TO’QIMACHILIK SANOATINING RIVOJLANISHI VA UNING TARMOQLARI. YIGIRISH SISTEMALARI.
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
1,2 MB
TO’QIMACHILIK SANOATINING RIVOJLANISHI VA UNING
TARMOQLARI. YIGIRISH SISTEMALARI.
Reja
1. To’qimachilik sanoati tarmoqlari.
2. Yigirish va uning rivojlanish bosqichlari. Yigirilgan ip turlari.
3. Yigirish sistemalari, ularning qiyosiy tahlili.
4. Paxta tolasining asosiy xossalari, nuqsonlari va klassifikatsiyasi.
To’qimachilik sanoati xalq xo’jaligiga keng iste`mol buyumlari (gazlama,
trikotaj, tikuv iplari, gilam va boshqalar) etkazib beruvchi ishlab chiqarish majmuasi
hisoblanadi. Uning mahsulotlari xalq ho’jaligining mudofa, meditsina, avtomobil,
poyafzal kabi ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo’llaniladi. To’qimachilik sanoati
ishlab chiqariladigan maxsulot va ishlatiladigan xom ashyo turiga qarab quydagi
tarmoqlarga bo’linadi:
1. Paxta tolalarini ishlash;
2. Jun tolalarini ishlash;
3. Zig’ir poyali tolalarni ishlash;
4. Tabiiy ipakni ishlash;
5. Kimyoviy tolalarni ishlash.
Bu tarmoqlarda quyidagi bosqichlar mavjud:
1. Tolalarga dastlabki ishlov berish.
2. Yigirish.
3. To’qish.
4. Pardozlash, ohorlash.
5. Tikish.
Bulardan tashqari ikkilamchi xom ashyoga ishlov beruvchi korxonalar xam
mavjud:
◼ ro’zg’orbop paxta ishlab chiqarish.
◼ noto’qima matolar ishlab chiqarish.
◼ attorlik va boshqalar.
Yigirish - bu bir necha texnologik jarayonlarning majmuasi (yig’indisi)
bo’lib, unda nisbatan turlicha uzunlikda va notekislikdagi tolalardan aniq talablarga
javob beruvchi bir tekis, pishiq va uzun ip olish vazifasi amalga oshiriladi.
Tolalardan ip yigirish tosh davridan ma`lum bo’lib, quydagi rivojlanish
bosqichlariga ega:
◼ qo’lda aylantiriladigan urchuqda ip olish;
◼ osma urchuq yordamida ip olish;
◼ g’ildirakli charx yordamida, ya`ni mexanik moslama yordamida ip olish;
◼ davriy ishlaydigan mashinada ip olish;
◼ uzuliksiz ishlaydigan mashinada ip olish.
Yuqoridagi usul yordamida Osiyo va Misrda paxtadan, Ovro’pada esa jun va
zig’ir tolalaridan ip yigirilgan.
Qo’l urchuqlari
a - Peru, b - Misr, v - Italiya, g- Rossiya, d- Afrika urchuqlari.
G’ildirakli charx (samopryalka)
Davriy ishlaydigan yigirish mashinasi
(Djenni)
Suvda ishlaydigan birinchi uzuliksiz
yigirish mashinasi
Zamonaviy yigirish mashinasi
1490 yilda g’ildirakli charx (samopryalka) yigirish qurilmasi kashf etildi.
1530 yilga kelib unga xarakat beruvchi g’ildirakni o’rnatilishi natijasida u keng
tarqaldi. Birinchi davriy ishlaydigan cho’zish asbobi mavjud yigirish mashinasiga
1738 yilda Uayt tomonidan patent olindi.1760 yilda Rodion Glinkov, 1765 yilda
Jeyms Xargrivs 8, 16 va 24 urchuqli yigirish mashinasini ixtiro etdilar.
Uzuliksiz ishlaydigan halqali yigirish mashinasi 1830 yilda yaratildi va u
xozirgi vaqtgacha takomillashtirilib kelinmoqda.
Yigirish korxonalarining mahsuloti ip xisoblanadi. Iplar har xil bo’ladi: yakka
ip, pishitilgan ip, boyalgan ip, melanj ip, shakldor ip, chirmovuqli ip, tanda ip ,
arqoq ip. Ular ishlatilishiga qarab xam farqlanadi: tikuv iplari uchun, texnik
maqsadlar uchun, poyafzal sanoati uchun, va trikotaj tayyorlash uchun.
Yigirilgan ip ma`lum talablarga javob berishi kerak, ya`ni aniq chiziqiy
zichlikda, pishiq toza va ravon bo’lishi kerak.
Yuqorida keltirilgan iplarni ishlab chiqarish uchun 3 xil yigirish sistemalari
ishlatiladi:
1. Karda.
2. Qayta tarash.
3. Apparat.
Ipning ishlatilishiga qarab tanlangan xom-ashyo, uskunalar va texnologik
jarayonlar majmuasiga yigirish sitemasi deb aytiladi.
