TO‘SINLI KO‘PRIKLARNING TAYANCHLARINI KUCHAYTIRISH (Ko‘priklar tayanchlarini kuchaytirish bo‘yicha ta’mirlash ishlarining turlari, Terimni sementlash orqali tayanchlarni kuchaytirish tartibi)
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
983,8 KB
Ilmiybaza.uz
TO‘SINLI KO‘PRIKLARNING TAYANCHLARINI KUCHAYTIRISH
REJA:
1. Ko‘priklar tayanchlarini kuchaytirish bo‘yicha ta’mirlash ishlarining turlari.
2. Qirg‘oq tayanchlarini uzatma va karkaslar bilan kuchaytirish sxemasi.
3. Oraliq tayanch terimini temirbetonli belbog‘lar bilan kuchaytirish.
4. Terimni sementlash orqali tayanchlarni kuchaytirish tartibi.
5. Terimni torkretlash orqali tayanchlarni kuchaytirish.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
ko‘priklar tayanchlarini kuchaytirish; ta’mirlash; qirg‘oq tayanchlari; uzatma
va karkaslar; oraliq tayanch terimi; temirbetonli belbog‘lar; terimni sementlash;
terimni torkretlash.
Ilmiybaza.uz
1. Ko‘priklar tayanchlarini kuchaytirish bo‘yicha ta’mirlash ishlarining
turlari
Ko‘priklar tayanchlarini kuchaytirish o‘z ichiga ta’mirlash ishlarining quyidagi
asosiy turlarini oladi [17, 52]:
uzatma, xomut va karkaslarni o‘rnatish;
temirbeton belbog‘larni qurish;
terimni sementlash;
yuzalarni torkretlash;
temirbetonli “ko‘ylak” (qobiq) larni qurish;
qoplamanining ta’miri va terimni qayta terish;
toshli, betonli va xarsangtoshli terimdagi yoriqlarni berkitish;
podfermenniklarni kuchaytirish;
qirg‘oq tayanchlarini uzaytirish.
Uzatma, xomut va karkaslarni o‘rnatishorqali tayanchlarni kuchaytirish.
Kuchaytirish uchun uzatma, xomut va karkaslarni o‘rnatish amalga oshiriladi:
qirg‘oq tvayanchlarining teskari devorlarini;
qirg‘oq tvayanchlarining old devorlarini;
yoriqlarning ruxsat etilmagan rivojlanishida oraliq tayanchlarni.
Qirg‘oq tayanchlarining teskari devorlarini kuchaytirish, terim va gruntli
to‘ldirma orqali o‘tkaziladigan uzatmalar yordamida, keyinchalik ularni tortish bilan
bajariladi (139-rasm) [17, 52]. Uzatmalar diametri 25 - 30mm li sterjenlardan
tayyorlanadi va tortish uchun gaykalar bilan ta’minlanadi. Uzatmalar gaykasi ostiga
ikki tomonidan keng shayba yoki shvellerli to‘sinlar qo‘yiladi.
2. Qirg‘oq tayanchlarini uzatma va karkaslar bilan kuchaytirish sxemasi
Qirg‘oq tayanchlarining devorlarini kuchaytirish uchun, uzatma va vintli
tortuvchi muftalar yordamida mahkamlanadigan karkaslar rels, qo‘shtavr,
shvellerlardan tayyorlanadi (139-rasm).
Ilmiybaza.uz
139-rasm. Qirg‘oq tayanchlarini uzatma va karkaslar bilan kuchaytirish:
a – teskari devorlarni uzatmalar bilan (ko‘prik o‘qi bo‘ylab ko‘rinish);
b – xuddi shunday (rejadagi ko‘rinishi); v – yon tomon devori tekisligida
karkas bilan;
g – xuddi shunday old devorning; 1 – yoriq;2 – uzatmalar;tusin karkaselari
3 – tortuvchi mufta (ikki o‘qni ulovchi qism yoki mexanizm) lar; 4 – karkas
to‘sinlari;
5 – taqsimlovchi to‘sinlar (ustunlar)
Oraliq tayanchlarni rezbali muftalar bilan tortiladigan prokatli metalldan
tayyorlangan metall xomutlar yordamida kuchaytirishadi (140-rasm) [17, 52].
