TONNELLAR EKSPLUATATSIYASI VA ULARNING HOLATI USTIDAN TEXNIK NAZORAT

Yuklangan vaqt

2024-04-21

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

26,9 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
TONNELLAR EKSPLUATATSIYASI VA ULARNING HOLATI 
USTIDAN TEXNIK NAZORAT 
 
Tonnellarning texnik holatini belgilaydigan omillar. Amaldagi “O‘zR temir 
yo‘llaridan texnik foydalanish Qoidalari” va “Sun’iy inshootlarning joriy saqlash 
bo‘yicha Yo‘riqnoma” talablariga muvofiq temir yo‘lning barcha elementlari 
(tuproq ko‘tarmasi, tepadagi qurilmalar hamda sun’iy inshootlar) mustahkamlik, 
ustivorlik va texnik holatiga ko‘ra talablarga mos kelishi kerak, shuningdek 
poezdlarni yo‘lning mazkur shahobchasida lokomotivlar uchun belgilangan eng 
yuqori konstruksion tezliklar bilan xavfsiz va ravon harakatlanishini ta’minlashi 
kerak [11, 23, 30]. 
Tonnellar temir yo‘l transportining uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallangan 
eng mas’uliyatli, murakkab va qimmatbaho sun’iy inshootlariga tegishlidir. 
Tonnellar va ularda mavjud qurilmalarni joriy saqlanishining asosiy tamoyili 
poezdlarning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydigan soz holatda doimiy tutib 
turishdan iborat. Bunga tonnellar va ularning qurilmalari ustidan doimiy nazorat, 
inshootlar ayrim elementlarining xizmat muddatlarini cheklaydigan nuqsonlarni 
aniqlash va ularning sabablarini o‘rganish, hamda ularni iloji boricha qisqa 
muddatlarda bartaraf etish, poezdlar harakati uchun xavfsiz bo‘lgan yanada yirikroq 
va jiddiyroq deformatsiyalarning rivojlanishidan ehtiyot bo‘lish orqali erishiladi. 
Tonnelning asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyasi – obdelka – tog‘ o‘yig‘ini qotiradi 
va ta’sir etayotgan barcha yuklarni o‘ziga qabul qiladi, uning foydalanishdagi shart-
sharoitlari o‘ta murakkab va ko‘p qirralidir. Obdelkaning yuk ko‘tarish qobiliyati 
uni o‘rab turgan jinsning bosimiga mos kelishi, obdelkaning materiali esa uning 
uzoqqa chidamliligini ta’minlamog‘i lozim. Tonnel obdelkasining ekspluatatsion va 
Ilmiybaza.uz TONNELLAR EKSPLUATATSIYASI VA ULARNING HOLATI USTIDAN TEXNIK NAZORAT Tonnellarning texnik holatini belgilaydigan omillar. Amaldagi “O‘zR temir yo‘llaridan texnik foydalanish Qoidalari” va “Sun’iy inshootlarning joriy saqlash bo‘yicha Yo‘riqnoma” talablariga muvofiq temir yo‘lning barcha elementlari (tuproq ko‘tarmasi, tepadagi qurilmalar hamda sun’iy inshootlar) mustahkamlik, ustivorlik va texnik holatiga ko‘ra talablarga mos kelishi kerak, shuningdek poezdlarni yo‘lning mazkur shahobchasida lokomotivlar uchun belgilangan eng yuqori konstruksion tezliklar bilan xavfsiz va ravon harakatlanishini ta’minlashi kerak [11, 23, 30]. Tonnellar temir yo‘l transportining uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallangan eng mas’uliyatli, murakkab va qimmatbaho sun’iy inshootlariga tegishlidir. Tonnellar va ularda mavjud qurilmalarni joriy saqlanishining asosiy tamoyili poezdlarning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydigan soz holatda doimiy tutib turishdan iborat. Bunga tonnellar va ularning qurilmalari ustidan doimiy nazorat, inshootlar ayrim elementlarining xizmat muddatlarini cheklaydigan nuqsonlarni aniqlash va ularning sabablarini o‘rganish, hamda ularni iloji boricha qisqa muddatlarda bartaraf etish, poezdlar harakati uchun xavfsiz bo‘lgan yanada yirikroq va jiddiyroq deformatsiyalarning rivojlanishidan ehtiyot bo‘lish orqali erishiladi. Tonnelning asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyasi – obdelka – tog‘ o‘yig‘ini qotiradi va ta’sir etayotgan barcha yuklarni o‘ziga qabul qiladi, uning foydalanishdagi shart- sharoitlari o‘ta murakkab va ko‘p qirralidir. Obdelkaning yuk ko‘tarish qobiliyati uni o‘rab turgan jinsning bosimiga mos kelishi, obdelkaning materiali esa uning uzoqqa chidamliligini ta’minlamog‘i lozim. Tonnel obdelkasining ekspluatatsion va
Ilmiybaza.uz 
statik ish sharoitlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar 4 guruhga ajratilishi mumkin. 
