov osti venasidan hosil bo`lgan vena burchagiga kelib 
quyiladi.  
 
Oldingi bo`yinturuq venasi (v. jugularis anterior) engak osti sohasidan 
boshlanib, bo`yin o`rta chizig`i bo`ylab pastga yo`naladi. O`ng va chap tomondagi 
venalar qo`shilib, vena ravog`ini (arcus venosus luguloi) hosil qiladi va tashqi 
bo`yinturuq venasiga qo`shiladi.  
 
O`mrov osti venasi (v. subclavia) qo`ltiq venasining davomi hisoblanib, 
organizm yuqori qismidan, ya'ni qo`llardan kelayotgan vena qonini yo`naltirib 
beruvchi vazifasini bajaradi. Boshqa tarmoqlarga ega emas. 
 
Qo`l venalari 
 
 
Deyarli hamma barmoqlardan yig`iluvchi vena qoni panja tashqi tomonida 
yig`iladi. Ulardan yuza joylashganlari chuqur joylashganlariga nisbatan yaxshi 
rivojlangan. Qo`lning yuza, ya'ni teri osti venalari asosan ikkita, ya'ni bosh va asosiy 
venadan tashkil topgan. 
 
Bosh vena (v. cephalica) qo`l panjasining orqa tomonida teri ostida 
joylashgan mayda venalar to`ridan boshlanadi. Tirsak bukilishigacha ko`tariladi, 
Ilmiybaza.uz pardaga o`ralgan holda bo`ladi. Ichki bo`yinturuq venasiga o`ng va chap tomondan ham o`mrov osti arteriyalari kelib quyiladi. Bulardan tashqari, yuzning umumiy venasi , halqum, til va qalqonsimon bez venalari hamda tashqi bo`yinturuq venasi ham qo`shiladi. Tashqi bo`yinturuq venasi (v. jugularis externa) pastki jag` burchagi qarshisida hosil bo`lib, to`sh o`mrov so`rg`ichsimon muskul usti bo`ylab deyarli tik holda pastga yo`naladi. Bo`yinning yuza, ko`krakning ko`ndalang, bo`yinturuqning oldingi venalaridan venoz qon qabul qilib, o`mrov osti venasiga yoki ichki bo`yinturuk, vena bilan o`mrov osti venasidan hosil bo`lgan vena burchagiga kelib quyiladi. Oldingi bo`yinturuq venasi (v. jugularis anterior) engak osti sohasidan boshlanib, bo`yin o`rta chizig`i bo`ylab pastga yo`naladi. O`ng va chap tomondagi venalar qo`shilib, vena ravog`ini (arcus venosus luguloi) hosil qiladi va tashqi bo`yinturuq venasiga qo`shiladi. O`mrov osti venasi (v. subclavia) qo`ltiq venasining davomi hisoblanib, organizm yuqori qismidan, ya'ni qo`llardan kelayotgan vena qonini yo`naltirib beruvchi vazifasini bajaradi. Boshqa tarmoqlarga ega emas. Qo`l venalari Deyarli hamma barmoqlardan yig`iluvchi vena qoni panja tashqi tomonida yig`iladi. Ulardan yuza joylashganlari chuqur joylashganlariga nisbatan yaxshi rivojlangan. Qo`lning yuza, ya'ni teri osti venalari asosan ikkita, ya'ni bosh va asosiy venadan tashkil topgan. Bosh vena (v. cephalica) qo`l panjasining orqa tomonida teri ostida joylashgan mayda venalar to`ridan boshlanadi. Tirsak bukilishigacha ko`tariladi, Ilmiybaza.uz 
 
so`ng bilak va yelkaning lateral tomonidan yuqoriga ko`tarilib, yuza venalarini qabul 
qiladi va qo`ltiq osti venasiga quyiladi. 
 