140-rasm. Oraliq tayanchlarni metall xomutlar bilan kuchaytirish: 1 – yoriq; 2
– homut
3. Oraliq tayanch terimini temirbetonli belbog‘lar bilan kuchaytirish.
Terimning ancha buzilishida oraliq tayanchlarni kuchaytirish temirbeton belbog‘
yoki qobiqlar yordamida amalga oshiriladi. Ular balandligi 1 – 1,5m va qalinligi 25
– 40sm bo‘lgan bitta yoki bir nechta gorizontal ko‘rinishda quriladi (141-rasm).
Belbog‘lar soni tayanchlar holatiga bog‘liq. Gorizontal yoriqlar bitta belbog‘ bilan,
Ilmiybaza.uz
vertikal va qiya yoriqlar esa balandligi bo‘yicha ikki-uch va undan ko‘p belbog‘lar
bilan yopiladi (141-rasm).
141-rasm. Oraliq tayanch terimini temirbetonli belbog‘lar bilan
kuchaytirish:
a – umumiy ko‘rinish; b – ko‘ndalang kesim; v –A tugun; 1 – teshik
(skvajina) ning monolitlash betoni; 2 – anker; 3 – armaturali karkas;
4 – belbog‘ning monolitlash betoni
Tayanchning butun balandligi bo‘yicha belbog‘larni qurishda ustki belbog‘
karniz toshi ostki sathida, ostki belbog‘ esa PSS dan yuqorida (ishlarni
tashkillashtirish shartlari bo‘yicha) quriladi. Tayanch balandligi bo‘yicha belbog‘lar
orasidagi masofa fasad bo‘yicha tayanch qalinligidan katta qabul qilinadi. Belbog‘
diametri 25mm gacha bo‘lgan stenjenli armaturadan tayyorlangan to‘rlar bilan
armaturalanadi, ular tayanch terimiga (25 – 30mm diametrli) 50-75sm chuqurlikka
kirgiziladigan, 18 -25mm li po‘lat ankerlar yordamida mahkamlanadi. Mo‘‘tadil
iqlim (klimat) li erlarda temirbetonli belbog‘larni tayyorlash uchun sinfi V22,5 dan
kam bo‘lmagan monolit beton qo‘llaniladi, tayanchning suv va muz gorizontining
o‘zgaradigan zonasida va sovuq iqlim sharoitlardagi erlarda joylashishida esa – V35
va F300 (sovuqbardoshligi bo‘yicha) [17, 18, 23].
4. Terimni sementlash orqali tayanchlarni kuchaytirish tartibi
Sementlash terimga burg‘ilangan skvajinalar orqali sementli rastvorni haydab
to‘ldirishni o‘z ichiga oladi. Yuboriladigan sementli rastvor yoriq va bo‘shliqlarni
Ilmiybaza.uz
to‘ldiradi, terimni mustahkamlaydi va u orqali suv filtratsiyasi (sizishi) ga qarshilik
ko‘rsatadi. Skvajinalarni burg‘ilash odatda qoplama choklari bo‘ylab bajariladi va
shaxmat tartibida joylashtiriladi (142, 144-rasmlar).
Bunda quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar ko‘zda tutiladi: burg‘ilanadigan skvajina
diametri dskv= 36 65mm skvajinaning yon tomonlarida gorizontga nisbatan 10 – 15o
burchak qiyaligida burg‘ilashadi, ferma osti maydonlaridan esa sement rastvorini
bosim ostida yuborilganda ko‘chib ketmasligi uchun, terim chetidan kamida 0,5 -
0,6m uzoqlikda vertikal qilib burg‘ilashadi; skvajina qadami qo‘shimchalarsiz
sement rastvorini yuborishganda askv= 0,81,2m; xuddi shunday plastifikatorli
qo‘shimchalar bilan askv= 1,22,0; tayanch jinsi terimi chetidan skvajina
markazigacha bo‘lgan masofa bskv= 0,50,6m; burg‘ilanadigan skvajina chuqurligi
shunday hisob bilan belgilanadiki, unda sementli qorishma massaviy barcha bo‘shliq
va yoriqlarni to‘ldirsin va, qoidaga ko‘ra, yirik tayanchlar uchun skvajinalarning ikki
tomondan joylashishida massiy qalinligining 3/8 qismidan oshmasligi kerak.
