Tovush madaniyatining nazariy asoslari. Mashg‘ulotarda nutqning tovushlar
madaniyatini tarbiyalash metodikasi.
REJA:
1.
Nutqni rivojlanmay qolishida leksikaning o’ziga xos hususiyatlari.
2.
Nutqnig to’liq rivojlanmay qolishida lug’at boyligini shakllanishning
o’ziga xos hususiyatlari.
Bolaning ruhiy rivojlanishi bir tekisda rо‘y bermaydi. Ularda sekinlik bilan
sodir bо‘ladigan о‘zgarishlar bilan bir qatorda, anchagina shiddatli, tezlik bilan
rо‘y beradigan kuzatishlar bir vaqtning о‘zida kuzatilishi mumkin. Bu о‘zgarishlar
bora-bora yо‘qolib boradigan eski fazilatlar va yangi ruhiy fazilatlarning paydo
bо‘lishi bilan bog‘liq bо‘lib, bolani gohida tanib bо‘lmaydigan holatga keltirib
qо‘yadi. Bu jadal о‘zgarishlar rivojlanishning krizis davri deb ataladi. [Muxina
V.S., 1978]
Kо‘pgina yirik psixologlar kabi L.Vigotskiy, A.Leontyevlar ham,
maktabgacha yoshda sodir bо‘ladigan о‘zgarishlarni ajratib berishgan, ularni
faoliyat turlarining asosiy о‘zgarishlari bilan bog‘laganlar. Maktabgacha yoshdagi
bolalarning zarur hususiyatlari yangi vazifalar tizimiga asoslanishi lozim, bu
vazifalar markazida xotira, xotiraning markazida ong turadi. Avvalambor bu
bolaning tafakkurini о‘zgartirishi bilan bog‘liq: u umumiy tasavvurlari orasida
aloqa о‘rnatish imkoniyatini egallaydi, bu tasavvurlar bolaning bevosita oshirgan
malakasida mavjud emas. Bu sof yaqqol tafakkurdan birinchi ajralish, mavhum
tafakkurning birinchi bosqichi, bola uchun mumkin bо‘lgan umumlashtirish
doirasining kengayishidir. Bola bemalol erkin faraz qiladi, yarata olish darajasiga
yetadi.
Ikkinchi natija – bolaning qiziqishlari va ehtiyojlarining о‘zgarishi. Biror
bir vaziyatga bо‘lgan qiziqishlari ma’noga ega bо‘lishni boshlaydi. Dastlabki
effekttiv umumlashtirish yuzaga keladi.
Uchinchi natija – bola yangi turdagi faoliyatlarga о‘tishni boshlaydi, bular
fikr va faoliyatning о‘zaro о‘ziga xos munosabatiga ega bо‘ladi. Faoliyatning
bunday turlarini ijodiy faoliyatlar deb nomlashimiz mumkin.
Va nihoyat maktabgacha yoshdagi bolalalarda dastlab bolalarda ichki
axloqiy instansiyalar, shuningdek, tabiat hamda о‘z shaxsi haqidagi dastlabki
umumiy tasavvurlar vujudga keladi. A.Leontyev bolaning ijtimoiy munosabatlar
tizimida egallab turgan о‘rnining о‘zgarishidan kelib chiqqan holda, shunday fikrga
kelgan: birinchi bо‘lib belgilab oladigan ishimiz bola rivojlanishini harakatga
keltiruvchi kuch muammosini hal qilishni aniqlash lozim, bu hayot, unda mavjud
bо‘lgan jarayonlarning rivojlanishi, boshqacha qilib aytganda bolaning ichki va
tashqi faoliyatlarining rivojlanishidir.
Ruhiy rivojlanishning har bir bosqichi bolaning butun borliqqa bо‘lgan
ma’lum, bosh munosabati о‘z faoliyatining muayyan, yetakchi turi bilan
xarakterlanadi.
Leontyevning fikricha, aynan ilk bolalik davrida yuzaga keluvchi о‘yin turi
– asosiy, yetakchi faoliyat turi bо‘lib hisoblanadi. Boshqa asosiy xulosa:
maktabgacha bо‘lgan davrdagi bolalik – shaxsning rivojlanishining dastlabki
haqiqiy davri, xulq-atvorning shaxsiy mexanizmi rivojlanishi davridir.
