TO‘SINLI TEMIRBETON ORALIQ QURILMALARINI KUCHAYTIRISH (Oraliq qurilmalarni qiya uzatmalar qurish bilan kuchaytirish, Oraliq qurilmalar ballast koritasining gidroizolyasiyasini ta’mirlash)
Yuklangan vaqt
2024-04-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
592,8 KB
Ilmiybaza.uz
TO‘SINLI TEMIRBETON ORALIQ QURILMALARINI
KUCHAYTIRISH
REJA:
1. To‘sinli temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish to‘g‘risida ma’lumotlar.
2. Oraliq qurilmalarni ularning ko‘ndalang kesimini kattalashtirish orqali
kuchaytirish.
3. Oraliq qurilmalar bosh to‘sinini kuchaytirish bo‘yicha asosiy ishlar.
4. Oraliq qurilmani shprengelli konstruksiyalar bilan kuchaytirish bo‘yicha
ma’lumotlar.
5. Oraliq qurilmalarni qiya uzatmalar qurish bilan kuchaytirish.
6. Oraliq qurilmalarni tutib turuvchi konstruksiyalar yordamida kuchaytirish.
7. Oraliq qurilmalar ballast koritasining gidroizolyasiyasini ta’mirlash.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
oraliq qurilmalarni kuchaytirish; ko‘ndalang kesimni kattalashtirish orqali
kuchaytirish; oraliq qurilmalar bosh to‘sini; shprengelli konstruksiyalar; qiya
uzatmalar; tutib turuvchi konstruksiyalar; ballast koritasining gidroizolyasiyasi.
Ilmiybaza.uz
1. To‘sinli temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish to‘g‘risida
ma’lumotlar
To‘sinli temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish ularning normal va bosh
cho‘zuvchi
kuchlanishlar
bo‘yicha
ko‘taruvchanlik
xususiyati
va
yuk
ko‘taruvchanligini oshirish zarurati yuzasidan amalga oshiriladi . To‘sinli
temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish ikkita asosiy usullar bilan amalga
oshiriladi:
yangi material (armatura, beton) qo‘shish yo‘li bilan uning ko‘ndalang kesimini
oshirish orqali;
statik sxemasini o‘zgartirish orqali.
Kuchaytirish usulini tanlash oraliq qurilmalar elementlarining fizik holati,
ularning konstruktiv amalga oshirilishi, yuk ko‘taruvchanligi, ishni tashkillashtirish
va ko‘priklarning ekspluatatsiyasiga bog‘liq.
2. Oraliq qurilmalarni ularning ko‘ndalang kesimini kattalashtirish orqali
kuchaytirish
Normal kuchlanish bo‘yicha (ishchi sterjenlar korroziyasi tufayli kesimining
kuchsizlanishi) yuk ko‘taruvchanligini 15% gacha oshirish maqsadida kuchaytirish
bosh to‘sinlar belbog‘larining cho‘zuvchi armaturasini qo‘shish orqali amalga
oshiriladi (127-rasm).
127-rasm. Temirbetonli oraliq qurilmalar bosh to‘sinlarini armatura qo‘shib
kuchaytirish:
a – kalta armatura orqali armatura sterjenlarini payvandlash yordamida; b –
Ilmiybaza.uz
ko‘ndalang kesim A–A; v –karkasni payvandlab; 1 – kuchaytirishning bo‘ylama
armaturasi; 2 – mavjud armatura; 3 – kalta sterjen (armatura); 4 – yangi beton; 5
– qiya sterjen
Oraliq qurilmalar bosh to‘sinini kuchaytirish bo‘yicha asosiy ishlar
quyidagilardan iborat: beton himoya qatlamini sindirib olish va ishchi sterjenlar
ostki qatoridagi mavjud armatura diametrining yarmigacha ochish; eski armaturani
tozalash; uzunligi 10 – 20mm li qisqa armatura yordamida kuchaytirish armaturasini
payvanlash; qolipni o‘rnatish; betonlash.
Bundan tashqari, bosh to‘sin betonining olib tashlangan himoya qatlami
torkretlab
tiklanadi.
