TO‘QIMALARNI BIRLASHTIRISHNING UMUMIY PRINSIPLARI.
MA’RUZA REJASI:
1. Xirurgik chok turlari: uzlikli choklar, uzliksiz choklar.
2. Qo‘llanilishi bo‘yicha choklarning xarakteristikasi (yaqinlashtiruvchi,
birlashtiruvchi, vaqtinchalik) holatiga qarab, ikkalamchi, kechiktirib qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan choklar.
3. Teri choklarini olib tashlash. Maxsus choklar: ichaklarga qo‘llaniladigan
(qo‘llash xususiyatlari, prinsiplari va turlari).
4. Pay, nerv, qon tomirlarni birlashtiruvchi choklar.
5. Sintetik yelimlar yordamida to‘qimalarni birlashtirish. Suyaklarni
birlashtirish asoslari.
Tayanch iboralar: uzlikli choklar, uzliksiz choklar, valikli chok, pay
choklari, biriktiruvchi choklar, maxsus choklar.
Operatsiya so‘ngida jarohatlarni tez bitishi uchun hamda tashqi muhit
ta’surotlarini kamaytirish maqsadida to‘qimalar biriktiriladi.
To‘qimalarni biriktirish vaqtida quyidagi prinsiplarga rioya etish kerak:
1. Jarohatdagi qon oqishini to‘xtatish va ivigan qonlarni olib tashlash.
2. Choklash vaqtida to‘qimalar yuzasi bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim.
3. Jarohatdagi mavjud kislotalarni yo‘qotish lozim.
4. Jarohatning qirralari bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak (kooptasiya).
5. Choklash vaqtida aseptika, antiseptika qoidalariga qat’iyan rioya qilish
kerak:
A) jarohatga qo‘l bilan tegish man etiladi;
B) sterillangan choklash materiallarini qo‘llash kerak;
V) qon bilan ifloslangan choklarni qo‘llash man etiladi;
G) katta igna va qalin choklarni ishlatmaslik;
D) qattiq bog‘lamaslik;
Ye) jarohatni bog‘lash kerak.
Choklar ikki xilga bo‘linadi: biriktiruvchi va maxsus.
Birinchisi teri, teri osti yog‘i, muskullar, fassiyalar va shilliq pardalar
biriktirilishi uchun ishlatiladi. Ikkinchisi esa ichak, pay, suyak, qon tomirlar va
nervlarni biriktirish uchun qo‘llaniladi. To‘qimalarni birlashtirish vaqtiga
qaraganda choklash birlamchi 6-12 soat ichida, ikkilamchi 8-15 kun ichida
o‘tkazish mumkin.
To‘qimalarning qalinligiga ko‘ra choklash bir qavat yoki ko‘p qavatli
bo‘lishi mumkin.
Choklash materiallariga quyidagilar kiradi: ipak, ketgut, otlarning yoli,
ayollar sochi, paxta va sintetik iplar, sim. Choklash uchun ishlatiladigan asboblar:
igna, igna qisqichi, pinset.
Asosan ikki xil choklash ishlatiladi:
Uzlukli choklash har bitta tikish alohida ligatura yordamida bajariladi.
Ularga quyidagilar kiradi: tugunsimon, situasion, sirtmoqsimon va valik
yordamida.
Uzluksiz choklashda jarohatni butun uzunligi bo‘yicha bitta 20-30 sm
ligatura yordamida tikiladi ularga skornyagi, matris, kiset usullari kiradi.
To‘qimalarni biriktirish uchun qoqshol materiallarni tugish lozim. Buning
uchun quyidagi tugunlar turlari ishlatiladi: oddiy, dengiz va xirurgik.
Yarani bitishiga qarab choklarni 7-10 kundan keyin olib tashlash kerak.
Ichak choklari – ichi bo‘sh, seroz qavati bo‘lgan organlarni biriktirish uchun
ishlatiladi. Bularga Lamber, Shmiden, Pirogov-Cherni, Plaxotin-Sadovskiy usullari
kiradi.
Pay choklari – jarohatlangan paylarni biriktirish uchun ishlatiladi. Choklash
materiali sifatida sintetik iplar, kapron, lavsan, neylonlarni qo‘llash mumkin.
Mayda hayvonlarda Vitsel, kattalarida esa Tixonin usuli qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda to‘qimalarni biriktirish uchun maxsus kley ishlatish mumkin:
BF-6, siakrin.
Tugun turlari. Jarrohlik amaliyotida asosan to’g’ri (morskim) va jarrohlik
tugunlar ko’pincha ishlatiladi. Qiyshiq (ayollarniki) chok jarrohlikda ishlatilmaydi.
To’qimalarni birlashtirish qonsiz va qonli usullarga bo’linadi. Masalan, qonsiz
usuliga kiradi: yopishmoq va malham. Uni yaraning yuza qismiga yopishtiriladi.
Amaliyotda ko’pincha qonli tikishlar ishlatiladi, qaysiki teri, mushak, fassiya va
maxsus belgilangan baxiyalarga (ichak, tog’ay, nerv, tomirlarga mansub) bo’linadi.
Terilar choki. Alohida-alohida yoki uzlukli chok tugish amaliyotda ko’p
tarqalgan. Buni bajarish uchun kalta ip (uzunasi 20-25 sm) qo’llaniladi. Avval
yaraning o’rta qismidan, keyin chetlaridan tikishni boshlaydi, bitguncha tikadi, har
bir o’tkazilgan baxiya to’g’ri (morskim) tugun bilan bog’lanadi, paydo bo’lgan
tugun yaraning tikilgan labiga emas biqiniga joylashtiriladi.
Valikli chok. Tananing biron qismiga o’tkazilgan chok kelajakda terining
tortilishi oqibatida uni kesishi mumkin. Buning oldini olish uchun yaraning teri
kesilgan uchidan juft ipni o’tkazib, keyin orasiga (ikki tomonlama) dokadan
yasalgan lo’la shaklidagi tampon kirgiziladi va ipni bo’sh tomonidan tortib tugib
tashlanadi.