Ko‘priklar tayanchi terimini sementlash quyidagi asosiy ishlarni o‘z ichiga
oladi: skvajinalarni burg‘ilash; sementli rastvorni yuborish uchun skvajinalarni
tayyorlash; sementli rastvorni skvajinalarga yuborish.
142-rasm. Oraliq tayanch terimini sementlash: a – o‘q bo‘ylab ko‘rinish1;
b – ko‘prik o‘qiga ko‘ndalang ko‘rinish; lskv –chuqurligi; dskv– nskvajina
Ilmiybaza.uz
Sementlan uchun, qoidaga ko‘ra, markasi 300 dan kam bo‘lmagan sement va
aralashmalarsiz qumdan tayyorlangan toza sementli rastvor qo‘llanadi. Terimga
yuboriladigan
sementli
rastvor
sifatini
yaxshilash
uchun,
plastifikatorli
qo‘shimchalardan foydalaniladi.
Terimga sementli rastvorni yuborish uchun havoni siqib uzatuvchi
kompressorlar qo‘llaniladi, ishlar hajmi uncha katta bo‘lmaganda – dastaki porshenli
(plunjerli) nasoslar. Qabul qilingan bosimda sementli rastvorning singishi umuman
to‘xtasa,
skvajinalar
qoniqarli
sementlangan
hisoblanadi.
Sementlash
yakunlangandan so‘ng skvajinalar hajmi bo‘yicha 1:1:0,67 (sement, qum va suv)
tarkibli sementli rastvor bilan bekitiladi [17, 52].
5. Terimni torkretlash orqali tayanchlarni kuchaytirish
Torkretlash – muhandislik inshootlarining temirbeton, beton va toshli terimlarni
ta’mirlash va kuchaytirishda konstruksiya yuzasiga, siqilgan havo bosimi ostida bir
yoki bir necha qatlam sement, qum va suvdan tayyorlangan rastvorni yotqizish usuli.
Bunda oddiy beton yoki rastvor xossasidan farqlanadigan, zichlantirilgan torkret
qatlami yuzaga keladi. Torkret oddiy betonga nisbatan yuqori mexanik
mustahkamlik, sovuqbardoshlik, suv o‘tkazmaslik, inshoot terimi bilan yaxshi
tishlashish xususiyatlariga ega. Barcha jarayonlarning mexanizatsiyalashgani
torkretlashning afzalliklariga kiradi [17, 52].
Mustahkamligini oshirish va kirishish yoriqlari sodir bo‘lishidan saqlash uchun
torkret qatlamni metall to‘rlar bilan armaturalash tavsiya etiladi. Muhandislik
inshootlari terimini torkretlash bo‘yicha ishlar loyihaga mos ravishda va amaldagi
xujjatlar talablariga muvofiq bajariladi [17, 52].
Ko‘priklar tayanchlari terimining yuzasini torkretlash bo‘yicha ishlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi [17, 52]:
terimning torkretlanadigan yuzasini tayyorlash;
sementli-qumli qorishmani tayyorlash;
torkretni yotqizish;
torkret qoplamani parvarishlash;
Ilmiybaza.uz
torkret ishlari sifatini nazorat qilish.
Torkretlash uchun yuzani tayyorlashda terimning bo‘shashgan qismlarini olib
tashlaydi, yoriqlar va nuqsonli joylar tozalanadi, bu joylar va uning atrofida kertik
qilinadi, yuza qurum, balchiq, chang, mazut dog‘i va sh.o‘. lardan tozalanadi.
