Mavzu:Valeybol; To’pda to’siq
qo’yish texnikasini
takomillashtirish
Basketbol o‘yini qatori voleybolning dunyoga kelganiga
ham yuz yilcha bo‘ldi. Bu o‘yin tez orada dunyoda
ommalashib ketdi. Voleybol tomoshabop, chiroyli va
kishilarni o‘ziga rom qiladigan sport turi hisoblanadi. Bu
narsa:
o‘yin
qoidalarining
soddaligi,
unga
zarur
bo‘ladigan
uskunalarning
murakkab
emasligi,
shuningdek, voleybolni har qanday yoshdagi kishilar
o‘ynay
olishi
bilan
bog‘liq.
Voleybol
o‘yini
barcha
mushaklarni
rivojlantiradi,
tez
idrok
yuritishga
o‘rgatadi. Quvvatni, chaqqonlikni, chidamlilikni, yengil
harakatlanish sifatlarini va bu sifatlarni to‘g‘ri yo‘naltira
olish hislatlarini o‘stiradi. Nafas olish, yurakqon tomir
faoliyatini mustahkamlaydi, aqliy charchoqni yozadi.
Sakrab bajariladigan o‘yin vositalaridan hisoblanadi.
Voleybol gavdaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni ortiqcha
yukdan xolos qiladi.
U jamoa bo‘lib harakat ilishga, o‘z shaxsiy manfaatlarini
jamoa manfaatiga bo‘ysundirishga,
intizomli bo‘lishga, sheriklarga
yordam berishga o‘rgatadi.
Voleybolning kishi tanasiga ijobiy
ta’siri, uning hammabopligi,texnik
Jihatdan uncha murakkab emasligi
kabi xususiyatlari—sog‘lomlashti
rish ishida yaxshi natija berishini
ko‘rsatmoqda. Aynan shular
voleybol o‘yinini kollejlar o‘quv
dasturiga kiritish imkonini berdi.
O‘yinning
mohiyati.
Voleybolni
ikki
jamoa
bir-biriga
qarama-qarshi turib o‘ynaydi. Maydonda bir jamoada 6
kishi ishtirok etadi. Jamoa o‘yinchilari to‘pni raqib tomonga
(o‘rtada tortilgan to‘rdan oshirib) bir yoki ikki qo‘llab otadi.
Shunday qilib, to‘p to yerga tushgunicha yoki maydondan
chiqib ketguncha to‘rning u tomonidan bu tomoniga, qo‘ldan
qo‘lga o‘taveradi. Oxir oqibat, to‘p maydondan chiqib ketsa
yoki yerga tushsa, shunda jamoalardan biri ochko oladi. Har
bir jamoa to‘pni o‘zaro uch marta oshirishi mumkin, so‘ngra
uni raqib tomonga o‘tkazadi. O‘yin jamoalardan biri 25
ochko to‘plagunicha davom etadi. Bu ochkoni to‘plagan
jamoa g‘olib bo‘ladi va jamoalar o‘rin almashadilar. O‘yin
uch yoki besh partiyadan iborat bo‘ladi. Ko‘proq partiyada
g‘olib chiqqan jamoa yenggan hisoblanadi (masalan: 2 : 1
yoki 3 : 2 hisob bilan). O‘yin maydoni (18×9m) o‘rtasidan
ko‘ndalangiga 2-
2,45 m balandlikda setka-to‘r (eni 1 m.)
tortiladi
Mashg‘ulotlar zal yoki ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin. Ammo maydon
atrofida turli xavfli narsalar: to‘nkalar, tunukalar bo‘lmasligi lozim. Maydon
shunday joyda bo‘lishi kerakki, o‘yin chog‘ida quyosh nuri ko‘zga tushmasin.
Maydon 5 sm kenglikdagi chiziq bilan o‘raladi. U ham maydon sathiga kiradi.