1. Tashqi tabiiy sharoitlar (geologik, gidrogeologik, iqlimiy sharoitlar va 
seysmik ta’sirlar) tonnel inshooti holatiga kuchli ta’sir etadi. Istalgan tog‘ o‘yig‘ida 
ko‘chkilar, siljimalar, o‘ta cho‘kishlar vujudga kelib, inshootda deformatsiya va 
nuqsonlarni paydo qiladi. Ushbu hodisalar rel’ef, qoplama qatlam qalinligi va 
xususiyati, jinsning ichki ishqalanishi va yopishuvchanligi, yer osti suvlarining 
yo‘sini, sirpanish sirtlarning hamda massivda karst bo‘shliqlarining mavjudligi bilan 
belgilanadi. Ko‘pincha, tonnel qurilgunigacha barqaror turgan massiv ekspluatatsiya 
jarayonida tonnel o‘yig‘iga hamda drenaj inshootlariga mo‘l-ko‘l suv oqib kelishi 
oqibatida siljiy boshlaydi. Shu tufayli sho‘rlanib yuvilishga moyil bo‘lgan jinslar, 
gipslar, angidritlar, ohaktoshli va dolomitli jinslar ichra bunyod qilingan tonnellarga 
alohida e’tibor qaratmoq lozim. Tonnel o‘rnashgan joylardagi jinslarning xossalari 
obdelkaning statik ishi sharoitlariga sezilarli ta’sir o‘tkazib – bu ko‘pchishga moyil 
bo‘lgan gillar va gilli slanetslarda, shuningdek shiddatli ko‘piradigan mergellarda 
o‘rnashgan tonnelda ayniqsa nojoiz. Elastik antibosim koeffitsientining qiymati 
katta bo‘lganida (k ≤ 20 MPa) jinsning passiv antibosimi obdelkaning jins tomon 
siljishi va deformatsiyalanishini istisno qiladi. Ushbu koeffitsientning kichik 
qiymatlarida esa hisobiy sxemalarda jinsning elastik antibosimini e’tiborga olish, 
obdelkani erkin deformatsiyalanish sharoitlarida qaraydigan, qabul qilingan 
sxemalarga nisbatan hisobiy zo‘riqishlarning sezilarli kamayishini beradi. Tonnel 
obdelkasini o‘rab turgan jinslarning xossalari vaqt o‘tishi bilan turli omillar ta’sirida 
o‘zgarib turishi, natijada esa, obdelkaning statik ishi sharoitlarini o‘zgartirishi 
mumkin. Ohaktosh va dala shpatli jinslarning ba’zi turlari emirilish oqibatida tez 
buzilishi, bunda o‘z hajmini orttirishi, hamda obdelkaga qo‘poruvchi xususiyatga 
ega bo‘lgan bosim bilan ta’sir o‘tkazishi mumkin. Jinsning hajmi namlanishida 
keskin (30% dan ortiq) ko‘payishi va obdelkaga tushayotgan yuklarning ortishi uzoq 
davom etadigan xususiyatga ega hamda tonnel obdelkasining ish sharoitiga o‘nlab 
yillar davomida zararli ta’sir o‘tkazadigan kimyoviy jarayonlarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Tonnel konstruksiyalariga gidrogeologik sharoitlarning ta’siri qo‘shimcha 
gidrostatik yuk ko‘rinishida yuzaga chiqishi mumkin. .Yer osti suvlari tog‘ 
Ilmiybaza.uz statik ish sharoitlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar 4 guruhga ajratilishi mumkin. 1. Tashqi tabiiy sharoitlar (geologik, gidrogeologik, iqlimiy sharoitlar va seysmik ta’sirlar) tonnel inshooti holatiga kuchli ta’sir etadi. Istalgan tog‘ o‘yig‘ida ko‘chkilar, siljimalar, o‘ta cho‘kishlar vujudga kelib, inshootda deformatsiya va nuqsonlarni paydo qiladi. Ushbu hodisalar rel’ef, qoplama qatlam qalinligi va xususiyati, jinsning ichki ishqalanishi va yopishuvchanligi, yer osti suvlarining yo‘sini, sirpanish sirtlarning hamda massivda karst bo‘shliqlarining mavjudligi bilan belgilanadi. Ko‘pincha, tonnel