Torkretlanadigan yuzani tozalash simli cho‘tkalar yoki qumpurkagich apparat bilan
toza quruq kum bilan amalga oshiriladi. YUza tozalangandan so‘ng unga siqilgan
havo purkaladi va keyin bosimli suv oqimi bilan yuviladi.
Yirik tayanchlarning ta’mirida torkret qatlam 20 – 40mm qalinlikda quriladi.
Bunda torkret qatlami metall to‘r bilan armaturalanadi, u qatlamni katta
mustahkamlikka erishtiradi va kirishish yoriqlaridan saqlaydi. Torkretni
armaturalash quyidagicha amalga oshiriladi. torkretlash lozim bo‘lgan barcha
yuzalarda bir-biridan 400-500mm masofada diametri 16-20mm li va chuqurligi 150-
200mm li tuynuklar ochiladi, ularga diametri 8-10mm li uchlari qayrilgan shtir
(to‘g‘rilash moslamasi) (anker) lar sementli rastvorda kirgizib mahkamlanadi.
Ankerlarga to‘qilgan simlar bilan diametri 3-6mm li, kvadrat tomonlari 25mm dan
100mm gacha bo‘lgan to‘rlar ko‘rinishidagi armatura mahkamlanadi (144-rasm)
[17, 25, 52].
To‘rlarni shtirlarga biriktirish to‘qilgan simlar bilan bajariladi, to‘r yuzadan
kamida 10mm masofada o‘rnatiladi. Torkretlash uchun ishlar maxsus torkret-
qurilma yordamida bajariladi.
Ilmiybaza.uz
144-rasm. Qirg‘oq tayanchi terimi yuzasini torkretlash: a – o‘q bo‘ylab
ko‘rinish;
b – ko‘prik o‘qiga ko‘nlalang ko‘rinish; v – armaturali to‘r (A tugun); g –
shtirlar
o‘rnatiladigan zonadagi ko‘ndalang kesim; 1 – shtir (anker); 2 – armaturali
to‘r
NAZORAT SVAVOLLARI:
1. Ko‘priklar tayanchlarini kuchaytirish bo‘yicha ta’mirlash ishlarining turlari.
2. Qirg‘oq tayanchlarini uzatma va karkaslar bilan kuchaytirish sxemasi.
3. Oraliq tayanch terimini temirbetonli belbog‘lar bilan kuchaytirish.
4. Terimni sementlash orqali tayanchlarni kuchaytirish tartibi.
5. Terimni torkretlash orqali tayanchlarni kuchaytirish.
21-MA’RUZA
TO‘SINLI KO‘PRIKLARNING TAYANCHLARINI KUCHAYTIRISH
REJA:
1. Tayanchlarni temirbeton “ko‘ylak” (qobiq) qurish orqali kuchaytirish.
2. Qobiqni ta’mirlash va ko‘prik tayanchlarini qayta terish.
3. Ko‘priklar tayanchlarini podfermennik, kordon toshlari bilan kuchaytirish.
4. Qirg‘oq tayanchlarini uzaytirish.
5. Tayanchlarning nazorati, saqlovi va ta’miri.
6. Kirish yo‘llari va regulyasion inshootlarining ta’miri.
Ilmiybaza.uz
Tayanch so‘zlar va iboralar:
temirbeton “ko‘ylak” (qobiq); kuchaytirish; qobiqni ta’mirlash; ko‘prik
tayanchlarini qayta terish; podfermennik, kordon toshlari; qirg‘oq tayanchlarini
uzaytirish; tayanchlarning nazorati, saqlovi va ta’miri; kirish yo‘llari; regulyasion
inshootlar.
1. Tayanchlarni temirbeton “ko‘ylak” (qobiq) qurish orqali kuchaytirish
Temirbeton “ko‘ylak” ning qalinligini 12 – 15sm katta (qolipda betonlash sharti
bilan), qoplama to‘liq almashtirilganda esa 50-60smdan katta. Tayanchlarni mavjud
terim ishiga qo‘shilgan temirbeton “ko‘ylak” (qobiq) lar bilan kuchaytirish tashqi
yuklardan uni bo‘shatish ta’sirini ta’minlaydi.
