TOZALASH JARAYONI. TOZALASH MASHINALARI

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

644,7 KB


 
 
 
 
 
 
TOZALASH JARAYONI. TOZALASH MASHINALARI 
 
Reja 
1.  Tozalash jarayonining maqsadi va mohiyati 
2.  Tozalash usullari 
3.  Tozalash organlari va moslamalari 
4.  Tozalash samaradorligi. Tozalash mashinalarining turlari  
 
Titilgan va aralashtirilgan tolali mahsulot keyingi bosqichda tozalash 
jarayonidan o’tkaziladi. Tozalash ikkita operatsiyadan iborat:  
- tolalar va nuqsonlar orasidagi bog’lamni buzish;  
- nuqsonlarni tola (tolalar) dan ajratish.  
 
Paxta tolasini tozalash paytida titish ham sodir bo’ladi. Natijada mahsulot 
maydaroq bo’lakchalarga bo’linadi va nuqsonlar ochilib qolganligi tufayli ular to’la 
ajratiladi.  
 
Titish va tozalash jarayonlari ko’pincha bir vaqtda sodir bo’layotganday 
ko’zatilsada ular alohida-alohida jarayonlar sifatida amalga oshadi. Bo’lakcha oldin 
titiladi so’ngra tozalanadi. Oldin tozalanib keyin titilmaydi. Aynan shuning uchun 
ham titish va tozalashni ajratib alohida o’rganish tavsiya etiladi.   
  
 
      Tozalash jarayonining maqsadi va mohiyati  
 
Tozalash jarayonining maqsadi - tolali aralashma tarkibidan yumshoq va 
qattiq nuqsonlarni ajratib, tolalarni tarashga tayyorlashdan iboratdir.  
 
Tozalash jarayonining mohiyati - tola bo’lakchalarini zarbiy ta`sirlar 
natijasida yanada mayda bo’lakchalarga ajratib, nuqson bilan tolani ilashish kuchini 
kamaytirish orqali nuqsonlarni oson ajralishini ta`minlashdan iboratdir.  
TOZALASH JARAYONI. TOZALASH MASHINALARI Reja 1. Tozalash jarayonining maqsadi va mohiyati 2. Tozalash usullari 3. Tozalash organlari va moslamalari 4. Tozalash samaradorligi. Tozalash mashinalarining turlari Titilgan va aralashtirilgan tolali mahsulot keyingi bosqichda tozalash jarayonidan o’tkaziladi. Tozalash ikkita operatsiyadan iborat: - tolalar va nuqsonlar orasidagi bog’lamni buzish; - nuqsonlarni tola (tolalar) dan ajratish. Paxta tolasini tozalash paytida titish ham sodir bo’ladi. Natijada mahsulot maydaroq bo’lakchalarga bo’linadi va nuqsonlar ochilib qolganligi tufayli ular to’la ajratiladi. Titish va tozalash jarayonlari ko’pincha bir vaqtda sodir bo’layotganday ko’zatilsada ular alohida-alohida jarayonlar sifatida amalga oshadi. Bo’lakcha oldin titiladi so’ngra tozalanadi. Oldin tozalanib keyin titilmaydi. Aynan shuning uchun ham titish va tozalashni ajratib alohida o’rganish tavsiya etiladi. Tozalash jarayonining maqsadi va mohiyati Tozalash jarayonining maqsadi - tolali aralashma tarkibidan yumshoq va qattiq nuqsonlarni ajratib, tolalarni tarashga tayyorlashdan iboratdir. Tozalash jarayonining mohiyati - tola bo’lakchalarini zarbiy ta`sirlar natijasida yanada mayda bo’lakchalarga ajratib, nuqson bilan tolani ilashish kuchini kamaytirish orqali nuqsonlarni oson ajralishini ta`minlashdan iboratdir.  
 
 
Tozalash usullari  
Tolali 
aralashmalarni 
tozalashda 
mexanik, 
aerodinamik 
va 
elektropnevmomexanik usullar samarali ishlatilmoqda. 
Mexanik tozalash usulida erkin va majburiy xolatda harakatlanayotgan tolali 
mahsulot ishchi organlarning zarbiy ta`sirida mayda bo’lakchalarga ajratilib 
tozalanadi.  
 
