To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida tasvirlash
Yuklangan vaqt
2024-03-08
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
2,7 MB
Mavzu: “To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida
tasvirlash”
Darsning ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarga To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida
tasvirlash, og`zaki va yozma usulda yechimlar topishni o`quvchilar ongiga singdirish.
TK 3: O`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi :
To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida tasvirlashni
hayot tajribasida qo’llay olish
FK 1: Matematik mazmundagi umumiy kompetensiyasi :
Og’zaki va yozma hisoblash malakalarini oshirish
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O’quvchilarga aqliy mehnat berish bilan birga estetik ruxda tarbiyalash.
TK 5: Milliy va umummadaniy kompetensiyasi :
Yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi.
O’quvchilarni o`gzaki va yozma xisoblash malakalarini rivojlantirish.
TK 2: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi :
Darsda kitob bilan ishlay olish, o`rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, misol va
masalalarni tartib bilan bajarish, darsda o’rganilgan uslublarni hayotga tadbiq etishga
o’rgatish.
Dars turi:
O’quvchilarda yangi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars metodi:
Ilg’or pedagogik texnologiyalarga asoslangan interfaol metodlar, tushuntirish, kichik
guruhlar bilan ishlash,amaliy bajarish.
Darsning jihozi:
3-sinf Matematika darsligi, baholash kartochkalari, doska, mavzuga oid ko`rgazmali
qurollar, kodoskop,slayd doskalari, kompyuter.
Darsning texnologik xaritasi:
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
T/R Darsning
bosqichlari
Dars vaqti
taqsimoti
Dars mazmuni
1
Tashkiliy qism
5 daqiqa
a) Salomlashish
b) Davomatni tekshirish
c) Ob-havoni aniqlash
d) Siyosiy va ma`naviy savol
javob o`tkazish
2
Kirish
12 daqiqa
1. O’tilgan mavzuni
o’zlashtirilganini tekshirish
2. O’tilgan mavzuni
mustaxkamlash
3
Asosiy qism
15 daqiqa
Mavzu: “To`rt xonali sonlarni
xona birliklari yig`indisi
ko`rinishida tasvirlash”
4
Mustahkamlash 10 daqiqa
a) Tarqatma materiallar, jadvallar
bilan ishlash
b) O’quvchilarni rag’batlantirish
5
Yakuniy qism
3 daqiqa
1. O’quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchi axboroti, dars maqsadi
bilan tanishtirish.
O`quvchilar: Assalomu alaykum.
O`qituvchi: Va alaykum assalom
Salom bilan boshlaymiz,
Bilsang odob va ahloq
Salom bilan begona
Bo`lar tezda do`st-o`rtoq
- Bolajonlar omonmisiz
Hozir darsga tayyormisiz
O`quvchilar:
Ustoz bizlar omonmiz
Bugungi darsga tayyormiz
O`qituvchi:
Katta raxmat sizlarga,
Ishonchimni oqlaysiz
Aytingchi menga sizlar,
Hozir darsimiz nima?
O`quvchi:
Bizning quvnoq davraga,
Xush kelibsiz marhabo.
Matematika darsi bilan,
Hamroh bo`ling doimo.
O`quvchi:
Matematika kerak,
Har bir o`g`il va qizga.
Aqlni va fkirni,
Soladi yaxshi izga.
Bu fan bizning do`ztimiz,
Mo`jizalar makoni.
Inoq bo`lib o`ssa kim.
Ortar ilmu imkoni
O`quvchi:
Matematika asli,
Erur fanlarning shoxi.
O`rgandik to`rt amalni,
Masala ham misolni.
O`quvchi:
Geometrik shakllar,
Bilan to`liq fkirlar.
Kvadrat ham to`rtburchak,
Doira ham uchburchak.
O`quvchi:
Yaxshi tanish bizlarga,
O`g`il hamda qizlarga.
Hammasini bilamiz,
To`g`ri chiziq chizamiz.