Ko‘priklar tayanchlarida temirbeton “ko‘ylak” (qobiq)larni qurish bo‘yicha
ishlar tarkibi o‘z ichiga quyidagilarni oladi (145-rasm): yuzani tozalash; shpur
(tuynuk) larni burg‘ilash; ankerlarni o‘rnatish va keyin uni monolitlashtirish;
armaturali to‘rlarni montaj qilish; yig‘iladigan-echiladigan qolipni montaj qilish;
betonlash; qoliplarni echib olish; armatura va beton ishlarining sifatini nazorat
qilish.
Temirbeton “ko‘ylak” (qobiq) ni tayanchning eski terimi bilan bog‘lanishi anker
(shtir) lar o‘rnatish va uning yuzasini tarashlash orqali ta’minlanadi. SHpur
(tuynukcha) larni burg‘ilash ankerning kamida 8-10 diametri chuqurligida
perforatorlar yordamida amalga oshiriladi. SHpurlarning diametri, qoidaga ko‘ra,
anker diametridan 20mm katta qilib olinadi. 12 – 20mm diametrli ankerlar 1:3
(sement:qum) tarkibli rastvor bilan monolitlashtiriladi [17, 24, 52].
Qobiqlar terimga kirgizilgan shtirlar bilan mahkamlanadigan metall to‘rlar bilan
armaturalanadi. Katak o‘lchamlari 100-200mm bo‘lgan to‘rlar A240 sinfli diametri
10-16mm li armaturadan tayyorlanadi va shtirlarga to‘qiladigan sim bilan
bog‘lanadi. Qirg‘oq tayanchlarida qobiqlar ochiq yuzalar bo‘ylab gruntga 400-
500mm kirgizib quriladi (146-rasm). Qobiq poydevor qirg‘og‘iga tayanadi,
Ilmiybaza.uz
yuqorisidan zich qilib karniz osti yoki kordon toshlari yaqiniga keltiriladi.
Qobiqni betonlashni butun konturi bo‘ylab birdaniga amalga oshirish tavsiya
etiladi. YOtqiziladigan betonli qorishma yuzasining gorizontga nisbatan qiyalik
burchagi 35° dan katta bo‘lmasligi va betonni yotqizish va zichlantirish (tebratish)
da uning qatlamlanishini keltirib chiqarmasligi. Betonlash konstruksiyaning
simmetrikligini e’tiborga olib chetidan o‘rtasiga qarab olib borilishi lozim.
Zamonaviy sharoitlarda qolipning butun konturi bo‘ylab betonlash uchun
betonnasoslar o‘z tatbig‘ini topmoqda.
145-rasm. Temirbetonli “ko‘ylak” ni qurish: a – ankerlarni qurish;
b –armaturali setkani montaj qilish; v – ko‘pqatorli armaturali to‘rni montaj
qilish;
g – yig‘iladigan-echiladigan qolipni montaj qilish; d –betonnasos bilan
betonlash
Ilmiybaza.uz
146-rasm. Qirg‘oq tayanchining temirbetonli “ko‘ylagi” (qobig‘i): a – o‘q
bo‘ylab ko‘rinish; b – ko‘prik o‘qiga ko‘ndalang ko‘rinish; v – tayanchning
ko‘ndalang kesimi;
1 – anker (shtir) lar; 2 – armaturali to‘r; 3 – torgichlar; tob– qobiq qalinligi
Qolipda beton mustahkamligiga erishish davrida talab etiladigan namli rejim
ta’minlanadi va nazorat qilinadi. Qirg‘oq tayanchlari yon devorlarining temirbeton
qobiqlari sinish darajasiga qarab shkaf devori yuqorisi bo‘ylab yoki uning butun
balandligi bo‘ylab (terimni ajratib olish bilan) tortgichlar bilan o‘zaro tortiladi
(146,a-rasm). Ko‘tarma tomonidan qobiq teskari devor yon tomoniga kirgiziladi
yoki tortgichlar bilan biriktiriladi. Qirg‘oq tayanchlari teskari devori yon
tomonlarining yuqorisi bo‘ylab tortgichlarni qurish ishlari yukdan bo‘shatuvchi
osma paketlar o‘rnatilgandan so‘ng o‘yiqlarda amalga oshiriladi. Paketlarni olib
qo‘yish va o‘rnatish “tanaffus” da, ish joyini to‘xtash signallari bilan chegaralab va
ish joyi bo‘ylab poezdlarning 25km/s dan katta bo‘lmagan tezligi bilan harakati
to‘g‘risida (to‘xtash signallari olib tashlangandan so‘ng) ogohlantirish berish bilan
bajariladi . Temirbeton “ko‘ylak” ni haqiqiy sharoitlarda qurish, qoidaga ko‘ra,
poezdlar harakatida tanaffussiz amalga oshiriladi (146-rasm).