qurilgunigacha barqaror turgan massiv ekspluatatsiya jarayonida tonnel o‘yig‘iga hamda drenaj inshootlariga mo‘l-ko‘l suv oqib kelishi oqibatida siljiy boshlaydi. Shu tufayli sho‘rlanib yuvilishga moyil bo‘lgan jinslar, gipslar, angidritlar, ohaktoshli va dolomitli jinslar ichra bunyod qilingan tonnellarga alohida e’tibor qaratmoq lozim. Tonnel o‘rnashgan joylardagi jinslarning xossalari obdelkaning statik ishi sharoitlariga sezilarli ta’sir o‘tkazib – bu ko‘pchishga moyil bo‘lgan gillar va gilli slanetslarda, shuningdek shiddatli ko‘piradigan mergellarda o‘rnashgan tonnelda ayniqsa nojoiz. Elastik antibosim koeffitsientining qiymati katta bo‘lganida (k ≤ 20 MPa) jinsning passiv antibosimi obdelkaning jins tomon siljishi va deformatsiyalanishini istisno qiladi. Ushbu koeffitsientning kichik qiymatlarida esa hisobiy sxemalarda jinsning elastik antibosimini e’tiborga olish, obdelkani erkin deformatsiyalanish sharoitlarida qaraydigan, qabul qilingan sxemalarga nisbatan hisobiy zo‘riqishlarning sezilarli kamayishini beradi. Tonnel obdelkasini o‘rab turgan jinslarning xossalari vaqt o‘tishi bilan turli omillar ta’sirida o‘zgarib turishi, natijada esa, obdelkaning statik ishi sharoitlarini o‘zgartirishi mumkin. Ohaktosh va dala shpatli jinslarning ba’zi turlari emirilish oqibatida tez buzilishi, bunda o‘z hajmini orttirishi, hamda obdelkaga qo‘poruvchi xususiyatga ega bo‘lgan bosim bilan ta’sir o‘tkazishi mumkin. Jinsning hajmi namlanishida keskin (30% dan ortiq) ko‘payishi va obdelkaga tushayotgan yuklarning ortishi uzoq davom etadigan xususiyatga ega hamda tonnel obdelkasining ish sharoitiga o‘nlab yillar davomida zararli ta’sir o‘tkazadigan kimyoviy jarayonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Tonnel konstruksiyalariga gidrogeologik sharoitlarning ta’siri qo‘shimcha gidrostatik yuk ko‘rinishida yuzaga chiqishi mumkin. .Yer osti suvlari tog‘
Ilmiybaza.uz 
jinslarining mustahkamligi va ustivorligini, qoidaga ko‘ra, kamaytiradi. Ulardan 
mergel, gil va qum kabilar, suv mavjudligida juda ham kuchsiz, ba’zan esa oquvchan 
bo‘lib qoladi. Yer osti suvlarining tonnel konstruksiyalariga zararli ta’siri obdelka 
tanasidan filtrlanishi, kalsiy oksidlari karbonati va gidratining erishi va ularning 
betondan sho‘rlanib chiqishi ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi, bu esa uning 
mustahkamligini sezilarli darajada kamaytiradi. Zilzilalar vaqtida tog‘ massivida 
paydo bo‘ladigan seysmik kuchlar qator hollarda sezilarli deformatsiyalarning, 
ba’zan esa tonnel obdelkasining buzilishini ham sababchisi bo‘lishi mumkin. 
Seysmik ta’sirlar tonnelning portallari va kirish qismlarida, shuningdek unchalik 
chuqur joylashmagan tonnellarda ayniqsa shiddatlidir. 
2. Tonnellarning geometrik ko‘rsatkichlari va kontsruktiv xossalari (uzunligi, 
ko‘ndalang kesimi, rejasi, bo‘ylama profili, obdelkasi, portali, tuynuklarining 
materiallari va konstruksiyasi, gidroixotasi (gidroizolyasiyasi), suv qochirish va 
drenaj inshootlari va h.k.) temir yo‘l tonnellarini ekspluatatsiya qilish sharoitlari 
uchun juda muhim ahamiyatga egadir [11, 23, 30]. 