Aerodinamik tozalash usulida havo oqimi yo’nalishidagi tolali mahsulotning 
harakat traektoriyasini keskin o’zgartirish orqali uning tarkibidan nuqsonlarni 
inertsiya kuchlari ta`sirida ajralishi amalga oshiriladi.  
 
Elektropnevmomexanik tozalash usulida harakatdagi tola bo’lakchalari 
ko’ndalang kesimlarida elektr zaryadlarining ta`siri natijasida nuqsonlarning 
ajralishi sodir etiladi. 
 
Tozalash organlari va moslamalari  
 
Yigirish korxonalarida dastlabki tozalash, asosiy tozalash, va aerodinamik 
tozalash mashinalari ishlatilmoqda. Ushbu mashinalar chimdib tozalash, zarbiy 
tozalash va aerodinamik tozalash organlari yoki moslamalari bilan jihozlangan. 
Zarbiy tozalash pichoqlar, qoziqlar, xivichlar va arrali disklar bilan jixozlangan bir 
barabanli, ikki barabanli va olti barabanli tozalagichlarda amalga oshiriladi.  
  
  
Zarbiy tozalash mashinalarining ishchi organlari disklardan iborat bo’lib, 
ularga pichoqlar mahkamlanadi. Pichoqlarning profili to’g’ri to’rtburchakli, 
shakldor hamda bir yoki ikki tamonlama bo’lishi mumkin. Bunday ishchi organlar 
Tozalash usullari Tolali aralashmalarni tozalashda mexanik, aerodinamik va elektropnevmomexanik usullar samarali ishlatilmoqda. Mexanik tozalash usulida erkin va majburiy xolatda harakatlanayotgan tolali mahsulot ishchi organlarning zarbiy ta`sirida mayda bo’lakchalarga ajratilib tozalanadi. Aerodinamik tozalash usulida havo oqimi yo’nalishidagi tolali mahsulotning harakat traektoriyasini keskin o’zgartirish orqali uning tarkibidan nuqsonlarni inertsiya kuchlari ta`sirida ajralishi amalga oshiriladi. Elektropnevmomexanik tozalash usulida harakatdagi tola bo’lakchalari ko’ndalang kesimlarida elektr zaryadlarining ta`siri natijasida nuqsonlarning ajralishi sodir etiladi. Tozalash organlari va moslamalari Yigirish korxonalarida dastlabki tozalash, asosiy tozalash, va aerodinamik tozalash mashinalari ishlatilmoqda. Ushbu mashinalar chimdib tozalash, zarbiy tozalash va aerodinamik tozalash organlari yoki moslamalari bilan jihozlangan. Zarbiy tozalash pichoqlar, qoziqlar, xivichlar va arrali disklar bilan jixozlangan bir barabanli, ikki barabanli va olti barabanli tozalagichlarda amalga oshiriladi. Zarbiy tozalash mashinalarining ishchi organlari disklardan iborat bo’lib, ularga pichoqlar mahkamlanadi. Pichoqlarning profili to’g’ri to’rtburchakli, shakldor hamda bir yoki ikki tamonlama bo’lishi mumkin. Bunday ishchi organlar  
 
pichoqli baraban deb ataladi, ular gorizontal titgich, qiya tozalagich kabi 
mashinalarda ishlatiladi.  
Pichoqli qoziqli, shtiftli, egilgan tishli barabanlar bilan jihozlangan 
tozalagichlar mahsulotni erkin xolatda tozalashda ko’proq qo’llaniladi. Ular bir-
biridan barabanlar soni, mahsulot yo’nalishi hamda barabanlarning o’rnatilish (qiya, 
gorizontal, vertikal) bilan farqlanadi.  
 Tolali mahsulotni yirik iflosliklardan erkin xolatda tozalashda baraban ostiga 
ajratuvchi pichoqlar, har xil shakldagi kolosniklar, perfrsirtlar o’rnatiladi.  
Kolosniklar uch qirrali, egilgan va to’g’ri plastinkali tuzilishlarga ega. Uch 
qirrali kolosniklardan ko’p xolatlarda yaxlit panjaralar tashkil etiladi va bu xolatda 
alohida kolosniklarni o’z o’qiga nisbatan burash orqali kolosniklar va ishchi 
organlar o’rtasidagi razvodka o’zgartirilib kerakli tozalash samaradorligiga 
erishiladi. 
 
a) 
 
 
b) 
Kolosniklar a), ularning o’rnatilishi b) . 
 