To‘sinli
temirbeton
oraliq
qurilmalarning
yuk
ko‘taruvchanligini ancha oshirish (15 – 35% gacha) maqsadida kuchaytirish
bo‘ylama va ko‘ndalang sterjenlar, hamda qisqa xomutlar tashkil topgan qo‘shimcha
armaturali karkasni payvandlash orqali amalga oshiriladi (127,v -rasm). Ish quyidagi
ketma-ketlikda bajariladi :
armaturali karkasni tayyorlash va beton qatlamini olib tashlash;
karkaslarni mavjud armaturaga payvandlash;
eski betonni yangi qatlam bilan tishlashishini oshirish uchun polimersementli
yoki epoksid-tiokolli qatlam bilan to‘ldirish;
qolipni o‘rnatish;
sinfi V30 dan kam bo‘lmagan beton bilan betonlash.
3. Oraliq qurilmalar bosh to‘sinini kuchaytirish bo‘yicha asosiy ishlar
Bosh to‘sinning bosh cho‘zuvchi kuchlanishlar bo‘yicha oraliq qurilmalarini
kuchaytirish zarurati tug‘ilganda, devorlari qalinligi tqob 5 10sm bo‘lgan, ularni
egilgan sterjen va xomutlar bilan armaturalab, temirbeton qobiqlar ichiga olinadi
(128-rasm). Qobiq xomutlari yuqoriga ballast korita plitasi armaturasiga
payvandlanadi.
Armaturaning ostki asosiy qo‘shiladigan sterjenlari mavjudiga payvandlanadi.
Betonlash qolipda amalga oshiriladi . Qushimcha armatura karkasini o‘rnatish
Ilmiybaza.uz
murakkabligi va sermehnatligi, uni mavjud armatura bilan kuchsiz bog‘lanishi
to‘sinlarni kuchaytirishdagi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
128-rasm. Oraliq qurilma bosh to‘sinini temirbetonli qobiq bilan
kuchaytirish:
1 – kuchaytirishgacha bosh to‘sin; 2 – temirbetonli qobiq; b – bosh to‘sin
eni;
tqob – qobiq qalinligi
4. Oraliq qurilmani shprengelli konstruksiyalar bilan kuchaytirish
bo‘yicha ma’lumotlar
Oraliq qurilmalarning statik sxemasini o‘zgartirish orqali kuchaytirish.
Temirbeton oraliq qurilmalar uchun ularning statik sxemasini o‘zgartirishda
kuchaytirishgacha va undan keyin ham ichki kuchlar ekspluatatsion epyurasi
ishoralarining mos tushishini ta’minlash zarur . Barcha ma’lum echimlardan bunga
eng ko‘p sxemasi quyida 129-rasmda keltirilgan kuchaytirishning shprengelli
konstruksiyalari javob beradi.
Ilmiybaza.uz
129-rasm. Oraliq qurilmani shprengelli konstruksiyalar bilan kuchaytirish: a –
armaturali sterjenlardan shprengellar; b – xuddi shunday tutam qilib yig‘ilgan
(po‘lat tros va kabellar)yuqori mustahkamli sim;v –shprengelli qurilma; 1 –
shprengel; 2 – po‘lat list; 3 – vertikaliga payvandlangan gorizontal po‘lat list; 4 –
dyubel; 5 – ankerli; 6 – hovon; 7 – fiksator; 8 – ushlab turuvchi shveller (№ 10–
12); 9 – biriktiruvchi mufta
Shprengellar, qoidaga ko‘ra, har bir to‘sin qovurg‘asining ikki tomonidan uning
bo‘ylama o‘qiga simmetrik ravishda parallel tekisliklarda o‘rnatiladigan ikki tarmoq
(bo‘toq) dan shakllantiriladi. Ularni tayyorlash uchun yuqori mustahkamli simlar,
tutam qilib yig‘ilgan yoki zavodda tayyorlangan eshilgan po‘lat troslar, hamda
yuqori mustahkamli armaturadan tashkil topgan kabeldan foydalaniladi. To‘sinlarni
samarali
yukdan
bo‘shatish
maqsadida
shprengellarni
odatda
oldindan
zo‘riqtirishadi, buning uchun oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda
qo‘llaniladigan ankerli mustahkamlagich va asbob-uskunalardan foydalaniladi.
Zarurat tug‘ilganda shprengellar domkratlar yordamida vertikal tekislikda ularni
Ilmiybaza.uz
cho‘zib yoki shprengel belbog‘i va to‘sinning ostki belbog‘i orasiga tirgaklar
o‘rnatib zo‘riqtirilishi mumkin .