Maktabgacha yosh davrida ilk munosabatlar va aloqalar о‘rnatiladi, bular
yordamida oliy faoliyat birligi va shaxs birligi hosil bо‘ladi. Maktabgacha yoshdagi
bolalikda yuzaga keluvchi faoliyatning xarakterli xususiyatlari – bu bir-biri bilan
almashib turadigan, bir-birini asoslaydigan, yoki bir-biri bilan qarshi
tо‘qnashuvlarga duch keladigan hamda bir-biri bilan umuman bog‘liqlikka ega
bо‘lmagan motivlarga undaydi va yо‘naltiriladi, unday emas, balki bir-biriga tobe
bо‘lgan sabab-vajlarning tizimidir. [Leontyev, 1983].
Maktabgacha yoshdagi shaxsning shakllanishining xususiyatlaridan yana
biri, bola va kattalar orasidagi munosabatlar о‘zgarishidir. Bola о‘zini individ
sifatida sezishni boshlaydi, ya’ni u о‘z fikriga, о‘z ismiga egadir, u о‘zini erkak
yoki ayol jinsi vakili deb sezishni boshlaydi. U tezroq katta bо‘lishga intiladi.
Mustaqil samarali natijalarga erishishga intiladi va buning evaziga minnatdorchilik,
maqtov yoki boshqa qandaydir baho olishni istaydi. Bolalar kattalarga qarab taqlid
qilishga intiladilar. Shunday ekan, bolaning harakati kattalar faoliyatining timsoli
bevosita ifodalanadi. Kattalar, ularning predmetlarga va bir-biriga bо‘lgan
munosabatini kо‘rib, bola ularga taqlid qilishni, u endi nafaqat tomosha qilishni
balki kattalar harakatini taqlid orqali aynan ulardek qaytarishni boshlaydi. Bu bola
va kattalar orasidagi yangi munosabat bо‘lib, kattalar timsoli bolalar harakatini va
qiliqlarini boshqaradi, bu maktabgacha yoshdagi bola shaxsi uchun barcha
yangidan yuzaga keluvchi harakatlarning asosi bо‘lib xizmat qiladi. Bola har
qanday rag‘batlantirishga katta e’tibor beradi. Bunda ular xulq-atvorining
emotsional-motivatsion boshqaruvini rivojlantiradilar, modomiki maktabgacha
yoshdagi bolalar о‘zlari haqida ma’lum bir xulosaga kela olmaydilar, ular о‘zlarini
baholashlari kattalar xulosasiga bog‘liq bо‘ladi. [Nemov R.S., 1995].
Maktabgacha yoshda axloqiy normalarni о‘zlashtirish, shaxsning asosiy
sifatlarining shakllanishi kechadi. Shaxsning bazaviy sifatlari deb, shaxsning
ijtimoiy turi, yoki xarakteri tomonidan aniqlanadigan insonning barqaror
individualligining yuzaga kelishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bu shaxsning
fundamental tomonlari bо‘lib, individni kо‘p yillardan sо‘ng ham tanib olish
mumkin bо‘lgan ustun keluvchi sabab va ehtiyojlarini о‘z ichiga oladi. [Nemov
R.S., 1995].
Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining barcha kо‘rinishlari ularning
xarakter tuzilishini umumlashtiradi. Bolalar ma’lum bir syujetli о‘yin jarayonida
odamlarning о‘zaro munosabatlarini modellashtiradilar. [Uruntayeva G.A., 1999].
Birinchi navbatda, nutqni egallash hisobiga, bolalarda maktabgacha yoshda
kattalar bilan muloqot chegarasining ancha-muncha kengayishi rо‘y beradi. Aynan
shu yoshda bola faoliyatni keng doirada egallaydi – bular о‘yin, mehnat, sermahsul
maishiy muloqot kabi faoliyatlar. Texnik tomonlari shakllangani kabi, motivatsion-
maqsadli tomoni ham shakllanadi. Faoliyatning yetakchi kо‘rinishi bо‘lib syujetli-
rolli о‘yin hisoblanadi. Maktabgacha yosh davrini ularda yanada intensiv mо‘ljalga
olish davri deb atasak bо‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida о‘z о‘rnini aniqlash
yangi darajasi, yangi ichki vaziyat asosiy о‘zgarish bо‘lib hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bola kо‘proq kelajakka qaratilgan maqsadlarni, vositali
ravishda namoyon bо‘lgan taqdimotlarni qо‘yishga о‘rganadi, va ularga erishish
uchun duch kelgan qiyinchiliklarga qaramay harakat qiladi.
Bilish sohasida erishgan asosiy natija – bu bilishga oid vosita va usullarini
egallash hisoblanadi. Bilish jarayonlari о‘rtasida о‘zaro zich aloqalar vujudga
kelib, ularning barchasi borgan sari intellektuallashadi, anglanadi, boshqaruvchi
xarakterlarni egallaydi. [Uruntayeva G.A., 1999].