Tabiiy ventilyasiyaga ega tonnelning shamollatish shartlari asosan uning 
geometrik ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir. Tonnel qanchalik uzun bo‘lsa, shunchalik 
havo almashinishi qiyinlashib, zararli gazlarning obdelka materialiga ta’siri 
shunchalik shiddatli bo‘ladi. Bu jihatidan tonnelning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari 
aksincha ta’sir ko‘rsatadi: barcha bir xil sharoitlarda zararli gazlarning 
konsentratsiyasi qo‘shyo‘lli tonnellarda nisbatan kamroqdir, biroq, yakka yo‘lli 
tonnellarda o‘tayotgan poezdlarning porshensimon ta’siri yuqori darajada seziladi. 
Zamonaviy konstruktiv echimlarga qaramasdan, tonnellar muttasil va 
sinchkovlarcha nazoratni, saqlashning barcha talablarining bajarilishini va joriy 
ta’mirlovning o‘z vaqtidaligini talab qiladi. Bu, ayniqsa, iqlim va gruntli sharoiti 
og‘ir bo‘lgan tonnellarga tegishli. Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarda yoriqlar paydo 
bo‘ladi, gidroixota buziladi, drenaj va suv qochirish inshootlari ifloslanadi, muzlab 
qoladi va ishdan chiqadi va h.k. Konstruktiv xossalar tonnel inshootining 
loyihadagisiga nisbatan amaldagi holati va tarhini aks ettiradi. Me’yoriy 
chegaralarda loyihadan tasodifiy cheklanishlarga ruxsat etiladi. Masalan, betonni 
Ilmiybaza.uz jinslarining mustahkamligi va ustivorligini, qoidaga ko‘ra, kamaytiradi. Ulardan mergel, gil va qum kabilar, suv mavjudligida juda ham kuchsiz, ba’zan esa oquvchan bo‘lib qoladi. Yer osti suvlarining tonnel konstruksiyalariga zararli ta’siri obdelka tanasidan filtrlanishi, kalsiy oksidlari karbonati va gidratining erishi va ularning betondan sho‘rlanib chiqishi ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi, bu esa uning mustahkamligini sezilarli darajada kamaytiradi. Zilzilalar vaqtida tog‘ massivida paydo bo‘ladigan seysmik kuchlar qator hollarda sezilarli deformatsiyalarning, ba’zan esa tonnel obdelkasining buzilishini ham sababchisi bo‘lishi mumkin. Seysmik ta’sirlar tonnelning portallari va kirish qismlarida, shuningdek unchalik chuqur joylashmagan tonnellarda ayniqsa shiddatlidir. 2. Tonnellarning geometrik ko‘rsatkichlari va kontsruktiv xossalari (uzunligi, ko‘ndalang kesimi, rejasi, bo‘ylama profili, obdelkasi, portali, tuynuklarining materiallari va konstruksiyasi, gidroixotasi (gidroizolyasiyasi), suv qochirish va drenaj inshootlari va h.k.) temir yo‘l tonnellarini ekspluatatsiya qilish sharoitlari uchun juda muhim ahamiyatga egadir [11, 23, 30]. Tabiiy ventilyasiyaga ega tonnelning shamollatish shartlari asosan uning geometrik ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir. Tonnel qanchalik uzun bo‘lsa, shunchalik havo almashinishi qiyinlashib, zararli gazlarning obdelka materialiga ta’siri shunchalik shiddatli bo‘ladi. Bu jihatidan tonnelning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari aksincha ta’sir ko‘rsatadi: barcha bir xil sharoitlarda zararli gazlarning konsentratsiyasi qo‘shyo‘lli tonnellarda nisbatan kamroqdir, biroq, yakka yo‘lli tonnellarda o‘tayotgan poezdlarning porshensimon ta’siri yuqori darajada seziladi. Zamonaviy konstruktiv echimlarga qaramasdan, tonnellar muttasil va sinchkovlarcha nazoratni, saqlashning barcha talablarining bajarilishini va joriy ta’mirlovning o‘z vaqtidaligini talab qiladi. Bu, ayniqsa, iqlim va gruntli sharoiti og‘ir bo‘lgan tonnellarga tegishli. Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarda yoriqlar paydo bo‘ladi, gidroixota buziladi, drenaj va suv qochirish inshootlari ifloslanadi, muzlab qoladi va ishdan chiqadi va h.k. Konstruktiv xossalar tonnel inshootining loyihadagisiga nisbatan amaldagi holati va tarhini aks ettiradi. Me’yoriy chegaralarda loyihadan tasodifiy cheklanishlarga ruxsat etiladi. Masalan, betonni
Ilmiybaza.uz 
to‘siqlar ortiga yotqizish hisobiga loyihaviy o‘lchamlaridan ortiq qalinlikka ega 
obdelkalar yoki konstruksiyalarga belgilanganidan yuqoriroq sinfli beton yotqizish 
inshoot mustahkamligi, ustuvorligi va  chidamliligini sezilarli darajada oshirishi 
mumkin. Obdelka tarhi bo‘ylab, ayniqsa uning ravoq qismida notekis taralgan 
tarhning ortiqchalari xususiy og‘irlikdan tushadigan mujassamlangan yuklarning 
ortishiga olib keladi hamda mahalliy ortiqcha zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi va 
yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Yig‘ma obdelkalarda doiraviy tarhdan 
chekinishlar ularning yuk ko‘tarish qobiliyatini sezilarli kamaytiradi. 