Maydon o‘rtasidagi chiziq uni ikkiga bo‘lib turadi. Har bir maydonchaning to‘g‘ri
chizig‘i orqasidan to‘pni o‘yinga kiritiladi. O‘rta chiziq bo‘ylab (chetki chiziqdan
50—100 sm uzoqlikda) voleybol ustunchalari o‘rnatiladi. Ustunchada o‘g‘il bolalar
uchun ilmoq balandligi 2 m 20 sm, qizlar uchun 2 m 10 sm; o‘smirlar uchun 2 m
35 sm, erkaklar uchun 2 m 43 sm, ayollar uchun 2 m 24 sm bo‘ladi. Aytib
o‘tganimizdek, voleybol to‘ri o‘rtadan tortiladi.
To‘r bir xil rangda bo‘ladi (zalda rang ochroq bo‘lgani ma’qul). Uning og‘irligi
270 — 280 gramm bo‘ladi. O‘yinchilar kiyimi mayka, trusik va yengil
poyabzaldan iborat. Jamoa bir xil rangdagi kiyim kiyadi. Jamoa sardori
maykasining chap tomoniga belgi qo‘yiladi. Voleybol mashg‘ulotlarida xavfsizlik
va yurish-turish qoidalari O‘yin boshlanishidan
avval 15—20 daqiqa chigil yoziladi. Dastlabki
mashqlar bajarilmasa, o‘quvchi tana a’zolari
zo‘riqishi mumkin. Dastlabki mashqqa asta
lo‘killab yugurish (6 daqiqa), qo‘l, tana va
oyoqlar uchun umumiy mashqlar, juft bo‘lib
bajariladigan mashqlar, oyoqdan oyoqqa
sakrash, oyoqlarni chalishtirib yurish
mashqlari va shu kabilar kiradi. Shuningdek,
belni o‘ngga, chapga egish, aylantirish, to‘p
otish, oshirishni ishora qilish mashqi, hujum
zarbasi, to‘sish va shunga o‘xshashlar kiradi.
Shundan so‘ng voleybol uchun maxsus
mashqlar (to‘p bilan) bajariladi.
Tanada og‘riq, titroq, noxush holat va
boshqalar
paydobo‘lganda
o‘yin
to‘xtatiladi. O‘yinga ortiqcha berilib ketish
ham
charchoqqa
sabab
bo‘lib,
asorati
bilinadi.
Ko‘zoynak
taqib
o‘ynaydigan
o‘yinchi xavfsizlikni ta’minlash maqsadida
uni
rezinka
bilan
bosh
orqasidan
mahkamlab oladi. Ko‘zoynak egiluvchan
va sinmaydigan oynali bo‘lgani ma’qul.
Mashg‘ulot zalda o‘tkazilganda pol quruq
bo‘lishi lozim. Agar mashg‘ulot tashqarida
o‘tkaziladigan
bo‘lsa-yu,
maydon
ho‘l
bo‘lsa, u qurigunicha kutiladi yoki qum
sepiladi. Ho‘l va sirpanchiq maydonda
mashq qilish taqiqlanadi, negaki o‘yinchi
jarohatlanishi
mumkin.
Maydon
qurigunicha
voleybolchilar
maxsus
mashqlar bajarib turganlari ma’qul (to‘pni
sherikka oshirish, devorga urish, yuqoriga
otish). „To‘p sardorga“ o‘yinini o‘ynasa
ham bo‘ladi.
To‘g‘ri
holatda
bo‘lish
boshlovchi
voleybolchi uchun muhim ahamiyatga ega.
O‘yinchi
turish
holatida,
oyoqlari
yelka
kengligida
va
bukilgan,
bir
oyoq
biroz
oldinda, tana ham oldinga biroz egilgan.
Qo‘llar tirsakdan bukilgan, kaftlar bir-biriga
qaragan bo‘ladi. Biroq bu holat doimiy
bo‘lmay,
u
o‘yinning
borishiga
qarab
o‘zgarib turadi. Agar to‘rdan qaytgan to‘pni
olish lozim bo‘lsa, o‘yinchi ancha egiladi,
otayotganda
to‘g‘rilanadi
va
hokazo.
