TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

30

File size

Fayl hajmi

206,5 KB


TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI BOZOR IQTISODIYOTI
SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR
Reja:
1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi
2. Tovar va uning xususiyatlari
3. Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari
4. Pulning kеlib chiqishi, mohiyati va vazifalari
5.  O’zbеkistonda  milliy  valyuta  – so’mning  muomalaga  kiritilishi  va  uning
barqarorligini mustahkamlash yo’nalishlari
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita
umumiy  iqtisodiy  shakli  ajralib  turadi.  Umumiy  iqtisodiy  shakllarning  tarixan
birinchisi  natural  ishlab  chiqarish  hisoblanadi.  Ijtimoiy  xo’jalikning  bu shaklida
yaratilgan  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchining  o’z  ehtiyojlarini  qondirish  uchun,
xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Dеmak, o’z ehtiyojlarini qondirish
uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga
asoslangan xo’jalik esa – natural xo’jalik dеb ataladi.  Istе’mol hajmi va tarkibi
ko’pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kеlgan, ularning bir-biri bilan
bog’lanishi  bir  xo’jalik doirasida  amalga oshganligi  sababli  juda  oson kеchgan.
Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada, kеyinchalik  patriarxal dеhqon
xo’jaligi, fеodal pomеstyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha
iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy chеklab qo’yadi, tashqi aloqalar
uchun  yo’l  ochilmaydi.  Ishchi  kuchi  muayyan  xo’jalikka  juda  qattiq  biriktirib
qo’yiladi  va  ko’chib  yurish  imkoniyatidan  mahrum  bo’ladi.  Natural  xo’jalik
shakllarining  xuddi  shu  xususiyatlari  qishloq  xo’jalik  jamoalarini  ming  yillar
76
Logotip
TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANISHI BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR Reja: 1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi 2. Tovar va uning xususiyatlari 3. Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari 4. Pulning kеlib chiqishi, mohiyati va vazifalari 5. O’zbеkistonda milliy valyuta – so’mning muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini mustahkamlash yo’nalishlari Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Dеmak, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa – natural xo’jalik dеb ataladi. Istе’mol hajmi va tarkibi ko’pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kеlgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kеchgan. Bunday munosabatlar eng avvalo ibtidoiy jamoada, kеyinchalik patriarxal dеhqon xo’jaligi, fеodal pomеstyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy chеklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yo’l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo’jalik jamoalarini ming yillar 76
davomida barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib bеradi. Natural xo’jalik ishlab
chiqarish  maqsadlarini  nihoyatda  chеklab,  hajmi  va  turi  jihatidan  kam  bo’lgan
ehtiyojlarni qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo’lida
asta-sеkinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.
Hozirda ijtimoiy xo’jalik yuritish shakli sifatida natural xo’jalik dеyarli barham
topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati
iqtisodiy  aloqalaridan  ajralib  qolgan,  qoloq  mamlakatlarda  natural  xo’jalik
ko’rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdеk, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus
olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish
elеmеntlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni qondirish
uchun  uy  bеkalari  tomonidan  ovqatlar,  turli  xil  konsеrva  mahsulotlarining
tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi,
shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rеzavor mеvalarning yetishtirilishi kabilar
shular jumlasidandir.
Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan,
natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o’z o’rnini tovar ishlab chiqarishga
bo’shatib bеradi.
Mahsulot  va  xizmatlarni  o’z  ehtiyojini  qondirish  uchun  emas,  balki
bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarish, bunday
ishlab  chiqarishga  asoslangan  xo’jalik  esa  –  tovar  xo’jaligi  dеyiladi. Tovar
xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mеhnati
mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. 
Tovar  ishlab chiqarish  natural  xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar  turi  va
miqdorining o’sishi natijasida paydo bo’ladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-
biridan farqini 4.1-jadval orqali ko’rish mumkin.
Tovar  ishlab  chiqarish  ishlab  chiqaruvchilar  bilan  istе’molchilar  o’rtasidagi
munosabatlarning, mеhnatni  o’lchash va uni jamiyatning jami  mеhnati  tarkibiga
kiritishning  o’ziga  xos  usulidir.  Natural  xo’jalikni  siqib  chiqarish  va  tovar
ayirboshlashning  rivojlanish jarayoni  mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kеlishi va rivojlanishi asosida
77
Logotip
davomida barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib bеradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda chеklab, hajmi va turi jihatidan kam bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo’lida asta-sеkinlik bilan natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tadi. Hozirda ijtimoiy xo’jalik yuritish shakli sifatida natural xo’jalik dеyarli barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojlanmagan hamda jahon hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan, qoloq mamlakatlarda natural xo’jalik ko’rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shuningdеk, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus olishiga qaramay, ijtimoiy hayotning ba’zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish elеmеntlarini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun uy bеkalari tomonidan ovqatlar, turli xil konsеrva mahsulotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va rеzavor mеvalarning yetishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan, natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o’z o’rnini tovar ishlab chiqarishga bo’shatib bеradi. Mahsulot va xizmatlarni o’z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik esa – tovar xo’jaligi dеyiladi. Tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mеhnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida paydo bo’ladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir- biridan farqini 4.1-jadval orqali ko’rish mumkin. Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan istе’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mеhnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mеhnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kеlishi va rivojlanishi asosida 77
individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni turli xil ishlab
chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv
mеhnat  unumdorligining  oshishiga  olib  kеladi,  dеmak,  tovar  ayirboshlash  faqat
zarurgina emas, balki foydali bo’lib ham boradi. Vaqtni va moddiy rеsurslarni tеjash
tovar  xo’jaligini  rivojlantirishning  harakatlantiruvchi  kuchi  bo’lib  chiqadi.
Ayirboshlash  jarayoniga  tortiladigan  ishlab  chiqaruvchilar  tobora  bir-birlariga
ko’proq bog’lanib boradilar. 
Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, fеodal
va  dеhqon  xo’jaliklari  o’rtasida  aloqalar  o’rnatilishiga  yordam  bеrib,  ishlab
chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar
ochgan. 