Kolosnikli panjaralarni ishlatishning quyidagi kamchiliklari mavjud:  
• Yigirishga yaroqli tolalar nuqsonlar bilan birgalikda chiqindilar kamerasiga 
o’tib ketadi.   
• Chiqindilar kamerasidagi yengil nuqsonlar havo oqimining ta`sirida 
kolosniklar orasidan surilib tolali aralashmaga qaytadan qo’shilishi sodir 
etiladi.  
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tozalash mashinalarida quyida 
keltirilgan moslamalar ishlatilmoqda.  
  
pichoqli baraban deb ataladi, ular gorizontal titgich, qiya tozalagich kabi mashinalarda ishlatiladi. Pichoqli qoziqli, shtiftli, egilgan tishli barabanlar bilan jihozlangan tozalagichlar mahsulotni erkin xolatda tozalashda ko’proq qo’llaniladi. Ular bir- biridan barabanlar soni, mahsulot yo’nalishi hamda barabanlarning o’rnatilish (qiya, gorizontal, vertikal) bilan farqlanadi. Tolali mahsulotni yirik iflosliklardan erkin xolatda tozalashda baraban ostiga ajratuvchi pichoqlar, har xil shakldagi kolosniklar, perfrsirtlar o’rnatiladi. Kolosniklar uch qirrali, egilgan va to’g’ri plastinkali tuzilishlarga ega. Uch qirrali kolosniklardan ko’p xolatlarda yaxlit panjaralar tashkil etiladi va bu xolatda alohida kolosniklarni o’z o’qiga nisbatan burash orqali kolosniklar va ishchi organlar o’rtasidagi razvodka o’zgartirilib kerakli tozalash samaradorligiga erishiladi. a) b) Kolosniklar a), ularning o’rnatilishi b) . Kolosnikli panjaralarni ishlatishning quyidagi kamchiliklari mavjud: • Yigirishga yaroqli tolalar nuqsonlar bilan birgalikda chiqindilar kamerasiga o’tib ketadi. • Chiqindilar kamerasidagi yengil nuqsonlar havo oqimining ta`sirida kolosniklar orasidan surilib tolali aralashmaga qaytadan qo’shilishi sodir etiladi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tozalash mashinalarida quyida keltirilgan moslamalar ishlatilmoqda.  
 
Tozalash moslamalari 
  
 
1- yo’naltiruvchi 
parrak 
2- uruvchi pichoq 
3- so’ruvchi qurilma 
 
 
Tozalash samaradorligi  
Tolali mahsulotdan ajratilgan iflosliklarning foizlardagi miqdoriga tozalash 
samaradorligi deyiladi, unga baraban tezligi, pichoqlar bilan baraban va kolosniklar 
orasidagi razvodka kattaligi ta`sir ko’rsatadi. Baraban tezligining oshishi bilan tola 
bo’lakchalariga ko’rsatiladigan zarb ta`siri ko’payadi va tola bilan nuqsonlarlarni 
bog’lab turuvchi kuchni engish osonlashadi. 
Pichoqlar 
va 
kolosniklar 
orasidagi 
razvodkaning 
kamayishi bilan 
bo’lakchalarning maydaroq bo’lishini ta`minlashga erishiladi. Natijada nuqsonlar 
ajralishi engillashib tozalash samaradorligi ham ortadi. Kolosniklar orasidagi 
razvodka kattalashsa ham tozalash samaradorligi ortadi, chunki kattaroq tirqishdan 
iflosliklar va nuqsonlarning o’tishi engillashadi.  
Kolosniklar orasidagi razvodka tolalar turiga, ifloslik darajasiga qarab yopiq, 
yarim ochiq va to’la ochiq xolatida o’rnatiladi. Yopiq holat kimyoviy tolalar va toza 
tolalar uchun qo’llanilsa, yarim ochiq va to’la ochiq holatlar paxta tolasining ifloslik 
darajasiga qarab qo’llaniladi.          
  
Bitta mashina uchun tolali maxsulotni tozalash samaradorligi quyidagi 
formula bilan aniqlanadi. 
R=Sch/St •100 %. 
Sch – 1 tonna aralashmaga ishlov berilganda ajralgan chiqindilar tarkibida mavjud 
qattiq iflosliklar va xas cho’plar, kg. 
St – 1 tonna aralashma tarkibidagi qattiq iflosliklar va xas cho’plar, kg. 
 