Tonnel obdelkasi ortida bo‘shliqlarning mavjudligi geologik omillar va qurilish 
sifatiga, birinchi navbatda, obdelka orti fazosiga sement-qum qorishmasini 
joylashtirishning izchilligiga bog‘liqdir. Bo‘shliqlarni to‘ldirish obdelka va jins 
o‘rtasida zich kontaktni vujudga keltiradi, tog‘ bosimining yanada ravon uzatilishini 
ta’minlaydi; shu bilan birga, konstruksiyaning statik ishiga va jinsning elastik 
antibosimi kattaligiga sezilarli ta’sir etish sharoitlarini yaxshilaydi. Obdelkaning orti 
bo‘shliqlari uni qurilish jarayonida etarlicha to‘ldirilmaganligi, shuningdek obdelka 
ortida qolib ketgan yog‘och qotirmalarning chirishi yoki to‘siqlar va o‘piriqlarning 
tosh tashlab to‘ldirilganligi oqibatida vujudga keladi. Bunday bo‘shliqlar vaqt o‘tishi 
bilan obdelkaning ishlash sharoitini yomonlashtirib, sezilarli deformatsiyalarni 
keltirib chiqarishi hamda yoriqlarni yuzaga keltirishi mumkin. 
3. Tonnelning ekspluatatsion rejimi (yo‘sini) (havo tortuvi va poezdlar 
harakatining jadalligi) butun inshootning ish sharoitiga ma’lum darajada ta’sir 
o‘tkazadi. Ushbu jihatdan bug‘ tortuvi ayniqsa nomaqbul bo‘lib, parovoz 
o‘choqlarida yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan gazsimon mahsulotlar obdelka 
materialiga kuchli zararli ta’sir o‘tkazadi. Ushbu vaziyatda eng kuchli kimyoviy va 
termik ta’sirga ravoq, ya’ni obdelkaning eng mas’uliyatli qismi yo‘liqadi. Teplovoz 
tortuvida ajralib chiqayotgan gazlar miqdori kamroqdir. Biroq, bunday sharoitlarda 
ham obdelka materialining buzilishi va qatlamlanib o‘pirilishiga olib keladigan 
kimyoviy emirilish ro‘y berishi mumkin. Elektr tortuvida tonnel inshootiga zararli 
ta’sirni obdelkadagi cho‘yan va armatura, yo‘lning tepa qurilmasi elementlari, 
shuningdek tonnelda o‘rnatilgan qolgan barcha metall konstruksiyalarning chirishini 
Ilmiybaza.uz to‘siqlar ortiga yotqizish hisobiga loyihaviy o‘lchamlaridan ortiq qalinlikka ega obdelkalar yoki konstruksiyalarga belgilanganidan yuqoriroq sinfli beton yotqizish inshoot mustahkamligi, ustuvorligi va chidamliligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Obdelka tarhi bo‘ylab, ayniqsa uning ravoq qismida notekis taralgan tarhning ortiqchalari xususiy og‘irlikdan tushadigan mujassamlangan yuklarning ortishiga olib keladi hamda mahalliy ortiqcha zo‘riqishlarni keltirib chiqaradi va yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Yig‘ma obdelkalarda doiraviy tarhdan chekinishlar ularning yuk ko‘tarish qobiliyatini sezilarli kamaytiradi. Tonnel obdelkasi ortida bo‘shliqlarning mavjudligi geologik omillar va qurilish sifatiga, birinchi navbatda, obdelka orti fazosiga sement-qum qorishmasini joylashtirishning izchilligiga bog‘liqdir. Bo‘shliqlarni to‘ldirish obdelka va jins o‘rtasida zich kontaktni vujudga keltiradi, tog‘ bosimining yanada ravon uzatilishini ta’minlaydi; shu bilan birga, konstruksiyaning statik ishiga va jinsning elastik antibosimi kattaligiga sezilarli ta’sir etish sharoitlarini yaxshilaydi. Obdelkaning orti bo‘shliqlari uni qurilish jarayonida etarlicha to‘ldirilmaganligi, shuningdek obdelka ortida qolib ketgan yog‘och qotirmalarning chirishi yoki to‘siqlar va o‘piriqlarning tosh tashlab to‘ldirilganligi oqibatida vujudga keladi. Bunday bo‘shliqlar vaqt o‘tishi bilan obdelkaning ishlash sharoitini yomonlashtirib, sezilarli deformatsiyalarni keltirib chiqarishi hamda yoriqlarni yuzaga keltirishi mumkin. 