Asosiy vena (v. basilica) ham chuqur kaft ravog`idan va barmoqlar dorsal 
orqa vena chigalidan boshlanadi. Bilakning oldingi yuzasidan tirsak bukilishigacha 
yuqoriga ko`tarilib, u yerda tirsakning o`rta venasi yordamida teri osti venasi bilan 
o`zaro tutashadi. Tirsakning o`rta venasi tibbiyot amaliyotida organizmdan qon 
olishda va dorilar yuborishda foydalaniladi. 
 
Qo`l, panja, bilak va yelkaning chuqur venalari odatda juft bo`lib, arteriyalar 
bilan yonma-yon joylashadi va shu arteriyalar nomi bilan ataladi. Masalan, bilak 
venasi, tirsak venasi, qo`ltiq venasi, o`mrov osti venasi.  
 
 
Pastki kovak venasi 
 
 
Pastki kovak venasi (v. cava superior) tanadagi eng yo`g`on vena tomiri 
bo`lib, qorin bo`shlig`ida, aortaning o`ng tomonida joylashadi. Belning 4-5-
umurtqalari qarshisida ikkita yonbosh venalarning qo`shilishidan hosil bo`ladi. 
Yuqoriga ko`tarilishi bilan atrofidagi jigar venalari, bel, (erkaklarda) moyak, 
ayollarda (tuxumdon) venasini, buyrak va buyrak usti bezi va diafragma pastki 
venalarini qabul qilib, ko`krak qafasiga o`tadi va yurak o`ng bo`lmachasiga ochiladi. 
Pastki kovak venasi boshlang`ich qismidagi diametri 20 mm ga tenglashadi. 
Oyoq venalari 
 
 
Oyoq venalari qo`lnikiga o`xshab chuqur va yuza venalarga bo`linadi. Yuza 
yoki teri osti venalari arteriyasiz yo`nalsa, chuqur venalari esa, ko`pincha arteriyalar 
nomi bilan yo`naladi. Oyoqdagi ikkita teri osti venalari kuzatiladi. 
 
Katta yashirin venasi (v. saphena magna) oyoq panja bosh barmoq vena 
to`ridan boshlanib, kichik to`piq yonlab yuqoriga ko`tariladi. Chot payi ostidagi 
Ilmiybaza.uz so`ng bilak va yelkaning lateral tomonidan yuqoriga ko`tarilib, yuza venalarini qabul qiladi va qo`ltiq osti venasiga quyiladi. Asosiy vena (v. basilica) ham chuqur kaft ravog`idan va barmoqlar dorsal orqa vena chigalidan boshlanadi. Bilakning oldingi yuzasidan tirsak bukilishigacha yuqoriga ko`tarilib, u yerda tirsakning o`rta venasi yordamida teri osti venasi bilan o`zaro tutashadi. Tirsakning o`rta venasi tibbiyot amaliyotida organizmdan qon olishda va dorilar yuborishda foydalaniladi. Qo`l, panja, bilak va yelkaning chuqur venalari odatda juft bo`lib, arteriyalar bilan yonma-yon joylashadi va shu arteriyalar nomi bilan ataladi. Masalan, bilak venasi, tirsak venasi, qo`ltiq venasi, o`mrov osti venasi. Pastki kovak venasi Pastki kovak venasi (v. cava superior) tanadagi eng yo`g`on vena tomiri bo`lib, qorin bo`shlig`ida, aortaning o`ng tomonida joylashadi. Belning 4-5- umurtqalari qarshisida ikkita yonbosh venalarning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Yuqoriga ko`tarilishi bilan atrofidagi jigar venalari, bel, (erkaklarda) moyak, ayollarda (tuxumdon) venasini, buyrak va buyrak usti bezi va diafragma pastki venalarini qabul qilib, ko`krak qafasiga o`tadi va yurak o`ng bo`lmachasiga ochiladi. Pastki kovak venasi boshlang`ich qismidagi diametri 20 mm ga tenglashadi. Oyoq venalari Oyoq venalari qo`lnikiga o`xshab chuqur va yuza venalarga bo`linadi. Yuza yoki teri osti venalari arteriyasiz yo`nalsa, chuqur venalari esa, ko`pincha arteriyalar nomi bilan yo`naladi. Oyoqdagi ikkita teri osti venalari kuzatiladi. Katta yashirin venasi (v. saphena magna) oyoq panja bosh barmoq vena to`ridan boshlanib, kichik to`piq yonlab yuqoriga ko`tariladi. Chot payi ostidagi Ilmiybaza.uz 
 