Shunday qilib, biz aniqladikki, maktabgacha yoshdagi bolalarda shaxs
shakllanishi boshlanadi, atrof-muhit va о‘z-о‘zi bilan yangi munosabatlar
о‘rnatiladi. О‘z-о‘zini baholash, mustaqillik, biron-bir muammo haqida о‘z fikriga
ega bо‘lish kabi xususiyatlari namoyon bо‘la boshlaydi. Shaxs rivojlanishning bu
ikki yо‘nalishi bir-biri bilan tо‘qnash keladi, asosiysi, ularning ikkisi ham
rivojlanishi zarur.
Maktabgacha yoshdagi bola axloqiy qoidalar va qiymatlarini о‘zlashtirib
olishi lozim.
О‘yin bolaning asosiy faoliyati hisoblanib, uning yordamida bola о‘zi
uchun zarur bо‘lgan barcha norma va qiymatlarni о‘zlashtirib boradi.
Shuningdek, huddi boshqa muhim faoliyatlarning rivojlanishi kabi
maktabgacha yosh davrida nutq ham intensiv ravishda rivojlanadi.
D.B.Elkoninning [1989] hisoblashicha, bola unga qaratib aytilgan kattalar
nutqini hayotida ilk yoshining ikkinchi qismida tushuna boshlaydi. U talaffuz
qilinadigan sо‘zlar (ularning tovushli tasviri orqali), predmetlar va о‘ziga tegishli
xatti-harakatlari orasida aloqalar о‘rnatadi. Bu aloqalar bola va kattalar bilan о‘zaro
birgalikdagi faoliyatlari orqali, yoki maxsus ta’lim natijasida vujudga keladi. 9-10
oylikka kelganda ularning miqdori ahamiyatli darajada kо‘payadi.
D.Elkonin [1989], huddi L.Vigotskiy singari, bolada birinchi bosqichda
predmet haqidagi tasavvurning hosil bо‘lishi shunchaki bо‘ladi, ya’ni u predmetni
asl holicha anglamaydi. Masalan soat tushunchasi, bu kichik soat ham, katta devor
soatlari ham, budilnik vazifasini bajaruvchi soat sifatida ham tushuniladi. Shunday
qilib, mustaqil nutqning paydo bо‘lish davridagina birinchi umumlashtirish
malakalari namoyon bо‘ladi, buning asosida oson payqash mumkin bо‘lgan belgi
va alomatlarni ajrata olishi mumkin.
Narsalarni nomlash malakalari jadal ravishda mustahkamlanib boradi, va
nomlangan predmetlar soni ortib boradi. Birinchi navbatda bolani bevosita о‘rab
olgan atrof-muhitdagi narsalarni tushunish о‘zlashtiriladi, keyin esa kattalar ismi va
о‘yinchoqlar nomi, kiyim predmetlar tasviri, va nihoyat tana va yuz qismlarini
nomlash kо‘nikmalari hosil bо‘ladi.
Asta-sekinlik bilan bola ikki yoshga kelib, kattalar tomonidan unga aytilgan
barcha sо‘zlarni tushuna boshlaydi, amalga oshirilgan emas, balki talaffuzda
buyurilgan barcha buyruqlarni bajara oladi.
Aktiv lug‘at boyligini jadal о‘sib borishning ilk muddatlari, kattalarga
aytilgan 2 va 3 sо‘zdan iborat gaplarning paydo bо‘lishi, birinchi navbatda kattalar
va bolalar о‘rtasidagi munosabat xarakteriga, hamda о‘zaro muloqoti orasidagi
xususiyatlarga bog‘liq buladi. Bola bilan kam gaplashilsa, yoki ular xohish-
istaklarini biron urinishsiz, sо‘zsiz bajarishga shoshilsalar, bola nutqiga katta zarar,
ya’ni nutq rivojlanishining orqada qolishiga sabachi bо‘lib qolinadi.