3. Tonnelning ekspluatatsion rejimi (yo‘sini) (havo tortuvi va poezdlar harakatining jadalligi) butun inshootning ish sharoitiga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazadi. Ushbu jihatdan bug‘ tortuvi ayniqsa nomaqbul bo‘lib, parovoz o‘choqlarida yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan gazsimon mahsulotlar obdelka materialiga kuchli zararli ta’sir o‘tkazadi. Ushbu vaziyatda eng kuchli kimyoviy va termik ta’sirga ravoq, ya’ni obdelkaning eng mas’uliyatli qismi yo‘liqadi. Teplovoz tortuvida ajralib chiqayotgan gazlar miqdori kamroqdir. Biroq, bunday sharoitlarda ham obdelka materialining buzilishi va qatlamlanib o‘pirilishiga olib keladigan kimyoviy emirilish ro‘y berishi mumkin. Elektr tortuvida tonnel inshootiga zararli ta’sirni obdelkadagi cho‘yan va armatura, yo‘lning tepa qurilmasi elementlari, shuningdek tonnelda o‘rnatilgan qolgan barcha metall konstruksiyalarning chirishini
Ilmiybaza.uz 
keltirib chiqaradigan sayoq toklar ko‘rsatadi. Tortuv turiga bog‘liq bo‘lgan sanab 
o‘tilgan ta’sirotlar miqdoriy jihatdan tonnel orqali o‘tadigan poezdlar soniga bog‘liq. 
Shuning uchun ularning zararli ta’sirining darajasi poezdlar harakati jadalligiga 
bevosita bog‘liq [11, 23, 30]. 
Tonnellar holati ustidan doimiy texnik nazorat. Bunday nazorat butun yil 
davomida temir yo‘l va sun’iy inshootlar kuzatuvchilari (obxodchik) tomonidan, 
yo‘l masofasini tuzatuvchi va yo‘l bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan 
smena grafiklari bo‘yicha uzluksiz amalga oshiriladi. Ushbu grafiklarda aylanib 
kuzatish (obxod) chegaralari, tonnel ichra va uning kirish qismida kuzatish vaqti, 
hamda ayrim shohobchalarda mayda-chuyda joriy ishlarni amalga oshirish uchun, 
odatda, “darcha” ko‘rinishida ajratiladigan vaqt tayinlanadi [11, 23, 30]. 
Doimiy texnik nazoratning asosiy vazifasi poezdlar harakati xavfsizligiga tahdid 
tug‘diruvchi barcha nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va zudlik bilan bartaraf 
etishdir. Tonnellar holati ustidan doimiy nazoratni yo‘l kuzatuvchilari (obxodchik) 
va brigadirlari, shuningdek yo‘l va tonnel usta (master)lari  o‘z asosiy vazifalarini 
bajarish jarayonida amalga oshiradi. Yo‘l brigadirlari shaxsan haftasiga kamida bir 
marotaba tonneldagi yo‘lni sinchiklab kuzatib, bunda rels koleyasini shayton va 
shablon yordamida tekshirib chiqishi lozim. Yo‘l holatining shayton va shablon 
bo‘yicha haftalik tekshiruvlarining ma’lumotlari tekshiruvlar natijalarini qayd qilish 
kitobiga kiritiladi. Yo‘l ustalari ham kamida har yarim oyda bir marotaba 
tonnellardagi yo‘lning yalpi ko‘rigini, bunda uni shayton va shablon bo‘yicha 
tekshirib amalga oshirishadi. 