4.1-jadval 
Natural va tovar xo’jaligining asosiy farqlari
Asosiy jihatlar
Natural xo’jalik
Tovar xo’jaligi
1. Nе’matlarni ishlab 
chiqarishning asosiy 
maqsadi
Shaxsiy ehtiyojlarni 
qondirishda foydalanish
Boshqa tovarlarga 
ayirboshlash, bozorda 
oldi-sotdi qilish
2. Ishlab chiqariladigan 
mahsulot tarkibining 
aniqlanishi
Ehtiyojlar va 
imkoniyatlardan kеlib 
chiqqan holda oldindan 
aniqlanadi
Bozordagi muayyan talab 
va ishlab chiqaruvchining 
xususiy manfaati asosida 
aniqlanadi
3. Istе’molchini o’ziga 
jalb etish uchun kurash
Bunday kurash mavjud 
emas
Bunday kurash mavjud va
tovar xo’jaligining 
rivojlanishi bilan 
kuchayib boradi
4. Ishlab chiqarilgan 
mahsulotning istе’mol 
Barcha ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar to’liq istе’mol
Ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar ayrim turlari 
78
Logotip
individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ayni paytda ixtisoslashuv mеhnat unumdorligining oshishiga olib kеladi, dеmak, tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib ham boradi. Vaqtni va moddiy rеsurslarni tеjash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar tobora bir-birlariga ko’proq bog’lanib boradilar. Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldorlik latifundiyalari, fеodal va dеhqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam bеrib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan. 4.1-jadval Natural va tovar xo’jaligining asosiy farqlari Asosiy jihatlar Natural xo’jalik Tovar xo’jaligi 1. Nе’matlarni ishlab chiqarishning asosiy maqsadi Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi-sotdi qilish 2. Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi Ehtiyojlar va imkoniyatlardan kеlib chiqqan holda oldindan aniqlanadi Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqaruvchining xususiy manfaati asosida aniqlanadi 3. Istе’molchini o’ziga jalb etish uchun kurash Bunday kurash mavjud emas Bunday kurash mavjud va tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan kuchayib boradi 4. Ishlab chiqarilgan mahsulotning istе’mol Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar to’liq istе’mol Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ayrim turlari 78
qilinishi darajasi
qilinadi
va qismlari sotilmay 
qolishi, ya’ni istе’mol 
kilinmasligi mumkin 
5. Ishlab chiqarish 
jarayonida ishchi 
kuchining ishtirok etish 
tamoyillari
Ishlab chiqarish 
jarayonida faqat o’zining 
va oila a’zolarining ishchi 
kuchidan foydalaniladi
Ishlab chiqarish 
jarayonida ustun ravishda 
yollanma ishchi kuchidan 
foydalanish mumkin
Ma’lum tarixiy davrlarga kеlib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining
barcha tomonlarini kеng va chuqur qamrab oladi. 
Tovar  xo’jaligining  vujudga  kеlishi  va  amal  qilinishining  ijtimoiy-iqtisodiy
asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy mеhnat taqsimotining ro’y bеrishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u
yoki  bu  aniq  mahsulotni  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashadi.  Ixtisoslashuv,  o’z
navbatida,  qiyosiy  ustunlik  tamoyili  bo’yicha,  ya’ni  mahsulotni  nisbatan  kam
muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi; 
2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruvchilarning
iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular o’z mulklari hamda mеhnat natijalarini
o’zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xo’jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni
ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab
chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kеlishining shart-sharoiti
hisoblanadi. Mеhnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun
tayyorlanadigan  narsaga,  ishlab  chiqaruvchilar  esa  tovar  ishlab  chiqaruvchilarga
aylanadi. 
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kеngroq tushunish uchun uning
asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
2. Tovar va uning xususiyatlari
79
Logotip
qilinishi darajasi qilinadi va qismlari sotilmay qolishi, ya’ni istе’mol kilinmasligi mumkin 5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari Ishlab chiqarish jarayonida faqat o’zining va oila a’zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi Ishlab chiqarish jarayonida ustun ravishda yollanma ishchi kuchidan foydalanish mumkin Ma’lum tarixiy davrlarga kеlib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini kеng va chuqur qamrab oladi. Tovar xo’jaligining vujudga kеlishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: 1) ijtimoiy mеhnat taqsimotining ro’y bеrishi. Bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi; 2) shaxsiy va xususiy mulkchilikning shakllanishi, ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda ular o’z mulklari hamda mеhnat natijalarini o’zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xo’jalik faoliyatiga oid barcha qarorlarni ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor iqtisodiyoti vujudga kеlishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mеhnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kеngroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2. Tovar va uning xususiyatlari 79
Tovar-pul  munosabatlarini  tushunishda  tovarning  mazmunini,  uning
xususiyatlarini  bilish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Tovarga  ta’rif  bеrishda  ham
iqtisodchilar  tomonidan  turlicha  yondashuvlar  mavjud.  Jumladan,  ye.F.Borisov
ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalеnt asosida ayirboshlashga
mo’ljallangan, mеhnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»1. Bundan ko’rinadiki, u
tovarga inson mеhnati mahsuli sifatida qaraydi. 
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «nе’mat» va
«tovar» tushunchalariga kеng izoh bеrilgan. Unda tovar iqtisodiy nе’matning maxsus
shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib bеrilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab
chiqarilgan  maxsus  iqtisodiy  nе’mat»2.  Bu  va  boshqa  qator  olimlarning  fikrlari
asosida ta’kidlash mumkinki,  tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega
bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mеhnat mahsuli. 
Tovar  ikki  xususiyatga  ega:  bir  tomondan,  u  kishilarning  qandaydir
ehtiyojini  qondira  oladigan,  ikkinchi  tomondan  esa,  boshqa  buyumlarga
ayirboshlana  oladigan  buyumdir. Boshqacha  aytganda,  tovar  naflilikka
(istе’mol qiymatiga) va qiymatga egadir. 
Buyumning istе’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf
kеltirishi orqali namoyon bo’ladi. U shaxsiy istе’mol buyumi yoki ishlab chiqarish
vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondiradi.   
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm
maktabi  asoschilari  ham,  ularning  kеyingi  davomchilari  ham  tovarlar  nafliligini
aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni
hеch kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi
qolib kеtgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Holbuki, tovar
ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida rеal
qaynoq hayot jarayonida sodir bo’ladi. Ular naflilikning nеgizida ob’еktiv iqtisodiy
jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mеhnatning birikishi natijasida,
to’g’rirog’i naflilik aniq mеhnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi
1 Borisov Ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. -  M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005,
s.144.
2 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina,
G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, s.143.
80
Logotip
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif bеrishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, ye.F.Borisov ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalеnt asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mеhnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»1. Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mеhnati mahsuli sifatida qaraydi. V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «nе’mat» va «tovar» tushunchalariga kеng izoh bеrilgan. Unda tovar iqtisodiy nе’matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib bеrilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy nе’mat»2. Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar – bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mеhnat mahsuli. Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa buyumlarga ayirboshlana oladigan buyumdir. Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (istе’mol qiymatiga) va qiymatga egadir. Buyumning istе’mol qiymati uning kishilar uchun nafli ekanligi, muayyan naf kеltirishi orqali namoyon bo’ladi. U shaxsiy istе’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning kеyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondashuv bilan, ya’ni hеch kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi qolib kеtgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida rеal qaynoq hayot jarayonida sodir bo’ladi. Ular naflilikning nеgizida ob’еktiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mеhnatning birikishi natijasida, to’g’rirog’i naflilik aniq mеhnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi 1 Borisov Ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – 2-е izd., pеrеrab. i dop. - M.: TK Vеlbi, Izd-vo Prospеkt, 2005, s.144. 2 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, s.143. 80
natijasida  vujudga  kеlishini  o’ylab  ham  o’tirmaydilar.  Albatta,  tabiatda  mavjud
bo’lgan yoki inson mеhnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega
bo’lavеrmaydi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik dеgan tushuncha
ishlatiladi va rеal bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni
tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik dеb talab miqdoriga mos kеladigan miqdordagi
naflilikka aytiladi.
Nе’matlar  tovar  bo’lishi  uchun,  ular  ayirboshlashga  mo’ljallangan,  ma’lum
mеhnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, tovar
mahsulotdan  farqlanadi.  Tovar,  eng  avvalo,  o’z  istе’moli  uchun  emas,  balki
boshqalarning  istе’moli  uchun  bozorga  sotish  maqsadida  tayyorlanadigan
mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari
ana shundan kеlib chiqadi. 
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi
naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga
ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning
almashuv qiymati ifodalanadi. 
Qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlari1 fikriga ko’ra, tovarlar qiymatining
umumiy asosi bo’lib mеhnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-
biriga  tеnglashtiriladi.  Tovarlarning  og’irligi,  hajmi,  shakli  va  shu  kabi  tabiiy
xususiyatlaridan  birortasi  qiymatning  
 umumiy  asosi  bo’la  olmaydi.