2. Qobiqni ta’mirlash va ko‘prik tayanchlarini qayta terish
Qobiqning ta’miri mahalliy buzilishida ayrim nuqsonli toshlarini almashtirish
bilan amalga oshiriladi. YAngi qobiq toshlari bo‘shliqlarni tozalash va sementli
rastvor bilan to‘ldirish orqali joyiga yotqiziladi. Agar qobiqlarni katta masshtabda
almashtirish talab etilsa, unda yangi qobiqni tayanch eski terimi bilan biriktiradigan
Ilmiybaza.uz
maxsus konstruksiya qo‘llanadi. Buning uchun eski terimga maxsus uchli ilmoqlarni
kiritib mahkamlanadi, ular bilan yangi qobiq toshlari ankerli xalqa (skoba) lar bilan
biriktiriladi. Past suv sathida shikastlangan qobiqlarni almashtirish, qoidaga ko‘ra,
qishda, suvning past sathida muzlatib bajariladi [17, 24, 52].
Tayanchlarni qayta terish ekspluatatsiya davrida ancha nuqsonlar olgan
terimning qoniqarsiz holatida bajariladi. Mazkur ishlar yukdan bo‘shatuvchi
tayanchlarni qurish bilan loyiha bo‘yicha bajariladi. Ko‘priklar tayanchlarining
buzilgan xarsang toshli terimini qisman qayta terishda eski terim yaroqsiz rastvori
bilan to‘laligicha olib tashlanadi. YAngi terim choklarni to‘g‘ri bog‘lashni e’tiborga
olib bajariladi. Rastvor bilan terimda qo‘llaniladigan tosh yaxshi bog‘lanishi uchun,
u loyqa va changdan tozalanadi, yuviladi, yotqizishdan oldin esa suv bilan
namlanadi. Terim tugashi bilan ularni etti kun nam holatda ushlab turib, chipta, eski
xalta va sh.o‘. lar bilan yopiladi. Tayanchlarni qayta terishda betonli terim oddiy
usullar bilan bajariladi [24, 52].
3. Ko‘priklar tayanchlarini podfermennik, kordon toshlari bilan
kuchaytirish
Ayrim bo‘shab qolgan kordon yoki karniz toshlarini qayta terish bu toshlar
yotqizilgan eski rastvor olib tashlanib, yangisini quyib amalga oshiriladi. Bunda
ishning quyidagi tartibiga amal qilinadi: toshlarni ponalarga o‘rnatish va shoqul
(otves) va sathi bo‘yicha tekshirish; choklarni kam filtrlovchi material (masalan,
qog‘oz yoki kanop losi) bilan tashqarisidan yuvish va yotqizish; 1:2 tarkibli sementli
rastvor bilan choklarni to‘ldirish; rastvor qotganidan so‘ng pona va kanop losini olib
tashlash; choklarni so‘tishni amalga oshirish.
Podfermenniklarda yoriqlar va yorilish (parchalanish) xavfi sodir bo‘lganda
ularni kuchaytirish metall xomutlarni o‘rnatish yoki temirbeton halqalarni qurish
yordamida amalga oshiriladi (147-rasm).