Titish-tozalash agregati uchun tolali maxsulotni tozalash samaradorligi 
quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
Tozalash moslamalari 1- yo’naltiruvchi parrak 2- uruvchi pichoq 3- so’ruvchi qurilma Tozalash samaradorligi Tolali mahsulotdan ajratilgan iflosliklarning foizlardagi miqdoriga tozalash samaradorligi deyiladi, unga baraban tezligi, pichoqlar bilan baraban va kolosniklar orasidagi razvodka kattaligi ta`sir ko’rsatadi. Baraban tezligining oshishi bilan tola bo’lakchalariga ko’rsatiladigan zarb ta`siri ko’payadi va tola bilan nuqsonlarlarni bog’lab turuvchi kuchni engish osonlashadi. Pichoqlar va kolosniklar orasidagi razvodkaning kamayishi bilan bo’lakchalarning maydaroq bo’lishini ta`minlashga erishiladi. Natijada nuqsonlar ajralishi engillashib tozalash samaradorligi ham ortadi. Kolosniklar orasidagi razvodka kattalashsa ham tozalash samaradorligi ortadi, chunki kattaroq tirqishdan iflosliklar va nuqsonlarning o’tishi engillashadi. Kolosniklar orasidagi razvodka tolalar turiga, ifloslik darajasiga qarab yopiq, yarim ochiq va to’la ochiq xolatida o’rnatiladi. Yopiq holat kimyoviy tolalar va toza tolalar uchun qo’llanilsa, yarim ochiq va to’la ochiq holatlar paxta tolasining ifloslik darajasiga qarab qo’llaniladi. Bitta mashina uchun tolali maxsulotni tozalash samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi. R=Sch/St •100 %. Sch – 1 tonna aralashmaga ishlov berilganda ajralgan chiqindilar tarkibida mavjud qattiq iflosliklar va xas cho’plar, kg. St – 1 tonna aralashma tarkibidagi qattiq iflosliklar va xas cho’plar, kg. Titish-tozalash agregati uchun tolali maxsulotni tozalash samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.  
 
*100%
/)
...
(
2
1
arg
t
chn
ch
ch
S
S
S
S
R
+
+
=
                                                            
 
Sch1, Sch2, ... Schn - alohida mashinalarning chiqindilar tarkibidagi qattiq ifloslik 
va xas cho’plar, (kg) (1 tonna aralashmaga ishlov berilganda).   
 
 
Tozalash mashinalarining turlari 
 
Yigirish korxonalarida qo’llanilayotgan tozalash mashinalarini shartli 
ravishda uch turga ajratish mumkin: dastlabki, asosiy va aerodinamik tozalash 
mashinalari. Titib tozalash agregatlarida tozalash mashinalarini yuqoridagi tartibda 
ishlatilishi tolalarni shikastlanishini kamayishiga va mahsulot sifatini oshishiga 
xizmat qilmoqda.  
 
Dastlabki tozalash mashinalariga qiya tozalash mashinalari, bir va ikki 
barabanli tozalash mashinalari misol bo’la oladi: Ushbu mashinalarda qozikli, 
pichoqli, shtiftli garnituralar ishlatiladi. Tolali mahsulotni tozalash asosan erkin 
xolatda amalga oshiriladi. 
To’qimachilik korxonalarida Uniclean B11 (Rieter), Maxi-Flo, CL-P, SP-MF 
(Trutzschler) dastlabki tozalash mashinalari samarali ishlatilmoqda.  
 