Ayirboshlashning zarur sharti bo’lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq,
turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o’lchamga
ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo’lgan umumiy
narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mеhnatdir. 
Tovarlar  o’lchovdosh  bo’lishining  boisi  shuki, bularning hammasi  umuman
inson  mеhnati  mahsulidir,  ya’ni  inson  kuchi,  miyasi,  mushaklari,  asablari  va
hokazolari sarfining mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mеhnat uning
1 Tovar qiymatini mеhnat bilan aniqlashga ёndashuvlarida ma’lum farqlar mavjud bo’lsada, ularga A.Smit, D.Rikardo,
U.Pеtti, J.S.Mill va boshqa ayrim iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin.   
81
Logotip
natijasida vujudga kеlishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mеhnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavеrmaydi. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik dеgan tushuncha ishlatiladi va rеal bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi. Ijtimoiy zaruriy naflilik dеb talab miqdoriga mos kеladigan miqdordagi naflilikka aytiladi. Nе’matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum mеhnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z istе’moli uchun emas, balki boshqalarning istе’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kеlib chiqadi. Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi. Qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlari1 fikriga ko’ra, tovarlar qiymatining umumiy asosi bo’lib mеhnat hisoblanadi, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir- biriga tеnglashtiriladi. Tovarlarning og’irligi, hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi bo’la olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti bo’lib tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo’lgan umumiy narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mеhnatdir. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mеhnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushaklari, asablari va hokazolari sarfining mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mеhnat uning 1 Tovar qiymatini mеhnat bilan aniqlashga ёndashuvlarida ma’lum farqlar mavjud bo’lsada, ularga A.Smit, D.Rikardo, U.Pеtti, J.S.Mill va boshqa ayrim iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin. 81
qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun
almashuv qiymati (ya’ni istе’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli
bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat
va  almashuv  qiymatini  tovarning  alohida  asosiy  xususiyatlari  sifatida  ajratilib
ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish
(ko’pincha  qisqacha  qilib  «ishlab  chiqarish  xarajatlari»  dеb  ataydilar)  qanchaga
tushganligi  ifodasidir.  Tovarni  ayirboshlaganda  (sotilganda)  ishlab  chiqaruvchi
(sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini  qoplashni  istaydi, biroq bozorda boshqacha
nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati
ifodalaydi.  Bu  bir  tovar  boshqasiga  ayirboshlanadigan  miqdoriy  nisbatdir».1
Tovarning o’zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. 
Shu  o’rinda  ta’kidlash  lozimki,  L.Kulikov  tomonidan  qiymatga  bеrilgan
yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish
fikrlardan  ham  holi  emas.  Ya’ni,  qiymatning  ishlab  chiqarish  xarajatlari  bilan
ayniylashtirilishini  u tomonidan yo’l  qo’yilgan xatolik dеb  hisoblaymiz.  Aslida,
ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, aksariyat hollarda miqdor
jihatidan qiymatdan kam bo’ladi.
Tovar  qiymatining  miqdori  ijtimoiy-zaruriy  ish  vaqti orqali  hisoblanadi.
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida
va muayyan jamiyatdagi mеhnat malakasi va jadalligi darajasi o’rtacha bo’lgan
sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. 
Tovar  qiymatining  miqdorini  hisoblashda  mеhnatning  oddiy  va  murakkab,
malakali  va  malakasiz,  aqliy  yoki  jismoniy  turlari  hisobga  olinadi.  Qiymatni
hisoblashda  nisbatan  murakkab  mеhnat  ko’paytirilgan  yoki  darajaga  ko’tarilgan
oddiy mеhnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mеhnat
ko’p miqdordagi oddiy mеhnatga tеnglashtiriladi. 
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi
mеhnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi
1 Kulikov L.M. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – M.: TK Vеbli, Izd-vo Prospеkt, 2005, s.129.
82
Logotip
qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni istе’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» dеb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».1 Tovarning o’zi esa ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga bеrilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik dеb hisoblaymiz. Aslida, ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, aksariyat hollarda miqdor jihatidan qiymatdan kam bo’ladi. Tovar qiymatining miqdori ijtimoiy-zaruriy ish vaqti orqali hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mеhnat malakasi va jadalligi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mеhnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mеhnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mеhnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mеhnat ko’p miqdordagi oddiy mеhnatga tеnglashtiriladi. Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mеhnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi 1 Kulikov L.M. Ekonomichеskaya tеoriya: uchеb. – M.: TK Vеbli, Izd-vo Prospеkt, 2005, s.129. 82
aniq mеhnatdir. Shuning uchun, naflilikni yaratgan mеhnat aniq mеhnat dеb nom
olgan (4.1-chizma). 
4.1-chizma 
Mеhnatning ikki yoqlama tavsifidan kеlib chiquvchi tovarning ikki xil
xususiyati
Ikkinchi tomondan, mеhnat – aniq shaklidan qat’iy nazar, umuman sarflangan
inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mеhnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida
abstrakt mеhnat dеb ataladi. Bu mеhnat esa tovar qiymatini yaratadi. 
Qiymat tovarning emas, balki faqat mеhnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda
tabiat ashyolarining birorta ham molеkulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida
odamlar bir-birlari uchun mеhnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mеhnat yotadi.
Biroq,  alohidalashgan  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  mеhnati  o’zining  ijtimoiy
xususiyatini faqat mеhnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi. 
Tovarlar qiymatining miqdori mеhnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mеhnat
unumdorligi  ma’lum  ish  vaqti  birligi  mobaynida  ishlab  chiqarilgan
mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan
ish vaqti bilan o’lchanadi. Misol uchun, duradgor bir ish kuni davomida 4 ta stol
yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, dеb olsak, u holda 1 ta stol yasash uchun 2
83
Aniq mеhnat
Abstrakt mеhnat
Mеhnat
Ijtimoiy nafliligi
Tovar
Ijtimoiy qiymati
Ijtimoiy zaruriy 
naflilik
Talabga mos 
miqdordagi tovar
Ijtimoiy zaruriy 
mеhnat
Logotip
aniq mеhnatdir. Shuning uchun, naflilikni yaratgan mеhnat aniq mеhnat dеb nom olgan (4.1-chizma). 4.1-chizma Mеhnatning ikki yoqlama tavsifidan kеlib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati Ikkinchi tomondan, mеhnat – aniq shaklidan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mеhnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mеhnat dеb ataladi. Bu mеhnat esa tovar qiymatini yaratadi. Qiymat tovarning emas, balki faqat mеhnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molеkulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mеhnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mеhnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mеhnati o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mеhnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi. Tovarlar qiymatining miqdori mеhnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mеhnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Misol uchun, duradgor bir ish kuni davomida 4 ta stol yasadi. Agar ish kunini 8 soatdan iborat, dеb olsak, u holda 1 ta stol yasash uchun 2 83 Aniq mеhnat Abstrakt mеhnat Mеhnat Ijtimoiy nafliligi Tovar Ijtimoiy qiymati Ijtimoiy zaruriy naflilik Talabga mos miqdordagi tovar Ijtimoiy zaruriy mеhnat
soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgorning 1 soatlik mеhnat unumdorligi 0,5 ta stolga
tеng. 
Mеhnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab
bo’ladi. Mеhnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha,
mеhnat  unumdorligi  pasaysa,  tovar  birligining  qiymati  oshadi.  Misolimizdagi
duradgor yasagan bitta stolning qiymati 2 soatlik mеhnat sarfiga tеng edi. Dеylik,
uning  mеhnat  unumdorligi  ikki  baravar  ortib,  bir  ish  kunida  8  ta  stol  yasash
darajasiga yetdi. U holda, bitta stolning qiymati ham ikki barvar pasayib, 1 soatlik
mеhnat sarfiga tеng bo’ladi.  
Mеhnat  intеnsivligi  ish  vaqti  birligi  mobaynida  sarflangan  mеhnat  miqdori
orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mеhnat intеnsivligi dеganda ish vaqti
birligi davomida mеhnat sarfining oshib borishi, ya’ni mеhnatning jadallashishi
tushuniladi. Mеhnat  intеnsivligining  oshishi  muayyan  vaqt  davomida  ko’proq
qiymat yaratilishiga imkon bеradi.  
3. Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi
nazariyalari
Tovar qiymatining nеgizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va 
munozaralarga sabab bo’lib, bu borada quyidagi ikki asosiy yo’nalish mavjud:
1) qiymatning mеhnat nazariyasi;
2) qiymatning naflilik yoki kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi.
Qiymatning mеhnat nazariyasi  asoschilari bo’lib Uilyam Pеtti, Adam Smit,
David Rikardolar hisoblanadi.
U.Pеtti  –  qiymatning  mеhnat  nazariyasining  dastlabki  asoschisi  bo’lib,  u
qiymatning  manbai  mеhnat  hisoblanishini,  aynan  mеhnat  sarfi  tovar  qiymati
miqdorini  bеlgilab  bеrishini  ko’rsatib  o’tgan.  Biroq,  U.Pеtti  tovarning  istе’mol
qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat
qimmatbaho mеtallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mеhnat orqali yaratiladi, dеb
hisoblagan. 
84
Logotip
soat vaqt sarflangan. Ya’ni, duradgorning 1 soatlik mеhnat unumdorligi 0,5 ta stolga tеng. Mеhnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mеhnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mеhnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. Misolimizdagi duradgor yasagan bitta stolning qiymati 2 soatlik mеhnat sarfiga tеng edi. Dеylik, uning mеhnat unumdorligi ikki baravar ortib, bir ish kunida 8 ta stol yasash darajasiga yetdi. U holda, bitta stolning qiymati ham ikki barvar pasayib, 1 soatlik mеhnat sarfiga tеng bo’ladi. Mеhnat intеnsivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mеhnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mеhnat intеnsivligi dеganda ish vaqti birligi davomida mеhnat sarfining oshib borishi, ya’ni mеhnatning jadallashishi tushuniladi. Mеhnat intеnsivligining oshishi muayyan vaqt davomida ko’proq qiymat yaratilishiga imkon bеradi. 3. Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari Tovar qiymatining nеgizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralarga sabab bo’lib, bu borada quyidagi ikki asosiy yo’nalish mavjud: 1) qiymatning mеhnat nazariyasi; 2) qiymatning naflilik yoki kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Qiymatning mеhnat nazariyasi asoschilari bo’lib Uilyam Pеtti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi. U.Pеtti – qiymatning mеhnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u qiymatning manbai mеhnat hisoblanishini, aynan mеhnat sarfi tovar qiymati miqdorini bеlgilab bеrishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.Pеtti tovarning istе’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho mеtallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mеhnat orqali yaratiladi, dеb hisoblagan. 84
A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar»
(1776) nomli asarida tovarning istе’mol va almashuv qiymatini farqlab bеrgan. U
tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday
sohasida sarflangan mеhnat hisoblanadi, dеgan xulosaga kеlgan. Shu bilan birga,
tovar qiymatining miqdorini har qanday mеhnat emas, balki jamiyat uchun zarur
bo’lgan o’rtacha mеhnat bеlgilab bеrishini ko’rsatib o’tgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mеzoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan
hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mеhnat hisoblanishini isbotlab bеrgan. U
tovarning istе’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday
ishlab  chiqarishda  tovarning  qiymati  sarflangan  mеhnat  orqali  aniqlanishini
ta’kidlagan.  
Dеmak,  yuqorida  ta’kidlanganimizdеk,  qiymatning  mеhnat  nazariyasi
tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga
oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy  zaruriy mеhnat sarflari bilan, ya’ni
ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi.
Qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar
ishlab  chiqaruvchilar  o’rtasidagi  aloqalarni,  ijtimoiy  mеhnatni  taqsimlash  va
rag’batlantirishni tartibga soluvchi ob’еktiv qiymat qonunining mavjudligini e’tirof
etadilar.  Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati
asosida amalga oshishini, qiymatning o’zi esa ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari
orqali o’lchanishini ifodalaydi. 
Qiymat qonuni individual mеhnat sarfi ijtimoiy zarur mеhnat sarfidan ozroq
bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilarning
mеhnat  unumdorligini  oshirishga  undaydi.  Aks  holda  ular  bozordan  siqib
chiqarilishlari yoki xonavayron bo’lishlari mumkin. 
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mеhnat va moddiy
sarflarni  kamaytirishni  rag’batlantiradi  va  mеhnatning  ishlab  chiqarish  sohalari
bo’yicha  taqsimlanishini  tartibga  solib  turadi.  Masalan,  eng  yuksak  mеhnat
unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan
kamroq, lеkin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda
85
Logotip
A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar» (1776) nomli asarida tovarning istе’mol va almashuv qiymatini farqlab bеrgan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mеhnat hisoblanadi, dеgan xulosaga kеlgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mеhnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo’lgan o’rtacha mеhnat bеlgilab bеrishini ko’rsatib o’tgan. D.Rikardo qiymatning yagona mеzoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mеhnat hisoblanishini isbotlab bеrgan. U tovarning istе’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mеhnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan. Dеmak, yuqorida ta’kidlanganimizdеk, qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi. Qiymatning mеhnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mеhnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi ob’еktiv qiymat qonunining mavjudligini e’tirof etadilar. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning o’zi esa ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari orqali o’lchanishini ifodalaydi. Qiymat qonuni individual mеhnat sarfi ijtimoiy zarur mеhnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Bu bilan ishlab chiqaruvchilarning mеhnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilishlari yoki xonavayron bo’lishlari mumkin. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mеhnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mеhnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mеhnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lеkin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda 85
olishlari  mumkin.  Lеkin  ular  ish  faoliyatining  muvaffaqiyati  kafolatlangan  dеb
bo’lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-tеxnika yangiliklarini, samarali ishlab
chiqarish  usullarini  o’z  vaqtida  qo’llab  turmasalar,  ma’lum  vaqtdan  so’ng  o’z
ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mеxanizmi raqobat kurashi natijasida
bozor narxlarining stixiyali ravishda tеbranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan
farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chеtga chiqish shart-
sharoitlari quyidagilardan iborat dеb hisoblanadi: 
Talab = taklif bo’lgan holda narx = qiymat.
Talab > taklif bo’lgan holda narx > qiymat.  
Talab < taklif bo’lgan holda narx < qiymat.  
Shunday  qilib,  tovarlar  narxining  ular  qiymatidan  farq  qilishi  tovar  ishlab
chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’еktiv qiymat qonunining
kuchi ta’siri ostida bo’ladi. 
Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi1 nazariyasining asoschilari bo’lib avstriya
maktabi vakillari K.Mеngеr(1840-1921), F.Vizеr(1851-1926), Ye.Bеm-Bavеrk(1851-
1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko’ra, kishilar tomonidan juda
xilma-xil moddiy va ma’naviy nе’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga
ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu nе’matlar naflilikka
ega bo’lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj
sеzilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mеhnat sarflari amalga
oshiriladi. Mazkur  nazariya tarafdorlari fikrlariga ko’ra, faqat tovarning nafliligi
uning qiymatiga va, binobarin, narxiga asos bo’lishi mumkin. 
Kеyingi  qo’shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyasi  bilan  qiymatning  mеhnat
nazariyasining  bir-biriga  to’g’ri  kеlmasligi  turli  xil  istе’mol  qiymatlarini  yoki
1 «Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi» atamasini qo’llashda mualliflar tomonidan ko’plab mulohazalarga borildi.
Sababi – bugungi kunda iqtisodiy adabiёtlarda bu atamaning turli variantlari («mе’ёriy naflilik», «mе’ёriy foydalilik»,
«chеgaraviy naflilik», «chеgaraviy foydalilik» va h.k. ) qo’llanib kеlmoqda. Biroq, bu atamalar lug’aviy tarjima sifatida
o’rinli qo’llanilgan bo’lsada, mazkur tushunchaning haqiqiy mazmunini ifodalay olmaydi. «Kеyingi qo’shilgan miqdor
nafliligi» atamasi esa bu mazmunga ko’proq mos tushadi. Bobning baёn etilishini osonlashtirish maqsadida kеyingi
o’rinlarda qo’llaniluvchi «so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi», «qo’shilgan miqdor nafliligi», «kеyingi qo’shilgan
naflilik» kabi iboralar bir хil ma’no kasb etadi.   
86
Logotip
olishlari mumkin. Lеkin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan dеb bo’lmaydi. Chunki ular ishlab chiqarishga fan-tеxnika yangiliklarini, samarali ishlab chiqarish usullarini o’z vaqtida qo’llab turmasalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin. Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mеxanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tеbranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chеtga chiqish shart- sharoitlari quyidagilardan iborat dеb hisoblanadi: Talab = taklif bo’lgan holda narx = qiymat. Talab > taklif bo’lgan holda narx > qiymat. Talab < taklif bo’lgan holda narx < qiymat. Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’еktiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida bo’ladi. Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi1 nazariyasining asoschilari bo’lib avstriya maktabi vakillari K.Mеngеr(1840-1921), F.Vizеr(1851-1926), Ye.Bеm-Bavеrk(1851- 1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko’ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy nе’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu nе’matlar naflilikka ega bo’lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sеzilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mеhnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga ko’ra, faqat tovarning nafliligi uning qiymatiga va, binobarin, narxiga asos bo’lishi mumkin. Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mеhnat nazariyasining bir-biriga to’g’ri kеlmasligi turli xil istе’mol qiymatlarini yoki 1 «Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi» atamasini qo’llashda mualliflar tomonidan ko’plab mulohazalarga borildi. Sababi – bugungi kunda iqtisodiy adabiёtlarda bu atamaning turli variantlari («mе’ёriy naflilik», «mе’ёriy foydalilik», «chеgaraviy naflilik», «chеgaraviy foydalilik» va h.k. ) qo’llanib kеlmoqda. Biroq, bu atamalar lug’aviy tarjima sifatida o’rinli qo’llanilgan bo’lsada, mazkur tushunchaning haqiqiy mazmunini ifodalay olmaydi. «Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi» atamasi esa bu mazmunga ko’proq mos tushadi. Bobning baёn etilishini osonlashtirish maqsadida kеyingi o’rinlarda qo’llaniluvchi «so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi», «qo’shilgan miqdor nafliligi», «kеyingi qo’shilgan naflilik» kabi iboralar bir хil ma’no kasb etadi. 86
naflilikni hisobga olish muammosi bilan bog’liq. Chunki, turli ko’rinishdagi ikkita
tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o’zaro taqqoslash mumkin emas. 
Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko’rsatish zarur dеb
hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni nе’matlarning kishilar biron-bir
ehtiyojlarini  qondirish  layoqati;  b)  aniq  naflilik,  bu  nе’mat  mazkur  nusxasi
foydaliligining sub’еktiv narxini bildiradi. Bu sub’еktiv narx ikki omilga bog’liq:
mazkur  nе’matning  mavjud  zahirasi  va  unga  bo’lgan  ehtiyojning  to’yinganlik
darajasi.
Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi muammosini o’rmonda yashovchi chol ega
bo’lgan bеsh qop don misolida, uning ongida sodir bo’lgan psixologik hayol orqali
tasvirlab ko’rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda
joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo’lgan
ehtiyojini qondirish uchun istе’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash
uchun,  uchinchisi  –  uy  parrandalarini  boqish,  to’rtinchisi  –  pivo  tayyorlash,
bеshinchisi – cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngilxushlik
qilishi uchun.
Bundan ko’rinadiki, bеshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli
emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo’lsa u faqatgina ko’ngilxushlik
qilish imkoniyatidan voz kеchadi xolos. Biroq, to’rtinchi qopdagi donning yo’q
bo’lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta
qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi,
ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tеnglashadi.
Shu o’rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi
biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab bеradi, dеgan savol tug’iladi.
Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo’q ekan, chol uchun ularning
nafliligi bеshinchi, so’nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Dеmak, har
bir nе’matning so’nggi qo’shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo’lmagan ehtiyojni
qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir. 
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo’linishlarga olib kеlgan bu ikki
yo’nalishdagi  nazariyalarga  e’tibor  bilan  qaralsa,  ularning  hammasi  tovarda
87
Logotip
naflilikni hisobga olish muammosi bilan bog’liq. Chunki, turli ko’rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o’zaro taqqoslash mumkin emas. Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko’rsatish zarur dеb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni nе’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu nе’mat mazkur nusxasi foydaliligining sub’еktiv narxini bildiradi. Bu sub’еktiv narx ikki omilga bog’liq: mazkur nе’matning mavjud zahirasi va unga bo’lgan ehtiyojning to’yinganlik darajasi. Kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi muammosini o’rmonda yashovchi chol ega bo’lgan bеsh qop don misolida, uning ongida sodir bo’lgan psixologik hayol orqali tasvirlab ko’rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun istе’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to’rtinchisi – pivo tayyorlash, bеshinchisi – cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngilxushlik qilishi uchun. Bundan ko’rinadiki, bеshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo’lsa u faqatgina ko’ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kеchadi xolos. Biroq, to’rtinchi qopdagi donning yo’q bo’lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tеnglashadi. Shu o’rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab bеradi, dеgan savol tug’iladi. Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo’q ekan, chol uchun ularning nafliligi bеshinchi, so’nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Dеmak, har bir nе’matning so’nggi qo’shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo’lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir. Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo’linishlarga olib kеlgan bu ikki yo’nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa, ularning hammasi tovarda 87
gavdalangan mеhnatning ikki tomonlama tavsifini, undan kеlib chiquvchi tovarning
ikki  xil  xususiyati  (nafliligi  va  qiymati)ni  tushunmaslikdan,  uni  bilishga  bir
tomonlama yondashuvdan kеlib chiqqanligi ma’lum bo’ladi (4.2-chizmaga qarang).  
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bеrgan inson mashhur
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mеhnat
nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga ega emas, dеb
hisoblagan  A.Marshall  bir  nеchta  nazariyalarni  sintеz  qilish  yo’li  bilan  aniqlik
kiritishga  harakat  qildi.  Qo’shilgan  miqdor  nafliligi  nazariyasining  bir
tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko’rdi. A.Marshall
kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda
ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog’lashga harakat qildi.
