To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida tasvirlash
Yuklangan vaqt
2024-03-08
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
2,7 MB
Mavzu: “To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida
tasvirlash”
Darsning ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarga To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida
tasvirlash, og`zaki va yozma usulda yechimlar topishni o`quvchilar ongiga singdirish.
TK 3: O`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi :
To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida tasvirlashni
hayot tajribasida qo’llay olish
FK 1: Matematik mazmundagi umumiy kompetensiyasi :
Og’zaki va yozma hisoblash malakalarini oshirish
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O’quvchilarga aqliy mehnat berish bilan birga estetik ruxda tarbiyalash.
TK 5: Milliy va umummadaniy kompetensiyasi :
Yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi.
O’quvchilarni o`gzaki va yozma xisoblash malakalarini rivojlantirish.
TK 2: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
Darsda kitob bilan ishlay olish, o`rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, misol va
masalalarni tartib bilan bajarish, darsda o’rganilgan uslublarni hayotga tadbiq etishga
o’rgatish.
Dars turi:
O’quvchilarda yangi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars metodi:
Ilg’or pedagogik texnologiyalarga asoslangan interfaol metodlar, tushuntirish, kichik
guruhlar bilan ishlash,amaliy bajarish.
Darsning jihozi:
3-sinf Matematika darsligi, baholash kartochkalari, doska, mavzuga oid ko`rgazmali
qurollar, kodoskop,slayd doskalari, kompyuter.
Darsning texnologik xaritasi:
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R Darsning
bosqichlari
Dars vaqti
taqsimoti
Dars mazmuni
1
Tashkiliy qism
5 daqiqa
a) Salomlashish
b) Davomatni tekshirish
c) Ob-havoni aniqlash
d) Siyosiy va ma`naviy savol
javob o`tkazish
2
Kirish
12 daqiqa
1. O’tilgan mavzuni
o’zlashtirilganini tekshirish
2. O’tilgan mavzuni
mustaxkamlash
3
Asosiy qism
15 daqiqa
Mavzu: “To`rt xonali sonlarni
xona birliklari yig`indisi
ko`rinishida tasvirlash”
4
Mustahkamlash 10 daqiqa
a) Tarqatma materiallar, jadvallar
bilan ishlash
b) O’quvchilarni rag’batlantirish
5
Yakuniy qism
3 daqiqa
1. O’quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchi axboroti, dars maqsadi
bilan tanishtirish.
O`quvchilar: Assalomu alaykum.
O`qituvchi: Va alaykum assalom
Salom bilan boshlaymiz,
Bilsang odob va ahloq
Salom bilan begona
Bo`lar tezda do`st-o`rtoq
- Bolajonlar omonmisiz
Hozir darsga tayyormisiz
O`quvchilar:
Ustoz bizlar omonmiz
Bugungi darsga tayyormiz
O`qituvchi:
Katta raxmat sizlarga,
Ishonchimni oqlaysiz
Aytingchi menga sizlar,
Hozir darsimiz nima?
O`quvchi:
Bizning quvnoq davraga,
Xush kelibsiz marhabo.
Matematika darsi bilan,
Hamroh bo`ling doimo.
O`quvchi:
Matematika kerak,
Har bir o`g`il va qizga.
Aqlni va fkirni,
Soladi yaxshi izga.
Bu fan bizning do`ztimiz,
Mo`jizalar makoni.
Inoq bo`lib o`ssa kim.
Ortar ilmu imkoni
O`quvchi:
Matematika asli,
Erur fanlarning shoxi.
O`rgandik to`rt amalni,
Masala ham misolni.
O`quvchi:
Geometrik shakllar,
Bilan to`liq fkirlar.
Kvadrat ham to`rtburchak,
Doira ham uchburchak.
O`quvchi:
Yaxshi tanish bizlarga,
O`g`il hamda qizlarga.
Hammasini bilamiz,
To`g`ri chiziq chizamiz.
O`quvchi:
Tez yechib tenglamani,
Lol qilamiz hammani.
Sira bekor yurmaymiz,
Dangasalik qilmaymiz.
O`qituvchi: Sinfda kim navbatchi? (navbatchi axboroti tinglanadi)
O`qituvchi: Bugungi kundagi dunyo va O`zekistondagi bo`layotgan
yangiliklar bilan tanishtirishni so`raydi.
O`quvchilar:
Xozirgi kundagi bo`layotgan dunyo yangiliklari bilan
o`quvchilarni tanishtiradi.
O`qituvchi: O`quvchilar! bugun nechanchi sana?
O`quvchi: Bugungi sana va hafta kunini aytishadi.
O`qituvchi: Bugungi sanaga oid muhim sanalardan qaysilarni bilamiz.
O`quvchilar yuqorida berilgan klasterni to`ldirilmagan variantiga o`z
qo`llari bilan yozib chiqadilar. So`ng o`quvchilarni yozganlari eshttirilib
qo`shimcha tarzda slaydda ham namiyosh etiladi.
O`quvchilarni uch guruhga bo`lib ularni nomlab olinadi.
Gurruxlar Vatanimiz ramzlari haqida she`rlar aytin unga ta`rif beradilar.
1-guruh: DONOLAR.
16
1993 yildan buyon 16-
sentyabr kuni
Bahoviddin
Naqshbandning
tug`ilgan kuni
nishonlanadi
1992 yil 16-fevral kuni
Halqaro iqtisodiy
hamkorlik tashkilotiga
O`zbekiston a`zo bo`ldi
16-sentyabr Yunesko
ta`limi kuni
16-noyabr Xalqaro
bag`rikenglik kuni
16-dekabr 1992 yilda
Turkiya Davlati
O`zbekistonni
mustaqil davlat deb
tan olgan
2-guruh: TOPQIRLAR
3-guruh: ZIYRAKLAR
Yuqoridagi guruhlar o`z nomlariga she`riy usulda shior aytadilar.
