TOVARLAR HARAKATI XALQARO TIZIMINING TRANSPORT INFRATUZILMASI
Yuklangan vaqt
2024-07-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
30,0 KB
1
TOVARLAR HARAKATI XALQARO TIZIMINING TRANSPORT
INFRATUZILMASI
Reja:
1. Infratuzilma haqida umumiy tushunchalar
2. Xalqaro tovarlar harakatida transport infratuzilmasini yaratish
3.Temir yo‘l transporti infratuzilmasi.
4. Avtomobil transporti xalqaro infratuzilmasi
5. Suv va havo transporti infratuzilmalari
6. Xalqaro transport koridorlari infratuzilmasi
1. Infratuzilmalar haqida umumiy tushunchalar
Infratuzilma (lot. infra – ostida) — ishlab chiqarish va tovar muomalasi,
shuningdek, inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan me’yoriy sharoitni
ta’minlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi sohalar
(tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy ishlab chiqarish sektori.
Infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega bo‘lmagan tovarlar bo‘lib, ular hayotiy
ehtiyojlarni qondiradi. Infratuzilma zaruriy shart bo‘lganidan uning ishlab turishini
ta’minlashga iqtisodiy resurslarning bir qismi jalb etiladi.
Infratuzilma atamasi XX asr 40-yillarining oxirida sanoat ishlab chikarishiga
xizmat qiluvchi iqtisodiyot tarmoqlari majmuini belgilash uchun paydo bo‘ldi.
Infratuzilma bozorning ajralmas qismidir, shuning uchun uni o‘rganish bozor
mexanizmlarining normal ishlashi va barqaror rivojlanishi uchun zarurdir.
Iqtisodiyotda infratuzilma 2 guruhga bo‘linadi:
2
Ishlab chiqarish - ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma tarmoklari
(yo‘llar, kanalizatsiya va boshkalar).
Ijtimoiy - ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqlar (kadrlarni tayyorlash
va boshkalar).
Transport infratuzilmasi - transport tizimining ishlashi uchun asos yaratadigan
va (yoki) ta’minlaydigan o‘zaro bog‘lik xizmat binolari yoki inshootlari majmuasi.
Infratuzilma ob’ekti - mahalliy vazifa doirasida infratuzilmaning alohida qismi.
Infratuzilma biror-bir faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan turli xil
ob’ektlardan iborat. Faoliyatini infratuzilma ta’minlaydigan tizimga qarab, har xil
turlarga ajratish mumkin.
Infratuzilma turlari
Infratuzilmaning eng muxim tasnifi - bu qamrov doirasi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi
Maqsadi asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘lgan barcha ob’ektlar
ishlab chiqarish infratuzilmasi deb ataladi.
Bunga quyidagilar kiradi:
Transport va transport kommunikatsiyalari (avtomobil va temir yo‘llar,
portlar);
Energetik kommunikatsiyalar (elektr energiyasini yetkazib beradigan
uskunalar va jihozlar);
Axborot kommunikatsiyalari (aloqa vositalari va qurilmalari);
Ishlab chikarish extiyojlari uchun suv ta’minoti va kanalizatsiya;
Ta’mirlash va asboblar bo‘linmalari;
Moddiy-texnik ta’minot (ishlab chikarish jarayonini xom ashyo, butlovchi
buyumlar va sarf materiallari bilan ta’minlash);
Ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sotish (omborlar, ulgurji savdo bo‘limi).
Ijtimoiy infratuzilma
Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari inson hayotini ta’minlashga mo‘ljallangan.
Bunga quyidagilar kiradi:
Uy-joy (kvartiralar, uylar)
3
Tashki yaxshilanish
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish ob’ektlari (uy-joy kommunal xo‘jaligi)
Tibbiyot tashkilotlari (poliklinikalar, kasalxonalar)
Bolalar bog‘chalari
Maktablar
Oliy o‘rta maxsus ta’lim muassasalari
Madaniy ob’ektlar (teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, galereyalar va boshkalar)
Sport inshootlari (stadionlar, bolalar maydonchalari va boshkalar)
Dam olish ob’ektlari (bog‘lar, hiyobonlar va boshkalar)
Chakana savdo shahobchalari
Umumiy ovkatlanish korxonalari (oshxonalar, kafelar, restoranlar va
boshkalar)
Yo‘lovchi transporti
Xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari (atelelar, sartaroshxonalar)
Banklar
Yuridik va notarial idoralar.
Transport infratuzilmasi
Uning ob’ektlari transportning o‘zi (avtomobil, havo, suv va temir yo‘l) va
yo‘lovchilar hamda yuklarni tashish imkoniyatini beradigan ob’ektlardir. Bularga
avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, to‘xtash bekatlari, aeroportlar, temir yo‘l
stansiyalari, shuningdek transport xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar kiradi.
Muhandislik infratuzilmasi
Bu binolar va inshootlarning turar-joy, sanoat, savdo va boshqa maksadlardagi
muhandislik tizimlarining ishlashini ta’minlaydigan ob’ektlar to‘plamidir.
Muhandislik infratuzilmasi ob’ektlari 2 turga bo‘linadi:
1. Chizikli - ya’ni foydalanilganda resurslar iste’molchiga yetkazib beriladigan
(suv ta’minoti, gaz quvuri va boshqalar) yoki suv uzatish (kanalizatsiya) ob’ektlari;
2. Muxandislik inshootlari - resurslarni ishlab chiqarish, to‘plash va qayta
taqsimlash, shuningdek, suv va chikindi suvlarni tozalash inshootlari.
Milliy iqtisodiyot infratuzilmasi
4
Milliy iktisodiyot bu murakkab tizim bo‘lib, uning barkarorligi infratuzilma
bilan ta’minlanadi.
Milliy iqtisodiyot infratuzilmasi 3 tarkibiy qismdan iborat:
1. Ishlab chiqarish infratuzilmasi (ishlab chikarish jarayonini amalga oshirish
uchun sharoit yaratadi)
2. Ijtimoiy infratuzilma (mamlakat aholisining farovon hayotini ta’minlaydi)
3. Bozor infratuzilmasi. Uning ob’ektlari bozorning mavjudligi va
rivojlanishiga imkon beradi. Bu turli muassasalar bo‘lib, uning maqsadi
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari faoliyatini ta’minlashdir. Bularga quyidagi
ob’ektlar kiradi:
Savdo tashkilotlari (ulgurji va chakana savdo). Ularning roli talab va taklif
zanjirini muvofiqlashtirishdan iborat
Birjalar (tovar, valyuta, qimmatli qog‘ozlar savdosi)
Bank tizimi (markaziy bank + tijorat banklari)
Boshka moliya institutlari (sug‘urta kompaniyalari, fondlar va boshqalar)
Transport
tizimi
(tovarlarning
ishlab
chiqaruvchidan
iste’molchiga
aylanishini ta’minlash).
Harbiy infratuzilma
Harbiy infratuzilmaning maqsadi - davlat qurolli kuchlarining himoya va
harbiy vazifalarini bajarishini ta’minlash.
Harbiy infratuzilma ob’ektlariga quyidagilar kiradi:
• Qurolli kuchlarning qo‘mondonlik punktlari
• Qo‘shinlarni joylashtirish punktlari (joylashtirish)
• Havo bazalari
• Dengiz harbiy bazalari
• Raketa bazalari
• Aloqa tizimlari
• Poligonlar (havo, suv, quruqlik).
2. Xalqaro tovarlar harakatida transport infratuzilmasini yaratish