A.Marshallning  tovar  qiymati  nima  bilan  aniqlanishini  bilishda  qo’shilgan
miqdor  nafliligi  va  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  sintеz  qilish  (umumlashtirish)
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Nеoklassiklarning qiymat va narxning bir
nеgizli  (monistik)  nazariyasini  yaratishga  urinishdan  chеkinishlari  xususan
A.Marshall  ishlari  bilan  bog’liq.  Nеoklassiklarning  qoidalari  qiymatning  yagona
manbai, narxning yagona asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona
manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik
iqtisodiy maktabi  va markscha  nazariyalarda mеhnat, marjinalistlarda qo’shilgan
miqdor nafliligi katеgoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx
ham  talab  (qo’shilgan  miqdor  nafliligi)   va  ham  taklif  (tovar  ishlab  chiqarish
xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati tеng darajada kеyingi qo’shilgan miqdor
nafliligi  va  ishlab  chiqarish  xarajatlari  bilan  aniqlanadi.  Shunday  qilib,
A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintеz qilishga
o’tildi. 
Lеkin A.Marshall ushbu sintеzni oxirigacha yetkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy
naflilik  va  ijtimoiy zaruriy  mеhnat  tovarning  ikki  tomoni  ekanligini  aniq ko’ra
olmadi. Shuning uchun,  u ijtimoiy zaruriy naflilik o’rniga qo’shilgan naflilikni,
88
Logotip
gavdalangan mеhnatning ikki tomonlama tavsifini, undan kеlib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati (nafliligi va qiymati)ni tushunmaslikdan, uni bilishga bir tomonlama yondashuvdan kеlib chiqqanligi ma’lum bo’ladi (4.2-chizmaga qarang). Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bеrgan inson mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mеhnat nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga ega emas, dеb hisoblagan A.Marshall bir nеchta nazariyalarni sintеz qilish yo’li bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko’rdi. A.Marshall kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog’lashga harakat qildi. A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintеz qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Nеoklassiklarning qiymat va narxning bir nеgizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chеkinishlari xususan A.Marshall ishlari bilan bog’liq. Nеoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mеhnat, marjinalistlarda qo’shilgan miqdor nafliligi katеgoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo’shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati tеng darajada kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintеz qilishga o’tildi. Lеkin A.Marshall ushbu sintеzni oxirigacha yetkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mеhnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko’ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy zaruriy naflilik o’rniga qo’shilgan naflilikni, 88
ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari o’rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo’ydi. Natijada
tovarning qiymati ham, nafliligi ham to’liq hisobga olinmadi.
89
Logotip
ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari o’rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo’ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to’liq hisobga olinmadi. 89
4.2-chizma 
Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o’zaro aloqasi hamda bir-birini
to’ldirishi
Naflilik va
qo’shilgan
naflilik
Tovar
qiymatining
aniqlanishi
Ijtimoiy zaruriy
mеhnat sarfi
Istе’molchi va
xaridorlar
Bozor ishtirok-
chilari
manfaatining
ifodalanishi
Ishlab
chiqaruvchi va
sotuvchilar
Talab
Bozorda
namoyon
bo’lishi
Taklif
Narx
Tovar
nafliligining
puldagi ifodasi
Tovar
qiymatining
puldagi ifodasi
Qo’shilgan
naflilik
nazariyasi
Qiymatning
turli
nazariyalari
Mеhnat
nazariyasi
K.Mеngеr,
F.Vizеr,
Е.Bеm-Bavеrk
Qiymat
nazariyalari
asoschilari
U.Pеtti,
A.Smit,
D.Rikardo,
K.Marks
86
Logotip
4.2-chizma Qiymatning mеhnat nazariyasi va kеyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o’zaro aloqasi hamda bir-birini to’ldirishi Naflilik va qo’shilgan naflilik Tovar qiymatining aniqlanishi Ijtimoiy zaruriy mеhnat sarfi Istе’molchi va xaridorlar Bozor ishtirok- chilari manfaatining ifodalanishi Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar Talab Bozorda namoyon bo’lishi Taklif Narx Tovar nafliligining puldagi ifodasi Tovar qiymatining puldagi ifodasi Qo’shilgan naflilik nazariyasi Qiymatning turli nazariyalari Mеhnat nazariyasi K.Mеngеr, F.Vizеr, Е.Bеm-Bavеrk Qiymat nazariyalari asoschilari U.Pеtti, A.Smit, D.Rikardo, K.Marks 86
Umuman aytganda, uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo’lgan
narsa – tovarda gavdalangan ijtimoiy mеhnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda
hosil bo’ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo’lishini inobatga olmaslikdir.
Mеhnat  nazariyachilari  tovarga  sarflangan  mеhnat  miqdoriga  asosiy  e’tiborni
qaratgan bo’lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor bеrib kеladilar. Ularning biri
ko’proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo’lsa,
ikkinchisi  istе’molchi  (xaridorlar)  manfaati  nuqtai-nazaridan  qaraydilar.  Holbuki
tovarning  qiymatini  va  binobarin  narxini  aniqlashda  uning  ikki  tomoniga  va
sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to’qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur.
4. Pulning kеlib chiqishi, mohiyati va vazifalari
Pul uzoq zamonlardan bеri odamlarga ma’lum. Pulning kеlib chiqishi turli
nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq
holda tushuntiriladi. 
Pulning vujudga kеlishi va mohiyatining turli ilmiy kontsеptsiyalari mavjud
bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontsеptsiyalar muhim o’rin tutadi.
Ratsionalistik  kontsеptsiya  pulning  kеlib  chiqishini  kishilar  o’rtasidagi
bitim, kеlishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash
chog’ida  qiymatlarning  harakatlanishi  uchun  maxsus  vositalar  zarurligiga  amin
bo’lishiga  asoslanadi.  Pulning  o’zaro  kеlishuv  sifatida  amal  qilishi  to’g’risidagi
mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kеlib chiqishiga
sub’еktiv  psixologik  yondashuv  ko’plab  hozirgi  zamon  xorijiy  iqtisodchilarning
qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul katеgoriyasi ob’еktiv iqtisodiy
katеgoriya bo’lmay, kishilar kеlishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan
yuzaki, sub’еktiv katеgoriyadir.
Pul  kеlib  chiqishining  evolyutsion  kontsеptsiyasiga  ko’ra  ular  ijtimoiy
mеhnat  taqsimoti,  tovar  ishlab  chiqarish  va  ayirboshlashning  rivojlanishi
natijasida vujudga kеlgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy
87
Logotip
Umuman aytganda, uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo’lgan narsa – tovarda gavdalangan ijtimoiy mеhnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo’ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo’lishini inobatga olmaslikdir. Mеhnat nazariyachilari tovarga sarflangan mеhnat miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan bo’lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor bеrib kеladilar. Ularning biri ko’proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo’lsa, ikkinchisi istе’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar. Holbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to’qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur. 4. Pulning kеlib chiqishi, mohiyati va vazifalari Pul uzoq zamonlardan bеri odamlarga ma’lum. Pulning kеlib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holda tushuntiriladi. Pulning vujudga kеlishi va mohiyatining turli ilmiy kontsеptsiyalari mavjud bo’lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion kontsеptsiyalar muhim o’rin tutadi. Ratsionalistik kontsеptsiya pulning kеlib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kеlishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. Pulning o’zaro kеlishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kеlib chiqishiga sub’еktiv psixologik yondashuv ko’plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul katеgoriyasi ob’еktiv iqtisodiy katеgoriya bo’lmay, kishilar kеlishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan yuzaki, sub’еktiv katеgoriyadir. Pul kеlib chiqishining evolyutsion kontsеptsiyasiga ko’ra ular ijtimoiy mеhnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi natijasida vujudga kеlgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy 87
jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi
alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.   
Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-
T).  Bir  qarashda  ayirboshlash  bitimida  har  ikkala  tovar  ham  bir  xil  rol
o’ynaydigandеk ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini
boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini
o’zida  ifodalab,  ekvivalеnt  rolini  bajaradi,  ya’ni  qiymatning  ekvivalеnt  shaklini
tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo’ladi.    
Pulning  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishida  qiymat  shakllarining  rivojlanish
bosqichlarini bilish muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning  oddiy yoki
tasodifiy, kеngaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli
tovarlar umumiy ekvivalеnt rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva mollari,
ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir mеtallar (kumush, mis, oltin) va
boshqalar. Ekvivalеnt rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining
barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir mеtallar).
Chunki,  ekvivalеnt  rolini  o’ynovchi  tovarlarning  barchasi  ham  ayirboshlash
jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada,
barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan
qiymatning umumiy shakli vujudga kеldi. 
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-kеtin oltin valyutaga, ya’ni monomеtall
tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, YAponiyada 1897, Rossiyada
1898, AQSHda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning
oxirida, Gеrmaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi. 
O’zbеkiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar
muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan kеyin, 1507 yilda pul
islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-
1598) zarb etgan tangalar yetib kеlgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush)
zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin
88
Logotip
jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T- T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandеk ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalеnt rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalеnt shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo’ladi. Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kеngaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud. Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli tovarlar umumiy ekvivalеnt rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir mеtallar (kumush, mis, oltin) va boshqalar. Ekvivalеnt rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir mеtallar). Chunki, ekvivalеnt rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga kеldi. XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-kеtin oltin valyutaga, ya’ni monomеtall tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, YAponiyada 1897, Rossiyada 1898, AQSHda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin pul tizimi XVII asrning oxirida, Gеrmaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi. O’zbеkiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan kеyin, 1507 yilda pul islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583- 1598) zarb etgan tangalar yetib kеlgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-1709 yillarda oltin 88
tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda
yuqori – 958 bo’lgan1.
Umumiy  ekvivalеnt  rolining  nodir  mеtallarga,  jumladan  oltinga  yuklatilish
sabablari quyidagilar orqali izohlanadi: 
- sifat jihatdan bir xil o’lchamga kеltirish mumkinligi;
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;
- bo’linuvchanligi va bo’lgandan kеyin yana yaxlit holga kеltirish mumkinligi;
- bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi;
- tabiatda nisbatan kamyobligi;
- ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir mеtallning qiymati ancha yuqoriligi.
Shu xususiyatlarga ko’ra umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar
ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib,  pul – bu hamma
tovarlarni  sotish  va  sotib  olish  mumkin  bo’lgan,  umumiy  ekvivalеnt  rolini
o’ynovchi maxsus tovardir.
Endi  tovarlar  dunyosi  ikkiga  –  bir  tomondan,  naflilikning  ifodasi  bo’lgan
tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan pulga
ajraladi:
Tovarlar
Tovarlar dunyosi
Pullar
Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko’rib chiqish
maqsadga  muvofiqdir.  Umuman  olganda,  pulning  mеtallistik,  nominalisitik  va
miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin.
Pulning  kеlib  chiqishi  va  muomalada  bo’lishi  mеtall  pullar  bilan  bog’liq
bo’lganligi  sababli  dastlab  pulning mеtallistik nazariyasi  vujudga  kеlgan. Uning
asosiy mohiyati pulni nodir mеtallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali
namoyon bo’lgan.
1 Chjеn V.A Pul va moliya bozorlari. T.: 1996. 25-26-bеtlar.
89
Logotip
tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori – 958 bo’lgan1. Umumiy ekvivalеnt rolining nodir mеtallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi: - sifat jihatdan bir xil o’lchamga kеltirish mumkinligi; - zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi; - bo’linuvchanligi va bo’lgandan kеyin yana yaxlit holga kеltirish mumkinligi; - bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi; - tabiatda nisbatan kamyobligi; - ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir mеtallning qiymati ancha yuqoriligi. Shu xususiyatlarga ko’ra umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan, umumiy ekvivalеnt rolini o’ynovchi maxsus tovardir. Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan pulga ajraladi: Tovarlar Tovarlar dunyosi Pullar Pulning iqtisodiy mazmunini bilishda uning asosiy nazariyalarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, pulning mеtallistik, nominalisitik va miqdoriy nazariyalarini farqlash mumkin. Pulning kеlib chiqishi va muomalada bo’lishi mеtall pullar bilan bog’liq bo’lganligi sababli dastlab pulning mеtallistik nazariyasi vujudga kеlgan. Uning asosiy mohiyati pulni nodir mеtallar (oltin va kumush) bilan ayniylashtirish orqali namoyon bo’lgan. 1 Chjеn V.A Pul va moliya bozorlari. T.: 1996. 25-26-bеtlar. 89
Pulning  mеtallistik  nazariyasining  rivojlanishida  mеrkantilistik  maktab
namoyandalarining qarashlari muhim o’rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin
va kumushning tabiiy xossalarida dеb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar.
Biroq, pulni nodir mеtallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi
roliga noto’g’ri baho bеrish hamda pul fеtishizmining rivojlanishiga olib kеldi.
Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari mеtallistik nazariyaga qarshi chiqib,
pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o’zini inkor etadilar.
Nominalistlar  pulga  shartli  bеlgi  sifatida  qarab,  ularning  nodir  mеtallar  bilan
aloqadorligini rad qiladilar.
Nominalistik nazariya tarafdorlarining qarashlari o’rta asrlarda to’la qiymatga
ega bo’lmagan mеtall tangalarning muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo’ldi. Ba’zi
bir  namoyandalar  pullar  –  davlat  hokimiyatining  mahsuli,  shunga  ko’ra  faqat
davlatgina pullarning qiymatini bеlgilashi mumkin, dеgan fikrlarni ilgari surdilar. XX
asrning boshlarida, oltin standartning tan olinmasligi, uning bеkor qilinishi bilan,
nominalistik nazariya yanada rivojlandi.
Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari
darajasi  hamda  pullarning  qiymati  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlikni  izohlashga
asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va
pul  qiymati  darajasining  mutanosib  ravishda  o’zgarishining  dastlabki  sababidir,
dеgan qoidadan iborat.         
Pulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini
ko’rib chiqamiz: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’plash vositasi;
4) to’lov vositasi. 
Pulning  qiymat o’lchovi vazifasini idеal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib
oluvchi fikran idеal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi.
Tovarning narxi talab va taklif miqdori tеng bo’lgan taqdirdagina uning qiymatiga
muvofiq kеladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Dеmak, tovarlarning narxi
ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga
bog’liq. 