O`quvchi:
Tez yechib tenglamani,
Lol qilamiz hammani.
Sira bekor yurmaymiz,
Dangasalik qilmaymiz.
O`qituvchi: Sinfda kim navbatchi? (navbatchi axboroti tinglanadi)
O`qituvchi: Bugungi kundagi dunyo va O`zekistondagi bo`layotgan
yangiliklar bilan tanishtirishni so`raydi.
O`quvchilar:
Xozirgi kundagi bo`layotgan dunyo yangiliklari bilan
o`quvchilarni tanishtiradi.
O`qituvchi: O`quvchilar! bugun nechanchi sana?
O`quvchi: Bugungi sana va hafta kunini aytishadi.
O`qituvchi: Bugungi sanaga oid muhim sanalardan qaysilarni bilamiz.
O`quvchilar yuqorida berilgan klasterni to`ldirilmagan variantiga o`z
qo`llari bilan yozib chiqadilar. So`ng o`quvchilarni yozganlari eshttirilib
qo`shimcha tarzda slaydda ham namiyosh etiladi.
O`quvchilarni uch guruhga bo`lib ularni nomlab olinadi.
Gurruxlar Vatanimiz ramzlari haqida she`rlar aytin unga ta`rif beradilar.
1-guruh: DONOLAR.
16
1993 yildan buyon 16-
sentyabr kuni
Bahoviddin
Naqshbandning
tug`ilgan kuni
nishonlanadi
1992 yil 16-fevral kuni
Halqaro iqtisodiy
hamkorlik tashkilotiga
O`zbekiston a`zo bo`ldi
16-sentyabr Yunesko
ta`limi kuni
16-noyabr Xalqaro
bag`rikenglik kuni
16-dekabr 1992 yilda
Turkiya Davlati
O`zbekistonni
mustaqil davlat deb
tan olgan
2-guruh: TOPQIRLAR
3-guruh: ZIYRAKLAR
Yuqoridagi guruhlar o`z nomlariga she`riy usulda shior aytadilar.
So`ng har bir gruhux o`z vakilini ko`rsatadi. 1 nafardan o`quvchilar
mustaqil holda (oq qog`ozga) matematik maqollar yozishda bellashdilar.
Shu tarzda kichik guruhlar bilan ishlanadi.
MATEMATIK MAQOLLAR
- Sanamay, sakkiz dema
- Etti o`lchab, bir kes
- Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi shu kabi
maqollarni oq qog`ozga yozib chiqadilar.
Qolgan guruh o`quvchilari matematik misollarni yechish bilan birga
aql charhi o`yini orqali ifodani yechadilar.
O`qituvchi: Mana endi aqlimizni ham charxlab oldik. O`tgan darsda
berilgan uy vazifalarini ochamiz men tekshirib chiqaman deb
o`quvchilar har kim o`zi bajargan topshiriqni ko`rib chiqadi.
II. O`tilgan mavzuni mustakamlash.
O`qituvchi: Biz o`tgan darsda berilgan topshiriqlar va masalalarni
o`quvchilar bilan birgalikda qaytarib ko`nikma malakalarimizni
mustahkamlaydi.
Yangi mavzu bayoni.
“To`rt xonali sonlarni xona birliklari yig`indisi ko`rinishida
tasvirlash”.
1-misol. 6928, 5692, 3506, 9280, 2045, 5700, 6008 sonlarini xona
birliklarini ayting.
O`qituvchi:
O`quvchilarga
yuqoridagi
misollardan
birini
sinchiklab tushuntirib beriladi. O`qituvchi tomonidan amalda ko`rsatib
beriladi.
6928 sonini xona birliklari ko`rinishida quyidagicha tushutiradi
Qolgan misolda ishtirok etgan sonlarni ham o`quvchilar mustaqil
ravishda xona birliklari ko`rinishida og`zaki yechadilar.
6 ta minglik
9 ta yuzlik
2 ta o`nlik
8 ta birlik