Joriy ko‘riklar. Joriy ko‘riklarning asosiy vazifasi obdelka va bo‘lak tonnel 
qurilmalaridagi nuqsonlarni oshkor qilish, ularning paydo bo‘lish sabablarini 
aniqlash, doimiy kuzatish ostiga olingan deformatsiyalanuvchi elementlar holatini 
sinchiklab tekshirish, ta’mirlov ishlarining bajarilishi va rejalashtirilishi sifatini 
hamda samaradorligini tekshirishdir. Tonnel ustalari, yo‘l kuzatuvchilari, yo‘l 
brigadirlari va yo‘l ustalarining tonnellar holati ustidan doimiy nazoratni amalga 
oshirish bo‘yicha har kunlik ishlarini muvofiqlashtirib, tonnellarning joriy 
ko‘riklarini amalga oshiradilar, qoidaga ko‘ra, bunday ko‘riklarni har oyning 
Ilmiybaza.uz keltirib chiqaradigan sayoq toklar ko‘rsatadi. Tortuv turiga bog‘liq bo‘lgan sanab o‘tilgan ta’sirotlar miqdoriy jihatdan tonnel orqali o‘tadigan poezdlar soniga bog‘liq. Shuning uchun ularning zararli ta’sirining darajasi poezdlar harakati jadalligiga bevosita bog‘liq [11, 23, 30]. Tonnellar holati ustidan doimiy texnik nazorat. Bunday nazorat butun yil davomida temir yo‘l va sun’iy inshootlar kuzatuvchilari (obxodchik) tomonidan, yo‘l masofasini tuzatuvchi va yo‘l bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan smena grafiklari bo‘yicha uzluksiz amalga oshiriladi. Ushbu grafiklarda aylanib kuzatish (obxod) chegaralari, tonnel ichra va uning kirish qismida kuzatish vaqti, hamda ayrim shohobchalarda mayda-chuyda joriy ishlarni amalga oshirish uchun, odatda, “darcha” ko‘rinishida ajratiladigan vaqt tayinlanadi [11, 23, 30]. Doimiy texnik nazoratning asosiy vazifasi poezdlar harakati xavfsizligiga tahdid tug‘diruvchi barcha nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va zudlik bilan bartaraf etishdir. Tonnellar holati ustidan doimiy nazoratni yo‘l kuzatuvchilari (obxodchik) va brigadirlari, shuningdek yo‘l va tonnel usta (master)lari o‘z asosiy vazifalarini bajarish jarayonida amalga oshiradi. Yo‘l brigadirlari shaxsan haftasiga kamida bir marotaba tonneldagi yo‘lni sinchiklab kuzatib, bunda rels koleyasini shayton va shablon yordamida tekshirib chiqishi lozim. Yo‘l holatining shayton va shablon bo‘yicha haftalik tekshiruvlarining ma’lumotlari tekshiruvlar natijalarini qayd qilish kitobiga kiritiladi. Yo‘l ustalari ham kamida har yarim oyda bir marotaba tonnellardagi yo‘lning yalpi ko‘rigini, bunda uni shayton va shablon bo‘yicha tekshirib amalga oshirishadi. Joriy ko‘riklar. Joriy ko‘riklarning asosiy vazifasi obdelka va bo‘lak tonnel qurilmalaridagi nuqsonlarni oshkor qilish, ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash, doimiy kuzatish ostiga olingan deformatsiyalanuvchi elementlar holatini sinchiklab tekshirish, ta’mirlov ishlarining bajarilishi va rejalashtirilishi sifatini hamda samaradorligini tekshirishdir. Tonnel ustalari, yo‘l kuzatuvchilari, yo‘l brigadirlari va yo‘l ustalarining tonnellar holati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha har kunlik ishlarini muvofiqlashtirib, tonnellarning joriy ko‘riklarini amalga oshiradilar, qoidaga ko‘ra, bunday ko‘riklarni har oyning