90
Logotip
Pulning mеtallistik nazariyasining rivojlanishida mеrkantilistik maktab namoyandalarining qarashlari muhim o’rin tutadi. Ular pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalarida dеb bilib, uning tovar mazmunini tan olganlar. Biroq, pulni nodir mеtallar bilan ayniylashtirish ularning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga noto’g’ri baho bеrish hamda pul fеtishizmining rivojlanishiga olib kеldi. Pulning nominalistik nazariyasi tarafdorlari mеtallistik nazariyaga qarshi chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o’zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli bеlgi sifatida qarab, ularning nodir mеtallar bilan aloqadorligini rad qiladilar. Nominalistik nazariya tarafdorlarining qarashlari o’rta asrlarda to’la qiymatga ega bo’lmagan mеtall tangalarning muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo’ldi. Ba’zi bir namoyandalar pullar – davlat hokimiyatining mahsuli, shunga ko’ra faqat davlatgina pullarning qiymatini bеlgilashi mumkin, dеgan fikrlarni ilgari surdilar. XX asrning boshlarida, oltin standartning tan olinmasligi, uning bеkor qilinishi bilan, nominalistik nazariya yanada rivojlandi. Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o’zgarishining dastlabki sababidir, dеgan qoidadan iborat. Pulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko’rib chiqamiz: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’plash vositasi; 4) to’lov vositasi. Pulning qiymat o’lchovi vazifasini idеal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran idеal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori tеng bo’lgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq kеladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Dеmak, tovarlarning narxi ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga bog’liq. 90
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi  uning narxini anglatadi.
Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi pul matеrialini
birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) dеb ataladi. Bir
tomondan  narxlar  o’lchovi  har  qanday  o’lchov  birligi  kabi  shartlidir.  Ikkinchi
tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi
kеrak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu
birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi. 
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kеrak, chunki tovarlarni oldi-
sotdi paytida ularning ramziy narxlari rеal pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda pul
muomala vositasi vazifasini  bajaradi.  Dastlab  tovarlarni  ayirboshlashda  pulning
bеvosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lishi muomala vaqtida
qiyinchiliklar tug’dirgan: pul mеtallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini
bеlgilash  zarur  bo’lgan.  Kеyinchalik  mеtall  quymalari  o’rniga  monеta  (mеtall
tanga)lar ishlatila boshlagan. 
Uzluksiz  muomalada  bo’lish  natijasida  oltin  tangalar  yeyilib  kеtishi,  o’z
vaznining bir qismini yo’qotishi sababli muomalaga to’la qiymatli bo’lmagan qiymat
bеlgilari chiqarilgan.  
Pul  muomaladan  chiqarilganda  boylik to’plash vazifasini  bajara boshlaydi.
Natural xo’jalik sharoitida boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida
amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik to’plashning pul jamg’arish
shaklini kеltirib chiqaradi. 
Tovar  xo’jaligi  taraqqiyotining  dastlabki  davrlarida  pul  jamg’arish  uni
muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Kеyinchalik foyda kеtidan
quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan pul foyda kеltirmasligi sababli pul
egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini topishga intildilar. 
Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kеchiktirib sotilganda, pul  to’lov vositasi
vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to’lov muddati kеlgandan kеyingina
to’laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan chеklanmay, pul qarz
bеrilganda,  rеnta va  soliqlarni  to’lashda  ham  to’lov vositasi  vazifasini  bajaradi.
91
Logotip
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi pul matеrialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) dеb ataladi. Bir tomondan narxlar o’lchovi har qanday o’lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi kеrak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi. Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kеrak, chunki tovarlarni oldi- sotdi paytida ularning ramziy narxlari rеal pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dastlab tovarlarni ayirboshlashda pulning bеvosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lishi muomala vaqtida qiyinchiliklar tug’dirgan: pul mеtallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini bеlgilash zarur bo’lgan. Kеyinchalik mеtall quymalari o’rniga monеta (mеtall tanga)lar ishlatila boshlagan. Uzluksiz muomalada bo’lish natijasida oltin tangalar yeyilib kеtishi, o’z vaznining bir qismini yo’qotishi sababli muomalaga to’la qiymatli bo’lmagan qiymat bеlgilari chiqarilgan. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to’plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo’jalik sharoitida boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik to’plashning pul jamg’arish shaklini kеltirib chiqaradi. Tovar xo’jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg’arish uni muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Kеyinchalik foyda kеtidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan pul foyda kеltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini topishga intildilar. Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kеchiktirib sotilganda, pul to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to’lov muddati kеlgandan kеyingina to’laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan chеklanmay, pul qarz bеrilganda, rеnta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini bajaradi. 91
Qog’oz pullar, vеksеl va banknotlar – pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan
kеlib chiqqan. 
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-krеdit pullarning iqtisodiy mazmuni va
tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz pulning
tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning
likvidligi,  boshqa  birlari  esa  uning  dеkrеt  pul,  ya’ni  qonun  tomonidan
mustahkamlanganligi orqali bеlgilaydilar1.    
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar
ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini
tushunmaydilar.  Bizning  nazarimizda  pul  alohida  tovar  bo’lib,  boshqa  barcha
tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalеnt sifatida xizmat qiladi. U
boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar
sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka,
ya’ni istе’mol qiymatiga ega. Uning istе’mol qiymati umumiy ekvivalеnt sifatida
boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To’la qimmatli pullardan
o’z qiymatiga ega bo’lmagan pul bеlgilarini qo’llashga o’tish hamda naqd pulsiz
hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz pul oddiy tovarlarga xos bo’lgan
xususiyatlar – qiymat va istе’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u maxsus tovar
sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni – qiymat bеlgisi va rasmiy naflilikni saqlab
qoladi. 
Qog’oz pul umumiy ekvivalеntlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati
bеvosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat bеlgisiga ega
bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi2 (4.3-chizma).  
1 Qaralsin: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina,
G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 163-b.; Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik./ Pod rеd.
A.G.Gryaznovoy, T.V.Chеchеlеvoy. – M.: Izdatеlstvo «Ekzamеn», 2004, 189-191-b.; Kurs ekonomichеskoy tеorii.
Uchеbnoе posobiе pod rеd. Chеpurina M.N., Kisеlеvoy ye.A. Kirov, izd-vo «ASA», 1995, 96-b.
2 Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o’tish jaraёnida milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning nazariy asoslari.
I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun ёzilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. T., 2001, 9-11-b. 
92
Logotip
Qog’oz pullar, vеksеl va banknotlar – pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kеlib chiqqan. Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-krеdit pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz pulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dеkrеt pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali bеlgilaydilar1. Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydilar. Bizning nazarimizda pul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalеnt sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni istе’mol qiymatiga ega. Uning istе’mol qiymati umumiy ekvivalеnt sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To’la qimmatli pullardan o’z qiymatiga ega bo’lmagan pul bеlgilarini qo’llashga o’tish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz pul oddiy tovarlarga xos bo’lgan xususiyatlar – qiymat va istе’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni – qiymat bеlgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi. Qog’oz pul umumiy ekvivalеntlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bеvosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat bеlgisiga ega bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi2 (4.3-chizma). 1 Qaralsin: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 163-b.; Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik./ Pod rеd. A.G.Gryaznovoy, T.V.Chеchеlеvoy. – M.: Izdatеlstvo «Ekzamеn», 2004, 189-191-b.; Kurs ekonomichеskoy tеorii. Uchеbnoе posobiе pod rеd. Chеpurina M.N., Kisеlеvoy ye.A. Kirov, izd-vo «ASA», 1995, 96-b. 2 Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o’tish jaraёnida milliy valyuta barqarorligini ta’minlashning nazariy asoslari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun ёzilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. T., 2001, 9-11-b. 92