TOVAR VA TOVAR SIYOSATI
Reja:
1. Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir.
2. Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha.
3. Tovarning yashash davri va uning bosqichlari.
4. Yangi tovar ishlab chiqarish.
Tovar – ehtiyojni qondirish vositasidir
Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol
xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan
iste’molchining yextiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarning iste’mol qiymati uning iste’mol xususiyati majmuasidir.
Tovarning quyidagi xususiyatlariga qarab alohida e’tibor beriladi:
-rangi, upakovkasi (urash, bog’lash), tashqi ko’rinishining fasohati (dizayni),
yergonomik xususiyatlari (foydalanish, ta’mirlash va boshqalarning qulayligi va
boshqalar).
Tovarni ishlab chiqarishdan oldin uning iste’mol xususiyati tahlil qilinadi.
Tovar-murakkab ko’p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa iste’mol
xususiyatlari, ya’ni tovarning o’z vazifasini bajarish-unga ega bo’lgan
iste’molchining yextiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarlar quyidagi mezonlari bo’yicha alohida guruhlarga bo’linadi:
maqsadli ko’rsatkich bo’yicha
bozor turiga ko’ra
foydalanishga tayyorligiga ko’ra
iste’molchilar soniga qarab bo’linadi.
Maqsadli xarakteriga ko’ra esa tovarlar iste’mol tovarlari va ishlab
chiqarishga oid tovarlarga bo’linadi.
Iste’mol tovarlari – bu shaxsiy iste’mol uchun mo’ljallangan tovarlardir. Ular
kundalik talab tovarlari, dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar, alohida
talabdagi tovarlar, passiv talabdagi tovarlarga bo’linadi.
Kundalik talab tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir
yuvish, tozalash vositalari, uy xo’jaligi uchun zaruriy mayda tovarlarni kiritish
mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko’ra ularni o’z
navbatida 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:
1. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar (non, xo’jalik sovuni)
2. Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar (saqich, gazeta)
3. Favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar (zont).
Dastlabki tanlov asosidagi tovarlar safiga: mebel, kiyim-kechak, uy-ro’zgor
uchun elektr jixozlari kiradi va u xaridorlarni kiyoslashni, narx, moda, dizayn
jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar:
o’xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi
bo’yicha farqlanadi,)
alohida ko’rinishdagi tovarlar (rangi, fasoni, navi jihatidan)
Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam
uylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko’ra
qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar
uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar
Tovar siyosatini asosiy maqsadi bo’lib
foydani ta’minlash
taqsimotni ustirish
firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko’paytirish
ishlab chiqarish va marketingshga xarajatlarni tejash
imijni oshirish bo’lib hisoblanadi.
Tovar sifati – bu tovarning o’z funktsiyalarini bajarishda ko’rinadi va u
quyidagi parametr bilan xarakterlanadi, ya’ni uzoq muddat xizmat ko’rsatishi,
pishiqligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar.
9.2.
Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi haqida tushuncha
Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bulagidir.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy
salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam qatnashishda
tovarlar sifatini ko’tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb
muammolardan biridir.
Bozor iqtisodieti sharoitida raqobat alohida faollikkka ega bo’ladi.
Tovar raqobatbardoshligini o’rganish murakkab va o’z ichiga quyidagi
bosqichlarni oladi:
- tovarni sotish bozorni o’rganish;
- raqiblar haqida ma’lumotlar yig’ish;
- iste’molchilar talablarini o’rganish;
- raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini
baholashning o’zluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanok o’z raqobat qobiliyatini yo’qota
boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum
raqobat qobiliyatini to’la yo’qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish
imkoniyatini beradi.
Raqobat so’zi lotinchadan olingan bo’lib, maqsadga erishish uchun ko’rashni
bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid qilishga jalb
qilishdan iborat.
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga
oladi:
- bozorni tahlil qilib, o’zimizning tovarimizga o’xshash namunasini topib
olish;
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko’rsatkichlarni
belgilash;
- o’zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo’lib, talabni shakllantirish va sotishni
rag’batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab
chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati
qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: tovarlarning
xizmatlari bo’yicha, bir xil yextiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni
har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo’ladigan raqobat; yoki bir xil firma
tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
P.S.Zavyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda
xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni
o’xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo’lgan sharoitlarda
xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim».