Shprengelli tortgichlarni qurish bo‘yicha asosiy ishlar quyidagilardan tashkil
topgan:
po‘lat listlarni dyubel yoki boltlar bilan bosh to‘singa mahkamlash;
to‘sin tayanch oldi kesimlarida ankerli tirgaklarni qurish;
diafragma (ushlab turuvchi shveller) larniqurish;
shprengelli tortgirlarni qurish;
shprengelli tortgichlarni domkratlar yordamida hisobiy kuchga tortish;
tirgaklarda ankerlarni qurish;
shprengelli tortgichlarni germetiklash.
5. Oraliq qurilmalarni qiya uzatmalar qurish bilan kuchaytirish
Amaliyotda temirbetonli oraliq qurilmalarni kuchaytirish har xil po‘lat
elementlarni (listli yoki prokatli (chig‘irlangan)) qo‘shish orqali ko‘proq amalga
oshirilmoqda. Bosh to‘sinni kuchaytirishning variantlaridan biri cho‘zilgan zonada
po‘lat halqa va tayanch oldi uchastkalarda qiya uzatmalar bilan kuchaytirish
hisoblanadi. Bu echimlarda tashqi armaturalash prinsipidan foydalanishadi, u
xususan ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘priklarni kuchaytirishda qo‘llanadi (130-
rasm).
Temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish bo‘yicha ishlar ekspluatatsiya
qilnayotgan inshootlarda amalga oshirishini e’tiborga olsak, qoidaga ko‘ra, poezdlar
harakatida tanaffussiz, ularga xavfsizlik va ishlarning yuqori sifatini kafolatlaydigan
ancha jiddiy talablar qo‘yiladi .
Ilmiybaza.uz
130-rasm. Temirbetonli bosh to‘sinni tayanch oldi qismida qiya uzatmalar
bilan kuchaytirish sxemasi: a– o‘q bo‘ylab ko‘rinish; b– to‘sinning ko‘ndalang
kesimi;1 – bolt; 2 – plastinkalar; 3 – qiya uzatmalar; 4 – tirgaklar; 5 – shveller
(qobiq); 6 – polimerli rastvor
6. Oraliq qurilmalarni tutib turuvchi konstruksiyalar yordamida
kuchaytirish
Temirbetonli oraliq qurilmalarning nuqsonli konsollarini kuchaytirish uchun har
xil tutib turuvchi konstruksiyalar qo‘llaniladi (131-rasm) .
131-rasm. Ko‘tarma konsollari bilan temirbeton oraliq qurilmani
kuchaytirish uchun tutib turuvchi to‘sin qurish: 1 – ko‘tarma konsol; 2 –
sharnir; 3 – gayka, shayba va qistirma (prokladka) lari bilan boltlar komplekti;
4 – konsolning qo‘zg‘almas qismi;
5 – prokladkalar; 6 – tutib turuvchi (ko‘taruvchi) to‘sin
7. Oraliq qurilmalar ballast koritasining gidroizolyasiyasini ta’mirlash
Suv qochiruvchi quvur (trubka) chalar zonasidagi gidroizolyasiyani ta’mirlash,
ularni loyqalardan tozalash va nuqsonli quvurchalarni almashtirish uchun kichik
uzunlikdagi (2,5 – 3,0m) relsli paketlardan foydalanishadi (132-rasm) .
Relli paketlar aqinlashtirilgan shpallarda nuqsonlar zonasida o‘rnatiladi. Paket
oralig‘i chegarasida shpallar maxsus xomutlarda osiladi, u ballastning qisman
o‘yig‘ini bajarish, nuqsonli joyni ochish va mazkur paket himoyasida ta’mirni
amalga oshirish imkonini beradi. Ishlarni bajarish vaqtida tezlik 25km/s gacha
chegaralanadi.
Ilmiybaza.uz
Yuzasi bo‘yicha anchagina shikastlangan gidroizolyasiyaning ta’miri uchun
yotqizilgan brus orqali ballast korita plitasiga tayanadigan yukdan bo‘shatuvchi
inventar paketlar qo‘llaniladi. Paketlar pasaytirilgan qurilish balandliligiga ega, u
paketning uzunligi 5,7m bo‘lganda 0,235m ga va 11,7m orlig‘ida esa 0,251m ga
teng. Paketlarni o‘rnatish va ularni echib olish temir yo‘l kran (yo‘lyotqizgich) lari
bilan amalga oshiriladi .