Voleybolchilar
maydonda
oyoqlarni
chalkashtirib
(chapga,
o‘ngga,
oldinga,
orqaga),
ikki
qadam
bilan
(oldinga
va
orqaga), sakrab (yugurish va odimlashdan
keyin), yugurib (maydon bo‘ylab tez siljishi
va yo‘nalishni birdan o‘zgartirib) yurishlari
mumkin. Oxirgi yugurish qadami uzunroq
bo‘ladi,
negaki
undan
keyin
to‘xtash,
sakrash, yo‘nalishni o‘zgartirish mumkin.
To‘pni
uzatish.
O‘yinni
davom
ettirish
maqsadida sherikka yoki raqib tomonga
yuborilgan to‘pni o‘tkazish uzatish usuli
hisoblanadi.
To‘pni oldinga, yuqoriga va orqaga o‘tkazish usullari o‘zaro farqlanadi.
To‘pning uchish trayektoriyasiga qarab
butun maydon bo‘ylab uzun, qo‘shni maydonga qisqa va o‘z maydoniga o‘ta
qisqa uzatish usuli amalga oshiriladi.
To‘p uzatish balandligiga qarab: past (to‘rdan 1 m yuqori); o‘rta (2 m gacha) va
undan baland (2 m dan ortiq);
masofasiga ko‘ra yaqin (0,5 m dan kam) va uzoqroq
(0,5 m dan ortiqroq) bo‘lishi bilan farqlanadi. To‘pni ikki qo‘llab yuqoridan
uzatish. Bu usul ancha keng tarqalgan.
Uzatishdagi ishonchlilik va aniqlik uning muhim tomonidir. Dastlabki holatda
o‘yinchining oyoqlari tizzalardan
bukiladi, qo‘llari oldinga chiqqan (tirsaklar partada turgandek), kaftlar ichkariga
qaragan, panjalar tarang holatda
bo‘ladi. To‘p yaqinlashganda oyoqlar to‘g‘rilanadi va gavda, qo‘llar ko‘tariladi
va to‘pni qabul qilishga tayyorlanadi.
Qo‘l, gavda va oyoq harakatlari bir-biriga muvofiqlashadi. Bu esa to‘pni tegishli
joyga yuborish imkonini beradi.
Uzatishning boshqa turlari qatori—ikki qo‘llab sakrab yuqoridan, bir
qo‘llab yuqoridan uzatishlar keng qo‘llanadi, ammo bular ichida ikki
qo‘llab pastdan uzatish kamroq qo‘llanadi. Har bir voleybolchi tez va aniq
to‘p uzatishni o‘rganishi, uni uzunasiga, balandga, yo‘nalish bo‘yicha zarb
berish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. To‘pni qabul qilib olish. Bu
raqiblar hujumidan keyin o‘yinda to‘pni saqlab qolishdagi himoya usulidir.
To‘pni pastdan ikki qo‘llab qabul qilib olish zamonaviy voleybolda asosiy
usul hisoblanadi. U hujumni, kuchli zarbni yengil o‘tkazishda asosiy
usuldir. Bu usul qo‘llanilganda gavda to‘g‘ri turadi yoki biroz egiladi,
qo‘llar oldinga pastga tushirilgan, bir kaft ikkinchisiga qo‘yilgan bo‘ladi.
Òo‘pni bilaklarda qabul qilinadi. Bilaklarga bo‘ladigan zarbni yumshatish
uchun
tirsaklar
yaqinlashtirilib
ko‘tariladi
va
buriladi,
oyoqlar
to‘g‘rilanadi va gavda ko‘tariladi. To‘p qabul qilib olingandan so‘ng unga
ma’lum yo‘nalish bera olish ham muhimdir. Shuning uchun bu usulda
to‘pni mushtlar bilan qabul qilib olish xavfli sanaladi, chunki to‘p noto‘g‘ri
yo‘nalishga ketib qoladi, bundan tashqari, kaftlar bilan qabul qilib olish
qoidaga zid keladi, negaki bunda to‘p tutib qolinadi.