Asosiy tozalash mashinalari  
Asosiy tozalash mashinalarida majburiy yoki erkin holatda harakatlanayotgan 
tolali mahsulot takroriy zarbiy kuchlar ta`sirida jadal titilib samarali tozalanadi. 
Asosiy tozalash mashinalari bir, ikki, uch va to’rt barabanli bo’lib, ular ignali va arra 
tishli garnituralar bilan jihozlangan. Tola shikastlanmasligi uchun barabanlar tezligi 
15 % oshirilib, dastlab yirik va siyrak ignalar so’ngra o’rtacha zichlikdagi va oxirida 
esa mayda zich arra tishli garnituralar qo’llaniladi. Titilish darajasi bu mashinalarda 
0,1 mg, tashkil kiladi.  
Asosiy tozalash mashinalarida tolalarning bir ishchi organdan ikkinchisiga 
shikastlanmasdan o’tishini ta`minlash maqsadida garnituralarning kiyalik burchagi 
birinchisidan oxirgisiga qarab kamaytirib tanlanadi.  
*100% /) ... ( 2 1 arg t chn ch ch S S S S R + + = Sch1, Sch2, ... Schn - alohida mashinalarning chiqindilar tarkibidagi qattiq ifloslik va xas cho’plar, (kg) (1 tonna aralashmaga ishlov berilganda). Tozalash mashinalarining turlari Yigirish korxonalarida qo’llanilayotgan tozalash mashinalarini shartli ravishda uch turga ajratish mumkin: dastlabki, asosiy va aerodinamik tozalash mashinalari. Titib tozalash agregatlarida tozalash mashinalarini yuqoridagi tartibda ishlatilishi tolalarni shikastlanishini kamayishiga va mahsulot sifatini oshishiga xizmat qilmoqda. Dastlabki tozalash mashinalariga qiya tozalash mashinalari, bir va ikki barabanli tozalash mashinalari misol bo’la oladi: Ushbu mashinalarda qozikli, pichoqli, shtiftli garnituralar ishlatiladi. Tolali mahsulotni tozalash asosan erkin xolatda amalga oshiriladi. To’qimachilik korxonalarida Uniclean B11 (Rieter), Maxi-Flo, CL-P, SP-MF (Trutzschler) dastlabki tozalash mashinalari samarali ishlatilmoqda. Asosiy tozalash mashinalari Asosiy tozalash mashinalarida majburiy yoki erkin holatda harakatlanayotgan tolali mahsulot takroriy zarbiy kuchlar ta`sirida jadal titilib samarali tozalanadi. Asosiy tozalash mashinalari bir, ikki, uch va to’rt barabanli bo’lib, ular ignali va arra tishli garnituralar bilan jihozlangan. Tola shikastlanmasligi uchun barabanlar tezligi 15 % oshirilib, dastlab yirik va siyrak ignalar so’ngra o’rtacha zichlikdagi va oxirida esa mayda zich arra tishli garnituralar qo’llaniladi. Titilish darajasi bu mashinalarda 0,1 mg, tashkil kiladi. Asosiy tozalash mashinalarida tolalarning bir ishchi organdan ikkinchisiga shikastlanmasdan o’tishini ta`minlash maqsadida garnituralarning kiyalik burchagi birinchisidan oxirgisiga qarab kamaytirib tanlanadi.  
 
 
 
 
 
Asosiy tozalagichlarning ishlashi chimdib titishga, ya`ni ishchi organlarida 
ushlab turilgan tutamga ignali yoki arra tishli sirt bilan ta`sir ko’rsatishga 
asoslangan.  
 
Asosiy tozalash mashinalariga UNIflex B60 (Rieter), CL-C 1, CL-C 3, CL-C 
4 Sleanomat sistemasi (Trutzschler), B37, B38 (Marzoli) modellari misol bo’la 
oladi.  
 
Sleanomat sistemasining CL-C 3 madelidagi uch barabanli tozalagichi 
 
 Mazkur tozalagichda ignali, arratishli organlar birga qo’llanilgan bo’lib, 
tozalash tizimi qisqaligi bilan ajralib turadi. Ushbu mashina kalta va o’rta tolali 
paxtani tozalashda samarali ishlatilmoqda. Sleanomat sistemasidagi tozalagichlarni 
mahsulot bilan ta`minlashda ta`minlovchi aralashtiruvchi, bunkerli qurilma, tituvchi 
tozalovchi va aralashtiruvchi mashinalar ishlatilishi mumkin.  
Aerodinamik tozalagichlar 
 