132-rasm. Xomutli yukdan bo‘shatuvchi relsli paket sxemasi: a – fasad;
b – ko‘ndalang kesim; 1 – xomutning ustki plankasi; 2 – xomutning ostki
plankasi; 3 –gabarit chizig‘i; 4 – yo‘l relsi; 5 – paket relslari; 6 – shpala
Gidroizolyasiyaning ta’miri uchun materiallar sifatida beton va sement-qumli
rastvor, mastika, armaturalovchi mato (shishatola, shishito‘r, antiseptiklang mato,
gidroizol) lar, armaturalovchi himoya qatlam, diamer1 – 2mm li kataklari 5050 dan
7575mm gacha bo‘lgan simdan tayyorlangan metall to‘rlar qo‘llaniladi.
Yaxshilangan fizik-mexanik va texnologik tavsiflari bilan farqlanadigan boshqa
gidroizolyasiya material (tiokolli mastika, perxlorvinilli plyonka, tekislanadigan
qatlamga elimlanadigan rezina ko‘rinishidagi gilamga o‘xshash material va b.) lari
ham o‘z tatbig‘ini topmoqda .
Temirbeton oraliq qurilmalar ballast koritalari gidroizolyasiyasining ta’miri
uchun Rossiya yo‘l va inshootlar Bosh boshqarmasi konstruktorlik byurosi abishl
chiqqan ixtisoslashtirilgan poezdlari o‘z tatbig‘ini topmoqda. Gidroizolyasiyaning
ta’miri uchun tiokol mastika (Moskva, Ko‘priklar ITI texnologiya) sini qo‘llab
ixtisoslashtirilgan poezd yo‘l yotqizuvchi kran va g‘ildirakli liniya (iz) bilan
jihozlangan ikki qavat (yarus) li platformalardan tashkil topgan (133-rasm).
Ilmiybaza.uz
133-rasm. Balllast koritalari gidroizolyasiyasining ta’miri uchun
istisoslashtirilgan poezd sxemasi: a – transport holatida; b – ish holatida
(strelkalar bilan konteynerlar ko‘chishining texnologik potogi ko‘rsatilgan); 1 –
yo‘l yotqizuvchi kran; 2 – traktor-ekskavator; 3 – ikki qavatli g‘ildirakli liniyalari
bilan platformlar; 4 – konteyner va taglik (poddon) lar; 5 – ta’mirlanadigan
uchastka
Ishlab chiqarish ishlari texnologiyasida g‘ildirakli traktor-ekskvator va maxsus
yordamchi asbob-uskuna (ballast koritasi yuzasini quritish uchun apparaturasi bilan
taglik, mastikani tayyorlash uchun qorishtirgich) lardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Ishlab chiqarish uchun zaruriy material (qum, chaqiq tosh) lar o‘zini o‘zi
bo‘shatadigan konteyner-dozatorlarga joylashtiriladi, tiokolli mastikani tayyorlash
uchun komponent (tarkibiy qism) lar qorishtirgich tagligiga joylashtiriladi. Peregon
(ikki qo‘shni stansiya orasidagi masofa) ga uzatishda transtor-ekskvator yo‘l
yotqizuvchi platformasida joylashtiriladi. Texnologik asbob-uskuna, materiallari
bilan konteyner va yuksiz konteynerlar texnologik jarayonlarda ulardan foydalanish
ketma-ketligini e’tiborga olib, g‘ildirakli platformalarning ostki yarusida
joylashtiriladi. Ishlar “tanaffus” da amalga oshiriladi. “Tanaffus” dan so‘ng poezdlar
harakati cheklovsiz amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan poezddan foydalanish
ballast koritasi 8 - 10m ning gidroizolyasiyasini bir soatda ishlarni jadal sur’ati
(tempi) bilan ta’mirlash imkonini beradi .
NAZORAT SAVOLLARI:
1. To‘sinli temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish to‘g‘risida ma’lumotlar.
2. Oraliq qurilmalarni ularning ko‘ndalang kesimini kattalashtirish orqali
kuchaytirish.
Ilmiybaza.uz
3. Oraliq qurilmalar bosh to‘sinini kuchaytirish bo‘yicha asosiy ishlar.
4. Oraliq qurilmani shprengelli konstruksiyalar bilan kuchaytirish bo‘yicha
ma’lumotlar.
5. Oraliq qurilmalarni qiya uzatmalar qurish bilan kuchaytirish.
6. Oraliq qurilmalarni tutib turuvchi konstruksiyalar yordamida kuchaytirish.
7. Oraliq qurilmalar ballast koritasining gidroizolyasiyasini ta’mirlash.