So`ng har bir gruhux o`z vakilini ko`rsatadi. 1 nafardan o`quvchilar
mustaqil holda (oq qog`ozga) matematik maqollar yozishda bellashdilar.
Shu tarzda kichik guruhlar bilan ishlanadi.
MATEMATIK MAQOLLAR
- Sanamay, sakkiz dema
- Etti o`lchab, bir kes
- Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi shu kabi
maqollarni oq qog`ozga yozib chiqadilar.
Qolgan guruh o`quvchilari matematik misollarni yechish bilan birga
aql charhi o`yini orqali ifodani yechadilar.
O`qituvchi: Mana endi aqlimizni ham charxlab oldik. O`tgan darsda
berilgan uy vazifalarini ochamiz men tekshirib chiqaman deb
o`quvchilar har kim o`zi bajargan topshiriqni ko`rib chiqadi.
II. O`tilgan mavzuni mustakamlash.
O`qituvchi: Biz o`tgan darsda berilgan topshiriqlar va masalalarni
o`quvchilar bilan birgalikda qaytarib ko`nikma malakalarimizni
mustahkamlaydi.
Yangi mavzu bayoni.
“To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida
tasvirlash”.
1-misol. 6928, 5692, 3506, 9280, 2045, 5700, 6008 sonlarini xona
birliklarini ayting.
O`qituvchi:
O`quvchilarga
yuqoridagi
misollardan
birini
sinchiklab tushuntirib beriladi. O`qituvchi tomonidan amalda ko`rsatib
beriladi.
6928 sonini xona birliklari ko`rinishida quyidagicha tushutiradi
Qolgan misolda ishtirok etgan sonlarni ham o`quvchilar mustaqil
ravishda xona birliklari ko`rinishida og`zaki yechadilar.
6 ta minglik
9 ta yuzlik
2 ta o`nlik
8 ta birlik
2-misol. Sonlarni xona birliklarining yi`gindisi ko`rinishida yozing.
2847, 4540, 5604, 9300, 3502, 6531. Bu sonlarda nechta birlik, nechta
o`nlik, nechta yuzlik va nechta minglik borligini yozma ifodalaydilar.
Yuqoridagi misolda keltirilgar sonlarni guruxlarga taqsimlab beriladi va
na`munada ko`rsatilganidek yozishlari talab etiladi. Birinchi bo`lib
misollarni yechib bo`lgan gurux o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi.
Na`muna: 2847=2000+800+40+7.
3-misol. Xona birliklari yig`indisini son bilan ifodalang va yozing.
4-masala. 1-samolyot 1 soatda 430 km, 2-samolyot 450 km uchadi. Ular
aeraportdan bir vaqtda qarama-qarshi yo`nalishda uchsa, 2 soatdan so`ng
ular orasidagi masofa necha km bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan masallani o`qituvchi o`quvchilarga oldindan
tayyorlangan slayd orqali namoyish etadi.
22000000++4400++33==22004433
55000000++5500==55005500
22000000++880000++9900==22889900
66000000++440000++11==66440011
88000000++44==88000044
99000000++330000==99330000
1 soatda 430 km uchadi.
1 soatda 450 km uchadi.
Yechish. 430*2+450*2=1760
Javob: ular orasidagi masofa 1760 km ni tashkil etadi.
Dam olish daqiqasi: O`quvchilar harakatlangan holda quyidagi
misralarni o`qiydilar.
Men ham polvon bo`laman
Katta toshlar ko`tarib
Har kun ertalab turib
Fiskultura bir, ikki, uch
Bilagimga to`lmoqda kuch
5-misol. Siniq chiziqning uzunligini mm larda hisoblang.
6-misol. Bo`sh kataklar o`rniga mos raqamlar qo`ying. Bu misolni
o`quvchilar mustaqil ravishda bajaradilar, o`qituvchi nazorat qiladi.
III. Yangi mavzuni mustahkamlash.
KO`ZLAR UXLAYAPTI, QO`LLAR ISHLAYAPTI.
Maqsad o`quvchiga qo`llar orqali sezish, taqqoslashni o`rgatadi. O`yinda
xar hil uzunlikdagi qalam, cho`p, karton qog`ozdan kesilgan
tasmachalardan foydalaniladi, o`quvchilar predmetlarni ko`radi bir-
biridan farq qiladi. Keyin o`qituvchi 1 ta o`quvchini chaqirib: “Topchi,
men senga qaysi qalamni berdim. Uzun qalamnimi yoki qisqa
qalamnimi?” qolgan o`quvchilar kuzatadilar.
IV. Darsga yakun yasash va baxolash
Darsga sust qatnashgan o`quvchilardan dars davomida nimalarni bilib
olgani haqida so`raladi. Guruhlarga dars davomida necha ball
to`plaganlari hisoblanib g`olib guruh aniqlanadi.
1-guruh: DONOLAR
-
ball
2-guruh: TOPQIRLAR
-
ball
3-guruh: ZIYRAKLAR
-
ball
Faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi va rag`batlantiriladi.
V. Uyga vazifa berish
Uyga vazifa qilib 7-8 misol va masalalar slayd orqali o`quvchilarga topshiriq qilib
beriladi, hamda ularning bajarish tartibi o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. 3-sinf “Matematika” darsligi .S. Burxonov O`. Hudoyberdiev,
N.Ro`ziqulova, L. Goibova. 2019 yil
2. 3-sinf “Matematika” metodik qo`llanmasi. 2019 yil
3. “Boshlang`ich ta`lim” jurnali. 2019-2020 yil sonlaridan