Kattalar bola gapirishni boshlagandan sо‘ng, u bilan ishlashni tо‘xtatib
qо‘yishgan hollar juda kо‘p kuzatiladi. Biroq kattalar ishtirokisiz, bola nutqi
kambag‘allashadi, va xatolarga boy bо‘ladi. K.Chukovskiy yozishicha: «Agarda
har bir gо‘daklik yoshidagi bola bizning sayyoramizda eng mehnatkash,
zahmatkash, fidoiyligini isbotlash uchun hammaga kо‘rgazmali, aniq-ravshan dalil
talab qilinganda edi, u juda qisqa muddatda о‘z ona tilini, uning barcha ajoyib
shakllaridagi nozik farqlari, turli xil sо‘z yasovchi qо‘shimchalari, sо‘zning
turlanishi yoki tuslanishida
о‘zgaradigan tugallanmasining ikir-chikirini
egallashdek qobiliyatga ega ekanligini aniq dalil qilib kо‘rsatib berishimiz mumkin
edi. Bularni egallashda kattalarning bevosita ta’siri ulkan ahamiyatga ega bо‘lsa
ham, men uchun bu bola ruhiy dunyosidagi eng katta mо‘jizalaridan biri bо‘lib
qolaveradi...» [Elkonin D.B., 1999].
Bola nutqining rivojlanishi uchun eng qulay davr, bu 1,5 yoshdan 3
yoshgacha bо‘lgan davrdir. Agar bola shu yoshda qandaydir sabablarga kо‘ra nutq
malakalarini egallay olmasa, u keyinchalik juda katta qiyinchiliklar evaziga
о‘tkazib yuborgan bilimlarni egallashiga tо‘gri keladi. Situativ nutq bosqichida
bola nutqi rivojlanishida kechikish hollari ham kuzatiladi. Sabablar kо‘p, lekin agar
bola sog‘lom bо‘lsa, asosiy sabab ota-onaning vaqtida bola bilan pedagogik
jihatdan shug‘ullanmaganligidir.
Bolani tо‘g‘ri tarbiyalash jarayonida 2 yoshga kelib nutq rivojlanishida
keskin о‘zgarish (yomon tomonga) sodir bо‘lishi mumkin. Bunga sabab bо‘lib,
foydalaniladigan sо‘zlar miqdori kо‘payib borgan sari, ilk 2 va 3 sо‘zli gaplar
paydo bо‘la boshlashidir. [Elkonin D.B., 1989]. Bola turli bahonalarda murojaat
qiladi. bolaning о‘z nutqi uning faoliyatiga aylanib bо‘lgan bо‘lib, kо‘pincha
predmet va о‘yinchoqlarni manipulyatsiya qilish bilan kuzatiladi. Nutq uning
faoliyatlarini boshqaruvchisiga aylanib, ularning asosiy komponenti sifatida
tushuniladi. Kо‘p ma’noli sо‘zlar ikkinchi planga о‘tadi, ular yanada mustahkam,
predmetga nisbiylikdaligi aniq ifodalangan sо‘zlar bilan almashinadi.
Bola 2 va 3-yoshlarga kelib kattalar bilan nutq orqali suhbatlashadi.
Endilikda bu yerda kontekstli nutqqa (bu nutqiy faoliyatni egallashning yuqoriroq
darajasi bо‘lib, gapiruvchi voqelikning ketma-ketligini oldindan bilib turish juda
muhim, ushbu ketma-ketlikni tо‘g‘ri ifodalash uchun kerakli formalarni topa olish,
va voqelikka bо‘lgan о‘z munosabatini aniq bilib turishi lozim) о‘tish kerakligi
maslahat beriladi. [Kulesha, 1989]. Nutq ustida ishlash jarayonida reja asosida,
asta-sekinlik bilan murakkablashtirish lozim, ya’ni savol-javobdan boshlab asta
sekin mustaqil gapirib bera olish darajasigacha olib borish zarur. Bunga ertak
yaqqol misol bо‘lishi mumkin. Maktabgacha yosh davrida quyidagi nutq izohli
nutqni egallashda davom ettiriladi. Bu davrda maktabgacha yoshdagi bolalarda
lug‘at boyligini boyitish jarayoni kechadi. 3 yoshning oxiriga kelib bola 1200 dan
1500 gacha bо‘lgan sо‘z miqdorini egalllaydi.
Dialogik nutq asosida ona tilining grammatik tuzilishini jadal ravishda
о‘zlashtirish amalga oshadi. A.N.Gvozdeva kuzatuvlariga asoslangan holda,
grammatik tuzilishni egallash ikki davrga bо‘linadi.
Birinchi davr – 1 yoshu 3 oylikdan bir yoshu 10 oylikkacha davom etib, bu
davrda amorf о‘zakli sо‘zlardan tuzilgan gaplarga duch kelinib, bular har qanday
holatda о‘zgarmagan holda uchraydi. Bunday davrda ikki bosqich yaqqol namoyon
bо‘ladi: a) bir sо‘zli gap (1 yoshu 3 oy – 1 yoshu 8 oy); b) bir nechta sо‘zdan
tuzilgan gaplar, asosan ikki sо‘zli gaplar.