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat
ko’rashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Bu omillarga quyidagilar kiradi:
1.
Raqobatchi firmalar soni, va ularni kiesiy quvvati;
2.
Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3.
Bozordagi talab hajmini o’rganish;
4.
Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi;
5.
Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko’chish
harakatlari;
6.
Bozordan chiqib ketish tutsiklari va ularning darajasi.
7.
Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
8.
Endosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
9.
Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
10.
Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo’lishi, raqobat
darajasi bozorning alohida bir jalb yetuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik
xususiyatlari bilan ham belgilanadi.
9.3.Tovarning yashash davri va uning bosqichlari
Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq
etishga tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan
boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar bo’lgan davrda amalga
oshiriladigan tadbirlardan iborat kontseptsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash
davri kontseptsiyasini 1965 yili Teodor Levitt tomonidan ye’lon qilingan.
Tovarning yashash davri to’rt tipga ajratiladi: mahsulotning katta sinfining
yashash davri, mahsulot turining yashash davri, qo’llash usullarining yashash davri,
mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib
keltirsak, mahsulot turiga esa kul va osma soatlarni keltirish mumkin, qo’llash
usullariga ko’ra esa qo’ng’iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish
mumkin.
Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to’rtta tipi o’rganiladi, firma
doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga ko’proq e’tibor beriladi. Birinchisi shu
sinfga mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, to’rtinchisi esa raqobatchi
firmaning mavqeini aniqlash zaruriyati paydo bo’lganda qo’llaniladi.
Tovarning an’anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi.
1. Ishlab chiqarish;
2. Kirib kelish;
3. O’sish;
4. Yetuklik;
5. To’yinish;
6. Inkiroz (kasodlik).
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar
bozorga kirib kelishining uzoq davrini boshidan kecharadi, boshqasi tezda kirib
keladi, tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi.
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot
sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida
muhim bosqich bo’lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali
amalga oshirilsa, ya’ni loyihalashtirilayotgan tovar bo’yicha bozor talabi va xaridor
ehtiyojini firma vaqt bo’yicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda xarajatlar
shuncha kam bo’ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va zarur
foydani oladi.
Kirib kelish bosqichida sotish hajmining g’oyat keskin o’sishi bilan ajralib
turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo’ladi.
Savdo yuqori daromadli guruhlarga mo’ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz.
SHunday qilib bu davr kapital sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik
foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan
bo’lsa, ular to’liq xarajatlar hisobiga o’tkaziladi, ya’ni hisobdan uchiriladi.
O’sish davrida tovar sotish hajmi usib boradi- iste’molchilar mahsulotni qabul
qilgan va unga bo’lgan talab ta’minlangan bo’ladi. Har qanday mahsulot bu
bosqichga yetib kelmaydi: ko’plari bozorga kirib kelish davridaek kasodga
uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan tulib ketadi. Narxlar tobora
arzonlashib boradi.
Etuklik bosqichi tovar aylanmasini maksimallashtirish, bozorni kengayishini
davom etishi va absolyut o’sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar
taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv
raqobat xukm suradi. Yangi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment
guruhini kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat ko’rsatish uslublarini
kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotni yetuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni
modifikatsiyalash,
tovarni
modifikatsiyalash
va
marketing-miksni
modifikatsiyalash bo’lib hisoblanadi.
To’yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi.
To’yinish davrida firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari
bo’yicha to’liq sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi.
Inkiroz davrida mahsulotning o’tishi qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar
maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot
tayyorlashni davom ettirishdan iborat» bo’ladi, mahsulotni bozorga yetkazib
berishni to’xtatish haqida kat’iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin
bo’lgan jami foydani sikib olish uchun shunday qilinadi.
Tovarni yashash davri kontseptsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda
katta ahamiyatga egadir.
9.4. Yangi tovar ishlab chiqarish
Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan
bog’liqdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash
davri bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashkil etishni tashkil etishi
lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chiqarishni o’z vaqtida amalga oshirish
kerak.
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror
assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi.
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar
miksni jalb yetuvchanligini yaxshilash bo’yicha 3 ta strategik yo’nalishni o’z
ichiga oladi:
1. Tovar innovatsiyasi
2. Tovar variatsiyasi
3. Tovar yeliminatsiyasi.