chuqurchaga o`tib, son venasiga quyiladi. Bu venaga boldirning ichki va orqa 
yuzalari, sonning ichki venalari kelib quyiladi. Bu venaga atrofdagi venalarning 
quyilishi natijasida yuqoriga ko`tarilishi bilan uning diametri asta kengayib boradi. 
 
Kichik yashirin venasi (v. saphena parva) oyoq panja tashqi tomoni vena 
to`ridan boshlanadi. Lateral to`piq bo`ylab boldirga o`tib, tizza osti venasiga 
quyiladi. 
 
Oyoq panjalarining chuqur joylashgan venalari juft bo`lib, shu nomli 
arteriyalari bilan yonma-yon joylashadi. Ular ichki devorida ko`plab klapanlar 
uchraydi. Chuqur joylashgan venalar yuza joylashgan venalar bilan anastomozlar 
hosil qiladi, natijada ichkarida joylashgan vena qonlari yuqoriga ko`tariladi.  
 
Pastki kovak venasi tananing ichki devoridan va uning bo`shlig`idagi 
a'zolardan juft vena tomirlarini qabul qiladi. Devoridan qabul qiluvchi venalariga 
bel venalari va diafragmaning pastki venalari kiradi.  
 
Bel venalari (vv. lumbales) to`rt juft bo`lib, ikkala tomondan tik anastomozlar 
hosil qiladi. Bu anastomozlar yuqorigi va pastki kovak venalarini bir-biri bilan 
tutashtiradi. 
 
Ichki a'zolar venalariga urug`don va tuxumdon venalari, buyrak, buyrak usti 
bezi va jigar venalari kiradi. 
 
Moyak venalari (v. testicularis) ayollarda tuxumdon venasi (u. ouapsae) 
a'zolaridan chiqib vena chigalini hosil qiladi. O`ng tomondagi moyak venasi pastki 
kovak venaga, chap tomondagisi esa buyrak venasiga quyiladi. 
 
Buyrak venalari (v. renalis dextra) o`ng va chap buyrak venalari pastki kovak  
venaga quyiladi. 
 
Qopqa venasi (v. portae) qorin bo`shlig`idagi jigardan tashqari hamma toq 
a'zolar vena tomirlari yig`indisidan hosil bo`ladi. Bularga me'da, ingichka va 
yo`g`on ichaklar, me'da osti bezi va taloqdan chiquvchi venalar kiradi. Qopqa venasi 
Ilmiybaza.uz chuqurchaga o`tib, son venasiga quyiladi. Bu venaga boldirning ichki va orqa yuzalari, sonning ichki venalari kelib quyiladi. Bu venaga atrofdagi venalarning quyilishi natijasida yuqoriga ko`tarilishi bilan uning diametri asta kengayib boradi. Kichik yashirin venasi (v. saphena parva) oyoq panja tashqi tomoni vena to`ridan boshlanadi. Lateral to`piq bo`ylab boldirga o`tib, tizza osti venasiga quyiladi. Oyoq panjalarining chuqur joylashgan venalari juft bo`lib, shu nomli arteriyalari bilan yonma-yon joylashadi. Ular ichki devorida ko`plab klapanlar uchraydi. Chuqur joylashgan venalar yuza joylashgan venalar bilan anastomozlar hosil qiladi, natijada ichkarida joylashgan vena qonlari yuqoriga ko`tariladi. Pastki kovak venasi tananing ichki devoridan va uning bo`shlig`idagi a'zolardan juft vena tomirlarini qabul qiladi. Devoridan qabul qiluvchi venalariga bel venalari va diafragmaning pastki venalari kiradi. Bel venalari (vv. lumbales) to`rt juft bo`lib, ikkala tomondan tik anastomozlar hosil qiladi. Bu anastomozlar yuqorigi va pastki kovak venalarini bir-biri bilan tutashtiradi. Ichki a'zolar venalariga urug`don va tuxumdon venalari, buyrak, buyrak usti bezi va jigar venalari kiradi. Moyak venalari (v. testicularis) ayollarda tuxumdon venasi (u. ouapsae) a'zolaridan chiqib vena chigalini hosil qiladi. O`ng tomondagi moyak venasi pastki kovak venaga, chap tomondagisi esa buyrak venasiga quyiladi. Buyrak venalari (v. renalis dextra) o`ng va chap buyrak venalari pastki kovak venaga quyiladi. Qopqa venasi (v. portae) qorin bo`shlig`idagi jigardan tashqari hamma toq a'zolar vena tomirlari yig`indisidan hosil bo`ladi. Bularga me'da, ingichka va yo`g`on ichaklar, me'da osti bezi va taloqdan chiquvchi venalar kiradi. Qopqa venasi Ilmiybaza.uz 
 