Karda yigiish sistemasi
Bu sistemada asosan o’rta tolali paxtadan 15,440 teks chiziqiy zichligdagi
iplar yigirililadi. Ulardan surp, satin, chit kabi bejirim gazlamalar va trikotaj
buyumlari tayyorlanadi. Yigirish mahsulotlarining 60%dan ko’pi karda yigirish
sistemasida yigiriladi.
Karda yigirish sistemasida pnevmomexanik yigirish usuli xam ishlatiladi.
Pnevmomexanik yigirish mashinalarida past navli tolalar va tolali chiqindilar
aralashmasidan yuqori chiziqiy zichlikdagi iplar tayyorlanmoqda.
Karda yigirish sistemasi texnologik o’timlari
t/r
O’timlar
Ishlatiladigan
mashinalar
Texnologik jarayonlar
Mahsulotlar
1
Titish-
tozalash
Titish –tozalash
agregati
Titish, aralashtirish,
tozalash
Titilgan,
tozalangan
tolali massa
2
Tarash
Tarash mashinasi
Tarash
Taralgan
pilta
3
Piltalash
Piltalash
mashinasi
I-o’tim
II- o’tim
Cho’zish va qo’shish
Piltalangan
pilta
4
Piliklash
Piliklash
mashinasi
Cho’zish, pishitish va
o’rash
Pilik
5
Yigirish
Yigirish
mashinasi
Cho’zish, pishitish va
o’rash
Ip
Qayta tarash yigirish sistemasi.
Bu sistema asosan uzun (ingichka) tolali paxtadan 5 15,4 teks chiziqiy
zichligdagi ingichka iplarni yigirish uchun ishlatiladi. Bu sistemada tayyorlangan
iplar pishiqligi, ravonligi, tozaligi, silliqligi va cho’ziluvchanligi bilan ajralib turadi.
Qayta tarash jarayonida kalta tolalarni ko’p miqdorda tarab ajratish ipning chiqishini
kamayishiga va mahsulot tannarxini oshishiga olib keladi.
Qayta tarash iplaridan satin, mal-mal, mayya, batist, markazet kabi nafis
matolar bilan birga yuqori sifatli texnik gazlamalar to’qiladi. Bulardan tashqari
tikuvchilik, poyafzal korxonalari uchun ingichka, pishiq, cho’ziluvchan iplar,
g’altak iplar, muline va kashtachilik hamda popopchilik iplari ham tayyorlanadi.
Qayta tarash sistemasining texnologik o’timlari
t/r
O’timlar
Ishlati-ladigan
mashinalar
Texnologik jarayonlar
Mahsulotla
r
1
Titish-
tozalash
Titish –tozalash
agregati
Titish, aralashtirish,
tozalash
Titilgan,
tozalangan
tolali massa
2
Tarash
Tarash mashinasi
Tarash
Taralgan
pilta
3
Xolstcha
tayyorlash
Piltalash
mashinasi
0-o’tim,
Piltabirlash-tirish
mashinasi
Cho’zish va qo’shish
Cho’zish, qo’shish va
o’rash
Piltalangan
pilta
Xolstcha
4
Qayta
tarash
Qayta tarash
mashinasi
Qayta tarash
Qayta
taralgan
pilta
5
Piltalash
Piltalash
mashinasi
I-o’tim
Cho’zish va qo’shish
Piltalangan
pilta
6
Piliklash
Piliklash
mashinasi
Cho’zish, pishitish va
o’rash
Pilik
7
Yigirish
Yigirish mashinasi
Cho’zish, pishitish va
o’rash
Ip
Apparat yigirish sistemasi.
Bu sistema asosan past navli, kalta tolali paxtadan hamda yigiriluvchan tolali
chiqindilardan 55,51000teks chiziqiy zichlikdagi ip yigirish uchun ishlatiladi.
Apparat sistemasida yigirilgan ip bo’sh, notekisligi yuqori, pishig’ligi past,
cho’zilmaydigan, mayin va tukli bo’ladi. Ular asosan tanda iplari sifatida bumazey,
bayka flanel, va boshqa issiq va yumshoq gazlamalar to’qishda ishlatiladi.
Apparat yigirish sistemasida texnologik o’timlari
№
O’timlar
Ishlatiladigan
mashinalar
Mahsulotlar
1.
Xom ashyoni titish,
tozalash va aralashtirishga
tayyorlash
Titish va tozalash
mashinalari
Titilgan va tozalangan
tolali massa
2.
Aralashtirish
Labazlar
Aralashma
3.
Tarash, piltalash
Tarash apparatlari
Pilik yoki pilta
4.
Yigirish
Yigirish mashinalari
Ip
Ip yigirishning melanj usuli ham mavjud bo’lib,unda boyalgan va boyalmagan
tolalar aralashmasidan o’rtacha chiziqiy zichlikdagi iplar tayyorlanadi. Ular pishiq,
bir tekis, tukli va toza bo’lib, xar xil, rang barang gazlamalar to’qishda ishlatiladi.