Aerodinamik tozalagichlarning vazifasi tolani chang va kalta tolalardan 
tozalashdan iborat. Aerodinamik tozalagichlarning ishlash printsipi ikki xil bo’lib, 
ularning birinchisi metall parchalari va boshqa og’ir jismlar hamda rangli tolalarni 
Asosiy tozalagichlarning ishlashi chimdib titishga, ya`ni ishchi organlarida ushlab turilgan tutamga ignali yoki arra tishli sirt bilan ta`sir ko’rsatishga asoslangan. Asosiy tozalash mashinalariga UNIflex B60 (Rieter), CL-C 1, CL-C 3, CL-C 4 Sleanomat sistemasi (Trutzschler), B37, B38 (Marzoli) modellari misol bo’la oladi. Sleanomat sistemasining CL-C 3 madelidagi uch barabanli tozalagichi Mazkur tozalagichda ignali, arratishli organlar birga qo’llanilgan bo’lib, tozalash tizimi qisqaligi bilan ajralib turadi. Ushbu mashina kalta va o’rta tolali paxtani tozalashda samarali ishlatilmoqda. Sleanomat sistemasidagi tozalagichlarni mahsulot bilan ta`minlashda ta`minlovchi aralashtiruvchi, bunkerli qurilma, tituvchi tozalovchi va aralashtiruvchi mashinalar ishlatilishi mumkin. Aerodinamik tozalagichlar Aerodinamik tozalagichlarning vazifasi tolani chang va kalta tolalardan tozalashdan iborat. Aerodinamik tozalagichlarning ishlash printsipi ikki xil bo’lib, ularning birinchisi metall parchalari va boshqa og’ir jismlar hamda rangli tolalarni  
 
ajratish, ikkinchisi esa perfosirtlarning ikki tomonida havo bosimining farqlanishiga 
asoslangan. Aerodinamik tozalagichlar bunkerli va quvurli ko’rinishda bo’lishi 
mumkin.  
Dunyo mamlakatlarining to’qimachilik korxonalarida Sekuramat, Seporamat, 
Dustex, LT, LTB va ASTA, SP-MF, SP-F kabi aerodinamik tozalagichlar paxta 
tolasini tozalashda samarali ishlatilmoqda.  
Aerodinamik tozalagichlar bir birdan konstruktsiyasi va ishlashi bilan farq 
qiladi.  
 
 
 
 
 
Dustex 
DX 
rusumli 
changsizlantiruvchi 
mashinaning 
texnologik sxemasi. 
 
1-potrubka, 2-pnevmoo’tkazgich,  
3-yunaltirgich, 4-perfosirt, 5-kamera 
tubi,  
6-to’rli teshik, 7-ventilyator,  
8-pnevmoo’tkazgich, 9-chang 
kamerasi,      10-chiqindi kamerasi, 
11- potrubka. 
 
Nazorat savollari:  
1.  Tozalash jarayonining maqsadi va moxiyati nimadan iborat? 
2.  Tozalashning qanday usullar qo’llaniladi? 
3.  Qanday tozalash organlari va moslamalari ishlatiladi?  
4.  Tozalash mashinalarining qanday turlari mavjud?  
5.  Dastlabki tozalash mashinalari qanday ishlaydi?  
ajratish, ikkinchisi esa perfosirtlarning ikki tomonida havo bosimining farqlanishiga asoslangan. Aerodinamik tozalagichlar bunkerli va quvurli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Dunyo mamlakatlarining to’qimachilik korxonalarida Sekuramat, Seporamat, Dustex, LT, LTB va ASTA, SP-MF, SP-F kabi aerodinamik tozalagichlar paxta tolasini tozalashda samarali ishlatilmoqda. Aerodinamik tozalagichlar bir birdan konstruktsiyasi va ishlashi bilan farq qiladi. Dustex DX rusumli changsizlantiruvchi mashinaning texnologik sxemasi. 1-potrubka, 2-pnevmoo’tkazgich, 3-yunaltirgich, 4-perfosirt, 5-kamera tubi, 6-to’rli teshik, 7-ventilyator, 8-pnevmoo’tkazgich, 9-chang kamerasi, 10-chiqindi kamerasi, 11- potrubka. Nazorat savollari: 1. Tozalash jarayonining maqsadi va moxiyati nimadan iborat? 2. Tozalashning qanday usullar qo’llaniladi? 3. Qanday tozalash organlari va moslamalari ishlatiladi? 4. Tozalash mashinalarining qanday turlari mavjud? 5. Dastlabki tozalash mashinalari qanday ishlaydi?  
 
6.  Asosiy tozalash mashinalarida qanday garnituralar ishlatiladi?  
7.  Aerodinamik tozalash nimaga asoslangan? 
8.  Qanday aerodinamik tozalash mashinalari va qurilmalari ishlatiladi?  
 
6. Asosiy tozalash mashinalarida qanday garnituralar ishlatiladi? 7. Aerodinamik tozalash nimaga asoslangan? 8. Qanday aerodinamik tozalash mashinalari va qurilmalari ishlatiladi?