ichak tutqichining yuqorigi, pastki va taloq venalarining yig`indisidan hosil bo`ladi. 
Qopqa venasi jigar qopqasidan ichkariga kirib, tarqalib ketadi. 
 
Umumiy yonbosh venasi (v. iliaca communis) bir juft bo`lib, o`ng va chap 
umumiy yonbosh arteriyalari nomi bilan yuritiladi. Ularning har biri ichki yonbosh 
venasi va tashqi yonbosh venalarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. O`ng va chap 
umumiy yonbosh venalari dumg`aza bilan yonbosh suyagining birikish joyi sathida 
qo`shilib, yurakning o`ng bo`lmachasiga ochiluvchi pastki kovak venasini hosil 
qiladi. Ularning ichki yuzalarida klapanlari bo`lmaydi. 
 
Ichki yonbosh venasi (v. iliaca inteerna) kichik chanoq bo`shlig`ida joylashib, 
uning devori va ichki a'zolaridan keluvchi vena tomirlaridan shakllanadi. Ularga 
a'zolardan to`g`ri ichak, qovuq, prostata bezi (ayollarda klitor va bachadon) venalari 
quyiladi. Kichik chanoq bo`shlig`ida joylashgan venalarda ham klapanlar 
bo`lmaydi. 
 
Tashqi yonbosh venasi (v. iliaca externa) son venasining bevosita davomi 
bo`lib, chanoq bo`shlig`iga o`tadi. U yerda ichki yonbosh venasi bilan qo`shiladi. 
Bularda ham klapanlar bo`lmaydi. 
Embrionda qon aylanishi 
 