Bu usulda ip yigirishda texnologik jarayonlar va o’timlar deyarli karda sistemasi
bilan bir xil bo’ladi.
Tolalarnig tuzilishi.
Tabiiy tolalar ichida paxta tolasi etakchi o’rinni egallaydi, u chigitli paxtadan
ajratib olinadi. Tolalarning tuzilishi uning xamma xossalarini belgilaydi.
Tolalarning etilish darajasi ortgan sari u shunchalik jingalaklanadi. Tola pishgan sari
uning tashqi diametri ichki diametriga nisbatan ortadi va u pishganlik koeffitsienti
deb ataladi. Tolalar pishib etganlik jixatidan 11 guruhga bo’linadi;
Pishib etilmagan- 0,0; 0,5; 1,0; 1,5; 2,0; 2,5;
Pishib etilgan- 3,0; 3,5; 4,0; 4,5;
Pishib o’tib ketgan(o’ta pishgan)- 5,0.
Paxta tolasining xususiyatlari uning fizik va mexanik xossalarini belgilaydi.
Fizik xossalar: uzunlik, pishganlik, namlik, nam o’tkazuvchanlik,
zaryadlanish, issiqlik o’tkazuvchanlik, jingalaklik kabilar. Ular tolaning texnologik
xossalari deb ataladi.
Mexanik xossalar: Uzish kuchi, cho’ziluvchanlik, nisbiy uzish kuchi,
zo’riqish va buralishga, egilishga, ezilishga bo’lgan qarshilik.
1.Tolaning uzunligi - uning sifatini belgilab uzunlik boyicha taqsimot
qonuniyati ko’rsatkichlari bilan baholanadi. Tola uzunligini aniqlashning ikki usuli
mavjud:
1. Qo’lda.
2. Asboblarda.
Shu paytgacha tola uzunligi boyicha taqsimot darajasiga asosan “Modal” va
“Shtapel” uzunlik ko’rsatkichlaridan keng ko’lamda foydalanilgan.
Modal uzunlik - namunada eng ko’p uchraydigan uzunlik. Shtapel uzunlik
esa Lsht= Lmod + (3 4) mm.
So’ngi yillarda tola xossalarini aniqlashda HVI-900 tizimi ishlatilmoqda.
Ushbu tizimda tolaning quyidagi uzunlik ko’rsatkichlarini aniqlash qabul qilingan;
Yuqori o’rtacha uzunlik - namunadagi eng uzun tolalarning o’rtacha
uzunligini bildiradi va 2,5 % uzunlik deb ataladi.
Shtapel uzunlik - bu klassifikator tomonidan qo’lda parallel qilib taxlangan
tolalar shtapelining o’lchangan uzunligi hisoblanadi.
50% uzunlik - bu yigirishga yaroqli bo’lgan, namunada ko’p uchraydigan
tolalar miqdorini bildiradi.
O’rtacha uzunlik - na`munadagi barcha toalarning o’rtacha uzunligini
bildiradi.
2. Tolaning chiziqiy zichligi - Tola qancha ingichka bo’lsa ipning ko’ndalang
kesimida shuncha ko’p tola bo’ladi, bu esa ipning pishiq bo’lishini ta`minlaydi.
текс
L г км
m
T
−
=
}
{ /
;
)
/
(
m м гр
N = L
3. Mikroneyr ko’rsatkichi
Mikroneyr tolaning pishib etilganligi va ingichkaligini ifodalaydi. Mikroneyr
ko’rsatkichi tolalar perimetri yoki tolalar devorining qalinligiga (tsellyuloza bilan
to’ldirilganligi darajasiga) bog’liqdir.
3,0 dan past
3,0 dan 3,9 gacha
4,0 dan 4,9 gacha
5,0 dan 5,9 gacha
6,0 dan yuqori
Juda ingichka
Ingichka
O’rta
Dag’al
Juda dag’al
4. Tolanig uzish kuchi
Tolaning uzish kuchi cho’zuvchi kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini
bildiradi. Tolaning uzish kuchi Rt bilan ifodalanib, Rt= 4 6 [sN] ni tashkil etadi.
5. Tolaning nisbiy uzish kuchi
Tolaning nisbiy uzish kuchi- quydagicha aniqlanadi:
𝑅𝑡 = 𝑃𝑡
𝑇𝑡
[𝑠𝑁/𝑡𝑒𝑘𝑠]
Rt – tolaning uzish kuchi sN; Tt - tolaning chiziqiy zichligi, teks
6. Tolaning cho’ziluvchanligi
Paxta tolasini uzuvchi kuchlar ta`sirida uzayishiga uning cho’ziluvchanligi
deyiladi. Uning miqdori 58% ni tashkil etadi.