 
Embrion rivojlanishi va tug`ilgunigacha bo`lgan hayoti davrida kerak 
bo`ladigan barcha ozuqa moddalar va kislorod ona organizmi hisobiga ta'minlanadi. 
Bu jarayon yo`ldosh orqali bajariladi. Yo`ldosh kapillyar tomirlari va unga 
kelayotgan tomirlar o`rtasida jadal ravishda sodir bo`ladigan modda almashinish 
embrion uchun kerakli moddalarni uzluksiz ravishda yetkazib berib turadi. Bu 
jarayon quyidagicha sodir bo`ladi. Bachadon arteriyasi yo`ldoshga kirib, embrionni 
kindik venasi orqali jigarga boradi. Kindik vena jigarga yaqin ikkiga bo`linib, bittasi 
bevosita jigarga borsa, ikkinchisi esa pastki kovak venasiga quyiladi. Natijada 
arterial qonning bir qismi qopqa venasi venoz qoni bilan aralashib, jigarning tomir 
yo`liga tutashadi va jigar venalari orqali u ham pastki kovak venasiga quyiladi. 
Ilmiybaza.uz ichak tutqichining yuqorigi, pastki va taloq venalarining yig`indisidan hosil bo`ladi. Qopqa venasi jigar qopqasidan ichkariga kirib, tarqalib ketadi. Umumiy yonbosh venasi (v. iliaca communis) bir juft bo`lib, o`ng va chap umumiy yonbosh arteriyalari nomi bilan yuritiladi. Ularning har biri ichki yonbosh venasi va tashqi yonbosh venalarining qo`shilishidan hosil bo`ladi. O`ng va chap umumiy yonbosh venalari dumg`aza bilan yonbosh suyagining birikish joyi sathida qo`shilib, yurakning o`ng bo`lmachasiga ochiluvchi pastki kovak venasini hosil qiladi. Ularning ichki yuzalarida klapanlari bo`lmaydi. Ichki yonbosh venasi (v. iliaca inteerna) kichik chanoq bo`shlig`ida joylashib, uning devori va ichki a'zolaridan keluvchi vena tomirlaridan shakllanadi. Ularga a'zolardan to`g`ri ichak, qovuq, prostata bezi (ayollarda klitor va bachadon) venalari quyiladi. Kichik chanoq bo`shlig`ida joylashgan venalarda ham klapanlar bo`lmaydi. Tashqi yonbosh venasi (v. iliaca externa) son venasining bevosita davomi bo`lib, chanoq bo`shlig`iga o`tadi. U yerda ichki yonbosh venasi bilan qo`shiladi. Bularda ham klapanlar bo`lmaydi. Embrionda qon aylanishi Embrion rivojlanishi va tug`ilgunigacha bo`lgan hayoti davrida kerak bo`ladigan barcha ozuqa moddalar va kislorod ona organizmi hisobiga ta'minlanadi. Bu jarayon yo`ldosh orqali bajariladi. Yo`ldosh kapillyar tomirlari va unga kelayotgan tomirlar o`rtasida jadal ravishda sodir bo`ladigan modda almashinish embrion uchun kerakli moddalarni uzluksiz ravishda yetkazib berib turadi. Bu jarayon quyidagicha sodir bo`ladi. Bachadon arteriyasi yo`ldoshga kirib, embrionni kindik venasi orqali jigarga boradi. Kindik vena jigarga yaqin ikkiga bo`linib, bittasi bevosita jigarga borsa, ikkinchisi esa pastki kovak venasiga quyiladi. Natijada arterial qonning bir qismi qopqa venasi venoz qoni bilan aralashib, jigarning tomir yo`liga tutashadi va jigar venalari orqali u ham pastki kovak venasiga quyiladi. Ilmiybaza.uz 
 
Demak, kindik venasidagi arterial qonning hammasi venoz qonli tomirga tushib 
aralashib ketadi. Pastki kovak venasi yuqoriga ko`tarilib, yurakning o`ng 
bo`lmachasiga quyiladi. O`ng bo`lmachadan qonning bir qismi bo`lmachalararo 
to`siqdagi oval-simon teshik orqali chap bo`lmachaga o`tsa, ikkinchi qismi o`ng 
qorinchaga quyiladi. O`ng qorinchadagi qon yurak qisqarishi natijasida o`pka 
arteriyasiga o`tkaziladi. 
 
Embrionda havo almashinish jarayoni bo`lmasligi, ya'ni o`pkalarning 
ishlamasligi natijasida oz miqdordagi qon o`pka orqali yurakning chap 
bo`lmachasiga quyilsa, asosiy qismi o`pka arteriyasidan Batalov yo`li orqali aortaga 
quyilib, tanaga tarqaladi. Aortaning pastga tuiluvchi qismi embrion pastki 
qismlariga, oyoqlariga qon yetkazib beradi. Embrionning me'da osti arteriyalaridan 
kindik arteriyalari boshlanib, qorin devori orqali kindik halqasiga va yo`ldoshiga 
boradi. Ma'lum bo`lishicha, embrion toza arterial qon bilan emas balki aralash qon 
bilan ta'minlanar ekan. Embrionning yuqori qismi pastki qismiga nisbatan kislorod 
va oziq moddalarga boy tomirlari bilan ta'minlanadi. Shuning uchun bola 
tug`ilganda, uning pastki qismlari yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. 
 
Bola tug`ilganidan so`ng yo`ldosh orqali qon aylanish tizimi to`xtab, asosan 
o`pkalar orqali, ya'ni kichik qon aylanish tizimi orqali sodir bo`ladi. Natijada 
Batalov yo`li, pastki kovak venasiga ochiladigan vena yo`lig kindik arteriyasi va 
venasi 2-3 kunda puchayib, boylamchalarga aylanib qoladi. Chap va o`ng 
bo`lmachalar o`rtasidagi to`siq ovalsimon teshigi ham asta bitib ketadi. Lekin ayrim 
hollarda to`la bitmay qolishi natijasida qisman arteriya qoni aralashib turadi.  
 
 
 
Adabiyotlar: 
 
1.Qodirov E.Q. Odam anatomiyasi. Chinor ENK; Toshkent, 2003.  
Ilmiybaza.uz Demak, kindik venasidagi arterial qonning hammasi venoz qonli tomirga tushib aralashib ketadi. Pastki kovak venasi yuqoriga ko`tarilib, yurakning o`ng bo`lmachasiga quyiladi. O`ng bo`lmachadan qonning bir qismi bo`lmachalararo to`siqdagi oval-simon teshik orqali chap bo`lmachaga o`tsa, ikkinchi qismi o`ng qorinchaga quyiladi. O`ng qorinchadagi qon yurak qisqarishi natijasida o`pka arteriyasiga o`tkaziladi. Embrionda havo almashinish jarayoni bo`lmasligi, ya'ni o`pkalarning ishlamasligi natijasida oz miqdordagi qon o`pka orqali yurakning chap bo`lmachasiga quyilsa, asosiy qismi o`pka arteriyasidan Batalov yo`li orqali aortaga quyilib, tanaga tarqaladi. Aortaning pastga tuiluvchi qismi embrion pastki qismlariga, oyoqlariga qon yetkazib beradi. Embrionning me'da osti arteriyalaridan kindik arteriyalari boshlanib, qorin devori orqali kindik halqasiga va yo`ldoshiga boradi. Ma'lum bo`lishicha, embrion toza arterial qon bilan emas balki aralash qon bilan ta'minlanar ekan. Embrionning yuqori qismi pastki qismiga nisbatan kislorod va oziq moddalarga boy tomirlari bilan ta'minlanadi. Shuning uchun bola tug`ilganda, uning pastki qismlari yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. Bola tug`ilganidan so`ng yo`ldosh orqali qon aylanish tizimi to`xtab, asosan o`pkalar orqali, ya'ni kichik qon aylanish tizimi orqali sodir bo`ladi. Natijada Batalov yo`li, pastki kovak venasiga ochiladigan vena yo`lig kindik arteriyasi va venasi 2-3 kunda puchayib, boylamchalarga aylanib qoladi. Chap va o`ng bo`lmachalar o`rtasidagi to`siq ovalsimon teshigi ham asta bitib ketadi. Lekin ayrim hollarda to`la bitmay qolishi natijasida qisman arteriya qoni aralashib turadi. Adabiyotlar: 1.Qodirov E.Q. Odam anatomiyasi. Chinor ENK; Toshkent, 2003. Ilmiybaza.uz 
 
2.Kolesnikov R.V. Odam anatomiyasi. 1964 yilgi ruscha nashirdan tarjima. 
Toshkent. O‘qituvchi. 1970. 
3.Axmedov N.K. ATLAS. Odam anatomiyasi. Toshkent. «Tibbiyot nashiri» 1996. 
 
Ilmiybaza.uz 2.Kolesnikov R.V. Odam anatomiyasi. 1964 yilgi ruscha nashirdan tarjima. Toshkent. O‘qituvchi. 1970. 3.Axmedov N.K. ATLAS. Odam anatomiyasi. Toshkent. «Tibbiyot nashiri» 1996.